O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda
faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy rag‘batlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3001-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 5-bandining ijrosini ta’minlash, shuningdek, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarni ijtimoiy rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining:
2018-yildan boshlab yangi ish o‘rinlarini faol tashkil etayotgan, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlayotgan ish beruvchilarga nisbatan rag‘batlantirish chora-tadbirlarini qo‘llashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik” reyting tizimini joriy etish;
joriy etilayotgan “Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik” reyting tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Savdo-sanoat palatasining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni tashkil etish;
ish beruvchilar o‘rtasida “Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik” respublika va hududiy tanlovlarini (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) har yili o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda:
a) ish beruvchilarning ish o‘rinlari tashkil etish va ularni saqlash, aholini ishga joylashtirish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyatini baholash natijalari asosida ularning reytingini tuzish metodikasini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) har yili 15-dekabrgacha “TOP-100” eng yaxshi yuzta tashkilot reytingi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini va ushbu tashkilotlarga (ish beruvchilarga) tegishli sertifikatlar berilishini ta’minlasin;
v) “Ijtimoiy mas’uliyat va samaradorlik” respublika tanlovi va hududiy tanlovlar to‘g‘risidagi nizomlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda unda:
tanlovda ishtirok etish uchun axborot taqdim etish shakllari;
tanlov g‘oliblarini tanlash mezonlari;
tanlovni o‘tkazish va uning g‘oliblarini mukofotlash tartibi;
tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish tartibotlarini belgilash nazarda tutilsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
a) respublika tanlovi quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
“Ish o‘rinlarini tashkil etgani va aholini ishga joylashtirishni rivojlantirgani uchun”;
“Mehnatni samarali muhofaza qilgani va ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratgani uchun”;
“Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirgani uchun”;
“Tashkilotda yoshlarga oid faol siyosatni amalga oshirgani uchun”;
b) hududiy tanlovlar nominatsiyalari tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadi;
v) tanlovlarni o‘tkazish tadbirlari tanlov tashkilotchilari tomonidan moliyalashtiriladi.
Tanlov tashkilotchilari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda 2018-yil 1-fevralgacha har bir nominatsiya bo‘yicha tanlov g‘oliblariga mukofotlar eskizlarini tayyorlasin va tasdiqlasinlar.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hududiy tanlovlarning yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilishini va g‘oliblarning respublika tanlovi nominatsiyasiga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga tanlovlarning keng yoritilishini tashkil etish, ularning ishtirokchilari va g‘oliblari to‘g‘risidagi axborot materiallarini respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida joylashtirish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-dekabr,
1036-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi 1036-son qaroriga
ILOVA
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilar reytingini (keyingi o‘rinlarda reyting deb ataladi) aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Reyting yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashni rivojlantirishda tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ish beruvchilar deb ataladi) rahbarlarining manfaatdorligini rag‘batlantirish maqsadida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha aniqlanadi.
3. Reyting har yili aniqlanadi. Kalendar yil reytingni aniqlash uchun hisobot davri hisoblanadi.
4. Reyting quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:
qonuniylik;
ochiqlik;
xolislik;
ishtirokchilarning teng huquqliligi.
5. Reytingda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, uy-joy kommunal xo‘jaligi va aholiga xizmatlar ko‘rsatish sohasida, shuningdek, boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan ish beruvchilar ishtirok etadilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) reytingni aniqlashni tashkiliy va texnik jihatdan ta’minlaydi.
2-bob. Reytingda ishtirok etish tartibi
7. Vazirlik reytingni aniqlash to‘g‘risidagi axborotni har yili 15-maygacha ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
8. Ish beruvchilar reytingda ishtirok etish uchun Vazirlikka har yili 15-avgustgacha quyidagi hujjatlarni (qog‘oz va elektron shaklda) taqdim etadi:
reytingda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha buyurtmanoma;
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot davridagi va oldingi yilning shu davridagi o‘z faoliyati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborot;
ish beruvchining ijtimoiy mas’uliyati amaliyotini tasdiqlovchi mavjud ijtimoiy dasturlar to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki boshqa axborot (jamoaviy shartnomalar, axborot bukletlari, fotosuratlar va boshqa materiallar);
ish beruvchining o‘z faoliyati ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq ko‘rsatkichlarning belgilangan ro‘yxati bo‘yicha ish beruvchini o‘rganishga rasmiy roziligi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq reytingda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlar tashkilot rahbari yoki uning vakolatli vakili imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi).
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
10. Vazirlik har yili 25-avgustgacha taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshiradi.
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
11. Vazirlik tomonidan har yili 1-avgustgacha kamida yetti kishidan iborat tarkibda reyting yakunlarini sarhisob qilish bo‘yicha ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tuziladi.
Komissiya tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan tasdiqlanadi va Komissiya raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolaridan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimi bo‘yicha Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiyaning huquq va majburiyatlari hamda ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari, shuningdek, boshqa vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari vakillari kiritiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
13. Komissiya, agar uning majlisida Komissiya a’zolarining kamida yarmi ishtirok etsa, qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Komissiya qarorlari majlisda ishtirok etgan Komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Komissiya raisi, u bo‘lmaganda esa — Komissiya raisining o‘rinbosari ovoz bergan qaror qabul qilinadi.
14. Komissiya qarori Komissiya kotibi yuritadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi, u bo‘lmaganda — Komissiya raisining o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
4-bob. Reytingni aniqlash tartibi
16. Komissiya ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan va ish beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha Vazirlik axboroti asosida har yili 1-sentabrgacha ish beruvchilarni reytingda ishtirok etishga ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Quyidagilar:
ushbu Nizomga 3-ilovada qayd etilgan axborotning mos kelmasligi yoki uning to‘liq hajmda taqdim etilmasligi;
ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan muddatga rioya etilmasligi ish beruvchining reytingda ishtirok etishini rad etish uchun asos hisoblanadi.
17. Ish beruvchining reytingda ishtirok etishiga ruxsat etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng Ishchi organ ish beruvchining faoliyat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini oshkor qilishga rasmiy roziligi asosida davlat statistika organlaridan reytingda ishtirok etish bo‘yicha buyurtmanomalarni ekspertizadan o‘tkazish uchun zarur axborotni so‘rab oladi.
18. Ishchi organ reytingda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ularning davlat statistika organlaridan olingan axborotga, shuningdek, ISO 26000 — “Ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha qo‘llanma” xalqaro standartiga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi.
Ekspertiza davomida reytingda qatnashish uchun taqdim etilgan hujjatlarda nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, Ishchi organ boshqa davlat organlari va tashkilotlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar hamda axborotni o‘zaro axborot hamkorligi orqali, shu jumladan elektron shaklda mustaqil oladi.
Ekspertiza o‘tkazish uchun qo‘shimcha ravishda olingan hujjatlar va ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan avval taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda baholanadi.
19. Ekspertiza natijalari to‘g‘risidagi axborot va unga ilova Ishchi organ tomonidan reyting natijalarini chiqarish uchun Komissiyaga 15-sentabrgacha yuboriladi.
5-bob. Reyting yakunlarini sarhisob qilish va ish beruvchilarni ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash
Oldingi tahrirga qarang.
20. Har bir ish beruvchi bo‘yicha reyting yakunlari Komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Ish beruvchining reytingini tuzish metodikasiga muvofiq faoliyatning har bir ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘plangan ballar sonini jamlash yo‘li bilan har yili 1-oktabrgacha sarhisob qilinadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
21. Ish beruvchining reytingini tuzish metodikasiga muvofiq ish beruvchilarning har bir guruhi bo‘yicha 1 — 6-o‘rinlarni egallagan g‘oliblar (keyingi o‘rinlarda reyting g‘oliblari deb ataladi) aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Reyting yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi. Qo‘shma qaror loyihasi Komissiya bayonnomasi asosida tayyorlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
23. Har yilgi reyting g‘oliblari joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay faxriy sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Reytingda qatnashgan barcha ish beruvchilar Vazirlikning minnatdorlik xatlari bilan taqdirlanadi.
Respublika tanlovi va hududiy tanlovlar g‘oliblari har yili yil yakunlari bo‘yicha tantanali vaziyatda taqdirlanadi.
24. Faxriy sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan reytingda g‘olib chiqqan tashkilotlar rahbarlariga yoki ularning vakolatli shaxslariga topshiriladi.
25. Yuqori reyting bahosini olgan 100 nafar ish beruvchi ko‘rsatilgan reyting yakunlari har yili 20-noyabrdan kechiktirmay respublika va mahalliy bosma hamda elektron ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini
qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ish beruvchilar reytingini aniqlash va ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibining
SXEMASI
Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini
qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Ish beruvchilar reytingida ishtirok etish uchun

‎‎BUYURTMANOMA

1. Ish beruvchi __________________________________________‎‎___________________________________________

(to‘liq nomi)‎

‎‎2. Joylashgan joyi (pochta manzili) ____________________________________________________________________
3. STIR ______________________________________________________________‎‎_____________________________
‎‎4. Faoliyat turi ____________________________________________________________________________________
‎‎5. Tashkiliy-huquqiy shakli ___________________________________________________________________________
‎‎6. Yuridik shaxs turi (kichik, yirik) ____________________________________________________________________
‎‎7. Ish beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi ____________________________________________________
‎‎8. Kasaba uyushmasi raisining familiyasi, ismi va otasining ismi __________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________________
‎‎9. Bog‘lanish uchun telefonlar, elektron pochta ____________________________________________________________
_______________________________
‎‎To‘ldirilgan sana 20_____ y. “___”____________
Rahbarning imzosi‎

________________________

_____________________________

(M.O‘.)‎

(F.I.O.)

Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini
qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Reytingda ishtirok etuvchi ish beruvchining faoliyat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
MA’LUMOT



Ish beruvchining nomi:

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________

Faoliyat turi: __________________________________________________________________________________________________________________________________________

Tashkiliy-huquqiy shakli: ________________________________________________________________________________________________________________________________



T/r.

Ko‘rsatkich nomi

O‘lchov birligi

Hisobot davri

(201____ yil)

Oldingi yil

(201____ yil)

1.

Xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni

kishi

1.2.

shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslar soni

-“-

2.

Yil davomida ishga qabul qilindi

kishi

shu jumladan:

2.1.

ta’lim muassasalari bitiruvchilari

-“-

2.2.

imkoniyati cheklangan shaxslar

2.3.

sobiq harbiy xizmatchilar

-“-

2.4.

xotin-qizlar

-“-

2.5.

jazoni ijro etish joylaridan ozod qilingan shaxslar

-“-

3.

Yil davomida ishdan bo‘shatilganlar

kishi

shu jumladan:

3.1.

ta’lim muassasalari bitiruvchilari

-“-

3.2.

imkoniyatlari cheklangan shaxslar

3.3.

sobiq harbiy xizmatchilar

-“-

3.4.

xotin-qizlar

-“-

3.5.

jazoni ijro etish joylaridan ozod qilingan shaxslar

-“-

4.

Ishlab chiqarishda jarohat olish hollari

kishi

5.

Bir oyda o‘rtacha ish haqi

ming so‘m

6.

Ishlab chiqarish (xizmatlar) hajmi

mln. so‘m

7.

Ijtimoiy maqsadlarga xarajatlar, jami

mln.so‘m

shu jumladan:

7.1.

xodimlarni o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirishga

-“-

7.2.

mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga

-“-

7.3.

ijtimoiy nafaqalar, shu jumladan bola parvarishi uchun nafaqa to‘lashga

-“-

7.4.

xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirishga

-“-

7.5.

xayriya tadbirlariga

-“-

7.6.

boshqa ijtimoiy xarajatlarga (aynan qanday xarajatlar ekanligi tushuntiriladi)

-“-

8.

Jamoaviy shartnomasi mavjudligi

mavjud

mavjud emas

9.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning mavjudligi

mavjud

mavjud emas

10.

Boshqa ko‘rsatkichlar*
____________________________________________________________________

11.

Boshqa ko‘rsatkichlar*
____________________________________________________________________

12.

Boshqa ko‘rsatkichlar*
____________________________________________________________________

13.

Boshqa ko‘rsatkichlar*

____________________________________________________________________

* Reyting ishtirokchisining xohishiga ko‘ra to‘ldiriladi
‎‎To‘ldirilgan sana 201_____y. “___”____________
Rahbarning imzosi ‎

________________________

__________________‎___

(M.O‘.) ‎

(F.I.O.)‎

Yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash, shuningdek, ularga ijtimoiy rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

Ish beruvchining o‘z faoliyati ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va
‎ko‘rsatkichlarning belgilangan ro‘yxati bo‘yicha ish beruvchini o‘rganishga

‎‎ROZILIGI

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ish beruvchilar reytingi yakunlarini sarhisob qilish Komissiyasiga:
__________________________________________‎______ 20___ yil yakunlari bo‘yicha ish beruvchilarning reytingi

(ish beruvchining nomi)

yakunlarini sarhisob qilish ‎Komissiya tomonidan ekspertiza o‘tkazilishi uchun 20__ yilda korxona bo‘yicha statistika axborotini oshkor qilishga, shuningdek, ko‘rsatkichlarning tasdiqlangan ‎ro‘yxati bo‘yicha ish beruvchini o‘rganish uchun Komissiya vakillarini tashkilotga ‎qo‘yishga rozilik beradi.
Korxona rahbari ‎

_____________________‎

__________________________

(M.O‘.) ‎

(F.I.O.)‎

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 09/18/1036/0507-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)