1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam / 19.11.02.06 Pullarni qalbakilashtirishga va boshqa iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoiy qonunchilik]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiyani tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi “Budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5446-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, respublikaning moliyaviy tizimini yanada mustahkamlash va takomillashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining umumqabul qilingan xalqaro normalar va andozalarga muvofiqliligini ta’minlash maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.10.00 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash]
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhiga a’zo davlatlarning o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichini o‘tkazish rejasiga muvofiq 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash rejalashtirilgan;
o‘zaro baholashning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tishi va Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda FATF deb yuritiladi) tavsiyalari ijrosini ta’minlash maqsadida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar ishtirokida xavflarni milliy darajada baholash o‘tkazilmoqda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyani (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xavflarni baholash markazi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam / 19.11.02.02 Jinoyatlarning alohida turlariga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik]
FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni ta’minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Quyidagi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq xavflarni milliy darajada baholashni samarali tashkil etish va o‘tkazish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.04.00 Naqd pulsiz hisob-kitoblar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.03.00 Boshqa kredit tashkilotlari]
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki — tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari va elektron pullar tizimi operatorlari xavflari bo‘yicha;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
b) O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari A.Ya. Xaydarovga — lizing xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, auditorlik tashkilotlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar xavflari bo‘yicha;
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzishda vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi rieltor va rieltorlik tashkilotlari xavflari bo‘yicha;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.07.00 Fond birjalari. Tovar va valyuta birjalarining fond bo‘limlari]
g) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi — tovar-xom ashyo birjalari va uning a’zolari xavflari bo‘yicha;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
d) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi — notarial idoralar va notariuslar, advokatlik tuzilmalari va advokatlar, nodavlat notijorat tashkilotlar xavflari bo‘yicha;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]
e) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi — pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi pochta aloqasining milliy operatori xavflari bo‘yicha;
j) O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari V.Yu. Pakka — Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohalardagi xavflar bo‘yicha.
(6-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
7. Komissiya raisi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni har 3 yilda bir marotaba tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul etib belgilansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
8. Departament manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish faoliyatiga jalb qilingan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlarini o‘qitish hamda ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qaroriga 1-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya
TARKIBI
1.
Lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari-Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i, Komissiya raisi
2.
A.B. Isayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturam huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, Komissiya raisining o‘rinbosari
3.
Kelishuv asosida
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati mas’ul xodimi
4.
V.Yu. Pak
—
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
5.
A.A. Turdaliyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari
6.
Sh.N. Raxmonov
—
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
7.
A.Ya. Haydarov
—
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari
8.
X.A. Karshiyev
—
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining o‘rinbosari
9.
M.A. Madraximov
—
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari
10.
M.M. Ikramov
—
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari
11.
X.N. Alibayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari
12.
D.T. Rustamov
—
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining Rejim va kadrlar bo‘yicha maslahatchisi
13.
Lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari
14.
N.M. Mirzaalimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisining o‘rinbosari
15.
Kelishuv asosida
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi
16.
I.M. Muxtorov
—
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
17.
A.E. Fayziboyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
18.
A.A. Ikramov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari
19.
N.J. Xusanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari
20.
F.E. Karabayev
—
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
21.
B.V. Gulyamov
—
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
22.
G‘.A. Haydarov
—
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xavflarni baholash markazi boshlig‘i, Komissiya ishchi organi
Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga o‘tganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-iyuldagi PF-99-sonli Farmoni tahririda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi PQ-3947-son qaroriga 2-ILOVA
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi
NIZOM
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda - Komissiya) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining faoliyat olib borishini muvofiqlashtirish maqsadida, shuningdek, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (keyingi o‘rinlarda – FATF) 2-Tavsiyalarini implementatsiya qilish maqsadida tashkil etiladi.
2. Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barcha vazirliklar, idoralar, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va pul mablag‘lari yoki boshqa mulk bilan operatsiyalar o‘tkazadigan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, mazkur Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qiladi.
2-BOB. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
4. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
FATF Tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi halqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga implementatsiya qilishni ta’minlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
5. Komissiya yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, shuningdek, uning asosida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish choralar ko‘rish sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholashni tashkil etishga oid choralar ko‘radi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni milliy darajada baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks tashkiliy choralar ishlab chiqadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini yanada rivojlantirishga va mustahkamlashga oid takliflar ishlab chiqish va choralar ko‘rishni tashkillashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini kamaytirishga doir choralar ko‘radi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishni tashkillashtiradi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan takliflar ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqishni ta’minlaydi;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
v) FATF tavsiyalaridagi talablarni va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilishni ta’minlash sohasida:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholashga tayyorlanish bo‘yicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni ta’minlaydi;
FATF tavsiyalarini va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkillashtiradi va o‘tkazadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganishni tashkillashtiradi;
g) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish sohasida:
(5-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi holatini tahlil hamda monitoring qilishni tashkillashtiradi;
(5-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish va to‘xtatishda huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa vakolatli organlarning o‘zaro hamkorligini yaxshilash, shuningdek, ushbu jinoyatlarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(5-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tahlil qiladi.
(5-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-BOB. KOMISSIYANING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA MAS’ULIYATI
6. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida vazirliklar va idoralar, shuningdek, boshqa organlar va tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini tashkillashtirish, muvofiqlashtirish va takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
qonunchilik va Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlarni bajarmaganligi uchun tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari va mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida ularga takliflar kiritish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralardan o‘rnatilgan tartibda axborotlarni rasmiy ravishda so‘rash va olish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish samaradorligini monitoring qilish maqsadida axborot-tahliliy, metodik materiallar va pronozglarni to‘plash va tayyorlashni tashkillashtirish;
zarur hollarda vakillari Komissiya tarkibiga kiritilmagan boshqa ixtisoslashtirilgan organlar va tashkilotlar ishtirokida kengaytirilgan majlislar o‘tkazish, tajriba va zarur ma’lumotlar almashish maqsadida maxsus idoralararo seminarlar va majlislar tashkillashtirish;
Komissiyaga yuklatilgan vazifalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha takliflarni o‘z vaqtida tayyorlash uchun vaqtinchalik va doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruhlar tashkil etish;
tegishli masalalarni ishlab chiqish va hal qilish maqsadida sohaga daxldor mutaxassislar, ekspertlar hamda ilmiy va boshqa muassasalarni Komiiya faoliyatida ishtirok etish uchun jalb qilish;
o‘z majlislarida mazkur sohaga jalb etilgan vazirliklar va idoralar rahbarlari (yoki ularning o‘rinbosarlari)ning Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish.
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
7. Komissiya:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtirishga oid qarorlarini bajarishga;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida ijro etishni nazorat va monitoring qilishga;
bank siri, tijorat siri, notarial harakatlar va qonun tomonidan muhofaza qilinadigan boshqa sirdan iborat oshkor bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligi va saqlanishini ta’minlashga majbur.
Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
8. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali bajarishga mas’ul hisoblanadi.
4 - BOB. KOMISSIYA ISHINI TASHKILLASHTIRISH
9. Komissiyaning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
10. Komissiya o‘z faoliyatini Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalariga muvofiq amalga oshiradi va o‘z majlislarini zarurat yuzasidan, lekin har olti oyda kamida bir marta o‘tkazadi.
11. Komissiyani rais boshqaradi va u:
Komissiya faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Komissiya majlislarini chaqiradi va ularda rahbarlik qiladi;
Komissiya majlislarining kun tartibini tasdiqlaydi;
Komissiya ish rejalarini tasdiqlaydi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti Komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Ishchi organ:
Komissiyaning ish rejalarini ishlab chiqadi, uning ijrosini nazorat qiladi, shuningdek, tasdiqlangan ish rejaga muvofiq Komissiyaning joriy ishlarini tashkillashtiradi;
Komissiya majlisining kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallar tayyorlashni tashkillashtiradi;
Komissiya sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha qarorlar va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda Komissiya qabul qilgan qarorlar ijrosini nazorat qiladi va monitoringini olib boradi, Komissiya raisiga tegishli ma’lumotlar va takliflarni kiritadi;
kelib tushayotgan yozishmalarni ko‘rib chiqishni ta’minlaydi, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlarni tayyorlaydi;
Komissiya faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minotini amalga oshiradi.
Ishchi guruh qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirish mumkin.
13. Yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish maqsadida Komissiya a’zolari:
Komissiya majlisida ishtirok etadi va qarorlarni qabul qilishda ovoz beradi;
Komissiya qarorlari ijrosi yuzasidan Komissiya ishchi organiga belgilangan muddatlarda axborot taqdim etib boradi;
Komissiya majlisining kun tartibidagi masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
Komissiyaning majlislariga materiallarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadi;
tavakkalchiliklarni milliy va sektoral darajada baholashga doir faoliyat natijalari to‘g‘risida hisobotlarni taqdim etib boradi.
Komissiya a’zolari Komissiyaning o‘z vaqtida va samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
14. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozlari orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.
Komissiyaning majlislarida ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
15. Komissiya qarorlari Komissiya a’zolariga hamda manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
Komissiya a’zolari, manfaatdor davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar rahbarlari Komissiya qarorlarini o‘z vaqtida va to‘liq ijro etish uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar.
16. Komissiya har yili ishining yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga hisobotlar yuboradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 07/18/3947/1947-son; 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)