Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-5016-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2895-son va 2017-yil 18-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2897-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-iyul,
PF-5111-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3214-son Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazini barpo etish va uning faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4933-son Farmoni 1-bandining uchinchi xatboshisi hamda 4-bandining birinchi va uchinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4956-son Farmoni 1-ilovasining oʻninchi xatboshidagi “xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi PQ-423-son qarori 1-ilovasining oʻn oltinchi xatboshidagi “xususiylashtirish” soʻzi “davlat mulkidan samarali foydalanish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini tuzish jarayonida davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 3-bandlaridagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1325-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi “2011 — 2015-yillar davrida Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va koʻlamli kengaytirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish mezonlari va baholari tizimini aniqlash hamda amalga oshirish chora-tadbirlri toʻgʻrisida”gi PQ-1464-son qarorida:
a) beshinchi bandidagi “Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 2-ilovada:
“3. Mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish darajasi indekslari” boʻlimi 3.1 bandi 3.1.1, 3.1.2 kichik bandlarining hamda 3.2 bandi 3.2.1 kichik bandining “masʼul organ” grafasidagi “Monopoliyadan chiqarish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish darajasi indekslari” boʻlimi 3.1 bandining 3.1.6 kichik bandida, shuningdek “4. Iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishi indikatori” boʻlimi 4.3 bandining “masʼul organ” grafasidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat raqobat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 1-avgustdagi “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-1591-son qarorining 2-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi “Respublika elektrotexnika sanoatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish va uni 2014 — 2018-yillarda yanada rivojlantirish rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2123-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Repsublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2136-son qarorining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2164-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 11-fevraldagi “2015 — 2019-yillarda tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2298-son qarorining 3-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobsha qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2646-son qarori 2-ilovasining oʻn beshinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2647-son qarorida:
a) 7-banddagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovasining sakkizinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovasining 6-bandi oltinchi xatboshidagi va 16-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovasi 23-bandining birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2750-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PF-6257-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 06/21/6257/0645-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda elektrotexnika sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish, uni jadal rivojlantirish va diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2772-son qarorida:
a) 1-bandida va 16-bandining toʻrtinchi xatboshida “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2773-son qarorining 4-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5868-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 13-noyabrdan kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5868/4009-son)
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-son qarorida:
a) 2-ilovaning 9-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 8 bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi PQ-2863-son “Sogʻliqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” soʻzlari “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi PF-5111-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 11-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-3876-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-4561-son Farmoniga 1-ilovaning 15-bandi “b” kichik bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi PQ-423-son qarorining 1-bandining uchinchi xatboshisi va qarorning 2-ilovasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-968-son qaroriga ilovaning 2-bandi.