Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Botanika va zoologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish, respublika oʻsimlik va hayvonot olami bioxilma-xilligini saqlash, zamonaviy fan va iqtisodiyot tarmoqlarining talablaridan kelib chiqqan holda botanika va zoologiyaning alohida yoʻnalishlarini rivojlantirish, shuningdek, oʻsimlik va hayvonot olamini oʻrganish hamda muhofaza qilish borasidagi maxsus vazifalar yechimini tezlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti (keyinchalik — Botanika instituti) va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutini (keyinchalik — Zoologiya instituti) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
a) Botanika instituti:
respublika florasini kompleks oʻrganish, oʻsimlik resurslarini aniqlash va ulardan oqilona foydalanish, alohida ahamiyatga ega boʻlgan botanik hududlarni aniqlash, oʻsimlik dunyosining kamyob va endem turlarini saqlab qolishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
respublika florasining milliy axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritish, yovvoyi oʻsimliklarning kamyob va yoʻqolish xavfi ostida boʻlgan turlari boʻyicha davlat kadastri, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi va oʻsimlik dunyosi monitoringini yuritish;
istiqbolli va iqtisodiy ahamiyatiga ega boʻlgan oʻsimlik turlarini introduksiyalashtirish va iqlimlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish, kamyob oʻsimliklarning genetik maʼlumotlar bankini yaratish;
choʻllanish jarayonida oʻsimlik qoplami evolyutsiyasi va iqlim dinamikasini oʻrganish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
b) Zoologiya instituti:
respublika faunasini kompleks oʻrganish, hayvonot dunyosi obyektlarining zamonaviy holatini baholash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
alohida ahamiyatga ega boʻlgan zoologik hududlarni aniqlash, hayvonot dunyosining kamyob va endem turlarini saqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
respublika faunasining milliy axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va yuritish, yovvoyi hayvonlarning kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlari boʻyicha davlat kadastri, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi va hayvonot dunyosi monitoringini yuritish;
zararkunandalar, parazitlar va inshootlar biozararkunandalari sonini nazorat qilishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish;
suv ekotizimlari va gidrobiontlar ekologiyasini oʻrganish, respublikada baliq resurslari genofondini baholash va monitoring qilish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarur hollarda, Botanika instituti va Zoologiya instituti tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Botanika instituti va Zoologiya instituti davlat muassasalari shaklidagi yuridik shaxslar boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan hamda institut nomi davlat tilida bitilgan muhrga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida gʻazna hisobvaraqlariga egadirlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Botanika instituti va Zoologiya instituti xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlariga koʻzda tutilgan ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq qilinadi;
Botanika instituti va Zoologiya instituti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Botanika va zoologiya institutining tegishli boʻlinmalarining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislari hisoblanadi va ularning negizida tashkil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-iyuldagi PQ-3861-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 07418/3861/1528-son)
6. Belgilansinki, Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini moliyalashtirish manbalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Botanika instituti va Zoologiya institutining ayrim boʻlinmalarini noyob ilmiy obyektlar sifatida saqlash uchun ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari;
ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdagi xoʻjalik shartnomalaridan tushadigan mablagʻlar;
xalqaro moliyaviy va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
7. Operativ boshqarish huquqi bilan:
Botanika institutiga — tugatilayotgan Botanika va zoologiya institutining Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli koʻchasi, 32-uy manzilida joylashgan binolari berilsin va unga Botanika instituti joylashtirilsin;
Zoologiya institutiga — tugatilayotgan Botanika va zoologiya institutining Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 232b-uy manzilida joylashgan binolari berilsin va unga Zoologiya instituti hamda Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi joylashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
bir oy muddatda oʻrnatilgan tartibda Botanika instituti va Zoologiya institutining ustavlarini tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda choʻl, togʻ va balandtogʻ mintaqalariga dala ekspeditsiya xarajatlari toʻlov tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Botanika va zoologiya institutining ilmiy-texnik loyihalari, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulklari, jumladan, avtoransport vositalari va yoqilgʻi-moylash materiallari limitlarining inventarizatsiyasini tashkil etib ularni Botanika instituti va Zoologiya institutiga oʻtkazsin.
10. Belgilansinki, Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti uchun 2017-yil Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2789-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yoʻldoshev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-sentabr,
PQ-3256-son
2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3256-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining
TUZILMASI

Direktor

Ilmiy kengash

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Direktorning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari

Ilmiy kotib

Bosh yuriskonsult

1

Oʻsimliklar resurslari laboratoriyasi

9

Geobotanika va ekologiya laboratoriyasi

11

Qizilqum choʻl stansiyasi

3

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis

1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Buxgalteriya

4

Oʻzbekiston florasi laboratoriyasi

20

Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi

10

Toshkent tajriba uchastkasi

Kutubxona

1

Maxsus qism

1

Botanika muzeyi

4

Noyob oʻsimliklar turlari kadastri va monitoringi laboratoriyasi

4

Mikologiya va algologiya laboratoriyasi

8

Akademik F.N. Rusanov nomidagi Botanika bogʻi*

103

“SALVARE”

MChJ

“Oʻzbekiston milliy gerbariysi” noyob ilmiy obyekti*

12

Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarning hajmiga bogʻlik boʻlib, 197 nafari tashkil qiladi, shu jumladan ilmiy xodimlar soni 56 nafar. Yordamchi xodimlarning soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan meʼyorlarga asosan belgilanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
*Budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3256-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining
TUZILMASI

Direktor

Ilmiy kengash

Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

Ilmiy kotib

Bosh yuriskonsult

1

Molekulyar biologiya va biotexnologiya laboratoriyasi

4

Umumiy

parazitologiya laboratoriyasi

6

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis

1

Kadrlar boʻyicha inspektor

1

Buxgalteriya

2

Umurtqali

hayvonlar laboratoriyasi

5

Ixtiologiya va gidrobiologiya laboratoriyasi

3

Kutubxona

1

Maxsus qism

1

Parazitlarga qarshi laboratoriyasi preparatlari

7

Entomologiya laboratoriyasi

7

Respublika termitlarga qarshi kurash markazi

Ornitologiya laboratoriyasi

3

“Zoologik kolleksiya”

noyob ilmiy obyekti*

3

Serpentariy boʻlimi

(ilonlar

pitomnigi)

3

Xodimlarning cheklangan umumiy soni bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarning hajmiga bogʻlik boʻlib, 51 nafarni tashkil qiladi, shu jumladan ilmiy xodimlar soni — 37 nafar.
Yordamchi xodimlarning soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan meʼyorlarga asosan belgilanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin.
*Budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
2017-yil 4-sentabrdagi PQ-3256-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PQ-2789-son “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining
TAShKILIY TUZILMASI

Umumiy yigʻilish

Direktorlar kengashi

Boshqaruv apparati

Prezidium

Yadro fizikasi instituti

O. Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti

Y. Gʻulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti

Fundamental kutubxona

“Labzak” mehmonxonasi

Yotoqxona

“Akademtaʼminot” DUK

“Fanum” oʻquv markazi

“Fan” nashriyoti

“Fan va turmush” jurnali

Botanika bogʻi

“Inkom kapital qurilish” injiniring kompaniyasi

Qoraqalpogʻiston boʻlimi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti

Umumiy va noorganik kimyo instituti

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti

Qoraqalpoqpogʻiston tabiiy fanlar ITI

V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti

S.Y. Yunusov nomidagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti

Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti

S.A. Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” IIChB Fizika-texnika instituti

Qoraqalpogʻiston gumanitar fanlar ITI

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

Tarix instituti

S.A. Azimov nomidagi “Fizika-Quyosh” IIChB materialshunoslik instituti

Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti

Sanʼatshunoslik instituti

Xorazm Maʼmun akademiyasi

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi

U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti

Botanika instituti

Navoiy boʻlimi

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Zoologiya instituti

M.T. Urazbayev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

Qatagʻon qurbonlari davlat muzeyi

Genomika va bioinformatika markazi

RT-70 radio astronomiya observatoriyasi

Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot davlat muzeyi

Mikrobiologiya instituti

Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz

G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti

 

“.

 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 950-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 18.07.2018-y., 07418/3861/1528-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)