Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-may,
400-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 3-ilovaning 12 va 13-bandlarga, 14-bandning oʻn birinchi xatboshiga, 18-bandning uchinchi xatboshiga, 20-bandning ikkinchi xatboshiga, 22 va 32-bandlariga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi 10-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi, 16-bandining oltinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini oʻrganish komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish tartibi haqidagi nizomning 15-bandiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-martdagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 10-11-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 31-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom rus tilidagi matni 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Ispolnitelnogo” soʻzi chiqarib tashlangan.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandidagi “qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablagʻlarini jamlash, qaytarish va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 154-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 60-modda):
a) 5-bandga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
17-bandga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
ilovaga ilovaning 12-bandiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
20. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 442-modda) 2-ilovaning 15-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
24. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-martdagi 129-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 160-modda) 4-ilovaning 14-bandiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
29. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 264-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-banddagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 9-bandidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning I boʻlimi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilaridagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovaning 2-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
31. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 21 va 32-bandlariga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” soʻzlari qoʻshilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-iyuldagi 559-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 775-modda) ilovaning ikkinchi xatboshiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” soʻzlari qoʻshilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 131-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida nizomning 20-bandiga “Kommunal soha” soʻzlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” soʻzlari qoʻshilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida” 2017-yil 2-sentabrdagi 689-son qarorining 4-bandidagi “- “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
36. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli oʻtkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni taʼminlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-oktabrdagi 815-son qaroriga 5-ilovaning 5-bandidagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ” soʻzlari chiqarib tashlansin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida 2018 — 2020-yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishning manzilli dasturini amalga oshirish, shuningdek, Bekobod shahridagi madaniyat va istirohat bogʻini rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 850-son qarorining 10-bandidagi departament nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-farmoyishida:
a) “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovadagi Roʻyxatning 4.2-bandidagi “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovadagi Roʻyxatning 4.2 va 4.4-bandidagi Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son; 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)