1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning yangi tartibini muvaffaqiyatli joriy etishni taʼminlash maqsadida qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. |
Quyidagilarni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi: Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom; Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom; Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishda roʻyxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning hamkorlik qilish tartibi. |
2016-yil noyabr |
Adliya vazirligi, SSP, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdorvazirlik va idoralar |
|
2. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi: muhr va shtamp eskizlari, fotokartochka, pasport nusxasi, roʻyxatga olish (ruxsat berish) tartib-taomillaridan oʻtish kartochkasi, yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi boʻyicha fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi, mumkin boʻlgan firma nomi band qilib qoʻyilganligini tasdiqlovchi noyob login va parol, hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan boshqa hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarni roʻyxatga oluvchi organga taqdim etish boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga qoʻyilgan talablarni bekor qilish; xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarni va chet el kapitali ishtirokidagi boshqa korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taʼsis hujjatlarini notarial tasdiqlash, yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha savdo reyestridan xorijiy taʼsischi haqida koʻchirmani yoki ushbu yuridik shaxs faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni roʻyxatga oluvchi organga taqdim etish boʻyicha talablarni bekor qilish; tovarlarni olib kirish (import qilish) bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi yagona markazlar tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib oʻrnatish; tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Internet tarmogʻi orqali amalga oshirilganda, davlat bojlari stavkasini amaldagiga nisbatan ikki baravar pasaytirish. |
2016-yil noyabr |
Adliya vazirligi, SSP, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdorvazirlik va idoralar |
|
II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish boʻyicha tashkiliy va tayyorgarlik tadbirlari | ||||
|
3. |
Maʼlumotlar bazalarini, billing modulini va Tizimning dasturiy taʼminotini yaratish uchun ishlab chiquvchini aniqlash. |
Kelishuv boʻyicha avval tuzilgan shartnomaning summasini oʻzgartirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qarorini amalga oshirish doirasida “Yagona darcha” markazlarida ariza beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarni hamda davlat bojlari va yigʻimlari summasini hisobga olishning yagona billing tizimi”ni boshqarish tizimi yaratilishi uchun masʼul boʻlgan ijrochini Tizimni ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — tizim integratori) etib belgilash. |
2016-yil noyabr |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP |
|
4. |
Qogʻozdagi hujjatlar va maʼlumotlarning elektron shaklga (raqamli format) oʻtkazilishini taʼminlash, keyinchalik bu hujjatlarni tizim integratoriga berish va ulardan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha namunali tarmoq grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlarini, ularga oʻzgartishlarni (qoʻshimchalarni) va, eng avvalo, ishlab turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazgan holda namunali tarmoq grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2016-yil noyabr |
SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tizim integratori |
|
Roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlari, ularga oʻzgartishlar (qoʻshimchalar) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarning tegishli roʻyxatga oluvchi organlar elektron raqamli imzosi bilan belgilangan tartibda imzolangan elektron fayllarini Tizim amalda joriy etiladigan sanagacha tizim integratoriga berish. |
2016-yil dekabr | |||
|
Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlari, ularga oʻzgartishlar (qoʻshimchalar) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarning elektron fayllaridagi zarur maʼlumotlardan yagona nuqta orqali foydalanish imkoniyatini berish, bunda axborot xavfsizligini va maʼlumotlardan cheksiz, kechayu kunduz foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
2017-yilning I choragi | |||
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va qoʻllab-quvvatlashni dolzarb holatda taʼminlash boʻyicha guruh tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va qoʻllab-quvvatlashni dolzarb holatda taʼminlash boʻyicha guruh tashkil etish toʻgʻrisida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, guruh vazifalari va funksiyalarini belgilash, shu jumladan roʻyxatga oluvchi organlarni aloqa vositalari va AKT bilan texnik qoʻllab-quvvatlash. |
2017-yilning I choragi |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP |
|
6. |
Toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarini buzganlik uchun penya yozilishini istisno etish maqsadida tadbirkorlik subyektiningasosiy faoliyat turi kodi va (yoki) xodimlarning cheklangan oʻrtacha yillik soni oʻzgarganligi u toʻlaydigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarining oʻzgarishiga olib kelishi sababli buhaqda moliyaviy, soliq, statistik yoki boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda Internet tarmogʻi orqali xabardor qilish tartibini takomillashtirish. |
Moliyaviy, soliq, statistik yoki boshqa hisobotlar tadbirkorlik subyekti toʻlaydigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarining oʻzgarishiga olib kelishi sababli ushbu hisobotlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda tadbirkorlik subyektini Yagona portalda “Tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali yoki u boʻlmagan taqdirda pochta aloqasi orqali xabardor qilish mexanizmini takomillashtirish. |
2017-yilning I choragi |
DSQ, Davlat statistika qoʻmitasi, SSP |
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlari yagona reyestridagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarining joriy etilayotgan noyob identifikatoriga muvofiqlashtirish uchun jismoniy shaxslar boʻlgan soliq toʻlovchilarning avval berilgan identifikatsiya raqamlari (STIR) tartibini takomillashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya raqamidan (shaxsiy kodidan): tadbirkorlik subyektining noyob identifikatori; soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) sifatida foydalaniladigan tartib oʻrnatish. Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va yuridik shaxslar uchun noyob identifikator sifatida avval belgilangan tartibga koʻra beriladigan STIRdan foydalaniladi. |
Axborot resurslari va dasturiy-apparat komplekslaridagi jismoniy shaxslar boʻlgan soliq toʻlovchilarning avval belgilangan tartib boʻyicha berilgan identifikatsiya raqamlari (STIR) maʼlumotlarini jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga oʻzgartirish orqali axborot resurslari va dasturiy-apparat komplekslarini joriy etilayotgan noyob identifikatorga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish yuzasidan texnik choralar koʻrish. |
2016 — 2018-yillar |
DSQ, tegishli vazirlik va idoralar |
|
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-maydagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibiga va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2018-yilning II choragi |
DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Davlat personallashtirish markazi | ||
|
8. |
Noyob identifikatorga ega tadbirkorlik subyektlarining (yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning) yagona davlat reyestrini shakllantirish va Elektron shakl tizimiga integratsiyalash. |
Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari va yuridik shaxs boʻlmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestrlarida mavjud boʻlgan, roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan qogʻozda yuritiladigan maʼlumotlarini elektron shaklga oʻtkazish. Keyinchalik birlashtirish va elektron shaklda shakllantirish uchun tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida tegishli maʼlumotlarni elektron shaklda tizim integratoriga oʻtkazish. |
2016-yilning IV choragi davomida |
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, DSQ, SSP, tizim integratori |
|
III. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimining tegishli maʼlumotlar bazalarini yaratish | ||||
|
9. |
Elektron shaklda yaratilishi va Tizim bilan integratsiya qilinishi lozim boʻlgan idoraviy axborot resurslarining maʼlumotlarini (axborot tuzilishi va turini) hamda maʼlumotlar bazalarining yagona formatlarini aniqlash va joriy etish. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishda tegishli manfaatdor organlar va idoralar oʻrtasida almashish uchun axborotning (maʼlumotlarning) tartibli tuzilgan toʻplamini yaratish maqsadida idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridagi axborotlar, shuningdek, almashiladigan elektron fayllarning tuzilishi va turi boʻyichayagona (majburiy) standartni belgilash. Idoraviy axborot tizimlarini, resurslar va maʼlumotlar bazalarini takomillashtirishni, shuningdek, ularning Tizim bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga tegishli axborot yoʻllash. |
2016-yil noyabr |
SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizim integratori, vazirlik va idoralar |
|
10. |
Ariza beruvchilarni Tizimda tasniflash uchun maqbul boʻlgan maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan maʼlumotnomalar va klassifikatorlarni Tizimga joylashtirish (yangilarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish, shuningdek, tegishli texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni kodlash orqali). |
Maʼlumotlarning yagona formatlari asosida axborot tuzilishi va turi asosida yangi idoraviy axborot resurslari hamda maʼlumotlar bazalarini ularning oʻzaro va Tizim oʻrtasida integratsiyasini taʼminlagan holda ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish orqali Tizimning umumiy maʼlumotnomasini yaratish, bu maʼlumotnomada quyidagilarni nazarda tutish: idoralararo axborot hamkorligi va maʼlumotlar almashinuviga doir standartga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Tizimda maʼlumotlar va axborotni avtomatik yangilash; hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun ularni tayyorlashda ariza beruvchilar tomonidan tanlanadigan maʼlumotlarni Tizimda kodlash. |
2016-yilning IV choragi |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizim integratori, Davlat statistika qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, DSQ, SSP, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
|
11. |
Roʻyxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini hisobga qoʻyuvchi davlat organlarining elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidanoʻtkazish va hisobga qoʻyish,litsenziyalar hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar berish bilan shugʻullanadiganroʻyxatdan oʻtkazuvchi hamda boshqa vakolatli organlarningdavlat roʻyxatiga olishdagi vakolatlari, funksiya va vazifalari batafsil tavsiflanganroʻyxati keltirilgan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. |
2016-yilning IV choragi |
Adliya vazirligi, SSP, tizim integratori |
|
12. |
Pasport maʼlumotlari mavjud boʻlgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan axborot (pasport koʻchirma nusxasi va fotosurat) taqdim etishga doir talablarni istisno etish maqsadida jismoniy shaxslar markaziy maʼlumot bazalarining va “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimining Tizim bilan integratsiyasini taʼminlash.Bunda yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy maʼlumotlari aholi reyestri axborot tizimida toʻgʻri kiritilganligi avtomatik tasdiqlangandan keyin Tizimning pasport maʼlumotlariga ega tegishli maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olinishi nazarda tutiladi, axborot xavfsizligi va vakolatli organlarning qonun hujjatlarida belgilangan oʻz vakolati doirasida zarur maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati hisobga olinadi. |
2016-yilning IV choragi |
Davlat personallashtirish markazi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP, tizim integratori |
|
13. |
Tijorat tashkilotlarining barcha tashkiliy-huquqiy shakllari uchun namunaviy taʼsis hujjatlarining interaktiv maʼlumotlar bazasini elektron shaklda yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Taʼsis hujjatlarini interaktiv rasmiylashtirish imkoniyatini taʼminlash maqsadida tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining barcha namunaviy shakllarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat tilida va rus tilida ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2016-yil noyabr |
SSP, Adliya vazirligi, tizim integratori |
|
Taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash. |
2016-yilning IV choragi |
Adliya vazirligi | ||
|
14. |
Davlat bojlarining, yigʻimlarining stavkalari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, ularni undiruvchi roʻyxatga oluvchi organlarning hisobvaraqlari toʻgʻrisida axborotlarni oʻzida jamlaganelektron shakldagiidoraviy axborot resursini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchuntoʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, shuningdek, uni Tizimga joylashtirish, ular qonun hujjatlariga muvofiq oʻzgartirilganda oʻz vaqtida yangilab borish. |
2016-yilning III choragi |
davlat bojlari va yigʻimlarini undiruvchi vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, DSQ, SSP, tizim integratori |
|
Davlat bojlari va yigʻimlarini Internet tarmogʻi orqali toʻlash imkoniyatini taʼminlash, shu jumladan tushayotgan mablagʻlarni tegishli budjetlar va fondlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlash va hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish. Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va dolzarb holatda saqlashni taʼminlovchi guruh ishini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek, Tizim billingi modulini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan takliflarni kiritish. |
2016-yilning IV choragi |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, DSQ | ||
|
15. |
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini Tizim bilan integratsiyalash. |
Roʻyxatga oluvchi organ va statistika organi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi, shuningdek,tadbirkorlik subyektlarini statistika organlarida hisobga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish uchun tegishli registrning Tizim bilan integratsiyasini taʼminlash. |
2016-yilning IV choragi |
Davlat statistika qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
16. |
Soliq toʻlovchilarning yagona davlat reyestrini takomillashtirish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish jarayonini avtomatlashtirish, soliq toʻlovchilarning berilgan identifikatsiya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish uchun tegishli reyestrning Tizim bilan integratsiyasini taʼminlash. |
2016-yilning IV choragi |
DSQ, SSP, tizim integratori |
|
17. |
Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri maʼlumotlar bazasini Tizimga joylashtirish. |
Maʼmuriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, prospektlar, koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar, skverlar), ularga oʻxshash obyektlarning qonun hujjatlarida belgilangan nomlarini ariza beruvchilar tanlashi va aks ettirishi uchun sharoit yaratish maqsadida Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrida mavjud maʼlumotlarni shakllantirish va tizim integratoriga berilishini taʼminlash. |
2016-yilning IV choragi |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
Keyinchalik Tizimda tegishli maʼlumotlarni yangilab borish va dolzarb holatda saqlash. |
doimiy ravishda |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi | ||
|
18. |
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestrini Tizim bilan integratsiyalash. |
Yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlar almashinuvini taʼminlash uchun Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestrining elektron shaklini yaratish va uni Tizim bilan integratsiyalash. |
2017-yilning I choragi |
Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
19. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qoʻshib yuborish va qoʻshib olish uchun berilgan dastlabki rozilik toʻgʻrisidagi idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatga olishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi mavjudligini (mavjud emasligini) avtomatik tarzda tekshirish imkonini beradigan maʼlumotlar bazasini yaratish va tizim bilan integratsiyalash. |
2017-yilning I choragi |
Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
20. |
Bank hisobvaraqlarini ochish uchun zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Hisobvaraqlar ochiq uchun zarur hujjatlarda (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, tijorat tashkilotlarining taʼsis hujjatlari) mavjud maʼlumotlardan tijorat banklariga elektron raqamli imzo yordamida (ariza beruvchining ishtirokisiz) oʻz vakolati doirasida foydalanish imkonini beradigan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
2017-yilning I choragi |
Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, SSP, tizim integratori |
|
21. |
Ustav fondida taʼsischilar ulushi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Quyidagi hollarni avtomatik tarzda aniqlash uchun tegishli axborotlarnioʻzida mujassamlashtirgan maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash: xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kelmasligi; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning taʼsischilari orasida xorijiy yuridik shaxsning yoʻqligi; bozorlarning ustav fondiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda taʼsischilar mablagʻlari kiritilishi taʼminlanmaganligi. |
2017-yilning I choragi |
Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, SSP, tizim integratori |
|
22. |
Ustav fondini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va muddatlarda ustav fondi shakllanganligini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan hisobotlar va maʼlumotlar boʻyicha aniqlanadigan taʼsischilarning qarzdorligi borligini kuzatish imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan birlashtirish. |
2017-yilning I choragi |
DSQ, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
23. |
“Uzkart”, “Upay” banklararo chakana savdo tizimini va boshqa elektron toʻlov tizimlarini Tizim bilan integratsiyalash. |
Amaldagi tegishli elektron toʻlov tizimlarining Tizim billing moduli bilan integratsiyasini taʼminlash, bunda: tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun davlat bojlari va yigʻimlarini Internet tarmogʻi orqali toʻlash; tadbirkorlik subyektlarini va roʻyxatga oluvchi organlarni oʻzaro hisob-kitoblar holati haqida Tizim orqali real vaqt rejimida xabardor qilish; xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, protsessing markazlari va banklar uchun ariza beruvchilar toʻlovlarni amalga oshirishda ularni identifikatsiyalash imkoniyatini nazarda tutish. |
2016-yilning IV choragi — 2017-yilning I choragi |
Banklar assotsiatsiyasi, SSP, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, tizim integratori |
|
24. |
Shtempel-oʻymakorlik korxonalariga tayyorlangan muhrlar va shtamplar haqidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritish imkonini beruvchi axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan birlashtirish. |
Shtempel-oʻymakorlik korxonalariga tayyorlangan muhrlar va shtamplar haqidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritish uchun mazkur reyestrdan cheklangan shaklda foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. Quyidagilarni taʼminlash: |
2017-yilning I choragi |
OʻzMAA, SSP, tizim integratori |
|
qogʻoz shaklda yuritiladigan, muhrlar va shtamplarni hisobga olish daftarchalarida mavjud maʼlumotlarni roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan elektron formatga oʻtkazish; |
2016-yilning IV choragi |
Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, SSP, tizim integratori | ||
|
vakolatli organlarga tegishli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini bergan holda maʼlumotlarni umumlashtirish va Tizimning maʼlumotlar bazasiga integratsiyalash hamda keyinchalik roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan muhrlar va shtamplar daftarchasini yuritishni bekor qilish. Poligrafiya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning litsenziya bitimiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2017-yil yanvar |
OʻzMAA | ||
|
25. |
Tashkilotning ustav fondiga xorijiy taʼsischi tomonidan kiritilgan intellektual mulk hissasini baholash haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Ariza beruvchilar va baholash tashkilotiga korxonaning (tashkilotning) ustav fondiga xorijiy taʼsischi tomonidan kiritilgan intellektual mulkni baholash toʻgʻrisida belgilangan tartibda tayyorlangan hisobotni taqdim etish imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. Baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning litsenziya bitimiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2017-yilning I choragi |
Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
26. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladigan, yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida xabarlar chop etilganligi haqida maʼlumotlar keltirilgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Kreditorlarni bemalol tanishtirish uchun yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida axborot keltirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. Quyidagilarni taʼminlash: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maxsus boʻlimiga yuridik shaxslar tomonidan tegishli eʼlonlar joylashtirilishiga qarab ularni avtomatik tarzda bepul yangilash imkoniyatini; bosma ommaviy axborot vositalarida tegishli maʼlumotlarni majburiy eʼlon qilish tartibini bekor qilishni. |
2017-yilning I choragi |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP, tizim integratori |
|
27. |
Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizimga kiritish. |
Respublikaning borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlari haqidagi axborotlar keltirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va ushbu tumanlarda tadbirkorlik subyektlari ochishda toʻlanadigan davlat bojlari miqdorlarini aniqlash imkoniyatini taʼminlash uchun uni Tizimga joylashtirish. |
2017-yil fevral |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, SSP, tizim integratori |
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar ishtirokida xorijda tashkil etilgan tashkilotlar reyestrining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash. |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan qogʻoz shaklida yuritiladigan tegishli reyestrlardagi maʼlumotlarni elektron formatga oʻtkazish. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar ishtirokida xorijda tashkil etilgan tashkilotlar hisobini yuritish uchun tegishli maʼlumotlarni almashish imkoniyatini taʼminlab, yagona reyestr yaratish va Tizim bilan integratsiyalash uchun maʼlumotlarni yagona axborot resursiga jamlash. |
2017-yilning I choragi |
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, SSP, tizim integratori |
|
29. |
Tizimning dasturiy-apparat majmuini va maʼlumotlar bazasini tegishli server uskunasiga oʻrnatish, keyinchalik ularni tashkil etil?digan maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlariga (“Data-sentr”ga) joylashtirish. |
Tizimning dasturiy-apparat majmuini va maʼlumotlar bazasini tegishli server uskunasiga oʻrnatish, shu jumladan Tizim maʼlumotlari zaxirasini yaratish hamda Tizimni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga oʻtkazib berish uchun keyinchalik ularni tashkil etiladigan maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlariga (“Data-sentr”ga) joylashtirish. |
2017-yilning I choragi |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, SSP, tizim integratori, Moliya vazirligi |
|
IV. Joriy etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning yangi mexanizmini keng yoritish, manfaatdor vazirliklar va idoralar masʼul xodimlarining malakasini oshirish | ||||
|
30. |
Respublika va hududiy tele- va radiokanallarda, bosma OAVda seminarlar, davra suhbatlari, shuningdek, maxsus maqolalar va koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish hamda oʻtkazish. |
Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning yangi tartibini keng yoritish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish, shuningdek,maqolalar, tele- va radioeshittirishlar turkumini tashkil etish boʻyicha tegishli jadvallar ishlab chiqish hamda tasdiqlash. |
Ishlab chiqish — 2017-yil fevral; amalga oshirish — 2017-yil aprel |
SSP, Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
31. |
Aholi va tadbirkorlik subyektlarini tanishtirish uchun Tizim bilan ishlash qoidalari haqida uslubiy qoʻllanma chop etish. |
Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini, shuningdek, Tizimdan foydalanish qoidalarini tushuntirib beruvchi oʻquv qoʻllanmalari, uslubiy koʻrsatmalar chop etish. Oʻquv qoʻllanmalarini Yagona portalga va roʻyxatga oluvchi organlarning Internet tarmogʻidagi veb-saytlariga hamma foydalanishi uchun joylashtirish. |
2017-yilning I choragi |
Adliya vazirligi, SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
32. |
Masʼul xodimlarni Tizim bilan ishlashga oʻqitish va malakasini oshirish. |
Tizimga joylashtirilgan axborotning xavfsizligini taʼminlagan holda Tizim bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida birinchi navbatda roʻyxatga oluvchi organlarning masʼul xodimlari uchun tegishli kurslar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. Manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, baholash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini Tizim bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga oʻqitish yuzasidan amaliy seminarlar oʻtkazish. |
2017-yil yanvardan boshlab muntazam ravishda |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, SSP, vazirlik va idoralar, tizim integratori |
2-ILOVA
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi |
|
M.I. Atayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
|
S.M. Xodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati shuʼbasi mudiri |
|
lavozimi boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi |
|
X.M. Mirzaxidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri |
|
G.K. Saidova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
|
M.M. Ikramov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri |
|
R.S. Qosimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
U.I. Inoyatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
A.V. Alimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri |
|
A.A. Axmedbayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
|
Z.A. Dusanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi |
|
B.R. Parpiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi |
|
B.E.Turayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi |
|
D.A. Xidoyatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi |
|
S.A. Arabov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi |
|
B.I. Zakirov |
— |
qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
A.S. Sultanov |
— |
“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi |
|
F.I. Salomov |
— |
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi |
|
K.O. Azimov |
— |
“Oʻzavtosanoat” AK raisining oʻrinbosari |
|
S.S. Xodjayev |
— |
Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari |
|
T.N. Guskova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
A.N. Fayzullayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
Kim Nam Sok |
— |
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari — AKT boʻyicha konsultant |
|
N.S. Toʻraxodjayev |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori |
|
I.R. Maxkamov |
— |
“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori |
|
F.T. Umarxodjayev |
— |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi |
|
Sh.X. Shermatov |
— |
Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori |
|
T.Z. Teshabayev |
— |
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori |
|
Sh.X. Xabibullayev |
— |
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori |
|
Z.M. Raxmatullayev |
— |
Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi direktori |
|
kelishuv boʻyicha |
— |
Davlat xavfsizlik xizmati vakili |
|
A.E. Shayxov |
— |
Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
I.Z. Abdullayev |
— |
Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori |
|
Lavozimiga koʻra |
— |
Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi. |