|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.08.2004
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZDONMAHSULOT” DAVLAT-AKSIONERLIK KORPORATSIYASINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-avgustdagi 376-sonli “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasini “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zdonmahsulot” davlat konsernini “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasiga aylantirish to‘g‘risida” 1994-yil 22-apreldagi PF—840-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasining 1-ilovaga muvofiq tarkibiga rozilik berilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi:
don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hududiy aksionerlik uyushmalari, don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari, birlashmalari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan tashkil etiladi. Korporatsiya tarkibiga, idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa korxonalar va tashkilotlar ham o‘zlarining iqtisodiy manfaatlarining umumiyligi asosida ixtiyoriy ravishda kirishlari mumkin;
o‘z faoliyatini qatnashchilarning pay va kirish badallari, ular tomonidan berilgan vakolatlar hamda funksiyalar asosida tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
donni xarid qilish-saqlash-qayta ishlash-mahsulot ishlab chiqarish fondlarini taqsimlash-resurslarni joydan-joyga ko‘chirish-pirovard mahsulotni tegishli oluvchilarga sotish tutash jarayoni bajarilishini ta’minlaydi.
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining .1994-yil 2-noyabrdagi 532-sonli qarori tahririda)
ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati masalalarini mustaqil ravishda hal qiladi, markazlashtirilgan sug‘urta, zaxira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
“O‘zdonmahsulot” davlat konsernining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
* 2a-ilova rus tilidagi matnda berilgan
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasiga raisning 4 nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Boshqaruv raisi va uning o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
Korporatsiya Raisi maishiy ta’minoti, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha respublika vaziriga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, raisning o‘rinbosarlari — vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, korporatsiya Boshqaruvining ijroiya apparatini saqlash uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning foydalaridan kelishilgan normativlar bo‘yicha ajratmalar hamda o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Belgilab qo‘yilsinki, hududiy aksionerlik uyushmalari:
mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarni iqtisodiy manfaatlarning umumiyligi prinsiplari asosida ixtiyoriy ravishda birlashtiradilar, o‘zlariga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan o‘z muassislari oldida javob beradilar;
viloyat barcha mintaqalarini don mahsulotlari bilan bir tekis ta’minlash uchun don mahsulotlarining tizim ichida joydan-joyga o‘tkazilishini va tayyor mahsulotning iste’molchilarga sotilishini ta’minlaydilar;
yuridik shaxs huquqi bilan “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasining qatnashchilari hisoblangan holda o‘z faoliyatlarini uyushma Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar;
uyushmalarning raislari muassislar yig‘ilishi tomonidan saylanadilar va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.
Belgilab qo‘yilsinki, bosh korxona uyushma Boshqaruvi ijroiya apparati funksiyasini amalga oshiradi.
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda hududiy aksionerlik uyushmasining Namunaviy ustavini ishlab chiqsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi:
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda 1994—1996-yillar davomida davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni 3-ilovaga* muvofiq amalga oshirsin;
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 30-iyundagi 272-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
kichik novvoyxonalar va korxonalarni xususiy mulk qilib sotishda don mahsulotlari tarmog‘i xodimlariga sotib olish uchun ustunlik huquqini bersin;
korporatsiyaga korporatsiya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatlaridagi davlatga tegishli aksiyalarning egasi funksiyasini bersin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 272-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. “O‘zbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi aksionerlik jamiyatlari bilan birgalikda non va non-bulka mahsulotlari bilan savdo qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan chakana tarmoqni belgilangan tartibda 4-ilovaga muvofiq “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasiga bersin;
Non, non-bulka va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va aholiga sotish bo‘yicha funksiyalar “O‘zbeksavdo” uyushmasi va O‘zbekbirlashuvda saqlab qolinsin.
6. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida non va non-bulka mahsulotlarini uzluksiz tashishni ta’minlash uchun korporatsiyaning avtotransport korxonalari negizida ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalar tashkil etsin.
7. Don yetkazib beruvchilarga kredit-hisob-kito6 xizmati ko‘rsatishni tartibga solish va jadallashtirish hamda don mahsulotlari tarmoqlari korxonalari va tashkilotlari ishlab turishi va yanada rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
“G‘alla-bank” respublika aksionerlik-tijorat banki tashkil etilsin. Don xarid qilishni, uni saqlashni va qayta ishlashni, un, omixta em, non, non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga kredit-hisob-kitob xizmati ko‘rsatish, don topshiruvchilarga kelgusi hosil uchun avans berish, don tayyorlash mavsumi davrida kredit berish va don mahsulotlari korxonalari bilan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, boshqa tarmoqlar korxonalari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni ta’minlash bu bankning asosiy funksiyalari bo‘lishi kerak;
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son , 2-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Markaziy bankiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, “Dehqonchiliksanoatbank” respublika aksionerlik-tijorat bankiga va “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasiga “G‘alla-Bank” respublika aksionerlik-tijorat bankining muassislari bo‘lish tavsiya qilinsin;
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son , 2-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda, respublika Hukumatiga “G‘alla-Bank”ni tashkil etish va uning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1994-yildan boshlab:
respublikaning un bilan o‘zini o‘zi ta’minlashi maqsadida va don ekinlari ekin maydonlarining kengayishini hisobga olib “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan aniq maqsadli dasturiga muvofiq tegirmon va non pishirish korxonalari hamda don saqlash omborlari qurilishi uchun maqsadli uzoq muddatli kreditlar ajratish, kreditlarni to‘lash muddatini va ular uchun foizlar undirishni quvvatlarni o‘zlashtirishning normativ muddatlari tugashiga ko‘ra belgilash;
donni eksport bo‘yicha ham, MDH mamlakatlaridan ham, kliring bo‘yicha hisob-kitoblarni ham qo‘shib, xarid qilish uchun belgilangan kvotalarga ko‘ra eksport qilinadigan paxta tolasiga haq to‘lash uchun bir yil muddatgacha maqsadli kredit resurslari ajratishni har yili nazarda tutish;
har yili “G‘alla-Bank” bilan birgalikda respublika ichida don xarid qilish uchun hamda don topshiruvchilarga kelgusi hosil hisobiga kontrakt bo‘yicha belgilangan qiymatning kamida 40 foizi miqdorida avans berish, shuningdek, doimiy saqlanadigan don va don mahsulotlari zaxiralarini kredit bilan ta’minlash uchun kredit resurslari ajratish masalalarini ko‘rib chiqish tavsiya qilinsin.
9. Moliya vazirligi “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasining o‘z oborot mablag‘larini 200 mlrd so‘m-kuponga to‘ldirish uchun 157 mlrd so‘m-kupon budjet ssudasini qarzni 1995-yil dekabr oyida to‘lash sharti bilan, shuningdek, qolgan 43 mlrd so‘m-kuponni shu yil 1-iyundagi holatiga ko‘ra donni qayta baholashdan olingan mablag‘lar hisobiga rasmiylashtirsin.
Moliya vazirligi bulka non narxlaridagi farqni tartibga solish uchun 1994-yilga tegishli budjet mablag‘larini shu yil 1-iyundan boshlab “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasiga bersin.
10. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bir oy muddatda don mahsulotlarini import bo‘yicha mustaqil xarid qilishni, shuningdek, ushbu jarayon bilan bog‘liq boshqa masalalarni amalga oshirish uchun “O‘zagroimpeks” respublika Tashqi savdo birlashmasini “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tizimiga berish to‘g‘risida Hukumat qarorini tayyorlasin.
11. “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi 1995-yildan boshlab respublika ichida ham, uning tashqarisida ham donni oldindan berilgan buyurtmalar (fyuchers bitishuvlar) bo‘yicha xarid qilishni qo‘llasin.
Shu maqsadlarda “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank bir oy muddatda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqsinlar,
12. “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi ikki hafta muddatda Ustavni ishlab chiqsin va respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zdonmahsulot” davlat konserni masalalari” haqida 1992-yil 21-fevraldagi 75-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.M. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-iyun,
311-son
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
1-ILOVA
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
1-ILOVA
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
RO‘YXATI
1. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Qoraqalpog‘iston aksionerlik uyushmasi.
2. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Andijon aksionerlik uyushmasi.
3. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Buxoro aksionerlik uyushmasi.
4. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Jizzax aksionerlik uyushmasi.
5. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Qashqadaryo aksionerlik uyushmasi.
6. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Namangan aksionerlik uyushmasi.
7. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Navoiy aksionerlik uyushmasi.
8. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Samarqand aksionerlik uyushmasi.
9. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Sirdaryo aksionerlik uyushmasi.
10. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Surxondaryo aksionerlik uyushmasi.
11. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Toshkent aksionerlik uyushmasi.
12. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Farg‘ona aksionerlik uyushmasi.
13. Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning Xorazm aksionerlik uyushmasi.
14. Toshkent novvoyxonalar, va makaron sanoati ishlab chiqarish birlashmasi.
15. Toshkent bulka-qandolatchilik kombinati.
16. Loyiha-sanoat-qurilish birlashmasi.
17. Ishlab chiqarish-texnik butlash birlashmasi.
18. Respublika axborot-hisoblash va joriy qilish markazi.
19. Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 4-noyabrdagi 377-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
21 Respublika don mahsulotlari bo‘yicha nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi.
22. Respublika omixta em sanoati nazorat-ishlab chiqarish laboratoriyasi.
23. Toshkent texnologiya texnikumi.
24. Rahbarlar, mutaxassislar va ishchi kadrlar malakasini oshirish kurslari.
25. Kichik korxona — “Qalqon” yuridik firmasi.
26. Toshkent tajriba-mexanika zavodi.
27. Toshkent “O‘zsanoatdonloyiha” instituti.
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
2-ILOVA
1994-yil 20-iyundagi 311-son qaroriga
2-ILOVA
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi ijroiya apparati
TUZILMASI
1. Rahbariyat.
2. Iqtisodiyot, mulkni isloh qilish va qiymatli qog‘ozlar bosh boshqarmasi.
3. Moliya va narx boshqarmasi.
4. Buxgalteriya hisobi boshqarmasi.
5. Mukammal qurilish boshqarmasi.
6. Don resurslari, kontraktlar va markazlashtirilgan hisob-kitoblar bosh boshqarmasi.
7. Marketing bosh boshqarmasi.
8. Mahsulot tayyorlashni tashkil etish va elevator-ombor xo‘jaligi boshqarmasi.
9. Don mahsulotlari yo‘nalishlarini tartibga solish dispetcherlik xizmati.
10. Tegirmon-yorma sanoati boshqarmasi.
11. Omixta em sanoati boshqarmasi.
12. Yangi texnologiyalar, rekonstruksiyalash va texnika bilan qayta jihozlash boshqarmasi.
13. Nazorat-taftish boshqarmasi.
14. Novvoyxona, makaron va qandolatchilik sanoati boshqarmasi.
15. Don inspeksiyasi bosh boshqarmasi.
16. Standartlashtirish va sifat boshqarmasi.
17. Yuk tashishni tashkil etish boshqarmasi.
18. Ishlar boshqarmasi.
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasining “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasiga beriladigan non va non-bulka mahsulotlari bilan savdo qilishga ixtisoslashtirilgan do‘konlari
TARMOG‘I
| |
Do‘konlar soni |
| Qoraqalpoq Sauda davlat uyushmasi | 2 |
| “Andijonsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 3 |
| “Buxorosavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 2 |
| “Jizzaxsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | — |
| “Qashqadaryosavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 2 |
| “Namangansavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 1 |
| “Navoiysavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 1 |
| “Samarqandsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 4 |
| “Surxonsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 1 |
| “Sirdarysavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 2 |
| “Toshkent viloyat savdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 21 |
| “Farg‘onasavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 8 |
| “Xorazmsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 1 |
| “Toshkentsavdo” savdo-ishlab chiqarish konserni | 107 |
|
Jami |
155 |