Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 7-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2954]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli “Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 26-oktabr,
13-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 26-oktabrdagi 13-mh-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-4, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Oldingi tahrirga qarang.
trenerlar kengashi — sport turlari boʻyicha bosh (katta) trenerlar va trenerlar, boshqa yetakchi va nufuzli trenerlar, vrachlar, kompleks ilmiy guruhlar rahbarlari va boshqa mutaxassislaridan iborat boʻlgan, sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalarida (uyushmalarida) yoki ular boʻlmagan taqdirda, Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlarida tashkil etiladigan sportchilarning sport, pedagogik va tarbiyaviy faoliyatini tartibga solib boruvchi jamoa;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-4, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son)
rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalari — Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari
4. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishda qonuniylik, tenglik, obyektivlik, adolatlilik hamda oshkoralik prinsiplariga asoslanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlari sportchilarning oʻtgan sport mavsumida rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki yakunlariga koʻra shakllantiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlariga:
mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalarida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan barcha yosh toifalari va jinsiy mansubligi boʻyicha sportchilar;
sportchilarni tayyorlashda bevosita qatnashgan trenerlar hamda xizmat koʻrsatuvchi va maʼmuriy xodimlar kiritiladi.
3-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini tasdiqlash
7. Sport turlari boʻyicha respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari nomzodlari roʻyxatiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq sportchilar, shuningdek trenerlar va xizmat koʻrsatuvchi hamda maʼmuriy xodimlar roʻyxatini (bundan buyon matnda roʻyxat deb yuritiladi) shakllantiradi.
8. Roʻyxat trenerlar kengashida muhokama qilinadi va uning natijasi boʻyicha kengash bayonnomasi rasmiylashtiriladi.
9. Roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda 3 ta nusxada rasmiylashtiriladi va majburiy ravishda:
sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolanadi va sport federatsiyasining (uyushmasining) muhri (muhr mavjud boʻlganda) bilan tasdiqlanadi;
tegishli sport turi boʻyicha bosh (katta) trener tomonidan imzolanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli sport turi boʻyicha Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi mavjud boʻlganda, ushbu markaz rahbari tomonidan imzolanadi va markazning muhri bilan tasdiqlanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-4, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Roʻyxat (3 ta nusxada) sport federatsiyasi (uyushmasi) rahbari tomonidan imzolangan taqdimnomaga ilova qilgan holda har yili 31-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga (bundan buyon matnda Sport vazirligi deb yuritiladi) taqdim etiladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli sport turi boʻyicha Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi mavjud boʻlganda, taqdimnoma ushbu markaz rahbari bilan kelishilgan holda markaz tomonidan taqdim etiladi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2954-4, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son)
Taqdimnomaga qoʻshimcha ravishda trenerlar kengashining roʻyxatni muhokama qilganligi haqidagi bayonnomasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Sport vazirligi tomonidan har yili 10-yanvarga qadar koʻrib chiqiladi. Bunda Roʻyxat Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomga hamda mazkur Nizomda belgilangan mezonlarga muvofiq shakllantirilganligi oʻrganib chiqiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Roʻyxatda kamchiliklar aniqlangan taqdirda, Sport vazirligi asoslantirilgan (kamchiliklar koʻrsatilgan) xati bilan roʻyxatni uni taqdim etgan tashkilotga qaytaradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi) Sport vazirligining xatida roʻyxat boʻyicha bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etib, roʻyxatni mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda taqdimnomaga (kelishilgan taqdimnomaga) ilova qilgan holda 15-yanvarga qadar Sport vazirligiga qayta taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sport vazirligi Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi) tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarni umumlashtiradi va 31-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatini tasdiqlaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yil davomida Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-son qarori bilan tasdiqlangan Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan asoslarga muvofiq qayta koʻrib chiqish zarurati boʻlganda, Respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) (Sport turlarini rivojlantirish respublika markazi) taqdimnoma (kelishilgan taqdimnoma) bilan Sport vazirligiga murojaat qiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Bunda taqdimnomaga trenerlar kengashi tomonidan roʻyxatni qayta koʻrib chiqish va unga oʻzgartirish kiritish masalasi muhokama qilganligi haqidagi trenerlar kengashi bayonnomasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi taqdimnomani 30 kun ichida koʻrib chiqadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar Sport vazirligining buyrugʻiga asosan kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-fevraldagi 2-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3499, 23.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)
18. Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxati Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan shakllantiriladi va har yili 31-yanvarga qadar tasdiqlanadi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
19. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
20. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 26-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Rasmiy respublika yoki xalqaro sport musobaqalarida (oʻtgan sport mavsumida) erishilgan koʻrsatkichlarga (egallagan oʻrinlariga) koʻra sportchilarni Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlariga kiritish
MEZONLARI

Sport turlari, sport turlari yoʻnalishlari

Sport terma jamoasi tarkibi

Olimpiya (paralimpiya) oʻyinlari, jahon chempionatlari

Osiyo chempionati,

Osiyo oʻyinlari

Jahon kubogi

(bosqichlar yigʻindisi yoki final)

Osiyo kubogi (bosqichlar yigʻindisi yoki final)

“A” toifasidagi Xalqaro musobaqalar

Oʻzbekiston chempionati

Oʻzbekiston kubogi

(bosqichlar yigʻindisi yoki final)

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

shaxsiy (jamoaviy)
musobaqalar, jamoaviy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqalar

jamoaviy musobaqalar, estafetalar

Sport yakkakurashlari, jumladan tennis, stol tennisi, badminton,
ogʻir atletika

asosiy

1 — 8

-

1 — 6

-

1 — 8

-

1 — 4

-

1-2

1 — 3

-

1 — 3

-

zaxira

9 — 16

-

7 — 12

-

9 — 16

-

5 — 8

-

3-4

4 — 6

-

4 — 6

-

Jamoaviy sport oʻyinlari

asosiy

ishtirok etish

-

1 — 4

-

1 — 4

-

1 — 3

-

1-2

1-2

-

1-2

-

zaxira

5 — 8

-

5 — 8

-

4 — 6

-

3-4

3-4

-

3-4

-

Sportning qishki turlari

asosiy

ishtirok etish

ishtirok etish

1 — 6

1 — 4

1 — 6

1 — 4

1 — 3

1-2

1-2

1-3

1 — 3

1-2

1-2

zaxira

7 — 12

5 — 8

7 — 12

5 — 8

4 — 6

3-4

3-4

4-5

4-5

3-4

3-4

Boshqa sport turlari

asosiy

1 — 10

1 — 8

1 — 4

1 — 3

1 — 3

1-2

1 — 3

1-2

1-2

1 — 3

1 — 3

1-2

1-2

zaxira

11 — 20

9 — 16

5 — 8

4 — 6

4 — 6

3-4

4 — 6

3-4

3-4

4-5

4-5

3-4

3-4

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2954/0389-son, 26.10.2018-y., 10/18/2954-1/2104-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 04.11.2021-y., 10/21/2954-2/1019-son; 05.08.2022-y., 10/22/2954-3/0720-son; 23.11.2023-y., 10/23/2954-4/0878-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son)