Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son hamda “Urgut”, Gʻijduvon”, Qoʻqon” va Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son farmonlarini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasini 1-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
3. Boshqaruv xodimlari soni 4 nafardan va 5-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilmaga ega boʻlgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda Direksiyalar deb ataladi) davlat unitar korxonalari tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlariga (keyigi oʻrinlarda maʼmuriy kengash) Direksiyalarning tasdiqlangan tuzilmasiga va xodimlari soniga investitsiyalar hajmi va erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalari soniga bogʻliqlik asosida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
4. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi”, “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonalarining ustavlari ushbu qarorga 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari direksiyalari Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2017 — 2018-yillar davrida Direksiyalarni taʼminlash uchun, keyingi yillarda ularning oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtishi sharti bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratsin.
7. Quyidagilar:
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati, Urgut tumani, Urgut shahri, Navoiy shohkoʻchasi, 104-uy manziliga;
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy manziliga;
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Turon koʻchasi, 1-uy manziliga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy manziliga joylashtirilsin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari hokimliklari Direksiyalarni koʻrsatib oʻtilgan manzillarda bepul foydalanish huquqi bilan xizmat xonalari bilan taʼminlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Gʻ.I. Ibragimov, Bosh vazirning oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev ushbu qaror talablariga muvofiq “Urgut”, “Gʻijduvon”, Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari faoliyati tashkil etilishining samaradorligi yuzasidan amaliy nazoratni taʼminlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 10-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 11-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Gʻ.I. Ibragimov, Bosh vazirning oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” AK boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov, Bosh vazirning oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 10-aprel,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
1-ILOVA
“Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalariga kiruvchi
hududlar
Oldingi tahrirga qarang.
I. “Urgut” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. Samarqand viloyatining Urgut tumani “Mergancha” va “Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 144,0 gektar yer maydonlari:
a) “Mergancha” massividagi (“Bogʻishamol” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlaridan tashqari) yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 500 kV yuqori kuchlanishli Janubi-gʻarbiy magistral elektr taʼminoti tarmogʻi;
sharqiy tomondan — 4R-246 “Samarqand — Urgut” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli;
b) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 220 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi;
sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Akramov Zuvay Fattoyevich” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Mergancha” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari;
v) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli;
janubi-sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻlining Kamangaron koʻchasi bilan tutashgan joyidan 4R-47 “Qoratepa — Urgut” avtomobil yoʻli bilan tutashgan joyigacha;
sharqiy tomondan — “Kamangaron — Urgut” avtomobil yoʻli;
g) “Mergancha” massividagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Akramobod zamini bahori” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
sharqiy tomondan — Urgut shahri bosh rejasi asosida loyihalashtirilayotgan avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Kamangaroncha uzumzorlari” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Begzod Quruqsoy” fermer xoʻjaligi yer maydonlari.
2. Samarqand viloyatining Urgut tumani “Sariqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 228,42 gektar yer maydonlar quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Sariqtepa” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari va “Abdumalik Samiyev Lazizxon”, “Nasim Nodir Nasriddin Zamini Nur”, “Aziza Marhabo Mirishkor zamini” va “Bogʻi eram Sariqtepa dalasi” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari;
sharqiy tomondan — “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punktlari va “Abdusami Gʻofur Shomurodzoda” fermer xoʻjaligi yer maydonlari;
gʻarbiy tomondan — “Yuqori Sanchiqul” mahalla fuqarolar yigʻiniga olib boruvchi avtomobil yoʻli hududi, “Murtozov Yusufboy” va “Boymurod oltin dalasi” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Sariqtepa” va “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinlari aholi punktlari va “Abduqodir Mahmud dalasi”, “Oftob Hasanova uzumzori”, “Abdurahmon Fozila nur bogʻi”, “Abror Asror chaman bogʻlari”, “Hamidova Matluba dalasi” va “Ulugʻbek Lazizbek nurli dalasi” fermer xoʻjaliklari yer maydonlari.
3. Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumani “Doʻstlik” massividagi 59,88 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Dargʻom” kanali yer maydoni himoya hududi;
sharqiy tomondan — “Samarqandkimyo” AJ superfosfat zavodi chegarasi;
janubiy tomondan — “AFSONA BEST” fermer xoʻjaligi yer maydoni;
gʻarbiy tomondan — sanoat zonasini qurish uchun ajratilgan yer maydoni.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Samarqand viloyati Nurobod tumani “Sazagʻon” massivi 137,26 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
a) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi;
janubiy tomondan — “A-378” Samarqand-Qarshi avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Xudayatov Botir” fermer xoʻjaligi va Nurobod tumani hokimligi zaxira yer maydonlari;
b) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MCHJ hududi;
janubiy tomondan — “A-378” Samarqand-Qarshi avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi;
v) shimoliy tomondan — “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi yer maydonlari hududi;
sharqiy tomondan — “Plant OFF Samarqand” MCHJ hududi;
janubiy tomondan — “Shoʻrtan-Sirdaryo” magistral gaz tarmoqlari muhofaza hududi;
gʻarbiy tomondan — Tepakoʻl soyi hududi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PQ-243-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2025-y., 07/25/243/0693-son)
5. Samarqand viloyatining Samarqand shahri “Xishrav-2” massivi hududidagi 102,0 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Dargʻom” kanali hududi;
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasining malaka oshirish markazi hududi;
janubiy tomondan — davlat zaxira yerining jarlikkacha boʻlgan hududi;
gʻarbiy tomondan — Mudofaa vazirligining harbiy bazasiga tutash hududi.
6. “Urgut” EIZning Samarqand shahri “Xishrav-2” massivi yer maydonlariga Samarqand shahri hokimligi zaxira yer maydonlari hisobidagi 275,2 gektar yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Eski anhor kanali hududi;
sharqiy tomondan — Samarqand viloyati “Maroqand Obod” DUKning chiqindilarni qayta ishlash hududi;
janubiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va Pastdargʻom tumani hududi;
gʻarbiy tomondan — Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism hududi.
7. Urgut tumani “Oʻramas” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 50,0 gektar yer maydoni quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Samad oqil”, “Mamadaminov Fazli” fermer xoʻjaliklari hududi;
sharqiy tomondan — “Agro pilla” MCHJ va aholi punkti hududi;
janubiy tomondan — “Gʻozi bobo” fermer xoʻjaligi hududi;
gʻarbiy tomondan — “Izma ziyo izza” fermer xoʻjaligi hududi.
(1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-378-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 07/23/378/0902-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. “Gʻijduvon” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanidagi Gʻijduvon shahri.
2. Kogon tumani “Beklar” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Kogon shahridagi aholi punkti, Kogon tumanidagi Zirabot toʻliq shirkati yerlari, “Edgar Real Plyus” fermer xoʻjaligiga qarashli yerlar;
sharqiy tomondan — Kogon shahri temir yoʻllari bilan Buxoro-Qarshi temir yoʻl tarmogʻi;
janubiy tomondan — Kogon tumanidagi “Yusuf ota” fermer xoʻjaligiga qarashli, 39004-son harbiy qism va “Qosimbobo” fermer xoʻjaligiga qarashli yerlar;
gʻarbiy tomondan — Kogon tumanidagi zaxira yerlari va va kollektor (zaxkash).
3. Kogon shahri yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Kogon shahridagi aholi punklari ;
sharqiy tomondan — Kogon shahardagi ichki yoʻl orqali aholi punkti;
janubiy tomondan — Kogon tumani zaxirasidagi yerlar;
gʻarbiy tomondan — Kogon shahridagi aholi punklari.
Jami: 267,5 gektar.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 671-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/671/3553-son)
III. “Qoʻqon” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. Uchkoʻprik tumani “Qaqir” massivi yer maydonlarini ichiga oluvchi A sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Toshkent–Andijon” temir yoʻli;
janubiy tomondan — 4r-44b “A-373 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlini 4r-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi yoʻl” xamda “Qoʻqonspirt”AJ tindirgichi;
sharqiy tomondan — 4r-44b “A-373 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlini 4r-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi yoʻl”;
gʻarbiy tomondan — “Zuxriddin Sar zamini” fermer xoʻjaligi yer maydoni.
2. Qoʻqon shahri massivini ichiga oluvchi B sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Qoʻqon halqa avtomobil yoʻli Shohruxobod koʻchasi boʻylab;
janubiy tomondan — aholi punktlari;
sharqiy tomondan — aholi punktlari;
gʻarbiy tomondan — “Qoʻqon-Yaypan” avtomobil yoʻli (Davronbek koʻchasi).
3. Uchkoʻprik tumani “Qaqir” massivi yer maydonlarini oʻz ichiga oluvchi V sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan::
sharqiy tomondan — 4K-887 “Uchkoʻprik-Qaqir stansiyasi-Tojik” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — 4K-925b “Qoʻqon-asfalt-beton zavodiga kirish” avtomobil yoʻli;
shimoliy tomondan — 4R-446 “A-373 Qoʻqon-Jizzax avtomobil yoʻlini 4r-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻli bilan bogʻlovchi yoʻl”;
janubiy tomondan — “Tojik” gaz boʻluv stansiyasi hududi va ichki xoʻjalik yoʻli.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Beshariq tumani “Sobirtepa” massivi yer maydonlarini ichiga oluvchi sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Andarxon” bojxona posti binosi va inshootlari;
janubiy tomondan — “Asomiddinov Roziq xoji” bogʻdorchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi yer maydoni;
sharqiy tomondan — “Sobirtepa” massivi qishloq xoʻjaligi dala yoʻli;
gʻarbiy tomondan — “Asomiddinov Roziq xoji” bogʻdorchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi yer maydoni.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
IV. “Hazorasp” EIZga kiruvchi hududlar roʻyxati:
1. 1-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlogʻi, “Mirzo Ulugʻbek” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Pitnak-Urganch” temir yoʻlining 1 km uzunlikdagi qismi;
sharqiy tomondan — “Toshsoqqa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi ichki xoʻjalik drenaji;
janubi-gʻarbiy tomondan — Xorazm melioratsiya ekspeditsiyasi “Pitnak arna” kanali;
gʻarbiy tomondan — “Hazorasp lochin servis” DUK yer maydoni;
2. 2-blok. Hazorasp tumani, Pitnak qishlogʻi, “Yu.Sherjon” massivi yer maydonlari quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ Xorazm filiali yer maydonlari;
janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasi;
shimoliy tomondan — Pitnak shahri “Obod” mahallasida qurilgan namunaviy uy-joylar.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi yer uchastkalari:
a) Pitnak shahri “Muhabbat” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi sanoat zonasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yigʻini yer maydoni;
janubiy tomondan — “Pitnak — Urganch” temir yoʻl uchastkasi;
gʻarbiy tomondan — “Muhabbat” mahalla fuqarolar yigʻinining aholi yashash punkti;
shimoliy tomondan — “Chap magistral kanal” kanali;
b) “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻinining aholi yashash punkti;
sharqiy tomondan — “Xorazm” koʻchasidagi xoʻjaliklararo avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — “Hazorasp-Pitnak” avtomobil yoʻli;
gʻarbiy tomondan — qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi “Sadulla Iskandarov” fermer xoʻjaligi;
v) “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer maydoni quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — Pitnak xizmatlar va axborot texnologiyalari kolleji hududi;
sharqiy tomondan — “Mustaqillik” koʻchasidagi xoʻjaliklararo avtomobil yoʻli;
janubiy tomondan — “Fayz baraka” MCHJning qandolatchilik sexi hududi;
gʻarbiy tomondan — “Ruza Nafis” xususiy korxonasi supermarketi hududi;
4. Hazorasp tumani “Bogʻdor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — Xorazm viloyati mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hududi;
janubiy tomondan — avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish “Sultonova Zulfiya” XK hududi;
gʻarbiy tomondan — “Bogʻdor” mahalla fuqarolar yigʻini aholi punkti;
shimoliy tomondan — “Bogʻdor” mahalla fuqarolari yigʻini aholi punkti.
5. Hazorasp tumanidagi “Amudaryo” mahalla fuqarolar yigʻini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
sharqiy tomondan — 1200 mm diametrli “Buxoro-Ural” gaz quvurining himoya zonasi;
janubiy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolar yigʻini yer uchastkasi;
gʻarbiy tomondan — “Doniyerbek Elyorbek Shaxriyor” fermer xoʻjaligi yer uchastkasi;
shimoliy tomondan — “Amudaryo” mahalla fuqarolari yigʻini yer uchastkasi.
6. Urganch tumanidagi Gaybu qishlogʻi “Tandirchi” mahalla fuqarolar yigʻini yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy-gʻarbiy tomondan — avtomobilnoy dorogoy 4K 931 “Urganch shahri Chatkupir k.-Shovot shahri” avtomobil yoʻli;
sharqiy tomondan — 4R 162 “Urganch shahri xalqa yoʻli”ning 5-kilometridagi yoʻl oʻtkazgich bilan;
janubiy tomondan — “Urganch-Shovot” temir yoʻli uchastkasi bilan;
gʻarbiy tomondan — “Urganch oil” MCHJ avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyasi hududi bilan.
7. Urganch tumani Chatkupir qishlogʻi hududidagi sanoat zonasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Xidoyat” mahalla fuqarolari yigʻini yer uchastkasi;
sharqiy tomondan — “Dilmurod mebel servis” XK mebel ishlab chiqarish sexi hududi;
janubiy tomondan — “Zafar kristall” MCHJ neft zaxirasi ombori hududi;
gʻarbiy tomondan — “Xorazm don mahsulotlari” AJ hududi.
8. Bogʻot tumani Beshariq qishlogʻidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xoʻjaligi yer uchastkasi;
sharqiy tomondan — Bogʻot tumani “Gulshan” mahalla yigʻinidagi namunaviy loyihalar boʻyicha qurilgan turar joy imoratlari bilan;
janubiy tomondan — “Madamin Masharip” fermer xoʻjaligi yer uchastkasi;
gʻarbiy tomondan — kollektor.
9. Xiva tumani Zaungur posyolkasidagi yer uchastkasi quyidagi chegaralar bilan:
shimoliy tomondan — “Urganchtransgaz” shuʼba korxonasi oʻquv kombinati;
sharqiy tomondan — Xiva “Xorazm koʻmir yetkazuvchi” unitar korxonasi hududi;
janubiy tomondan — “Xivaneftgazqurilish” unitar korxonasi hududi;
gʻarbiy tomondan — Xorazm viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi yer uchastkasi.
(3 — 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-avgustdagi 623-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 856-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-379-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 07/23/379/0903-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
3-ILOVA
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Erkin iqtisodiy zonalarida (keyinchalik EIZ deb ataladi) soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandiga muvofiq EIZ ishtirokchilari:
Oldingi tahrirga qarang.
yer soligʻi, foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari umumtaʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy toʻlovlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini jadallashtirish va kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 3-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmiga bogʻliq ravishda 3 yildan 10 yil muddatgacha beriladi, shu jumladan ekvivalentda:
300 ming AQSH dollaridan 3 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 3 yil muddatga;
3 mln AQSH dollaridan 5 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 5 yil muddatga;
5 mln AQSH dollaridan 10 mln AQSH dollarigacha investitsiya kiritilganda — 7 yil muddatga;
10 mln AQSH dollari va undan ortiq investitsiya kiritilganda — 10 yil muddatga, keyingi 5 yil mobaynida foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi stavkalari amaldagi stavkalardan 50 foiz past miqdorda qoʻllanilgan holda beriladi.
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urgut”, “Gʻijduvon”, “Qoʻqon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish” toʻgʻrisida” 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-son Farmonining 6-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmonining 5-bandi qoidalari “Urgut” EIZ, “Gʻijduvon” EIZ, “Qoʻqon” EIZ va “Hazorasp” EIZ ishtirokchilariga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorining 7-bandi bilan soliqlar haqidagi qonunlar oʻzgarganda erkin iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha ular roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada amal qilgan norma va qoidalarni qoʻllashga haqli ekanligi, aksiz soligʻi olinadigan tovarlarga soliq solishni tartibga soluvchi hujjatlarning normalari va qoidalari bundan mustasno ekanligi belgilangan.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5273-son Farmonining 3-bandi bilan “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasiga va turistik-rekreatsion zona ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi.
(4-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
5. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan imtiyozlar faqat EIZ ishtirokchisining investor (investorlar) va erkin iqtisodiy zona Direksiyasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) oʻrtasida tuzilgan Erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalash toʻgʻrisidagi shartnomada (keyingi oʻrinlarda Investitsiyalash uchun bitim deb ataladi) nazarda tutilgan faoliyat turiga tatbiq qilinadi.
6. Bojxona va soliq imtiyozlarini qoʻllash muddati EIZ ishtirokchisiga beriladigan EIZ ishtirokchisi guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddati EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum boʻlganda, u EIZ ishtirokchisi maqomidan mahrum qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan EIZ ishtirokchilariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
7. EIZ ishtirokchisi tomonidan oldin berilgan imtiyozlar muddatidan uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi qoʻllaniladigan hajmga yetuvchi investitsiyalar miqdori oshirilgan taqdirda, imtiyozlarni qoʻllash muddati uzoqroq muddatga uzaytiriladi.
Bunda, agar investitsiyalar hajmi oldin berilgan imtiyozlar muddati tugaganidan keyin koʻpaytirilsa, bojxona imtiyozlari uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqini beruvchi miqdordagi investitsiya kiritilgan kundan, soliq imtiyozlari esa — uzoqroq muddatli imtiyozlar huquqi yuzaga kelgan oydan keyingi oyning 1-kunidan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Imtiyozlarni qoʻllash muddati imtiyozlar qoʻllash boshlangan kundan eʼtiboran hisoblanadi.
8. Direksiya tegishli davlat soliq va bojxona organlarining soʻroviga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan Investitsiyalash toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan investitsiyalar miqdori haqidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
9. Davlat statistika organlari davlat soliq va bojxona organlariga EIZ ishtirokchilari tomonidan elektron shaklda taqdim qilingan investitsiya miqdori koʻrsatkichlari bilan birgalikda tegishli davlat statistik hisobotlaridan foydalanish imkonini beradi.
10. EIZ ishtirokchilarining soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobotida aks ettirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
2-bob. Soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
11. Direksiya xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga xabardor qilish tartibida:
a) xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab bir kun mobaynida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) bayonnomasining nusxasini;
EIZ ishtirokchisining guvohnomasi nusxasini;
b) EIZ hududida ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab bir kun mobaynida qabul qilish komissiyasi dalolatnomasi nusxasini yuboradi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
12. Davlat soliq xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va tashkilotlar tomonidan davriy hisobotlar topshirilganda ular tomonidan olingan soliq imtiyozlarini hisobga oladi hamda har chorakda Maʼmuriy kengashning ishchi organiga yigʻma maʼlumotlarni taqdim etadi.
13. EIZ hududlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
EIZ ishtirokchisi tomonidan Investitsiya qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilmagan moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilgan taqdirda, Investitsiyalash toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida buxgalteriya hisoboti tatbiq etiladi.
14. Soliq majburiyatlariga ega boʻlgan soliqlar boʻyicha soliq hisoboti Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq EIZ ishtirokchilari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadi.
3-bob. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar uchun bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
15. Direksiya xoʻjalik yurituvchi subyekt EIZ ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran bir kun mobaynida xabar tariqasida xoʻjalik yurituvchi subyekt joylashgan joy boʻyicha davlat bojxona organlariga:
Maʼmuriy kengash protokol qarorining nusxasini;
EIZ ishtirokchisi guvohnomasining nusxasini yuboradi.
16. Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarga bojxona imtiyozlarini qoʻllashda EIZ ishtirokchisi davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
Ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan va EIZ Direksiyasi bilan kelishilgan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelinadigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar roʻyxati;
EIZ ishtirokchisi rahbari tomonidan tasdiqlangan hamda bosh buxgalter va texnolog bilan kelishilgan ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar sarfi normasi.
17. Davlat bojxona xizmati organlari EIZ ishtirokchilarining alohida hisobini yuritadi va har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar davlat soliq xizmati organlariga chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar hamda EIZ ishtirokchilariga berilgan bojxona imtiyozlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qiladi.
18. EIZ ishtirokchilari har yili 25-yanvarga qadar davlat soliq va bojxona xizmati organlariga oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qiladilar.
19. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan bojxona imtiyozlari qoʻllanilgan holda olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar, ular olib kelingan kundan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq toʻliq miqdorda undiriladi.
4-bob. Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan qurilish materiallariga bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi
20. Loyihalarni amalga oshirish doirasida chetdan olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari roʻyxati EIZ ishtirokchisi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari va qurilish materiallarini yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida shakllantiriladi.
21. Hukumat qarori loyihasini tayyorlash, kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish EIZ ishtirokchisi faoliyat olib borayotgan tegishli tarmoqqa mutasaddilik qiluvchi tashkilot, tegishli viloyat hokimligi yoki EIZ Direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Chetdan olib kelinayotgan qurilish materiallari respublikada ishlab chiqarilgan, biroq belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Hukumat qarori loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining qurilish materiallarining texnik va fizik xususiyatlarini hisobga oluvchi xulosasi ilova qilinadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-yanvardagi 18-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. EIZ ishtirokchisi:
taqdim qilingan maʼlumotlar va materiallarning toʻgʻriligi;
chetdan olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi buyumlardan maqsadli foydalanishi;
Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona qonunchiligi buzilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
27. EIZ ishtirokchisi tomonidan imtiyozlar beriladigan muddatga mos keluvchi hajmdagi investitsiya kiritilmagan taqdirda, imtiyozlar berilganligi sababli ozod etilgan summa qonunda belgilangan tartibda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladi.
28. Soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanishining toʻgʻriligi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (EIZ ishtirokchisi nomi) chetdan olib
‎kelinadigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning
‎ROʻYXATI

T/r

‎‎Mahsulotning nomi

‎‎Mahsulotning TIF TN kodi (2012-yil versiyasi)

‎‎Oʻlchov birligi

‎‎Tovarning miqdori

‎‎eksport uchun

‎‎ichki bozor uchun

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎EIZ ishtirokchisi rahbarining
‎F.I.O.

‎_____________________________________
‎(imzo)
‎20___ yil “___” ____________



‎EIZ Direksiyasi direktori
‎F.I.O.
‎_______________________________
‎(imzo, muhr)
‎20___ yil “___” _____________‎

‎‎EIZ ishtirokchisining ishlab chiqarish
‎uchun masʼul xodimi
‎F.I.O.
‎_____________________________________
‎(imzo)
‎20___ yil “___” _______________

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan olib kelingan asbob-uskunalar,
‎xom ashyo va butlovchi buyumlarning ishlatilganligi toʻgʻrisida
‎DEKLARATSIYA

‎20__ yil “____” ___________________

1. EIZ ishtirokchisining nomi: __________________________________________________________________
‎2. EIZ ishtirokchisi joylashgan joy (pochta manzili):
‎__________________________________________________________
‎3. EIZ ishtirokchisi guvohnomasining raqami va olingan sanasi: ______________________
‎4. Chetdan olib kelinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning nomi va miqdori:
‎____________________________________________________________________________________________

‎Erkin iqtisodiy zonalar hududlarida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bajarish yuzasidan
‎20__ yil “___” __________dagi ___-son kontrakt boʻyicha olingan ruxsatnoma asosida _____________________
‎_______________________________________________________________________________ olinganligini
‎‎20___ yil “___” ___________dagi holatiga koʻra ____________________________________________________
‎foydalanilganligini bayon qilaman.
‎Olib kelingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarning qoldigʻi: _________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎Olib kelingan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar quyidagi tarzda foydalanildi:___________________
‎____________________________________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎Rahbar ________________

‎‎__________________________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎Bosh buxgalter _______________

‎‎__________________________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Texnolog _____________

‎‎__________________________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
5-ILOVA
Erkin iqtisodiy zona Direksiyasining namunaviy
tuzilmasi*
Oldingi tahrirga qarang.
* Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Xorazm viloyatlari maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari maʼmuriy kengashlari EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalar soni koʻpayishiga va investitsiyalar hajmining oshishiga qarab Direksiya tomonidan tasdiqlangan tuzilmaga va xodimlar soniga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
(5-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
6-ILOVA
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Urgut” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Urgut” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Urgut”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Urgut”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Urgut”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Urgut”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Samarqand viloyati, Urgut tumani, Urgut shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 104-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Urgut” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Urgut” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Urgut” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Urgut” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Urgut” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Urgut” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Urgut” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Urgut” EIZ hududida “Urgut” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Urgut” Samarqand viloyati maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Urgut” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Urgut” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Urgut” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Urgut” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Urgut” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Urgut” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Urgut” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Urgut” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Urgut” EIZ mustaqil budjeti va “Urgut” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish “Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Urgut” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Urgut” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Urgut” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Urgut” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Urgut” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 11 –– 15-moddalari.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Urgut” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
7-ILOVA
“Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Gʻijduvon” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Gijduvan”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Gijduvan”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Gijduvan”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Gijduvan”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, Mustaqillik maydoni, 2-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Gʻijduvon” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Gʻijduvon” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Gʻijduvon” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Gʻijduvon” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Gʻijduvon” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Gʻijduvon” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Gʻijduvon” EIZ hududida “Gʻijduvon” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Gʻijduvon” Buxoro viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Gʻijduvon” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Gʻijduvon” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan turgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Gʻijduvon” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Gʻijduvon” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Gʻijduvon” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Gʻijduvon” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Gʻijduvon” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Gʻijduvon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Gʻijduvon” EIZ mustaqil budjeti va “Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Gʻijduvon” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Gʻijduvon” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Gʻijduvon” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Gʻijduvon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Gʻijduvon” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
8-ILOVA
“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Qo'qon” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Qo'qon” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Kokand”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Kokand”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Kokand”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Kokand”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Turon koʻchasi, 1-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Qoʻqon” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Qoʻqon” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Qoʻqon” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Qoʻqon” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Qoʻqon” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Qoʻqon” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Qoʻqon” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Qoʻqon” EIZ hududida “Qoʻqon” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Qoʻqon” Fargʻona viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Qoʻqon” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Qoʻqon” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Qoʻqon” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Qoʻqon” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Qoʻqon” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Qoʻqon” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Qoʻqon” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Qoʻqon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Qoʻqon” EIZ mustaqil budjeti va “Qoʻqon” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Qoʻqon” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Qoʻqon” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Qoʻqon” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Qoʻqon” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Qoʻqon” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Qoʻqon” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
9-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻi bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan, valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Nazorasp” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Nazorasp” EIZ Direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya spetsialnoy ekonomicheskoy zoni “Xazarasp”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Xazarasp”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Nazarasp”” State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Nazarasp”” SUC.
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, E.Gayazov koʻchasi, 32-uy.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yoʻnalishlari
10. “Hazorasp” maxsus industrial zonasi (keyingi oʻrinlarda “Hazorasp” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Hazorasp” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini, “Hazorasp” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Hazorasp” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Hazorasp” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Hazorasp” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Hazorasp” EIZ hududida “Hazorasp” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Hazorasp” Xorazm viloyatining maxsus iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Hazorasp” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar, “Hazorasp” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki boʻlgan faoliyat koʻrsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nulga teng xarid qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Hazorasp” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Hazorasp” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarori bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
“Hazorasp” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Hazorasp” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur boʻlgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yoʻllari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda koʻmaklashish;
“Hazorasp” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yoʻli bilan xizmatlar koʻrsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha uning majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Hazorasp” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisobot beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
“Hazorasp” EIZ mustaqil budjeti va “Hazorasp” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiyaning “Hazorasp” EIZni rivojlantirish boʻyicha faoliyati strategik vazifalari va yoʻnalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini har chorakda oʻrganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengashining vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
19. Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Hazorasp” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni oʻzgartiradi va amal qilishini toʻxtatadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Direktor Muassis oldida Direksiya faoliyati toʻgʻrisida belgilangan tartibda hisobot beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
23. Direktor “Hazorasp” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Hazorasp” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun belgilangan tartibda taqdim etadi.
24. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
25. Direksiyaning ustav fondi “Hazorasp” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
26. Direksiya ustav fondining miqdori 1,0 mlrd soʻmni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maʼmuriy kengash Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish va sotish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki boʻlgan va “Hazorasp” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
Maʼmuriy kengash tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli budjet mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
33. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
34. Direksiyada qoladigan sof foyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va muassisga ajratmalar toʻlangandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga koʻra foydalaniladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
35. Muassis oʻz qarori bilan begona yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
36. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
42. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
43. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 213-son qarori bilan tasdiqlangan “Angren” erkin iqtisodiy zona direksiyasi” davlat unitar korxonasi Ustavining 11-bandiga quyidagi mazmundagi 41 va 42 bandlar qoʻshilsin:
“41) “Angren” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
42) Maʼmuriy kengash qarorlari va “Angren” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 15-maydagi 130-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y.. 5-son, 30-modda):
a) 1-banddagi ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovaning 11-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Jizzax” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni izlash va jalb etish;
Maʼmuriy kengash qarorlari va “Jizzax” EIZning ishlab chiqilgan bosh rejasi boʻyicha maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish”.
oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi-oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “Angren” yoki “Jizzax” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qaroriga
11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorining 2-bandi, shuningdek qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y.. 1-son, 5-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi hududiga kirishi, undan chiqib ketishi, u yerda boʻlishi va ishga yollanishining soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 9-apreldagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 27-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin-industrial iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining 1-bandi, shuningdek qarorga 2 va 3-ilovalar (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Apostil qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 17-noyabrdagi 307-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 90-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Angren” maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-maydagi 146-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 35-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son Farmoni)” 2012-yil 31-iyuldagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 59-modda) ilovaning 8-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tanlab olish va “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 3-oktabrdagi 282-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 72-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 15-son, 252-modda, 33-son, 856-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 08.08.2018-y., 09/18/628/1634-son; 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 14.08.2019-y., 09/19/671/3553-son; 14.03.2021-y., 09/21/133/0204-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 29.11.2023-y., 07/23/378/0902-son; 29.11.2023-y., 07/23/379/0903-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 21.01.2025-y., 09/25/18/0055-son; 05.08.2025-y., 07/25/243/0693-son)