O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘simliklarni o‘rganish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda noyob botanik kolleksiyalarni saqlash sharoitlarini yaxshilash, o‘simlik dunyosini o‘rganish, saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bo‘yicha ixtisoslashgan vazifalarni jadal hal etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut deb yuritiladi) ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Institutni O‘zbekistonning tabiiy o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish sohasidagi yagona davlat ilmiy muassasa sifatida belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Institutning noyob ilmiy obyekti “Markaziy gerbariy” milliy ahamiyatga ega gerbariy deb tan olinsin va unga “O‘zbekiston milliy gerbariysi” (keyingi o‘rinlarda — Milliy gerbariy) nomi berilsin.
3. Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Milliy gerbariyning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha 2018 — 2020-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Institut va Fanlar akademiyasi Milliy gerbariyni maxsus asbob-uskunalar bilan ta’minlash maqsadida ilmiy va kompyuter uskunalari, priborlar, reagentlar, butlovchi qismlar, sarflash materiallari, dasturiy ta’minotlar va texnik vositalarni xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot muassasalari obyektlari realizatsiyasidan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga o‘rnatilgan tartibda xarid qilsin.
5. Institut tarkibida:
noyob va endem o‘simlik turlari bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqotlarni olib borish va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi nashrlarini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash vazifalari yuklatilgan noyob o‘simliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi;
O‘zbekiston tabiiy florasining taksonomik xilma-xilligini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha tizimli tadqiqotlar olib borish, o‘simliklarning invaziv turlari tarkibini va geografik tarqalishini belgilash, alohida ahamiyatga ega botanik hududlarni aniqlash hamda o‘simliklar dunyosining zamonaviy nomenklaturasi va filogenetik tizimi asosida “O‘zbekiston florasi”ning yangi nashrlarini tayyorlash vazifalari yuklatilgan O‘zbekiston florasi laboratoriyasi;
Institutning ilmiy-tadqiqot va o‘quv-amaliy faoliyatidagi yutuqlarini ommalashtirish, shuningdek, keng jamoatchilikni O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘simliklari xilma-xilligi bilan tanishtirish maqsadida Botanika muzeyi tashkil etilsin.
6. Fanlar akademiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi va Innovatsion rivojlanish vazirligining Fanlar akademiyasini O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash va chop etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, chop etish va yuritish tartibini tasdiqlasin.
7. Ilmiy bo‘linmalarning yaxlitligini saqlab qolish va ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Institutning g‘o‘za sistematikasi va introduksiyasi laboratoriyasi, “G‘o‘za genofondi” noyob ilmiy obyekti va issiqxona kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutiga;
Institutning anatomiya va sitoembriologiya, daraxt va o‘t o‘simliklari introduksiyasi, shuningdek, dorivor o‘simliklar laboratoriyalari akademik F.N. Rusanov nomidagi Botaniki bog‘iga o‘tkazilsin.
8. 2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va saqlab qolish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarini rivojlantirish, shuningdek, salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligining Institut, Milliy gerbariy va Botanika muzeyini joylashtirish uchun yangi zamonaviy binoni (keyingi o‘rinlarda — obyekt) akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bog‘i hududida qurish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Quyidagilar:
a) obyekt bo‘yicha:
“Inkom kapital qurilish” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov (tender) savdolari yakunlari bo‘yicha aniqlangan tashkilotlar — bosh loyihachi va bosh pudratchi etib;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
b) har yili tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ajratiladigan kapital qo‘yilmalar limitlari — loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va obyektga doir qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi 2021 — 2023-yillar uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyekt bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini o‘tkazish uchun kapital qo‘yilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlardagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan Institutning hamkorligini kengaytirish choralarini ko‘rsin, shuningdek, Institut negizida o‘simliklarning molekulyar filogeniyasi, biogeografiyasi, xemotaksonomiyasi va o‘simliklar olamining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shma ilmiy laboratoriyalar tashkil qilish uchun grant mablag‘lari jalb etilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ushbu bandda nazarda tutilgan qo‘shma ilmiy laboratoriyalarni tashkil etishda Institutning ishchilari va ilmiy xodimlari umumiy cheklangan sonini ko‘paytirish huquqi berilsin.
13. Belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha Institut tomonidan olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ilmiy va kompyuter uskunalari, priborlar, reagentlar, butlovchi qismlar, sarflash materiallari, dasturiy ta’minotlar va texnik vositalar 2021-yil 1-iyulgacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3256-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
15. Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi S.R. Xolmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yo‘ldoshev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 17-iyul,
PQ-3861-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-son qaroriga
1-ILOVA
2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining o‘simliklar xilma-xilligini o‘rganish va saqlab qolish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha
CHORA-TADBIRLARI DASTURI

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

I.O‘simliklar xilma-xilligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish
hamda innovatsion faoliyatni amalga oshirish

1.

2018 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi) o‘simliklar xilma-xilligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlari o‘tkazish, innovatsion faoliyatni amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Ijrochilar

qarori

2018-yil
1-noyabrgacha

-

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov)

2.

O‘zbekiston o‘simliklar dunyosi obyektlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini olib borish.

Ilmiy
hisobotlar

2018 — 2020-yillar

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov)

3.

O‘zbekiston tabiiy o‘simliklar xilma-xilligining milliy elektron bazasini yaratish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018-yil
15-noyabrgacha

Grant
mablag‘lari

Botanika instituti
(K. Tojibayev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

4.

Navoiy va Buxoro viloyatlarining noyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan o‘simliklarining davlat kadastrini tuzish.

Ijrochilar
qarori

Navoiy viloyatida — 2018-yil
1-dekabrgacha

Buxoro viloyatida —
2020-yil
1-dekabrgacha

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Botanika instituti
(K. Tojibayev)

5.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash va nashr etish.

O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini nashr etish

2019-yil
1-maygacha

Fanlar akademiyasining budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov),
O‘zbekiston Milliy universiteti (A. Maraximov), “O‘zbekbaliqsanoat”
uyushmasi (A. Ergashev)

6.

Molekulyar filogeniya i sistematika, populyatsion genetika i filogeografiya yo‘nalishlarini rivojlantirish.

Ilmiy
hisobotlar

2018 — 2020-yillar

-

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

7.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

o‘simliklar turlarini barkodlash va pasportlash uchun ilmiy-texnik sharoitlarni shakllantirish;

barkodlash va pasportlash uchun mutaxassislar tayyorlash.

Kompleks
chora-tadbirlar

tasdiqlash — 2018-yil
1-dekabrgacha

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov)

8.

O‘simliklar xilma-xilligi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni olish maqsadida florani to‘r tizimli xaritalash uslubini joriy etish.

Zarafshon

tizmasi g‘arbiy tarmoqlarida dala tadqiqotlarini olib borish

2018 — 2020-yillar

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

9.

Antropogen omillar va cho‘llanish jarayonlari ta’siri ostida ekotizimlarning zamonaviy holatini baholash, qurg‘oqchil ekotizimlardan asosiy yaylovlar sifatida barqaror foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish.

Ilmiy
tavsiya

2020-yil
1-noyabrgacha

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov)

10.

Xom-ashyobop o‘simliklarning ekspluatatsiya zaxiralarini aniqlash, tabiiy maydonlarini xaritalash, O‘zbekiston florasi dorivor turlarining zamonaviy interaktiv elektron resurslarini yaratish.

Asosiy dorivor o‘simliklar bo‘yicha interaktiv atlas

2018 — 2020-yillar

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov)

11.

O‘zbekistonning zamburug‘lar florasini, makro-va mikromitsetlar geografiyasini o‘rganish, ma’lumotlarning elektron bazasini yaratish va hududlar kesimida zamburug‘larning tarqalish xaritalarini tuzish.

Ma’lumotlarning elektron bazasi

2018 — 2020-yillar

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov)

12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish:

noyob o‘simliklar va manzarali daraxtlarning onalik ko‘chatxonalarini yaratish;

istiqbolli iqtisodiy qiymatga ega o‘simlik turlarini introduksiyalash va akklimatizatsiyalash;

O‘zbekiston florasining noyob va endem turlarini genetik bankini yaratish.

Kompleks
chora-tadbirlar

tasdiqlash — 2019-yil
1-yanvargacha

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov)

13.

“O‘zbekiston florasi”ning yangi 3 jildlarini va “O‘zbekiston yuksak o‘simliklari kadastri”ning yangi 2 jildini tayyorlash va chop etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-2020-yillar

Grant mablag‘lari, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Kuchkarov),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (N. Bakirov), manfaatdor
vazirlik va idoralar

14.

Ilmiy tadqiqot natijalarining raqobatbardoshligini ta’minlash, Institut faoliyatining xalqaro nufuzini orttirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2018 — 2020-yillar

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

II. Institut ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda uning texnik bazasini mustahkamlash

15.

Oliy o‘quv yurti talabalarining amaliyot o‘tashini tashkil qilish, ularni ilmiy-tadqiqot va boshqa turdagi ijodiy ishlarga jalb etish orqali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, iqtidorli yoshlarni o‘simliklar to‘g‘risidagi fan yo‘nalishlariga jalb etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyulgacha

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

16.

Xorijiy yetakchi ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan, dolzarb ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va yosh olimlarning stajirovkalarini tashkil etish.

Hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar

2018 — 2020-yillar

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

17.

Institut ilmiy xodimlari malakasini ularni davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun yuborish orqali oshirib borish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov)

18.

Institutni ilmiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan zamonaviy ilmiy, texnologik va laboratoriya uskunalari, shuningdek, priborlar, reagentlar, butlovchi qismlar va sarflash materiallari bilan ta’minlash.

Kompleks
chora-tadbirlar

2018 — 2020-yillar

Grant
mablag‘lari

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmanov)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3256-son “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilayotgan
o‘zgartirishlar
1. 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3256-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti
tUZILMAsi
Xodimlarning umumiy cheklangan soni ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarning hajmiga bog‘liq bo‘lib,
197 tani tashkil qiladi, shu jumladan ilmiy xodimlar soni — 56 ta.
Yordamchi xodimlarning soni qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlarga asosan belgilanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
* Budjet mablag‘lari hisobidan saqlanadi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 07418/3861/1528-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)