O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 17-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2984]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
33-son
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-dekabr,
24-2017-son
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil 5-dekabrdagi 33, 24-2017-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “Mudofaa to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini (bundan buyon matnda tanlov deb yuritiladi) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalariga (bundan buyon matnda HTO‘B deb yuritiladi) talabalar tanlov asosida OTMda ikkinchi kurs (to‘rtinchi semestr) oxirida kvota doirasida tanlab olinadi.
3. Tanlovning asosiy maqsadi suhbatlashish va tushuntirish ishlarini olib borish orqali talabalarning harbiy kafedrada o‘qish salohiyati va keyinchalik harbiy mutaxassislik bo‘yicha xizmat qilishi mumkinligini belgilaydigan chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi asosida jismoniy rivojlanishi hamda bilim darajasini baholashdan iborat.
4. HTO‘Bda ta’lim olish uchun talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli o‘rinbosarining buyrug‘i bilan tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish uchun qabul komissiyasi tuziladi (bundan buyon matnda tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya deb yuritiladi) va quyidagi tarkibda uning a’zolari tasdiqlanadi:
tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul xodimi;
tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning kotibi — HTO‘B boshlig‘i;
tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya a’zolari:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul xodimlari;
tegishli OTMning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlari;
HTO‘Bning o‘qituvchilari.
Tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya qabul yilining yanvar oyidan sentabr oyiga qadar faoliyat yuritadi.
6. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya tanlov o‘tkazish jarayonida kerakli sharoitlar yaratilishi, joylarda tanlovlarni o‘tkazish talablariga qat’iy rioya etgan holda tegishli ravishda tashkil etilishi va adolatli o‘tkazilishi, shuningdek ularning natijalari xolisligi uchun javobgar bo‘ladi.
7. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi:
tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning ishini tashkil etadi;
tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyaning vazifalarini belgilaydi;
kichik komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
8. Tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya huzurida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli o‘rinbosarining buyrug‘i bilan quyidagi kichik komissiyalar tuziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya;
talabalarning chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash bo‘yicha kichik komissiya.
2-bob. Tanlovni o‘tkazish
9. Tanlov o‘tkazilishidan oldin OTMning turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ega fakultetlarida talabalar bilan tushuntirish ishlari tashkil etiladi. Bunda talabalarga tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar, shu jumladan tanlovni o‘tkazish muddatlari, talab etiladigan hujjatlar, tanlovning asosiy mezonlari tushuntiriladi.
Tushuntirish ishlari yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi.
10. HTO‘Bda ta’lim olish uchun arizalar qabul yilining yanvar-fevral oylarida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Talabalar tomonidan HTO‘Bda ta’lim olish uchun HTO‘Bga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza;
reyting daftarchasi nusxasi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
12. Quyidagilar HTO‘Bda ta’lim olish uchun o‘tkaziladigan tanlovning asosiy mezonlari hisoblanadi:
tibbiy ko‘rik;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasi natijalari;
umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash.
Har bir mezonlarni o‘tkazish vaqti va joyi talabalarga ular o‘tkazilishidan kamida 20 kun oldin yetkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tanlov o‘tkazish jarayonlarining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida umumjismoniy tayyorgarlikni baholash hamda chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Talabalarning harbiy xizmatga yaroqliligini tekshirish bo‘yicha tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) muvofiq fevral-mart oylarida o‘tkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
Salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan talabalar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
16. Talabaning OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasi OTMdagi HTO‘Bga qabul qilishdan oldingi o‘qish davrida to‘plangan ballar yig‘indisidan tashkil topadi.
Bunda talabaning uch semestr davomidagi umumiy o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (o‘zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo‘lgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.
17. Talabaning OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirishlgan bilim darajasini baholash natijalari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda OTM tomonidan rasmiylashtiriladi va tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyaga yuboriladi.
18. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan joylarda talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq aprel-may oylarida o‘tkaziladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasi talablariga javob bermagan talabalar tanlovning keyingi bosqichiga qo‘yilmaydi.
19. Talabalarning chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha bilim darajasini baholash test o‘tkazish usuli yordamida test o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiya tomonidan mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq may-iyun oylarida o‘tkaziladi.
20. Talabaning tanlov natijalari bo‘yicha umumiy bali uning OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash natijasida aniqlangan balini va test sinovlarida to‘plagan balini qo‘shish orqali aniqlanadi.
21. Talabalarni HTO‘Bga qabul qilish tanlovda to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tanlov natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan talabalar tegishli kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.
22. Bir xil minimal kirish balini to‘plagan bir nechta talabalardan OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari bo‘yicha ko‘p ball to‘plagan talaba qabul qilinadi.
23. Tanlov natijalari bo‘yicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma tuziladi va unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
tibbiy ko‘rik natijalari;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari;
chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha bilim darajasini baholash natijalari;
talabaning tanlovdagi umumiy bali.
24. Tanlov natijalari oxirgi test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga e’lon qilinishi shart.
25. Tanlov natijalari bo‘yicha bayonnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisi, kotibi va a’zolari tomonidan imzolanadi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tegishli o‘rinbosari va tegishli OTM rektorining imzosi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomaning bir nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga, ikkinchi nusxasi OTM HTO‘Bga yuboriladi.
26. Tanlov natijalari bo‘yicha tuzilgan bayonnomaga asosan avgust oyining uchinchi o‘n kunligida OTM rektorining buyrug‘iga binoan talabalar harbiy tayyorgarlikni o‘tish uchun qabul qilinadi.
27. Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan talaba OTMda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tegishli o‘rinbosarining buyrug‘i bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
28. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya va kichik komissiyalar faoliyatida ishtirok etmagan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul xodimlari hamda OTM xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar, qoida tariqasida, xar bir tanlov yo‘nalishi bo‘yicha bittadan a’zo kiritiladi.
Talaba tanlov natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, tanlov natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
3-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
29. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎‎‎“TASDIQLAYMAN” ______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎(oliy ta’lim muassasasi nomi,
‎oliy ta’lim muassasasi rektorining
‎F.I.O., imzosi)
‎20___ yil “____” ____________________


‎‎Talabaning oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish jarayonida
‎o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash
‎NATIJALARI

T/r

‎‎Talabaning F.I.O.

‎‎Semestr davomidagi umumiy o‘rtacha
‎o‘zlashtirish ko‘rsatkichi

‎‎Uch semestr davomidagi umumiy o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi

1-semestr‎‎

2-semestr‎‎

3-semestr‎‎

‎‎1

‎‎2

3‎‎

4‎‎

5‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Talabalarga dastlab mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiyasi (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga talabalar sport kiyimida hamda biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi bilan kelishlari lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
4. Talabalar quyidagi mashqlarni bajaradi:
a) erkak talabalar uchun:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish;
a) ayol talabalar uchun:
kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
5. Mashqlar oralig‘ida talabalarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
6. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga ko‘ra topshirmagan yoxud topshirishdan bosh tortgan talabalar qoniqarsiz baholanadi.
2-bob. Mashqlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar va mezonlar
7. Turnikda tortilish mashqini bajarishda:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza bo‘g‘imi to‘g‘irlanadi, oyoq uchlari cho‘ziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan o‘tgunga qadar qo‘llar bukiladi;
harakat to‘liq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Juft tutilgan oyoqlarni 45° gacha bukishga ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Talabalarning turnikda tortilish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
11 marotaba va undan ko‘p tortilganda — “a’lo”;
9-10 marotaba tortilganda — “yaxshi”;
7-8 marotaba tortilganda — “qoniqarli”;
1 — 6 marotaba yoxud umuman tortila olmaganda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
9. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi (tibbiyot OTM ayol talabalari uchun) 1 daqiqa mobaynida bajariladi:
“Diqqat”, “Mashqni bajarishga kirishilsin” komandasiga asosan birinchi 30 soniyada belda yetgan holda maksimal oldinga egilib qo‘l bilan oyoq uchiga tegish, qo‘llar belda, oyoqlar biriktirilgan (oyoqlarni bilinmas darajada egish, dastlabki holatga qaytguncha bel kuragi bilan yerga tegish);
“Vaqt” komandasiga asosan “yerda qo‘lga tayangan holda yotish” holatga qabul qilib va dam olmasdan 30 soniya ichida maksimal miqdorda yerda qo‘lga tayangan holda qo‘lni egish va tiklash (gavda tik holatda, qo‘lni ko‘krak yerga tekkuncha egish).
10. Kuch ishlatiladigan mashqlar kompleksi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
32 marotaba va undan ko‘p bajargan taqdirda — “a’lo”;
29 — 31 marotaba bajargan taqdirda — “yaxshi”;
26 — 28 marotaba bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
25 marotaba va undan kamroq bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
11. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yo‘lakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda o‘tkaziladi.
12. Talabalarning 100 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) erkak talabalar uchun:
14,4 soniya ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
14,5 — 14,8 soniyada bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,9 — 15,4 soniyada bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
15,5 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
b) ayol talabalari (tibbiyot OTM) uchun:
16,8 soniya ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
16,9 dan 17,4 soniyagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
17,5 dan 18,0 soniyagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
18,1 soniyada va undan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
13. 3000 (1000) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yo‘lakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda o‘tkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Erkak talabalarning 3000 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
13,20 daqiqa ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
13,20 daqiqadan ko‘p, biroq 14,0 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
14,0 daqiqadan ko‘p, biroq 14,30 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
14,30 daqiqadan ko‘p vaqtda bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
15. Ayol talabalarning 1000 metrga yugurish mashqi to‘rt bosqichli tizimda quyidagicha baholanadi:
4,25 daqiqa va undan kamroq vaqt ichida bajargan taqdirda — “a’lo”;
4,26 daqiqadan 4,40 daqiqagacha bajargan taqdirda — “yaxshi”;
4,41 daqiqadan 5,00 daqiqagacha bajargan taqdirda — “qoniqarli”;
5,01 daqiqa va undan ko‘proq vaqt ichida bajargan taqdirda — “qoniqarsiz” deb baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholashda ikkita “qoniqarsiz” baho olgan bo‘lsa, umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan “o‘tmagan” deb hisoblanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
17. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tmagan talabalarga mashqlarni takroriy bajarishga ruxsat berilmaydi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
18. Umumjismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirgan talabalarga qaydnoma rasmiylashtiriladi.
Mazkur qaydnomada talabalar tomonidan bajarilgan mashqlar va ular uchun qo‘yilgan baholar ko‘rsatiladi.
19. Qaydnoma talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash bo‘yicha kichik komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
20. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash natijalari tanlovni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha qabul komissiyasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha bilim darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Talabalarning chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha bilim darajasi test o‘tkazish usuli orqali aniqlanadi.
2. Testga jalb qilingan talabalar ro‘yxati tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya tomonidan tasdiqlanib, test o‘tkazish bo‘yicha kichik komissiyaga (bundan buyon matnda kichik komissiya deb yuritiladi) taqdim etiladi.
3. Testni o‘tkazish uchun kichik komissiya tomonidan chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturidan test savollari ishlab chiqiladi.
4. Test savollari tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi.
5. Test savollari va ularning javoblari tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya raisida saqlanadi va u ularning oshkor qilinmasligi uchun mas’ul hisoblanadi.
6. Test OTMning harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘tkaziladi. Bunda test o‘tkazish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan alohida auditoriyalar ajratiladi va har bir auditoriyaga oliy ta’lim muassasalari xodimlari orasidan auditoriya rahbari tayinlanadi.
2-bob. Test sinovlarini o‘tkazish
7. Test sinovlari tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya tomonidan belgilangan kunda soat 9:30 da boshlanadi. Nomzodlar soat 9:00 dan 9:20 gacha test o‘tkaziladigan auditoriyaga kiritiladi.
Test sinovlariga kelmagan (soat 9:20 dan keyin test o‘tkaziladigan auditoriyada bo‘lmagan) talabalar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
8. Test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
9. Talabaga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi.
10. Test savollarini yechish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.
11. Talabalarga beriladigan test savollari kitob shaklida bo‘ladi va uning titul varag‘ida test savollari kitobining maxsus kodi qo‘yiladi.
12. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Talabalar test savollarini yechishda faqat bitta to‘g‘ri javobni belgilashi lozim.
To‘g‘ri javob javoblar varag‘iga belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, B, C, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi.
Test savolida faqat bitta to‘g‘ri javob belgilanishi lozim.
Javoblarni belgilashda o‘chirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Javoblar to‘g‘ri belgilanishi uchun talaba shaxsan javobgardir. Javoblarni noto‘g‘ri belgilagan talabalarning e’tirozi ko‘rib chiqilmaydi.
Javoblar varag‘iga test sinovlari o‘tkazilgan kun va auditoriya raqami, test savollari kitobining maxsus kodi, auditoriya rahbarining F.I.O., test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxsning (shaxslarning) F.I.O. va imzosi ko‘rsatiladi.
13. Test sinovlari vaqtida talabaning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, talabaning sog‘lig‘i yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
14. Talabaga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
15. Test sinovlarini o‘tkazish vaqtida test sinovlari o‘tkazilayotgan auditoriyada talabalar, auditoriya rahbari, tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiya va kichik komissiya a’zolaridan tashqari boshqa shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
16. Test sinovlarini o‘tkazishni boshlashdan avval auditoriya rahbari talabalarga test sinovlari o‘tkazish tartibini tushuntirishi shart.
17. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, talabalar test materiallarini auditoriya rahbariga topshiradi.
18. Kichik komissiya a’zolari test o‘tkazilgan kunning o‘zida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni) shu kunning o‘zida soat 15:00 gacha tegishlicha, har bir talabaning javoblar varag‘iga yozib qo‘yishi shart.
19. Test savollariga berilgan har bir to‘g‘ri javob uchun 1,5 ball qo‘yiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
20. Test sinovlari natijalarni (to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni hamda umumiy bali) kichik komissiya a’zolari tomonidan imzolangan, kichik komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan holda shu kunning o‘zida soat 16:00 gacha e’lonlar taxtasiga osib qo‘yiladi.
21. Test sinovlari natijalar (to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni hamda umumiy bali) kichik komissiya tomonidan shu kunning o‘zida tanlov o‘tkazish bo‘yicha komissiyaga taqdim etiladi.
22. Test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talaba, unga nisbatan berilgan qo‘yilgan ballarni asoslantiruvchi ma’lumot bilan tanishish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlari bo‘yicha o‘qitish uchun talabalarni saralash tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Talabaning F.I.O.

Tibbiy ko‘rik natijalari

Umumjismoniy tayyorgarlikni baholash natijalari

OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilim darajasini baholash natijalari

Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash natijalari

Talabaning umumiy bali

1

2

3

4

5

6

(5-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 17-iyundagi 20-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 14-iyundagi 12-2022-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2984-1, 08.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2984/0913-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 08.07.2022-y., 10/22/2984-1/0633-son)