

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-401324" id="onLBC-401324">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7005"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;</span></div><div id="LBC7497"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-401324" id="onLS-401324">[<b>TSZ:</b><div id="LS3745"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-401336" id="-401336">OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-401338" id="-401338">BUYRUGʻI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-401344" id="-401344">ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH SOHASIGA OID NORMATIV HUJJATNI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-503645" id="-503645">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 28-yanvarda 1211-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-401346" id="-401346"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401356" id="-401356">Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibidagi Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi (FTMTM) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/acts/-33150#-33854">19-moddasi</a> talablaridan kelib chiqib Agentlik tizimidagi xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya obyektlarida favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishi haqida xabarlash va signallarni uzatish tartibini belgilovchi normativ hujjat sifatida “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi Nizom” loyihasini ishlab chiqib, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligini inobatga olib, buyuraman: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401358" id="-401358">1. FTMTM tomonidan ishlab chiqilgan “Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi <a href="/acts/-401324#-401385">Nizom</a>”(ilova qilingan) tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401360" id="-401360">2. FTMTM (Isayev) tasdiqlangan <a href="/acts/-401324#-401385">Nizomni </a>oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401362" id="-401362">3. Ushbu Nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin va Agentlik tarkibidagi barcha aksiyadorlik kompaniyalarga, korxonalarga, tashkilotlarga va muassasalarga amaliyotda foydalanishlari uchun yetkazib berilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-401365" id="-401365">Bosh direktor A. ARIPOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-401366" id="-401366">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-401371" id="-401371">2002-yil 29-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-401372" id="-401372">200-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-401385" id="-401385"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-401396" id="-401396">Aloqa va axborotlashtirish <br />agentligining 2002-yil 29-dekabrdagi <br />200-son <a href="/acts/-401324">buyrugʻi </a>bilan<br />“TASDIQLANGAN”</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-401404" id="-401404">Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-401409" id="-401409">Nizom</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-401412" id="-401412"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515679" id="edi-6515679"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615733">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515679" id="-6515679"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515682" id="-6515682">Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida aholiga xabarlash signallarini uzatish tartibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda, Favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a> (FVV) idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>, Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga<a href="/acts/-401324#-2615736">*</a> xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining, mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6515683" id="-6515683">Mazkur Nizom favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida aholiga xabarlash signallarini uzatish tartibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda, Favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a> (FVV) idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>, Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga* xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining, mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515685" id="-6515685">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510821">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-401420" id="-401420">§ 1. Atama va taʼriflar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401423" id="-401423">1. Mazkur hujjatda quyidagi atamalar tegishlicha taʼriflari bilan qoʻllaniladi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515687" id="edi-6515687"><a href="/acts/-401324?ONDATE=07.02.2003 00#-401426">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515687" id="-6515687"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515688" id="-6515688">Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat <a href="/acts/-6448083#-6448348">tizimi</a> (bundan buyon matnda FVDT deb yuritiladi) — aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida vakolatlarga ega boʻlgan yoki ushbu sohada majburiyatlar yuklangan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning tarkibiy boʻlinmalari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515690" id="-6515690">(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510824">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515691" id="edi-6515691"><a href="/acts/-401324?ONDATE=21.07.2011 00#-1834630">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515691" id="-6515691"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515694" id="-6515694">Telekommunikatsiya <a href="/acts/-7283071#-7285913">operatori</a> (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, maʼlumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515696" id="-6515696">(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510829">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1834633" id="edi-1834633"><a href="/acts/-401324?ONDATE=07.02.2003 00#-401455">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1834633" id="-1834633"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1834634" id="-1834634">Telekommunikatsiya xizmatlari <a href="/acts/-7283071#-7285921">provayderi</a> (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1834635" id="-1834635">(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli <a href="/acts/-1833938?ONDATE=21.07.2011 00#-1833959">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515697" id="edi-6515697"><a href="/acts/-401324?ONDATE=21.07.2011 00#-1834636">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515697" id="-6515697"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515699" id="-6515699">Favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolishga va sogʻligʻini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorlarini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515701" id="-6515701">(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510832">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401761" id="-401761">FVDTining rahbariy idoralari — huquq doirasiga favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal qilish kiradigan davlat boshqaruvi idoralari, mahalliy hokimiyat idoralari va obyektlar maʼmuriyati.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-1834639" id="edi-1834639"><a href="/acts/-401324?ONDATE=07.02.2003 00#-401762">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1834639" id="-1834639"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1834640" id="-1834640">Telekommunikatsiyalar tarmogʻi — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1834641" id="-1834641">(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 23-iyundagi 10-yu-sonli <a href="/acts/-1833938?ONDATE=21.07.2011 00#-1833964">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-1, 11.07.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 28-son, 295-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401763" id="-401763">Umumiy foydalanishdagi shaxsiy radiochaqiriq tarmogʻi (peydjing aloqasi tarmogʻi) — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻi yordami bilan radiokanalda cheklangan hajmdagi xabarlarni uzatishni amalga oshiriluvchi texnik vositalar majmui. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401764" id="-401764">Eshittirish tizimi — eshittirish dasturlarini tashkil qilish va bevosita aholiga yoki boshqa foydalanuvchilarga uzatish uchun moʻljallangan tizim.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-401765" id="-401765">Izoh: tizimlar dasturlar turiga koʻra, ovozli va telekoʻrsatuv eshittirishlari, tarqalish muhitiga koʻra esa, simli (kabelli) va efirli eshittirishlar, shu jumladan, yoʻldosh aloqa tizimlariga ajratiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515724" id="edi-6515724"><a href="/acts/-401324?ONDATE=07.02.2003 00#-401766">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515724" id="-6515724">(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510847">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515726" id="edi-6515726"><a href="/acts/-401324?ONDATE=21.07.2011 00#-1834787">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515726" id="-6515726"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515727" id="-6515727">Tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda <a href="/acts/-6161244#-6162137">vaziyatlar</a> (bundan buyon matnda FV deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515740" id="-6515740">(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510851">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-401768" id="-401768">§ 2. Umumiy qoidalar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2218977" id="edi-2218977"><a href="/acts/-401324?ONDATE=21.07.2011 00#-1834645">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2218977" id="-2218977">(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-iyuldagi 41-mh-sonli <a href="/acts/-2216081?ONDATE=05.08.2013 00#-2216215">qaroriga</a> (roʻyxat raqami 1211-2, 30.07.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 31-son, 419-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401770" id="-401770">3. Oʻzbekiston Respublikasining favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a> favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish boʻyicha kuchlar va vositalar boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlarini, xabarlash va aloqa tizimlarini tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401771" id="-401771">4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ularga favqulodda vaziyatlar xavf solganda yoki ular yuzaga kelishida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari haqida maʼlumotlar olish huquqiga <a href="/acts/-6161244#-6162418">egadirlar</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401772" id="-401772">Aholiga oʻz vaqtida va majburiy tartibda favqulodda vaziyatning xavfi, dalili, miqyosi, ularning oʻzlarini tutish qoidalari va himoya choralari, shuningdek favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf qilinishining borishi toʻgʻrisidagi axborotlar yetkazilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401773" id="-401773">5. Operatorlar va provayderlar favqulodda vaziyatlar xavfi toʻgʻrisida aholining xabardor qilinishini tashkil qilish uchun zarur boʻlgan vositalar joylashtirilishi, oʻrnatilishi va ulardan foydalanishni taʼminlashga majburdirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401774" id="-401774">6. Markazlashtirilgan xabarlash tizimlari oʻzining moʻljallanishi boʻyicha respublika, viloyat ichi, tuman (shahar), shuningdek mahalliy (obyektlarga doir) xabarlash tizimlari boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401775" id="-401775">7. Oʻzbekiston Respublikasining markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining uskunalari Favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligining</a> balansida, markazlashtirilgan viloyat ichi xabarlash tizimlarining uskunalari esa, favqulodda vaziyatlar boʻyicha viloyat boshqarmalarining balansida turadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401776" id="-401776">8. Mahalliy xabarlash tizimlari favqulodda vaziyatlar xavfi yoki kelib chiqishi haqida shu obyektlarning xodimlarini, shuningdek bevosita ularga yaqin joylashgan obyektlar va aholini xabarlash uchun xizmat qiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515743" id="edi-6515743"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615739">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515743" id="-6515743"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515746" id="-6515746">9. Respublika, viloyat ichi, tuman va shahar markazlashtirilgan xabarlash tizimlari maxsus texnik vositalarining uskunasi, qoidaga koʻra, Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a> tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyatni amalga oshiruvchi telekommunikatsiya korxonalarida oʻrnatiladi. Telekommunikatsiya korxonalari favqulodda vaziyatlar boʻyicha respublika, viloyat va shahar boshqarmalari (FVB) bilan tuzilgan shartnoma asosida yuqorida koʻrsatilgan vositalarga texnik-foydalanish xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladilar va taʼminlaydilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515749" id="-6515749">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510855">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401778" id="-401778">10. Foydalanishga qabul qilingan markazlashtirilgan xabarlash tizimlari ishlatishga doim <a href="/acts/-6448083#-6448498">tayyor</a> turishi kerak. Mansabdor shaxslar masʼuliyatini oshirish va xabarlash apparaturalarini ruxsatsiz ishga tushirilishining oldini olish maqsadlarida kodlash tizimlari qoʻllaniladi, boshqaruv pultidagi hisoblagich va yoqish tugmalari FVB tomonidan muhrlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401780" id="-401780">11. Telekommunikatsiya obyektlarida oʻrnatilgan FVBga tegishli xabarlash va texnik aloqa vositalarining saqlanishiga, xabarlash va aloqa vositalarining ishga tushirilishi uchun texnik jihatidan doimiy tayyorligiga, ularning ishlash qobiliyatiga javobgarlik telekommunikatsiya korxonalarining rahbarlari va bu vositalarga texnik-foydalanish xizmati koʻrsatilishi uchun qabul qilib olgan tarkibiy boʻlinmalar javobgardirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401782" id="-401782">12. Telekommunikatsiya korxonalarida markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalariga texnik-foydalanish uchun xizmat koʻrsatishni tashkil qilish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va telekommunikatsiya korxonalari hamda FVB tomonidan tuzilgan shahodatlash komissiyaga imtihonlar (sinovlar)ni muvaffaqiyatli topshirgan mutaxassislardan guruhlar tuziladi. Texnik aloqa vositalariga xizmat koʻrsatish boʻyicha guruh rahbari tezkorlik tartibida maxsus texnik uskunalariga texnik-foydalanish xizmati koʻrsatilishiga shartnoma tuzilgan FVB boshligʻiga boʻysunadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-401784" id="-401784">§ 3. Favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401785" id="-401785">13. Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki ularning yuzaga kelishida, barcha eshittirish tizimlari orqali eshittirish dasturlarini uzib qoʻyib, belgilangan tovush signallarini, nutqli xabarlarni va shaxsiy radiochaqiriq (peydjing aloqa tarmogʻi) hamda koʻchma uyali aloqa tarmoqlari orqali tegishli xabarlarni uzatish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini xabarlash koʻzda tutilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401786" id="-401786">14. Xabarlash signallari va aholi uchun zarur axborotlar Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududi boʻyicha ham, bir yoki bir nechta viloyatlar (tumanlar, shaharlar)ning hududi boʻyicha ham tanlab uzatilishi ham mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401788" id="-401788">15. Markazlashtirilgan xabarlash tizimiga shartli signallarni uzatish FVV yoki viloyat FVBning shahardagi va shahar tashqarisidagi punktlarida uskunalangan apparatxonalaridagi maxsus apparatlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401790" id="-401790">16. FVVning talabi boʻyicha Teleradiokompaniya, eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi nutqli xabarlarning magnit yozuvlarini barcha studiyalari uchun, ularning mulkchilik shaklidan va idoraviy tegishliligidan qatʼi nazar, oldindan tayyorlab qoʻyishlari kerak. Koʻrsatilgan yozuvli kassetalar FV turlariga koʻra raqamlangan boʻlishi va belgilangan tartibda saqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401791" id="-401791">17. Ayrim, kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, FVVda tasdiqlagan “Standart boʻlmagan nutqli xabarlarni yoki magnit yozuvlarini toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tarhlari”ga muvofiq FVV yoki FVB tezkor navbatchilarining bevosita ish joylaridan standart boʻlmagan qisqa nutqli xabarlarni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda yoki magnit yozuvi koʻrinishida (FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga binoan) uzatishga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401792" id="-401792">18. Favqulodda vaziyat xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqidagi, sodir boʻlgan holatdagi oʻzini tutish tartibi haqidagi axborot aholiga eshittirishlar dasturlarini besh daqiqadan koʻp boʻlmagan davomiylikdagi uzish bilan uzatiladi. Koʻrsatilgan xabarlarni uzatilishining ikki-uch marta takrorlanishiga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401795" id="-401795">19. Qoidaga koʻra, nutqli axborotlarni uzatish eshittirish tizimlari studiyalarida malakali suxandonlar tomonidan amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401796" id="-401796">20. Eshittirishlar dasturlarining uzish dalili FVV (FVB)ning tezkor navbatchisi va eshittirish tizimining obyekti boʻyicha javobgar navbatchisi tomonidan qayd qilinishi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-401797" id="-401797"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515752" id="edi-6515752"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615743">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515752" id="-6515752"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6515755" id="-6515755">§ 4. Favqulodda vaziyatlarda Favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlarining obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarning aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarini uzatishni taʼminlash boʻyicha majburiyatlari</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515760" id="-6515760">(4-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510855">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401798" id="-401798">21. Favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401799" id="-401799">a) aholi uchun nutqli xabarlar matnlarini ishlab chiqadi hamda Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda magnit tashuvchilarga oldindan yozib qoʻyishni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401800" id="-401800">b) shaxsiy radiochaqiriq tarmoqlari abonentlari uchun xabarlar matnini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401801" id="-401801">v) markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus apparatlarini sotib olishni, loyihalashni, qurish va yetkazib berishni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401802" id="-401802">g) mansabdor shaxslarni (boshqaruv punktlarining tezkor navbatchilarini) xabarlash signallari uzatilganda bajariladigan harakatlarga tayyorgarligini taʼminlaydi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515764" id="edi-6515764"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615748">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515764" id="-6515764"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515767" id="-6515767">d) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a> korxonalari, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operator va provayderlar bilan birgalikda aholini xabarlashning oʻquv signallarini uzatish boʻyicha va eshittirish tizimlari obyektlarining axborot uzatishga tayyorgarligi boʻyicha tekshiruv mashqlarini rejalashtiradi va amalga oshiradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515770" id="-6515770">(21-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510858">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515772" id="edi-6515772"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615754">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515772" id="-6515772"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515774" id="-6515774">e) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligiga</a> xabarlash signallari va FV toʻgʻrisidagi axborotlarning uzatishni taʼminlash uchun telekommunikatsiya kanallarini ajratishga berilgan talabnomalarni belgilangan tartibda taqdim etadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515778" id="-6515778">(21-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510860">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401805" id="-401805">j) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishi haqida aholini xabarlash uchun moʻljallangan eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi, shaxsiy radiochaqiriq hamda koʻchma uyali aloqa tarmoqlari operatorlari va provayderlarining roʻyxatini aniqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401806" id="-401806">z) FV xavfi va uning yuzaga kelishida FVV (FVB) tezkor navbatchilari aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari boʻyicha oʻzaro munosabatda boʻlishlari kerak boʻlgan eshittirish tizimlari obyektlari hamda shaxsiy radiochaqiriq va koʻchma uyali aloqasi tarmoqlarining mansabdor shaxslari roʻyxatini (bogʻlanish telefon raqamlarini koʻrsatish bilan) tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401807" id="-401807">i) FV xavfi va uning yuzaga kelishi toʻgʻrisidagi haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etadi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-401808" id="-401808"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515782" id="edi-6515782"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615762">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515782" id="-6515782"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515784" id="-6515784">22. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515791" id="-6515791">(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510862">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515795" id="edi-6515795"><a href="/acts/-401324?ONDATE=07.02.2003 00#-401809">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515795" id="-6515795"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515810" id="-6515810">a) FVDT faoliyat koʻrsatishning barcha tartiblarida respublika va mahalliy darajalarda aloqa va markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha tadbirlarni tashkil qiladi va amalga oshiradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515811" id="-6515811">(22-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510867">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401810" id="-401810">b) markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining maxsus texnik vositalarning texnik-foydalanish uchun xizmat koʻrsatishga qabul qilinishini tashkil etadi va nazorat qiladi, shuningdek ularning ishlashga doim tayyor boʻlishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401811" id="-401811">v) FV xavfi yoki uning yuzaga kelishida FVDT boshqaruv idoralari tomonidan telekommunikatsiya vositalari va kanallarining ustuvor ravishda foydalanilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401812" id="-401812">g) telekommunikatsiyaning texnik vositalari (radiotranslyatsiya tarmoqlari, radiotelekoʻrsatuvlarni uzatish stansiyalari, eshittirish dasturlarini uzatish kanallari)ning FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishga texnik tayyorgarligini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401813" id="-401813">d) markazlashtirilgan xabarlash tizimi maxsus texnik vositalariga xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarni uzatishda oʻzlarining vazifalarini bajarishlariga tayyorgarliklarini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401814" id="-401814">e) yangi ishga tushirilgan markazlashtirilgan xabarlash tizimlarining yoki ularning qayta qurilishidan soʻng foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401815" id="-401815">j) FVVga telekommunikatsiyalar kanallarini, belgilangan tartibga muvofiq, ijaraga ajratadi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515812" id="edi-6515812"><a href="/acts/-401324?ONDATE=05.08.2013 00#-2219388">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515812" id="-6515812"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515813" id="-6515813">z) eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarga <a href="/acts/-5511879#-8011658">litsenziya</a> beradi va Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat <a href="/acts/-6369997#-7859875">inspeksiyasi</a> orqali litsenziya talablari va <a href="/acts/-5870213#-7736244">shartlarining</a>, shu jumladan, favqulodda vaziyatlar xavfi va ular yuzaga kelganda xabarlash signallari uzatilishi va aholi xabardor qilinishi hamda texnik imkoniyatlar mavjudligini taʼminlash qismi boʻyicha bajarilishining nazoratini amalga oshiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515814" id="-6515814">(22-bandning “z” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510868">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401818" id="-401818">23. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401820" id="-401820">a) magnit tashuvchilardagi nutqli xabarlarning yozuvlarini navbatchi xodimlar uchun qulay sharoitlarda saqlanishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401823" id="-401823">b) eshittirish tizimlari obyektlari texnik uskunalarning FV toʻgʻrisidagi xabarlash signallari va axborotlarning uzatishga doimiy tayyorligini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401826" id="-401826">v) aholiga xabarlash signallari va axborotlarni uzatish masalalari boʻyicha FVV (FVB) bilan oʻzaro munosabatda boʻlishga majbur mansabdor shaxslarni (eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar rahbarlari buyrugʻi va / yoki lavozim yoʻriqnomasi boʻyicha) belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401827" id="-401827">g) istisnoli hollarda, FVV yoki FVB tegishli rahbarining farmoyishiga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri efirda qisqa nostandart xabarlarni uzatishni tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401829" id="-401829">d) suxandonlik va muharrirlik tarkibini, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning FV haqidagi nutqli axborotlarni uzatishdagi harakatlarga tayyorlashni taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401830" id="-401830">e) FVB bilan kelishuvga binoan favqulodda vaziyatlarda xabardor qilinishi va axborot uzatilishiga taalluqli boʻlgan, shaxsiy radiochaqiriq va koʻchma uyali aloqa tarmoqlari (davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari va eshittirish tizimi rahbarlari) abonentlarining roʻyxatlarini tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401831" id="-401831">j) berilgan talabnomalarga muvofiq eshittirish tizimlari obyektlarini FVVga ijaraga ajratadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401833" id="-401833">24. Nodavlat radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya) tarmoqlari operatorlari, majburiy tartibda, oʻz uskunalarini markazlashtirilgan holda xabarlash va axborotlarni uzatish markaziga ulanishini taʼminlaydigan texnik imkoniyatlarga, shuningdek oʻz studiyalardan FVB (FVV) boshqarmasining punktlarigacha boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri simlarga ega boʻlishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401837" id="-401837">Yuqorida koʻrsatilgan vositalarni sotib olish, oʻrnatish, texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri simlarni ijaraga olish operatorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-401841" id="-401841"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515815" id="edi-6515815"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615780">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515815" id="-6515815"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-6515816" id="-6515816">§ 5. Favqulodda vaziyatlar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligi</a>, Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlarning favqulodda vaziyatlarda aholi uchun xabarlash signallari va axborotlarni uzatishdagi oʻzaro munosabatlari tartibi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515817" id="-6515817">(5-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510869">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401845" id="-401845">25. Markazlashtirilgan xabarlash tizimining maxsus texnik vositalari (apparaturalari) va studiya uskunalarining ulanishi FVV (FVB) tezkor navbatchisi tomonidan bevosita telefon orqali apparatxona boʻyicha navbatchiga xabar beriladigan parolga koʻra amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401847" id="-401847">Parollar va unga javoblar bilan almashuvidan soʻng, buyruqning ishonchliligiga ishonch hosil qilib, apparatxona boʻyicha navbatchi apparaturani ulaydi va apparatura ulangani haqida FVV (FVB) tezkor navbatchisiga xabar beradi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6515820" id="edi-6515820"><a href="/acts/-401324?ONDATE=06.04.2015 00#-2615787">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6515820" id="-6515820"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6515821" id="-6515821">26. Xabarlash signallarining uzatilishi haqidagi axborot bir vaqtning oʻzida tizimlar va telekommunikatsiyalarning barqaror ishlab turishini taʼminlanishi hamda FV haqidagi signal va xabarlar uzatilishida ustuvorlikka rioya etilishini nazorat qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar <a href="/acts/-6369997#-7859838">vazirligiga</a> yoʻllanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6515823" id="-6515823">(26-band Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi 252-mh-sonli <a href="/acts/-6508433?ONDATE=21.06.2023 00#-6510870">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 1211-4, 20.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401850" id="-401850">27. Teleradiokompaniya va eshittirish tizimlari obyektlariga xizmat koʻrsatuvchi operatorlar va provayderlar xabarlash signalini olgandan soʻng eshittirishlar dasturini uzib qoʻyadilar va FV toʻgʻrisidagi axborotning uzatilishini taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401852" id="-401852">28. FV toʻgʻrisidagi xabarni uzatish uchun eshittirishlarni uzib qoʻyishni hisobga olish tartibi, zaxira kanallarini taqdim etish va barqaror aloqani taʼminlash, uzatiladigan xabarlarning soni, eshittirishdagi uzilishlarning rasmiylashtirilishi, telekoʻrsatuvlar va radiosignallarning oʻtishini nazorat qilish, xabarlash signallarini uzatish uchun parollar tizimi belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-401854" id="-401854">§ 6. Yakuniy qism</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-401858" id="-401858">29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-402081" id="-402081">Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi A.M. SAIDOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-402082" id="-402082">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-402083" id="-402083">2002-yil 29-dekabr,</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-402084" id="-402084">Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi raisi A.K. KOʻCHIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-402085" id="-402085">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-402086" id="-402086">2002-yil 29-dekabr</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-403453" id="-403453">(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y.,1-2-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 295-modda; 2013-y., 31-son, 419-modda; 2015-y., 13-son, 161-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 10/23/1211-4/0413-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
