Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
[Koʻchirma]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-yanvar,
66-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish
qoidalari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasini va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqib ketish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ushbu Qoidalar diplomatik daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 000 000 (yuz million) soʻm ekvivalentidan ortiq miqdordagi Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi (keyingi oʻrinlarda — naqd valyuta mablagʻlari) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi toʻldirilganda, olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan mablagʻlarning jami summasi koʻrsatiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 000 000 (yuz million) soʻm ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlari ham deklaratsiya qilinishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Naqd valyuta mablagʻlarini olib kirish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda, naqd valyuta mablagʻlarini olib kirish cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Naqd valyuta mablagʻlarini olib chiqib ketish
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.
Belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu qoidalarning 6-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga quyidagi holatlarda yoʻl qoʻyiladi:
a) rezidentlar tomonidan — xorijiy davlatlarga xizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi aʼzolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;
b) norezidentlar tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida rasmiylashtirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablagʻlar doirasida. Bunda norezident jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida toʻldirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan naqd valyuta mablagʻlarining respublika hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq foydalanilmagan qoldiq miqdori doirasidagi naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi;
respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablagʻlarning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish chogʻida rasmiylashtirilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida olib kirilgan zargarlik buyumlarini “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi hududida sotishdan olingan naqd chet el valyutasi doirasida. Bunda respublika hududiga olib kirilgan zargarlik buyumlarining nomi, oʻlchov birligi va miqdori koʻrsatilgan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi hamda ushbu buyumlarni sotib olgan yuridik shaxs (sotib olish punkti) tomonidan tasdiqlangan hujjat (yuk xati) naqd chet el valyutasini olib chiqish uchun asos boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmdan ortiq boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini olib chiqib ketish uchun asos boʻlgan hujjatni boshqa shaxslarga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyuta mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish uchun asos boʻladigan hujjatlardan bir marotaba foydalanishga yoʻl qoʻyiladi va ushbu hujjatlar kelgusida naqd valyuta mablagʻlarini takroran olib chiqib ketish uchun asos hisoblanmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtayotganlarida naqd valyuta mablagʻlarining haqqoniy va toʻgʻri deklaratsiyalanganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81. Jismoniy shaxslar deklaratsiya toʻldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya toʻldirish qoidalari bilan bogʻliq umumiy tushuntirishlar beriladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 443-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son 2023 yil 6 dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jismoniy shaxs bojxona organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada naqd xorijiy valyutaning muomalada boʻlishini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 9-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 5-oktabrdagi 268-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 41-son, 442-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)“ 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/66/0635-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2023-y., 09/23/443/0677-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)