Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalanadigan ishlar turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalashda idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik sxemasi 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan mustaqil qoʻyiladigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisining shakllari 31-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2017-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik hamda boshqa buyumlarni (keyingi oʻrinlarda zargarlik buyumlari deb ataladi) qatʼiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziyaga asosan ishlab chiqaradi;
b) 2018-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan:
yuridik shaxslarga — zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish;
yakka tartibdagi tadbirkorlarga — alohida buyurtma boʻyicha zargarlik buyumlari tayyorlash, shuningdek zargarlik buyumlarini taʼmirlash uchun avval berilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomalari bekor qilinsin;
v) zargarlik buyumlari ishlab chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali beriladi.
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Toshkent zarbxonasi” davlat unitar korxonasi 2017-yilning 1-oktabridan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyani rasmiylashtirgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning murojaatlari boʻyicha shaxsiy tamgʻalarni va belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilarni tayyorlashni taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi:
2017-yil 1-oktabrdan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyalar mazkur qarorga muvofiq berilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-sentabr,
777-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qaroriga 1-ILOVA
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash (keyingi oʻrinlarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalash organi deb ataladi) tomonidan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalanadigan ishlar turlari roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
3. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash faqat tadbirkorlik subyektlariga Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
4. Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziya (keyingi oʻrinlarda litsenziya deb ataladi) uning amal qilishi boʻyicha cheklanmagan muddatga beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
litsenziya — yuridik shaxslar va yuridik shaxsni tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda yakka tartibdagi tadbirkor deb ataladi) beriladigan, tegishli axborot tizimi reyestriga roʻyxatga olish maʼlumotlari kiritilganini tasdiqlaydigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish (huquqi) uchun matritsali shtrix kodga ega (keyingi oʻrinlarda QR kodi deb ataladi) ruxsatnoma;
daʼvogar — yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud ularning litsenziya olish uchun tegishli ariza bilan belgilangan tartibda markazlarga yoki Yagona davlat portali orqali murojaat qiladigan vakolatli shaxsi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi (keyingi oʻrinlarda shaxsiy tamgʻa deb ataladi) — lotin alifbosi uchta bosh harfining ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisida shifrlangan koʻrinishdagi axborotni oʻz ichiga olgan kombinatsiyasi boʻlib, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchiga beriladi.
6. Litsenziya litsenziatlarga:
davlat tomonidan asillik darajasi majburiy belgilanmasdan, oʻzlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga belgilangan namunadagi tamgʻa belgisi izini qoʻyish hamda buyumga ishlab chiqaruvchining roʻyxatga olingan shaxsiy tamgʻasini majburiy qoʻyish;
Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan chakana savdo qilish uchun beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini olmasdan, oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni mustaqil chakana sotish, aholidan ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan qimmatbaho metallar parchalarini, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni litsenziyada koʻrsatilgan manzil boʻyicha sotib olish;
oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi subyektlardan ishlab chiqarish maqsadlari uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni sotib olish;
“Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJdan qimmatbaho metallarni oʻlchamli plitkalar koʻrinishida, shuningdek, 5 gramm ogʻirlikdagi va undan ogʻir granulalarni milliy valyutada sotib olish;
sotib olingan qimmatbaho metallarni litsenziyaga ega boʻlgan boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotish;
mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish asosida zargarlik buyumlarini boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda tayyorlashni tashkil qilish (ichki tarmoq kooperatsiyasi) huquqini beradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
2-bob. Litsenziyalash talablari va shartlari
7. Quyidagilar litsenziyalanadigan ishlar turlari roʻyxatiga muvofiq zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish boʻyicha litsenziyalangan talablar va shartlar hisoblanadi:
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida, qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar namunalari va ularni tamgʻalash haqidagi qonun hujjatlariga, shuningdek qimmatbaho metalllar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga soʻzsiz rioya etish;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha litsenziyalanadigan ishlar turlarini amalga oshirish talablariga mos mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa mol-mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarning mavjudligi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi.
8. Quyidagilar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziyalash talablari va shartlari hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan va/yoki nizom jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun;
faoliyat koʻrsatadigan joyda yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnik mustahkamlik yoʻriqnomalari, materiallar, xomashyo va tayyor buyumlarni saqlash qoidalariga belgilangan talablarga muvofiq rioya etilishini taʼminlash;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash boʻyicha talablarni tartibga soluvchi texnik va normativ hujjatlarning mavjudligi (qimmatbaho metallarni sarflash, hisobga olish va saqlash boʻyicha obyekt ichidagi yoʻriqnomalar, texnik qaydlar, marshrut texnologiyalari xaritasi, bichish xaritalari, barcha operatsiyalar uchun operatsiyalar boʻyicha normativlar, qimmatbaho metallarni sarflashning batafsil operatsiya normalari va jamlangan normalari);
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun malakali xodimlarning mavjudligi;
daʼvogarning qimmatbaho metallarni olish, sarflash, hisobga olish, saqlash tartibi, qimmatbaho metallarni tayyorlash, qadoqlash, transportirovka qilish, ularning parchalari va chiqindilarini qayta ishlash korxonalariga topshirish tartibiga rioya qilish boʻyicha talablarni soʻzsiz bajarishi;
qimmatbaho metallarning kelib tushishi, sarflanishi va xomashyoda, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarishda va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlarda ularning qoldiqlarini, shuningdek ushbu boyliklar chiqindilari va yoʻqotishlarning qatʼiy hisobini yuritish;
xomashyoda, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarishda va tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan buyumlarda, barcha saqlash joylari hamda bevosita ishlab chiqarishda ularning qoldiqlarini belgilangan muddatlarda inventarizatsiyadan oʻtkazish;
qimmatbaho metallar hosil boʻladigan joylar va manbalarda ularning barcha turdagi parchalari va chiqindilarining toʻliq toʻplash, hisobga olish hamda saqlashni taʼminlash;
daʼvogarning litsenziya beruvchi organ tomonidan belgilanadigan shakllar boʻyicha va muddatlarda qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar harakati toʻgʻrisida hisobotlarni albatta taqdim etishi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilmaydigan va/yoki nizom jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar uchun:
belgilangan talablarga muvofiq yongʻin xavfsizligi, sanitariya qoidalari, normalari, gigiyena normativlarini, texnik mustahkamlik boʻyicha yoʻriqnomalar mavjudligi;
faoliyat joyida mustaqil ravishda ishlab chiqilgan norma va qoidalar asosida materiallar, xomashyo va tayyor buyumlarni hisobga olish, sarflash, saqlash;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun mustaqil ravishda ishlab chiqilgan normativ-texnik hujjatlarning mavjudligi;
(8-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
v) yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — daʼvogar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobga olish va saqlash boʻyicha mustaqil ishlab chiqilgan tartibga rioya qilishi shart.
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
9. Daʼvogar qimmatbaho buyumlar ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartib va uslubda markazga kelib yoki Yagona portal orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron shakldagi (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya berish toʻgʻrisida quyidagilar koʻrsatilgan arizani taqdim etadi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan manzili (pochta manzili), faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili), bank boʻlimining nomi va hisob-raqami, telefon raqami va mavjud boʻlsa, elektron pochtasi hamda veb-sayti;
yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi va otasining ismi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), joylashgan manzili, faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili), bogʻlanish uchun axborot (telefon, elektron pochta);
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
daʼvogar amalga oshirish niyatida boʻlgan faoliyat turlari (yoki ularning qismlari);
tarozi va toshlar tekshirilgani haqida maʼlumotlar;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish taxmin qilinayotgan obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga mos kelishi haqida maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxirasidan ajratilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanish moʻljallanayotgan obyektlar uchun (yuridik shaxslar uchun) — obyektning texnik jihatdan mustahkamligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlimlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulangani haqida maʼlumot;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlar va litsenziya olish uchun davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi maʼlumotlar.
Daʼvogar litsenziya olish ariza taqdim etish huquqiga ega boʻlib, bunda 1 va 2 guruhdagi yoki har qanday guruhdagi barcha faoliyat turini koʻrsatadi.
Daʼvogarning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasida elektron manzilining koʻrsatilishi uning Yagona portal orqali elektron shakldagi arizasi boʻyicha qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi xabarni olishga roziligini anglatadi.
10. Daʼvogarning ushbu Nizomning 9-moddasida nazarda tutilmagan maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Daʼvogar markazga kelib murojaat qilgan taqdirda, markaz xodimi arizaning litsenziya beruvchi davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat xizmatlari pasportiga muvofiq arizaning toʻgʻri toʻldirilganini tekshiradi.
Markazning xodimi arizani roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng daʼvogarga arizani qabul qilib olgani haqida tilxat beradi yoki ariza nusxasiga uning roʻyxat raqami koʻrsatilgan tegishli qaydni kiritadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
12. Markaz xodimi arizani belgilangan tartibda qabul qilib olgan kunda undagi maʼlumotlarni Yagona portal orqali litsenziya beruvchi organga yuboriladigan maxsus shaklga kiritadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
13. Daʼvogar oʻzi yashamaydigan joydagi markazga kelib murojaat qilgan holatda, ariza markaz tomonidan litsenziya beruvchi organga Yagona portal orqali yuboriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
14. Daʼvogar arizani markazga elektron shaklda taqdim qilgan holatda, markaz xodimi zarur boʻlganda unga arizani markazning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uchun ajratilgan binosida joylashgan Yagona portal orqali yuborishga koʻmaklashadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Qogʻozda rasmiylashtirilgan “PDF” formatidagi (hujjatlarning platformalar oʻrtasidagi formati) nusxalar koʻrinishida skanerlangan hujjatlar ilova qilingan maʼlumotlarni yuborishga ruxsat etiladi. Har bir hujjat asl nusxaga mos keladigan barcha belgilar saqlanishi taʼminlaydigan alohida fayl koʻrinishida boʻlishi lozim (bir dyuymda kamida 200 nuqta). Bitta faylning hajmi 10 Mb dan oshmasligi kerak.
15. Daʼvogar arizani Yagona portal orqali taqdim etishi uchun foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki “Tadbirkorlik subyektining kabineti” shaxsiy kabinetdan foydalanishga ruxsat olishi, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash” xizmatini tanlashi va xizmatlar pasportiga muvofiq arizani belgilangan shakli boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun soʻrovnomani shakllantirishi zarur.
16. Yagona portal orqali joʻnatilgan ariza avtomatik ravishda roʻyxatga olinadi va unga oʻziga xos roʻyxatga olish raqami beriladi.
17. Ariza litsenziyalovchi organning masʼul xodimi tomonidan qabul qilinadi va uni olganligi haqida maʼlum qiladi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
18. Litsenziya berish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash boʻyicha komissiya tashkil etiladi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi).
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
19. Komissiyaning shaxsiy tarkibi litsenziyalovchi organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(20 va 21-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
22. Komissiya qonun hujjatlarida belgilangan tartib va uslubda olingan arizani koʻrib chiqadi hamda arizani taqdim etish uslubidan qatʼi nazar, quyidagilar uchun ariza qabul qilingan muddatdan oshmaydigan muddatda litsenziya beradi yoki berishni rad etadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
litsenziya berish uchun — 5 ish kuni;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun — 2 ish kuni;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
ixtiyoriy bekor qilish uchun — 8 ish kuni.
Komissiyaga:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani bevosita daʼvogardan pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda qabul qilish;
markazga murojaat qilgan daʼvogarlarni ularning litsenziya berish haqidagi arizalarini koʻrib chiqish jarayonida taklif etish taqiqlanadi.
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
23. Daʼvogardan litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun ariza taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida ;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziya olish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandda koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi;
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Toʻlov naqd pulda yoki bank kartalari orqali naqdsiz toʻlanishi mumkin.
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
24. Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻimlarning qolgan qismi keyinchalik xodimlarni taʼminlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, ularning mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirish uchun litsenziyalovchi organ hisobiga oʻtkaziladi;
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda yigʻimning 20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(24-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlovning qolgan qismi ishchi organning hisobiga oʻtkaziladi va keyinchalik tushadigan mablagʻlar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishi uchun yoʻnaltiriladi.
Daʼvogar taqdim etgan arizasidan voz kechgan taqdirda toʻlangan toʻlov qaytarib berilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
25. Litsenziyalovchi organ ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilish muddati tugashigacha 3 ish soatdan kechiktirmasdan, qonun hujjatlarida belgilangan tartib va uslubda markazga yoki daʼvogarning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga taqdim etilgan arizaga va ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan litsenziyani yoxud ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda litsenziya berish rad etilgani haqidagi xabarni yuboradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
26. Arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha kelgan hujjat markaz tomonidan qogʻozda chop etilgandan soʻng unga markaz muhri qoʻyiladi va ushbu hujjat litsenziyalovchi organ bergan litsenziyaga tenglashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
27. Agar litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarida belgilangan tartib va uslubda taqdim etilgan lizensiya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan muddatda daʼvogarga ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan litsenziyani yubormasa yoki uni arizada qayd etilgan shaklda xabardor qilmasa, ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan muddat tugagandan soʻng daʼvogar markaz yoxud Yagona portal orqali tegishli xabarnoma taqdim etgan holda zargarlik buyumlari tayyorlash ishlarini bajarish huquqiga ega.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
28. 27-bandda nazarda tutilgan holatda, litsenziyalovchi organ daʼvogardan tegishli xabarnomani olgandan soʻng 3 ish kuni davomida ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan litsenziyani yuborishi shart.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
29. Litsenziya olingunga qadar, oʻziga xos roʻyxat raqamiga ega xabarnomani olganlik toʻgʻrisidagi tilxat yoki markazning qabul qilingani haqida belgi qoʻyilgan hamda oʻziga xos roʻyxat raqamiga ega xabarnoma nusxasi litsenziyaga tenglashtiriladi va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
31. Komissiya litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan qarorni qabul qilish muddati tugashiga bir ish kunidan kechiktirmay, litsenziya berish yoki berishni rad etish haqidagi qaror koʻrsatilgan bayonnomani imzolaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
33. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki berishni rad etish haqidagi qaror qabul qilgan kundan boshlab bir ish kuni davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usulda Yagona portal orqali xabarnoma yuboradi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida, unda protokol raqami hamda qaror qabul qilingan sana koʻrsatiladi;
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida, unda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va daʼvogar qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, takroriy koʻrib chiqish uchun hujjatlar taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi.
34. Litsenziya berish quyidagilarga asosan rad etilishi mumkin:
daʼvogar litsenziya olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni toʻliq taqdim etmasa;
daʼvogar qayd etgan maʼlumotlar ishonchsiz yoki notoʻgʻri koʻrsatilsa;
daʼvogar ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻzda tutilgan talablar va shartlarga mos kelmasa;
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
litsenziyani boshqa sabablarga koʻra, jumladan, maqsadga muvofiq emasligi tufayli berish rad etilsa.
35. Daʼvogar rad qilish sabablarini bartaraf etishi va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish muddati rad etish sabablarini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin kamida 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
36. Agar litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, shuningdek daʼvogar taqdim etgan arizasidan voz kechsa, litsenziya berish uchun toʻlangan davlat boji miqdori qaytarib beriladi.
37. Daʼvogar litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etsa, litsenziyalovchi organ daʼvogardan ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar qabul qilib olingan kundan eʼtiboran 3 ish kunidan oshmaydigan muddatda uning arizasini, litsenziya berish yoki berishni rad etishni qayta koʻrib chiqadi. Daʼvogarning arizasini qayta koʻrib chiqishda toʻlov undirilmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
38. Daʼvogarning litsenziya berishni rad etish sabablarini bartaraf etgani haqida arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar ushbu Nizomning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
39. Arizani qayta koʻrib chiqishda avvalgi rad etish xabarnomasida koʻrsatilmagan boshqa sabablar tufayli litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval qayd etilgan sabablar bartaraf etilganini taqiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirish bundan mustasno.
40. Daʼvogar litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin taqdim etgan arizasi qayta taqdim etilgan deb hisoblanadi va ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
41. Litsenziya elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u boʻlmaganda oʻrinbosarining ERI bilan imzolanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda markazga yoki daʼvogarning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga taqdim etilgan arizaga muvofiq yuboriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
42. Litsenziya ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va tegishli dasturiy-apparat vositasining daʼvogar haqida uni identifikatsiyalash imkonini beradigan asosiy axborotni (roʻyxatga olinganini tasdiqlovchi maʼlumotlar), shuningdek Internet tarmogʻida tegishli elektron axborot resursida shaxsiy tamgʻa berilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar qayd etilganidan dalolat beruvchi manzilni oʻqish imkonini beradigan QR-kodini oʻz ichiga oladi.
43. Daʼvogar arizaning XVI-boʻlimida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda barcha belgilarni qoʻyish orqali litsenziya talablari va shartlariga rioya etilgani haqidagi maʼlumotlarni tasdiqlagan holatda, litsenziyani alohida imzolash talab etilmaydi va bu litsenziya shartnomasi imzolashga tenglashtiriladi.
44. Litsenziyalovchi organ tegishli axborot tizimlariga rasmiylashtirilgan litsenziya toʻgʻrisida kerakli maʼlumotlarni kiritadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
45. Litsenziya berish uchun daʼvogardan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
46. Litsenziya berish uchun toʻlanadigan davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali elektron shaklda murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamigaoʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda davlat bojining:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi Oʻzbekiston Respulikasi davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
47. Litsenziyalovchi organ rahbari tegishli axborot resurslarida berilgan, qayta rasmiylashtirilgan, toʻxtatilgan, qayta tiklangan, shuningdek amal qilish bekor qilingan litsenziyalar haqidagi axborotning ishonchliligi va oʻz vaqtida kiritilishi uchun shaxsan javob beradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
48. Daʼvogar litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5-bob. Shaxsiy tamgʻani berish, uni roʻyxatdan oʻtkazish va foydalanish tartibi
49. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda daʼvogarga ishlab chiqaruvchi shaxsiy tamgʻasi (harfli belgilar) beriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
50. Shaxsiy tamgʻani berishda avval ishlatilgan harflar kombinatsiyasini boshqa daʼvogarga takroran berish holatlariga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
51. Shaxsiy tamgʻa daʼvogarni ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish sharti bilan letsenziatga litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun beriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
52. Shaxsiy tamgʻadagi muhr litsenziat tomonidan tayyorlangan buyumlarga ularni boshqa ishlab chiqaruvchi tayyorlagan zargarlik buyumlaridan ajratish imkoniyatiga ega boʻlish uchun qoʻyiladi.
53. Litsenziyalovchi organ litsenziatni ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shaklda shaxsiy tamgʻadagi muhrni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari haqida xabardor qiladi.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Shaxsiy tamgʻa shifrlarini daʼvogar litsenziya rasmiylashtirilgan paytdan uch oy davomida saqlaydi.
54. Litsenziat oʻz arizasida qayd etgan shakldagi xabarnomani olganidan shaxsiy tamgʻani tayyorlab berish uchun ixtisoslashtirilgan korxonalarga mustaqil murojaat qiladi.
55. Shaxsiy tamgʻa litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziat jez plastinada tamgʻa muhrlarini (mayda, oʻrtacha, chuqur) taqdim etganidan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasi taqdim etilgan muhrlarni tekshiruvdan oʻtkazgach, shaxsiy tamgʻadagi muhrni roʻyxatdan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda shaxsiy tamgʻa izini roʻyxatga olish haqidagi tegishli xabarnoma yoki ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shaklda roʻyxatga olish rad etilgani haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga elektron pochta orqali yoki litsenziatning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga uning arizada koʻrsatgan shaklda yuboriladi hamda unda roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganining aniq sabablari va litsenziat koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, shaxsiy tamgʻadagi izlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatlari koʻrsatiladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
56. Litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasi litsenziat shaxsiy tamgʻada izini oʻz vaqtida taqdim etishini nazorat qiladi.
Agar litsenziat ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha xabarnoma olingan kundan qirq besh kun mobaynida shaxsiy tamgʻa izini litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasiga taqdim etmasa, litsenziyalovchi organ zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
57. Litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasi litsenziyaga amal qilishni toʻxtatish haqida qaror qabul qilsa, ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi toʻxtatish haqida tegishli xabarnoma ariza beruvchiga elektron pochta orqali yoki litsenziatning Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga uning arizada koʻrsatgan shaklda yuboriladi hamda unda roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganining aniq sabablari va muddatlari koʻrsatiladi. Litsenziat ushbu muddat davomida qayd etilgan sabablarni bartaraf etib, shaxsiy tamgʻadagi muhrlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
(57-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Litsenziatga toʻxtatish sabablarini bartaraf qilish imkonini beradigan muddat ularni bartaraf etish uchun zarur vaqtga mutanosib boʻlishi, ammo litsenziyaga amal qilish toʻxtalishi haqida xabar olingan paytdan oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak.
58. Litsenziyalovchi organ tegishli axborot tizimlariga litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgani haqida kerakli maʼlumotlar kiritadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
59. Litsenziat litsenziyaga amal qilishni toʻxtatish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyaga amal qilish muddatini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi arizani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan sabablarni bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizani hamda toʻxtatish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar olingan kundan besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
60. Litsenziyalovchi organ toʻxtatilgan litsenziyani qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli xabarnoma ariza beruvchiga uning arizasida koʻrsatilgan shaklda yuboriladi va tegishli axborot tizimlariga zarur axborot kiritiladi.
61. Litsenziat litsenziya rasmiylashtirilgan kundan boshlab uch oy mobaynida shaxsiy tamgʻa izini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazmasa, litsenziyalovchi organ berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish haqida qaror qabul qiladi va litsenziatning pochta manzili yoki Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq shaklda tegishli xabarnoma yuboradi hamda berilgan litsenziyaga amal qilish toʻxtatilgani haqida tegishli axborot tizimlariga maʼlumot kiritadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
6-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
62. Firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakl oʻzgartirilsa, taʼsis hujjatlariga boshqa oʻzgartirishlar kiritilib, qayta tashkil etilsa (birlashtirish, qoʻshilish, qayta tashkil etish, ajratish) yoki litsenziyada qayd etilgan faoliyat joyini oʻzgartirish haqida qaror qabul qilinsa, yuridik shaxs (uning vorisi) qayta rasmiylashtirishdan oʻtgandan soʻng besh kun ichida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqida Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda ariza taqdim etadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtish sanasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyasi boʻlgan yangi tashkil etilgan yuridik shaxsga ega yuridik shaxslar birlashgan holatda, litsenziyani ushbu bandda nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatga olish maʼlumotlari oʻzgartirilganda (qoʻshimchalar kiritilganda), shu jumladan litsenziyada qayd etilgan faoliyat joyi oʻzgartirilganda yakka tartibdagi tadbirkor qayta rasmiylashtirishdan oʻtgandan soʻng besh kun ichida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqida Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tartibda ariza taqdim etadi.
63. Ariza markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va uslubda pochta aloqasi vositalaridan foydalangan holda yoki Yagona portal orqali ariza beruvchining ERI bilan tasdiqlangan elektron shaklda markazga kelib taqdim etiladi va unda:
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
ushbu Nizomning 62-bandida koʻrsatilgan oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar;
litsenziya raqami, berilgani sanasi;
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
zargarlik buyumlari tayyorlash ishlari amalga oshirish taxmin qilinayotgan obyektning (litsenziyada qayd etilgan faoliyat koʻrsatish joyi oʻzgartirilgan taqdirda) yongʻin xavfsizligi talablariga mos kelishi haqidagi maʼlumotlar;
obyektning texnik jihatdan mustahkamligi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash boʻlimlarining texnik qoʻriqlash markaziga (punktiga) ulangani haqida maʼlumot — litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat yuritish joyi oʻzgarganda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxirasidan ajratilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanish moʻljallanayotgan obyektlar uchun (yuridik shaxslar uchun);
(63-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlar toʻlangani haqida maʼlumotlar.
64. Markaz masʼul xodimi arizani qabul qilgan kunning oʻzida litsenziyalovchi organga joʻnatadi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
66. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar unda qayd etilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida (litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat yuritish joyi oʻzgartirilgan holatlar bundan mustasno) amalga oshiradi.
Oʻziga xos roʻyxat raqamiga ega litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani yoki uning markaz tomonidan qabul qilingani va oʻziga xos roʻyxat raqamiga ega nusxasini olganlik toʻgʻrisidagi tilxat faoliyatni davom ettirish uchun asos hisoblanadi.
(66-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
67. Litsenziyani rasmiylashtirish uchun litsenziatdan ariza taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi:
(67-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim baravari miqdorida;
(67-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida.
(67-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun Yagona portal orqali murojaat etilganda, ushbu bandda koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi undiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlanadigan yigʻim summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Yagona portal orqali murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining:
11,25 foizi — “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUKning vakolatli bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
10 foizi — belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi;
qolgan qismi litsenziyalovchi organning hisobiga oʻtkaziladi va keyinchalik tushadigan mablagʻlar litsenziyalovchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi;
(67-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
b) Markazlarga oʻzi kelib murojaat qilingan taqdirda yigʻim summasining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(67-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-yanvardagi 24-sonli qaroriga asosan oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son)
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlovlarning qolgan qismi ishchi organning hisobiga oʻtkaziladi va keyinchalik tushadigan mablagʻlar ishchi organni saqlash, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirishi uchun yoʻnaltiriladi.
(67-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
68. Litsenziya markazdan litsenziyani qayta rasmiylashtirish haqidagi ariza yoki Yagona portal orqali litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga tegishli ariza taqdim etilgani toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab besh ish kuni davomida “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda qayta rasmiylashtiriladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
69. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan arizani koʻrib chiqib, litsenziyani ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiradi hamda kerakli maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlariga kiritadi. Ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakldagi tegishli xabarnoma litsenziatga uning arizasida koʻrsatilgan shaklda yuboriladi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
7-bob. Litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilish
71. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga amal qilishining nazorati litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasi tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan va/yoki nizom jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.
72. Litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasi nazoratni amalga oshirishda oʻz vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziatning litsenziya talablariga rioya etishi, qimmatbaho metallardan maqsadli foydalanishini rejali va qisqa muddatli tekshirish;
litsenziatdan tekshiruvni oʻtkazish chogʻida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshiruv natijalari boʻyicha yoʻl qoʻyilgan buzilishlar koʻrsatilgan dalolatnomani (maʼlumotnomani) tuzish;
litsenziatga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish haqida qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
qonun hujjatlari buzilishi, jumladan, litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol buzilishi va/yoki qimmatbaho metallardan maqsadsiz foydalanilgani, shu jumladan litsenziya talablariga rioya etish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan boʻyin tovlaganlik uchun litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish haqida belgilangan tartibda qaror chiqarish.
(71 va 72-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
73. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish natijalariga koʻra ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchisi litsenziyalovchi organning tegishli boʻlinmasida qoladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
8-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish, qayta tiklash va bekor qilish
74. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 va 23-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda toʻxtatiladi va bekor qilinadi.
Litsenziyalovchi organ amal qilish muddati toʻxtatilgan yoki bekor qilingan litsenziyalar haqidagi maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlariga kiritadi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
75. Quyidagilar litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda bekor qilishga sabab boʻladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol buzish hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxirasidan xomashyo sifatida sotib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan maqsadsiz foydalanish;
ishchi organi tomonidan litsenziya talablariga rioya etish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tekshiruvlardan boʻyin tovlash;
litsenziya berilgan faoliyat natijasida davlat xavfsizligiga tahdid qilish, fuqarolar hayoti va salomatligiga, shaxslar va/yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar mol-mulkiga zarar yetkazish yoxud bunday zararni yetkazadigan real xavfni yuzaga keltirish litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda bekor qilishga sabab boʻladigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qoʻpol buzish hisoblanadi.
76. Quyidagilar litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda bekor qilishga sabab boʻladigan litsenziya talablari va shartlarini muntazam (bir kalendar yilida ikki marta) boʻzish hisoblanadi:
qimmatbaho metallarni olish, sarflash, hisobga olish, saqlash tartibi, qimmatbaho metallarni tayyorlash, qadoqlash, transportirovka qilish, ularning parchalari va chiqindilarini qayta ishlash korxonalariga topshirish tartibiga rioya qilish talablarini buzish (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va/yoki ustav jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga yuridik shaxslar uchun);
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarni litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadigan shakllar va muddatlar boʻyicha oʻz vaqtida taqdim etmaslik (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan va/yoki nizom jamgʻarmasida kamida 50 foiz davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun).
(76-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish boʻyicha qaror qabul qilgan holatda toʻxtashi haqidagi xabarnoma ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma 11-ilovaga muvofiq shaklda litsenziatning (daʼvogarning) elektron pochta manziliga yoxud Yagona portaldagi shaxsiy kabinetiga uning arizasida koʻrsatilgan shaklda toʻxtatish yoki bekor qilish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
77. Yuridik shaxs taʼsischilari (ishtirokchilari) yakka tartibdagi tadbirkor ushbu turdagi faoliyatni ixtiyoriy tugatgani yoki toʻxtatgani haqida qaror qabul qilsa, litsenziat ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy toʻxtatish haqida quyidagilar koʻrsatilgan arizani markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartib va uslubda yoki Yagona portalga ERI bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etadi:
(77-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
ariza beruvchining nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR),) bank boʻlimining nomi va hisob raqami, telefon raqami va mavjud boʻlsa, elektron pochtasi hamda veb-sayti;
yakka tartibdagi tadbirkorning ismi, familiyasi va otasining ismi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), joylashgan manzili (pochta manzili), faoliyat koʻrsatadigan joyi (manzili), bogʻlanish uchun axborot (telefon, elektron pochta);
litsenziya raqami, berilgan sanasi.
(77-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
78. Litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy toʻxtatish haqidagi ariza Yagona portal orqali taqdim etilgan holatda, litsenziyalovchi organ ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan qaror qabul qilish muddati tugashigacha 3 ish soatdan kechiktirmasdan, litsenziatni uning arizada koʻrsatgan shaklda qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi, tegishli axborot tizimlariga litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilgani va shaxsiy tamgʻa haqida elektron shakldagi axborotni kiritadi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
79. Litsenziyaning amal qilishi litsenziatga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ushbu Nizomga 14-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hamda arizada koʻrsatilgan tartib va uslubda maʼlum qilingan sanadan ixtiyoriy toʻxtatilgan hisoblanadi.
80. Litsenziya huquqini boshqa shaxslarga oʻtkazish man etiladi.
81. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish haqidagi qarori yuzasidan sudda murojaat qilish mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asossiz deb topgan hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorda javobgar boʻladi.
9-bob. Litsenziyalar va shaxsiy tamgʻalar reyestri
82. Litsenziyalovchi organ “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi orqali litsenziyalar reyestrini shakllantiradi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(83-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
e) litsenziyalanadigan faoliyat turlari;
j) litsenziyani qayta rasmiylashtirish, toʻxtatish va qayta tiklash uchun asoslar hamda muddatlar;
(83-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
z) litsenziyaning amal qilishini bekor qilish uchun asos va muddat.
84. Litsenziyalar reyestridagi axborot litsenziyalovchi organning rasmiy veb-sayti, “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida joylashtiriladi hamda tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
85. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zaragarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Zaragrlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash
SXEMASI
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zaragarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-noyabrdagi 934-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2018-y., 09/18/934/2197-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Seriya KMT0007000
blanka raqami
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT ASILLIK DARAJASINI BELGILASh PALATASI Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish huquqi uchun L I S E N Z I Ya
(yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq firma nomi yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O. )
Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________ Litsenziyalangan faoliyat amalga oshiriladigan joy (manzili): ______________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zaragarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Sizning
raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan 20____ yil “____”__________dagi
arizangizni qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatda koʻrib chiqib, litsenziya berishni rad etganligini maʼlum qiladi.
Quyidagilar litsenziya berishni rad etishning asosi hisoblanadi: _________________________________________________________________________________________________________________________________________
(asoslangan rad etish sabablari qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda qisqacha yoziladi)
qoʻshimcha ravishda shuni maʼlum qilamizki, litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablar 20__ yil “___” ___gacha (ushbu kun ham kiradi) bartaraf etilsa, rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar olingandan soʻng 10 (oʻn) ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqiladi. Arizani qayta koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasinig ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni litsenziyalash komissiyaning 20__ yil “___” _______dagi ___-son bayoniga muvofiq
Sizga taqdim etgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami
boʻlgan arizaga binoan zargarlik
buyumlarini ishlab chiqarishga litsenziya berish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilganligini maʼlum qiladi.
va ishlab chiqaruvchining
shaxsiy tamgʻasi berilganini maʼlum qiladi.
1. Shaxsiy tamgʻa izini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi: a) Litsenziat shaxsiy tamgʻa tayyorlangandan soʻng ishchi organga shaxsiy tamgʻa izlari (sust, oʻrtacha, kuchli) tushirilgan 20x20 mm oʻlchamdagi mis plastinani taqdim qilishi shart; b) Ishchi organ shaxsiy tamgʻa izi sifati texnik tekshiruvdan oʻtkazilganidan soʻng shaxsiy tamgʻani roʻyxatga olish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va litsenziatni arizada koʻrsatilgan shaklda xabardor qiladi; v) Ishchi organ shaxsiy tamgʻani roʻyxatga olgandan soʻng litsenziat amaldagi Nizomga asosan ishlab chiqariladigan buyumlarga shaxsiy tamgʻa izini tushirish sharti bilan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish huquqiga ega boʻladi; g) Shaxsiy tamgʻa texnik tavsifga muvofiq emasligi haqida salbiy xulosa chiqarilganda, litsenziat amaldagi Nizomga asosan belgilangan tartibda va arizada koʻrsatilgan muddatlarda shaxsiy tamgʻani qaytadan roʻyxatdan oʻtkazishi haqida xabardor qilinadi. 2. Shaxsiy tamgʻadan foydalanish tartibi: a) Shaxsiy tamgʻa izi faqat litsenziat tomonidan yasalgan zargarlik buyumlariga zarb berish usulida tushiriladi; b) Litsenziat tomonidan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari ishchi organda Q ning asillik darajasi tekshirilishi va davlat tamgʻasi bilan tamgʻalanishi shart; v) Shaxsiy tamgʻani ishlatish uchun boshqa litsenziya egalariga berish taqiqlanadi.
3. Shaxsiy tamgʻa ishlab chiqaruvchining manzili:
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(6-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(7-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasinig ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi shaxsiy tamgʻa
izining sifati texnik tekshirish boʻyicha xulosasini koʻrib chiqib, ishlab chiqaruvchining
shaxsiy tamgʻasini roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisida maʼlum qiladi.
Quyidagilar ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini roʻyxatga olishni rad etish asosi hisoblanadi: _______________________ _________________________________________________________________________________________________________________________________________
(rad qilinishiga asos boʻluvchi sabablar qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda qisqacha yoziladi)
Qoʻshimcha ravishda shuni maʼlum qilamizki, ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasini roʻyxatdan oʻtkazishga asos boʻlgan sabablar 20___ yil “___” __________gacha (ushbu kun ham kiradi) bartaraf etilsa, rad etish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar olingandan soʻng 10 (oʻn) ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
QR-kod, �asʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(8-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganini maʼlum qiladi:
seriya
raqam
Litsenziya berilgan sana:
��
20 ___y “____” __________ (yil, sana, oy)
Quyidagilar litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishining asosi hisoblanadi: _________________________________________________________________________________________________________________________________________
(toʻxtatilishiga asos boʻluvchi sabablar Nizomning aniq bandlari koʻrsatilgan holda qisqacha yoziladi)
Qoʻshimcha ravishda shuni maʼlum qilamizki, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilishiga asos boʻlgan sabablar 20___ yil “___” __________gacha (ushbu kuni ham kiradi) bartaraf etilgan taqdirda, qayta tiklash toʻgʻrisidagi ariza toʻxtatib turish sabablari bartaraf etilgani haqidagi ariza va toʻxtatib turish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli maʼlumotlar olingan kundan boshlab 5 (besh) ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta koʻrib chiqiladi. Litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(9-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi litsenziyaning amal qilishi qayta tiklangani haqida maʼlum qiladi:
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(10-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasinig ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ishlab chiqaruvchi litsenziyasi va tamgʻasining amal qilishi toʻxtatilganini maʼlum qiladi:
seriya
raqam
Litsenziya berilgan sana:
20 ___y “____” ________. (yil, sana, oy)
Shaxsiy tamgʻa
Quyidagilar litsenziyaning amal qilishi toʻxtatilishining asosi hisoblanadi: 1. □Shaxsiy tamgʻa izlari taqdim qilinmadi. 2. □ Litsenziyaning amal qilish �uddati tugagan. 3. □ Tekshirish natijasida qimmatbaho metallardan maqsadli foydalanilmagani aniqlangan. 4. □Boshqa sabablar: __________________________________________________________________________________________________
(rad etish sabablari qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda qisqacha yoziladi) __________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(11-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Sizning
raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan 20____ yil “____” _____________ dagi arizangizni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqib, litsenziya qayta rasmiylashtirilganini maʼlum qiladi:
seriya
raqam
Litsenziya berilgan sana:
20 ___y “____” __________ (yil, sana, oy)
________________________
_____________________
____________________________
(masʼul shaxs, lavozimi)**
(imzo)**
(F.I.O.)**
M.Oʻ.**
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(12-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1055-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1055/2399-son)
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining rasmiy blankasida)* XABARNOMA
(yuridik shaxsning toʻliq nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasinig ismi))
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi Sizning
litsenziyaning amal qilishini ixtiyoriy ravishda toʻxtatish toʻgʻrisida
raqami bilan
roʻyxatdan oʻtkazilgan 20____ yil “____” __________dagi arizangizni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqib, ishlab chiqaruvchi litsenziyasi va shaxsiy tamgʻasining amal qilishi toʻxtatilganini maʼlum qiladi:
QR-kod, masʼul shaxsning elektron raqamli imzosidan iborat
* Agar qogʻoz manbada rasmiylashtirilsa.
** Elektron raqamli imzo va QR-kodni yaratadigan dasturiy-texnik vositalar mavjud boʻlganda, masʼul shaxsning lavozimi, imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolatli organ muhri koʻrsatilmaydi.
(14-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qaroriga 2-ILOVA
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish boʻyicha litsenziya beriladigan faoliyat turlari
ROʻYXATI
Guruh
t/r
Guruhlardagi faoliyat turlarining nomlari
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish:
1.
Zargarlik buyumlarni ishlab chiqarish. Shaxsiy ishlab chiqarishdan hosil boʻlgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qoʻllash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish. (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas).
2.
Shaxsiy buyurtma asosida aholi tomonidan taqdim etilgan materiallardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarni taʼmirlash. Shaxsiy ishlab chiqarishdan ho�il boʻlgan chiqindilarni mexanik, kimyoviy va metallurgiya jarayonlarini qoʻllash yordamida qayta ishlash va ularning tarkibidan qimmatbaho metallarni ajratib olish. (aholi buyurtmasiga asosan zargarlik buyumlari yasashda hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlash huquqiga ega emas).
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qaroriga 3-ILOVA
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarishni litsenziyalashda idoralararo elektron hamkorlik
Litsenziyalovchi organga taqdim etiladigan maʼlumotlar nomi
Maʼlumot taqdim qilish uchun masʼul organ
1.
Litsenziya daʼvogari yuridik shaxsga nisbatan — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va nomi, uning joylashish manzili (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami(STIR)
Roʻyxatga oluvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari)
2.
Litsenziya daʼvogari yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan — yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, sharifi (mavjud boʻlganda), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), uning joylashish manzili (pochta manzili), faoliyat yuritish joyi (manzili)
Roʻyxatga oluvchi organ (Davlat xizmatlari markazlari)
3.
Litsenziya daʼvogari faoliyati xususiyatiga muvofiq oʻlchovlar doirasida tarozilar, (turli ogʻirlikdagi) toshlarning tekshirilgani toʻgʻrisida sertifikatga nisbatan — tarozilar, (turli ogʻirlikdagi) toshlarning tekshirilgani toʻgʻrisida sertifikat haqida maʼlumot.
“Oʻzstandart” agentligi organlari
4.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarni ishlab chiqarish moʻljallanayotgan obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosasiga nisbatan — obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida maʼlumot;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi)
5.
Obyektning texnik mustahkamligi hamda uning texnik qoʻriqlash markazi (punkti)ga ulanganligi haqidagi tekshirish dalolatnomasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki zaxirasidan ajratilgan (yuridik shaxslar uchun) qimmatbaho metallar va qimmat-baho toshlardan foydalanishda, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻriqlash boʻlinmalariga obyektning texnik mustahkamligi hamda uning texnik qoʻriqlash markazi (punkti)ga ulanganligi haqida maʼlumot
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlinmalari)
6.
Litsenziya daʼvogari binosi (xonasi)ga nisbatan — binoning litsenziya daʼvogariga tegishliligi, uni ishlatish huquqi va litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirish uchun moʻljallangan inshootlardan foydalanish haqida zaruriy maʼlumotlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
7.
Litsenziya daʼvogariga nisbatan — zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishga litsenziya berish uchun arizani koʻrib chiqish haqida toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumot.
Koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar miqdorlarini hisobga olish yagona billing tizimi tashkiloti — operator
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qaroriga 31-ILOVA
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar mustaqil taqdim etadigan belgilangan namunadagi asillik darajasi belgilarining shakli
T/r
Qimmatbaho metall turi
Asillik darajasi belgisining shakli*
Qonun hujjatlarida belgilangan asillik darajalari
1.
Oltin
_____
375, 500, 583, 585, 750, 916, 958, 999.
2.
Kumush
_____
800, 875, 916, 925, 960, 999
3.
Platina
_____
950, 999
4.
Palladiy
500, 850, 999
* Asillik darajasi belgisining uzunligi: 1,5 — 2 mm, asillik darajasi belgisining maksimal boʻyi — 1 mm.
(31-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 777-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) 1-ilovada “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” boʻlimidan soʻng quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi.
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish”.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/399/1291-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015., 1-son, 9-modda) ilovaning 51-bandidagi “v” kichik bandi chiqarib tashlansin.