Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
VAZIRLIKLAR, DAVLAT QO‘MITALARI, IDORALARNING HAKAMLIKLARINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudi va xo‘jalik nizolarini hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunini kuchga kiritish haqida”gi qarorini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining hakamliklari tugatilsin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar markaziy apparat tuzilmasiga tegishli o‘zgartishlar kiritsinlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy hakamlik sudi bilan birgalikda bo‘shab qolgan xodimlar sonini Oliy hakamlik sudiga berish imkoniyatini ko‘rib chiqsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilova qilinayotgan ro‘yxatdagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-yanvar,
42-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-yanvardagi 42-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN QARORLARI RO‘YXATI
1. SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat arbitraji organlarining hamda ministrliklar va idoralar arbitrajlarining xalq xo‘jaligidagi rolini oshirish to‘g‘risida” 1970-yil 7-avgustdagi 646-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 23-sentabrdagi 490-son qarori (O‘zSSR QT, 1970-y., 9-son, 59-modda).
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Davlat arbitraji organlarining tashkiliy jihatini va faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 1974-yil 17-yanvardagi 60-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 5-fevraldagi 48-son qarori (O‘zSSR QT, 1974-y., 2-son, 8-modda).
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR davlat arbitraji organlarining nizomlarini, struktura va shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1974-yil 7-iyundagi 263-son qarori (O‘zSSR QT, 1974-y., 6-son, 32-modda).
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1971-yil 29-iyuldagi 347-son qarori (O‘zSSR QT, 1971-y., 7-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Montaj va maxsus qurilish ishlari ministrligi to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandi.
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1980-yil 2-iyundagi 398-son qarori (O‘zSSR QT, 1980-y., 6-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Mahalliy sanoat ministrligi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandi.
6. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 13-fevraldagi 58-son qarori (O‘zSSR ST, 1987-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR G‘alla mahsulotlari ministrligi to‘g‘risidagi Nizomning 13-bandi.
7. SSSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi davlat arbitraji masalalari haqida” 1980-yil 30-oktabrdagi 954-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1980-yil 14-noyabrdagi 764-son qarori.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 5-noyabrdagi 418-son qarori (O‘zSSR QT, 1988-y., 10-11-sonlar, 35-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Uy-joy-kommunal xo‘jaligi ministrligi to‘g‘risidagi Nizomning 19-bandi.
9. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRdagi davlat arbitraji organlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1989-yil 5-yanvardagi 8-son qarori (O‘zSSR ST, 1989-y., 1-son, 1-modda).
10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 2-sentabrdagi 285-son qarori (O‘zSSR QT, 1989-y., 9-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Qurilish materiallari sanoati ministrligi to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandi.
11. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 16-noyabrdagi 374-son qarori (O‘zSSR QT, 1989-y., 11-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida qurilish ishlarini olib boruvchi O‘zbekiston SSR Bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandi.
12. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 19-dekabrdagi 432-son qarori (O‘zSSR QT, 1989-y., 12-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Avtomobil yo‘llari ministrligi haqidagi Nizomning 13-bandi.
13. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 31-martdagi 1 55-son qarori (O‘zSSR QT, 1990-y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning 1 5-bandi.
14. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 30-iyuldagi 268-son qarori (O‘zSSR QT, 1990-y., 7-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Davlat suv xo‘jaligi qurilishi komiteti to‘g‘risidagi Nizomning 17-bandi.
15. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1990-yil 26-noyabrdagi 358-son qarori (O‘zSSJ QT, 1990-y., 11-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Davlat-kooperativ markazi (“O‘zbitsentr”) haqidagi Nizomning 17-bandi.
16. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-apreldagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSJ Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning 21-bandi.
17. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 18-apreldagi 104-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSJ Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi.
18. O‘zbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 108-son qarori (O‘zSSJ QT, 1991-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSJ Avtomobil transporti vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning 19-bandi.