O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining amalda bajarilishini samarali tashkil etish, yoshlarning ijtimoiy muhofaza qilinganligining ishonchli kafolatlari ta’minlanishini davom ettirish, davlat organlarining barcha sohalarini respublikaning ishonchli, g‘oyaviy yetuk va vatanparvar fuqarolari bilan to‘ldirish, shuningdek muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) tashkil etilsin.
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblansin:
fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
fuqarolarni ishga joylashtirishga taalluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar rejalarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash;
Respublika komissiyasining a’zolari, hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Toshkent shahri, tuman va shaharlar rahbarlarining fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning kelishilgan ishlarini ta’minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlarda fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarning holati va natijadorligi yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish hamda, zarurat tug‘ilganda, uni yaxshilashga doir aniq tadbirlar ishlab chiqish;
fuqarolarni ishga joylashtirishning holati yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi hududiy komissiyalar, vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kredit olishiga keng imkoniyatlar yaratish;
joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy soni to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan axborot asosida ish o‘rinlarini band qilishni tashkillashtirish (har yili sentabr oyida — oliy ma’lumotga ega bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun, fevral oyida — qolgan muddatli harbiy xizmatchilar uchun);
fuqarolarni ishga joylashtirish uchun har chorakda seminarlar, davra suhbatlari va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish.
2. Belgilansinki, Respublika komissiyasi o‘z faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
3. Quyidagilar:
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Respublika komissiyasining;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
mehnat bo‘yicha hududiy organlar — hududiy komissiyalarning ishchi organi etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Respublika komissiyasining ishchi organi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
ikki hafta muddatda komissiyalar majlislarini o‘tkazish jadvalini, ularning ish reglamentini tasdiqlasin, kelgusida komissiyalar protokol qarorlarining o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni belgilangan muddatlarda amalga oshirsin;
fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlovchi amaliy chora-tadbirlar rejasi bajarilishi yuzasidan muntazam va sifatli monitoringni amalga oshirsin;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni hududiy mehnat bozorini puxta tahlil qilish asosida, ishga joylashtirishni va qayta o‘qitishni tashkil etsin;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirishda mutaxassisligi bo‘yicha maqsadli yo‘naltirishni amalga oshirsin;
har chorakda (hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmasdan) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha bajarilgan tadbirlar to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibiga muvofiq ularning shaxsiy tarkibini va ular to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda tasdiqlasinlar;
hududiy komissiyalar ishlarini samarali tashkil etsinlar va kelgusida ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borsinlar;
muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tagan fuqarolarning ishga joylashtirilishi monitoringini tashkil etsinlar, keyinchalik ularga davlat tashkilotlarida ishga joylashtirishda ko‘maklashishni ta’minlash maqsadida unda zarur ma’lumotlarning (familiyalari bo‘yicha ro‘yxati, ish joyi, mehnat sharoitlari va ijtimoiy muhofazasi) to‘liq qamrab olinishiga alohida e’tibor bersinlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni.
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarning samarali ishga joylashtirilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar;
har chorakda kamida bir marta tuman va shaharlarda fuqarolarni ishga joylashtirish masalalarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha va ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlarning haqiqiy natijadorligini o‘rnatsinlar va tahlil qilsinlar;
mehnat bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan fuqarolarni kasb tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etsinlar;
istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik vakillari bilan tajriba almashish bo‘yicha muntazam uchrashuvlar tashkil etsinlar;
har oyda kamida bir marta muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tashkil qilsinlar;
har chorakda kamida bir marta vakant ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazishni tashkil etsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tuman va shaharlar mudofaa ishlari bo‘limlari orqali har yili hududiy komissiyalarga quyidagilarning taqdim etilishini ta’minlasin:
mart oyida — muddatli harbiy xizmatni belgilangan muddatlarda o‘tagan rezervga bo‘shatilgan fuqarolarning, shuningdek har oyda — safarbarlik chaqiruv rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarning familiyalar bo‘yicha ro‘yxatlari;
1-maygacha — keyingi yilga ish o‘rinlarini rezerv qilib qo‘yish uchun joriy yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarning umumiy soni to‘g‘risidagi axborot.
8. “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi va O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Markaziy kengashi bilan birgalikda:
yoshlarni buzg‘unchi kuchlar, giyohvandlik, alkogolizm va boshqa salbiy hodisalar ta’siridan muhofaza qilish maqsadida ular bilan faol tarbiyaviy-ma’rifiy, tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borsin, ularni mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgartirishlarda ishtirok etishga keng jalb etsin;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun “Yosh tadbirkor — mamlakatimiz tayanchi”, “Mening biznesim — mening g‘oyam”, “Yosh tadbirkor — mamlakat kelajagi zamini” va shu kabi biznes-loyihalarda ularning faol ishtirokini ta’minlash ishlarini o‘tkazsin;
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda doimiy asosda xizmat bo‘yicha ko‘tarilishning ishonchli zamini sifatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflarida xizmat qilishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin;
yoshlar o‘rtasida mehnatga joylashtirishning, shuningdek muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan, ijtimoiy-foydali mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarni o‘z vaqtida aniqlash bo‘yicha faol targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirsin, kelgusida ularni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda, yoshlarni ishga joylashtirishni tashkil etish faoliyati yuzasidan ta’sirchan monitoringni amalga oshirishda faol ishtirok etsin;
yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga va o‘z xalqiga xizmat qilish, mehnatsevarlik, mamlakatni gullab-yashnatishda, uning iqtisodiyotini izchil rivojlantirishda, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdan astoydil manfaatdorlik, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish uchun shaxsiy mas’uliyat ruhida tarbiyalash ishlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarni mamlakat iqtisodiyotining ishonchli zamini hisoblanadigan kichik va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga ko‘maklashsin;
muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tagan fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va ularni o‘qitishni tashkil etish masalalari bo‘yicha axborot va konsultatsiya yordami berishni tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-iyun,
339-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son qaroriga
1-ILOVA
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

Aripov A.N.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi

Azimov R.S.

Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari

B.E. Zaxidov

kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri, Respublika komissiyasi raisining o‘rinbosari — ishchi organ rahbari

Saliyev M.X.

Mudofaa vazirining o‘rinbosari

Mirzayev A.Sh.

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

Jalilov Sh.I.

O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Markaziy kengashi raisi

Javlonov Sh.S.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi

Quranbayev Q.Q.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi

Shayxov A.E.

Savdo-sanoat palatasi raisi

Izoh: Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 339-son qaroriga
2-ILOVA
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalarning
namunaviy tarkibi
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, Toshkent shahri hokimi, tuman va shaharlar hokimlari, hududiy komissiyalar raislari.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining, Toshkent shahri hokimining, tuman va shaharlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, hududiy komissiyalar raislarining o‘rinbosarlari.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hududiy organlari rahbarlari, ishchi organ rahbari.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
4. Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlari.
5. Ichki ishlar boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
7. O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy kengashlari raislari.
8. “Mahalla” xayriya jamoat fondi hududiy kengashlari raislari.
Izoh: hududiy komissiyalar a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 23-son, 466-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)