Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.08.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK YuRITUVChI SUByEKTLARI TOMONIDAN XORIJIY MAMLAKATLARDAN ULAR TAShKIL ETGAN SAVDO UYLARI, VAKOLATXONALAR, KORXONALAR ORQALI OLIB ChIQILAYoTGAN TOVARLARNI BOJXONADA RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardan ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va u 2000-yil 15-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 8-iyul,
260-son
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 8-iyuldagi 260-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar (keyingi oʻrinlarda chet eldagi korxonalar deb ataladi) orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida qoʻllangan tushunchalardan foydalaniladi.
3. Muassislar tomonidan chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqiladigan tovarlar bojxonaning “vaqtincha olib chiqish” rejimiga, ular sotilmagan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda qaytarib olib kelish majburiyati bilan kiritiladi.
4. Keyinchalik chet eldagi korxonalar orqali sotish uchun “vaqtincha olib chiqish” rejimidagi tovarlarning yuk bojxona deklaratsiyasi belgilangan tartibda toʻldiriladi.
5. Tovarlarni chet eldagi korxona nomiga olib chiqish konsignatsiya shartnomalari, boshqa shartnomalar asosida, shuningdek, kontraktsiz asosda (tovarlar namunalari, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan chet eldagi korxona nomiga yetkazib beriladigan, oʻz ehtiyojlari uchun kerakli mol-mulklar) qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarlarni olib chiqish kontraktlari (shartnomalari) muassis tomonidan, hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnomalar taqdim etmasdan, belgilangan tartibda vakolatli bankda va bojxona organlarida hisobga qoʻyiladi.
Tovarlar kontraktsiz asosda olib chiqilgan taqdirda hisobga olish bojxona organlari tomonidan yuk bojxona deklaratsiyasi asosida yuritiladi.
6. Tovarlar chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqilayotganda muassislar ilovaga muvofiq shakldagi yozma ariza bilan bojxona organlariga (davlat bojxona qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmasiga va “Toshkent-AERO” maxsus bojxona kompleksiga) murojaat qiladilar.
Chet eldagi korxonalar muassislarining arizalari belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan bir ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Muassis tomonidan tovarlarni u chet elda tashkil etgan korxona nomiga konsignatsiya kontraktlari va boshqa shakllardagi shartnomalar asosida olib chiqish hisob-kitoblar toʻgʻrisida maʼlumotnomalar rasmiylashtirilmasdan amalga oshiriladi.
7. Vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tovarlar “vaqtincha olib chiqish” rejimi davrida sotilganda muassislar bojxona organlariga zarur hujjatlarni, shu jumladan, “vaqtincha olib chiqish” rejimidan “eksport” rejimiga qayta rasmiylashtirish uchun hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishlari kerak. Tovarlarni “eksport” rejimida bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq tovarlarni eksport qiluvchi muassisning arizasiga koʻra bir ish kuni mobaynida amalga oshirilishi kerak.
Chet eldagi korxonada “vaqtincha olib chiqish” rejimida turgan tovarni sotish yuzasidan kontrakt tuzilgan sanadan boshlab valyuta mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tushishi muddatini hisoblash boshlanadi, u qonun hujjatlariga muvofiq 180 kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
 LexUZ sharhi
7-bandning uchinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 65-18-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
8. Xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi banklarning kafolati berilmagan konsignatsiya asosidagi tovar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan valyuta tushumi tushishi muddatlariga rioya qilingan taqdirda mazkur tovar muassisning (muassislarning) oʻzi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanishi, shu jumladan, agar tegishli vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qiluvchi vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblangan ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari va firmalar muassis (muassislar) boʻlishi sharti bilan muassis (muassislar) tomonidan muassis (muassislar)ning 100 foiz investitsiyasiga asoslangan yoki muassis (muassislar)ning ustav jamgʻarmasidagi ulushi kamida 51 foizni tashkil etgan chet eldagi korxonaga yetkazib berilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
8-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 65-18-sonli qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
 LexUZ sharhi
8-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-yanvardagi 17-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
9. Chet eldagi korxonadan eksport-import operatsiyalari boʻyicha xorijiy valyutadagi tushum tushishi ustidan nazorat Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Davlat bojxona qoʻmitasi va vakolatli banklar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Valyuta tushumining Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlarning rahbarlariga — chet eldagi korxonalarning muassislariga yuklanadi.
Eksport kontraktlari boʻyicha mahsulotlarni sotishdan tushgan valyuta tushumi eksport qiluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklaridagi hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak. Eksport qiluvchi (muassis) tushgan tushumning bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ravishda sotadi.
10. Davlat bojxona qoʻmitasi chet eldagi korxona orqali mahsulot eksporti hisobini yuritish maqsadida har oyda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga va Davlat soliq qoʻmitasiga belgilangan tartibda tegishli statistika maʼlumotlarini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA

‎‎Davlat bojxona qoʻmitasi
‎ boshqarmasi boshligʻiga
‎_______________________________

‎‎(bojxona organining nomi koʻrsatiladi)

‎‎_______________________________

‎‎(bojxona organi rahbarining F.I.O.)

‎‎ARIZA‎

‎‎Muassislari ________________________________________________________________

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasidagi tashkilot nomi)

‎‎boʻlgan, _____________________________________________________________ da oʻzimiz

‎‎(belgilangan mamlakat)

‎‎tashkil etgan chet eldagi ___________________________________________ korxona nomiga‎

(chet eldagi korxona nomi)‎‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(tovarning nomi, uning ogʻirligi, miqdori va boshqa zarur tavsiflari koʻrsatiladi)

‎‎“vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida bojxonada rasmiylashtirishga ruxsat etishingizni soʻrayman.
‎‎Olib chiqilayotgan tovarning taxminiy qiymati ________________________________ soʻm.

‎‎Tashkilot rahbari ‎

F.I.O ‎



‎M. Oʻ.‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 11-modda)