Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2717-son qaroriga muvofiq, shuningdek zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida kontraktatsiya shartnomalarining tuzilishi va ularning bajarilishini hisobga olish va monitoringini olib borishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 55-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi monitoringining elektron tizimini xalqaro tajribani hisobga olgan holda ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.
3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T.Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-may,
271-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-maydagi 271-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 51-band qo‘shilsin:
“51. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “O‘zagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bilan birgalikda har yili noyabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi tashkilotlar o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzish uchun hududiy meva-sabzavot yarmarkalari o‘tkazilishini ta’minlasinlar”.
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshiga “va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, tayyorlovchi va eksport qiluvchi boshqa tashkilotlar” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish, shu jumladan hududiy meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik ko‘rish davrida, shuningdek yarmarkalar oralig‘idagi davrda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi”;
v) Nizomga ilovada:
VIII bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan qayta ishlash, g‘amlash va eksport qilish uchun xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari” so‘zlari “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish yuzasidan kontraktlar” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
quyidagi mazmundagi XI1 bosqich qo‘shilsin:
XV bosqichning “Bajarish muddatlari” ustunidagi “7” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 19-son, 346-modda)