1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiyotda qo‘llanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Laboratoriyaga oid funksional tadqiqotlar sifatini yaxshilash, metrologik ta’minotni rivojlantirish, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish va uni sinovdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish asosida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2018-2019-yillar davrida sog‘liqni saqlash sohasida metrologiya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha Tadbirlar rejasi — “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha tibbiy texnika metrologik nazoratidan o‘tkazilishi lozim;
tibbiyot laboratoriyalarining sifati va kompetentligi belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-sonli “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
3. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi va uning hududiy filiallari o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini o‘tkazish uchun vakolatli idoralar etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
4. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika reyestrini yuritish;
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti negizida yetakchi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda, “Tibbiy texnikaning metrologik nazorati va davriy sinovlari” ixtisosligi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish yuklansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son)
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DMda va uning hududiy filiallarida tibbiyot tashkilotlaridagi o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika metrologik nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ixtisoslashgan laboratoriya tashkil qilsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
tibbiy texnika va tibbiyotda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan buyumlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarining sifatni boshqarish tizimiga, shuningdek, tibbiy laboratoriyalarning sifatiga va kompetentligiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan standartlarni uch oy muddatda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda metrologik nazoratdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnika ro‘yxatini, shuningdek, davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnika ro‘yxatini ikki oy muddatda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha turdagi tibbiy texnika va davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnika uchun metrologik nazorat usullarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqish bo‘yicha dasturni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tibbiy texnikani metrologik nazoratdan va davriy sinovlardan o‘tkazish sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalar va beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish vositalari (grantlar) jalb qilinishini ta’minlasin.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, tuzilmasida tibbiy muassasalar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, xususiy tibbiyot tashkilotlari:
o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnikaning metrologik nazorati o‘tkazilishini;
tibbiy texnikaning davriy sinovlardan o‘tkazilishini;
tibbiy texnikaning metrologik ta’minoti va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun mas’ul xodimlar malakasini oshirishni ta’minlasinlar.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
112-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga 1-ILOVA
2018-2019-yillar davri uchun sog‘liqni saqlash sohasida metrologiya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha
1. Aholi sog‘ligini va tibbiyot tashkilotlarining faoliyatini o‘rganish uchun tekshirish natijalarining ishonchliligini baholash usullarini ishlab chiqish.
2. Talablarni kuchaytirish qismida barcha nozologiyalar uchun, turli mulkchilik shaklidagi muassasalar tomonidan taqdim etiladigan diagnostik tadqiqotlarni reglamentlovchi standartlarni qayta ko‘rib chiqish.
3. Barcha darajalardagi tibbiyot tashkilotlarida, keyinchalik belgilangan tartibda akkreditatsiya qilgan holda laboratoriya tekshiruvlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha markazlar tashkil qilish.
2018-yil aprel
2018-yil may
2018-2019-yillar
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“O‘zstandart” agentligi
2.
Barcha turdagi laboratoriya va diagnostika tekshiruvlari uchun zamonaviy, asoslangan majburiy standartlarni joriy etish.
1. Laboratoriya diagnostika tekshiruvlariga doir ilg‘or xorijiy tajriba, standart va usullarni o‘rganish va qo‘llash.
2. Amaldagi standartlar, tekshirish usullarini inventarizatsiya qilish va zamonaviylariga muvofiqligini, keyingi zarur o‘zgartishlar kiritgan holda qayta ko‘rib chiqish.
3. Amaliyotga zamonaviy o‘lchashlarni bajarish usullarini joriy etish.
Muntazam ravishda
2018-2019-yillar
2018-2019-yillar
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“O‘zstandart” agentligi
3.
Tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash va ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqish.
Tibbiy texnikaga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish, ishga tushirish-sozlash va ta’mirlash ishlarini bajarish tartibi to‘g‘risida nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2018-yil iyul
Sog‘liqni saqlash vazirligi
II. Nazorat mexanizmlarini yaratish
4.
O‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan tibbiy texnikani metrologik tekshiruvdan o‘tkazish va unga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.Tibbiy texnikani ta’mirlash.
1. O‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha tibbiy texnikani qamrab olgan holda tekshiruvdan o‘tkazish (qiyoslash) jadvallarini ishlab chiqish.
2. Tekshiruvdan o‘tkazilmagan (qiyoslanmagan) va tekshiruvdan o‘tkazish (qiyoslash) bilan qamrab olinmagan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnika hisobini yuritish.
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatiga metrologik ta’minot holati to‘g‘risida hisobotlar va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etish.
4. Metrologik tekshiruvdan va davriy sinovlardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiy texnikaning hisobi yuritilishini tashkil etish (elektron ma’lumotlar bankini yaratish).
Har yili 15-yanvargacha
Har yili
Har yili 15-dekabrgacha
2018-yil iyun
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
“O‘zstandart” agentligi
III. Moddiy-texnik bazani rivojlantirish
5.
“O‘zstandart” agentligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
1. “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi huzurida ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etish.
2. Laboratoriyani zarur o‘lchash vositalari bilan texnik jihozlash.
2018-yil mart
2018-2019-yillar
“O‘zstandart” agentligi
“O‘zstandart” agentligi
6.
Tibbiyot tashkilotlaridagi tibbiy texnikaning sifatli metrologik tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligining barcha hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bosqichma-bosqich zarur sharoitlar yaratish.
1. Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari, shuningdek, boshqa akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning zarur moddiy-texnik bazalari hajmini aniqlash.
2. Toshkent shahrida va respublika hududlarida metrologik xizmatlar ko‘rsatish uchun bosqichma-bosqich zarur bazani yaratish.
3. Metrologik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarini akkreditatsiya qilish doirasini kengaytirish.
2017-yil may
2018-2019-yillar
2018-2019-yillar
“O‘zstandart” agentligi
7.
Respublika “Davsanepidemnazorat” markazlari sinov laboratoriyalarining akkreditatsiya qilingan komplekslari moddiy-texnik bazasini takomillashtirish.
1. Xorijiy investitsiyalar va beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish vositalari (grantlar)ni jalb qilgan holda, xalqaro e’tirof etilgan akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Respublika davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazi. Samarqand viloyati va Toshkent shahar laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish.
2. “Davsanepidemnazorat” hududiy markazlarining zarur moddiy-texnik bazalari hajmini aniqlash.
3. Sifatli xizmat ko‘rsatish uchun “Davsanepidemnazorat” hududiy markazlarining bosqichma-bosqich zarur moddiy-texnik bazasini yaratish.
4. Respublika davlat sanitariya- epidemiologiya nazorati markazining akkreditatsiya doirasini kengaytirish.
5. Laboratoriya-diagnostika markazlarini xalqaro standart talablariga muvofiqlik bo‘yicha bosqichma-bosqich akkreditatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2018-2019-yillar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
8.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi metrologiya xizmatining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
1. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” DUK moddiy-texnik bazasini xususiy mablag‘lari va xalqaro tashkilotlarning grantlarini jalb qilish hisobiga rivojlantirish.
2. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” DUK Samarqand, Xorazm, Qarshi va Andijon filiallarining moddiy-texnik bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirish.
2018-2019-yillar
Sog‘liqni saqlash vazirligi
9.
O‘quv laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish.
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining tibbiy texnika sohasidagi muhandislar tayyorlash o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy sinov va o‘lchov uskunalari bilan jihozlash.
2018-2019-yillar
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi,
I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IV. Kadrlar tayyorlash
10.
Tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazish va servisi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
1. “O‘zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti huzurida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasida, tibbiy texnika va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar kafedrasida tibbiy metrologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun sharoit yaratish.
2. Tibbiy texnika va texnologiya, shuningdek, tibbiy texnika metrologik tekshiruvi sohasida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash.
3. O‘qituvchilar, iqtidorli talabalarning yetakchi, shu jumladan xorijiy sinov laboratoriyalarida amaliyot o‘tashini tashkil etish.
2018-yil iyun
2019-yildan boshlab
2018-2019-yillar
“O‘zstandart” agentligi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga 2-ILOVA
O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat metrologiya xizmatlari organlariga (keyingi o‘rinlarda DMX deb ataladi), akkreditatsiyalangan laboratoriyalarga hamda tibbiyotda qo‘llanishi lozim bo‘lgan va qo‘llanadigan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani (keyingi o‘rinlarda O‘FTT deb ataladi) metrologik tekshiruvdan (qiyoslash)dan o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati tatbiq etiladigan sohalardan tashqarida qo‘llanadigan O‘FTT qiyoslashga ushbu Nizomda belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda taqdim etilishi mumkin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
2. O‘quv (namoyish qilish) maqsadlari uchun qo‘llanadigan O‘FTT qiyoslashdan o‘tkazilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnika (O‘FTT) — me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan tibbiy texnika;
qiyoslashlararo interval — o‘lchash texnikasi vositalarining ikki marta navbatma-navbat qiyoslash orasidagi vaqt oralig‘i;
qiyoslash tamg‘asining bosma izi — o‘lchash texnikasi vositasi yoki texnik hujjatga bosilgan va o‘lchash texnikasi vositasini qiyoslash qoniqarli natijalar bilan o‘tkazilganligini tasdiqlaydigan, shuningdek, o‘lchash vositasini, jumladan rostlovchi qurilmalarni har qanday sanksiyalanmagan kirishdan himoyalash uchun mo‘ljallangan belgi;
O‘FTTni qiyoslash — O‘FTTning belgilangan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida DMX (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) tomonidan bajariladigan operatsiyalar majmui;
qiyoslovchi — akkreditatsiyalangan laboratoriyaning zarur malakaga ega bo‘lgan, aniq o‘lchash turi bo‘yicha tayyorlovdan o‘tgan va o‘lchash texnikasi vositalarini qiyoslash huquqiga attestatsiyalangan mutaxassisi;
ariza beruvchi — O‘FTTni qiyoslashdan o‘tkazishdan manfaatdor yuridik yoki jismoniy shaxs.
4. Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan O‘FTT ishlab chiqarishdan foydalanishga chiqarilishda, ta’mirlashdan so‘ng, shuningdek, foydalanish jarayonida DMX organlari (vakolat berilgan boshqa organlar, tashkilotlar) (keyingi o‘rinlarda organlar deb ataladi) tomonidan qiyoslashdan o‘tkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-sentabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/564/0708-son)
5. Qiyoslash me’yoriy hujjatlarga va DMX organlari tomonidan tasdiqlangan qiyoslash usullariga muvofiq o‘tkaziladi.
6. O‘FTT qo‘llanishga yaroqliligining tasdiqlanishi yoki O‘FTT qo‘llanishga yaroqli emas deb tan olinishi qiyoslash natijasi hisoblanadi.
7. O‘FTTni ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqaradigan, O‘FTTni olib keladigan va uni foydalanish maqsadida ishlatadigan yuridik va jismoniy shaxslar O‘FTTni o‘z vaqtida qiyoslashga taqdim etishlari shart.
8. MDX organlari O‘FTT qiyoslovini ariza beruvchi tomonidan tuziladigan ariza asosida amalga oshiradi.
9. O‘FTT qiyoslovi:
statsionar qiyoslash laboratoriyalarida;
ko‘chma qiyoslash laboratoriyalarida;
bevosita O‘FTT joylashgan joylarda, qiyoslovchilarni xizmat safariga yuborish yo‘li bilan (O‘FTT transportda tashish imkoni mavjud bo‘lmaganda) o‘tkaziladi.
10. O‘FTT qiyoslashga yetkazishni ariza beruvchi ta’minlaydi.
11. Qiyoslash ishlari O‘FTTdan foydalanish joyiga borib, ariza beruvchining hududida bajarilganda ariza beruvchi belgilangan talablarga muvofiq qiyoslash sharoitlari, jumladan qiyoslashni amalga oshirayotgan DMX organiga tegishli qiyoslash va yordamchi vositalarini qiyoslash joyiga olib borish va olib kelishni ta’minlashi kerak.
2-bob. O‘FTTni qiyoslashga taqdim etish tartibi
12. Qiyoslash ariza beruvchining yozma arizasiga ko‘ra o‘tkaziladi. Qiyoslash imkoniyati qiyoslashni o‘tkazadigan DMX organi tomonidan yozma ariza berilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.
13. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
ariza beruvchining nomi va rekvizitlari;
O‘FTT nomi, turi (belgisi), metrologik tavsiflari, miqdori va ishlab chiqaruvchi mamlakat;
arizaga ilova qilinadigan me’yoriy, texnik va ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati;
O‘FTT qiyoslash bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash kafolatlangan majburiyat.
14. Ariza beruvchi DMX organlariga quyidagilarni taqdim etadi:
O‘FTT, uni transportda tashish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa — vakolat berilgan qiyoslovchilarga sinovlar o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash;
O‘FTTdan foydalanish hujjatlari;
qiyoslash usuli va vositalarini reglamentlovchi me’yoriy hujjat.
15. O‘FTTning qiyoslashda bo‘lish vaqti 15 ish kunidan oshmasligi kerak, vaqt normasi qiyoslash usulining me’yoriy hujjatiga (keyingi o‘rinlarda MH deb ataladi) asosan ko‘rsatilgan muddatdan oshadigan, biroq 30 ish kunidan oshmaydigan O‘FTT bundan mustasno.
16. Qiyoslash ishlarini o‘tkazish shartlari ariza beruvchi va DMX organlari o‘rtasida tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.
3-bob. O‘FTTni qiyoslashni tashkil qilish va o‘tkazish tartibi
17. O‘FTT qiyoslash ushbu Nizomga ilovadan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
18. O‘FTT birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashlardan o‘tkaziladi.
19. Birlamchi qiyoslashdan O‘FTT ishlab chiqarishdan chiqishida yoki uni ta’mirlashdan so‘ng o‘tkaziladi.
20. Birlamchi qiyoslashdan barcha O‘FTT nusxalari o‘tkazilishi lozim, metrologik attestatsiyalashdan o‘tkazilgan O‘FTT bundan mustasno.
21. Davriy qiyoslashdan foydalanishda yoki saqlashda bo‘lgan O‘FTT o‘tkaziladi.
22. O‘FTTni foydalanish (saqlash) vaqtida navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
uzoq (bitta qiyoslashlararo intervaldan ortiq) muddat saqlangandan so‘ng O‘FTTni foydalanishga kiritishda;
O‘FTTning MHda ko‘rsatilgan foydalanish sharoitlari buzilganda;
O‘FTT qoniqarsiz ishlaganda.
23. Inspeksion qiyoslash davlat metrologik nazoratini amalga oshirishda O‘FTTning qo‘llanishga yaroqliligini aniqlash uchun o‘tkaziladi.
24. Inspeksion qiyoslashni inspeksion qiyoslash talablariga muvofiq qiyoslash usulining MHda ko‘zda tutilgan to‘liq hajmda o‘tkazmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
25. Inspeksion qiyoslash natijalari qiyoslash dalolatnomasida aks ettiriladi.
26. Inspeksion qiyoslash tekshirilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs vakilining ishtirokida o‘tkaziladi.
27. Ekspert qiyoslash DMX organlari, tergov, prokuratura yoki sud organlarining qarori bo‘yicha o‘tkaziladi. Qiyoslash natijalari bo‘yicha DMX organining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.
28. Ekspert qiyoslashni o‘tkazishda manfaatdor tomonlarning vakillari qatnashishi mumkin.
29. Qiyoslash natijalariga ko‘ra O‘FTT qo‘llanishga yaroqli deb tan olingan taqdirda o‘lchash vositasini qiyoslash sertifikati beriladi, shuningdek, O‘FTTga yoki uning texnik hujjatiga qiyoslash usulining MHga asosan qiyoslash tamg‘asining bosma izi qo‘yiladi.
30. Qiyoslash natijalariga ko‘ra O‘FTT qo‘llanishga yaroqsiz deb tan olingan taqdirda o‘lchash vositasining qo‘llanishga yaroqsizligi haqida xabarnoma yozib beriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. O‘FTTni qiyoslash ishlari uchun haq tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs arizasiga ko‘ra ekspert qiyoslash o‘tkazish ishlari uchun haq ariza beruvchi tomonidan to‘lanadi.
32. Qiyoslash ishlarining tegishli tarzda bajarilmaganligi va tegishli me’yoriy hujjatlarning talablariga rioya qilinmaganligi uchun qiyoslashni bajargan DMX organi javob beradi.
33. DMX organi O‘FTT ariza beruvchiga topshirilgunga qadar qiyoslash natijalarining ishonchliligi uchun javob beradi.
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
35. O‘FTTni qiyoslash natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda manfaatdor tomon O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yoki bevosita sud organlariga murojaat qilishga haqli.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
36. O‘FTTni qiyoslash bo‘yicha boshqa qoidalar O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar yagonaligini ta’minlash tizimining me’yoriy hujjatlariga asosan tartibga solinadi.
O‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikaning metrologik nazoratini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
O‘lchash funksiyalarga ega tibbiy texnikani qiyoslashdan o‘tkazish
SXEMASI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga 3-ILOVA
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibini va ushbu sinovlarni amalga oshiradigan tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilaydi.
2. Sinovlar — bu tibbiy texnikaning foydalanishga yaroqliligini va uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar kompleksi.
3. Majburiy davriy sinovlardan (keyingi o‘rinlarda sinovlar deb ataladi) diagnostika va kasallikni davolashda qo‘llanadigan, me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lmagan tibbiy texnika o‘tkaziladi.
4. Texnik tavsiflari me’yoriy hujjatga muvofiq me’yorlanmaydigan tibbiy texnika me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lmagan tibbiy texnika hisoblanadi.
Me’yorlangan metrologik tavsiflarga ega bo‘lmagan tibbiy texnika o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan texnika turkumiga kirmaydi.
5. Tibbiy texnika nomlari ro‘yxati va sinovdan o‘tkazish davriyligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
6. Tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish akkreditatsiyalangan yuridik shaxslar tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
7. Tibbiy texnikaga, keyinchalik sinovlardan o‘tkazgan holda, kompleks texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tkazuvchi yuridik shaxs o‘tkazilayotgan sinov qismi bo‘yicha akkreditatsiyalangan bo‘lishi kerak.
8. Tibbiy texnikadan kafolatlangan foydalanish muddati davrida uni ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish va sinovdan o‘tkazish ishlab chiqaruvchi zavod (firma)lar bilan shartnomaga ega bo‘lgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shartnomalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kafolatlangan muddat davrida ushbu ishlar ishlab chiqaruvchi zavod (firma)lar tomonidan amalga oshiriladi. Bu holda akkreditatsiya talab etilmaydi.
9. Tibbiy texnikani davriy sinovdan o‘tkazish ishlari, qoidaga ko‘ra, tomonlarning o‘zaro munosabatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblangan shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Shartnomalar qonunchilikka muvofiq hamda ushbu Nizom talablarini hisobga olgan holda tuzilishi kerak.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazishni amalga oshiradigan tashkilot va tibbiyot tashkiloti o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
10. Sinovlarni amalga oshiruvchi tashkilot:
tibbiyot tashkilotining tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlarini bajarish uchun berilgan arizasiga muvofiq shartnomalar tuzadi;
texnik tekshiruv va sinov usullari bo‘yicha ishlarni bajarishning ilg‘or usullarini joriy etadi;
kompleks texnik xizmat ko‘rsatishga qabul qilingan tibbiy texnikaning konstruktiv va foydalanish xususiyatlari to‘g‘risida axborot yig‘adi, uning ishidagi buzilish sabablarini o‘rganadi va umumlashtiradi, yuqori organlarni xabardor qiladi va ishlab chiqaruvchi zavodlarga reklamatsiyalar taqdim etish uchun defekt dalolatnomalari tuzish bo‘yicha komissiya ishida ishtirok etadi;
tibbiyot tashkilotlariga tibbiy texnikani o‘zlashtirishda texnik yordam ko‘rsatadi, tibbiyot xodimlariga undan foydalanish qoidalari bo‘yicha instruktaj o‘tkazadi;
kompleks texnik xizmat ko‘rsatishda bo‘lgan tibbiy texnika hisobini yuritadi. sog‘liqni saqlash organlari va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining rasmiy so‘roviga ko‘ra hisobga olishga oid axborotni taqdim etadi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
tibbiyot tashkilotlariga tibbiy texnikani o‘rnatishda xonalarning Sanitariya qoida va me’yorlari qoida va yo‘riqnoma talablariga muvofiqligini aniqlashda texnik yordam ko‘rsatadi.
11. Tibbiyot tashkiloti:
tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlarini bajarish uchun shartnomalar tuzadi, shuningdek, tuzilgan shartnomalar mavjud bo‘lmaganda, ushbu ishlarni bajarish uchun ariza beradi;
sinovdan o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydi (xizmat ko‘rsatilayotgan tibbiy texnikani sinash uchun sharoit yaratadi va zarur bo‘lganda sinov o‘tkazish vaqtida uning ishini to‘xtatib turadi, xonalar va muhandislik kommunikatsiyalarini tayyorlash ishlarini tashkillashtiradi, zarur bo‘lganda sinash ishlarini tashkil qilish uchun ishlab chiqarish xonasini taqdim etadi);
sinovlar o‘tkazish uchun xona tayyorlaydi va tibbiy texnikadan foydalanish bo‘yicha xodimlar bilan instruktaj o‘tkazadi, sinovlar o‘tkazilgan uskunalarni qabul qiladi;
tibbiy texnikadan oqilona foydalanish uchun javob beradi, uning foydalanish bo‘yicha hujjati talablariga muvofiq ishlatilishini ta’minlaydi va u bilan ishlashga maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslarni qo‘ymaydi;
tibbiy texnikaning ishlash qobiliyatini va o‘tkazilgan sinov ishlarining sifatini muntazam ravishda tekshiradi, ushbu ishlar bajarilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani tasdiqlaydi;
tibbiyot xodimlarining tibbiy texnikadan foydalanish va u bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha ta’lim olishini tashkil qiladi;
mahalliy tashkilotlar tomonidan bajarilmaydigan tibbiy texnikani o‘rnatish, sozlash va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchi zavod, xorijiy firma va boshqa ixtisoslashgan tashkilot vakillarining chaqiruvini rasmiylashtiradi;
foydalanishda bo‘lgan o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnika holatini nazorat qiladi va uning O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bo‘linmalarida o‘z vaqtida qiyoslashdan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
(11-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
shartnomaga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish uchun bir oy muddatda sinovlarni amalga oshiruvchi akkreditatsiyalangan tashkilotga yangi kelgan va hisobdan chiqarilgan tibbiy texnika haqida ma’lumot yuboradi;
mavjud tibbiy texnika hisobini yuritadi;
sinovlarni amalga oshiruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda (zarur bo‘lganda) tibbiy texnikani ro‘yxatdan chiqaradi;
tibbiy yoki boshqa texnikalarning utilizatsiya qilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlarga topshirilishini amalga oshiradi.
tibbiy texnikani ta’mirlash, qiyoslashga yetkazib berilishini tashkil etadi hamda ishlar bajarilgandan so‘ng uni o‘z vaqtida qabul qilib oladi.
3-bob. Tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish bo‘yicha texnik ishlarning mazmuni
12. Sinov ishlari tibbiy texnikaning muayyan turlariga taalluqli bo‘lgan me’yoriy-texnik hujjatlar (davlat, davlatlararo standartlar, tashkilot standartlari) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Majburiy sinov quyidagi ish turlarini o‘z ichiga oladi:
bosim ostida ishlovchi idishlarni (bug‘li sterilizatorlar va h.k.) gidravlik sinash;
yerga ulovchi qurilmalarni sinash;
tibbiy texnika izolyatsiyasining elektr bo‘yicha mustahkamligini sinash.
Boshqa sinov turlari tibbiy texnikaning alohida turlariga tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq, shartnoma, ariza, kelishilgan jadvalga ko‘ra o‘tkaziladi.
14. Tibbiy texnika navbatdan tashqari texnik sinovlardan o‘tkazilishi mumkin.
15. U yoki bu vaziyatlarda tibbiy texnikaning chiqarish parametrlari o‘zgarganda, ehtiyot qismlarning ba’zilari almashtirilganda yoki tibbiy texnikani navbatdan tashqari sinash, uning biror bir qismining almashtirilishi chiqarish parametrlarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatishdan so‘ng yoki tibbiy texnikaning chiqarish parametrlari u yoki boshqa vaziyatga ko‘ra o‘zgarganligi gumon qilingan holda o‘tkaziladi.
16. Tibbiy texnikaning navbatdan tashqari texnik sinovlari ishlab chiqarishga oid ta’mirlash ishlarining hajmiga bog‘liq holda to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin.
17. O‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, natijalarga bog‘liq holda, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakl bo‘yicha tibbiy texnikani davriy sinovdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma yoki tibbiy texnikaning belgilangan talablarga nomuvofiqligi to‘g‘risidagi sinov dalolatnomasi beriladi.
4-bob. Tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlari uchun hisob-kitoblar
18. Tibbiy texnikani sinovdan o‘tkazish ishlari uchun hisob-kitoblar belgilangan tartibda tasdiqlangan preyskurantga muvofiq amalga oshiriladi.
Tibbiy texnikani davriy sinovlardan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA