O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KORPORATSIYASINI “O‘ZDONMAHSULOT” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Donni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash sohasida boshqaruvni tubdan takomillashtirish, ortiqcha oraliq tuzilmalarni tugatish, tarmoqda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, xususiylashtirish va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini faollashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoni talablariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 korxona, shu jumladan hammasi bo‘lib 34 filialga ega bo‘lgan 25 korxona ro‘yxati, shuningdek, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
2. Quyidagilar “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun don va urug‘lik xarid qilish, joylashtirish va saqlashni ta’minlash;
yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek non-bulka, makaron va qandalotchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlashni tashkil etish;
don mahsulotlari tarmog‘i korxonalarining don yetishtiruvchilar — shirkat va fermer xo‘jaliklari bilan o‘zaro munosabatlari mexanizmlarini, shu jumladan donni qabul qilish, sifatini baholash va hisobga olish masalalarini takomillashtirish, don sifatini ta’sirchan nazorat qilish va uni xolisona baholash tizimini yaratish;
don mahsulotlari tarmog‘i korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga ko‘maklashish;
don mahsulotlari tarmog‘i korxonalari va tashkilotlariga axborot xizmatlari ko‘rsatish, ularning kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
3. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar don mahsulotlari yetishtiruvchilar aksiyadorlik uyushmalarining ularni tugatish to‘g‘risidagi qarori;
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan xo‘jalik jamiyatlari umumiy yig‘ilishlarining 34 korxonani 1-ilovaga muvofiq filiallarga aylantirish to‘g‘risidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ijro etuvchi apparati tuzilmasida 9 shtat birligidan iborat Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilsin va unga:
don mahsulotlari korxonalari tomonidan xarid qilinadigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan davlat don resurslari miqdori va sifatiga doir ma’lumotlarning ishonchliligini;
tayyor mahsulot chiqishining belgilangan normativlariga rioya qilinishini;
don ekinlari urug‘lari tayyorlanishini va don yetishtiruvchi xo‘jaliklarning ular bilan ta’minlanishini;
tayyorlanadigan va qayta ishlanadigan don uchun o‘zaro hisob-kitoblarning belgilangan tartibiga rioya qilinishini nazorat va taftish qilish funksiyalari yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
6. Belgilansinki:
“O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tarkibiga kiradigan 44 don mahsulotlari korxonalari va ularning 1-ilovaga muvofiq filiallari O‘zbekistonda yetishtiriladigan bug‘doyni tayyorlash, saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi boshlang‘ich bo‘g‘in hisoblanadi;
faqat “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan don mahsulotlari korxonalari qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan bug‘doy va urug‘lik xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish, shuningdek davlat zaxirasidagi oziq-ovqat bug‘doyini saqlash huquqiga egadirlar;
ko‘rsatib o‘tilgan 44 don mahsulotlari korxonalaridagi davlatga tegishli aksiyalar (paylar) ulushi 25-26 foizni tashkil qiladi, ular “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga beriladi.
Shu bilan birga, qayta tashkil etilayotgan “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi balansida bo‘lgan mol-mulk ham “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondiga beriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondi belgilangan tartibda shakllantirilishini ta’minlasin;
1-ilovada ko‘rsatilgan xo‘jalik jamiyatlariga ularni qayta tashkil etishni amalga oshirishda ko‘maklashsin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda qayta tashkil etiladigan 1-ilovaga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari chiqarilishini emissiya prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin.
9. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ikki oy muddatda kompaniya ustavini tasdiqlasin va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev attestatsiya komissiyasi tuzsin va ikki oy muddatda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va ularning filiallari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-avgust,
376-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-avgustdagi 376-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 6-avgustdagi 376-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari va ularning filiallari ro‘yxati
|
T/r |
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi don mahsulotlari korxonalari |
Don mahsulotlari korxonalarining |
| |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | |
|
1. |
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ | “Nokis-un zavodi” AJ “Bo‘ston don mahsulot” AJ |
|
2. |
“Chimboy don mahsulotlari” AJ | “Qaraozek dan” MCHJ “Taxtako‘pir dan” AJ |
|
3. |
“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ | “Qarabayli gurish” AJ “Xojeyli gurish” AJ “Mang‘it don mahsulot” AJ |
|
4. |
“Konirat un zavodi” AJ | “Qanliko‘l gurish zavodi” AJ |
|
5. |
“To‘rtko‘l don mahsuloti” MCHJ | “Beruniy don” MCHJ |
| |
| |
|
6. |
“Andijondonmahsulotlari” AJ | |
|
7. |
“Asaka don mahsulotlari” AJ | |
|
8. |
“Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” AJ | |
| |
| |
|
9. |
“Buxorodonmahsulotlari” AJ | |
|
10. |
“Qorako‘ldonmahsulotlari” AJ | |
|
11. |
“Kogondonmahsulotlari” AJ | |
| |
| |
|
12. |
“Jizzaxdonmahsulotlari” AJ | “Baxmal DKK” AJ |
|
13. |
“Zarbdor elevatori” AJ | |
|
14. |
“Do‘stlik don mahsulotlari” AJ | |
| |
| |
|
15. |
“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ | “G‘uzor DMKKK” MCHJ “Ayritom DMKK” AJ |
|
16. |
“Koson DMKK” MCHJ | “Muborak don” MCHJ |
|
17. |
“Don xalq rizqi” AJ | “Kitob don” MCHJ |
|
18. |
“Dunyo M” AJ | “Shahrisabz don” MCHJ “Bahoriston don” MCHJ |
|
19. |
“Qamashi DKK” AJ | |
| |
| |
|
20. |
“Navoiydonmahsulotlari” AJ | “Navoiy DMKKK” MCHJ |
|
21. |
“Qiziltepa un zavodi” AJ | |
| |
| |
|
22. |
“Namangandonmahsulotlari” AJ | “Chortoq don mahsulotlari” AJ |
|
23. |
“Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari” AJ | “Haqqulobod DMKKK” AJ |
|
24. |
“Popdonmahsulotlari” AJ | “Chust DMKK” AJ |
| |
| |
|
25. |
“Samarqanddonmahsulotlari” AJ | “Nurobod don” AJ “Osiyo-Afrosiyob” AJ |
|
26. |
“Oqtosh don” AJ | “Kattaqo‘rg‘on don” AJ |
|
27. |
“Juma elevatori” AJ | |
|
28. |
“Jomboy don mahsulotlari” AJ | |
| |
| |
|
29. |
“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ | |
|
30. |
“Sariosiyo don” MCHJ | “Tabarruk” MCHJ |
|
31. |
“Sho‘rchi don mahsulotlari” AJ | |
| |
| |
|
32. |
“Xovos don mahsulotlari” AJ | “Guliston don” MCHJ “Shuhrat” AJ |
|
33. |
“Oqoltin don mahsulotlari” AJ | |
|
|
| |
|
34. |
“Toshkentdonmahsulotlari” AJ | “Toshkent guruch” AJ “Chinoz don” AJ |
|
35. |
“Ohangaron don” AJ | “Bekobod un” AJ |
|
36. |
“G‘alla-Alteg” AJ | “Toshkent shahar DKKK” AJ |
| |
| |
|
37. |
“Farg‘onadonmahsulotlari” AJ | “Marg‘ilon don” AJ |
|
38. |
“Bag‘dod don mahsulotlari” AJ | “Oltiariq DMKKK” MCHJ |
|
39. |
“Quva don mahsulotlari” AJ | “Quva un” AJ |
|
40. |
“Qo‘qon don mahsulotlari” AJ | “Qo‘qon DMKK” AJ |
| |
| |
|
41. |
“Xorazmdonmahsulotlari” AJ | |
|
42. |
“Shovot don mahsulotlari” AJ | |
|
43. |
“Bog‘ot don” AJ | |
|
44. |
“Xonqa don mahsulotlari” AJ | |
| ________________ |
| |
|
* |
Filiallarga aylantirilayotgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari) ularning mol-mulki ustav jamg‘armalariga berilayotgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalariga (ulushlariga) konvertatsiya qilinadi. | |
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirishlar kiritilayotgan va o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
I. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari boshqaruv xodimlar sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 3-ilovaning IV. “Agrosanoat kompleksi” bo‘limida 6-ustunda 41-banddagi “2704” raqami “2811” raqami bilan, “66” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari:
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida don mahsulotlarini sotishni tartibga solishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 2-noyabrdagi 532-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-maydagi 226-36-son qaroriga 1-ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 358-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)