1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankalari hamda litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda)
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasi 1-ilovaga muvofiq;
Litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining rahbari:
tasdiqlangan yoʻriqnomaga muvofiq litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish boʻyicha ishlar tashkil etilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalar beriladigan litsenziya blankalari seriyasining faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining xoʻjalik faoliyati boshqarmasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi boʻlimi bilan birgalikda “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi matbaa fabrikasiga litsenziya blankalarining zarur miqdorda tayyorlanishiga talabnomalar joylashtirilishini;
“Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi matbaa fabrikasi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga koʻra, ishlab chiqarilgan litsenziya blankalari uchun toʻlovlar amalga oshirilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining soʻrovlari asosida litsenziyalar reyestrlarining zarur miqdorda tayyorlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi boʻlimi va Huquqiy taʼminlash boshqarmasi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi matbaa fabrikasidan tayyorlangan litsenziya blankalarining belgilangan tartibda olinishini, ularning saqlanishini, qatʼiy hisobga olinishini, berilishini va hisobdan chiqarilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasi Ijroiya apparatining litsenziyalarni roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi boʻlimiga har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi boʻyicha litsenziyalar reyestrlarini tayyorlash yuzasidan takliflar kiritsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 2-may,
200-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
LITSENZIYA
AA № 000
Ushbu litsenziya ___________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankasi
SERTIFIKATI
1. Umumiy xususiyatlar
Tayyor shakl formati: 210 x 300 mm
Joylashuv — vertikal
Chop etish usuli — ofset
Ranglar soni — 5 + 0 + 1
2. Qogʻoz xususiyatlari
ultrabinafsha nurida aks etmaydigan, 100% paxtadan tayyorlangan, 140+5g/m2 qalinlikdagi qogʻoz;
Yorugʻlikda yaxshi koʻrinadigan “paxta koʻsagi” koʻrinishidagi asosiy uch oʻlchovli suv belgisi;
koʻrinmaydigan tola koʻk va och yashil tusda, qogʻoz qatlamida tartibsiz joylashgan, ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadi.
3. Chop etish xususiyatlari
Bir tomonlama, davlat tilida ijro etiladi.
Kimyoviy chidamli bosma siyohlardan foydalanish.
Mikromatn, bir nechta kattalashtirishda koʻrinadigan matn.
Nozik chiziqli naqshdan iborat fon setkasi nusxa koʻchirish va skanerdan himoya vazifasini bajaradi.
Iris rulosidan foydalanish, yaʼni dizaynning chiziqlarini buzmasdan, qirralar boʻylab markazdagi bir rangdan boshqa rangga ravon oʻtish.
Koʻrinmas tasvir, biroq ultrabinafsha nurlari ostida koʻrinadigan.
Gilyosh ramkasidan foydalanish, rangli fotonusxadan himoya qilish.
Flyuoressent boʻyoq yordamida raqamlash raqami (ultrabinafsha nurida yashil rangga ega).
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-maydagi 200-son qaroriga 2-ILOVA
Litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
YOʻRIQNOMA
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnoma faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziya blankalarini saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan beriladigan litsenziya blankalariga nisbatan qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy tuzilmalari oʻz vakolatlari doirasida Vazirlar Mahkamasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq litsenziyalanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishga doir arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatning muayyan turini litsenziyalash boʻyicha tegishli komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — litsenziyalash komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi hamda qabul qilingan qarorga asosan keyin litsenziyalarni va litsenziya bitimlarini rasmiylashtiradi.
Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va u yuzasidan qaror qabul qilish litsenziyalash komissiyalari tomonidan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida” 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli qarorida, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Litsenziya yoʻqolganligi sababli uning dublikatini berishda tarkibiy boʻlinmalar yoʻqolganligini tasdiqlash uchun litsenziatlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni diqqat bilan oʻrganadi. Zarur hollarda ular qoʻshimcha hujjatlarni talab qiladilar, tegishli xulosa tayyorlaydilar va litsenziyalash komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadilar.
Litsenziyaning dublikati eskirgan yoki shikastlangan litsenziyalarni almashtirish uchun ham berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
3. Litsenziya blankalarini qabul qilish, saqlash, hisobga olish, berish va hisobdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi boʻlimi zimmasiga yuklanadi. Vazirlar Mahkamasi apparatining rahbari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi boʻlimi xodimlari orasidan litsenziya blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va berish uchun moddiy javobgar shaxsni tayinlaydi. (keyingi oʻrinlarda — birinchi boʻlimning masʼul xodimi deb yuritiladi).
Agar birinchi boʻlimning masʼul xodimi vaqtincha ishda boʻlmasa yoki boshqa ishga oʻtgan boʻlsa, ushbu blankalar shu maqsadda maxsus tayinlangan komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan dalolatnomaga asosan ushbu vazifalarni vaqtincha bajaruvchi shaxslarga topshirilishi kerak.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi departamentining birinchi boʻlimi masʼul xodimi litsenziya blankalarini hisobga olish kitobini yuritadi.
Litsenziya kitobi aniq, tushunarli va qisqartmalarsiz toʻldirilishi kerak. Kitobda oʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yoʻl qoʻyilgan xatolar tegishli shartlar bilan tuzatiladi. Kitob bogʻlangan va sahifalari raqamlangan boʻlishi kerak. Kitobdagi varaqlarning umumiy soni birinchi boʻlim masʼul xodimi, birinchi boʻlim boshligʻi imzolari bilan tasdiqlanadi va muhrlanadi.
II. Litsenziya blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va hisobdan chiqarish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
5. Litsenziya blankalarini matbaa korxonasidan qabul qilish birinchi boʻlim masʼul xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziya blankalarini qabul qilishda blankalar paketi birinchi boʻlimning masʼul xodimi tomonidan shartli ravishda oʻrami buzilgan yoki buzilmaganligi tekshiriladi, qabul qilinayotgan oʻramlar miqdorining yoʻllanma kuzatuv hujjatlarda koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligi tekshiriladi va bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
7. Litsenziya blankalari qatʼiy hisob-kitob hujjatlari boʻlib, seyflarda yoki yonmaydigan javonlarda va birinchi boʻlimning maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
Ishdan tashqari vaqtlarda seyflar, litsenziya blankalari boʻlgan yonmaydigan javonlar, shuningdek, blankalarni saqlash uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki plombalangan boʻlishi kerak.
Litsenziya blankalari saqlanadigan binolarga kirish huquqi ularni hisobga olish va saqlash uchun javobgar shaxslarga beriladi. Litsenziya blankalari saqlanadigan xonaga javobgar shaxslar bilan bir qatorda ular ishtirokida ushbu shaxslarning bevosita va yuqori turuvchi rahbarlari ham kiritilishi mumkin.
8. Blankalarda kamomad yoki nuqsonlar (himoya setkasining, bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, qiyshaygan shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan nakleykalariga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan blankalar) aniqlangan taqdirda zarur nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi yoʻllanma xat bilan matbaa korxonasi nakleykasi va nuqsonli blankalar bilan birga matbaa korxonasiga joʻnatiladi, ikkinchi va uchinchi nusxalar nakleyka kseronusxasi bilan birga birinchi boʻlimda qoladi.
9. Toʻldirishda buzilgan, eskirgan, shikastlangan, shuningdek, litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi, tugatilganligi yoki bekor qilinganligi munosabati bilan taqdim etilgan blankalar yiliga bir marta blankalarni qabul qilish uchun tuzilgan komissiya tomonidan ikki nusxada tuzilgan dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi. Yoʻq qilish yoqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
10. Litsenziya blankalarining yoʻqolishi yoki oʻgʻirlanishining har bir holati boʻyicha blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi, zudlik bilan taftish qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha barcha zarur chora-tadbirlar koʻriladi.
Zarur hollarda blankalarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslar boʻyicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.
III. Litsenziya blankalarini berish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
11. Litsenziyalash komissiyasi tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorni va boshqa materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy taʼminlash boshqarmasiga tegishli xulosani olish uchun taqdim etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari litsenziya blankasini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariga yozma ariza bilan murojaat qiladilar. Arizaga litsenziya berish toʻgʻrisidagi litsenziyalash komissiyasining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy taʼminot boshqarmasining xulosasi, shuningdek, boshqa materiallar ilova qilinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
13. Birinchi boʻlimning masʼul xodimi Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalariga litsenziya blankalarini boʻlinmalar boshligʻining u tomonidan imzolangan va Vazirlar Mahkamasi apparati rahbarining ijobiy rezolyutsiyasi qoʻyilgan yozma arizasi asosida beradi.
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tarkibiy boʻlinmaning nomi;
litsenziya (litsenziya dublikati) berish uchun asos;
soʻralgan blankalar soni;
litsenziya blankalarini olish va rasmiylashtirish uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma xodimining F.I.O.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:
litsenziyalash komissiyasining litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi yoki uning dublikati;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy taʼminlash boshqarmasining xulosasi;
litsenziyaning asl nusxasi (eskirgan va shikastlangan litsenziyalarni almashtirish uchun dublikat berilganda, shuningdek, qayta rasmiylashtirilganligi munosabati bilan litsenziya blankasi berilganda).
14. Har bir faoliyat turi uchun bir seriyadagi litsenziya blankalari beriladi. Litsenziya blankalari seriyasini faoliyat turlari boʻyicha taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
15. Litsenziya blankalarini berishda birinchi boʻlimning masʼul xodimi litsenziya blankalari daftariga tegishli yozuv kiritadi. Litsenziya blankasini oluvchi Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmasining xodimi litsenziya daftariga litsenziya blankasini olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyadi.
Litsenziya blankalarini roʻyxatdan oʻtkazish daftaridagi litsenziya blankasi berilganligi toʻgʻrisidagi yozuvning tartib raqami litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning nusxasi bilan birga maxsus yigʻmajildga tikib qoʻyiladigan tegishli arizaga qoʻyiladi.
16. Tarkibiy boʻlinma rahbari litsenziya blankalarini olish va rasmiylashtirish uchun xodimlar orasidan masʼul shaxsni belgilaydi. Shu bilan birga, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tegishli xodimlar bilan bir qatorda litsenziya blankalarining saqlanishi, shuningdek, ularning rasmiylashtirilishining toʻgʻriligi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
IV. Litsenziya blankalarini rasmiylashtirish
17. Litsenziya blankini toʻldirish litsenziyalar reyestriga tegishli yozuvlar kiritilgandan keyin amalga oshiriladi. Litsenziyalar reyestrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
18. Toʻldirilgan litsenziya blankalari tegishli litsenziyalash komissiyasining raisi tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
19. Nuqsonli, toʻldirishda buzilgan, eskirgan, shuningdek, qayta rasmiylashtirilganligi, bekor qilinganligi yoki amal qilishini tugatish munosabati bilan taqdim etilgan litsenziya blankalari birinchi boʻlimga topshirilib, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
20. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan, litsenziya bitimi imzolanganidan keyin beriladi.
V. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
21. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Birinchi boʻlimi va Huquqiy taʼminlash boshqarmasi har chorak oʻtgan chorak uchun litsenziya blankalarini berish uchun materiallarni xatlovdan oʻtkazadi. Xatlov asosida tegishli dalolatnoma tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati rahbariga tasdiqlash uchun kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang)]
22. Litsenziya blankalaridan foydalanilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining birinchi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining Xoʻjalik faoliyati boshqarmasi bilan birgalikda tegishli seriya va raqamlardagi litsenziya blankalarini ishlab chiqarishga buyurtma joylashtirish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
23. Litsenziya blankalarini tayyorlash va rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar litsenziya daʼvogarlari tomonidan belgilangan tartibda toʻlanadigan litsenziyalarni berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish uchun yigʻimlar hisobidan qoplanadi.