|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-aprel,
219-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-apreldagi 219-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 11-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“har chorakda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raislari, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, shuningdek hudud profilaktika inspektori, taʼlim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlari hisobotlarini eshitadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 134-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)
3. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli), uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, masʼul kotib, fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining rahbari, shuningdek hudud profilaktika inspektori, taʼlim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlaridan iborat fuqarolar yigʻinining kengashi shakllantiriladi”.
4. VI boʻlimning nomidagi “(oqsoqoli)” soʻzidan keyin “uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)” soʻzlari qoʻshilsin.
5. 39-banddagi “(oqsoqoli)” soʻzidan keyin “uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari)” soʻzlari qoʻshilsin.
6. Ilovada:
“Fuqarolar yigʻini raisining maslahatchilari” blokida “raisining” soʻzidan keyin “(oqsoqolining) oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va” soʻzlari qoʻshilsin;
“Fuqarolar yigʻinining raisi” blokida “raisi” soʻzidan keyin “(oqsoqoli)” soʻzi qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 276-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son)