Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.05.1996
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 25-apreldagi 217-I-sonli “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunini amalga kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 30-sentabrdagi 364-XII-son “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
I. BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Bank tushunchasi
Pul mablagʻlarini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, toʻlashlik va muddatlilik shartlari asosida oʻz nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir. Bank huquqiy shaxsdir.
2- modda. Bank operatsiyalari
1. Banklar pul omonatlarini qabul qiladilar va joylashtiradilar, kreditlar beradilar hamda jalb etadilar, mijozlar va gumashta banklarning topshirigʻiga koʻra hisob-kitoblarni amalga oshiradilar va ularga kassa xizmatini koʻrsatadilar.
Banklar qonunga xilof boʻlmagan va oʻz ustavlarida koʻzda tutilgan boshqa operatsiyalarni ham, jumladan quyidagi operatsiyalarning hammasini yoki ayrimlarini, chunonchi:
a) mijozlar va gumashta banklarning hisob raqamini yuritishni;
b) investitsiyaga sarflanadigan mablagʻlar egasining yoki ularni tasarruf etuvchilarning topshirigʻiga koʻra kapital mablagʻlarni pul bilan taʼminlashni;
v) toʻlov hujjatlari va boshqa xil qimmatli qogʻozlar (cheklar, akkreditivlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar) chiqarishni;
g) davlat toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlarni xarid qilish, sotish va saqlash hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlarni;
d) uchinchi shaxslar uchun pul shaklida ijro etishni nazarda tutuvchi kafillik, kafolat berish va boshqa majburiyatlar olishni;
e) tovarlar yetkazib berish va xizmat koʻrsatish yuzasidan kelib chiqadigan toʻlovni talab qilish huquqini olish, bunday talablarning bajarilishini va ularning inkassatsiyasini tavakkal qilib oʻz zimmasiga olishni (faktoring);
j) asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulklar sotib olish va ularni ijara shartlari asosida oʻtkazishni (lizing);
z) chet el valyutalarini tashkilotlar va fuqarolardan xarid qilib olish hamda ularni sotishni;
Oldingi tahrirga qarang.
i) chet elda qimmatbaho metallar, tabiiy qimmatbaho toshlar, shuningdek qimmatbaho metallardan hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni xarid qilish va sotishni;
(2-modda 1-bandining “i” bandchasi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
k) qimmatbaho metallarni hisob raqamlariga va omonatlariga jalb etish hamda joylashtirish va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq ravishda ana shu boyliklar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalarni bajarishni;
l) mijozlarning topshirigʻiga koʻra mablagʻlarni jalb etish va ularni joylashtirish, qimmatli qogʻozlarni boshqarish hamda boshqa ishlarni bajarishni;
m) bank faoliyatiga bogʻliq boʻlgan masalalar yuzasidan maslahatlar berishni amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirigʻiga binoan respublika budjetining bajarilishi boʻyicha kassa operatsiyalarini amalga oshirishlari shart.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 2-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank oʻz vakolati doirasida beradigan ruxsatga koʻra boshqa operatsiyalarni bajarishlari mumkin. Mazkur moddada nazarda tutilgan operatsiyalar respublika hududida muomalada boʻlgan pul birliklarida oʻtkaziladi.
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda banklar kreditorga berish uchun qarzdordan depozitga pul va qimmatli qogʻozlar qabul qiladilar.
Pul va qimmatli qogʻozlarni bank depozitiga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(2-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuniga asosan kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
5. Bank operatsiyalarini amalga oshirishga vakolati boʻlmagan shaxslar va idoralar tomonidan bajarilgan bank operatsiyalari haqiqiy deb hisoblanmaydi.
6. Banklarga mahsulot ishlab chiqarish va qimmatga ega boʻlgan materiallar bilan savdo qilish sohasida, shuningdek sugʻurtaning hamma koʻrinishlari boʻyicha faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
(2-moddaning 4 va 5-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuniga asosan 5 va 6-bandlar deb hisoblanadi — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
3-modda. Firma nomi
Firmani nomlashda yoki reklama maqsadlarida “bank” atamasidan yoki tarkibiga shu atama kirgan soʻz birikmasidan, mazkur Qonunga muvofiq, bank operatsiyalariga vakolati boʻlgan muassasalargina foydalanadilar.
4-modda. Respublika va banklarning masʼuliyatini chegaralash
Oʻzbekiston Respublikasida banklar Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydilar, Oʻzbekiston Respublikasi ham banklarning majburiyatlari yuzasidan javobgar emasdir, ushbu Qonunda, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan dollar hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz zimmasiga ana shunday masʼuliyatni olgan dollar bundan mustasno.
II BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BANK TUZILIShI
5-modda. Bank sistemasining tarkibiy qismlari
1. Oʻzbekiston Respublikasining bank sistemasiga quyidagilar kiradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va unga tobe boʻlgan muassasalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
v) respublika aksiyali-tijorat sanoat qurilish banki;
g) respublika aksiyali-tijorat agrosanoat banki;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kreditlar berish davlat-tijorat banki;
e) pay, aksiya asosida, shuningdek chet el kapitali ishtirokida tuzilgan tijorat banklari, ularning filiallari va vakolatxonalari;
j) kooperativ va xususiy banklar.
Tijorat, kooperativ va xususiy banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklar oʻzaro munosabatlarini shartnoma asosida quradilar”;
(5-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Har bir bankning vazifalari banklar tomonidan ishlab chiqiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki roʻyxatidan oʻtkaziladigan oʻz ustavlari bilan belgilanadi.
(5-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tijorat banklarining faoliyati respublika Markaziy banki tomonidan ular uchun iqtisodiy normativlar belgilab berilishi va ularning faoliyati ustidan nazorat qilinishi yoʻli bilan boshqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan boshqa davlatlarda kredit muassasalari, bank shuʼbalari ochish huquqi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el banklarining shuʼbalari va vakolatxonalari, shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochishga ruxsat berish huquqiga egadir.
(5-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Banklar oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish maqsadida uyushmalar, assotsiatsiyalar, xolding kompaniyalar va oʻzga xil tashkilotlar tuzishlari mumkin.
(5-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
6-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining banklari oʻz faoliyatlarida mazkur Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, oʻz ustavlariga amal qiladilar.
(6-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Banklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va oʻz ustavlariga muvofiq kelmaydigan koʻrsatmalar hamda talablarni bajarishga haqli emaslar.
Oldingi tahrirga qarang.
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MARKAZIY BANKI
(III-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
7-modda. Bankning maqomi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki respublikaning davlat emission va zaxira banki hisoblanadi hamda ushbu Qonun asosida tuziladi.
(7-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki huquqiy shaxs hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlagan oʻz ustaviga ega boʻladi.
(7-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tuziladigan shartnomalar va banklararo bitimlar asosida rubl zonasiga kiruvchi davlatlarning milliy va markaziy banklari hamda boshqa xorijiy davlatlarning banklari bilan hamkorlik qiladi.
(7-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya tashkilotlarining avuarlari uchun depozitariy hisoblanadi.
Davlat boshqaruv idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolati doirasida amalga oshiradigan ish faoliyatiga aralashishga haqli emasdir.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
— pul muomalasi, kredit berish, mablagʻ bilan taʼminlash, hisob-kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
— hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va normalarini belgilash;
— ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul muomalasini boshqarishning normativlarini oʻrnatish;
— barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta operatsiyalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
— barqaror pul muomalasini va Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalada boʻlgan pulning xarid qobiliyatini saqlash;
— bank ishlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish.
— Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
— milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xoʻjaligini taʼminlash;
—Oʻzbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga koʻmaklashish, ularning markaziy va milliy banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish
— respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish;
— Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish;
— bank ishlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalar berish, chakana savdo va chet el valyutasida xizmatlar koʻrsatishga ruxsatnoma berish;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni 1 va 6-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisobdorligi va uni boshqarish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga rahbarlikni Rais, uning muovinlari va aʼzolaridan iborat Boshqaruv amalga oshiradi. Boshqaruv Raisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tayinlab, soʻngra uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tegishli qoʻmitalari yoki uning topshirigʻi bilan auditor tashkilotlari tomonidan tekshirilishi mumkin.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 7-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
10-modda. Bank fondlari
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan va oʻz majburiyatlarining garovi boʻlib xizmat qiladigan ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi miqdorini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ustav fondini chet el valyutasida ham tuzishi mumkin
(10-moddaning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 8-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki olgan foyda hisobidan boshqa turli maqsadlar uchun moʻljallangan fondlar tashkil etiladi, ularni bank oʻz ustaviga muvofiq ravishda boshqaradi, ulardan foydalanadi va tasarruf etadi.
(10-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 8-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga yillik hisobot va foydani taqsimlashga doir oʻz takliflarini taqdim etadi.
(10-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasini taqsimlash
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning muassasalari rezerv sistema vazifasini bajarish natijasida hosil boʻladigan foydadan olinadigan soliqlardan, yigʻimlar hamda davlat bojlaridan ozod qilinadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 9-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlari
Yagona pul-hisob-kitobi, kredit, valyuta investitsiyasi, emissiya-kassa siyosati oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bank faoliyati masalalari yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida respublika hududida joylashgan barcha banklar va bank muassasalari uchun majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 10-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit resurslari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit resurslari tubandagilardan iborat:
— Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida vujudga keltirilgan ustav, rezerv va boshqa fondlarning mablagʻlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankidagi pul omonatlari;
— boshqa mamlakatlar banklari va hukumatlarning omonatlari;
— Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ustavida koʻzda tutilgan boshqa mablagʻlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklariga toʻlovli kredit resurslari beradi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 11-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
14-modda. Pul muomalasini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy valyuta joriy etilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100 tiyindan iborat boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona toʻlov vositasi hisoblanadi. Respublikaning oʻz valyutasi joriy etilishida Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(14-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir.
(14-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya qilish, saqlash va tashishni tashkil etadi, oʻzining muassasalarida pul belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.
(14-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika inkassatsiya boshqarmasi oʻzining barcha boʻlimlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida boʻladi.
(14-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
15-modda. Pul-kredit orqali tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit orqali respublika iqtisodiyotini muomaladagi pul massasining miqdori va strukturasini tartibga solib turuvchi idora hisoblanadi.
(15-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlari asosida pul massasi hajmi va strukturasini tartibga soladi.
(15-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Muomaladagi pul massasini tartibga solish tijorat banklariga beriladigan kreditlarning miqdorini oʻzgartirish, qimmatli qogʻozlarni va chet el valyutasini xarid qilish va sotish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banklarida joylashtiriladigan tijorat banklarining majburiy rezervlari normasini hamda foiz stavkalarini oʻzgartirish yoʻllari orqali amalga oshiriladi.
(15-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tijorat banklari uchun oxirgi boʻgʻin kreditor boʻlib hisoblanadi.
(15-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi jamlama pul oboroti hajmlarini, pul va davlatning boshqa qimmatbaho qogʻozlar emissiyasini mustaqil belgilaydi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsiyalari
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega:
a) tijorat banklariga ular bilan kelishilgan muddatga kredit berish;
b) toʻlash qobiliyati aniq boʻlgan, shu boʻyicha majburiyatli uch shaxsning imzosi boʻlgan veksellarni va cheklarni xarid qilish, sotish va ular bilan boshqa bitimlarni amalga oshirish, bunda toʻlash vaqti bilan sotib olingan kun orasidagi muddat uch oy boʻlishi kerak;
v) qimmatli qogʻozlarni sotib olish, saqlash va sotish, shuningdek qimmatbaho metallar bozorida operatsiyalar amalga oshirish;
g) toʻlash muddati uch oydan oshmasligi sharti bilan, qimmatli qogʻozlarni va veksellarni garovga olib, ularning belgilangan narxidan 90 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda kredit berish;
d) respublikaning oltin zaxirasini shakllantirish, uning but-butunligini taʼminlash va undan xalq xoʻjaligi hamda tashqi savdo oborotida foydalanish uchun oltin-kumushlar berish;
e) chakana savdoni amalga oshirish va chet el valyutasida xizmat koʻrsatish uchun ruxsatnoma berish;
j) pul belgilari va tangalar tayyorlashni, tashilishi va saqlanishini tashkil etish;
z) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu Qonunda va bank ustavida nazarda tutilgan vazifalariga kiruvchi boshqa operatsiyalarni va bitimlarni amalga oshirish;
i) “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlarning markaziy va milliy banklari hamda boshqa davlatlarning banklari bilan aloqalar oʻrnatish;
k) respublika nomidan xalqaro moliya tashkilotlariga aʼzolik bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan belgilangan miqdorda, umumiy shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kredit berishi mumkin. Ushbu miqdor doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatli qogʻozlarni kelgusida joylashtirish uchun sotib olish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika hududidagi oʻz muassasalari va tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi budjetining kassa ijrosini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqa davlatlarning banklari bilan munosabatlarda, xalqaro banklar va hamkorlik markaziy banklar darajasida boʻlishi nazarda tutilgan oʻzga moliya-kredit tashkilotlarida respublika manfaatlarini himoya qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati bilan kelishilgan holda davlat zayomlarini joylashtirish, ularning qiymatini toʻlash va ular boʻyicha foizlar toʻlash bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirgan holda (milliy va chet el valyutasidagi) davlat qarzlari hisobini yuritadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 14-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
17-modda. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar qilish va tashqi iqtisodiy faoliyat
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq kelgan va xalqaro amaliyotda foydalaniladigan chet el valyutasidagi har qanday operatsiyalarni respublikada va chet ellarda amalga oshirishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, valyuta va oʻzga manfaatlarini taʼminlashga koʻmaklashgan holda hukumatlararo savdo, toʻlov bitimlarining (shartnomalarning, moʻljal bayonlarining) valyuta-moliya shartlarini ishlab chiqishda qatnashish;
hukumatlararo bitimlarga, (shartnomalarga, moʻljal bayonlariga) muvofiq ravishda “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar va boshqa davlatlarning Markaziy hamda milliy banklari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
chet el valyutasida aksiyalar, obligatsiyalar va oʻzga qimmatbaho qogʻozlar sotib olish, chet el valyutasidagi foydadan valyuta fondlari hosil qilish;
tashqi iqtisodiy operatsiyalar boʻyicha banklarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi pul birligining chet el valyutasiga nisbatan boʻlgan kursini tartibga solish, bu pul birligini mustahkamlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish;
litsenziyalar berish qoidalarini belgilash va tijorat hamda chet el banklariga, (ularning shuʼbalari va vakolatxonalariga) shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklarga valyuta boyliklari bilan bank operatsiyalari oʻtkazishga litsenziyalar berish;
Oʻzbekiston Respublikasining pul-kredit siyosatiga muvofiq ravishda banklar uchun chet ellardan kreditlar jalb etish hajmlarini va ular boʻyicha foiz stavkalari darajasini cheklashni joriy etish;
oʻz huquqlarining muayyan qismini tijorat banklariga oʻtkazish huquqiga egadir.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
18-modda. Litsenziyaga taalluqli vazifalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tijorat banklarini, shuningdek, chet el kapitali ishtirokidagi banklar ochish tartibi, ularni tashkil etish uchun topshiriladigan hujjatlarning mazmuniga qoʻyiladigan talablar va ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
(18-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 16-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekistondagi banklarni roʻyxatga olishning umumrespublika kitobini yuritadi. Yangi tashkil etilayotgan tijorat banklari banklarni roʻyxatga olish umumrespublika kitobida qayd etilgan paytdan boshlab huquqiy shaxs maqomini oladilar.
(18-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
3. Tijorat bankini ochishga ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
— litsenziya berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma;
— taʼsis hujjatlari: taʼsis shartnomasi, bank ustavi, ustav qabul qilinganligi va bankning rahbar organlari tayinlanganligi toʻgʻrisida majlis bayoni;
— iqtisodiy asoslar va zarur hisob-kitob;
Oldingi tahrirga qarang.
— muassislarning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida auditorning yoki auditorlik firmasining xulosasi;
(18-modda 3-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
— muassislar taklif qilayotgan bank va uning filiallari rahbarlarining (boshqaruvchi va bosh muxosib) kasb jihatdan muvofiqligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
(18-modda 3-bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
— tijorat banki joylashgan erdagi Markaziy banki muassasasining ushbu hududda tijorat bankini ochish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlovchi xulosasi, xalq deputatlari mahalliy Sovetining tijorat bankini ochishga roziligi haqidagi maʼlumot.
(18-modda 3-bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Rahbariyat tarkibida oʻzgarishlar sodir boʻlgan taqdirda bank yangi tayinlangan mansabdor shaxslarning professional mahoratini tasdiqlovchi hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etadi.
(18-modda 3-bandining ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
4. Chet mamlakatlarning yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda tijorat bankini tuzishga ruxsatnoma olish uchun ushbu moddaning 3-bandida qayd etib oʻtilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar topshiriladi:
a) ajnabiy huquqiy shaxslar:
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishda qatnashish yoki uning shuʼbasini ochish toʻgʻrisida ajnabiy muassis (ishtirokchi)ning tegishli organi qabul qilgan qaror;
— ajnabiy muassis (ishtirokchi) joylashgan mamlakat nazorat organining muassis (ishtirokchi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank yoki uning shuʼbasini ochishga yozma roziligi, agar shu talab qonunda koʻrsatilgan boʻlsa;
— chet ellik muassis — bankning faoliyati toʻgʻrisida eʼlon qilingan hisobot, respublikaning chet eldagi konsullik muassasalari (respublikaning konsullik muassasasi ochilgunga qadar Rossiyaning konsullik muassasasi) belgilangan tartibda tasdiqlangan (ustav kapitali koʻrsatilgan holda) uning ustavi, boshqa chet el muassislariga nisbatan esa ana shu muassis mamlakatning savdo reyestridan koʻchirma yoki chet el muassisning yuridik maqomini va obroʻ-eʼtiborini isbotlovchi oʻzga bir hujjat;
b) ajnabiy fuqarolar:
— ushbu shaxsning toʻlov qobiliyatiga ega ekanligi haqidagi xorijdagi birinchi darajali bankning tasdiqnomasi;
— xorijdagi eng kamida ikkita huquqiy shaxsdan yoki toʻlov qobiliyatiga egaligi maʼlum boʻlgan fuqarolardan tavsiyanoma.
Hamma banklarning raqobat qilish uchun teng imkoniyatga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ajnabiy banklarining va chet el kapitali ishtiroki etadigan banklarning muassislariga banklar ustav kapitalining eng kam va eng yuqori miqdorlariga nisbatan qoʻshimcha talablar qoʻyish mumkin.
(18-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 16-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki chet el valyutasida operatsiyalar bajarishga litsenziya berish uchun kerakli qoʻshimcha maʼlumotlar talab qilishga haqlidir.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunini muvofiq 5-band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
6. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar ushbu Qonunda koʻrsatilgan kerakli hamma hujjatlar taqdim etilganidan soʻng ikki oydan ortiq boʻlmagan muddat ichida koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqariladigan tegishli qaror joʻnatilgan kundan boshlab iltimosnoma koʻrib chiqilgan hisoblanadi.
Taʼsis shartnomasi va ustavning Oʻzbekiston Respublikasida amal qilib turgan qonunlarga muvofiq kelmasligi, muassislarning iqtisodiy ahvoli bank mijozlari va omonatchilarning manfaatlariga xavf tugʻdiradigan darajada yomon boʻlishi, shuningdek bankning tavsiya etilgan rahbarlari professional nomuvofiqligi litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi.
(18-moddaning 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 16-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
7. Boshqa davlatlarning tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʻyxatdan oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasining hududida oʻz shuʼbalari va vakolatxonalarini ochishlari, mintaqalararo banklar tashkil etishlari mumkin. Ularning roʻyxatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Tijorat banklarining shuʼbalari va vakolatxonalari roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlabgina, bank operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi tijorat banklarining shuʼbalari va vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasining “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan foydadan, xoʻjalik hisobi daromadidan respublika budjetiga soliq toʻlaydi, bu soliq tijorat banki foydasining, xoʻjalik hisobi daromadining respublika hududida oladigan ulushiga mos boʻladi.
(18-moddaning 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operatsiyalarini oʻtkazish uchun berilgan litsenziyalarni quyidagi hollarda qaytarib olishi mumkin:
a) litsenziya berishga asos boʻlgan maʼlumotlarning yolgʻonligi ayon boʻlib qolsa;
b) litsenziya olingan kundan boshlab bir yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat boshlanmasa;
v) bank Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasida koʻzda tutilmagan operatsiyalarni amalga oshirsa;
g) bank ushbu Qonunning 19-moddasida nazarda tutilgan hisobotda yolgʻon maʼlumotlarni bersa;
d) ushbu Qonunning 19-moddasida koʻrsatilgan asoslarda.
Oldingi tahrirga qarang.
e) litsenziyalar, amaldagi qonunlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlari shartlarini buzsa.
(18-modda 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuniga muvofiq “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
Litsenziyaning qaytarib olinishi bankning tugatilishini bildiradi.
Litsenziyaning qaytarib olish eng oxirgi chora boʻlib, undan oldin tartib buzishlarni bartaraf etishga qaratilgan ogohlantirish choralari koʻrilishi kerak.
(18-modda 8-bandining birinchi va soʻngi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 16-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
9. Chet el banklari va ularning shuʼbalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining roʻyxat kitobidan oʻtganlaridan soʻnggina oʻz faoliyatlarini boshlashlari mumkin. Chet el banklarining vakolatxonalari ham ushbu kitobda roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Ustav fondi ajnabiy huquqiy shaxslar va fuqarolarning mablagʻi hisobiga tuziladigan banklarni ochish va ular faoliyatini toʻxtatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini roʻyxatdan oʻtkazadi.
(18-moddaning 9-bandi birinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 16-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
10. Bank faoliyati toʻxtatilganda, chet el bankining shuʼbasi yoki vakolatxonasi yoxud boshqa kredit muassasasi tugatilganda roʻyxatga olish kitobida qayd etilgan yozuvlar bekor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy jihatdan qay darajada maqsadga muvofiqligiga va bankning bu ishga qay darajada tayyor ekanligiga asoslangan holda, bankning arizasiga koʻra, tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat etadi.
(18-moddaning 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
12. Tijorat banklari taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin bir oy ichida oʻzgartirilgan hujjatlarning notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusxalarni taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tijorat banklari yoki ularning muassislari litsenziya berish yoki uni qaytarib olish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qarori yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining nazorat vazifalari bilan bogʻliq boshqa masalalar yuzasidan sudga yoki Oliy xoʻjalik sudiga shikoyat qilishlari mumkin.
(18-moddaning 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari faoliyatining tartibga solib turilishi
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻzining ish faoliyatida tijorat banklarining ishlashi va banklar oʻrtasida halol raqobat prinsiplari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga yordam beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining kundalik faoliyatiga aralashmaydi.
2. Tijorat banklarining moliyaviy jihatdan mustahkamligini taʼminlash, ularning kredit oluvchilari va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari uchun quyidagi iqtisodiy normativlarni belgilaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
— ustav fondining eng kam miqdori tijorat banklari uchun 100 million soʻm, kooperativ va xususiy banklar uchun —50 million soʻmga teng boʻlib, muassislar bank ish boshlaguniga qadar uni toʻlashlari kerak. Bundan buyon “100” va “50” koʻrsatkichlari pul qadrsizlanishining indeksini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasida eng kam oylik ish haqining oʻsishiga mos ravishda aniqlashtirib boriladi.
(19-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
— bankning oʻz mablagʻlari miqdori bilan uning aktivlari summasi oʻrtasidagi yoʻl qoʻyiladigan eng katta nisbat;
— Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga joylashtiriladigan majburiy rezervlarning miqdori;
— bir qarz oluvchiga tavakkal qilib beriladigan qarzning eng katta miqdori;
— balans barqarorligining koʻrsatkichi;
fuqarolar omonatlari sugʻurtasining umumiy bank fondiga va oʻz rezerv fondiga foydadan ajratmalar normativlari;
valyuta va kurs tavakkallari miqdorlarini cheklash.
3. Tijorat banki iqtisodiy normativlarni buzgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ana shu holga barham berish muddatlari va shartlarini belgilaydi.
Normativlar muntazam ravishda buzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank operatsiyalarini normativlarga muvofiqlashtirish muddatlari va shartlariga doir koʻrsatmalari bajarilmagan, yil zarar koʻrib yakunlangach, bank kreditorlari manfaatlariga xavf soladigan ahvol yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banki muassislari (qatnashchilari) oldiga yoki, basharti bank davlat-tijorat banki boʻlsa, tegishli idora oldiga:
— bankni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini koʻrish;
— bankni qayta tashkil etish;
— bankni tugatish haqida masala qoʻyishi mumkin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu moddada belgilangan normativlarni buzayotgan banklar uchun iqtisodiy jazo sifatida:
— bankning qonunni buzish orqali olgan qoʻshimcha daromadi miqdorida jarima pulni undirish;
— majburiy rezervlarning normalarini oshirish;
— bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bergan litsenziyani qaytarib olishi mumkin.
4-1. Tijorat banklari shuʼbalarining rahbarlari tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan va ularning gumashtalik hisob raqamlari qoniqarsiz ahvolda boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki ularga nisbatan quyidagi jazolarni qoʻllanishi mumkin:
bank shuʼbasining qonunga xilof harakati natijasida olingan qoʻshimcha daromadi miqdorida undan jarima puli undirish;
korxonalarning hisob raqami orqali toʻlovlar oʻtkazilishi kechikishiga muntazam ravishda yoʻl qoʻyib kelayotgan shuʼba tugatilishini tijorat bankidan talab qilish, basharti yuqorida qayd etilgan talabni bajarishdan asossiz ravishda bosh tortilgan taqdirda, bank operatsiyalarini bajarishi uchun mazkur bankka berilgan litsenziyani qaytarib olish.
(19-moddaning 4-1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuniga asosan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari va ularning shuʼbalari uchun ular tahlil va nazorat vazifalarini bajarishida zarur boʻlgan hisobot va boshqa materiallarning xarakteri hamda hajmini belgilaydi. Tijorat banklari va shuʼbalari qayd etilgan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan muddatlarda taqdim etishlari shart.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan tijorat banklari, ularning shuʼbalari va boshqa davlatlar banklarining shuʼbalari faoliyati ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ushbu Qonunga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki nazorat vazifalarini amalga oshirish yoʻlida tijorat banklari operatsiyalarini yoppasiga yoki oralatib, tanlab tekshirish tayinlashga haqlidir. Banklar faoliyatini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tizimi mutaxassislari va auditor tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonunining 1 va 17-bandlari tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III-1 BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI
19-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Hukumatning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini roʻyobga chiqaruvchi, tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat koʻrsatishni taʼminlovchi va valyuta mablagʻlarini jamlovchi ixtisoslashtirilgan bankdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki respublika Markaziy banki va Hukumatning topshirigʻiga binoan:
eksport tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish uchun chet el valyutasida kreditlar beradi, Oʻzbekiston Respublikasiga chet el valyutasida yetkazib berilayotgan va respublika chet el valyutasida olayotgan davlat zayomlari va kreditlariga xizmat koʻrsatadi, ular yuzasidan hisobotlar qiladi;
xalqaro valyuta-kredit bozorlarida operatsiyalar bajaradi;
kontrakt shartlarini bajarishlari vaqtida chet el banklari, konsernlari, firmalari va boshqa sheriklar aybi bilan olinmay qolgan mablagʻlarni undirishga koʻmaklashadi;
hukumatlararo bitimlarning toʻlov shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;
ustavda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olinadigan oʻz ustavi asosida amal qiladi.
(III-1-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuniga asosan kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
IV BOʻLIM. TIJORAT BANKLARI
20-modda. Tijorat bankining vazifalari
Tijorat (aksiyali, pay asosidagi va xususiy) banklar yuridik va xususiy shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan operatsiyalarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish orqali shartnoma asoslarida kredit-hisob-kitob va oʻzga xil bank xizmati koʻrsatadilar.
Tijorat banklari ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirish uslubiga qarab, bajarilayotgan operatsiyalarning turi, faoliyat koʻrsatish hududi va tarmoq belgisiga qarab bir-biridan farqlanadi.
Respublika, mintaqa dasturlari va oʻzga dasturlarni pul bilan taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda maxsus tijorat banklari tashkil etilishi mumkin.
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tegishli litsenziya olganlaridan keyin chet el valyutasida operatsiyalar amalga oshiradilar.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
21-modda. Tijorat banklarini tuzish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari va ularning shuʼbalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxati olinadi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Roʻyxatga olish pullidir. Ustavni roʻyxatga olish xususidagi hujjat bank faoliyatini boshlashga berilgan ruxsatdir.
22-modda. Tijorat banklarining ustavlari
1. Tijorat banklari oʻz ustavlari asosida ish olib boradigan. Davlat tijorat bankining ustavi bankni tuzishga qaror qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi. Sherikchilik asosida tuzilgan tijorat bankining ustavi muassislar (qatnashuvchilar) yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Bankning ustavida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan oʻzaro munosabatlari;
(22-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuniga asosan birinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
— bankning nomi va u joylashgan yer (aloqa manzilgohi);
— bank amalga oshiradigan operatsiyalarning roʻyxati;
— bank tashkil etadigan fondlarning roʻyxati, ustav fondining miqdori;
— bank huquqiy shaxs ekanligi va u toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi moliya bilan taʼminlashi negizida ishlashi toʻgʻrisidagi nizom;
— bankning boshqaruv idoralari, ularning tarkibi va tuzish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
— bankka qarashli muassasalarning roʻyxati, ularning maqomi;
— bank va uning shuʼbalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi;
— faoliyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni matbuotda eʼlon qilish majburiyati (tartibi) aks ettirilgan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sherikchilik asosida tuzilgan bankning ustavi shu moddada keltirib oʻtilgan talablardan tashqari, “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻrsatilgan talablarga javob berishi lozim.
(22-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
4. Ustavga bank faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boshqa qoidalar ham kiritilgan boʻlishi mumkin. Ustavga oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlaridagi oʻzgarishlar munosabati bilan kiritiladi.
23-modda. Tijorat banklarining ustav fondlarini tashkil etish
Tijorat banklarining ustav fondi qatnashchilarning badallari, aksiyalar chiqarish va sotish hisobiga vujudga keltiriladi.
24-modda. Tijorat banklarining muassislari, aksionerlari (qatnashchilari)
Xalq deputatlari Sovetlarining hamma bosqichlari va ularning ijroiya organlari, siyosiy tashkilotlar va ixtisoslashgan jamoat fondlaridan tashqari barcha huquqiy va xususiy shaxslar tijorat banklarining muassislari, aksionerlari (qatnashchilari) boʻlishlari mumkin.
Har bir muassis, aksionerlar (qatnashuvchilar)ning ulushlari ustav kapital miqdorining 35 foizidan oshmasligi kerak.
25-modda. Banklarning ajnabiy muassislari
Chet el banklarini va chet el kapitali ishtirokidagi banklarni tashkil etish vaqtida chet ellik muassislarning biri bank boʻlishi kerak.
26-modda. Banklarning mustaqilligi
Oʻzbekiston Respublikasidagi tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq qarorlarni qabul qilish vaqtida davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga boʻysunmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining xodimlari banklar boshqaruv idoralarida qatnashishlari (oʻrindoshlik asosida lavozim egallashlari) taqiqlanadi.
27-modda. Tijorat banklariga soliq solish
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi amaldagi qonunlariga muvofiq soliqlar toʻlaydilar.
28-modda. Tijorat banklarining mulkiy javobgarligi
Tijorat banklari oʻzlariga qarashli barcha mol-mulklar bilan majburiyatlari boʻyicha javobgardirlar. Ular muassislar va ishtirokchilarning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar. Muassislar va ishtirokchilar bank majburiyatlari boʻyicha oʻz ulushlari doirasida javobgardirlar, basharti ularning ustavlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
V BOʻLIM. BANKNING MOLIYAVIY JIHATDAN MUSTAHKAMLIGI VA UNING MIJOZLARI MANFAATLARINI HIMOYA QILISh
29-modda. Tijorat banklari uchun belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etish
Bankning moliyaviy jihatdan mustahkamligini taʼminlash va uning mijozlari manfaatlarini himoya qilish uchun, tijorat banklari ushbu Qonunning 19-moddasida sanab oʻtilgan normativlarga rioya etishlari shart.
30-modda. Bankning oʻz mablagʻlari
Quyidagilar bankning oʻz mablagʻlari hisoblanadi:
— ustav fondi;
— rezervlar va foyda hisobiga vujudga keladigan hamda bankning balansida turadigan boshqa fondlar;
— taqsimlanmagan foyda, aksiyachilar yoki paychilar oʻrtasida aksiyalarni taqsimlash hisobiga yoxud pay miqdorini oshirish hisobiga olingan mablagʻ.
31-modda. Bank aktivlari
Quyidagilar bank aktivlari hisoblanadi:
— huquqiy va xususiy shaxslarga beriladigan qarzlar;
— qimmatli qogʻozlar investitsiyalar;
— koʻchmas mol-mulkka investitsiyalar;
— boshqa aktivlar.
32-modda. Yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun rezervlar
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar oʻrnini qoplash uchun olinadigan foydadan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda sugʻurta va rezerv fondlari tashkil etadilar.
(32-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
33-modda. Bank siri
1. Oʻzbekiston Respublikasidagi banklar oʻz mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari hamda omonatlari boʻyicha sirni saqlash kafolatini beradilar. Bankning barcha xizmatchilari bankning, bank mijozlari va gumashtalarining operatsiyalari, hisob raqamlari va omonatlarini sir saqlashlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Huquqiy va xususiy shaxslarning operatsiyalari hamda hisob raqamlariga doir maʼlumotlar huquqiy va xususiy shaxslarning oʻzlariga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda tergov organlariga, sudlarga, yoki xoʻjalik sudlariga va auditor tashkilotlariga, soliq solish masalalari yuzasidan moliya va soliq idoralariga berilishi mumkin.
(33-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
3. Fuqarolarning hisob raqamlari va omonatlari boʻyicha maʼlumotlar mijozlarning oʻzlari yoki ularning vakillaridan tashqari sud va tergov organlariga ham ularning qaramogʻida boʻlgan ishlar boʻyicha mijozlarning hisob raqamlaridagi va omonatlaridagi pul mablagʻlari va boshqa boyliklari xatlanishi, ulardan haq undirilishi yoki mol-mulki musodara qilinishi mumkin boʻlgan hollarda.
4. Hisob raqamlari va omonatlarining egalari vafot etgan taqdirda ularga qarashli hisob raqamlari va omonatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ana shu hisob raqamlari va omonatlarning egalari bank uchun qoldirgan vasiyatnomada koʻrsatilgan shaxslarga, davlat notarial-idoralariga (ularning ixtiyoridagi vafot etgan omonatchining omonati boʻyicha merosxoʻrlik ishiga taalluqli boʻlsa), shuningdek xorijiy mamlakatlarning konsullik muassasalariga beriladi.
34-modda. Banklardagi pul mablagʻlarini va boshqa boyliklarni xatlash va undirib olish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Huquqiy shaxslarning chet el va xalqaro tashkilotlarning bankda saqlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa boyliklarini xatlash faqat tergov organlarining qarorlari, sudlar yoki xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari bilan, shuningdek shu boyliklardan haq undirib olish esa — faqat sudlar tomonidan berilgan ijro varaqlari, xoʻjalik sudlari buyrugʻiga hamda boshqa ijro hujjatlariga binoan, shuningdek davlat soliq organlarining talabiga binoan amalga oshiriladi.
(34-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
2. Fuqarolarning banklarda saqlanayotgan pul mablagʻlari va boshqa boyliklarini xatlash va haq undirib olish faqat sud hukmi yoki qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolarning pul mablagʻlari va boshqa boyliklarini musodara qilish faqat musodara qilish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan hukm yoki mol-mulkni musodara qilish haqida qonunga muvofiq chiqarilgan qaror asosida amalga oshirilishi mumkin.
VI BOʻLIM. BANKLAR OʻRTASIDAGI MUNOTSABATLAR VA TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MIJOZLARGA XIZMAT KOʻRSATISh
35-modda. Banklararo depozit, kredit va boshqa operatsiyalar
1. Tijorat banklari shartnoma asoslarida bir-birlarining mablagʻlarini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, oʻz ustavlarida koʻrsatilgan boshqa oʻzaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mijozlarga kredit berish va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablagʻ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilishlari mumkin.
(35-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
36-modda. Tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz stavkalari
Tijorat banklari operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari ularning oʻzlari tomonidan mustaqil belgilanadi, ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yoʻnalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan eng yuqori stavkalardan ortiq boʻlmasligi kerak”.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
37-modda. Bank va uning mijozi orasidagi munosabatning shartnomaviy xarakteri
1. Banklar bilan mijozlar oʻrtasidagi munosabat shartnomaviy xaraktyerga egadir.
2. Mijozlar oʻzlariga kredit hisob-kitob va kassa xizmatini koʻrsatadigan bankni mustaqil tanlaydilar.
38-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar
1. Banklarning foiz stavkalari va vositachilik haqi miqdorlarini belgilash masalalarida bank operatsiyalari bozorini monopoliyalashtirish, bank ishida raqobatni cheklash maqsadlarida oʻzlarining ittifoqlaridan, uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek monopoliyaga qarshi qonunlarga muvofiq shu maqsadda tashkil qilingan organlar nazorat qiladi.
(38-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
39-modda. Banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Banklar oʻrtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz muassasalarida tijorat banklari uchun gumashtalik hisob raqamini ochadi.
(39-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Banklar hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan shakllarda amalga oshiradilar.
(39-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
40-modda. Kreditning qaytarilishini taʼminlash
Banklar kreditni oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlash borasida mijozlarning garovlarini, kafolatlarini, ishonchnomalarini va boshqacha shakldagi majburiyatlarni qabul qiladilar.
Banklar kreditni moddiy boyliklar bilan taʼminlanmagan holda (blankadagi kredit) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari mumkin.
41-modda. Qarzdorlarni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Bankdan olgan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarish yuzasidan oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmagan qarzdorlarni bank toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilib, asosiy kredit berganlarga, yuqori turuvchi idoraga, korxona roʻyxatga olingan mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasiga qarzdor (qatnashchilar)ni taʼsis etuvchilarga xabar berishi mumkin.
(41-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
42-modda. Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga nisbatan koʻriladigan chora-tadbirlar
Toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan qarzdorga nisbatan, bankning taklifiga binoan, quyidagi chora-tadbirlar qoʻllanilishi mumkin:
operativ boshqaruvni bank kreditor ishtirokida tayinlangan maʼmuriyatga topshirish;
qayta tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank taklif etgan chora-tadbirlar qarzdorning huquqiy maqomiga qarab uning yuqori organi, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idorasi, muassislar (qatnashchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
(42-moddaning soʻnggi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
43-modda. Garov
Oldingi tahrirga qarang.
1. Banklar “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garovga qoʻyilmagan moddiy-tovar boyliklarni, mijoz ishlab chiqaradigan mahsulotni, qimmatli qogʻozlarni, tovar-taqsimot hujjatlarini va boshqa boyliklarni garovga qabul qilishlari mumkin. Hamma garovga olingan boyliklar mijoz hisobidan sugʻurta qilingan boʻlishi kerak.
(43-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
2. Asosiy vositalarga kiruvchi binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulk, basharti, mijoz ularga egalik qilish huquqiga ega boʻlsa, garov sifatida qabul qilinishi mumkin.
3. Garov toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan hollarda bank garovga qoʻyilgan mol-mulkni sudga yoki xoʻjalik sudiga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda sotishga haqlidir.
4. Bankka garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻdan bank garov bilan taʼminlangan qarzni toʻlash uchun foydalanadi, bunda bank boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning daʼvolariga nisbatan ustunlikka ega boʻladi.
(43-moddaning 2—4-bandlari Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-moddaning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 858-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 242-modda)
VII BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMGʻARMA IShLARI
44-modda. Aholining jamgʻarma omonatlari
1. Oʻzbekiston Respublikasida aholining jamgʻarma omonatlari barcha tijorat banklari tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Banklar aholidan omonatlar qabul qilib olish boʻyicha operatsiyalarni bajarishda oʻz shartlarini mustaqil belgilaydilar. Pul muomalasi mustahkamligini taʼminlash va pul qadrsizlanib narx oshishining oldini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omonatlar va qimmatbaho qogʻozlar boʻyicha cheklashlarni joriy etishi mumkin.
(44-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
3. Omonatlar boʻyicha olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
4. Omonatlar boʻyicha pul qabul qilib olish banklar tomonidan amalga oshiriladi va omonatchiga jamgʻarma hujjati beriladi.
45-modda. Omonatchilarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha banklarning majburiyatlari
Aholidan omonatlarni qabul qiluvchi tijorat banklari jalb etilgan mablagʻlardan shunday foydalanishi kerakki, natijada omonatchilar oldidagi majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilsin va mablagʻlarning saqlanishi taʼminlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu maqsadda tijorat banklari, Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankidan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilab qoʻyadigan tartibda va shartlar asosida aholining omonatlarini sugʻurta qiladigan banklararo fondlarni tuzishlari shart.
(45-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
46-modda. Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish banki
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish banki (Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki) aholi mablagʻlarini banklarga jalb qilish va ularni joylashtirish operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan davlat-tijorat bankidir.
(46-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma bankida aholi omonatlari saqlanishi va oʻz vaqtida qaytarilishini Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki jalb etgan pul mablagʻlari xalq xoʻjaligining kredit resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki tomonidan Jamgʻarma banki muassasalari bevosita xizmat koʻrsatadigan aholi va yuridik shaxslarga kredit berishdan foydalaniladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qarz majburiyatlariga joylashtiriladi.
(46-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Jamgʻarma banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan roʻyxatga olinadigan oʻz ustavi asosida faoliyat koʻrsatadi.
(46-moddaning 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
47-modda. Omonat qoʻyuvchilar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar omonat qoʻyuvchi boʻlishlari mumkin.
(47-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
2. Omonatchilar oʻz jamgʻarmalarini saqlash uchun oʻzlari xohlagan bankni tanlab oladilar, ular bir va bir necha bankka omonatlarini qoʻyishlari mumkin.
3. Omonatchilar oʻz jamgʻarmalarini tasarruf etishlari, omonatlar boʻyicha foiz tarzida yoki bank taklif etadigan boshqa koʻrinishda foyda olishlari, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirishlari mumkin.
4. Omonat qoʻyuvchi vafot etgan taqdirda omonatni istagan shaxsga yoki davlatga berish toʻgʻrisida bankka topshiriq berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Omonat qoʻyuvchi vafot etgan taqdirda banklar topshiriq berilmagan omonatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda merosxoʻrlarga beradilar.
(47-moddaning soʻnggi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
48-modda. Voyaga yetmaganlarning omonatlarga doir huquqlari
1. Oʻz nomiga omonat qoʻygan voyaga yetmagan shaxs bu omonatni mustaqil tasarruf etadi.
2. Kimdir tomonidan voyaga yetmagan shaxs nomiga qoʻyilgan omonatlarni:
a) voyaga yetmagan shaxs 15 yoshga toʻlganiga qadar — voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari;
b) voyaga yetmagan shaxs 15 yoshga toʻlganda — ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan voyaga yetmagan shaxsning oʻzi tasarruf qiladi.
VIII BOʻLIM. TIJORAT BANKLARIDA HISOB VA HISOBOT BERISh HAMDA ULAR FAOLIYATINI NAZORAT QILISh
49-modda. Tijorat banklarida hisob va hisobot berish
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarida muxosibot hisobi va hisobot berish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan yagona qoidalar asosida amalga oshiriladi.
(49-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
50-modda. Yillik balans, koʻrilgan foyda va zarar hisoblarini eʼlon qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan shakl va muddatlarda yillik balans, koʻrilgan foyda va zarar hisoblarini bu hisoblarda berilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini auditor tashkilotlar tasdiqlanganidan keyin eʼlon qiladilar.
(50-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 629-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 396-modda)
51-modda. Auditor tekshiruvlar
Qonunlarga muvofiq tekshiruvlarni oʻtkazish vakolati berilgan auditor tashkilotlar tijorat banklarining faoliyatini tekshirishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 15-fevral,
205-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 84-modda; 1992-y., 10-son, 396-modda; 1993-y., 6-son, 242-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)