1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash;
3.Iqtisodiyot / Aloqa]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR VA POCHTA ALOQASI SOHASIDAGI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa va axborotlashtirish sohasida davlat boshqaruvi boʻyicha maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga, maxsus vakolatli organ sifatida, yuridik va jismoniy shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish huquqi berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 2-ILOVA
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
2. Telekommunikatsiyalar sohasida yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati turlarini litsenziyalashni Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “litsenziyalovchi organ” deb yuritiladi) amalga oshiradi.
teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar koʻrsatishi litsenziyalanishi shart.
4. Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishi taqiqlanadi, bundan quyidagilar mustasno:
quvvati 0,1 Vattgacha boʻlgan uzatgichlar bilan kabel tarmogʻi orqali teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) — teleradiodasturlarni retranslyatsiya qilish xizmatlari koʻrsatish;
maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari provayderi xizmatlari koʻrsatish, shu jumladan oʻz tarmogʻini tashkil etish huquqisiz maʼlumotlarni uzatish operatorlari tarmogʻi orqali “Internet” maʼlumotlarini uzatish xizmatlari koʻrsatish;
200 tagacha raqamga ega boʻlgan telekommunikatsiyalar tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish.
telekoʻrsatuvning kabel tarmogʻi va radioeshittirishning simli tarmogʻi bir muassasa, oʻquv yurti yoki sanoat korxonasi binosi va hududi bilan cheklangan yoxud abonentlarning umumiy soni 10 tadan ortiq boʻlmasa;
yuridik yoki jismoniy shaxs mahalliy, shaharlararo aloqa xizmatlari koʻrsatsa, shuningdek doʻkonchalar, lavkalar, doʻkonlar, barlar, restoranlar, dorixonalar, oʻyin komplekslari, sanatoriylarda, avtomobil bosh yoʻllari boʻyida mahalliy tarmoqlar operatorlari tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan xalqaro telefon soʻzlashuvlari xizmatlari koʻrsatsa (aloqaning taksofon xizmatlari) va faks boʻyicha axborotni joʻnatsa (va qabul qilsa);
faoliyat aholining hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi hamda qutqarish va avariya-tuzatish ishlarini talab etuvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini tugatish bilan, shuningdek faqat davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni muhofaza qilish maqsadlarida foydalanish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻini tashkil etish va ularning ishlashi bilan bogʻliq boʻlsa, litsenziya olish talab etilmaydi.
Mahalliy tarmoqlar operatorlari tomonidan ajratilgan telefon raqamlaridan telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar oʻz faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, telekommunikatsiyalar operatorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiradilar.
6. Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziyalar namunaviy (oddiy) yoki yakka tartibdagi litsenziyalar boʻlishi mumkin.
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga telekommunikatsiyalar sohasida yagona shartlar va talablar asosida faoliyatni amalga oshirishga cheklanmagan doiradagi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi.
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar aniq sharoitlarga qarab miqdori, muddati, amal qilish hududi, faoliyat obyektiga koʻra cheklanadi.
7. Yakka tartibdagi litsenziyalar mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, koʻchma radiotelefon aloqa, shaxsiy radiochaqiruv, maʼlumotlar uzatish, teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga beriladi.
Xalqaro tarmoqlar loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga yakka tartibdagi litsenziya birinchi marta faqat bitta daʼvogarga beriladi, uning amal qilish muddati tamom boʻlgach faoliyatning mazkur turini amalga oshirishga yakka tartibdagi litsenziyalar boshqa daʼvogarlarga ham berilishi mumkin.
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning ayrim turlariga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov (tender) asosida amalga oshirilishi mumkin. Tanlovlar (tenderlar) oʻtkazish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tanlovlar (tenderlar) oʻtkazish shartlari, tender takliflarini koʻrib chiqish muddatlari, malaka talablari, litsenziya talablari loyihalari va litsenziya berish uchun daʼvogarlarni tanlash shartlari, mezonlari matbuotda eʼlon qilinadi.
8. Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya daʼvogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
9. Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
10. Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
11. Mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, koʻchma radiotelefon aloqa, shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlar loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va kommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga litsenziyalar 15 yilgacha boʻlgan muddatga, biroq kamida 5 yil muddatga beriladi. Bunda xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va telekommunikatsiyalar xizmatlari koʻrsatishga mazkur Nizomga muvofiq birinchi marta berilgan yakka tartibdagi litsenziyaning amal qilish muddati 5 yildan ortiq boʻlmaydi.
12. Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ular xizmatlarini koʻrsatishga hamda teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya va retranslyatsiya qilish)ga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
13. Litsenziya daʼvogarining arizasiga koʻra litsenziya 5 yildan kam boʻlgan muddatga berilishi mumkin.
14. Litsenziya olish uchun litsenziya daʼvogari litsenziyalovchi organga quyidagilarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisida belgilangan shakl boʻyicha ariza, unda:
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami (1-ilova);
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallagan faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi) hamda faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatiladi;
b) yuridik shaxs uchun yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi, taʼsis hujjatlari (muassis (muassislar)ning ustavi (ustavlari)ning notarial tasdiqlangan nusxasi, muassis yoki muassislar tomonidan tasdiqlangan ustav (nizom), taʼsis shartnomasi nusxasi;
jismoniy shaxs uchun — yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarining arizasini koʻrib chiqishi uchun litsenziya daʼvogari eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
g) yuridik shaxs televideniye, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanishga va xizmatlar koʻrsatishga litsenziya olish uchun Davlat matbuot qoʻmitasida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
d) telekommunikatsiyalar asosiy texnik vositalarining tavsifi, radiochastotalarning diapazonlari va nominallari (ulardan foydalanishda) koʻrsatilgan holda ularning roʻyxati;
e) tarmoqni tashkil etish rejasi va rivojlantirish prognozi, belgilangan shakl boʻyicha bajariladigan ishlarga qarab boshqa zarur maʼlumotlar (abonentlar, shaharlararo portlar, xalqaro stansiyalar, maʼlumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari, qoplash zonalari soni va telekommunikatsiyalarning aniq tarmoqlari yoki inshootlari uchun boshqa parametrlar);
j) litsenziya daʼvogari tomonidan telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga litsenziya olish uchun qoʻyiladigan talablar va shartlar bajarilishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar;
sanitariya, yongʻin normalari va obyektni qoʻriqlash talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida tegishli organlarning xulosasi;
Oʻzbekiston Respublikasining radiochastotalaridan foydalanish va ularni nazorat qilish boʻyicha organlarning berilgan chastotalardan foydalanish imkoniyati, uzatuvchi qurilmalar quvvati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tele-radioeshittirishlarni tarqatish toʻgʻrisidagi xulosasi (translyatsiya qilish)ga va radio-telefon aloqasi xizmatlari koʻrsatishga litsenziyalar olishda);
boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish moʻljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Tasdiqlash shartnoma yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etish tarzida boʻlishi mumkin;
15. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan uchinchi mamlakatlarga xorijiy tele va radio stansiyalarning dasturlarini retranslyatsiya qilish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida ariza berilganda xalqaro bitimlarning tegishli shartlariga muvofiq qoʻshimcha hujjatlar talab etiladi.
16. Hujjatlar litsenziya daʼvogari tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
17. Litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga yuborilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, ularning nusxalari hujjatlar koʻrsatib oʻtilgan organ tomonidan qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda daʼvogarga yuboriladi (topshiriladi).
18. Notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun litsenziya daʼvogari qonunga muvofiq javob beradi.
19. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun faoliyatning har bir turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim summalari litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Litsenziya daʼvogari bergan arizasidan voz kechgan yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish rad etilgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
20. Litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni litsenziyalovchi organ barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya daʼvogarining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechikmay qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ zaruriyat boʻlganda tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni oʻz mablagʻlari hisobiga shartnoma asosida jalb etishga haqlidir.
21. Litsenziyalovchi organ litsenziya daʼvogarini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida yozma shaklda xabardor qiladi.
23. Agar litsenziat unga litsenziya berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa, litsenziyalovchi organ mazkur litsenziyani bekor qilishga haqli.
24. Litsenziya litsenziatlarni telekommunikatsiyalar vositalari loyihalashtirilishi, qurilishi va ulardan foydalanish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha amaldagi qoidalarda nazarda tutilgan zarur guvohnomalar, sertifikatlar va boshqa hujjatlar olish majburiyatidan ozod etmaydi.
25. Litsenziya berish yoki litsenziyaning amal qilish muddati uzaytirilishi rad etilishining sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:
litsenziya daʼvogarining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
litsenziya daʼvogari taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek tanlov (tender) shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya daʼvogariga yozma shaklda, rad etishning sabablari va litsenziya daʼvogari koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takror taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi).
Litsenziya daʼvogari litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziya daʼvogarining arizasini barcha zarur hujjatlar bilan birga olgan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmagan muddat ichida litsenziyalovchi organ hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi. Litsenziya daʼvogarlarining arizalarini qayta koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgach, berilgan ariza – yangidan berilgan deb hisoblanadi.
27. Litsenziya daʼvogari litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
28. Litsenziyalar tegishli blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalarning blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻlishi lozim (3-ilova).
29. Amal qilish muddati tamom boʻlmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga daʼvogarning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Bunda litsenziat yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziyaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi, shuningdek litsenziyalovchi organga ushbu eʼlonni taqdim etishi shart.
Litsenziya dublikati berilganligi uchun litsenziya berish toʻgʻrisida litsenziya daʼvogarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
31. Faoliyatning tegishli turlariga litsenziya talablari va shartlarida ularning xususiyatiga bogʻliq ravishda yakka tartibdagi va namunaviy litsenziyalar uchun umumiy boʻlgan quyidagi asosiy maʼlumotlar, tavsiflar, talablar va shartlar boʻlishi kerak:
litsenziya doirasida amalga oshirishga ruxsat beriladigan telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlari;
litsenziat tomonidan qonun hujjatlariga rioya etilishi;
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishga ruxsat etiladigan hudud chegarasi;
asosiy asbob-uskuna va inshootlarning texnik tavsiflari;
radiochastotalarning ajratilgan nominallari yoki polosalari (televizion kanallarning nomerlari, koʻchma radio aloqa va simsiz foydalanish standartlarining nomi va boshqalar);
tarmoqlarni rivojlantirishni tashkil etish rejasi va prognozi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatsiyalashni taʼminlash;
koʻrsatiladigan xizmatlarning belgilangan sifat meʼyorlarini taʼminlash;
foydalanuvchilarning manfaatlari va huquqlariga rioya qilish;
tarmoqlararo qoʻshilishlarni tashkil etish, boshqa operatorlar va provayderlarga oʻz tarmogʻidan foydalanish, shuningdek ular oʻrtasida oʻzaro-hisob-kitob shartlari va tartibi;
texnik protokollar va tarmoqlararo qoʻshilishlar spetsifikatsiyalarning nomi, tarmoqlarni nomerlash rejasi, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanish tavsiflari;
davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyati, huquqni muhofaza qilish organlari manfaatlari yoʻlida va alohida muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni oʻtkazishda telekommunikatsiyalar vositalari ishlarini taʼminlash boʻyicha maxsus talablar;
berilgan nominallar yoki radiochastotalar polosalaridan foydalanish tartibi;
xizmatlar koʻrsatish shartlari, tariflar va axborot maʼlumotlarini mijozlarga yetkazish, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali yetkazish;
telefon orqali gaplashishlar, telegraf va telekommunikatsiyalar tarmoqlari boʻyicha beriladigan boshqa xabarlarning maxfiyligini, axborot xavfsizligini, shu jumladan telekommunikatsiyalar obyektlari va inshootlari xavfsizligini taʼminlash;
favqulodda holatlarda, shuningdek operativ-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish uchun asbob-uskunalarni oʻrnatish va ularning ishlashini taʼminlash boʻyicha telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tayyorlab qoʻyish va ularni ishlatish;
umumdavlat vazifalarini hal etish uchun telekommunikatsiyalarni rivojlantirishning milliy dasturlarini amalga oshirishda litsenziatning ishtirok etishi;
atrof muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yongʻinga qarshi xavfsizlik va sanoat sanitariyasi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari, inshootlari va obyektlarini loyihalash va qurish;
faoliyatni boshlash va xizmatlar koʻrsatish shartlari va muddati;
operativ-texnik boshqaruv tizimi bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
litsenziyalanadigan faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni litsenziyalovchi va nazorat qiluvchi organga berish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar va afzalliklar berish;
telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtish.
Yakka tartibdagi litsenziyalarda qoʻshimcha ravishda quyidagi majburiy talablar va shartlar boʻlishi kerak:
litsenziatlar tomonidan qishloq joylardagi, aholi siyrak va borish qiyin boʻlgan tumanlardagi foydalanuvchilar uchun majburiy ravishda koʻrsatiladigan xizmatlarning nomi;
belgilangan tariflar boʻyicha, shu jumladan qishloq joylarda, aholi siyrak va borish qiyin boʻlgan tumanlarda universal xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;
umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlariga adolatlilik va kamsitmaslik asosida ruxsat berish;
umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish rejasi prognozi (belgilangan hududni qamrab olish, uzatuvchi apparat quvvatini va abonentlar sonini koʻpaytirish va boshqalar).
Litsenziya talablari va shartlari faoliyatning litsenziyalanayotgan turining xususiyatiga qarab boshqa maʼlumot, talab va shartlarni oʻz ichiga oladi.
V. Litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirish
32. Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin.
33. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim.
34. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi va litsenziat yigʻimlar va davlat bojlarining belgilangan miqdorida tegishlicha haq toʻlaydi.
35. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish ilgari berilgan litsenziya blankasiga maxsus belgi qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda litsenziya shartnomasining amal qilish muddati oʻz-oʻzidan xuddi shu muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya talablari va shartlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga olib kelmaydi.
36. Litsenziat – yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan oʻrni (pochta manzili) oʻzgargan hollarda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtgandan soʻng bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki turar joyi oʻzgargan hollarda, litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
37. Hujjatlar litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali, ular olingani haqidagi tasdiqni olgan holda, yetkazib beriladi.
38. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishga haqli emas, litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddati uchun ushbu faoliyat turini amalga oshirishga litsenziyalovchi organning ruxsatnomasi boʻlgan hollar bundan mustasno.
39. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani olgan kundan boshlab besh kun ichida amalga oshiriladi.
40. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda litsenziya daʼvogarining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Yigʻim summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
VI. Davlat bojini toʻlash
41. Litsenziya berganlik va litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undiriladi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi davlat boji litsenziyani olish bilan bir vaqtda toʻlanadi, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
42. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalarni berganlik uchun davlat boji litsenziyalovchi organning maxsus hisob-kitob raqamiga oʻtkaziladi va ular quyidagicha taqsimlanadi:
50 foizi – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va ulardan qishloq joylarda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish va universal xizmatlar koʻrsatishda koʻrilgan zararlarni qoplash uchun foydalaniladi;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
20 foizi – telekommunikatsiyalar sohasidagi nazorat organini mablagʻ bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
43. Litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qonun hujjatlariga muvofiq pochta va telekommunikatsiyalarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati boʻyicha Davlat aloqa inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — nazorat qiluvchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
44. Nazorat qiluvchi organ oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar oʻtkazish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan guvohlik beruvchi faktlar mavjud boʻlgan hollarda, litsenziat litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar oʻtkazish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha litsenziatdan zarur maʼlumotlarni talab qilish va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida litsenziat yoʻl qoʻygan litsenziya talablari va shartlarining aniq qoidabuzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi taklifni litsenziyalovchi organning koʻrib chiqishi uchun taqdim etish.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlariga yoʻl qoʻyilganligini aniqlashgan taqdirda oʻz vakolatlari doirasida litsenziya bergan litsenziyalovchi organga aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabar qiladilar.
VIII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
45. Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini quyidagi hollarda toʻxtatib turishi mumkin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda, shu jumladan, telekoʻrsatuv, radioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) va maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida davlat roʻyxatidan oʻtgan muddat tugaganda;
nazorat qiluvchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi yozma koʻrsatmalari litsenziat tomonidan bajarilmaganda;
litsenziya belgilangan muddatda qayta rasmiylashtirilmaganda.
46. Litsenziyani toʻxtatib turish uchun asoslar aniqlanganda litsenziyalovchi yoki nazorat qiluvchi organ qoidabuzilishlarini bartaraf etish uchun litsenziatga yozma koʻrsatma beradi. Agar litsenziat yozma koʻrsatma olgandan soʻng belgilangan muddat mobaynida qoidabuzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
47. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi.
48. Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan boshlab uch kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyalovchi organing litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisidagi qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
49. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan vaqtdan boshlab, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilganda;
yakka tartibdagi tadbirkorning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
litsenziat litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi yoki nazorat qiluvchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
50. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan boshlab oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab toʻxtatiladi.
51. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
X. Litsenziyani bekor qilish
52. Litsenziya quyidagi hollarda litsenziyalovchi organ tomonidan bekor qilinishi mumkin:
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan holatda;
litsenziatning arizasi boʻyicha;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
Litsenziyaning bekor qilinishi toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi tomonidan litsenziatga yozma shaklda qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay, asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya lizensiyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.
53. Litsenziyalovchi organning bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
XI. Litsenziyalar reyestrini yuritish
54. Litsenziyalovchi organ faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
55. Har bir reyestrda quyidagilar koʻrsatiladi:
litsenziat – yuridik shaxsning nomi va uning joylashgan oʻrni (pochta manzili); litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanalari;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanalari;
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanalari.
56. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan axborot manfaatdor shaxslar tanishishi uchun ochiqdir va yozma soʻrov boʻyicha reyestrdan koʻchirma tariqasida taqdim etiladi.
59. Reyestrdan axborot berish muddati tegishli ariza berilgan sanadan uch kundan ortiq boʻlishi mumkin emas (uning berilganligi uchun toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatning taqdim etilishi sharti bilan).
3. Pasport № ___________________________________________(kim tomonidan va qachon berilgan) ____________________________________________________________________
ILOVA QILINGAN LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA MUVOFIQ V SOOTVETSTVII S PRILAGAYEMIMI LITSENZIONNIMI TREBOVANIYAMI I USLOVIYAMI
M. O'.
Rahbarning imzosi:
M. P.
Podpis rukovoditelya
Litsenziyaning amal qilish muddati: ________________ dan ________________gacha uzaytirildi Srok deystviya litsenzii prodlen: s _______________ po ____________________________
M. O'.
Rahbarning imzosi:
M. P.
Podpis rukovoditelya
Litsenziyaning amal qilish muddati: __________________ dan ______________gacha uzaytirildi Srok deystviya litsenzii prodlen: s ________________ po ___________________________
M. O'.
Rahbarning imzosi:
M. P.
Podpis rukovoditelya
(Ilova qilingan litsensya talablari va shartlari mazkur litsenzyaning ajralmas qismidir) (Prilagayemie litsenzionnie trebovaniya i usloviya yavlyayutsya neotyemlemoy chastyu nastoyashey litsenzii) __________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport va aloqa sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat poshlinasi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga ilova eslatmasi birinchi xat boshining pochta va telekommunikatsiyalarga oid qismi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 2-son, 6-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 8-son, 30-modda; 1998y., 7-son, 26-modda):
toʻrtinchi xat boshidagi “magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish” soʻzlari “telekommunikatsiyalar sohasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xat boshidagi “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kirmaydigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oxirgi xat boshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan” soʻzlari “pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatayotgan jismoniy, shuningdek yuridik shaxslardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-band quyidagi mazmundagi xat boshi bilan toʻldirilsin:
“operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatilayotgan telekommunikatsiyalar universal xizmatlarini rivojlantirishni mablagʻ bilan taʼminlash”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori 7-bandining uchinchi xat boshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 7-son, 26-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2001-yil 1-yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va maʼlumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlarining
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar (tashkilotlar)ga faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994y., 4-son, 23-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qaroriga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 8-son, 30-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1998-yil 19-avgustdagi 354-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998y., 8-son, 30-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qaroriga ilova II boʻlimining 2-bandi.