Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.07.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2944]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/8-sonli “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2944-1, 29.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-sentabr,
26/16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/16-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq tijorat banklarida jismoniy shaxslar, shu jumladan yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
konversion operatsiyalar boʻlimi (bundan buyon matnda konversion boʻlim deb yuritiladi) — tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar (bundan buyon matnda jismoniy shaxslar deb yuritiladi) va yakka tartibdagi tadbirkorlarga chet el valyutasini naqd pulsiz shaklda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan tarkibiy tuzilmasi;
valyuta ayirboshlash shoxobchasi — jismoniy shaxslardan naqd va xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlash hamda qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyalarni amalga oshiruvchi turgʻun shoxobcha;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat — pasport, Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet;
yakka tartibdagi tadbirkor — yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkor (bundan buyon matnda YTT deb yuritiladi);
kunlik hujjatlar — operatsion kun davomida rasmiylashtirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari hisobini yuritish hujjatlari;
operatsion kun — jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun tijorat banki tomonidan belgilangan vaqt;
bank kartasi — tijorat banki tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, toʻlov vositasi sifatida ishlatiladigan va oʻz saqlovchisiga bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari va/yoki bank tomonidan ruxsat berilgan mablagʻlar doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablagʻlarini va bank kreditini olish imkonini beruvchi toʻlov kartasi;
xalqaro toʻlov kartasi — xalqaro toʻlov tizimlari bilan kelishuvga asosan Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan emissiya qilingan chet el valyutasidagi xalqaro toʻlov kartasi;
qimmatliklar — milliy va chet el valyutalari.
2. Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga boʻlgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
3. Operatsion kun davomida tijorat banki tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish kursi oʻzgartirilishi mumkin.
2-bob. Konversion boʻlimning faoliyatini tashkil qilish
4. Konversion boʻlim tijorat bank rahbarining buyrugʻiga asosan ochiladi. Mazkur buyruqda xodimlarning shtat birligi, boʻlim faoliyatiga rahbarlik qiluvchi va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar koʻrsatilishi kerak.
5. Konversion boʻlimning shtat birligi va xodimlarining soni, boʻlimning amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalarining hajmidan kelib chiqib, bank rahbarining buyrugʻiga asosan tasdiqlanadi.
6. Quyidagi maʼlumotlarni tijorat bankining rasmiy veb-saytida hamda Konversion boʻlimi joylashgan binoning hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyidagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali mijozlar eʼtiboriga yetkazilishi lozim:
konversion boʻlimning ish vaqti;
chet el valyutasini sotib olish va ularga sotish tartibi;
chet el valyutasini sotish va sotib olish kurslari;
konversion boʻlim tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar turlari;
bank tomonidan ochiladigan xalqaro toʻlov kartalari, ularning imkoniyatlari va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
xalqaro toʻlov kartasini ochganlik uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdori.
7. Konversion boʻlim faqat tijorat banki binosida joylashtiriladi va unda toʻlov terminallari, hisoblash texnikasi, tegishli dasturiy taʼminotga ega Banklararo yagona elektron tizimga (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) ulangan kompyuter texnikasi, telefon aloqasi, yonmaydigan temir shkaf (seyf), zarur normativ-huquqiy hujjatlar va maʼlumot materiallari, yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi va videokuzatuv kameralari boʻlishi lozim.
8. Bank rahbarining tegishli buyrugʻisiz boʻlim xodimlari tomonidan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni boshqa shaxslarga topshirish taqiqlanadi.
3-bob. Konversion boʻlimda chet el valyutasini sotish operatsiyasini amalga oshirish
9. Chet el valyutasini sotish konversion boʻlimlar tomonidan xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
10. Konversion boʻlimda kunlik naqd pulsiz shakldagi chet el valyutasini sotish miqdori tijorat banki rahbarining buyrugʻiga asosan belgilanadi.
11. Jismoniy shaxs va YTT chet el valyutasini sotib olish uchun konversion boʻlimga shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etadi va konversion boʻlim mutaxassisi hujjatning nusxasini qabul qilib oladi.
12. Jismoniy shaxsning bank kartasi mavjud boʻlmagan taqdirda, konversion boʻlim mutaxassisi tomonidan jismoniy shaxsga plastik kartalar boʻlimiga murojaat etib, oʻz nomiga belgilangan tartibda bank kartasini ochish taklif etiladi.
YTT chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablagʻlarini oʻzining tegishli hisobvaragʻidan oʻtkazadi.
13. Milliy valyutadagi mablagʻ tijorat bankining operatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi boʻyicha toʻlov terminali orqali jismoniy shaxsga tegishli bank kartasidan echib olinadi va unga milliy valyutadagi mablagʻ echib olinganligi toʻgʻrisidagi terminal chekining asl nusxasi beriladi, nusxasi esa kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
YTTning tegishli hisobvaragʻidan chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining sotish kursi boʻyicha pul mablagʻlari bankining tegishli hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati chop etilib, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
14. Jismoniy shaxs yoki YTTning shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli maʼlumotlar konversion boʻlim mutaxassislari tomonidan elektron tizimga kiritiladi. Bunda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq 09017-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnomalar boʻlim mutaxassisi, tegishlicha jismoniy shaxs yoki YTT tomonidan imzolanib, ularga mutaxassisning shaxsiy va boʻlim shtamplari bosiladi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi tegishlicha jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi, ikkinchi nusxasi, mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi 09008-son reyestr, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi (YTTning shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga qoʻshimcha ravishda guvohnomasi nusxasi) bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
15. Chet el valyutasi 09017-shakldagi maʼlumotnoma va milliy valyutadagi terminal cheki yoki pul mablagʻlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati asosida xalqaro toʻlov kartasiga oʻtkazib beriladi.
16. Jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasi mavjud boʻlmaganda, bank va jismoniy shaxs yoki YTT oʻrtasida chet el valyutasida bank hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisida ikki tomonlama shartnoma tuziladi hamda konversion boʻlim mutaxassisi tomonidan shartnomaga asosan uning nomiga chet el valyutasida bank hisobvaragʻi ochiladi. Shartnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi. Shartnomalar davlat tilida tuziladi, zarur hollarda, rus yoki qoraqalpoq tilida ham tuzilishi mumkin.
17. Xalqaro toʻlov kartasi konversion boʻlim mutaxassisi tomonidan “Berilgan xalqaro toʻlov kartalarini roʻyxatga olish jurnali”ga imzo chektirgan holda jismoniy shaxsga yoki YTTga beriladi. Mazkur jurnal raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan, tijorat banki muhri hamda filial rahbari imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
4-bob. Xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini sotib olish operatsiyalarini amalga oshirish
18. Jismoniy shaxs yoki YTT xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasini sotish uchun tijorat bankining istalgan konversion boʻlimiga murojaat etadi. Bunda konversion boʻlimning mutaxassisi tomonidan xalqaro toʻlov kartasining haqiqatda ushbu jismoniy shaxs yoki YTTga tegishliligi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tekshiriladi.
19. Tijorat banki jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasini operatsiya amalga oshiriladigan kundagi chet el valyutasini sotib olish kursiga muvofiq bajaradi. Bunda jismoniy shaxs yoki YTTning xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasi doirasida, mablagʻlar toʻliq yoki qisman milliy valyutaga ayirboshlanishi mumkin. Chet el valyutasi toʻlanganligini tasdiqlovchi terminal chekining asl nusxasi yoki ularning hisobvaragʻidan toʻlangan taqdirda, bankning ichki toʻlov hujjati beriladi va nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
20. Chet el valyutasi konversion boʻlimning mutaxassisi tomonidan tegishli maʼlumotlarni elektron tizimga kiritish orqali xarid qilinadi. Bunda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq 09020-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Maʼlumotnomalar boʻlim mutaxassisi va jismoniy shaxs yoki YTT tomonidan imzolanib, ularga mutaxassisning shaxsiy va boʻlim shtamplari bosiladi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki YTTga, ikkinchi nusxasi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi 09021-son reyestrga ilova qilinib, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Jismoniy shaxslar xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd milliy valyutaga ayirboshlashlari mumkin.
21. Kun oxirida konversion boʻlim mutaxassisi tomonidan jismoniy shaxs va YTTning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari, YTTning guvohnoma nusxalari, terminal cheklari va bank ichki toʻlov hujjatlari tegishli boʻlimga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarga asosan jismoniy shaxsning bank kartasiga, YTTning hisobvaragʻiga milliy valyuta oʻtkazib beriladi.
5-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish
22. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat bank rahbarining buyrugʻiga asosan ochiladi. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini ochish toʻgʻrisidagi buyruqda valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili), xodimlarining shtat birligi, shoxobcha faoliyatiga rahbarlik qiluvchi va uni nazorat qiluvchi mansabdor shaxslar koʻrsatilishi kerak.
23. Tijorat banki valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish uchun Markaziy bankning tegishli hududiy Bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy Bosh boshqarma deb yuritiladi) valyuta ayirboshlash shoxobchasini ochish toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirmani ilova qilib, yozma ravishda murojaat qiladi. Hududiy Bosh boshqarma tomonidan 3 ish kuni ichida valyuta ayirboshlash shoxobchasi roʻyxatga olinib, tijorat bankiga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) yuboriladi.
24. Roʻyxatga olingan valyuta ayirboshlash shoxobchasi hududiy Bosh boshqarma tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi “Valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish jurnali”ga qayd etiladi.
25. Guvohnoma yoʻqolgan taqdirda tijorat banki hududiy Bosh boshqarmaga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma ravishda murojaat qilishi shart:
guvohnomaning yoʻqolish sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma;
topilmalar idorasining guvohnoma haqiqatda yoʻqolganligini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi.
26. Guvohnomaning dublikati hududiy Bosh boshqarma tomonidan 3 ish kun ichida beriladi. Guvohnomaning dublikatiga “Dublikat” soʻzi va uning berilgan sanasi yozib qoʻyiladi.
27. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tijorat banki tomonidan hududiy Bosh boshqarmaga valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi va uning sabablari koʻrsatilgan holda yozma ravishda maʼlum qilinadi. Bunda tijorat banki tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun umumiy asoslarda qayta murojaat qilinadi.
6-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi ishini tashkil qilish
28. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining ish tartibi u faoliyat yuritayotgan tashkilot ish vaqti bilan kelishilishi lozim.
29. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
jismoniy shaxslardan va norezident-jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olish;
norezident-jismoniy shaxslarga (bundan buyon matnda norezident deb yuritiladi) chet el valyutasini sotish;
jismoniy shaxslarning va norezidentlarning xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasini naqd milliy valyutaga ayirboshlab berish;
jismoniy shaxslardan va norezidentlardan chet el valyutasini inkassoga qabul qilish;
haqiqiyligi shubha tugʻdirgan chet el valyutalarini jismoniy shaxslardan va norezidentlardan ekspertizaga qabul qilish;
jismoniy shaxslarning va norezidentlarning chet el valyutasini oʻsha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdorida berish.
30. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirganlik uchun vositachilik haqi undirilishi mumkin, chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalari bundan mustasno. Vositachilik haqining miqdori tijorat banklari tomonidan belgilanadi.
31. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi mijozlarning tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan stend bilan jihozlanadi:
valyuta ayirboshlash shoxobchasining ish vaqti;
chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari;
mazkur valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan amalga oshiriladigan valyuta ayirboshlash operatsiyalari;
pul belgilarining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini aniqlash qoidalari;
jismoniy shaxslardan va norezidentlardan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibi;
valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdori;
valyuta ayirboshlash shoxobchasining roʻyxatga olinganligi haqidagi guvohnoma nusxasi.
32. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida bir vaqtning oʻzida ikki nafar xodim — nazoratchi va kassir faoliyat yuritishi hamda maxsus kiyim (uniforma) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Zarur hollarda, tijorat banki rahbarining buyrugʻiga asosan tajribali kassirlar va nazoratchilar valyuta ayirboshlash shoxobchasiga vaqtincha faoliyat yuritish uchun jalb etilishi mumkin.
33. Tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchasi yonmaydigan temir shkaf (seyf), telefon aloqasi, qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi signalizatsiyasi, valyutaning haqiqiyligini aniqlaydigan detektor yoki tester, tegishli dasturiy taʼminotga ega kompyuter va hisoblash texnikasi, shuningdek zarur normativ-huquqiy hujjatlar va maʼlumot materiallari bilan taʼminlanadi.
34. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida nazoratchi va kassir lavozimga tayinlanganligi toʻgʻrisidagi tegishli buyruqdan koʻchirma boʻlishi kerak.
35. Nazoratchi yoki kassir oʻziga yuklatilgan vazifalarni bank rahbarining tegishli buyrugʻisiz boshqa shaxsga ishonib topshirishi va valyuta ayirboshlash shoxobchasiga begona shaxslarni kiritishi taqiqlanadi.
36. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining har bir xodimiga familiyasi koʻrsatilgan shtamp, nazoratchiga esa, qoʻshimcha ravishda, tijorat bankining nomi, roʻyxatga olish raqami va shoxobchaning manzili yozilgan shtamp biriktirib qoʻyiladi.
Ishdan tashqari vaqtda valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar va shtamplarni saqlash taqiqlanadi.
37. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassiriga qimmatliklar solingan xaltalarni tamgʻalash uchun plombir beriladi. Uning plashkasida valyuta ayirboshlash shoxobchasining roʻyxat raqami va qisqartirilgan nomi qayd etiladi. Kassirga plombir tijorat banki tomonidan jurnalga imzo chektirgan holda beriladi.
Inkassatsiya boʻlimi (uchastkasi) boshligʻi va tijorat bankining kassa mudiri tomonidan tasdiqlangan plombir izi namunasining bir nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kassiriga beriladi. Ushbu namuna kassir tomonidan qimmatliklar solingan xaltalar olinayotganda inkassatorga koʻrsatiladi. Namunaning ikkinchi nusxasi tijorat bankining kechki kassasiga beriladi.
38. Ishga qabul qilingan xodimlar tijorat banki tomonidan moddiy javobgarlik toʻgʻrisida tegishli qonun hujjatlarining normalari, shuningdek qimmatliklarni saqlash, qabul qilish, berish, ular bilan ishlash, qayta sanash va tashishga doir qoidalar, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish va ularning hisobini yuritish tartibi bilan tanishtirilishi shart.
7-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarining vazifalari
39. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining nazoratchisi:
qimmatliklar solingan xaltachalarni qabul qiladi, ularni ochishda ishtirok etadi hamda undagi qimmatliklar kam yoki ortiq chiqqan hollarda, ikki nusxada dalolatnoma tuzadi, ushbu dalolatnomani kassir bilan birga imzolaydi va uning bir nusxasini bankka yuboradi;
ayirboshlash uchun taqdim etilgan milliy va chet el valyutasi ekvivalentini hamda vositachilik haqini hisoblaydi;
amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini tegishli reyestrga qayd etadi;
maʼlumotnoma va kvitansiyalarni toʻldiradi hamda imzolaydi;
amalga oshirilgan valyuta ayirboshlash operatsiyalari boʻyicha hujjatlarni ish kuni oxirida imzolaydi;
ish kuni oxirida qolgan qimmatliklarni dastalari boʻyicha sanab chiqadi va bu qimmatliklarning dastalari boʻyicha xaltalarga toʻliq solinishini nazorat qiladi;
amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida hisobot tuzadi va uni tegishli reyestrlar va maʼlumotnomalar nusxalari asosida tekshirib chiqib, imzolaydi;
qimmatliklarning amaldagi qoldiqlarini amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot bilan solishtiradi va qimmatliklar ortiq yoki kam chiqqan hollarda, ikki nusxada dalolatnoma tuzadi va uni kassir bilan birga imzolaydi. Uning bir nusxasi tijorat bankiga yuboriladi va ikkinchi nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kunlik hujjatlariga tikib qoʻyiladi;
shubhali operatsiyalar haqida zudlik bilan bankning Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda xabar beradi.
40. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining kassiri:
qimmatliklarni olish uchun buyurtmanomalarni tuzib tijorat bankiga taqdim etadi;
inkassatorlar olib kelgan qimmatliklar solingan xaltalarni qabul qilib oladi hamda xaltalarni nazoratchi va inkassator ishtirokida ochadi yoki tijorat banki kassasidan qimmatliklarni qabul qilib, valyuta ayirboshlash shoxobchasiga olib keladi;
almashtirish uchun taqdim etilgan banknotlarning haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini tekshiradi;
reyestrlar, kvitansiyalar va maʼlumotnomalarni, shuningdek nazoratchi tomonidan tuzilgan dalolatnomalarni imzolaydi;
ish kuni oxirida qolgan qimmatliklarni sanaydi, ularni saralab dastalaydi va nazoratchi kuzatuvida qimmatliklarni xaltalarga joylaydi.
41. Kassir pul va tangalarni taxlash hamda ularning oʻrab bogʻlanishiga shaxsan javob beradi.
42. Quyidagilar taqiqlanadi:
milliy valyutani chet el valyutasiga sirtdan almashtirish;
valyuta ayirboshlash operatsiyalari haqidagi maʼlumotlarni elektron tizimga kiritmasdan valyutani sotish operatsiyasini amalga oshirish;
tegishli maʼlumotnoma bermasdan, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish;
valyuta ayirboshlash operatsiyasini bajarmay turib, tegishli maʼlumotnomalar berish;
valyuta ayirboshlash shoxobchasida chet el valyutasidagi va eng kam oylik ish haqining yarmidan ortiq miqdorda milliy valyutadagi shaxsiy jamgʻarmalarning boʻlishi.
8-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini qimmatliklar, maʼlumotnomalar bilan taʼminlash va ulardan foydalanish
43. Qimmatliklarni olish uchun kassir tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda 09001-son talabnoma ikki nusxada toʻldiriladi. Talabnomaning bir nusxasi tijorat banki kassasida qoldirilib, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Tijorat banki buxgalteriyasining masʼul xodimi valyuta ayirboshlash shoxobchasining talabnomasi hamda tegishli kassa va balansdan tashqari ordyerlar asosida valyuta ayirboshlash shoxobchasiga joʻnatish uchun tayyorlangan qimmatliklarning uch nusxada roʻyxatini tuzadi. Ularning har birini tijorat bankining moddiy javobgar shaxsi imzolaydi.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasiga joʻnatish uchun tayyorlangan qimmatliklar ularning roʻyxati nusxasi bilan birga moddiy javobgar shaxslar tomonidan inkassatsiya xaltasiga joylanadi, shundan soʻng xalta tamgʻalanadi. Valyuta ayirboshlash shoxobchasiga biriktirilgan har bir inkassatsiya xaltasida valyuta ayirboshlash shoxobchasining roʻyxat raqami va tijorat bank nomi yoziladi. Inkassator xaltalarni qabul qilib olgandan soʻng, qimmatliklar roʻyxatining ikkinchi nusxasini imzolaydi.
44. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini ish kuni boshlanishidan oldin qimmatliklar bilan taʼminlash yoki unga ish kuni davomida qoʻshimcha qimmatliklar keltirish inkassatorlar tomonidan amalga oshiriladi, valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat banki binosida joylashgan hollar bundan mustasno.
45. Inkassator keltirgan xaltalar nazoratchi ishtirokida kassir tomonidan qabul qilinadi. Bunda xaltaning tamgʻa urilgan tizimchasining butligi va tamgʻa izining aniqligi sinchiklab tekshiriladi. Kassir tomonidan xalta ochilayotganda va unga solingan qimmatliklar tekshirilayotganda uning yonida nazoratchi va inkassator turishi shart.
46. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining talabnomasi, tegishli kassa va balansdan tashqari ordyerlari asosida tuzilgan roʻyxatning birinchi nusxasi uning ikkinchi nusxasi va qabul qilingan qimmatliklar hisobi bilan solishtirilgandan soʻng, qimmatliklar qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi roʻyxatning ikkinchi nusxasi nazoratchi va kassir tomonidan imzolanadi va valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi bilan tasdiqlanadi hamda roʻyxatning ikkinchi nusxasi inkassatsiya boʻlimiga topshirish uchun inkassatorga qaytariladi. Roʻyxatning birinchi nusxasi valyuta ayirboshlash shoxobchasining kunlik hujjatlariga tikib qoʻyiladi.
9-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
47. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslardan va norezidentlardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi.
48. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron tizimga kiritiladi.
Chet el valyutasini sotib olishda operatsiya eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdoriga teng boʻlgan yoki undan oshgan hollarda, bunday operatsiyalar tegishli maʼlumotlarni elektron tizimga kiritish orqali amalga oshirilishi shart. Bunda jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va norezidentlardan pasport talab etiladi hamda ularning nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
49. Kassir jismoniy shaxslar va norezidentlar tomonidan taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligini texnik vositalar yordamida tekshirishi shart.
50. Chet el valyutasini jismoniy shaxslar va norezidentlardan sotib olishda mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq 09002-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu maʼlumotnomaning ikkala nusxasi ham nazoratchi, kassir va jismoniy shaxs yoki norezident tomonidan imzolanib, ularga valyuta ayirboshlash shoxobchasi shtampi hamda nazoratchi va kassirning shaxsiy shtamplari bosiladi.
51. Chet el valyutasi jismoniy shaxslardan sotib olinayotganda, ularga 09002-shakldagi maʼlumotnomaning ikkinchi nusxasi beriladi, uning birinchi nusxasi esa kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Ushbu maʼlumotnoma chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydi, biroq sarflanmay qolgan milliy valyutani chet el valyutasiga qayta almashtirib berish huquqini bermaydi.
52. Chet el valyutasi norezidentlardan pasport va chet el valyutasini chetdan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi yoki ularning xalqaro toʻlov kartalaridan bank terminali orqali echib olinganligini tasdiqlovchi terminal cheki asosida sotib olinganda, unga 09002-shakldagi maʼlumotnomaning birinchi nusxasi beriladi. Mazkur maʼlumotnoma sarflanmay qolgan milliy valyutani chet el valyutasiga qayta almashtirish uchun asos boʻladi. Operatsiya summasi bojxona deklaratsiyasida nazarda tutilgan valyuta miqdoridan oshmasligi kerak. Maʼlumotnomaning ikkinchi nusxasi norezident pasportining nusxasi bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi va bojxona deklaratsiyasiga nazoratchi tomonidan valyuta almashtirilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
53. Chet el valyutasi norezidentlardan pasport va chet el valyutasini chetdan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi taqdim etilmagan holda sotib olinganda, ushbu operatsiya mazkur Nizomning 50-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
54. Xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasi va naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shakldagi 09003-son reyestrda rasmiylashtiriladi.
55. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslarning va norezidentlarning xalqaro toʻlov kartalaridagi chet el valyutasi naqd milliy valyutaga ayirboshlab beriladi. Ularga valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi 09002-shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi va terminal chekining asl nusxasi beriladi. Maʼlumotnomaning va terminal chekining nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
56. Norezidentlarga chet el valyutasini sotish valyuta ayirboshlash shoxobchasining 09002-shakldagi maʼlumotnomaning birinchi nusxasi, bankomat cheki yoki xalqaro joriy operatsiyalar amalga oshirilishi natijasida respublika hududida soʻm mablagʻlarining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
57. Chet el valyutasi norezidentlarga sotilganda, chet el valyutasi sotilganligini tasdiqlovchi mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq 09007-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09007-shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi norezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi uning pasport nusxasi bilan birga mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shakldagi 09010-son reyestrga ilova qilinadi va hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi.
58. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida jismoniy shaxslardan va norezidentlardan toʻlovga yaroqsiz deb topilgan yoki muomaladan chiqarilgan chet el valyutasi inkassoga qabul qilinishi mumkin.
59. Chet el valyutasini inkassoga qabul qilish jismoniy shaxslardan va norezidentlardan ularning arizasiga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar pasport taqdim etganda, vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. Jismoniy shaxs va norezident arizasida oʻzining yashash manzilini aniq koʻrsatishi shart.
60. Chet el valyutasi inkassoga qabul qilinganda, jismoniy shaxsga va norezidentga ikki nusxada toʻldiriladigan mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq 09004-shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi beriladi, ikkinchi nusxasi hisobot tuzish uchun asos hisoblanadi va kunlik hujjatlarga jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi va norezidentning pasportining nusxasi bilan birga tikib qoʻyiladi.
61. Chet el bankidan inkassoga qabul qilingan chet el valyutasi uchun vositachilik haqi undirilgandan soʻng, inkassoga qabul qilingan chet el valyutasi jismoniy shaxsning yoki norezidentning bankdagi chet el valyutasi yoki milliy valyutadagi hisobvaragʻiga oʻtkazilishi yoki jismoniy shaxsning xohishiga koʻra naqd shaklda berilishi mumkin.
62. Chet el banki inkassoga qabul qilingan naqd chet el valyutasini almashtirishdan bosh tortganda, tijorat banki chet el bankining inkassoga qabul qilingan naqd chet el valyutasini toʻlashdan bosh tortganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilgan holda arizada koʻrsatilgan manzilga yozma xabar yuboradi.
63. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan haqiqiyligiga shubha tugʻilgan naqd chet el valyutasini ekspertizaga qabul qilish jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim etilgan taqdirda, amalga oshiriladi. Bunda unga naqd chet el valyutasining ekspertizaga qabul qilinganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq 09005-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. 09005-shakldagi maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan birga kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
64. Ekspertizaga qabul qilingan chet el valyutasining haqiqiyligini aniqlash uchun tijorat banklari tomonidan ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspertiza natijalari boʻyicha komissiya tomonidan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomada valyuta turi, nominali, chiqarilgan yili, seriyasi va raqami, emitent bank va ekspertizaga qabul qilingan chet el valyutasining oʻziga xos boshqa xususiyatlari koʻrsatiladi. Ekspertiza davomida chet el valyutasining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan haqiqiyligiga shubha tugʻilgan naqd chet el valyutalari boshqa tijorat banklari yoki chet el banklariga ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborilishi mumkin.
Ekspertiza natijasida naqd chet el valyutasi haqiqiy deb topilsa, vositachilik haqi undirilib, chet el valyutasi 09005-shakldagi maʼlumotnoma asosida jismoniy shaxsga qaytarib beriladi.
65. Ekspert komissiyasi tomonidan haqiqiy emas deb topilgan naqd chet el valyutalari egalariga qaytarib berilmaydi va ekspertiza dalolatnomasiga ilova qilingan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Valyuta egasiga uning talabi bilan ekspertiza dalolatnomasining nusxasi berilishi mumkin.
66. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida shikastlangan chet el valyutasini shikastlanmagan shu turdagi chet el valyutasiga almashtirib berish operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Bunday operatsiyalar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi 09011-son reyestrga rasmiylashtiriladi.
Eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan ekvivalentdagi bunday operatsiyalar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim qilinganda, vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi. Chet el valyutasi mazkur Nizomning 70-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shikastlangan deb topiladi.
Bunday operatsiyalar amalga oshirilganda mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq 09012-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va uning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi, operatsiya miqdori eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan taqdirda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi ham kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
67. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida chet el valyutasini oʻsha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdoriga almashtirib berish operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan ekvivalentdagi bunday operatsiyalar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim qilinganda, vositachilik haqi undirilgan holda amalga oshiriladi.
Bunday operatsiyalarda mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq 09013-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi va 09011-son reyestrga kiritiladi. Ushbu maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga yoki norezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi. Operatsiya miqdori eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan taqdirda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi yoki norezidentning pasport nusxasi ham kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
68. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirish (konversiya) operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. Eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan ekvivalentdagi bunday operatsiyalar jismoniy shaxslar tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, norezidentlar tomonidan pasport taqdim qilingan holda amalga oshiriladi.
69. Konversiya operatsiyalari mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shakldagi 09014-son “Konversiya qilingan (almashtirilgan) naqd chet el valyutasini hisobga olish reyestri”da rasmiylashtiriladi. Konversiya operatsiyasi amalga oshirilganda mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq 09015-shakldagi maʼlumotnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi. Ushbu maʼlumotnomaning bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
Operatsiya miqdori eng kam oylik ish haqining 500 baravari yoki undan oshgan taqdirda, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi ham kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
10-bob. Chet el valyutasining toʻlovga yaroqliligini aniqlash
70. Chet el valyutasi quyidagi hollarda shikastlangan hisoblanadi:
emitent bank nomi, valyuta qiymatining raqamlar va soʻz bilan koʻrsatilishi, old va orqa tomonining asosiy rasmi (surati), shuningdek qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari (suv belgisi, magnitli belgilar, qogʻozga kiritilgan rangli tolalar, jumladan, ultrabinafsha nurlarda koʻrinadigan tolalar, konfyetti, himoya iplari, mikromatn, nur sochuvchi rasmlar va boshqalar) va boshqa asosiy belgilarini saqlab qolgan boʻlsa;
siyqalangan va ifloslangan boʻlsa;
yopishtirib qoʻyilgan yirtilgan burchaklari yoki qismlari boʻlsa;
banknot yopishtirib qoʻyilgan va unchalik katta boʻlmagan yirtiqlarga ega boʻlsa;
mayda moy dogʻlari va boshqa dogʻlar, yozuvlar va muhrlar oʻrni boʻlganda va ular banknotning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va toʻlovga yaroqlilikning asosiy belgilarini 50 foizidan ortigʻini toʻsib qoʻymagan boʻlsa;
banknotlar mayda teshiklarga ega boʻlganda.
71. Chet el valyutasi quyidagi hollarda yaroqsiz hisoblanadi:
toʻlovga yaroqlilikning asosiy belgilarini saqlab qolmagan boʻlsa;
dastlabki rangi oʻzgargan yoki rangi oʻchgan boʻlsa;
yongan yoki kuygan holatda boʻlsa;
toʻlovga yaroqlilikning asosiy belgilarini 50 foizidan ortiq qismiga boʻyoq yoki siyoh toʻkilgan boʻlsa;
banknotda kimyoviy reaktivlar taʼsiri boʻlsa;
muayyan darajada qasddan shikastlangan (asosiy rasmlari, xususan nominali oʻzgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar boʻlgan) boʻlsa;
emitent bank tomonidan muomaladan chiqarilgan boʻlsa;
banknotlar aniq bosma xatoga ega boʻlgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yoʻqligi yoki notoʻgʻri joylashganligi), tasvirlari toʻliq bosilmagan yoki surkalib ketgan boʻlsa.
72. Toʻlovga yaroqsiz pul belgilari valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan inkassoga emitent bankka joʻnatish uchun qabul qilinishi mumkin.
73. Valyuta ayirboshlash shoxobchasining nazoratchisi va kassiri oʻzlari qabul qilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va toʻlovga yaroqliligi uchun javobgardir.
11-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasida operatsion kunni yakunlash
74. Operatsion kun yakunida maʼlumotnomalar va reyestrlarning tegishli nusxalari asosida amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shakldagi 09016-son hisobot tayyorlanadi.
75. Amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi hisobot, qimmatliklar va reyestrlar shu kunning oʻzida inkassatsiya xizmatidan foydalangan holda tijorat bankiga olib borilishi shart, valyuta ayirboshlash shoxobchasi tijorat banki binosida joylashgan hollar bundan mustasno.
Kun oxirida valyuta ayirboshlash shoxobchasida qimmatliklar qoldirilishi taqiqlanadi.
76. Tijorat bankiga olib boriladigan qimmatliklar boʻyicha kassir tomonidan uch nusxada ilova qaydnomasi rasmiylashtiriladi. Qaydnoma kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi. Kassir qimmatliklarni, shuningdek qaydnomaning bir nusxasini hisobot va tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga xaltaga soladi va uni tamgʻalaydi.
77. Qimmatliklar solingan xaltani olishdan oldin inkassator kassirga oʻzining xizmat guvohnomasi, qimmatliklarni olish huquqini beruvchi tegishli ishonchnoma va tashrif varaqasini taqdim etadi. Kassir tashrif varaqasining tegishli ustuniga qimmatliklar topshirilgan vaqt, xalta raqami, topshirilgan qimmatliklar summasining milliy valyutadagi ekvivalentini yozib qoʻyadi va uni imzolab, inkassatorga uning hujjatlarini qaytaradi va qimmatliklar solib tamgʻalangan xaltani beradi.
Inkassator tamgʻalagich izining aniqligi, uning namunadagiga mos kelishi, shuningdek tashrif varaqasiga yozilgan summalar ilova qaydnomasida koʻrsatilgan summa bilan bir xilligini tekshirib, ilova qaydnomasining kassirda qoladigan uchinchi nusxasini imzolab, sanani yozadi va inkassatsiya boʻlimining (uchastkasining) nomi yozilgan muhrni bosadi va ilova qaydnomasining ikkinchi nusxasi bilan birga xaltani qabul qilib oladi.
78. Keltirilgan xaltalar va ularning ilova qaydnomalari tijorat bankining kechki kassa xodimlari tomonidan qabul qilinadi va ertalab kassa mudiriga topshiriladi.
79. Bank buxgalteriyasining masʼul xodimlari taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha tuzilgan hisobotning toʻgʻriligini, qimmatliklarning toʻla-toʻkis topshirilganligini va ulardan toʻgʻri foydalanilganligini tekshiradi, valyuta ayirboshlash shoxobchasining hisobotiga kiritilgan operatsiyalarni bank balansida aks ettirish, shuningdek mazkur valyuta ayirboshlash shoxobchasi kassiri hisobidagi boʻnaklar summalari yuzasidan hisob-kitob qilish uchun ordyerlar tuzadi. Barcha hujjatlar va tuzilgan ordyerlar tijorat bankining valyuta ayirboshlash operatsiyalariga masʼul boʻlgan boʻlim boshligʻi yoki bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib, kunlik hujjatlarga tikib qoʻyiladi.
80. Amalda mavjud qimmatliklarni sanash, ularni saralash, tayyorlash va oʻrab bogʻlash ishlari bilan ayirboshlash shoxobchasining kassiri va nazoratchisi shugʻullanadi. Bunda, ayirboshlash shoxobchasi kassiri kun boshida tijorat bankidan olgan qimmatliklar qoldigʻi, ish kuni davomida qimmatliklar bilan oʻtkazilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda, mazkur qimmatliklarning har bir turi boʻyicha kun oxirida amalda qolgan qimmatliklar miqdoriga mos kelishiga ishonch hosil qilishi lozim.
Qimmatliklar kam yoki ortiqcha ekanligi aniqlangan hollarda kassir bu haqda tijorat bankiga yozma ravishda xabar qilishi shart. Kamomad yoki ortiqcha pul chiqqani toʻgʻrisidagi xabarni kassir tijorat bankiga shu kuni bajarilgan operatsiyalar toʻgʻrisida hisobot bilan joʻnatadi. Aniqlangan ortiqcha pullar yoki kamomad toʻgʻrisida ikki nusxada dalolatnoma tuzilib, unga kassir va nazoratchi imzo chekadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi hisobot bilan birga tijorat bankiga yuboriladi. Yoʻqotilgan qimmatliklar aybdor shaxslardan undiriladi, ortiqcha mablagʻlar tijorat banki daromadiga kirim qilinadi.
81. Bayram va dam olish kunlari hamda navbat bilan kecha-kunduz ishlaydigan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida valyuta ayirboshlash operatsiyalari mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-bob. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish
82. Valyuta ayirboshlash shoxobchasi quyidagi hollarda yopiladi:
tijorat bankining ixtiyoriga koʻra;
tijorat bankiga valyuta operatsiyalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sanksiyalar qoʻllanilganda.
83. Valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish toʻgʻrisida tijorat banki rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va buyruq nusxasi u chiqarilgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida tegishli hududiy Bosh boshqarmaga kuzatuv xatiga ilova qilingan holda yuboriladi. Hududiy Bosh boshqarma tomonidan tijorat banki rahbarining valyuta ayirboshlash shoxobchasini yopish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan, valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi.
13-bob. Konversion boʻlim va valyuta ayirboshlash shoxobchasida valyuta operatsiyalari amalga oshirilishini nazorat qilish
84. Konversion boʻlim va valyuta ayirboshlash shoxobchasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat yuritishi tijorat banki tomonidan har oyda kamida bir marta tekshirib turilishi shart.
85. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki konversion boʻlimlar va valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyatida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq tekshirishlar oʻtkazishi mumkin.
86. Konversion boʻlim yoki valyuta ayirboshlash shoxobchasida yaqin qarindoshlarning birga faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
87. Konversion boʻlim va valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarini ishga olish, ularni rotatsiya qilish va malakasini oshirib borish tijorat banklari tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan ichki hujjat asosida tartibga solinadi.
88. Shoxobchada pul mablagʻlarining kam va ortiq ekanligi, shuningdek boshqa qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, xizmat tekshiruvidan keyin bank tomonidan materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
14-bob. Yakuniy qoidalar
89. Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida muntazam ravishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyish holatlari aniqlanganda, Markaziy bank tijorat banklarining valyuta operatsiyalarini amalga oshirishini vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyishga haqli.
90. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
09017-shakl

‎‎Tijorat bankining emblemasi

‎‎____________________________(tijorat bankining nomi)

‎‎‎‎____________________________(tijorat bankining shtampi)‎

‎‎-son maʼlumotnoma

20 ___ yil

“______”
‎(kun)‎‎

__________________(oy)‎

‎‎______________________________________________________________________________________________ning(F.I.O.)

________________________________________________________‎‎‎ ‎‎‎‎‎‎‎‎bank plastik ‎kartasidan/hisobraqamidan toʻlanadi.

‎‎‎(milliy valyutaning summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎_______________________________________________________________‎ ‎‎‎‎Xalqaro toʻlov ‎kartasiga ‎oʻtkazib beriladi.

‎‎‎(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎Masʼul xodimning shtampi va imzosi _________________ ��
‎‎Mijozning imzosi _________________
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎09008-son reyestr

‎‎

‎‎________________________________________
‎konversion operatsiyalar boʻlimining shtampi

‎‎Chet el valyutasini xalqaro toʻlov kartasiga
‎oʻtkazib berish operatsiyalarini hisobga olish
‎REESTRI

‎‎20 ___ yil

“_____”
‎(kun)

___________(oy)‎

F.I.O.‎‏‎ Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻyicha maʼlumotlar‎‎ Sotilgan chet el valyutasining‎‎ Kurs‎‏ Mijozdan qabul qilingan milliy valyuta summasi‎‏ Operatsiya vaqti ‎‏ Maʼlumotnomaning raqami‎‏
hujjat turi va seriyasi‎ raqami‎ qachon va kim tomonidan berilgan‎ turar joyi‎ nomi‎ summasi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

‎‎‎‎____________________________ ‎
‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎____________________________ ‎
‎(imzo)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
09020-shakl

‎‎Tijorat bankining emblemasi

‎‎____________________________(tijorat bankining nomi)

‎‎‎‎____________________________(konversion operatsiyalar boʻlimining shtampi)‎

‎‎-son maʼlumotnoma

20 ___ yil

“______”
‎(kun)‎‎

__________________(oy)‎

__________________________________________________________________‎ ‎‎xalqaro toʻlov ‎kartasidan echib olindi.

‎‎‎‎(chet el valyutaning summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎_____________________________________________________‎‎‎‎‎‎bank plastik ‎‎kartasiga/hisobvaragʻiga ‎oʻtkazib berildi.

‎‎‎(milliy valyutaning summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎Masʼul xodimning shtampi va imzosi _________________
‎‎Mijozning imzosi _________________
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

09021-son reyestr

_______________________________________‎‎‎
‎konversion operatsiyalar boʻlimining shtampi

‎‎Xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasini naqdsiz
‎shaklda milliy valyutaga ayirboshlash boʻyicha amalga
‎oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish
REESTRI

‎‎‎‎‎‎20__ yil ‎

“____”
‎‎‎‎(kun)‎ ‎

____________________
‎‎‎‎‎(oy)

F.I.O.

Xalqaro toʻlov
‎kartasidan echib olingan
‎chet el valyutasi ‎‎

Kurs‎‏

Milliy
‎valyuta
‎summasi

Operatsiya
‎vaqti

Maʼlumotnoma
‎raqami‎‏

nomi‎

summasi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

‎‎_________ ‎
‎(imzo)

‎‎_________ ‎
‎(imzo)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
‎tegishli hududiy Bosh boshqarmasi blanki)

‎‎00000000-son valyuta ayirboshlash shoxobchasining
‎roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida
‎ GUVOHNOMA

‎‎Mazkur guvohnoma ____________________________________ qarashli _________-son

‎‎ (tijorat bankining toʻliq nomi)‎

‎‎valyuta ayirboshlash shoxobchasini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bosh boshqarmasi tomonidan ____________________________________________________

‎‎‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining ‎joylashgan yeri (pochta manzili)

‎‎manzili boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida berildi.
Markaziy bankning ‎

_______________ ‎

Bosh boshqarmasi boshligʻi ‎

M.Oʻ.‎

(imzo)‎

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

Valyuta ayirboshlash shoxobchasini roʻyxatga olish
‎JURNALI

Tegishli viloyat kodi ‎

Bank kodi‎

Valyuta ayirboshlash shoxobchasining tartib raqami ‎

Roʻyxatga olingan sanasi ‎

Valyuta ayirboshlash shoxobchasining joylashgan yeri (pochta manzili) ‎

Tijorat bankning nomi ‎

Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi boshligʻining F.I.O., imzosi‎

Yopildi (sana va mansabdor shaxsning imzosi, buyruq raqami va sanasi) ‎

Guvohnoma bekor qilinishiga asos ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

‎a

b‎

‎v

00‎

000‎

000‎

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎09001-son

‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎________________________
‎ruxsat beraman

‎‎Valyuta ayirboshlash shoxobchasida operatsiyalarni amalga oshirish
‎uchun boʻnak olish toʻgʻrisida

‎TALABNOMA

‎‎________________________________________________________________

‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimining F.I.O.)

‎‎

‎‎_________________________________________________________________________

‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining nomi)

‎‎Quyidagilarga ruxsat berishingizni soʻrayman:

‎‎I. 20__ yil “___” _____________ holatiga koʻra milliy va chet el valyutasida quyidagi miqdordagi boʻnak:

‎‎a) milliy valyutada: ________________________________________________________

‎‎(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎b) naqd chet el valyutasi:______________________________________________________
‎‎(valyutaning nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)
‎‎II. Maʼlumotnomalar:_______________________________________________________
‎‎‎‎‎‎(kerakli maʼlumotnomalarning shakli yoziladi)
‎‎________‎‎____________________

‎‎‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasi
‎xodimining imzosi)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

09002-shakl
‎1-nusxa

‎‎Tijorat bankining emblemasi

‎‎________________________
(tijorat bankining nomi)

____________________________
(valyuta ayirboshlash
‎shoxobchasining shtampi)

‎‎_____ _______ -son maʼlumotnoma-certificate

‎‎20 ___ yil

“____” ‎(kun)‎

‎‎‎‎_____________ ‎(oy)‎

‎‎___________________________________________________________ almashtirildi.

‎‎(valyutaning nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi
‎type of currency, ‎amount in figures and in words)

‎‎______________________ soʻm berildi.
‎‎sums paid out.

‎‎____________________________
‎(valyuta egasining imzosi-holder`s signature)

‎‎____________________________
‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarining imzosi
)

‎‎ Mazkur maʼlumotnoma chet el valyutasining soʻmga almashtirilganligini tasdiqlash uchun berildi. U sarflanmay qolgan soʻmni naqd chet el valyutasiga qayta almashtirish huquqini beradi.

‎ ‎This certificate is delivered in confirmation of the fact of exchange of foreign currency against sums. This certificate gives a right to reexchange foreign currency.

09002-shakl
2-nusxa

‎‎Tijorat bankining emblemasi

‎‎________________________
(tijorat bankining nomi)

____________________________
(valyuta ayirboshlash
‎shoxobchasining shtampi)

‎‎_____ _______ -son maʼlumotnoma-certificate

‎‎20 ___ yil

“____” ‎(kun)‎

‎_____________ ‎(oy)‎

‎‎___________________________________________________________ almashtirildi.

‎‎(valyutaning nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi
‎type of currency, ‎amount in figures and in words )

‎‎______________________ soʻm berildi.
‎‎sums paid out.

‎‎____________________________
‎(valyuta egasining imzosi-holder`s signature)

‎‎____________________________
‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarining imzosi
)

‎‎ Mazkur maʼlumotnoma chet el valyutasining soʻmga almashtirilganligini tasdiqlash uchun berildi. U sarflanmay qolgan soʻmni naqd chet el valyutasiga qayta almashtirish huquqini bermaydi.

‎ ‎This certificate is delivered in confirmation of the fact of exchange of foreign currency against sums. This certificate does not give any right to reexchange foreign currency.

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

‎‎09003-son reyestr

‎‎_______________________________
‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎‎‎Xalqaro toʻlov kartasidagi chet el valyutasi va naqd chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlash operatsiyalarini hisobga olish
‎REESTRI

‎‎‎‎20___ yil

“_____”‎(kun)

_____________
‎(oy)‎

F.I.O.

‎‎Xalqaro toʻlov kartasidan echib olingan chet el valyutasi

Naqd chet el valyutasi

Kurs

Milliy valyuta summasi

Operatsiya vaqti ‎‏

Maʼlumotnoma raqami‎‏

nomi‎

summasi‎

nomi‎

summasi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

Jami milliy valyuta miqdori ‎

____________________________‎‎
‎(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Jami chet el valyutasi miqdori

____________________________
‎‎‎‎‎(raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlari

‎‎____________________________‎‎
‎(imzolar va shtamplari)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

09007-shakl

Tijorat bankining emblemasi

____________________________
‎(tijorat bankining nomi)

_____________________________
(valyuta ayirboshlash
‎shoxobchasining shtampi)

‎‎_____ ________-son maʼlumotnoma

‎‎20 ___ yil‎

“____”‎(kun)

_____________(oy)‎

‎‎_____________________________________________________________________dan
‎(F.I.O.)

‎‎___________________________________________________________ qabul qilindi.

‎‎(milliy valyutaning summasi raqam va soʻz bilan yoziladi‎)

‎‎________________________________________________________________ berildi.

‎‎(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

Kassirning shtampi va imzosi _______________
‎‎Nazoratchining shtampi va imzosi_______________
‎‎Mijozning imzosi ________________
Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA

‎‎09010-son reyestr

‎‎____________________________________

‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎Norezidentlarga chet el valyutasini
‎sotilganligini hisobga olish
‎ REESTRI

‎‎‎‎‎‎20__ yil “__________”

‎‎_______________________‎

‎(kun)‎‎

‎‎(oy)‎

T/r

‎‎Sotilgan chet el valyutasi

Kurs‎‏

Milliy valyuta‎ning miqdori‎‏

Maʼlumot‎noma raqami‎‏

Amaliyot bajarilgan vaqt‎‏

nomi‎

miqdori‎

‎‎Jami milliy valyuta miqdori

__________________________

‎‎(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Jami chet el valyutasi miqdori ‎‎

_________________________‎‎‎

‎‎(raqam va soʻz bilan yoziladi)

Valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlari

‎‎_________________________

‎‎(imzolari va shtamplari)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA

09004-shakl

‎‎___________________________________________ ‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎Naqd chet el valyutasini inkassoga qabul qilish boʻyicha

‎‎‎_____ _________-son maʼlumotnoma

‎‎20 ___ yil‎

“____”
‎(kun)‎

_____________‎‎(oy)

Ushbu tasdiqlovchi hujjat berildi ___________________________________________

(F.I.O.)

‎‎‎‎________________________________________________________________________‎‎(shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami)

‎‎_______________________________________________________________
‎‎Turar joyi boʻyicha manzil_________________________________________________
‎Xorijiy davlatning pul birligini inkassoga qabul qilish (chet el valyutasidagi toʻlov hujjati):
‎‎1. ______________________________________________________________________

‎‎(chet el valyutasining toʻliq nomi, nominali, seriyasi va raqami, emitent bankning nomi)

‎‎2. ______________________________________________________________________
‎‎3. ______________________________________________________________________
‎‎4. ______________________________________________________________________
‎‎Shoxobcha xodimlari____________ ‎‎________________________

‎‎(imzolar)

‎‎(xodimlarning shtamplari)

Mijoz‎ ‎‎___________ ‎‎________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA

09005-shakl

‎‎Tijorat bankining emblemasi

‎‎

‎‎__________________________________________
‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

Naqd chet el valyutasini ekspertizaga qabul qilish toʻgʻrisida

‎‎_____ _________-son maʼlumotnoma

‎‎20__yil “_____” _______________

(kun) ‎

‎‎(oy)

‎Ushbu tasdiqlovchi hujjat berildi____________________________________________

(F.I.O.)

‎‎_______________________________________________________________

(shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami)

‎‎_______________________________________________________________
‎‎Turar joyi boʻyicha manzil__________________________________________________
‎‎Xorijiy davlatning pul birligini ekspertizaga qabul qilish:

‎‎1. ______________________________________________________________________‎‎(chet el valyutasining toʻliq nomi, nominali, seriyasi ‎
va raqami, emitent bankning nomi)

‎‎2. ______________________________________________________________________
‎‎3. ______________________________________________________________________
‎‎4. ______________________________________________________________________
Qayd etilgan pul birligi (toʻlov hujjati) belgilangan tartibda ekspertizaga qabul qilinadi.
Shoxobcha xodimlari____________ ‎‎________________________

‎‎(imzolar)

‎‎(xodimlarning shtampi)

‎‎Jismoniy shaxs_______________

____________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
14-ILOVA

‎‎09011-son reyestr

‎‎________________________________________‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎Xorijiy davlatlarning shikastlangan yoki toʻlovga yaroqsiz pul belgilarini oʻsha davlatning toʻlovga yaroqli pul belgilariga almashtirish
‎va maydalash operatsiyalarini hisobga olish
‎REESTRI

Chet el valyutasining nomi ‎

Almashtirish, maydalash va yiriklash uchun qabul qilingan chet el valyutasining nominali, seriyasi va tartib raqami‎

Undirilgan vositachilik haqi ‎

09012-shakl kvitansiyaning raqami ‎

09013-shakl maʼlumotnomaning raqami ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Nazoratchi‎:

‎‎__________________

‎‎_____________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

Kassir:

__________________‎‎

‎‎_____________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
15-ILOVA

‎‎09012-shakl

‎‎Tijorat bankining emblemasi

___________________________________
‎(tijorat bankining nomi)

‎‎_____ _________-son maʼlumotnoma

‎‎20__yil “_____” ______________

(kun) ‎

‎‎(oy)

‎‎Ushbu tasdiqlovchi hujjat berildi____________________________________________

‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.,

‎_______________________________________________________________

‎‎shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va raqami)

Turar joyi boʻyicha manzili_________________________________________________

Shikastlangan chet el valyutasini shikastlanmagan chet el valyutasiga almashtirish.

‎‎
‎‎Qabul qilindi ____________________________________________________________

‎‎(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan yoziladi,

‎‎_______________________________________________________________

‎‎nominali, seriyasi va tartib raqami, emitent bankning nomi)

Berildi _________________________________________________________________

‎‎(chet el valyutasining summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

Vositachilik haqi undirildi_________________________________________________

‎‎(raqam va soʻz bilan yozilgan summa)

‎‎___________________________
‎(jismoniy shaxs imzosi)

‎‎________________________________
‎(shoxobcha xodimlarining
‎imzosi va shtampi)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
16-ILOVA

09013-shakl‎

Tijorat bankining emblemasi

‎‎_________________________________

(valyuta ayirboshlash ‎shoxobchasining shtampi)‎

-son maʼlumotnoma‎

‎‎________________________________________________________________________‎‎(valyutaning nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

Chet el
‎valyutasining
‎nomi ‎

Mayda yoki yirik miqdorda ayirboshlash uchun qabul qilingan chet el valyutasining nominali, seriyasi va tartib raqami ‎

Mayda yoki yirik miqdorda ayirboshlab berilgan chet el valyutasining nominali, seriyasi va raqami

‎‎__________________________________________ miqdorida vositachilik haqi olindi.

(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)‎‎

__________________‎ __________________‎ __________________‎

(jismoniy shaxs imzosi) ‎

(nazoratchining
‎shtampi va imzosi)‎

(kassirning shtampi
‎va imzosi)‎

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
17-ILOVA

09014-son reyestr

‎‎___________________________________________
‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎Konversiya qilingan (almashtirilgan) naqd chet el valyutasini
‎hisobga olish
‎REESTRI

‎‎

‎‎20___ yil “______” __________________

(kun) ‎

‎‎(oy)

F.I.O.‎‎‏

Chet el valyutasi‎‎‎

‎‎‏Konversiya qilingan (almashtiril‎gan) ‎kurs‎

09015-son maʼlumotnoma raqami ‎‎‏
‎‎

qabul qilindi

berildi‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎Nazoratchi:

‎_________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

‎‎Kassir:

‎‎_________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
18-ILOVA

‎‎09015-shakl

Tijorat bankining emblemasi

‎‎_________________________

_____________________________

‎‎(tijorat bankining nomi)

(valyuta ayirboshlash
‎shoxobchasining shtampi)

‎‎_____ ________-son maʼlumotnoma

‎‎20__yil “_____” ___________

(kun)

‎‎(oy)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(qabul qilingan valyuta nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(konversiya qilingan (almashtirilgan) valyuta nomi, summasi raqam va soʻz bilan yoziladi) ‎‎‎‎vositachilik haqi miqdori

‎‎‎‎____________________________��‎(valyuta egasining imzosi)

‎‎______‎‎‎‎____________________________‎‎(valyuta ayirboshlash ‎shoxobchasi ‎xodimlarining imzosi)

‎‎ Mazkur maʼlumotnoma chet el valyutasi boshqa chet el valyutasiga almashtirilganligini tasdiqlash uchun berildi.

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
19-ILOVA

‎‎old tomoni
‎09016-son

‎‎________________________‎___________________‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasining shtampi)

‎‎Valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan amalga
‎oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida
‎ HISOBOT

20___ yil “______” ________________

(kun) ‎

‎‎(oy)

‎‎kunlik boʻnak limiti:_______________‎‎

‎‎chet el valyutasida:_________________‎

‎‎milliy valyutada:_________________‎‎

Amalga oshirilgan operatsiyalar mazmuni‎‎‏

Milliy valyutada ‎‎

Chet el valyutasida*‎‎

kirim‎

chiqim‎

kirim‎

chiqim‎

Olingan boʻnak: ‎‎
Kunlik aylanmalar:‎‎ ‎‎ ‎‎
Sotilgan valyuta‎‎
Jami aylanmalar‎‎ ‎‎ ‎‎
Bank kassasiga topshirilishi kerak‎‎ ‎‎
Balans:‎‎ ‎‎ ‎‎
* “Chet el valyutasi” grafasi tijorat banklarining sotib olish va sotish kursi boʻyicha toʻldiriladi.

‎‎orqa tomoni

Maʼlumotnomalarning foydalanilishi

Maʼlumotnoma
‎turi

Olindi‎‎

Sarflandi‎‎

Buzildi‎‎

Qoldi‎‎

raqamdan‎

raqamgacha‎

raqamdan‎

raqamgacha‎

raqamdan‎

raqamgacha‎

raqamdan‎

raqamgacha‎

‎__________________________

‎‎(valyuta ayirboshlash shoxobchasi xodimlarining imzosi)

‎‎______________________________

‎‎(hisobot tuzuvchining F.I.O., imzosi)

‎‎Hisobotni tekshirdi:______________‎‎_____________________________________________________

‎‎‎‎(bosh buxgalter yoki boʻlim boshligʻining F.I.O., imzosi)

‎‎20___ yil ‎

“_____” (sana)‎

________________
‎(oyning nomi)‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2944/0224-son)