1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.04.00 Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 16-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2885]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi 70-son hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 25-iyuldagi 2023/30-7-sonli ““Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2885-2, 07.08.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 6-avgustdagi 89, 14, qq-01, 2019-51 va 01-02/8-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2885-1, 22.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 10/19/2885-1/3611-son)
1. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
15-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
125-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
2017/10-3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
2017-09-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
01-02/8-8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 14-apreldagi 15, 125, 2017/10-3, 2017-09 va 01-02/8-8-son qaroriga ILOVA
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-son “2017 — 2019-yillarda toʻqimachilik va tikuv trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar jumlasiga hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy sotish hajmida shunday tovarlarni ishlab chiqarishdan tushgan tushumlar ulushi kamida 60 foizni tashkil etadigan korxonalar kiradi.
Ushbu korxonalarga quyidagi koʻrinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari beriladi:
a) quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
mol-mulk soligʻi;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi;
(1-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 6-avgustdagi 89, 14, qq-01, 2019-51 va 01-02/8-31-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2885-1, 22.08.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 10/19/2885-1/3611-son)
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq, komissiya shartnomalari asosida import qilinadigan uskunalar, butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilish;
b) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzi uchun ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xomashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona toʻlovlarini toʻlashni (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 60 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirish. Kechiktirib toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan import qilishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan xomashyo va materiallar roʻyxatiga kiritilmagan xomashyo, materiallar va furnituralarga beriladi.
2. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) asosan boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.
Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, ularni taqdim etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish tartibi yuqorida qayd etilgan Nizom bilan tartibga solinadi.
2-bob. Imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllash
3. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.
4. Mazkur Nizom 1-bandining “b” kichik bandidagi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat olish uchun korxonalar tomonidan bojxona organlariga Bojxona kodeksining 330-moddasiga asosan hujjatlar taqdim etiladi.
5. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga haqiqatda ixtisoslashganligini tasdiqlash uchun imtiyozlardan foydalangan korxonalar yil yakunlari boʻyicha soliq hisoboti bilan birga davlat soliq xizmati organlariga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma hisob-kitobni taqdim etadi.
6. Agar hisobot yili yakunlari boʻyicha korxona taqdim etilgan maʼlumotnoma hisob-kitobga asosan imtiyoz berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona hisoblanmaganda) soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, ularni oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda, budjetga toʻlanishi boʻyicha majburiyatlar tiklanib bekor qilinadi.
Korxonalar imtiyozlardan foydalanish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda avval toʻlanmagan bojxona toʻlovlarini undirish choralarini koʻrish uchun davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
7. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
9. Mazkur Nizom “Oʻzbekyengilsanoat” AJ bilan kelishilgan.
“Oʻzbekyengilsanoat” AJ boshqaruvi raisi I. XAYDAROV
2017-yil 14-aprel
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan tovar guruhlarining
ROʻYXATI
Tovar guruhi
Imtiyoz qoʻllaniladigan tovarlar nomi
I. Tayyor ip-gazlama matolar (chit va satindan tashqari)
Astarbop mato
Tik matosi
Koʻylakbop, shu jumladan, aralashma toladan
Koʻylakbop mato (ayollar)
Flanel, bumazeya (Pahmoq, bumazey)
Jinsi matosi
Sochiqbop gazlama (vafel)
Sochiqbop gazlama (pahmoqli)
Diagonal gazlamasi
Gabardin
Poplin
Mitkal
II. Tayyor aralashma matolar
Aralashmali gazlamalarning barcha turlari
III. Tayyor shoyi (atlasdan tashqari) matolar
Krep shifon gazlamasi
Krep jorjet gazlamasi
Krepdeshin
Alpak
Pardabop
Astarbop
Baxmal
IV.Tayyor tikuvchilik buyumlari, tayyor kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlari)
VIII. Tikuv-trikotaj sanoati uchun furnitura va aksessuarlar
Toʻqima yozuvli toʻqima yorliqlar
Bosma yozuvli toʻqima yorliqlar
Karton yoki qogʻozdan tayyorlangan bosma yorliqlar va etiketkalar
Karton yoki qogʻozdan tayyorlangan bosma yorliqlar va etiketkalar (yopishqoq)
Shevron
Kolechkalar
Blochkalar
Xalnitenlar
Karabinlar
Velkro lentasi
Munchoqlar
Yaltiroq furnituralar
Tugmachalar
Zamoklar
Zanjirsimon yopqichlar
Zastejkalar
Toʻqalar
Toʻgʻnogʻichlar va bezaklar
Knopkalar
Ilmoqlar
Lentalar
Rezina shnurlar
Bogʻichlar
Arqonlar
Kanat arqonlar
Shpagat
Zontlar uchun gʻiloflar
Manjetlar
Yoqalar
Metrli lentalar, rezinali proderjka, har xil tesma, baxrama-popuklar
Tyul-gardin anjomlari, krujeva (bezak toʻrlar)
Tekstil shnurlari
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga 2 ILOVA
Yillik moliyaviy hisobot bilan birga taqdim etiladi
___________________________________________________________________ga taqdim etiladi.
(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)
__________________________________________________________________________________ (korxonaning toʻliq nomi)
____________________________________________________________manzil boʻyicha joylashgan
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
2. Tashkil etilgan sanasi (kun/oy/yil)
3. STIR
��
4. IFUT
5. Telefon: kod
nomer
______________yil uchun toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish toʻgʻrisida MAʼLUMOTNOMA — HISOB-KITOB
Imtiyozni qoʻllash uchun asos___________________________________________________________
(normativ hujjatning nomi)
ming soʻm
Mahsulot turi
Summa
Umumiy ishlab chiqarish hajmida % hisobida
Ishlab chiqarish hajmi (QQS va aksizsiz haqiqatdagi narxlarda), jami
shu jumladan
ulardan imtiyoz taqdim etilgan mahsulot
Ushbu maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻliqligini tasdiqlayman
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 6-avgustdagi 89, 14, qq-01, 2019-51 va 01-02/8-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2885-1, 22.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 10/19/2885-1/3611-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 20-son, 374-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2019-y., 10/19/2885-1/3611-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)