1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ommaviy axborot vositalari. Noshirlik faoliyati.;
2.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELERADIOESHITTIRISH SOHASIDA RADIOCHASTOTA SPEKTRIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash, fuqarolarning maʼnaviy ehtiyojlariga, zamonaviy texnik talablar va standartlarga javob beradigan sifatli va badiiy jihatdan yuksak teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-avgustdagi 233-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 34-son, 458-modda)
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.06.00 Radio tochkalari, televideniye antennalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2005-yil 1-fevraldan boshlab radiochastotalarni taqsimlash hamda televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov asosida amalga oshiriladi.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish uchun tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyaga yuklanadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, taʼsis hujjatlarida ommaviy axborot vositalari sohasidagi faoliyatni amalga oshirish nazarda tutilgan yuridik shaxslar tanlovda ishtirok etish uchun qoʻyiladi;
mazkur qaror chiqqunga qadar berilgan litsenziyalar asosida televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar koʻrsatib oʻtilgan litsenziyalar muddati tamom boʻlgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
teleradioeshittirish sohasida radiochastotalarni berish yuzasidan tanlov oʻtkazish va uning yakunlari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
Asosiy faoliyati davlat tele va radiodasturlarni tuzish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tanlovdan tashqari asosda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
3. Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (A.N. Aripov) tanlovni oʻtkazish davomida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
taqdim etilgan hujjatlar va talabgor faoliyatining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazining tegishli xulosasini hisobga olgan holda har tomonlama oʻrganib chiqilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
teleradiodasturlarning janri, mazmunan xilma-xilligi jamiyatning maʼnaviy ehtiyojlariga, rejalashtirilayotgan setka va eshittirish hajmlariga muvofiqligini, zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan zarur tele va radiouskunalar mavjudligini, shuningdek litsenziya talabgorining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini talabgor tomonidan taklif etilayotgan eshittirish konsepsiyasini baholash uchun asosiy mezonlar sifatida qabul qilsin;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
tanlov qatnashchilari teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya talablariga, yongʻin normalariga, shuningdek qoʻriqlash va xavfsizlik rejimi taʼminlanishiga muvofiqligini hisobga olsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda televideniye koʻrsatuvlari va radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga mazkur qarorga muvofiq radiochastotalar taqsimlanishi va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi yetkazilishi va tushuntirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-dekabr,
592-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qaroriga ILOVA
Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
1. Mazkur Nizom radiochastotalarni berishga va teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar olishga tanlov oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektridan samarali foydalanishni taʼminlash va yuqori sifatli teleradioeshittirishlarni tashkil etish maqsadida oʻtkaziladi.
2. Muayyan radiochastotada (radiotoʻlqinda) telekoʻrsatuvlar yoki radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziya berish tanlovning mavzusi hisoblanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
3. Asosiy faoliyati davlat televideniye radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi 50 foizdan tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradieshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
4. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligining taklifi asosida Axborot faoliyati hamda maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
Tanlovni oʻtkazish va yakka tartibdagi litsenziyalarni berish mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi (1-ilova).
II. Tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
5. Tanlovni oʻtkazish muddatlarini Komissiya belgilaydi.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.11.00 Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlik faoliyatini himoya qilish]
6. Komissiya tanlov oʻtkaziladigan sanadan kamida 60 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligining rasmiy veb-saytida tanlov toʻgʻrisidagi bildirishnomani eʼlon qiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) tanlovning oʻtkazilish sanasi, vaqti, joyi va shartlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
b) teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) uchun berilayotgan radiochastota kanali (radiochastota nominali) va qamrab olish hududi koʻrsatilgan holda undan foydalanish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) buyurtmanomalarni qabul qilishning boshlanishi va tamom boʻlishi muddati hamda tanlovda qatnashish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
g) tanlovda qatnashishga buyurtmanoma blankasi shakli va buyurtmanomaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati;
(6-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
e) buyurtmanomalar va hujjatlar qabul qilinadigan joyning manzili;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
j) litsenziya talablari va shartlari.
III. Tanlovda qatnashish shartlari
7. Tanlovda qatnashishga Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, oʻz vaqtida buyurtmanoma bergan va mazkur Nizomga muvofiq zarur darajada rasmiylashtirilgan hujjatlarni taqdim etgan yuridik shaxslar qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang);
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
Shu bilan birga litsenziya talabgorlari ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonun hujjatlari talablariga javob berishlari, shuningdek vakolatli organlarning teleradioeshittirish obyektlarining sanitariya, yongʻin normalari va xavfsizlik rejimi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalarini taqdim etishlari kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 380-moddasi.
8. Ilgari berilgan litsenziyalar asosida teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar litsenziya muddati tamom boʻlgandan keyin tanlovda umumiy asoslarda qatnashadilar.
9. Tanlovda qatnashish uchun litsenziya talabgori mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklga binoan buyurtmanoma taqdim etadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
10. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(10-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
(10-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
(10-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
d) teleradiodasturlarni tarqatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (diplomlar, guvohnomalar, sertifikatlar);
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.08.00 Radioeshittirish va televideniyening texnik vositalari]
e) ijodiy, texnik va moliyaviy takliflarni, shuningdek teleradiodasturlarni koʻrsatish va eshittirishning rejalashtirilayotgan setkasini, oʻz dasturlarini eshittirish hajmlari va tanlov majburiyatlarini oʻz ichiga oladigan eshittirishlarning mufassal konsepsiyasi;
j) tegishli organlarning teleradioeshittirishlar obyektlarining qoʻriqlash tadbirlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(10-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
z) teleradioeshittirishlarni tashkil etish uchun moʻljallangan asbob-uskunalardan foydalanishga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, agar ushbu huquq boshqa shaxsga tegishli boʻlgan taqdirda (ijara shartnomasi va boshqalar).
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.03.00 Axborot va axborotlashtirish sohasini litsenziyalash]
101. Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
11. Buyurtmanomalarni ularga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga qabul qilish tanlov eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma chop etilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
12. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bevosita pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda yetkaziladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
13. Litsenziya olish uchun yuborilgan hujjatlar Komissiyaning ishchi guruhi rahbari tomonidan roʻyxatga muvofiq qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi mazkur organ tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisidagi belgi bilan litsenziya talabgoriga yuboriladi (taqdim etiladi).
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
14. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 165-moddasi.
15. Belgilangan muddat tugagandan keyin buyurtmanomalarni qabul qilish toʻxtatiladi. Tanlovda qatnashishga qoʻyilgan litsenziyalar talabgorlariga tanlovda qatnashish toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
Agar belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun faqat bitta litsenziya talabgoridan buyurtmanoma tushsa, u holda buyurtmanomalar qabul qilish muddati 15 kunga uzaytiriladi.
IV. Tanlovni oʻtkazish tartibi
16. Buyurtmanomalar va tanlov takliflari Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
17. Faqat bitta qatnashchi ishtirok etgan tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi.
18. Ommaviy axborot vositalari va telekomunikatsiyalar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga, shuningdek litsenziya talablariga hamda Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda belgilangan shartlarga javob beradigan eng yaxshi ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflar taqdim etgan qatnashchi tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Ijodiy, texnik va moliyaviy-iqtisodiy takliflarni baholashda Komissiya quyidagilarni hisobga oladi:
a) talabgorning oʻz dasturlarini eshittirish hajmi, eshittirish vaqti (har kuni, sutka davomida), eshittirishning tillar boʻyicha nisbati, davlat tilidagi eshittirishlarni uzatishning rejalashtirilayotgan vaqti;
b) turli usullar va vositalardan foydalangan holda axborotlarni uzatish imkoniyatining mavjudligi (telematn, ikki tilda ovozli uzatish va boshqalar);
v) zamonaviy, yuqori texnologiyali studiya va eshittirish asbob-uskunalaridan foydalanish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
g) yuqori sifatli ovoz va tasvirli teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) majburiyatlari;
d) eshittirish tarmoqlarini borish qiyin boʻlgan hududlargacha uzaytirish majburiyatlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
e) texnik-iqtisodiy maʼlumotlar (moliyalashtirish manbalari va ularning ishonchliligi, xarajatlar, daromadlar);
j) efirga uzatish uchun moʻljallanayotgan teleradioeshittirishlarning mavzu yoʻnalishlari va ularning janr boʻyicha nisbati;
z) jalb etilayotgan ommaviy axborot vositalari mutaxassislari va texnik xodimlarning kasb boʻyicha tayyorgarlik darajasi;
i) oʻz dasturlari va retranslyatsiya nisbati (retranslyatsiya shartnomasi);
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.06.00 Radio tochkalari, televideniye antennalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.11.00 Telekommunikatsiya]
k) tanlov qatnashchisida teleradioeshittirishlarni tarqatishning ilgaridan mavjud tarmoqlarining bor boʻlishi imkoniyati.
Agar tanlovning ikki va undan koʻp qatnashchilarining takliflari qoʻyilgan talablarga teng darajada javob bersa, ustunlik litsenziya olish uchun eng koʻp haq toʻlanishini taklif qilgan qatnashchiga beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Litsenziya olish uchun toʻlovning taklif etilayotgan miqdori teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilgan butun muddat uchun davlat boji summasidan kam boʻlmasligi kerak.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Litsenziyalarni berish, berishni rad etish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror taqdim etilgan hujjatlarni puxta tahlil qilish natijalariga koʻra hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi xulosasi asosida Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
(18-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
19. Komissiya qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi, protokol Komissiya raisi, kotibi va tanlov gʻolibi (litsenziat) tomonidan imzolanadi.
Tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi protokolda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
a) Komissiya aʼzolari majlisida qatnashganlar roʻyxati;
b) tanlov qatnashchilari roʻyxati;
v) talabgorlar takliflarini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
g) tanlov gʻolibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Tanlov qatnashchilariga protokoldan koʻchirma beriladi.
Tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma aynan uning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar qilingan nashrlarda, tanlov yakunlari toʻgʻrisidagi protokol imzolangandan keyin 15 kundan kechikmay eʼlon qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
21. Agar tanlov gʻolibi tanlov oʻtkazilgandan keyin 10 kun mobaynida protokolni imzolashni rad etsa Komissiya tanlov yakunlariga koʻra gʻolibdan keyingi oʻrinni egallagan qatnashchini gʻolib deb eʼlon qilishga haqlidir.
Bu holda protokolni imzolashni rad etgan tanlov gʻolibi tomonidan toʻlangan zakolat qaytarib berilmaydi.
V. Litsenziyani va litsenziyalanayotgan faoliyat bilan bogʻliq boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish tartibi
22. Imzolangan protokol asosida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi nizom.
23. Litsenziya Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tomonidan, litsenziyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
24. Agar tanlov gʻolibi protokol imzolangan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligiga maxsus elektron tizim orqali murojaat etmasa, Komissiya tanlov natijalarini bekor qilishga haqlidir.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
25. Litsenziyada faoliyatning aniq turi, teleradioeshittirish qamraydigan hudud, radiochastotasi (radiotoʻlqini), shuningdek litsenziyaning amal qilish muddati koʻrsatiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
Litsenziya berilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi radiochastotalardan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-sentabrdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2023-y., 09/23/485/0719-son)
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
27. Litsenziyalovchi organ tanlov gʻolibining oʻzi taklif etgan tanlov takliflari boʻyicha hisobotini vaqti-vaqti bilan eshitib borish, ular bajarilmagan taqdirda esa Komissiyaga chastota ajratish va litsenziyaning amal qilishi toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish toʻgʻrisida taklif kiritish huquqiga ega.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
28. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziya dublikatini qayta rasmiylashtirish va berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
29. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishini nazorat qilish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 32 –– 34 moddalari.
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
1. Radiochastotalar berish hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish yuzasidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Komissiya tanlov oʻtkazish sanasi va shartlari toʻgʻrisida bildirishnoma tayyorlaydi va ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Tanlov oʻtkazish sanasidan kamida 60 kun oldin
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Komissiyaga belgilangan shaklda buyurtmanoma beradilar.
2-bosqich
Tanlovda qatnashishga va yakka tartibdagi litsenziya olishga talabgorlar (yuridik shaxslar)
Ommaviy axborot vositalarida tanlov eʼlon qilingandan
keyin 30 kun mobaynida
3-bosqich
Komissiya huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh
1. Komissiya huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh rahbari:
a) buyurtmanomalarni ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlar koʻrsatib oʻtilgan organ tomonidan qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
b) quyidagilarni:
tushgan buyurtmanomalar hamda hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
qatnashchilar yigʻimni toʻlashlari va zakalatni oʻtkazishlari uchun hisob raqamini koʻrsatgan holda koʻchirmani;
Komissiya bayonnoma loyihasini tayyorlaydi.
a) buyurtmanomalar tushgan kunda
b) buyurtmanomalarni qabul qilish muddati tugagandan
keyin 10 kun mobaynida
4-bosqich
Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya
1. Tushgan buyurtmanomalar asosida tanlov takliflarini koʻrib chiqadi.
2. Taqdim etilgan hujjatlar va Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari markazining xulosasiga asosan tahlil natijalari boʻyicha tanlov gʻolibini aniqlaydi.
3. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, protokol Komissiya raisi, kotibi va tanlov gʻolibi (litsenziat) tomonidan imzolanadi.
10 kun mobaynida
5-bosqich
Ishchi guruh
Tanlov gʻolibiga bayonnoma nusxasi beriladi.
1 kunda
Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov yakunlari toʻgʻrisida bildirishnoma eʼlon qiladi.
6-bosqich
Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya
10 kun mobaynida
1. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligiga maxsus elektron tizim orqali litsenziya olish uchun ariza beradi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda, litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinadi.
7-bosqich
Tanlov gʻolibi
1) gʻolibning ixtiyoriga koʻra
2) 3 oy mobaynida
1. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi:
litsenziyani beradi;
litsenziat tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishi monitoring yuritadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalari vazirligi radiochastotalardan foydalanish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi.
8-bosqich
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi
1) bir oy muddatda;
2) 1 oy mobaynida;
3) doimiy ravishda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 550-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/550/0790-son)
Radiochastotalarni tanlov asosida taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Teleradioeshittirish sohasida radiochastotalardan foydalanish uchun tanlovda ishtirok etishga buyurtmanoma
davlat tilida ________________________________________________________________
rus tilida __________________________________________________________________
boshqa tillarda ______________________________________________________________
8. Reklamaning moʻljallanayotgan hajmlari va davriyligi ____________________________
Texnik maʼlumotlar:
9. Tanlov toʻgʻrisidagi eʼlonga muvofiq foydalanish rejalashtirilayotgan chastota nominali: __________________________________________________________________
12. Studiyaning joylashgan joyi, radiouzatuvchi uskunaga dasturlarni uzatish usuli: ___________________________________________________________________________
13. Uzatuvchi stansiyani oʻrnatish joyi: ___________________________________________
14. Antennaning taxminiy balandligi koʻrsatilgan holdagi oʻrnatish joyi, m: ___________________________________________________________________________
15. Rejalashtirilayotgan xizmat koʻrsatish hududi va dastur bilan qamrab olinayotgan aholi soni: ______________________________________________________________________
16. Teleradioeshittirishlar sohasida chastotalardan foydalanish huquqi olingan vaqtdan boshlab xizmatlar koʻrsatishning
(Masʼul shaxsning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)