ILOVA
|
T/r |
Amalga oshiriladigan tadbir |
Bajarish muddati |
Ijro uchun masʼullar |
Sarf-xarajatlar |
Moliyalashtirish manbalari |
Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija |
|
I. DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI |
||||||
|
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish |
||||||
|
1. |
Qonunchilik va norma ijodkorligida yangicha yondashuvni nazarda tutadigan Qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-avgust |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, IIV Akademiyasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: “aqlli tartibga solish” modellari va qabul qilinayotgan qarorlar taʼsirini tahlil qilish metodologiyasini joriy etish; qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni (ijtimoiy adolat, xalqchillik, jamoatchilik fikrini oʻrganish, ochiqlik, samaradorlik va b.) joriy etish; qonun ijodkorligining zamonaviy uslublarini (masalan, “One in two out”, “Sunset clauses”, “Open ended” tamoyillari va boshqalar) joriy etish; muayyan ijtimoiy munosabatlarning aynan qaysi turdagi qonun hujjati bilan tartibga solinishini aniq belgilash; toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlar qabul qilish amaliyotini kengaytirish; idoraviy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich qisqartirish nazarda tutiladi. |
|
2. |
Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-iyul |
Markaziy saylov komissiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, TDYU |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib chiqib unifikatsiya qilish, saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutiladi. |
|
3. |
Sogʻliqni saqlash muassasalari faoliyati ustidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi nazoratini takomillashtirish. |
Yil davomida |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda Sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha qoʻmita aʼzolari tomonidan parlament nazorati tadbirlari amalga oshiriladi. |
|
4. |
Oliy Majlis Senatining mahalliy vakillik organlari faoliyatiga koʻmaklashish borasidagi faoliyatini kuchaytirish. |
2018-yil 1-mart |
Oliy Majlis Senati, siyosiy partiyalar (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va amaliy chora-tadbirlar. Bunda: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi faoliyatini doimiy asosda tashkil etish; Komissiyaning vazifa va funksiyalarini aniq belgilash, shu jumladan uning Oliy Majlis Senati yalpi majlisida hisobotini eshitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish; xalq deputatlari kengashlari faoliyatini namunali asosda yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish, bunda ular faoliyatining samaradorligiga baho berishda hududlardagi vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirish, budjet ijrosini toʻliq taʼminlash, jinoyatchilikni kamaytirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining turmush darajasini yaxshilash kabi mezonlarga asoslanish nazarda tutiladi. |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxati axborot tizimini takomillashtirish va “Elektron hukumat” tizimi doirasida butun respublika boʻyicha joriy etish. |
2018-yil 1-sentabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, IIV, Davlat personallashtirish markazi, MXX, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, Moliya vazirligi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati (SYAER)ni joriy etish bosqichlari; Respublika manzillar klassifikatorini ishlab chiqish; Saylovchilarning turar (yashash) manzillari yagona bazasini yaratish; vazirlik va idoralar axborot tizimlarining integratsiyasini amalga oshirish; SYAER boʻyicha axborot xavfsizligini taʼminlash yuzasidan choralar ishlab chiqish; SYAERni joriy etish va uni qoʻllab-quvvatlash, ushbu yoʻnalishda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish; SYAERni ekspluatatsiya qilish boʻyicha maxsus vakolatli organni belgilash nazarda tutiladi. |
|
6. |
Oliy Majlis palatalarining axborot-tahliliy faoliyatini takomillashtirish. |
2018-yil 1-mart |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Oliy Majlis palatalari qoʻshma qarori loyihasi. Loyihada: Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish, uning binosini taʼmirlash va moddiy-texnika bazasini kuchaytirish; institut bilan xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning oʻxshash tuzilmalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari nazarda tutiladi. |
|
7. |
Mamlakat siyosiy sahnasida sogʻlom raqobatni taʼminlash. |
2018-yil 1-avgust |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oʻzbekiston Ekologik harakati |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan Oʻzbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish nazarda tutiladi. |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning jazoni ijro etish faoliyatini monitoring qilish borasidagi vakolatlarini kengaytirish. |
2018-yil 1-may |
Ombudsman, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning qamoqda saqlanayotgan va jazoni oʻtash joylarida boʻlgan shaxslarning yashash sharoitlarini monitoring qilish boʻyicha vakolatlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
|
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish |
||||||
|
9. |
Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi taʼsirini qisqartirish, uning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish. |
2018-yil 1-iyun |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish orqali ruxsat berish tartib-taomillariga oid ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish; davlat ishtirokidagi biznes tuzilmalarning tashkil etilishini cheklash; davlat boshqaruv organlarining ayrim funksiyalarini, shu jumladan ularni muqobil tartibga solish turlariga (javobgarlikni majburiy sugʻurtalash, muvofiqlikni deklaratsiyalash va boshqalar) almashtirish orqali qisqartirish nazarda tutiladi. |
|
10. |
“Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-iyul |
Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Bosh prokuratura, Davlat boshqaruvi akademiyasi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat xizmati tizimini tashkil etish va faoliyat koʻrsatishining asosiy tamoyillari, davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, moddiy va ijtimoiy taʼminoti, davlat xizmatiga ishga oʻtish, xizmatni oʻtash va xizmatdan boʻshash tartibi belgilanadi. |
|
11. |
Davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlari salohiyatini baholashning yangi usullarini joriy qilish. |
2018-yil 30-oktabr |
Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada: boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish; boshqaruv kadrlarini tanlash, tayinlash va lavozimini oʻzgartirishda subyektiv omillarni keskin qisqartirish; boshqaruv kadrlarini “Assessment-centre” uslubi asosida baholash amaliyotini joriy qilish; davlat hokimiyati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlarini innovatsion menejment yoʻnalishida malakasini oshirish nazarda tutiladi. |
|
12. |
Nomarkazlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi hududiy organlarining vakolatlarini kengaytirish. |
2018-yil 1-oktabr |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: Vazirlar Mahkamasining ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarini boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga oʻtkazish; vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni taʼminlaydigan usul va uslublarni takomillashtirish; respublika davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladigan ruxsat berish va litsenziyalash funksiyalarining bir qismini mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat boshqaruvi hududiy organlariga oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
13. |
Tuman (shahar)lardagi Davlat xizmatlari markazlari — “Xalq qabulxonalari”ning zamonaviy binolarini qurish va moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash. |
2018-yil 1-fevral |
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
50,0 mlrd. soʻm |
Davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilingan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan 2018 — 2020-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda davlat-xususiy sheriklik shartlarida tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan tuman va shaharlarda Davlat xizmatlari markazlari — Xalq qabulxonalarining yangi binolari quriladi. Bunda ona va bola xonalari, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay muhit, avtomobil toʻxtash joylari, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish burchaklari nazarda tutiladi |
|
14. |
Innovatsion texnologiyalarni qoʻllash orqali davlat xizmatlari koʻrsatishning yuqori sifati, tezkorligi, ochiqligini taʼminlash, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish. |
2018-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, Axborot te�nologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzavtosanoat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
30,0 mlrd. soʻm |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: davlat xizmatlari markazlarini infokiosklar bilan taʼminlash, ularda elektron navbat tizimi va masofadan turib videokuzatuv tizimini joriy etish; davlat xizmatlarini aloqa vositalaridagi mobil ilovalar orqali koʻrsatish imkoniyatini yaratish, aholi bilan qayta aloqaning samarali vositalarini amalga kiritish; olis hududlarda yashovchi aholiga mobil davlat xizmatlari markazlari (maxsus avtotransport vositalari) orqali davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi. |
|
15. |
Jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish. |
2018-yil 1-mart |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: davlat organlari va tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan barcha davlat xizmatlarini xatlovdan oʻtkazish natijasi boʻyicha ularning yagona reyestrini shakllantirish; reyestrga kiritilmagan davlat xizmatlarini koʻrsatish taqiqlanishi nazarda tutiladi. |
|
16. |
Davlat xizmatlari markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida qoʻshimcha ravishda yuridik shaxslarga 40 turdagi, jismoniy shaxslarga 19 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini joriy etish. |
2018-yil 10-mart |
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan “yoʻl xarita”si tasdiqlanadi va amaliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Bunda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari binolarining hamda idoralararo elektron axborot almashish tizimining imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi joriy etiladigan davlat xizmatlarini “yagona darcha” tamoyili asosida markazlar orqali koʻrsatish nazarda tutiladi. |
|
17. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatiga “Elektron hukumat” tizimini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish. |
Yil davomida |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish; boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish; hududlar va mamlakat miqyosida yuzaga kelayotgan tahdid hamda muammolarga oʻz vaqtida va munosib taʼsir koʻrsatish uchun axborot almashishning samarali tizimini shakllantirish ishlari amalga oshiriladi. |
|
18. |
Davlat boshqaruv organlari tizimini tubdan takomillashtirish. |
Yil davomida |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: davlat organlarining turlari (vazirlik, davlat qoʻmitasi, agentlik, inspeksiya, markaz va h.k.), farqlanuvchi jihatlari va vazifalari; davlat organlariga xos boʻlgan maxsus vazifalar doirasi; vazifalari oʻzaro takrorlanuvchi vazirlik va idoralarni maqbullashtirish hamda birlashtirish; agentliklar, qoʻmitalar, inspeksiyalar va markazlarni tegishli vazirliklarga boʻysundirish; davlat boshqaruv organlarining yagona roʻyxatini belgilash; boshqaruvning innovatsion shakllarini joriy etish; davlat vazifalarini tadbirkorlar va jamoatchilikni teng hamkor sifatida jalb etgan holda bajarish mexanizmlarini takomillashtirish; Vazirlar Mahkamasining va uning ijro etuvchi apparatidan vazirliklarga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga, respublika boshqaruv organlaridan hududiy organlarga oʻtkazilayotgan funksiyalar doirasi nazarda tutiladi. |
|
19. |
Ijro etuvchi hokimiyat organlari soni, ular tuzilmasi va boʻlinmalari optimallashtirilishi munosabati bilan ushbu organlarning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi doirasini qayta koʻrib chiqish. |
Yil davomida |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish; ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy tuzilmalari oʻrtasida mavjud shtat birliklarini oqilona taqsimlash, ular masʼuliyati doirasini aniq belgilash; tashkiliy-shtat tuzilmasining iqtisodiyot va jamiyatning real ehtiyojlariga, har bir ijro etuvchi hokimiyat organining yangi vazifalari, funksiyalari va faoliyatining ustuvorligiga muvofiqligini taʼminlash; ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini rejalashtirish va ular faoliyatini baholash mezonlari; ijro etuvchi hokimiyat organlarining takrorlovchi tarkibiy tuzilmalari va muassasalarini, shuningdek, vazifa hamda funksiyalari xususiy sektorga oʻtkaziladigan tarkibiy tuzilmalarni qisqartirish nazarda tutiladi. |
|
20. |
Davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ni tubdan qisqartirish. |
2018-yil 20-iyun |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: idoralararo kollegial organlar (komissiyalar, kengashlar, ishchi guruhlar va boshqalar)ning vazifa, funksiya va vakolatlarini tahlil qilish hamda samaradorligini baholash; doimiy xarakterga ega davlat-hokimiyat vakolatlarini aniq davlat organiga oʻtkazish va qabul qilinayotgan qarorlar uchun shaxsiy javobgarlikni yuklash orqali ularning sonini tubdan qisqartirish nazarda tutiladi. |
|
21. |
Hukumatning vazifalari va ijro etuvchi apparati tuzilmasini takomillashtirish. |
2018-yil 20-iyul |
Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: Vazirlar Mahkamasining vazifalari va ijro etuvchi apparati tuzilmasini optimallashtirish; Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻz faoliyati sohasida shaxsiy masʼuliyatini oshirish; mahalliy davlat hokimiyati organlarining Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik prinsip va mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutiladi. |
|
22. |
Davlat mulkini auksion savdolarida sotish va ijaraga berishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni keng joriy etish. |
2018-yil 20-mart |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Markaziy bank |
1,0 mlrd. soʻm |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat raqobat qoʻmitasi mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: Internet tarmogʻida davlat mulkini sotish uchun yagona portal tashkil etish; ijaraga beriladigan davlat mulki obyektlari haqidagi maʼlumotlarni yagona portalda joylashtirish; muayyan toifadagi davlat mulki obyektlarini ijaraga olish huquqini elektron auksion savdolarida sotish tartibi; davlat mulkini sotishda ishtirok etuvchi subyektlar doirasi, ularning huquq va majburiyatlari; davlat mulkini real vaqt rejimida sotish tartibi nazarda tutiladi. |
|
23. |
Davlat xizmatchilarining mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy taʼminoti tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 1-avgust |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga ish haqlarini bazaviy tarif stavkalari asosida toʻlashga oʻtkazish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, ragʻbatlantirish choralarini koʻrish; davlat idoralarida koʻp yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar toʻlash tizimini birxillashtirish; idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
|
24. |
Nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini ularning nazorati ostidagi xoʻjalik boshqaruv organlari hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish. |
2018-yil 1-aprel |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini (“Oʻzdavneftgazinspeksiya”, “Oʻzdavenergonazorat” va boshqalar) ularning nazorati ostidagi xoʻjalik boshqaruv organlari (“Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ va boshqalar) hisobidan moliyalashtirish tartibini bekor qilish hamda ularni toʻgʻridan-toʻgʻri davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutiladi. |
|
25. |
Xalq deputatlari Kengashlari vakolatlarini kengaytirish orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish. |
2018-yil 1-may |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: hokimning mahalliy hokimiyat vakillik organining rahbari sifatida maqomini bekor qilish va xalq deputatlari Kengashlarining kotibiyatini tuzish; xalq deputatlari Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boʻlinmalari faoliyatini nazorat qilish boʻyicha roli va masʼuliyatini oshirish; tegishli vakolatlarni hokimlarga bosqichma-bosqich oʻtkazish orqali hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish; mahalliy vakillik organlarining nazorat borasidagi vakolatlarini yoritish nazarda tutiladi. |
|
26. |
Aholiga onlayn maslahat berish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasini joriy etish. |
2018-yil 20-iyun |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
0,4 mlrd. soʻm |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yangilangan Virtual qabulxonasi dasturiy taʼminoti takomillashtirilib, unda mutaxassislarni jalb qilgan holda aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri onlayn maslahatlar berish imkoniyati yaratiladi. |
|
27. |
Fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish. |
2018-yil 20-aprel |
Davlat personallashtirish markazi, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, TIV, |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: fuqarolarga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish; Oʻzbekiston hududida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID — identifikatsiya kartasini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi nazarda tutiladi. |
|
28. |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish maqsadida “Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-oktabr |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, DSQ, Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: tijoratchi tashkilotlar — yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi; banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi; notijorat tashkilotlar — davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi; nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi; yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjalilari va boshqa subyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi hamda bu boradagi tartib-taomillarni yanada soddalashtirish nazarda tutiladi. |
|
29. |
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-noyabr |
Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada Hisob palatasining huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari nazarda tutiladi. |
|
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish |
||||||
|
30. |
Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlash maqsadida barcha davlat organlarida jamoatchilik kengashlarini tashkil etish. |
2018-yil 10-aprel |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: davlat organlarida faoliyat olib boradigan jamoatchilik kengashlarini tashkil etish; davlat organlari faoliyatining yanada xalqchil va demokratik boʻlishini taʼminlash choralari; davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash, jismoniy va yuridik shaxslar — murojaat etuvchilarni eshitishda ishtirok etish; davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash vazifalari nazarda tutiladi. |
|
31. |
Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish mexanizmlarini takomillashtirish. |
2018-yil 1-oktabr |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada fuqarolar, oʻquvchi va talabalarning Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari majlislarida moneliksiz ishtirok etish imkoniyatlari nazarda tutiladi. |
|
32. |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish. |
2018-yil 1-may |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti |
— |
— |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori loyihasi: Loyihada: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish tartibi; qonun loyihalari muhokamasiga keng ommani jalb qilishning zamonaviy usullari, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish nazarda tutiladi. |
|
33. |
Davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini qabul qilish. |
2018-yil 1-aprel |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish samaradorligini oshirish, ular tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga rioya etish, fuqarolarning murojaatlarini, ularda koʻtarilgan muammolarni joyida hal etishda davlat organlari rahbarlari tomonidan qay darajada munosabat bildirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish nazarda tutiladi. |
|
34. |
“Mening fikrim” maxsus veb-portali orqali Oliy Majlis palatalariga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tartibini joriy etish. |
2018-yil 20-aprel |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi |
2,0 mlrd. soʻm |
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar. Bunda: internet tarmogʻida aholi dolzarb deb hisoblagan tashabbuslarni bildirish mumkin boʻlgan maxsus maydonni tashkil etish; tegishli tashabbusni muayyan miqdordagi fuqarolar qoʻllab-quvvatlaganda uni Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari Kengashlari tomonidan koʻrib chiqish majburiyligi nazarda tutiladi. |
|
35. |
Davlat organlari faoliyatining yanada ochiqligini taʼminlash, ular faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha jamoatchilik bilan faol muloqot olib borishlarini nazarda tutuvchi Davlat organlarining virtual muhitda mavjud boʻlishi konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-iyun |
Matbuot va axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan jamoatchilik fikrini tizimli oʻrganish, davlat organlari va mansabdor shaxslar qabul qilgan qarorlar hamda voqealarga nisbatan aholi munosabatini kuzatib borish va oʻz vaqtida munosabat bildirish tizimi nazarda tutiladi. |
|
36. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 20-avgust |
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: NNTlarga ijtimoiy sheriklik doirasida davlat mulkini bepul yoki imtiyozli shartlar asosida berish; ijtimoiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar joriy etish nazarda tutiladi. |
|
37. |
Nodavlat ommaviy axborot vositalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat fondini tashkil etish. |
2018-yil 10-iyul |
Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda mustaqil, professional va ijtimoiy masʼuliyatli jurnalistikani shakllantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar, xususan, yangi axborot va tahliliy internet-saytlarga grantlar berishga eʼtibor qaratish masalalari nazarda tutiladi. |
|
38. |
Aholini roʻyxatga olish ko�sepsiyasini tayyorlash. |
2018-yil 1-may |
Davlat statistika qoʻmitasi, IIV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada: aholini roʻyxatga olishning maqsadi; aholini roʻyxatga olishga jalb etiladigan subyektlar va ularning vazifalari; aholini roʻyxatga olish vaqti va mexanizmlari nazarda tutiladi. |
|
39. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashini tashkil etish. |
2018-yil 20-aprel |
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, Davlat boshqaruvi akademiyasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada: fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari; fuqarolik jamiyati institutlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻrtasida dolzarb masalalarni muhokama qilish, oʻzaro axborot almashishning qoʻshimcha mustaqil va xolis mexanizmini yaratish; ijro hokimiyati ustidan samarali jamoat nazoratini tashkil etish nazarda tutiladi. |
|
40. |
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish. |
2018-yil 20-aprel |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, MTRK, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Davlat budjeti mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish; Universitetning vazifa va funksiyalarini aniq belgilash; malakali jurnalistlar yetishmovchiligi kuzatilayotgan hududlardan talabalarni oliy taʼlim muassasasiga kirishga maqsadli tayyorlash uchun qabul qilish nazarda tutiladi. |
|
41. |
Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini taʼminlashning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish. |
2018-yil 20-sentabr |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada davlat organlarining veb-saytlariga ular tomonidan amalga oshirilayotgan budjet xarajatlari haqida toʻliq maʼlumotlarni joylashtirish majburiyligi nazarda tutiladi. |
|
42. |
Fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi jarayonini takomillashtirish. |
2018-yil 20-iyul |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovida saylovchilarning saylovda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalla raisligiga nomzodlar koʻrsatishda oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash mexanizmlari nazarda tutiladi. |
|
43. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 20-avgust |
“Mahalla” xayriya jamoat fondi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, DSQ, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazlari faoliyatiga davlat organlari, tijorat banklari va boshqa vakolatli tashkilotlarning koʻmaklashuvini taʼminlash mexanizmlarini belgilash, maslahat markazlari faoliyatini takomillashtirish nazarda tutiladi. |
|
II. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH QILISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI |
||||||
|
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish |
||||||
|
44. |
Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasini tashkil etish. |
2018-yil 1-aprel |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi |
— |
— |
Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori loyihasi. Loyihada parlament komissiyasini tuzish, uning maqomi, asosiy vazifa va vakolatlari, shu jumladan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqot jarayonida koʻtarilayotgan masalalarni umumlashtirish, parlament soʻrovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilish, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda muammolarni hal etish mexanizmlari nazarda tutiladi. |
|
45. |
Sudyalar mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalar maqomining huquqiy asoslarini takomillashtirish. |
2018-yil 1-aprel |
Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Oʻzbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: sudyalik lavozimiga tayinlanayotgan nomzod boʻyicha tuman va shahar jamoatchiligi fikrini oʻrganish tartibini joriy qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudyalik lavozimlariga tayinlash, shuningdek, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud sudyasini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish uchun taqdimnoma kiritish tartibi takomillashtirilib, sudyalik lavozimida boʻlish muddatining ketma-ketligiga rioya etmagan holda tayinlash (taqdimnoma kiritish) asoslari nazarda tutiladi. |
|
46. |
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergovning har tomonlama hamda xolisona yuritilishini, muayyan ishlar yuzasidan qarorlar qabul qilishda sudyaning chinakam mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha huquqiy choralar ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud faoliyatiga har qanday koʻrinishda, turli xil tarzda aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligini taʼminlash hamda bunday qilmishlar uchun jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutiladi. |
|
47. |
Markaziy sud organlari va muassasalari faoliyati uygʻunligini taʼminlash maqsadida ularning joylashuvini qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil 30-iyun |
Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
100,0 mlrd. soʻm |
Davlat budjetidan kapital qoʻyilmalariga ajratilgan mablagʻlar |
Amaliy chora-tadbirlar. Markaziy sud organlari va muassasalarini oʻzida birlashtiradigan “Adolat saroyi” majmuasini qurish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanadi. |
|
48. |
Sud tizimi xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish sifati va samaradorligini taʼminlash choralarini koʻrish. |
2018-yil 30-iyun |
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi |
Ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari asosida |
Davlat budjetidan kapital qoʻyilmalariga ajratilgan mablagʻlar |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada sud tizimi xodimlarini tayyorlashga ixtisoslashgan Oʻzbekiston Odil sudlov akademiyasini tashkil etish nazarda tutiladi. |
|
49. |
Sudlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning tuzilmasini bugungi kun talablariga muvofiqlashtirish. |
2018-yil 10-iyul |
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Moliya vazirligi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ajratilgan budjet mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada ish hajmi va yuklamasini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati tuzilmasini takomillashtirish, jumladan: Oliy sud tuzilmasida sud amaliyotini tahlil qilish va qonunchilik boshqarmasini tashkil etish; Oliy sud sudyasi yordamchisi lavozimi va shtat birliklarini joriy etish; viloyat va tuman (shahar) sudlari tizimini maqbullashtirish nazarda tutiladi. |
|
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash |
||||||
|
50. |
Rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribasiga asoslangan holda “Xabeas korpus” institutini yanada kengaytirish doirasida surishtiruv va dastlabki tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. |
2018-yil 20-iyul |
Bosh prokuratura, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, IIV, MXX, DBQ |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida tintuv va telefon soʻzlashuvlarini eshitishga sanksiya (ruxsat) berish vakolatini prokurordan sudga oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
51. |
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini jinoyat protsessida jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini taʼminlash, ularning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik. |
2018-yil 1-aprel |
Prezident devoni, Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Oliy sud, Advokatlar palatasi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: protsessual qonunchilik normalarini buzgan holda olingan koʻrsatuvlar, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar hamda boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik; shaxsni noqonuniy ushlab turish, qamoqqa olish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukm qilishga sabab boʻlgan, hujjatlar yoki ashyolarga bila turib yolgʻon maʼlumotlar va boshqa buzib koʻrsatilgan faktlarni kiritish, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan koʻrsatuv berishga majburlash, ish boʻyicha haqiqiy holatlarni buzib koʻrsatish orqali dalillarni qalbakilashtirganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish; jinoyat haqida yolgʻon xabar va yolgʻon guvohlik berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutiladi. |
|
52. |
Fuqarolarning qiynoqqa solinishi yoki boshqacha tarzdagi qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlardan himoyalanish kafolatlarini kuchaytirish. |
2018-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura, IIV, MXX, Oliy sud, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada fuqarolarni tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov, sud hamda jazoni oʻtash jarayonida qiynoqqa solganlik yoki boshqacha tarzdagi insonning qadr-qimmatini kamsituvchi tazyiqlar sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni ham jinoyat subyektlari qatoriga kiritish nazarda tutiladi. |
|
53. |
Mahkumlar huquqlari himoyasini kuchaytirish va jazoni oʻtash sharoitlarini yaxshilash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
Yil davomida |
IIV, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” |
5,3 mlrd soʻm |
Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: jazoni ijro etish muassasalari bino va inshootlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish; barcha vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini videokuzatuv va boshqa moslamalar bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi. |
|
54. |
Mahkumlar huquqlarini taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida ularni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashning aniq va shaffof mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura, IIV, MXX, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: jazoni ijro etish muassasalariga mahkumlarni taqsimlashning shaffof tizimini joriy etish, ushbu jarayonda prokuror nazoratini kuchaytirish; mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga oʻtkazishga prokuror tomonidan ruxsat berish tartibini joriy etish; mahkumlarni bir muassasadan boshqasiga qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutiladi. |
|
55. |
Fuqarolar turmushidagi noqulayliklarni bartaraf etish, savdo-iqtisodiy munosabatlar va turizmni rivojlantirish maqsadida viloyatlararo yoʻl-patrul postlar sonini qisqartirish va tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish. |
2018-yil 10-aprel |
IIV, DBQ, MXX, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada yoʻl-patrul postlari (shu jumladan, statsionar postlar) faoliyatini tanqidiy oʻrgangan holda, ular sonini kamida ikki barobarga qisqartirish, tumanlararo postlarni tugatish (chegara oldi hududlar bundan mustasno), shuningdek, viloyatlararo chegaralarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish nazarda tutiladi. |
|
56. |
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini taʼminlash maqsadida doimiy va vaqtincha roʻyxatga qoʻyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish. |
2018-yil 20-mart |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: pasport olish, taʼlim olish, mehnat qilish va boshqa huquqlarni amalga oshirishda propiska bilan bogʻliq cheklovlarni bartaraf qilish; voyaga yetmagan shaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilish; mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uchun ish beruvchining maʼmuriy javobgarligini bekor qilish; mavsumiy ishlarga (qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinchalik roʻyxatga olish tizimini soddalashtirish, ular uchun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalanish bitimini tuzish talabini bekor qilish; Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlgan fuqarolar uchun koʻchmas mulk sotib olish boʻyicha amaldagi talablarni soddalashtirish; Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini koʻrgan holda ikkilamchi bozordan koʻchmas mulk sotib olishga boʻlgan cheklovlarni bekor qilish; ichki turizmni rivojlantirish maqsadida vaqtincha propiskasiz (yashash joyi boʻyicha hisobga turmasdan) boʻlish muddatini uzaytirish; vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmasdan yashaganlik uchun maʼmuriy jazo choralarini yengillashtirish, yashashga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlikni bekor qilish nazarda tutiladi. |
|
57. |
Shaxsiy maʼlumotlarning huquqiy maqomini belgilash va ularni himoya qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-dekabr |
Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, MXX, Oliy sud, Konstitutsiyaviy sud, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston R�spublikasi qonuni loyihasi. Loyihada shaxsiy va oilaviy sir daxlsizligiga boʻlgan huquqlarni himoya qilish, “Elektron hukumat” tizimi rivojlanishi munosabati bilan jismoniy shaxslarga oid maʼlumotlar bilan ishlash jarayonida ular oshkor qilinishining oldini olish choralari va boshqa qoidalar nazarda tutiladi. |
|
2.3. Maʼmuriy, jinoyat va fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirish |
||||||
|
58. |
Sud-tergov jarayonlarining shaffofligini oshirish, taraflarning oʻzaro tortishuvi tamoyilini mustahkamlash, jinoyat ishlarini yuritishda inson huquqlarini himoya qilishga oid ilgʻor xalqaro standartlarni joriy etish. |
2018-yil 30-mart |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, TDYU, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan konsepsiya tasdiqlanadi. Unda jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchilikdagi mavjud boʻshliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, sud-tergov sohasining yanada shaffofligini taʼminlash masalalari nazarda tutiladi. |
|
59. |
Mahkumlar huquqlarini taʼminlashning qoʻshimcha mexanizmlarini joriy etish, penitensiar tizimda xalqaro standartlarni keng joriy etish. |
2018-yil 20-oktabr |
IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, MXX, TDYU |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha 2018 — 2021-yillarga moʻljallangan konsepsiya tasdiqlanadi. Konsepsiyada: jinoyat-ijroiya qonunchiligidagi mavjud boʻshliq va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish; mahkumlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish tizimini isloh etish; voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan jazoni ijro etish tizimini tubdan yaxshilash; mahkumlarga uchrashuv berish va uchrashuvlarni almashtirishning insonparvar tartibini belgilash; manzil koloniyada jazo oʻtaydigan shaxslar doirasini ushbu koloniyalarga boshqa koloniyalardan oʻtkazish tartibini yengillashtirish hisobiga kengaytirish nazarda tutiladi. |
|
60. |
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy va ishga joylashishda yordam koʻrsatish hamda mahkumlarni jamiyat hayotiga moslashtirish tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 20-aprel |
IIV, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada: ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish tizimini joriy etish; ozodlikdan mahrum etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga xususiy sektorni hamda ularni ish bilan taʼminlashga jamoatchilikni keng jalb etish nazarda tutiladi. |
|
61. |
Jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy taʼqib qilish muddatlarini maqbullashtirish. |
2018-yil 30-iyun |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish; javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddatlarini qisqartirish; ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab oʻn yil muddat oʻtgan boʻlsa, shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emasligini belgilovchi qoidalar nazarda tutiladi. |
|
62. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 10-oktabr |
Prezident devoni, Bosh prokuratura, MXX, IIV, Adliya vazirligi, DBQ, DSQ |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: huquqni muhofaza qiluvchi organlarning huquqiy maqomi; har bir huquqni muhofaza qiluvchi organning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, uning vakolat va vazifalari; mazkur organlarning vakolatlari va funksiyalari takrorlanishini bartaraf etish hamda oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini taʼminlashga oid normalar nazarda tutiladi. |
|
63. |
Hayotiy muhim milliy manfaatlarning tashqi va ichki tahdidlardan kafolatli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-iyun |
Prezident devoni, MXX, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: davlatni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish sohasida Milliy xavfsizlik xizmatining huquqiy maqomi, vazifalari, funksiyalari va vakolatlari; milliy xavfsizlik organlari faoliyatining asosiy prinsiplari va samaradorligi mezonlari; milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari; bu sohada parlament nazorati mexanizmlari belgilanadi. |
|
64. |
Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning sabablari va yuzaga kelish shart-sharoitlarini kompleks bartaraf etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2018-yil 1-noyabr |
Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish; dastlabki tergovda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga oid jinoyat ishlarining tergovga taalluqliligi masalasini qayta koʻrib chiqish; jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot va boshqa sohalarda korrupsiyaning oldini olish; korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish; korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralar, tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutiladi. |
|
65. |
Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha kafolatlar yaratish. |
2018-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishlarini viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror roziligiga asosan qoʻzgʻatish; jinoyat ishi doirasida oʻtkaziladigan moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish) bir oydan oshmagan muddatda (istisno tariqasida muddatni Bosh prokuror yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan bir oyga uzaytirgan holda) amalga oshirish belgilanadi. |
|
66. |
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat tizimini takomillashtirish maqsadida “Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini yangi tahrirda ishlab chiqish. |
2018-yil 20-iyul |
IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurati jinoiy qilmishning va uni sodir etgan shaxsning real ijtimoiy xavfliligi mezonlariga asoslanishi; qonun normalarini amaldagi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarning tasnifiga moslashtirish nazarda tutiladi. |
|
67. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida “Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 10-oktabr |
Adliya vazirligi, IIV, Xalq taʼlimi vazirligi, TIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada er-xotinlar, bolalar, ota-onalar huquqlarini taʼminlash masalalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini roʻyxatga olish tartibi va nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa munosabatlarni tartibga solish nazarda tutiladi. |
|
68. |
“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini tashkil etish va taʼminlash. |
2018-yil 15-fevral |
Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi. Rejada “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 2019-yildan eʼtiboran kuchga kirishini inobatga olgan holda: vazirlik va idoralar xodimlari qonun talablarini toʻliq oʻzlashtirishini taʼminlash; vazirlik va idoralarning maʼmuriy-huquqiy faoliyatini qayta koʻrib chiqish; qonunga ilmiy-amaliy sharh va metodik materiallar tayyorlash tadbirlari nazarda tutiladi. |
|
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish |
||||||
|
69. |
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar ijrosi uchun masʼul hisoblangan probatsiya xizmatini takomillashtirish. |
2018-yil 20-noyabr |
IIV, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy sud, Adliya vazirligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan, shu jumladan shartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish; probatsiya xizmati shaxsiy tarkibini mavjud shtat birliklari hisobidan shakllantirish nazarda tutiladi. |
|
70. |
Ichki ishlar organlari jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatining ochiq va shaffof mexanizmlarini joriy etish. |
2018-yil 20-sentabr |
IIV, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
Hisob- kitoblarga asosan |
Davlat budjeti mablagʻlari, IIVning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul va patrul-post xizmatlari barcha xodimlarini xizmatni oʻtash, ayniqsa, fuqarolar bilan muloqot jarayonini qayd etish imkonini beruvchi videokameralar bilan taʼminlash nazarda tutiladi. |
|
71. |
Ichki ishlar organlarining mavjud kuch va vositalaridan maqsadli foydalanish hamda muvofiqlashtirilgan samarali tizimni yaratish maqsadida quyi turuvchi boʻlinmalarning bevosita joylarda amalga oshiruvchi tashkiliy-shtat tuzilmalarini kuchaytirish. |
2018-yil 10-iyul |
IIV, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Hisob- kitoblarga asosan |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda ichki ishlar organlari boʻlinmalari faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish va boshqarishning samarali tizimini eksperiment tariqasida viloyat markazlarining ichki ishlar boʻlimlari negizida tashkil etish nazarda tutiladi. |
|
72. |
Ichki ishlar organlarini jamoatchilik hurmati va eʼtiboriga sazovor boʻlgan haqiqiy xalqchil xizmatga aylantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2018-yil 30-mart |
IIV, Bosh prokuratura, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: Toshkent shahri misolida poytaxtning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasining taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish; ichki ishlar organlarining asosiy kuch va vositalarini joylarga yoʻnaltirish; ichki ishlar organlarining fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan maqsadli hamkorligini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi. |
|
73. |
Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashdagi ishtirokini taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish. |
2018-yil 30-sentabr |
IIV, Bosh prokuratura |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: fuqarolarning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashish xususiyatlari; jamoat tartibini saqlashda ixtiyoriy ishtirok etishning shakllari, sohalari, vakolatlar va cheklovlar; aholining jamoat tartibini saqlashdagi faol va samarali ishtirokini ragʻbatlantirish turlari va asoslari nazarda tutiladi. |
|
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash |
||||||
|
74. |
Jinoiy tajovuzdan jabrlangan shaxslar huquqlarini amalda taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar mansabdor shaxslarining masʼuliyatini oshirish maqsadida jinoyatni hisobdan qasddan yashirganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. |
2018-yil 1-aprel |
Bosh prokuratura, IIV, MXX, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻrib chiqishda jinoyatni hisobdan qasddan yashirganlik uchun belgilangan jinoiy jazoni kuchaytirish nazarda tutiladi. |
|
75. |
Jinoyat ishini koʻrib chiqishning tezkorligi va samaradorligini oshirish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishni soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish. |
2018-yil 10-dekabr |
Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, MXX, DBQ, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ijrochilar mablagʻlari, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada jinoyatni roʻyxatga olish va tergov qilishdan to hukmni ijro etishgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga oluvchi “elektron jinoyat ishi” tizimi bosqichma-bosqich joriy etish nazarda tutiladi. |
|
76. |
Sud ekspertizasi faoliyatini takomillashtirish orqali huquqni muhofaza qilish faoliyatini yuqori darajada ilmiy-texnik va innovatsion jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan sud ekspertizasining yangi turlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish. |
2018-yil 10-sentabr |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Oliy sud, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ijrochilar mablagʻlari |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada: xalqaro standartlar asosida sud ekspertizasi faoliyatini takomillashtirish (“ISO/IEC 17025” standartini joriy etish); sud ekspertizasini oʻtkazishning muddati va sifatini nazorat qilish boʻyicha idoralararo elektron tizimini ishlab chiqish; sud ekspertiza markazlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; sud ekspertizasining yangi turlarini joriy qilish nazarda tutiladi. |
|
77. |
Bosh prokuratura Akademiyasini tashkil etish. |
2018-yil 1-may |
Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
Hisob-kitoblarga asosan |
Prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: prokuratura organlarining yagona majmuasini (oʻquv binolari, sport-sogʻlomlashtirish inshootlari va boshqalarni) qurish; prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish; oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan oʻqitish va mustaqil taʼlim, interfaol va situatsion mashgʻulotlar, treninglar oʻtkazishni keng joriy etish nazarda tutiladi. |
|
2.6. Huquqiy yordam va yuridik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish |
||||||
|
78. |
Advokatura tuzilmalari mustaqilligini taʼminlash va faoliyatining samaradorligini oshirish, ularga soliq imtiyozlarini taqdim etish. |
2018-yil 20-aprel |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, Advokatlar palatasi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: litsenziyalash talab qilinmaydigan tijorat tashkilotlari sifatida yuridik konsalting tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratish; soliq yukini maqbullashtirish maqsadida advokatlik tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy toʻlov va advokatlardan undiriladigan jismoniy shaxslarning daromad soligʻi stavkalarini kamaytirish; advokatlarning davlat idoralari, korxona va tashkilotlarda huquqiy maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga ruxsat berish nazarda tutiladi. |
|
79. |
Yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 20-aprel |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, TIV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi Loyihada: yurisprudensiya sohasida yirik va nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarini respublikaga jalb qilish; yurisprudensiya mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotasini oshirish; Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv-metodik bazasini kengaytirish nazarda tutiladi. |
|
80. |
Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish. |
2018-yil 1-fevral |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MTRK, Matbuot va axborot agentligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, IIV, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Idoraviy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish; huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni, qonun va inson huquqlariga hurmat munosabatini shakllantirish; fuqarolarda yuz berayotgan, ayniqsa jamoatchilikning yuqori qiziqishini uygʻotgan voqealarning mohiyati boʻyicha xolis fikrni shakllantirish hamda notoʻgʻri maʼlumotlardan buzgʻunchi va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini bartaraf etish uchun aholini bunday hodisalar haqida oʻz vaqtida xabardor qilish; fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat qurilishining dolzarb vazifalarini hal etishga jamiyatning intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatini safarbar etish masalalari nazarda tutiladi. |
|
III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA FAOL TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI |
||||||
|
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish |
||||||
|
81. |
Ilgʻor gʻoya, nou-xaular yaratish va “aqlli” texnologiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyotning yangi modeliga bosqichma-bosqich oʻtish. |
2018-yil 1-iyul |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, davlat statistika qoʻmitasi, Energiya tejash milliy kompaniyasi, vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruv organlari |
— |
Budjet mablagʻlari, investitsiyalar, kreditlar, grantlar va boshqa mablagʻlar |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Oʻzbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish boʻyicha milliy dastur tasdiqlanadi. Dasturda: innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishning tashkiliy-huquqiy va institutsional asoslarini yaratish; innovatsion ishlanmalarni yaratish uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlar va jihozlar bilan mahalliy innovator va ixtirochilarni doimiy ravishda taʼminlash tizimini yoʻlga qoʻyish; iqtisodiyotni boshqarishning yangi mexanizmlarini, zamonaviy va ilgʻor texnologik yondashuvlarni joriy etish; innovatsiyalardan foydalanuvchi, raqamli texnologiyalar kiritilishini jadallashtiruvchi, muqobil energiya manbalarini joriy qiluvchi, ishlab chiqarishning ekologik toza uslublarini yoʻlga qoʻyadigan subyektlarni ragʻbatlantirish; iqtisodiyot tarmoqlari samaradorligini baholashning innovatsion mezonlarini joriy etish nazarda tutiladi. |
|
82. |
Mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, mamlakatning investitsion va turistik jozibadorligini oshirish boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish. |
2018-yil 20-mart |
TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Bunda: mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirishga, investitsiyalar hamda turistlarni mamlakatimizga jalb ilishga koʻmaklashishni elchilar faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilash; Oʻzbekistonning chet eldagi elchixonalarining har birida savdo va iqtisodiy masalalar boʻyicha boʻlinmalarini (maslahatchi shtatini) joriy qilish masalasini koʻrib chiqish; elchixona diplomatik xodimlarini lavozimiga qoʻyishda ularning iqtisodiy bilimlarini sinovdan oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
83. |
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish va uni rivojlantirishning oʻrta muddatli Konsepsiyasini hamda 2018 — 2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xarita”sini ishlab chiqish va tasdiqlash, unda bosqichma-bosqich inflyatsiyaviy targetlash rejimiga oʻtish. |
2018-yil 1-iyul |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan konsepsiya va “yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi. Konsepsiya va “yoʻl xaritasi”da pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlarini xalqaro tajriba hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish, xususan: umumiqtisodiy, soliq-budjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy oʻsish, davlat budjetining balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narxlar darajasining barqarorligi boʻyicha oʻzaro harakatlar va maqsadlarning kelishilganligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish; likvidlikni boshqarish operatsiyalari boʻyicha pul-kredit siyosatining samarali qoʻllaniladigan foiz instrumentlari turlarini kengaytirish; tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishda, shu jumladan, kreditlar boʻyicha bozor mexanizmlarini keng joriy etish; ilgʻor xorijiy tajribaga muvofiq makroiqtisodiy tahlil va prognozlashni takomillashtirish; pul-kredit siyosatining, jumladan, qoʻllanilayotgan instrumentlar va yakuniy maqsadlar toʻgʻrisida axborot yetkazib berish yoʻli bilan, shaffoflik va prognoz qilish imkoniyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
84. |
Aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini taʼminlash. |
2018-yil 1-sentabr |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga ishonchini kuchaytirish, banklar bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali va oʻzaro manfaatli munosabatlarni taʼminlash borasida mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish va zarur shart-sharoit yaratish; “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, yangi tahrirdagi qonun loyihasini ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari xulosalarini inobatga olgan holda ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
|
85. |
2018-yilda mamlakat ichki bozorida isteʼmol tovarlari va xizmatlar boʻyicha narxlarning keskin oshishini oldini olish. |
2018-yil 20-mart |
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” XK, “Oʻzbekoziqovqat zaxira” uyushmasi |
100,0 mln AQSH dollari, 385 mlrd. soʻm |
Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi qarori. Qarorda: ichki isteʼmol bozoriga asosiy oziq-ovqat va boshqa isteʼmol tovarlarining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash; isteʼmol tovarlari boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan taqchillikni oldindan aniqlash va bu boʻyicha tegishli choralarni koʻrish; asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish; qishloq xoʻjalik ekin maydonlaridan (asosiy, oraliq, takroriy) samarali foydalanish; mamlakat ichki bozorida raqobat muhitini jonlantirib borish va sunʼiy ravishda yaratilishi mumkin boʻlgan taqchilliklarning oldini olish nazarda tutiladi. |
|
86. |
Valyuta siyosatining iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, biznes va investitsiyaviy muhitni yaxshilashdagi rolini oshirish maqsadida yangi tahrirda “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 30-sentabr |
Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, DSQ, DBQ |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: xalqaro tajribani chuqur oʻrganish asosida hamda tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish; havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish; jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz valyuta mablagʻlaridan erkin foydalanish huquqining kafolatlari; mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish; valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish nazarda tutiladi. |
|
87. |
Innovatsion texnologiyalarga asoslangan, bank xizmatlari sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshiruvchi yangi bank xizmati turlarini, xususan “raqamli banklar”ni, shuningdek, aholiga chakana xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan bank boʻlinmalarini tashkil etish. |
2018-yil 1-iyul |
Markaziy bank, tijorat banklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
Tijorat banklarining oʻz mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “raqamli banklar” va aholiga chakana xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan bank boʻlinmalarining tashkiliy-huquqiy asoslari, shu jumladan, ularning faoliyat yuritish tartibi, litsenziya talab va shartlari nazarda tutiladi. |
|
88. |
Innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllagan holda yetakchi xorijiy toʻlov tizimlari bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana toʻlov tizimlarini rivojlantirish. |
2018-yil 1-sentabr |
Markaziy bank, tijorat banklari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada yetakchi xorijiy toʻlov tizimlari (Visa, Mastercard, Union Pay, PayPal va boshqalar) bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana toʻlov tizimlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish va ularning faoliyat yuritish mexanizmlari belgilanadi. |
|
89. |
Fond bozorini rivojlantirish, sohada davlat boshqaruvini tubdan isloh qilish va davlat organlarining bir-birini takrorlovchi, ortiqcha nazorat funksiyalarini bekor qilish hamda moliya bozori uchun yagona davlat organini tashkil etish. |
2018-yil 30-iyun |
Moliya vazirligi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
— |
— |
Normativ-hujjatlar loyihalari. Loyihalarda Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari hamda Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi negizida moliya bozorini rivojlantirish boʻyicha mustaqil davlat organini tashkil etish nazarda tutiladi. |
|
90. |
Aholining boʻsh pul mablagʻlarini iqtisodiyotning real sektoriga jalb qilish maqsadida korxonalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olishni ragʻbatlantirish. |
2018-yil 1-may |
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada aholining boʻsh pul mablagʻlarini iqtisodiyotning real sektoriga jalb qilishni ragʻbatlantirishni taʼminlash uchun jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarini daromad soligʻidan ozod etish nazarda tutiladi. |
|
91. |
Budjet daromadlari va xarajatlarining xalq uchun ochiq va oshkora boʻlishini taʼminlash. |
2018-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi, Hisob palatasi, Bosh prokuratura, DSQ |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining xalq uchun ochiqligi, shaffofligini taʼminlash, budjetnoma muhokamasida jamoatchilik fikrini inobatga olishga qaratilgan aniq mexanizmlar nazarda tutiladi. |
|
92. |
Milliy standartlarning xalqaro standartlar bilan uygʻunlashuvi jarayonini jadallashtirish. |
2018-yil 1-mart |
“Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda: eksportni va turizmni rivojlantirish maqsadida maqbul agrokultura amaliyoti (Global G.A.P.), “halol” va “kosher” standartlarni respublikada qabul qilish; respublikada eksport qiluvchi korxonalar ehtiyojidan kelib chiqqan holda 2018 — 2020-yillarda 1, 5 mingdan ortiq xalqaro standartlarni qabul qilish; tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida yil davomida 2 mingdan ortiq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish nazarda tutiladi. |
|
3.2. Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʻbatlantiruvchi choralarni kengaytirish |
||||||
|
93. |
Erkin raqobat muhitini yaratish, narxlarning barqarorligi va imtiyozlarning manzilliligini taʼminlash maqsadida imtiyozlarni individual tartibda berish amaliyotidan voz kechish, ularni ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning alohida turlari uchun joriy etish. |
2018-yil 30-aprel |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, DSQ, DBQ, Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: imtiyozlar berishning shartlari, mezonlarini belgilash, ularning samaradorligini baholash va monitoring qilish tizimini joriy etish; imtiyozlarni muayyan moliyaviy ijtimoiy natijaga erishish sharti bilan berish; bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qayta koʻrib chiqish; ishlab chiqarishda foydalaniladigan tovarlar boʻyicha imtiyozlarni bekor qilib, maqbul boj toʻlovi stavkalarini belgilash; imtiyozlarni alohida subyektlarga emas, balki sohalar yoki tovarlar (xizmatlar, ishlar) turlariga nisbatan joriy etish nazarda tutiladi. |
|
94. |
Soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish. |
2018-yil 1-dekabr |
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, DBQ, Savdo-sanoat palatasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: oʻz ehtiyoji uchun obyektlar qurayotgan yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga yagona soliq toʻlovini maʼlum muddatga kechiktirish huquqini berish; kichik korxonalar uchun qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlashga oʻtishni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. |
|
95. |
Kichik korxonalarni tez surʼatlarda rivojlanib, ishchilar sonini koʻpaytirishi hamda yirik korxonalar toifasiga oʻtishini ragʻbatlantiruvchi tizim joriy etish. |
2018-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. Loyihada ishchilar sonini oshirayotgan, tez surʼatlar bilan rivojlanayotgan kichik korxonalarni yirik korxonalar toifasiga oʻtishini ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni joriy etish nazarda tutiladi. |
|
96. |
Soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratini tashkil etish tartibi va metodologiyasini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilgʻor xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish. |
2018-yil 1-may |
DSQ, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Soliq qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanadi. Konsepsiyada: Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish; soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni tubdan takomillashtirish; soliq maʼmuriyatchiligining maksimal darajada shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini tashkil etish; zamonaviy innovatsion gʻoyalar va tartib-taomillarni joriy qilish, elektron axborot bazalaridan samarali foydalanish asosida soliq solish bazasini kengaytirish; umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar va soddalashtirilgan tartibda soliq toʻlovchilarning soliq yukini qayta koʻrib chiqib, bu boradagi tafovutlarni kamaytirish; pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish maqsadida uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish; davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish, sohada suiisteʼmolchilik holatlariga barham berish boʻyicha yangi tizimni yaratish nazarda tutiladi. |
|
97. |
Bojxona qonunchiligini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilgʻor xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish. |
2018-yil 1-may |
DBQ, Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Bojxona qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlanadi. Konsepsiyada: Bojxona kodeksini takomillashtirish yoʻnalishlarini belgilash; bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishni tubdan takomillashtirish; jadal oʻzgarayotgan tashqi iqtisodiy vaziyatlarga bojxona organlarining javob berish va taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish; bojxona maʼmuriyatchiligining yuqori darajada shaffofligini taʼminlash mexanizmlarini tashkil etish; zamonaviy innovatsion gʻoyalar va tartib-taomillarni joriy qilish, elektron axborot bazalaridan samarali foydalanish; davlat bojxona xizmati organlarini halol, yuqori malakali xodimlar bilan toʻldirish, sohada suiisteʼmolchilik holatlariga barham berish boʻyicha yangi tizimni yaratish nazarda tutiladi. |
|
98. |
Bojxona nazoratida xavfni boshqarish tizimini joriy qilish. |
2018-yil 1-iyul |
DBQ, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada bojxona koʻrigini xavfni boshqarish tizimi orqali tadbirkorlik subyektlarining ishonchlilik darajasiga qarab toifalarga ajratish hamda “yashil” va “qizil” yoʻlaklar orqali oʻtkazish tizimini joriy etish nazarda tutiladi. |
|
3.3. Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish |
||||||
|
99. |
Elektr energiyasini ishlab chiqarishda monopoliyani tugatish, raqobat muhitini shakllantirish va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish. |
2018-yil 30-iyun |
“Oʻzbekenergo” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsiya vazirligi, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Oʻzbekgidroenergiya” AJ, Energiya tejash milliy kompaniyasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni isteʼmolchilarga yetkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ushbu sohani ragʻbatlantiruvchi imtiyozlar berish nazarda tutiladi. |
|
100. |
Mahalliy aholining mamlakat boʻylab sayohatlarini ragʻbatlantirish, sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish, hududlarning sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilish orqali ichki turizmni tizimli rivojlantirish. |
2018-yil 20-fevral |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash; ichki turistik oqimlarni ragʻbatlantirish; turizm infratuzilmasini yaxshilash; ichki turizmni targʻib qilish; ichki turizm sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻshimcha yengilliklar yaratish nazarda tutiladi. |
|
101. |
Xorijiy sayyohlarning tashrifi uchun keng sharoitlar yaratish, ularning sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish hisobiga turizmni jadal rivojlantirish. |
2018-yil 20-fevral |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, IIV, TIV, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi savdo vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: turizmni rivojlantirish uchun viza tartibini soddalashtirish, elektron vizalarni joriy etish; xalqaro aviaqatnovlarni koʻpaytirish, shu jumladan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish; turistik mahsulotlarni xarid qilish tizimi, jumladan, elektron toʻlovlar tizimini rivojlantirish, sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim qilish; sayohat dasturlarini mazmunan boyitish va koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish; Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilishga oid masalalar nazarda tutiladi. |
|
102. |
Mamlakatimizdagi moddiy madaniy meros obyektlarida va ular atrofidagi obyektlarda tegishli infratuzilmani shakllantirish, amalga oshiriladigan diniy marosimlar uchun tegishli sharoitlarni yaratish orqali ziyorat turizmini sohaning istiqbolli yoʻnalishi sifatida rivojlantirish. |
2018-yil 30-mart |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada: ziyorat turizmi boʻyicha xizmat koʻrsatish obyektlari tomonidan qoʻllaniladigan standartlarni qabul qilish, sayyohlarni keng jalb qilish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, ziyoratchilar uchun xizmat koʻrsatishning maqbul turlarini joriy etish; ziyorat turizmiga sayyohlarni jalb qilish borasida yangi marshrutlarni ishlab chiqish va targʻibot qilish nazarda tutiladi. |
|
103. |
Tibbiy turizmni tizimli rivojlantirish, davolash-sogʻlomlashtirish imkoniyatiga ega boʻlgan tabiiy resurslardan oqilona foydalanish choralarini koʻrish. |
2018-yil 30-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi |
— |
— |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada: davolash va sogʻlomlashtirish muassasalarini xorijiy, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarini qabul qilishga moslashtirish; davolash xususiyatiga ega boʻlgan, maʼdanlarga boy tabiat boyliklaridan samarali foydalanish boʻyicha tegishli infratuzilmani yaratish; mavjud imkoniyatlarni keng targʻib qilish va sayyohlarni jalb etish nazarda tutiladi. |
|
104. |
Namunali fermer xoʻjaliklarini sayyohlarga xizmat koʻrsatishga moslashtirish, ularga sayyohlarni jalb qilish hamda ularning mamlakatimizda boʻlish muddatlarini uzaytirish maqsadida agroturizmni rivojlantirish. |
2018-yil 30-mart |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
— |
— |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada: namunali fermer xoʻjaliklari negizida sayyohlarga xizmat koʻrsatish, xususan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayoni bilan tanishtiruvchi tashrif markazlarini tashkil qilish; turistlarni hosil yigʻishga jalb qilish, qiziqarli mahorat darslarini tashkil etish; yetishtiriladigan mahsulotlarni turizm mahsulotlari doirasida keng targʻib qilish va sayyohlarni jalb qilish masalalari nazarda tutiladi. |
|
105. |
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo sifatida kirishi yuzasidan muzokaralarni faollashtirish. |
2018-yil 1-noyabr |
Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda: milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarida nazarda tutilgan normalar bilan oʻzaro taqqoslash va muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar; Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi; xalqaro tashkilotlar va rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish ustunliklari, oqibatlarini oʻrganish va tahlil qilish hamda mamlakat uchun manfaatli shartlarda huquqiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar; Jahon savdo tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasini ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhi bilan toʻrtinchi yigʻilishini oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
106. |
Meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinishiga koʻmaklashish hamda bojxona rasmiylashtiruvi vaqti va moliya xarajatlarini qisqartirish maqsadida “yashil yoʻlak” tizimini Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Boltiqboʻyi mamlakatlari bilan yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. |
2018-yil 1-iyun |
DBQ, Tashqi savdo vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi |
— |
— |
Kelishuv bitimlari. Bitimlarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Boltiqboʻyi mamlakatlarining bojxona va karantin xizmati organlari bilan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi boʻyicha “yashil yoʻlak” tizimini joriy etish boʻyicha tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
107. |
Qoʻshni mamlakatlar bilan logistik marshrutlarni diversifikatsiya qilish. |
Yil davomida |
Tashqi savdo vazirligi, TIV, Investiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
— |
— |
Kelishuv bitimlari. Bitimlarda qoʻshni mamlakatlar bilan amaliy muzokaralar oʻtkazish, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar kiritish tashabbusi bilan chiqish orqali mahsulotlarning eksport-importidagi logistik muammolarni hal etishga qaratilgan tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
108. |
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning “Integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimi” Konsepsiyasi va Bitimi loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 10-aprel |
Tashqi savdo vazirligi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllar” AJ, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, DBQ |
— |
— |
Konsepsiya va bitim loyihasi. Bunda tashkilotga aʼzo davlatlar bilan integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimini tashkil etish boʻyicha muzokaralar olib borish, investitsiyaviy dastur loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning “Integratsiyalashgan transport boshqaruv tizimi” Konsepsiyasi va Bitimini ishlab chiqish va qabul qilish uchun tashkilotning navbatdagi yigʻilishi kun tartibiga kiritish choralari nazarda tutiladi. |
|
109. |
Eksport qilinadigan asosiy yuklarni quyidagi hududlar orqali temir yoʻl transportida tranzit tashishda tarif preferensiyalarini olish choralarini koʻrish: Turkmaniston va Eron hududlari orqali — Bandar-Abbos bandargohiga va keyinchalik Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chiqish uchun; Ozarbayjon va Gruziya hududlari orqali — Qora dengizdagi Poti, Batumi va Ilichevsk bandargohlari, Oʻrta Yer dengizidagi Mersin bandargohiga, keyinchalik Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, shuningdek, Marmaray dovoni orqali Yevropa Ittifoqi davlatlariga chiqish uchun; Qozogʻiston va Rossiya hududlari orqali — Boltiqboʻyi va Qora dengiz hamda Uzoq Sharq bandargohlariga chiqish uchun. |
2018-yil 1-aprel |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Tashqi savdo vazirligi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi |
— |
— |
Chora-tadbirlar dasturi. Bunda: tegishli davlatlarning temir yoʻl maʼmuriyatlariga murojaatlar yuborish; masalalarni ikki tomonlama muzokaralar va uchrashuvlar davomida koʻrib chiqish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni aniq belgilash; chet el davlatlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalari vakillarini keng jalb qilish; loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xorijiy davlatlar hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
110. |
Milliy yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Milliy logistika portali”ni tashkil etish. |
2018-yil 1-aprel |
Tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada tadbirkorlik subyektlari ushbu portal orqali dunyoning barcha nuqtalarida milliy yuk tashuvchilarning transportlari haqida maʼlumotlarni onlayn rejimida tezkor olishi va buyurtma berish imkoniyati yaratilishi, xalqaro logistika kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish orqali ushbu portal imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi. |
|
111. |
Dunyoning 20 ta mamlakatida 50 dan ortiq xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda mahalliy eksport qiluvchi korxonalarning ishtirok etishini tashkillashtirish. |
2018-yil 1-aprel |
Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi. Rejada: Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan vakillar ishtirok etishi lozim boʻlgan xalqaro koʻrgazma va yarmarkalar roʻyxatini tasdiqlash; mahalliy eksport korxonalarining 2018-yilda ushbu xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etishini tashkillashtirish; koʻrgazma va yarmarkalar orqali milliy mahsulotlar uchun xorijiy xaridorlarni jalb qilish boʻyicha aniq choralar nazarda tutiladi. |
|
112. |
Qurilish sohasini modernizatsiya qilish, sohani innovatsion va ilgʻor rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 30-iyun |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzqurilish-materiallari” AJ |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Qurilish sohasini innovatsion rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: innovatsion texnologiyalarni joriy etish; milliy loyiha va pudrat tashkilotlarining tashqi bozorlarga chiqishini ragʻbatlantirish choralari; qurilish bozoriga kirishdagi byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish; amaldagi normativ va texnik reglamentlarni, qurilish norma va talablarini jahon standartlari asosida qayta koʻrib chiqish; malakali quruvchi va arxitektorlarning professional sinfini shakllantirish va bu orqali bir martalik ishchilarni jalb qilishga asoslangan notoʻgʻri amaliyotga barham berish; tizimli asosda xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilish va mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirishi boʻyicha shart-sharoitlarni yaratish; davlat xaridlari tizimini takomillashtirish jarayonida mahalliylashtirish loyihalari asosida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilarning manfaatini inobatga olish nazarda tutiladi. |
|
113. |
Internet tarmogʻida mahalliy va xorijiy investorlarni zarur statistik axborotlar, biznesni yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan taʼminlaydigan “Investitsiya portali”ni ishga tushirish. |
2018-yil 1-may |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
Xalqaro va xorijiy moliya institutlarining kreditlari, zayomlari, grantlari, homiylik mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya portalini yaratish, ush�u portalni 2018-yilning 1-iyulidan boshlab ishga tushirish va doimiy ishlashini taʼminlash; mamlakatning investitsiya salohiyati, hududlardagi tabiiy qazilma boyliklar, yer-suv resurslari, tabiiy iqlim sharoitlari toʻgʻrisida, taqdim etilayotgan imtiyozlar, investitsiya kiritish afzalliklari, infratuzilma, geografik joylashuv, shuningdek, davlat mulki obyektlari, investorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar toʻgʻrisida davlat tili, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kengaytirilgan axborotlar; mahalliy va xorijiy investorlarga interfaol shaklda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning xizmatlari; tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari haqidagi maʼlumotlarning yagona bazasini yaratish; investorning qayerda va qanday usulda murojaat qilganligidan qatʼi nazar, murojaatlar koʻrib chiqilishining amaldagi holati va natijasidan xabardor boʻlib turish imkoniyatini taʼminlash nazarda tutiladi. |
|
114. |
Investorlarni qiziqtirgan savollarga javoblarni beruvchi doimiy ishlaydigan qoʻngʻiroqlarni qabul qilish va xizmat koʻrsatish mexanizmini yoʻlga qoʻyish. |
2018-yil 20-may |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
— |
Ijrochilarning tegishli qarori. Investorlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha muammoli masalalar yuzasidan dolzarb maʼlumotlarni olish imkoniyatiga ega boʻladi. |
|
115. |
Milliy aviatsiya sanoatini qayta tiklash hamda iqtisodiyotning yangi tarmogʻi sifatida aerokosmik sanoatni shakllantirish. |
2018-yil 10-iyun |
Vazirlar Mahkamasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Davlat dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: aerokosmik faoliyatni tartibga solish boʻyicha masʼul davlat organini belgilash; Oʻzbekiston Respublikasining 2018 — 2035-yillarga moʻljallangan aerokosmik sanoatni tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha strategiyasini ishlab chiqish; sohaning moddiy va ilmiy bazasini shakllantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ularni xorijiy taʼlim muassasalarida malakasini oshirish mexanizmlarini yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish choralarini koʻrish boʻyicha tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
3.4. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish |
||||||
|
116. |
Ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasiga asoslangan holda Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-may |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyiha bilan konsepsiya tasdiqlanadi. Konsepsiyada: yaqin va uzoq istiqbolda agrar sohadagi barcha tashkiliy-iqtisodiy, texnologik masalalarni hal qilish; investitsiyalarni jalb etish, tarmoqni isloh qilish va barqaror rivojlantirish; qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiya-urugʻchiligi tizimini takomillashtirish, innovatsiyalarni joriy etish nazarda tutiladi. |
|
117. |
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash. |
2018-yil 1-aprel |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: paxta va gʻalladan boʻshagan maydonlarga sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlarni, shuningdek, tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan (mamlakatimiz sharoitiga moslasha oladigan va yuqori hosil beradigan chet eldan olib kelinadigan) boshqa ekin turlarini joylashtirish, intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlari; paxta maydonlarini 2019-yilda 36 ming gektarga va gʻalla maydonlarini 15 ming gektarga qisqartirish, ushbu maydonlarda oziq-ovqat ekinlarini yetishtirish, intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish hisobiga qoʻshimcha 1 mln. tonna meva-sabzavot, kartoshka va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish nazarda tutiladi. |
|
118. |
Aholini ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashning huquqiy asoslarini yaratish. |
2018-yil 20-noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada qishloq xoʻjaligida genetik jihatdan modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirmaslik hamda isteʼmol bozoriga kirib kelishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish tartibini joriy qilish, tegishli tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash nazarda tutiladi. |
|
119. |
Paxta xom ashyosini yetishtirish, sotish va qayta ishlash tizimida bozor mexanizmlarini joriy etish, bunda, avvalo, xom ashyo yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishni koʻzda tutish. |
2018-yil 10-aprel |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: fermerlar tomonidan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda oʻzaro kooperatsiya (hamkorlik) mexanizmlari; fermerlar tomonidan paxta xom ashyosini qayta ishlovchi va toʻqimachilik korxonalariga oʻz ixtiyoriga koʻra toʻgʻridan-toʻgʻri sotish imkoniyati nazarda tutiladi. |
|
120. |
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va isteʼmolchilarga yetkazib berish, shu jumladan, eksport qilishda logistika tizimini rivojlantirish. |
2018-yil 20-mart |
“Oʻzbekoziqovqat-xolding” XK, “Oʻzvinsanoatxolding” XK “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada logistika markazlari tashkil qilish, issiqxona va muzlatkichli omborxonalar qurishning prognoz koʻrsatkichlari hududlar kesimida belgilab beriladi. |
|
121. |
Aholini chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash darajasini oshirish, ularning bozorlardagi narx-navolari barqarorligini saqlashga erishish. |
2018-yil 30-mart |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada ozuqa ekin maydonlari hajmi, konsentrat ozuqa ishlab chiqarish boʻyicha tashkil etiladigan quvvatlar, zamonaviy parrandachilik va boʻrdoqichilik komplekslarining prognoz koʻrsatkichlari nazarda tutiladi. |
|
122. |
Fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, shuningdek, fermerlarni zaruriy axborot, maʼlumot va maslahatlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi va miqdori haqidagi maʼlumotlarning yagona bazasini yaratish. |
2018-yil 30-iyun |
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Respublika tovar-xom ashyo birjasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmlari va turlari haqidagi maʼlumotlarning yagona bazasini yaratish; fermer xoʻjaliklarini axborot va maslahatlar bilan taʼminlash boʻyicha mavjud milliy veb-saytlar faoliyatini kuchaytirish; mahsulot tayyorlovchi, qayta ishlovchi korxonalar va eksport qiluvchilarga qishloq xoʻjalik mahsulotlarini, shu jumladan, birja savdolarida xarid qilish boʻyicha zarur maʼlumotlar olish nazarda tutiladi. |
|
123. |
Qishloq xoʻjaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar hajmini yanada kengaytirish. |
2018-yil 1-aprel |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
— |
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻz mablagʻlari, Sugʻoriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi, tijorat banklari kreditlar, xorijiy investitsiya va grant mablagʻlari |
Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda: hududlar kesimida suv tejovchi texnologiyalar (tomchilatib sugʻorish, plyonka toʻshab sugʻorish, egiluvchan quvurlar yordamida sugʻorish, suvni yigʻish xususiyatiga ega boʻlgan gellardan foydalanish) joriy qilinadigan maydonlarning prognoz koʻrsatkichlarini tasdiqlash; suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻladigan resurslar bilan taʼminlash nazarda tutiladi. |
|
124. |
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash. |
Yil davomida |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, loyiha institutlari |
553,5 mlrd. soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Natijada 270 ming gektar ekin maydonlari meliorativ holatining barqarorligi va sizot suvlari sathining belgilangan meʼyorda boʻlishi taʼminlanadi. |
|
3.5. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish |
||||||
|
125. |
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish. |
2018-yil 1-mart |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashini tugatish va tegishli shtatlarni prokuratura organlariga oʻtkazish; jinoyat ishlari doirasida moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish)ning muddati bir oydan oshmasligi, zarur hollarda esa ushbu muddat Bosh prokuror yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkinligi; tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishlari faqat viloyat va unga tenglashtirilgan prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi nazarda tutiladi. |
|
126. |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari bilan birgalikda har oyda namunali, faol tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etish hamda ularni qiynayotgan muammolarni eshitish, qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrib borish. |
2018-yil 10-fevral |
Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Kompleks chora-tadbirlar rejasi. Rejada: soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab borayotgan, moliyaviy koʻrsatkichlari muntazam oʻsishiga erishayotgan faol tadbirkorlik subyektlari bilan har oyda uchrashuvlarni tashkil etish; tadbirkorlik sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralarning samaradorligini oshirish; tadbirkorlik sohasidagi muammolarni aniqlash va hal etishga oid zaruriy choralar nazarda tutiladi. |
|
127. |
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar tomonidan sodir etilayotgan kamchiliklarni, ayniqsa jinoyatlarni tanqidiy muhokama qilish, bartaraf etish va profilaktika qilishga koʻmaklashish. |
2018-yil 1-mart |
Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Chora-tadbirlar rejasi. Bunda faol va insofli tadbirkorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz boʻlishga qaratilgan biznes jamoatchilikning taʼsirchan choralarini ishlab chiqish, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish boʻyicha tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
128. |
Biznes-hamjamiyat oʻzini oʻzi tartibga solishi va tadbirkorlik faoliyati ustidan jamoat nazoratining huquqiy asoslarini takomillashtirish. |
2018-yil 1-mart |
Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada biznes-hamjamiyat oʻzini oʻzi tartibga solishi va tadbirkorlik faoliyati ustidan jamoat nazoratining taʼsirchan mexanizmlari belgilanadi. |
||
|
129. |
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash. |
2018-yil 1-aprel |
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: nazorat qiluvchi organlarning ayrim nazorat funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvi organlariga oʻtkazish; tadbirkorlik subyektlariga, pul mablagʻlarini xizmat koʻrsatuvchi banklarda inkassatsiya qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, tovarlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali sotishda naqd pulda hisob-kitob qilish, shuningdek, mahsulotlarni xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda xalqaro savdo maydonlari orqali eksport qilish tizimini soddalashtirish; yuridik shaxslarga ishlab chiqarish, savdo, xizmat koʻrsatish, ishlarni bajarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan har qanday xarajatlar, jumladan, davlat bojlari va yigʻimlarini toʻlash bilan bogʻliq toʻlovlarni korporativ bank kartalaridan toʻlash imkoniyati nazarda tutiladi. |
|
130. |
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish. |
2018-yil 20-mart |
Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bosh prokuratura, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: tadbirkorlik faoliyati sohasida bir qator litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish, birlashtirish, rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, litsenziya va ruxsatnoma berish funksiyalarining ayrimlarini nomarkazlashtirish; litsenziyalarni ularning amal qilish muddatini cheklanmagan holda berish (tibbiyot va farmatsevtika faoliyati, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, mobil aloqa tarmoqlari va teleradioeshittirish xizmatlarini koʻrsatish va ulardan foydalanish bundan mustasno); litsenziyalanadigan faoliyat turi doirasida bajariladigan ishlarning (koʻrsatiladigan xizmatlarning) aniq roʻyxatini faoliyatning tegishli turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda koʻrsatish; telekommunikatsiya, baholash, rieltorlik, veterinariya, geodeziya va kartografiya, tibbiyot, qimmatli qogʻozlar bozori, transport, savdo va boshqa bir qator sohalarda litsenziya va ruxsatnomalar olish tartib-taomillarini soddalashtirish nazarda tutiladi. |
|
131. |
Respublikada isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi (agentlik) tashkil etish. |
2018-yil 1-iyul |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi (agentlik) tashkil etish; maxsus vakolatli davlat organining vazifa va vakolatlari, davlat tizimiga jamoatchilik nazorati institutini keng joriy etish; isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning samarali va shaffof mexanizmlarini tatbiq etish nazarda tutiladi. |
|
132. |
Elektr energiyasi sohasidagi samarasiz va zarar bilan ishlaydigan davlat ulushi mavjud korxonalar faoliyatini tahlil qilish, zarar bilan ishlaydigan korxonalarni sogʻlomlashtirish yuzasidan “yoʻl xarita”lariini belgilangan tartibda ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2018-yil 20-mart |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: zarar bilan ishlaydigan davlat ulushi mavjud korxonalarning mavjud ichki imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ortiqcha yer maydonlarini maqbullashtirish, aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mablagʻlar manbalarini aniqlash va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish; ushbu toifadagi korxonalardan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, xususiylashtirish yuzasidan aniq takliflar nazarda tutiladi. |
|
133. |
Internet tarmogʻida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini ajratish tizimini joriy etish hamda yer ajratish va qurilishga ruxsat berish bilan bogʻliq tartib-taomillarning amaldagi muddatlarini kamida ikki baravar qisqartirish. |
2018-yil 1-iyun |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga yer uchastkalarini berish maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida amalga oshirilishi; yer uchastkalarini berishga doir materiallarni vakolatli organlarda koʻrib chiqish va kelishish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda faqat elektron shaklda amalga oshirilishi; yer ajratish va qurilishga ruxsat berish bilan bogʻliq tartib-taomillar, amaldagi muddatlarni qayta koʻrib chiqish, sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish orqali tizimni isloh qilish nazarda tutiladi. |
|
134. |
Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini joriy etishning huquqiy va institutsional bazasini shakllantirish. |
2018-yil 20-sentabr |
Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
— |
Xalqaro moliya institutlari investitsiyalari, kreditlari, grantlari va boshqa mablagʻlar |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda iqtisodiyotning koʻp xarajatli tarmoqlari (muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi va boshqalar) hamda taʼlim va sogʻliqni saqlash kabi ijtimoiy sohalarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasida davlat va xususiy investorlarning oʻzaro manfaatli hamkorligini yoʻlga qoʻyishga imkon beradigan davlat-xususiy sheriklikni keng joriy etish nazarda tutiladi. |
|
135. |
Tadbirkorlik va innovatsion sohadagi istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish. |
2018-yil 1-aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: venchur fondlarning huquqiy maqomi va ularni tashkil etish tartibi; venchur kompaniyalar va fondlar, venchur fondlarni boshqarish bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar hamda innovatsion korxonalar faoliyatini tartibga solish; venchur kompaniyalar va fondlar uchun malakali boshqaruv va ekspert kadrlarni tayyorlash; venchur loyihalarni sugʻurtalash nazarda tutiladi. |
|
3.6. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish |
||||||
|
136. |
Hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha loyihalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklikni kuchaytirish orqali toʻliq amalga oshirish. |
2018-yil 1-noyabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada: hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini tashkil etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish parametrlari; “Aqlli shahar”, “Aqlli mahalla”, “Aqlli uy” va “Aqlli hokimiyat” konsepsiyalarini oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
|
137. |
Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha faolligini oshirish. |
2018-yil 30-mart |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha faoliyatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish nazarda tutiladi. |
|
138. |
Hududlarning investitsiyaviy jozibadorlik reytingini ishlab chiqish va eʼlon qilib borishni joriy etish. |
2018-yil 1-iyun |
Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi. Loyihada joylarda investorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni (resurs, infrastruktura, davlat va boshqa xizmatlarning qulayligi) aniqlash tizimini joriy qilish nazarda tutiladi. |
|
IV. IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI |
||||||
|
4.1. Aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish |
||||||
|
139. |
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan daromadlarni aniqlash boʻyicha “isteʼmol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish. |
2018-yil 1-iyul |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: “isteʼmol savatchasi” tushunchasi va uni aniqlash mezonlari; aholining real daromadlari, ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar miqdorini hududlar kesimida “isteʼmol savatchasi”ga mutanosibligini bosqichma bosqich taʼminlash nazarda tutiladi. |
|
140. |
Davlat tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini koʻpaytirish hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish. |
2018-yil 1-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi |
5,0 mlrd. soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul beriladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari roʻyxatini kengaytirish, ularni ushbu vositalar bilan taʼminlash uchun tibbiy xulosa tuzishda nogironligi boʻlgan shaxslarning individual xususiyatlarini aniqlash tartibini soddalashtirish; sifatli protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish; protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalariniishlab chiqarish boʻyicha davlat standartlarini joriy qilishga oid chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
141. |
Skrining markazlarini jihozlash, dori-darmon va tibbiyot uchun zarur boʻlgan vositalar bilan taʼminlash, jumladan har bir tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalariga skrining tekshiruvlarini oʻtkazish uchun 200 ta yuqori texnologiyali UZD skaner apparatlarini yetkazish. |
2018-yil 1-noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
91,6 mlrd. soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: homilador ayollarda homilaning erta nogironligini aniqlash choralari koʻriladi; chaqaloqlarni perinatal skrining koʻrigidan oʻtkazish, tugʻma nuqsonlarni oʻz vaqtida aniqlash va nogironlikning oldini olish taʼminlanadi. |
|
142. |
Neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan 150 nafar bolalarda koxlear implantatlardan foydalangan holda operatsiyalar oʻtkazish. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
26,5 mlrd. soʻm |
Xalqaro moliya institutlar va donor mamlakatlarning grant mablagʻlari, davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Natijada neyrosensor karlik yoki zaif eshitadigan nogiron bolalarning eshitish qobiliyati tiklanadi. |
|
143. |
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi talablari va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka tatbiq qilish, shuningdek, “nogiron” tushunchasi oʻrniga “nogironligi boʻlgan shaxs” tushunchasidan foydalanish; nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari; davlat organlarining nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi vakolatlari; nogironlikni aniqlash va oldini olish, ularning taʼlim olishi va ishga joylashishiga koʻmaklashish, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishning zamonaviy shakl va mexanizmlarini belgilash; nogironlikni belgilashda qoʻllanilayotgan usullarni tubdan takomillashtirish va boshqa qoidalar nazarda tutiladi. |
|
144. |
Ogʻir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yoʻqotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish. |
Yil davomida |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Moliya vazirligi |
241,8 mlrd. soʻm |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Uy-joyi boʻlmagan yoki avariya holatidagi va juda eski uylarda yashovchi respublikaning har bir tumani va shahridagi oʻrta hisobda 2 — 5 nafar oilaga arzon uy-joylar 10 yil mobaynida davlat ixtiyoriga oʻtkazish huquqisiz beriladi. Respublikaning har bir tumani va shahridan oʻrta hisobda 70 tagacha oilalarga har yili maishiy texnika (gaz va elektr pechlar, xolodilniklar, tikuv mashinalari va h. k.) yoki bir boshdan qoramol xarid qilinadi. Ogʻir kasalliklar mavjud boʻlgan taqdirda tibbiy xizmatlar haqini toʻlash va ularning haqini toʻlashga mablagʻ boʻlmagan taqdirda har bir tuman (shahar)dan oʻrta hisobda 6 tagacha kam taʼminlangan oilalarga begʻaraz yordam koʻrsatiladi. |
|
145. |
Sogʻliqni saqlash muassasalari, avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalari uchun dori vositalari va tibbiyotga moʻljallangan buyumlar bilan taʼminlashni yaxshilash. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi |
914,6 mlrd. soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Respublika hududidagi barcha davlat davolash profilaktika muassasalarida dori vositalari va tibbiyotga moʻljallangan buyumlar bilan taʼminlash ahvoli yaxshilanadi. |
|
146. |
Dori-darmonlar narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni monitoring qilishning yagona axborot tizimini joriy etish. |
2018-yil 30-iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
1,0 mlrd. soʻm |
Ijrochilar mablagʻlari |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada Internet tarmogʻida alohida dori-darmonlar turi, ulgurji, chakana narxlar holati va oʻzgarishlari haqida maʼlumot taqdim etib borilishi, barcha dorixonalar manzili va dori vositalari toʻgʻrisida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish, xarid qilinayotgan dori vositalarining muvofiqlik sertifikati hamda aholining fikr va mulohazalarini monitoring qilish tartibi belgilanadi. |
|
4.2. Sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish |
||||||
|
147. |
Kasalliklarni oldindan aniqlash, ularni masofadan profilaktika qilish imkonini beruvchi “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy maʼlumotlar markazi” konsepsiyalarini mavjud sharoitlarga moslashtirish va tatbiq etish, tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini va moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash. |
2018-yil 1-dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: keng tarqalgan kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlashning ilgʻor va sinalgan uslublarini joriy qilishni oʻz ichiga oladigan kompleks chora-tadbirlar; hududlardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar salohiyatini oshirish, moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash, kasalliklarni barvaqt aniqlash va masofadan profilaktika qilish tizimlarini joriy etish orqali tibbiy xizmat sifatini oshirish choralari; tibbiyot-davolash muassasalarida elektron (onlayn) navbat tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; tashkil etilayotgan 441 ta tez tibbiy yordam shoxobchalarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi. |
|
148. |
Tibbiyot sohasiga xorijiy mutaxassislarni va chet el investitsiyasini jalb etish. |
2018-yil 1-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, IIV |
— |
— |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada xorijiy mutaxassislarning aniq soni, ularni tibbiyot sohasiga bosqichma-bosqich, jumladan uzoq muddat faoliyat yuritishga jalb etish, chet el investorlari ishtirokida xususiy davolash-profilaktika muassasalari va ilgʻor xorijiy tibbiyot muassasalari filiallarini tashkil etish belgilanadi. |
|
149. |
Aholini arzon narxdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash imkonini beruvchi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2 mingta ijtimoiy dorixonalarini tashkil etish. |
2018-yil 30-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
500,0 mlrd. soʻm |
Tashabbuskorlar mablagʻlari |
Idoraviy hujjat. Hujjatda: ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish, ularni ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari bilan taʼminlash, tibbiyot muassasalari va aholini arzon narxdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash; ijtimoiy dorixonalar faoliyatida qonun buzilishlar, jumladan narx-navolar asossiz oʻsib ketishining oldini olish maqsadida dori vositalarini maxsus himoya belgilari bilan taʼminlash nazarda tutiladi. |
|
150. |
Barcha hududlarda homilador, yosh bolali ayollar va chaqaloqlarga koʻrsatilayotgan perinatal yordamni takomillashtirish, onalar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
8,7 mln.AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻruq boʻlimlari negizida tumanlararo perinatal mar�azlarni tashkil etish; markazlarni zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlar bilan toʻliq jihozlash; skrining markazlarining faoliyatini takomillashtirish; barcha viloyat perinatal markazlarini chaqaloqlar kyuvezlari boʻlgan reanimobillar bilan taʼminlash ishlari amalga oshiriladi. |
|
151. |
793 ta qishloq oilaviy poliklinikasini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
5,0 mln. AQSH dollari |
Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli kredit mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Natijada qishloq joylarida birlamchi tibbiy yordam muassasalarida aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi yaxshilanadi. |
|
152. |
Shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning taʼsirchan tizimini joriy etish. |
2018-yil 30-mart |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning shifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy ekspert guruhlarini tashkil etish; tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar toʻgʻrisida sogʻliqni saqlash organlariga xabar qilish, ularni koʻrib chiqish va xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi; xatosini oʻz vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etish; tibbiyot xodimlari yoʻl qoʻygan xatolar haqida jabrlangan shaxslarga maʼlumot berish, ularni hisobga olish va xatolarning oldini olish tizimini yaratish; birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan retseptni elektron shaklda toʻldirishni (qoʻlyozma usulidan toʻliq voz kechgan holda) joriy etish va uni tegishli dorixonadagi maʼlumotlar bazasiga joylashtirishni taʼminlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish nazarda tutiladi. |
|
153. |
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida tibbiy sugʻurta mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: tibbiy sugʻurta mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish; fuqaroning tibbiy va profilaktika xizmatlariga boʻlgan huquqlari tengligini, sugʻurta polislariga asosan sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish kafolatini taʼminlash; tibbiy va profilaktika xizmatlari narxlari, sugʻurta mukofoti va majburiyati, sugʻurta tovoni miqdori, ularni hisoblash va toʻlovni amalga oshirishni tartibga solish mexanizmlari; tibbiy sugʻurta jamgʻarmasini tuzish, uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari, jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish hamda ulardan foydalanish tartibi nazarda tutiladi. |
|
154. |
Sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
803,6 mlrd.soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan davolash-profilaktika muassasalari obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi hamda davlat ekspertizasidan oʻtkazilib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun tender savdolari orqali pudrat tashkilotlari aniqlanadi. |
|
155. |
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining sanitariya-gigiyena laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
6 mln. AQSH dollari |
Islom taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ushbu muassasalar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlanadi. |
|
157. |
Sogʻliqni saqlash sohasida bakteriologiya va parazitologiya boʻyicha mutaxassislarning bilimlarini oshirish va yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalarida ishlash boʻyicha Janubiy Koreyada malaka oshirishni tashkil etish, shuningdek, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo hamda Buxoro viloyatlarida bakteriologiya va parazitologiya laboratoriyalarini jihozlash. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
400 ming AQSH dollari |
KOICA granti asosida |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mutaxassislarni tanlash va yuborish boʻyicha reja tayyorlanadi hamda amalga oshiriladi. Yangi asbob-uskunalar bilan ishlash boʻyicha yangi texnik koʻrsatmalar tayyorlanadi. |
|
158. |
Milliy emlash jadvalini takomillashtirish va emlash uchun yangi vaksinalarni (shol kasalligi va bachadon boʻyni saratoniga qarshi) tatbiq etish. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
6,9 mln. AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida boshqariladigan yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemiologik barqarorlik taʼminlanadi. |
|
159. |
OIV infeksiyasini davolash va maxsus profilaktikasi uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan taʼminlash. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi |
2,4 mln. AQSH dollari |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarning umrini uzaytirish va turmush darajasini yaxshilash maqsadida ular retrovirusga qarshi maxsus dori vositalari bilan taʼminlanadi. |
|
160. |
Fuqarolarga psixiatriya yordami koʻrsatish, shu jumladan ruhiy-asab kasalliklarni profilaktika qilish tizimini tubdan takomillashtirish. |
2018-yil 20-aprel |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, TIV, IIV, Oliy sud |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: aholiga psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish dasturini tasdiqlash; dispanser kuzatuvida boʻlgan shaxslarning elektron reyestrini joriy etish; aholining psixiatrik sogʻlomligini muhofaza qilishning milliy konsepsiyasini ishlab chiqish; 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab psixiatriya mutaxassisligi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish kvotasini oshirish; har yili 5 nafardan kam boʻlmagan psixiatriya shifokorlarini ilgʻor chet el tibbiyot klinikalari, ilmiy va oʻquv taʼlim muassasalariga malaka oshirish uchun yuborish nazarda tutiladi. |
|
161. |
Aholi demografiyasini chuqur tahlil qilish asosida tugʻish yoshidagi ayollarning sogʻligʻini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va bandli�ini taʼminlash boʻyicha targʻibot tadbirlarini amalga oshirish. |
Yil davomida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi |
Hisob kitoblar asosida |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda har bir tuman kesimida chora-tadbirlar dasturi asosida targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi. |
|
4.3. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish |
||||||
|
162. |
Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida yangi maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish. |
2018-yil 1-aprel |
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Hisob-kitoblarga asosan |
Tashabbuskorlar mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etishning mexanizmlarini belgilash; maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish nazarda tutiladi. |
|
Eksperiment natijasiga koʻra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-dekabr |
|||||
|
2018-yilda maktabgacha taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish. |
Yil davomida |
Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
||||
|
163. |
Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarining maksimal darajada shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, test natijalarini tezkor eʼlon qilishning zamonaviy mexanizmlari amalda ijro etilishini taʼminlash. |
2018-yil 20-aprel |
Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, IIV, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
8,2 mlrd. soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda: oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini bir necha kun davomida oʻtkazishga; test sinovi natijalarini test oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilishga; jamoatchilik, jumladan abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlarini onlayn rejimida kuzatib borish imkoniyatini yaratishga oid tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
164. |
Oliy taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini 2018-2019 oʻquv yilida 2017-2018 oʻquv yiliga nisbatan kamida 20 foizga oshirish. |
2018-yil 10-may |
Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
39,0 mlrd. soʻm |
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-shartnoma mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: fuqarolarning oliy taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish; oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli qabul qilish uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasini olgan abituriyentlar hamda haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan va tegishli sertifikatni olgan yigitlarni ushbu muassasalarga alohida kvotalar boʻyicha qabul qilish nazarda tutiladi. |
|
165. |
Toshkent vil�yati Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQSHning Vebster universiteti filialini tashkil etish, shuningdek, poytaxtda va hududlarda rivojlangan mamlakatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2018-yil 20-aprel |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-shartnoma mablagʻlari, ijrochilar mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari. Loyihalarda Olmaliq shahrida Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot texnologik universiteti filiali, Toshkent shahrida AQSHning Vebster universiteti filialini tashkil etish hamda ularning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilanadi. Rivojlangan davlatlarning yirik va eng nufuzli ilmiy-taʼlim muassasalari filiallarini tashkil etish boʻyicha chuqur oʻrganishlar oʻtkazilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqiladi. |
|
166. |
Mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga oʻtkazilgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
2018-yil 20-may |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
19,1 mlrd. soʻm |
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, davlat budjeti mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: 2018-yilda jami 25 mingdan ortiq yoshlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlari va kasbga tayyorlash markazlarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish; Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga oʻtkazilgan 16 ta kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; ishsiz fuqarolarni kasbga oʻqitish markazlarida oʻqiydigan shaxslar sonini koʻpaytirishni nazarda tutadigan samarali tizimni shakllantirish choralari koʻriladi. |
|
167. |
“Fan toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-mart |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: ilmiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qoʻllab-quvvatlash shakllari; ilmiy gʻoyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; ilmiy-tadqiqot muassasalarining vazifalari va funksiyalari, ularni samarali boshqarish, moliyalashtirish, moddiy-texnika taʼminoti va imtiyozlar; xalqaro hamkorlik va chet el investitsiyalarini jalb etish, ilmiy kadrlarga qoʻyilgan zamonaviy talablar, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, fan, taʼlim va amaliyot uygʻunligini taʼminlashga oid qoidalar nazarda tutiladi. |
|
168. |
“Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-fevral |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish prinsiplari va qoʻllab-quvvatlash shakllari; innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; xalqaro hamkorlik, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishga oid qoidalar nazarda tutiladi. |
|
169. |
Oʻzbekiston yoshlari xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda boʻlishini taʼminlash maqsadida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini oʻtkazish. |
2018-yil 10-iyun |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi, TIV, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Samarqand viloyati hokimligi |
— |
— |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi. Farmoyish bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: Markaziy Osiyo forumini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy tadbirlar; yoshlarning xorijiy tengdoshlari bilan boʻladigan muloqotda eʼtibor qaratiladigan asosiy masalalar; forum doirasida oʻtkaziladigan har bir tadbirning rejasi, moliyalashtirish manbalari nazarda tutiladi. |
|
170. |
“Global tadbirkorlik tarmogʻi”ga aʼzo boʻlish choralarini koʻrish, xorijiy va mahalliy tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida “Global tadbirkorlik haftaligi” loyihasini amalga oshirish. |
2018-yil 30-avgust |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, TIV, IIV, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi |
500,0 mln.soʻm |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi. Loyihada: loyihani amalga oshirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar; xorijiy va mahalliy yirik tadbirkorlar ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslarini tashkil etish nazarda tutiladi. |
|
171. |
Taʼlim sohasidagi yangi islohotlarning mazmuni, ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotdan kelib chiqib ish beruvchilar va buyurtmachilar ishtirokida kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-oktabr |
Kasb-hunar taʼlimi markazi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
— |
— |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada kasb-hunar taʼlimi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan yangi tahrirdagi kasb-hunar taʼlimi davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash, uni tajriba-sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish belgilanadi. |
|
172. |
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-iyul |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat taʼlim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash; taʼlim tizimida davlat-xususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yoʻnalishlari; taʼlim tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini takomillashtirish; taʼlim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi. |
|
173. |
Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar boʻyicha malaka talablarini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprel |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
20,0 mlrd. soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar. Bunda: umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga beriladigan kasblar boʻyicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi. |
|
174. |
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar va oʻqituvchilarining ish vaqti meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, taʼlimni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda koʻrsatilmagan hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilishga barham berish. |
2018-yil 30-iyul |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: oʻqituvchilar ish vaqti meʼyorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish asosida ortiqcha qogʻozbozlik va hisobotbozlikka chek qoʻyish; oʻqituvchilarning oʻz ustida ijodiy ishlashi hamda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali taʼlim-tarbiya sifatini oshirish uchun shart-sharoit nazarda tutiladi. |
|
175. |
Respublikadagi 335 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan taʼminlash. |
2018-yil 1-mart |
Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
723,8 mlrd soʻm |
Taʼlim va tibbiyot muassasalari moddiy texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi. |
|
176. |
Oʻzbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-may |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan Oʻzbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlanadi. Strategiyada: mamlakatning innovatsion taraqqiyotini taʼminlashning normativ-huquqiy asoslari; respublikani texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish; innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash; iqtisodiyot sektorlarini innovatsion rivojlantirish yoʻllari; ustuvor yoʻnalishlarda fan va texnologiyalarni rivojlantirish; hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari nazarda tutiladi. |
|
177. |
Xalq savodxonligini koʻtarish, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boylik hisoblangan tilning rolini oshirish. |
2018-yil 20-oktabr |
Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Davlat idoralari, korxona, muassasa va tashkilotlarda “ommaviy diktant” tadbiri oʻtkazilib, oʻzining savodxonlik koʻrsatkichini aniqlashni xohlovchi fuqarolar unda ixtiyoriy ravishda qatnashadi. |
|
4.4. Arzon uy-joylar barpo etish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish |
||||||
|
178. |
Shaharlar va shaharchalarning bosh rejalari hamda qishloq fuqarolar yigʻinlarining meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalarini tayyorlash va tasdiqlash boʻyicha dastur ishlab chiqish. |
2018-yil 30-yanvar |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: 2018 — 2022-yillarda 138 ta shahar va shaharchalarning bosh rejalari hamda 2018-2019-yilda 55 ta qishloq aholi punktlarining meʼmoriy rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish; hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan ijtimoiy obyektlarni loyihalashtirishda eski qoliplardan voz kechib, innovatsion yondashuvlarni joriy etish nazarda tutiladi. |
|
179. |
Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashovchilar va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyoji muttasil oshib borayotganligidan kelib chiqib, arzon va sifatli uy-joylar qurish koʻlamini kengaytirish. |
2018-yil 1-aprel |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish loyiha” MCHJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlikla�i |
5 285,7 mlrd. soʻm |
Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari, Davlat budjeti mablagʻlari, xoʻjalik birlashmalari oʻz mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada yil davomida: ilgʻor standartlarni hisobga olgan holda xorijiy tajribadan kelib chiqib, aholi punktlarining bosh rejalari, arxitektura-qurilish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va ularning tarkibiy tuzilishining zamonaviy usullarini qoʻllash; 2018-yilda arzon uy-joylar qurish koʻlamini 1,5 — 2 baravar koʻpaytirish, jumladan, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar uchun 658 ta uy va koʻp qavatli uylarda joylashgan 1 491 ta xonadon, harbiy xizmatchilar uchun 100 ta koʻp qavatli uy, profilaktika inspektorlari uchun 1 171 ta uy va hudud rahbarlari uchun 974 ta uy qurish nazarda tutiladi. |
|
180. |
Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish maqsadida “Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-dekabr |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada: uy-joy mulkdorlari shirkatlari sohasidagi davlat boshqaruvini qayta koʻrib chiqish; uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish; uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etilishidagi masʼuliyatini oshirish choralari; uy-joy mulkdorlari shirkatlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyati va buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan mexanizmlari; umumiy mulk obyektlarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishni ragʻbatlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi. |
|
181. |
Xalqaro moliya institutlari ishtirokida 2018-yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ichimlik va oqova suv tizimini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha 8 ta yirik loyihani amalga oshirish. |
2018-yil 1-aprel |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, tegishli viloyatlar hokimliklari |
81,5 mln AQSH dollari |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari |
Manzilli dastur. Dasturda yil davomida: Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish; 137 km. magistral suv tarmogʻi, 338 km. ichimlik suv tarmogʻi, 53,0 km. kanalizatsiya tarmogʻi, 9 ta suv tarqatish inshooti, 29 dona suv qudugʻi va 4 ta nasos stansiyasini qurish nazarda tutiladi. |
|
182. |
Hududlardagi 301 ta aholi punktlarining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash maqsadida 1434 km. ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 254 ta ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. |
2018-yil 1-aprel |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
584,7 mlrd. soʻm |
Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamgʻarmasi, “Orolboʻyi” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Manzilli dastur. Dasturda yil davomida: aholi punktlarida 256, 1 km. ichimlik suv tarmoqlari hamda 80 ta suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish; qishloq joylardagi arzon namunaviy uylar va shaharlardagi arzon koʻp qavatli uylar massivlariga 636,4 km. ichimlik suvi tarmoqlarini qurish; aholi punktlarida 531,5 km. ichimlik suvi tarmoqlari va 174 ta suv inshootlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish; aholi punktlarida 9,6 km. oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutiladi. |
|
183. |
Mahalliy qozonxonalarni rekonstruksiya qilish va qurish, koʻp qavatli uylarga individual ikki konturli qozonlar oʻrnatish hamda issiqlik taʼminoti tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2018-yil 1-aprel |
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Chora-tadbirlar rejasi. Rejada yil davomida: |
||
|
20,0 mlrd. soʻm |
Markazlashgan kapital qoʻyilmalar |
13 ta markaziy qozonxonalarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash (99, 4 km. tarmoqlar bilan birga); |
||||
|
18 mlrd soʻm |
“Orolboʻyi” jamgʻarmasi mablagʻlari |
36 ta mahalliy qozonxonalarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash (4,4 km. tarmoqlar bilan birga); |
||||
|
12 mlrd soʻm |
Uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari |
81 ta mahalliy qozonxonalarni qurish (3,4 km. tarmoqlar bilan birga); |
||||
|
163,0 mlrd soʻm |
Aholi mablagʻlari, XUJMSH mablagʻlari, kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari |
1281 ta koʻp qavatli uylardagi 29,5 mingta xonadonga zamonaviy individual ikki konturli qozonlar oʻrnatish va issiqlik energiyasini hisoblash tizimi bilan taʼminlash. |
||||
|
184. |
Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi yoʻllar barpo etish, transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yoʻllar qurish va elektrlashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini koʻrish. |
2018-yil 10-aprel |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi |
1,0 mlrd. AQSH dollari |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari, Hukumat kafolati ostidagi chet el kreditlari, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: 180 kilometr uzunlikdagi temir yoʻllarni qayta tiklash va 200 kilometrdan ortiq temir yoʻllarni elektrlashtirish; Toshkent — Urganch — Xiva tezyurar poyezdi va Toshkent — Samarqand —Buxoro — Urganch — Xiva turistik poyezdi harakatini yoʻlga qoʻyish, Toshkent Janubiy va Xiva yangi vokzallarini foydalanishga topshirish; Urganch — Xiva yangi temir yoʻli yoʻnalishi qurilishini yakunlash, Buxoro — Miskin va Qarshi — Kitob temir yoʻli yoʻnalishlarini elektrlashtirish va ushbu yoʻnalishlarda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi harakatini tashkil qilish boʻyicha ishlarni davom ettirish; Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining ikkinchi navbatini qurish hamda Sergeli yoʻnalishida yer usti metrosi qurish, Toshkent shahrining aylanma yer usti metrosi estakadali metrosini qurish loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish; temir yoʻl yoʻnalishlarida yirik transport xablarini tashkil etish va ularda barcha bojxona xizmatlarini koʻrsatish nazarda tutiladi. |
|
185. |
Aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida mintaqaviy avtomobil yoʻllarini taʼmirlash. |
Yil davomida |
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi |
338,2 mlrd soʻm |
Mahalliy budjet mablagʻlari, Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Hududlardagi 2750 km uzunlikdagi mintaqaviy avtomobil yoʻllari taʼmirlanadi. |
|
186. |
Aholiga koʻrsatilayotgan avtotransport xizmatining sifati va koʻlamini oshirish, jumladan yangi avtobus yoʻnalishlarini ochish va avtostansiyalar qurish. |
Yil davomida |
“Oʻzavtodaryotrans” agentligi, tijorat banklari, “Oʻzavtosanoat-lizing” MCHJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Kredit va lizing mablagʻlari, boshqa manbalar |
Amaliy chora-tadbirlar. Aholiga transport xizmati koʻrsatish tizimini yaxshilash doirasida: |
|
|
100 mlrd. soʻm |
respublika boʻyicha 68 ta yangi avtobus yoʻnalishini ochish; yoʻlovchi tashish korxonalari tomonidan 571 ta yangi avtobus sotib olish; |
|||||
|
5,8 mlrd. soʻm |
19 ta avtostansiya qurish, rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. |
|||||
|
187. |
Internet tarmogʻi va mobil aloqa bilan toʻliq qamrab olinmagan aholi maskanlarida zarur aloqa tizimlarini ishga tushirish choralarini koʻrish. |
2018-yil 1-noyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi |
16 mlrd. soʻm, 74 mln. AQSH dollari |
“Oʻzbektelekom” AK, telekommunikatsiya operatorlari va kredit mablagʻlari |
Manzilli dastur. Dastur doirasida yil davomida: aholi punktlarida 2,0 ming kilometr optik tolali aloqa tarmoqlari quriladi, Internetning oʻtkazish qobiliyati 200 Gbit/s ga yetkaziladi; 4,0 mingdan ortiq tayanch mobil aloqa stansiyalari ishga tushiriladi. |
|
188. |
Davlat-xususiy sheriklik munosabatlari asosida aholi yashashi va dam olishi uchun hududlarda zamonaviy hamda yuqori texnologik istirohat bogʻlarini qurish va “yashil hududlar”ni yaratish. |
2018-yil 10-may |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ijrochilar mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: davlat-xususiy sheriklik shartlarida hududlarda kartografik favvoralar, velosiped yoʻlakchalari, oilaviy hordiq uchun obyektlar qurishga investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalarini jalb qilish; “yashil hududlar”ni tashkil etish, piyodalar va velosiped yoʻlakchalari, trotuarlar, koʻp yillik daraxtlar ekilgan xiyobonlarni yaratish, atrof tabiiy muhit va suv resurslarini muhofazasiga oid dasturni tasdiqlash nazarda tutiladi. |
|
189. |
Energiya tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekneftegaz” AJ, “Energiya tejash milliy kompaniyasi”AJ |
— |
— |
Ijrochilarning qarori. Qaror bilan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda: iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini qisqartirish; energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish; muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish boʻyicha targʻibot tadbirlari nazarda tutiladi. |
|
4.5. Madaniyat va sport sohasini yanada rivojlantirish |
||||||
|
190. |
Oʻzbekiston xalqining umummilliy qadriyati boʻlmish madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish hamda infratuzilmani rivojlantirish tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 1-may |
Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: barcha madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, muhofaza tegralarini belgilashni yakunlash; madaniy meros obyektlari, ayniqsa, olis hududlarda joylashgan, restavratsiya va rekonstruksiyaga muhtoj madaniy meros obyektlaridan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishni kengaytirish; madaniy meros obyektlarini ishonchli qoʻriqlash va ulardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirish maqsadida Arxeologik tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash va arxeologik topilmalarni saqlash dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi. |
|
191. |
Nogironligi boʻlgan shaxslarga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 1-iyun |
Madaniyat vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
Hisob-kitoblarga asosan |
Davlat budjeti mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, nogironligi boʻlgan shaxslarga xizmat koʻrsatadigan axborot-kutubxona muassasalari uchun ka�rlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ushbu muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid qoidalar belgilanadi. |
|
192. |
Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarni ish bilan taʼminlash, ayniqsa, qishloqlarda yashayotgan yosh qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etish. |
2018-yil 30-mart |
Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi |
— |
Taʼsischilar mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada fond orqali xotin-qizlarga manzilli yordam koʻrsatish, ularning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloqlarda yosh qizlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi. |
|
193. |
Ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash. |
Yil davomida |
Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
49 669,0 |
Ish beruvchilar, bank kreditlari, homiylar mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda hududiy dasturlar kesimida 10 000 nafar ijtimoiy sharoiti ogʻir xotin-qizlarga manzilli yordam asosida ish bilan taʼminlanadi. |
|
194. |
Nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash. |
Yil davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati |
— |
Davlat budjeti mablagʻlari, homiylar mablagʻlari |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda 2 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish, 3 000 xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash nazarda tutiladi. Turar joyga ega boʻlmagan nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga joylashtirish boʻyicha tizimli ishlar tashkil etiladi, uy-joy, maishiy va boshqa shart-sharoitlar yaxshilanadi. |
|
195. |
Ommaviy, milliy va olimpiya sport turlarini, jumladan qishki sport turlarini rivojlantirish orqali aholining salomatligini mustahkamlash va jismoniy tarbiya madaniyatini oshirish, mamlakatning jahon sporti maydonidagi oʻrnini mustahkamlash. |
2018-yil 10-aprel |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: mamlakatimizda ommaviy sport turlarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida ommaviy sport va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash; bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport taʼlimi tizimini takomillashtirish; milliy sport turlari, xalq oʻyinlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash; olimpiya, ayniqsa qishki sport turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash; iqtidorli yosh sportchilarni saralash (seleksiya) tizimini tubdan takomillashtirish; Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganch shahrida “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand va Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sogʻlomlashtirish majmuasi, koʻp tarmoqli yopiq suzish havzasini barpo etish nazarda tutiladi. |
|
196. |
Barcha darajadagi futbol musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishning mavjud tizimini ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, sohadagi jiddiy muammolarni hal qilish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etilishiga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2018-yil 1-aprel |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: ilgʻor xorijiy tajriba asosida futbol sohasida yuqori malakali trener va sportchilarni tayyorlash, futbolchilar zaxirasini va terma jamoalarni shakllantirishning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish; bolalar oʻrtasidagi futbolni rivojlantirishning amaldagi tizimini tanqidiy koʻrib chiqib, futbol boʻyicha yetakchi mamlakatlar tajribasini oʻrganish, yuqori malakali trener va mutaxassislarni jalb qilish; chekka hududlarda futbol maydonlarini keng miqyosda qurishni tashkillashtirish; yosh iqtidorli futbolchilarni saralash (seleksiya) tizimini rivojlantirish; milliy terma jamoaning Qatar mamlakatida 2022-yilda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etishini taʼminlash uchun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi. |
|
197. |
Jismoniy tarbiya va sport sohasida xususiy sektor va tadbirkorlikni rivojlantirish, sport muassasalari, ayniqsa, xususiy sport tashkilotlarida aholiga sifatli jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlashga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2018-yil 1-mart |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qoʻmitasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: jismoniy tarbiya va sport sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashishni kuchaytirish; sport inshootlarining namunaviy shtat birliklarini ishlab chiqish; sport inshootlarining ijara haqini belgilash tartibi; jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida xizmat koʻrsatishni, shu jumladan aholining ayrim toifalariga imtiyozli ravishda xizmat koʻrsatish nazarda tutiladi. |
|
198. |
Suzish sport turlarini rivojlantirish choralarini koʻrish. |
2018-yil 1-aprel |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: suzish havzalarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish; suzish havzalarida yoshlar kesimida sogʻlomlashtirish va sport bilan shugʻullanish boʻyicha meʼyorlarni ishlab chiqish; sportchilarni sport muassasalariga qabul qilish mezonlarini ishlab chiqish; sportchilarni guruhdan-guruhga oʻtkazish boʻyicha nazorat-normativ meʼyorlarni qayta koʻrib chiqish; suzish havzalarining sanitariya-gigiyena talablari asosida faoliyat yuritishi boʻyicha tegishli meʼyorlarni qayta koʻrib chiqish; suzish havzalarida shugʻullanishi uchun haq toʻlash va ulardan foydalanish tartibi; sport muassasasi xodimlarini hamda trenerlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlash nazarda tutiladi. |
|
199. |
Oʻzbekistonda sport taʼlimi sohasini rivojlantirish, sportchilarni tayyorlashda zamonaviy fan yutuqlaridan foydalangan holda sport taʼlimi tizimini isloh qilish. |
2018-yil 20-aprel |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: OʻzDJTI, olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasiga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish; OʻzDJTI, olimpiya zaxiralari kollejlarini zamonaviy texnika vositalari va maxsus laboratoriya uskunalari bilan jihozlash; OʻzDJTI, olimpiya zaxiralari kollejlari ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, taʼlim jarayonlarini zamonaviy axborot-uslubiy materiallar va oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlash; sport yoʻnalishlari boʻyicha dunyoning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish nazarda tutiladi. |
|
V. XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TAʼMINLASH HAMDA CHUQUR OʻYLANGAN, OʻZARO MANFAATLI VA AMALIY TASHQI SIYOSATNI AMALGA OSHIRISH SOHASIDAGI USTUVOR YOʻNALISHLAR |
||||||
|
5.1. Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar |
||||||
|
200. |
Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi yangi tahririni tasdiqlash. |
2018-yil 1-iyul |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), Mudofaa vazirligi, TIV, MXX, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangi tahriri tasdiqlanib, unda Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan asosiy xavf va tahdidlar, mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari va xavfsizlik sohasida davlat strategik rejalashtirish tizimi faoliyatining mexanizm va tamoyillari belgilanadi. |
|
201. |
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash. |
2018-yil 20-fevral |
Mudofaa vazirligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida), MXX, Milliy gvardiya, IIV, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti , vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda yil davomida: harbiy xizmatchilar, jamiyat va xorijiy hamkorlar oʻrtasida, davlatimiz mudofaa siyosatining asosiy prinsiplarini yetkazish boʻyicha uning ochiqligiga va xorijiy davlatlar bilan mudofaa va xavfsizlik sohalarida konstruktiv hamkorlik va aloqalarni rivojlantirish ustuvorligiga urgʻu bergan holda keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish; amaldagi qonunchilikka, jumladan “Mudofaa toʻgʻrisida”gi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, tegishli idoraviy hujjatlarni qayta ishlash nazarda tutiladi. |
|
202. |
Mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish va rivojlantirish orqali davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jangovar qudrati va salohiyatini oshirish. |
2018-yil 1-aprel |
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, MXX, FVV, IIV, Milliy gvardiya, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish va rivojlantirish Davlat dasturi tasdiqlanadi. Davlat dasturida: ilmiy-ishlab chiqarish bazasi, xizmat koʻrsatish markazlari hamda qoʻshma korxonalarni tashkil etish; mahalliy korxonalar negizida harbiy va ikki xil maqsadda ishlatiladigan mahsulotlar ayrim turlarini mahalliylashtirishni joriy etish; mazkur sohada mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida hal etilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
203. |
Mudofaa sohasida xorijiy hamkorlar bilan harbiy va harbiy-texnik munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash. |
2018-yil 10-aprel |
Mudofaa vazirligi, MXX, Milliy gvardiya, IIV, TIV, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyiha bilan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi. Dasturda yil davomida: harbiy taʼlim muassasalari oʻquv jarayoni va mashgʻulotlariga dunyoning yetakchi harbiy taʼlim va tadqiqot markazlarining mutaxassislarini keng jalb qilish; zamonaviy sharoitlarda jangovar harakatlar oʻtkazilishining xorijiy tajriba va innovatsion yondashuvlarini oʻrganish hamda joriy etish; Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar bilan jihozlash tadbirlarini izchil davom ettirish; xalqaro hamkorlar bilan turli harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish amaliyotini davom ettirish nazarda tutiladi. |
|
204. |
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash. |
Yil davomida |
MXX, Mudofaa vazirligi, IIV, Moliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari. Loyihalarda davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini chegara qoʻshinlarining kuch va vositalarini hamda moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, chegara xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy va ilgʻor vositalarini amaliyotga tatbiq etish orqali takomillashtirish boʻyicha bir qator tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilanadi. |
|
205. |
Ekstremizm tahdidlarining oldini olish, unga qarshi kurashish va bartaraf etishga qaratilgan “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 30-avgust |
Bosh pr�kuratura, M�X, IIV, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, DBQ |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi. Loyihada ekstremizm tushunchasi, ekstremizmning oldini olish unga qarshi kurashish mexanizmlari, tamoyillari, usullari, masʼul organlarning vakolatlari va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish belgilanadi. |
|
206. |
Axborot resurslari va Internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan ekstremizm va terrorizm gʻoyalarining mamlakatimiz hududida targʻib qilinishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. |
2018-yil 1-avgust |
IIV, MXX, Bosh prokuratura, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: global va milliy axborot resurslari orqali ekstremizm, terrorizm va boshqa buzgʻunchi gʻoyalarning mamlakatimiz hududida targʻib qilinishining barvaqt oldini olish maqsadida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarda alohida boʻlinmalar tashkil etish; ushbu boʻlinmalarning OAV, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda ekstremizm va terrorizm gʻoyalari targʻib qilinishi holatlarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish borasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari hamda bu borada boshqa idoralar bilan hamkorlik belgilanadi. |
|
207. |
Ekstremizm gʻoyalari taʼsiriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni sogʻlom hayotga qaytarish tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 30-iyun |
IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: terrorizm va diniy ekstremizmga aloqador fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni sogʻlom hayotga qaytarish, aholi oʻrtasida zararli diniy gʻoyalar taʼsiriga tushish holatlarining oldini olish boʻyicha ishlarni jadallashtirish; mazkur ishlarda mahalla fuqarolar yigʻinlari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitalari va boshqa idoralar tomonidan kafillikka olish institutining tashkiliy-huquqiy asoslari va amaliyotda qoʻllash mexanizmlarini ishlab chiqish; ushbu toifadagi shaxslarning bandligi, taʼlim olishi, ijtimoiy himoyasini taʼminlash nazarda tutiladi. |
|
208. |
Transport kommunikatsiyalari xavfsizligini taʼminlash tizimini mustahkamlash. |
2018-yil 1-iyul |
IIV, MXX, FVV, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Bosh prokuratura |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada 2017-yil dekabr oyida ishga tushirilgan uzunligi 355 km. boʻlgan “Buxoro — Misken” temir yoʻli boʻylab transport kommunikatsiyalari xavfsizligini taʼminlash va infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish belgilanadi. |
|
209. |
Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish. |
Yil davomida |
IIV, MXX, FVV, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari. Loyihalarda yirik ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ommaviy tadbirlar, umumxalq bayramlari (Navroʻz, Mustaqillik kuni, Hayit bayramlari, Konstitutsiya kuni va boshqalar) oʻtkazilayotganda fuqarolar xavfsizligini, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlashni huquqiy tartibga solish nazarda tutiladi. |
|
210. |
Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari konsepsiyasini tasdiqlash. |
2018-yil 1-mart |
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Qaror bilan Millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yoʻnalishlari konsepsiyasi tasdiqlanadi. Konsepsiyada: millatlararo munosabatlar sohasiga oid normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda boshqaruv va hukumat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini takomillashtirish; koʻp millatli yagona oila muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash hamda mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini keng targʻib etish; millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalarini oʻrnatish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada yuksaltirish nazarda tutiladi. |
|
211. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlarining faoliyatini tanqidiy tahlil qilish va ish samaradorligini oshirish. |
2018-yil 30-sentabr |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, MXX, IIV, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: hokim oʻrinbosarlarining sohaga oid bilim va koʻnikmalarni oshirish boʻyicha oʻquvlar tashkil etish; hokim oʻrinbosarlari tomonidan oʻz faoliyati yuzasidan yarim yillik va yillik hisobotlar taqdim etishni yoʻlga qoʻyish; hokim oʻrinbosarlari tomonidan diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borilishini taʼminlash; hokim oʻrinbosarlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish; hokim oʻrinbosarlarining maʼnaviy, milliy qadriyatlarga, diniy eʼtiqodga tahdid soluvchi mafkuraviy xavflarga, yot gʻoyalarni tarqatishga qarshi kurash borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. |
|
212. |
Diniy taʼlim tizimni tubdan isloh qilish. |
2018-yil 1-mart |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom universiteti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
— |
— |
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi. Loyihada: iqtidorli, salohiyatli, diniy va dunyoviy fanlarni chuqur oʻzlashtirgan, mafkuraviy xurujlarga qarshi tura oladigan, turli oqimlarning yot gʻoyalariga raddiya berish qobiliyatiga ega malakali diniy soha mutaxassislarini tayyorlashning yangi, bosqichma-bosqich tizimini shakllantirish; 2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy taʼlim muassasalarini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi. |
|
213. |
Respublika Qurʼoni karim musobaqasini oʻtkazish. |
2018-yil yanvar — aprel |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Buxoro viloyati hokimligi |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: Qurʼoni karim musobaqasining nizomi, yoʻriqnomasi, baholash mezonlaridan iborat tashkiliy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash; mamlakatimizdagi nufuzli ulamolar, imom-xatiblar, yetakchi qorilardan iborat hakamlar hayʼatini tuzish; Qurʼon musobaqasining tuman, viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etish; musobaqaning gʻolib va sovrindorlarini munosib taqdirlash bilan bogʻliq tadbirlar amalga oshiriladi. |
|
214. |
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash va aholining ekologik madaniyatini oshirish borasida taʼsirchan choralar koʻrish. |
2018-yil 1-avgust |
Davlat ekologiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Normativ huquqiy hujjat loyihasi: Loyiha bilan Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida 2019 — 2023-yillarga moʻljallangan konsepsiya tasdiqlanadi. Konsepsiyada ekologik tizimlarni saqlash va yaxshilash, aholining ekologik xavfsiz yashashini taʼminlashga erishish nazarda tutiladi. |
|
215. |
Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida xalqaro hujjatlar talablari bajarilishiga qaratilgan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish. |
2018-yil 10-oktabr |
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, TIV, IIV, FVV, Mudofaa vazirligi, MXX, Milliy gvardiya, DBQ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari. Loyihalarda: vakolatli davlat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash; kimyoviy, biologik va yadroviy qurollar va ularni yetkazib berish vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish; eksport nazoratidagi obyektlarning roʻyxatini tasdiqlash nazarda tutiladi. |
|
216. |
“Qamchiq” dovonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2018-yil 20-sentabr |
FVV, IIV, MXX, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: dovonda faoliyat yurituvchi maxsus xizmatlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlariga jalb qilinadigan xizmatlarning kuch vositalari ustidan yagona navbatchi-dispetcherlik xizmatini tashkil etish; “Qamchiq” yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutiladi. |
|
5.2. Tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar |
||||||
|
217. |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda BMTning Yoshlar huquqlari boʻyicha konvensiyasi loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 10-noyabr |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, TIV, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti |
— |
— |
Konvensiya loyihasi. Loyihada: globallashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirish; yoshlarning huquq va erkinliklari, ulardan foydalanish kafolatlari; xalqaro standartlar asosida taʼlim olishi, innovatsion texnologiyalar, izlanishlar va ilgʻor tajribalar almashinuvi boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish; yoshlarning ongu tafakkurini maʼrifat asosida shakllantirish va tarbiyalashga qaratilgan masalalar nazarda tutiladi. |
|
218. |
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasi loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-noyabr |
TIV, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
— |
— |
Rezolyutsiya loyihasi. Loyihada barcha shaxslarning taʼlim olish huquqini taʼminlash kafolatlari, savodsizlik va jaholatga barham berish, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan masalalar nazarda tutiladi. |
|
219. |
BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga doir” rezolyutsiyasi loyihasini ishlab chiqish. |
2018-yil 30-noyabr |
TIV, Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti |
— |
— |
Rezolyutsiya loyihasi. Loyihada: Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqadagi mavjud muammo va tahdidlarni hamkorlikda bartaraf etishga qaratilgan va oʻzaro manfaatli yechimlar topish boʻyicha tadbirlar; mintaqada yaxshi qoʻshnichilik va doʻstona aloqalarni, shu jumladan, taʼlim, fan, texnologiya, innovatsiya, turizm, madaniyat, sanʼat, sport va boshqa sohalarda yaqin hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan harakatlar; Markaziy Osiyo davlatlarining afgʻon mojarosini hal etishga va Afgʻoniston Islom Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va qayta tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
|
220. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish. |
2018-yil 1-iyul |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Bosh prokuratura |
— |
— |
Chora-tadbirlar dasturi. Dasturda: Ombudsman huzurida qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni yaratish; BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik boʻyicha amaliy choralar nazarda tutiladi. |
|
221. |
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bagʻishlangan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo Forumini oʻtkazish. |
2018-yil 20-sentabr |
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), TIV, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: Deklaratsiyada mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligi tamoyillari hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan Forum konsepsiyasi va yakuniy hujjat loyihasini ishlab chiqish; Inson huquqlari boʻyicha Osiyo Forumini 2018-yil Samarqand shahrida oʻtkazilishi bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi. |
|
222. |
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrni va nufuzini oshirishga qaratilgan kompleks choralarni ishlab chiqish. |
2018-yil 20-may |
Vazirlar Mahkamasi, Davlat statistika qoʻmitasi, TIV, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar markazi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: davlatlar reytingini tuzuvchi xalqaro agentliklar va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan konstruktiv muloqotni oʻrnatish; iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (davlatlarning kredit reytingi), Jahon banki (Doing Business), Butunjahon iqtisodiy forumi (global raqobatbardoshlik indeksi), BMT Taraqqiyot dasturi (inson rivojlanishi indeksi), “Transparency International” (korrupsiya indeksi), The Economist Intelligence Unit (dunyo davlatlarida demokratiya indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi), The World Justice Project (qonun ustuvorligi indeksi), “Chegarasiz reportyorlar” (matbuot erkinligi indeksi) va boshqa xalqaro agentliklar hamda nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan yuritilayotgan hisobotlar boʻyicha sohalarni yaxshilashga qaratilgan choralar koʻrish; har bir reyting boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarni belgilash hamda tegishli “yoʻl xarita”larini ishlab chiqish; xalqaro tashkilotlarning moliyaviy texnik resurslari va mutaxassislarini jalb qilish nazarda tutiladi. |
|
223. |
Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi siyosiy masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy va boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. |
Yil davomida |
TIV, Tashqi savdo vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, vazirlik va idoralar |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda: qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirish; Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbar (hokim)lari va biznes hamjamiyatining uyushmasini taʼsis etish; Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalarni, “xalq diplomatiyasi institutlari”ni, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish; oliy taʼlim muassasalariga qoʻshni davlatlar fuqarolarining soddalashtirilgan qabulini joriy etish; qoʻshni davlatlar fuqarolari uchun Oʻzbekistonning sogʻlomlashtirish muassasalari va kurort zonalarida tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda dam olish imkoniyatlarini yaratish ishlari amalga oshiriladi. |
|
224. |
Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasini qoʻshni mamlakatlar bilan delimitatsiya va demarkatsiya qilish borasidagi muzokaralarni davom ettirish. |
Yil davomida |
Vazirlar Mahkamasi, TIV, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, MXX, Mudofaa vazirligi |
— |
— |
Amaliy chora-tadbirlar. Bunda chegaradosh davlatlar bilan 2018-yilda boʻlib oʻtadigan davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha hukumat komissiyalari yigʻilishlarini tashkil etish va oʻtkazishning xalqaro sheriklar bilan kelishilgan muddatlari va joylari nazarda tutiladi. |
|
225. |
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar boʻyicha 1-sammitida (Qozogʻiston, 10.09.2017-y.) ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish. |
Yil davomida |
Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, TIV, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: Islom hamkorligi tashkiloti (IHT) bilan birgalikda Oʻzbekistonda IHTning yuqori samarali kompyuter markazini tashkil etish; Oʻzbekistonda IHT bilan hamkorlikda zamonaviy teleskop oʻrnatish; Al-Xorazmiy xotirasiga bagʻishlangan yosh matematiklar oʻrtasidagi xalqaro olimpiada oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
226. |
Xalqaro savdo, iqtisodiy va innovatsion texnologik aloqalarni keng diversifikatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahalliy tovar va xizmatlarning eksport hajmini oshirish. |
Yil davomida |
TIV, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi |
— |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalari. Loyihalarda: savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratish, biznes hamjamiyatlari oʻrtasida bevosita muloqot va oʻzaro hamkorlik borasidagi aniq loyihalarni muhokama qilish maqsadida Toshkentda Xalqaro investitsiyaviy forumi; Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy forumi; “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish nazarda tutiladi. |
|
227. |
Xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekistonning yangi diplomatik vakolatxonalarini ochish hamda mavjudlarini kengaytirish. |
Yil davomida |
TIV, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi |
Hisob-kitoblar asosida |
Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalari. Loyihalarda Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don (Rossiya Federatsiyasi) va Olmaota (Qozogʻiston Respublikasi) shaharlarida konsullik idoralarini ochish belgilanadi. |
|
228. |
Xorijdagi hamyurtlar bilan oʻzaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish. |
2018-yil 20-iyul |
TIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada: chet eldagi vatandoshlarimizga kir�sh vizalari, Oʻzbekiston hududida doimiy yashash uchun ruxsat olish, mehnat faoliyati yuritishga litsenziya olish tartibini soddalashtirish; xorijda yashayotgan yuqori malakali Oʻzbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor yoʻnalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini ragʻbatlantirish choralari; mamlakat rivojlanishining ustuvor yoʻnalishlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar eʼlon qilish tartibi belgilanadi. |
|
229. |
Tashqi ishlar vazirligi va respublikaning xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish. |
2018-yil 15-mart |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-dekabrdagi F-5154-son farmoyishi bilan tuzilgan komissiya |
— |
— |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. Loyihalarda: Tashqi ishlar vazirligi va respublikaning xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalari ishini tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va turizmni rivojlantirishdagi rolini oshirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish; Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish; xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish tizimining samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. |
|
230. |
Xorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan ularga konsullik va huquqiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish. |
2018-yil 30-aprel |
TIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, MXX, IIV, DBQ, Moliya vazirligi |
— |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada chet eldagi Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam koʻrsatish tizimini yaxshilash maqsadida fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishda amaliy tajribaga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish nazarda tutiladi. |
|
231. |
Tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish va tubdan takomillashtirish choralarini koʻrish. |
2018-yil 1-may |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, vazirlik va idoralar |
— |
Ijrochilar mablagʻlari |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada: rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish; xorijiy davlatlar bilan uzoq va oʻrta muddatli tegishli bitimlar tuzish; Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibini bekor qilish; Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqish; Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullik xizmatlarining xorijda ishlayotgan fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada boʻlishining zamonaviy shakllarini joriy etish nazarda tutiladi. |
|
2018-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari: 11 239,2 mlrd. soʻm va 1 284,9 mln. AQSH doll., shundan: |
||
|
soʻmda |
AQSH dollarida |
|
|
Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari |
5 348,9 mlrd . |
102,4 mln. |
|
Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablagʻlari |
1 560,1 mlrd. |
— |
|
Tijorat banklari kreditlari |
441,9 mlrd. |
— |
|
Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va begʻaraz yordam |
3 888,3 mlrd. |
1 182,5 mln. |