Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMINING DAVLAT TA’LIM STANDARTLARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori bajarilishini ta’minlash, mazmunan yangi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini zamon talablari asosidagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida tajriba-sinovdan o‘tkazilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti 1-ilovaga muvofiq;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari davlat ta’lim standarti 2-ilovaga muvofiq;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomlarning davlat namunalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Badiiy akademiya hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
1998/1999 va 1999/2000 o‘quv yillarida ta’lim muassasalarida tajriba-sinovdan o‘tgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini bosqichma-bosqich ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin hamda ta’lim muassasalariga yetkazsin;
yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga asosan darsliklar va o‘quv adabiyotlarini yaratsin, ular o‘z vaqtida nashr etilishini, barcha ta’lim muassasalariga yetkazilishini va o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlasin;
2000/2001 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlasin.
3.O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari, ular asosida yaratilgan darsliklar va o‘quv adabiyoti o‘z vaqtida chop etilishi hamda joylarga yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmasiga muvofiq zarur miqdordagi diplom blanklarini chop etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi taqdim etgan smeta asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga beriladigan diplom blanklarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.
6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar, konsernlar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ijtimoiy hamkorlari to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda uch oy muddatda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining kasb faoliyati sohalarini va ularga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 16-oktabr,
400-son
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
1-ILOVA
O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTI
O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlari davlat tizimi
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI
GOSUDARSTVENNIY STANDART UZBEKISTANA
Gosudarstvennaya sistema standartov neprerivnogo obrazovaniya v Uzbekistane
SREDNEE SPETSIALNOYE, PROFESSIONALNOYE OBRAZOVANIYE
STATE STANDARD OF UZBEKISTAN
State system of standards of continuous education of Uzbekistan
SECONDARY SPESIALIZED,VOCATIONAL EDUCATION
I. ASOSIY QOIDALAR
1.1.Qo‘llanish sohasi
1.1.1. Ushbu standart o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari majmuining negizi hisoblanadi va standartlashtirishning:
maqsad va vazifalarini;
asosiy tushunchalarini, tamoyillarini va standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish sohasidagi me’yoriy hujjatlarning toifalarini aniqlab beradi.
Ushbu standart:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarining tuzilishini;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishni;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari talablarining bajarilishini nazorat qilishni belgilaydi.
1.1.2.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari ta’limni boshqarish davlat organlari hamda idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
1.2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini ishlab chiqish va joriy etish asoslari
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda quyidagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar asos qilib olindi:
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori;
OZ DST 1.0-98. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”;
O‘z DST 1.1-92. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DST 1.10-93. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar”;
O‘z DST 1.5-93. “Davlatlararo standartlashtirish bo‘yicha ishlar olib borish qoidalari. Standartni tuzish, bayon etish, rasmiylashtirish va ularning mazmuniga qo‘yiladigan talablar”;
O‘z DST 1.8-94. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Etakchi hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DST 1.9-95. “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Soha standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari”;
O‘z DST 1.8-94. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Amal qiladigan hujjatlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi va tavsiyalar.
O‘z DST 6.01.1-95. O‘zbekiston Respublikasi texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Asosiy qoidalar.
O‘z DST 6.01.2-95. O‘zbekiston Respublikasi texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni kodlashtirish va tasniflashning yagona tizimi. Tasniflagichlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi.
1.3. Ta’riflar
Mazkur standartda quyidagi ta’riflar va atamalar qo‘llanilgan:
1.3.1. O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlarining davlat tizimi ta’lim jarayonini belgilab berish, o‘qitishning asosiy mazmunini, ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malaka talablarini, kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim muassasalari faoliyatini baholash mezonlari va mexanizmlarini aniqlash orqali kadrlar tayyorlash sohasida eng maqbul tartibga solish darajasiga va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining kafolatlangan darajasi va sifatiga erishishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar majmui.
1.3.2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (O‘MKHT) tarmoq standarti — malaka talablariga mos holda kasbiy tavsifnoma asosida muayyan tayyorlov yo‘nalishi va kasb-hunar bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumini va so‘nggi maqsadlarini, o‘quv yuklamalari hajmini aniqlovchi hamda ta’lim sifatining standart talablariga muvofiqligini ta’minlovchi me’yoriy hujjat.
1.3.3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichi (O‘MKHTTYKIUT) — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati.
1.3.4. Kasb faoliyati sohasi — kasbga doir bilim, malaka va ko‘nikmalarning qo‘llanish doirasidir; uning nomlanishi iqtisodiyot sohalari bilan muvofiqlashtiriladi.
1.3.5. O‘MKHT muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari — aniq kasb faoliyati sohasida mutaxassislarga kasb ta’limi berish doirasidir. Mutaxassislarni kasb faoliyatining aniq sohasi bo‘yicha tayyorlash yo‘nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni bilan belgilanadi.
1.3.6. O‘MKHT ning umumiy ta’lim dasturi — umumiy ta’lim tayyorgarligi mazmunini aniqlovchi hujjatlar to‘plami. Umumiy ta’lim dasturini muvaffaqiyatli egallash akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga ularning oliy ta’lim muassasalarida ta’limni davom ettirishlari uchun teng imkoniyat va huquqlarni ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim dasturi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ta’limning navbatdagi pog‘onalarida bilim olishga tayyorlashni ta’minlash hajmidagi ijtimoiy, tabiiy-ilmiy va aniq fanlarni o‘z ichiga oladi.
1.3.7. O‘MKHT ning kasb-hunar ta’limi dasturi — kasb-hunar ta’limi tayyorgarligining asosiy mazmunini aniqlovchi hujjatlar to‘plami. Kasb-hunar ta’limi dasturi kasb-hunar kolleji bitiruvchisiga egallagan kasbi bo‘yicha ishni malakali bajarish imkonini berish hajmidagi ma’lum kasbga doir umumkasbiy va maxsus fanlarni hamda ishlab chiqarish ta’limi va amaliyotini o‘z ichiga oladi.
Kasb-hunar ta’limi dasturini muvaffaqiyatli egallash kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kasbi va ixtisosligi bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlaydi.
1.3.8. Maxsus kasb-hunar ta’limi dasturi — maxsus kasb-hunar ta’limi tayyorgarligi mazmunini belgilovchi, akademik litseylarning tayyorlov yo‘nalishiga mos keladigan va o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini jadallashtiradigan, ularda maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantiradigan, o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishini yoki ularni mehnat faoliyatiga yo‘llashni nazarda tutgan fanlarni chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan hujjatlar to‘plamidir.
Maxsus kasb-hunar ta’limi dasturi fanlarni chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan alohida ijtimoiy, tabiiy-ilmiy yoki ilmiy-texnik va aniq fanlarni o‘z ichiga oladi.
1.4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirishning maqsadi va vazifalari
1.4.1. O‘MKHT standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
O‘MKHTning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
O‘MKHTning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;
O‘MKHT jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash;
mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash.
1.4.2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining vazifalari:
O‘MKHT sifatiga va kadrlar tayyorlashga, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
O‘MKHTga va uning pirovard natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasb malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy negizni yaratish;
xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
O‘MKHT o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayoniga, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
1.5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish tamoyillari
O‘MKHT standartlarini ishlab chiqishda quyidagilarni ta’minlash zarur:
ta’limning uzluksizligi va uzviyligi;
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika va texnologiyalarning istiqbolli rivojlanishi, jamiyat talablari va ularning zamonaviy holatini hisobga olish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mujassamligi;
matnlar bayonining aniqligi va yagona qiymatliligi;
fan, texnika hamda texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga, respublikadagi va chet ellardagi ilg‘or tajribalarga mos kelishi;
O‘MKHT maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi.
1.6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
1.6.1. Respublikada O‘MKHT ni standartlashtirishni tashkil qilish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish va uning maqbul darajasini ta’minlash Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (TBBVDO) tomonidan amalga oshiriladi.
1.6.2. O‘MKHT standartlarining mazmuni, Davlat standartlari tizimining OZ DSt 1.0-98 “O‘zbekiston Respublikasi standartlarni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi”ga to‘g‘ri kelishi zarur.
1.6.3. O‘MKHT davlat standartlari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash markazi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi taqozo etiladi.
O‘MKHTning tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim standartlarini tasdiqlash 3 yillik to‘liq ta’lim sikli mobaynida pedagogik tajriba-sinov ishlarini muvaffaqiyatli yakunlab, ularga ekspert baho berilgach, amalga oshirilishi taqozo etiladi.
1.6.4. Davlat ta’lim standartlari (DTS)ga o‘zgartirishlar kiritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga mos ravishda, ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablarini e’tiborga olgan holda, DTSlarini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
1.7. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini standartlashtirish sohasidagi me’yoriy hujjatlarning toifalari, standart turlari
1.7.1. O‘MKHT standartlari quyidagi toifa va turlarga bo‘linadi:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari (Oz DTS) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan standartlar.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va kasblar bo‘yicha tarmoq standartlari (TSt) — O‘zbekiston Respublikasi TBBVDO tomonidan tasdiqlangan standartlar. Ular quyidagilardir:
Akademik litseylar tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim standartlari;
Kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisoslar bo‘yicha ta’lim standartlari;
“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar” standarti.
O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari va kasblar bo‘yicha tarmoq standartlari (TSt) ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, korxonalar, tashkilotlar va ta’lim faoliyatining boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqiladi.
1.8. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tarmoq standartlarining tuzilishi
1.8.1. Akademik litseylar tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim standartlari quyidagi tuzilishga ega:
Zarvaraq (Titul varag‘i)
Qo‘llanish sohasi
Me’yoriy hujjatlar
Standartning maqsadi va vazifalari
Akademik litseylarda ta’lim mazmunining majburiy minimumi
Akademik litsey bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Akademik litsey tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi (fanning nomi, asosiy o‘quv elementlari)
Standart talablari bajarilishini nazorat qilish
1.8.2. Kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha ta’lim standartlari quyidagi tuzilishga ega:
Zarvaraq (Titul varag‘i)
Qo‘llanish sohasi
Me’yoriy hujjatlar
Standartning maqsadi va vazifalari
Ta’riflar
Kasbiy tavsifnoma:
tayyorlov yo‘nalishi, kasb va ixtisosliklarning nomlari;
tayyorlov yo‘nalishining qo‘llanish sohasi va vazifalari;
malaka;
o‘qishga qabul qilish shartlari (mazkur mutaxassislikni egallash uchun shaxsning tayanch hisoblanuvchi ruhiy-fiziologik sifatlari minimumi, yosh va jinsiy xususiyatlari, tibbiy cheklanishlar bo‘yicha ishga qabul qilish tartibi haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi).
Kasb-hunar tayyorgarligi mazmunining majburiy minimumi (o‘quv davrlari, fan sohalari, shuningdek mazkur fan sohalarining o‘quv elementlari va ularni o‘zlashtirish darajalari ko‘rsatiladi).
Namunaviy o‘quv reja quyidagi qismlardan tashkil topadi:
umumiy ta’lim qismi;
kasbiy ta’lim qismi (umumkasbiy, maxsus fanlar);
o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti;
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soat;
(1.8-bandning 1.8.2 kichik bandi o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 243-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 33-34-son, 390-modda)
Standart talablarining bajarilishini nazorat qilish.
1.9. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish
1.9.1. O‘MKHT davlat standartlari talablariga rioya qilish ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
1.9.2. Nazorat qilishning bosh vazifasi, O‘MKHT davlat standartlari va tarmoq standartlari talablarining buzilishini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishdir.
1.9.3. Ushbu standart talablariga rioya qilish ustidan nazorat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
davlat ta’lim standartlari asosida turli o‘quv muassasalarida bitiruvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga baho berish;
o‘quv reja va dasturlarni tahlil qilish;
o‘quv muassasasida foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni tahlil qilish.
1.9.4. Standart talablarining buzilganligi uchun javobgarlik amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.
II. O‘RTA MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI MUASSASALARI BITIRUVChILARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
2.1. O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablarni standartlashtirish:
O‘MKHT muassasalari bitiruvchilarining bilim sifati va kasbiy malakasiga qo‘yiladigan talablarni standartlashtirishning maqsad va vazifalarini belgilashdan;
O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablarni standartlashtirish sohasidagi asosiy tushunchalarni aniqlashdan;
O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar, shu jumladan malaka talablari mazmunini belgilashdan;
Standart talablarining bajarilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirishdan iborat.
2.2. “O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar” idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yakka shaxslarni ham hisobga olgan holda barcha davlat boshqaruv organlari va ta’lim faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan subyektlar tomonidan bajarilishi shart.
2.3. O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablarni standartlashtirishning maqsad va vazifalari
2.3.1. O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablarni standartlashtirishning maqsadi davlat va jamiyat, mehnat va ta’lim xizmatlari bozorlari talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashning davlat kafolatlarini ta’minlashdir.
2.3.2. Ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablarni standartlashtirishning vazifalari quyidagilar:
kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislar darajasida kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarini belgilab berish;
akademik litseylar bitiruvchilarini o‘rta maxsus ta’lim darajasida tayyorlash ko‘rsatkichlarini belgilab berish;
O‘MKHT muassasalari uchun pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, ta’lim beruvchilarni ishonchli axborot bilan ta’minlash.
2.4. O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy talablar
O‘MKHT muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar quyidagi ko‘rsatkichlarning umumlashtirilgan tavsifnomasidan iborat:
fundamental fanlar va aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlar, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
kasbiy mohirlik va tafakkur doirasining yetarli shakllanganligi;
tashkilotchilik va tadbirkorlik xislatlarining shakllangan bo‘lishi;
davlatning tuzilishi, uning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi haqida aniq bilimlarga ega bo‘lish, xalqaro voqea, hodisa va muammolarni tushuna olish;
mustaqil va ijodiy fikrlash, fikrlarini yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalari shakllangan bo‘lishi;
turli vaziyatlarni tanqidiy baholash, yangiliklarga doimiy intilish;
o‘zbek tilini mukammal bilish, davlat tilida yozma va og‘zaki ravishda erkin muloqotda bo‘lish;
umuminsoniy fazilatlariga ega bo‘lish, o‘z millatini va vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
kompyuterlar va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;
rus tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda, boshqa chet tilini mukammal bilish;
o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga, boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni kundalik hayotga, turmushga tatbiq eta olish;
jismoniy baquvvat, sog‘lom bo‘lish, harbiy xizmatga va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga layoqatli bo‘lish;
ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan o‘zini o‘zi doimo takomillashtirish xislatlariga ega bo‘lish;
bilimlarni doimo oshirib, yangilab borishga intilish, o‘quv va mehnat faoliyatiga ijodiy, mustaqil yondashish sifatlariga ega bo‘lish;
mantiqiy fikrlashning uslublari va usullarini bilish, ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish;
huquqiy bilimlar asoslariga ega bo‘lish;
iqtisodiy bilimlar asoslariga ega bo‘lish;
zamonaviy axborot vositalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini mustahkam egallash;
ma’naviy-axloqiy madaniyatga ega bo‘lish;
siyosiy madaniyatga egalik, fuqarolik burch va mas’uliyat hislari shakllangan bo‘lishi;
ekologik madaniyatga egalik kasbiy faoliyatda ekologik mas’uliyatni his qilish, tabiat muhofazasi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish;
o‘quv fanlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida tahsil olish uchun zarur bo‘lgan bilimlar majmuiga ega bo‘lish.
2.5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayanch o‘quv rejasi
2.5.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartining tayanch o‘quv rejalari ta’lim mazmunidan kelib chiqib akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuziladi.
Tayanch o‘quv rejalari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
2.5.2. Tayanch o‘quv rejasida o‘quv yili 40 hafta va 2 semestrdan iborat. Har bir semestr 20 haftani o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2.5.3. Tayanch o‘quv rejalarida umumiy 4470 soatdan 80 soati ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga asosan o‘quv fanlarini o‘qitishga ajratiladi.
(2.5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2.5.4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining umumiy haftalik yuklamalari 54 soatni, shundan 36-38 soati auditoriya yuklamasi va 18-16 soat mustaqil ishni tashkil etadi.
Barcha o‘quv mashg‘ulotlari uchun ikki akademik o‘quv soati davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi.
(2.5.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2.5.5. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagogik kengashlariga ishchi o‘quv rejalarini tuzishda namunaviy o‘quv rejalari asosida umumiy soatlar hajmi doirasida ayrim bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar miqdoriga o‘zgartirish huquqi beriladi.
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun yetarli xonalarga ega bo‘lgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida quyidagi hollarda guruhlarni ikkita kichik guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi:
ta’lim rus tilida olib borilmaydigan guruhlarda rus tili;
ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan guruhlarda o‘zbek tili;
xorijiy til;
informatika va axborot texnologiyalari fanining amaliy mashg‘ulotlari;
jismoniy tarbiya (har bir guruhda kamida 15 nafar yigit va qiz bo‘lganda) mashg‘ulotlarini.
Kasb-hunar kollejlarining manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kelishuvdan o‘tkazilib tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari asosida tibbiyot, ta’lim (musiqa xodimi), madaniyat, sport, tasviriy, amaliy va dizayn san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus mutaxassislik fanlarining amaliy mashg‘ulotlari kichik guruhlarda bo‘lib o‘qitiladi. Bunda tegishli xarajatlarni moliyalashtirish davlat budjetida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xarajatlari uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Boshqa fanlar bo‘yicha guruhlarni kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish (o‘quv amaliyoti bundan mustasno) taqiqlanadi.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quv amaliyotini kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitilishi ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimini kiritish me’yori doirasida amalga oshiriladi.
(2.5.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2.5.6. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun tayanch o‘quv rejalarining tuzilishi 1 — 4-jadvallarda keltirilgan.

1-jadval‎

Akademik litseylari uchun tayanch o‘quv rejasi

Fanlar‎

Soatlar soni‎

Umumiy yuklamaga
‎ nisbatan foiz
‎ hisobida‎

I.‎

Umumta’lim fanlari‎

2010

45,0

II.‎

Chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar (Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

1680

37,6

III.‎

Qo‘shimcha chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar (rus (o‘zbek), xorijiy tillar,
‎informatika va axborot texnologiyalari va maxsus fanlar)

628

14,0

Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soat

80

1,8

Davlat attestatsiyasi‎

72

1,6

HAMMASI:‎

4470

100

Izoh: Akademik litseylar tayanch o‘quv rejasiga ajratilgan umumiy soatlar miqdori doirasida (4470) namunaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda ikkinchi va uchinchi bo‘limlarga ajratilgan soatlar miqdorini 20% gacha o‘zgartirish kiritish mumkin.

2-jadval‎

Kasb-hunar kollejlari uchun tayanch o‘quv rejasi

Fanlar‎

Soatlar soni‎

Umumiy yuklamaga
‎ nisbatan foiz
‎ hisobida‎

I.‎

Umumta’lim fanlari‎

2010‎

45,0‎

II.‎

Kasbiy ta’lim fanlari

1000

22,3

III.‎

O‘quv amaliyoti

660

14,8

IV.‎

Ishlab chiqarish amaliyoti

648

14,5

Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soat

80

1,8

Davlat attestatsiyasi

72

1,6

HAMMASI:‎

4470‎

100‎

Izoh: Kasb-hunar kollejlari tayanch o‘quv rejasiga ajratilgan umumiy soatlar miqdori doirasida (4470) namunaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim fanlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘limlariga ajratilgan soatlar miqdoriga 20% gacha o‘zgartirish kiritish mumkin.

3-jadval ‎‎

Akademik litseylar o‘quv rejasi

O‘quv jarayoni grafigi

O‘qish muddati: 3 yil
‎‎
Kurs ‎ ‎ ‎

H a f t a l a r ‎‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

I‎

T

T

II‎

T

T

III‎

T

T

‎‎

‎‎‎‎‎Jadvalning davomi

Kurs ‎ ‎ ‎

H a f t a l a r ‎‎ ‎‎

20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎ 31‎ 32‎ 33‎ 34‎ 35‎ 36‎ 37‎ 38‎ 39‎ 40‎

I‎ ‎

II‎ ‎

III‎

D‎

D‎

‎‎
‎‎Nazariy va amaliy ta’lim

T‎

‎‎Ta’til

D‎

‎‎Davlat attestatsiyasi

‎‎O‘quv jarayoni
‎REJASI

‎‏№

‎‏O‘quv fanlar

Jami
‎soat‎‏lar

‎‎Soatlarning kurslar
‎ bo‘yicha taqsimoti

1

2

3‎

I.‎

Umumta’lim fanlari‎

1.‎

Nutq madaniyati va davlat tilida ish
‎yuritish‎

40

‎—

40‎

2.‎

Ona tili va adabiyot‎

120‎

120‎

—‎

3.‎

Xorijiy tillar‎

250

‎100‎

70

80‎

4.‎

Rus (o‘zbek) tili‎

120‎

80‎

40‎

5.‎

Tarix‎

160‎

80

60

20‎

6.‎

Matematika

190

‎120

50‎

20

7.‎

Informatika va axborot texnologiyalari

130

80

50‎

8.‎

Fizika. Astronomiya

190

140

50

—‎

9.‎

Kimyo

80

80

10.‎

Biologiya

80‎

80‎

‎—

11.‎

Amaliy geografiya

40‎

40‎

‎—

‎—

12.‎

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik

140‎

60‎

80‎

13.‎

Jismoniy tarbiya

‎160

‎80

40

40

14.‎

Ma’naviyat asoslari

40‎

‎40

15.‎

Falsafiy fanlar:

80‎

— Shaxs va jamiyat‎

—‎

30‎

— Dinshunoslik‎

—‎

20‎

—‎

— Estetika‎

30‎

—‎

—‎

16.‎

Oila psixologiyasi

30‎

—‎

‎30

17.‎

Huquqshunoslik

40‎

‎40

18.‎

O‘zbekiston Konstitutsiyasi

40‎

‎40

19.‎

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar

40‎

‎—

—‎

‎40

20‎

Iqtisodiyot asoslari

40‎

‎40

—‎

‎‎Jami: ‎ ‎

2010‎ ‎

1190‎ ‎

480‎ ‎

340‎

II. ‎

Chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar (Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)

Jami:‎

1680‎

220‎

840‎

620‎

III

Qo‘shimcha chuqurlashtirilib o‘qitiladigan fanlar
‎(rus (o‘zbek), xorijiy tillar, informatika va axborot texnologiyalari va maxsus fanlar)

Jami:‎

628‎

50‎

150‎

428‎

Davlat attestatsiyasi

72‎

72‎

Haftalik yuklama‎

36‎ — 38 36 — 38 36 — 38

Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soat‎

80‎ 30‎ 20‎ 30‎

HAMMASI:‎‎‎ ‎

4470‎ ‎

1490‎ ‎

1490‎ ‎

1490‎ ‎

Izoh: Namunaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, haftalik o‘quv yuklamasi soatlarini moslashtirish uchun umumta’lim fanlariga ajratilgan soatlar miqdorini 10 soatgacha o‘zgartirish mumkin.

4-jadval ‎‎

Kasb-hunar kollejlari o‘quv
‎REJASI

O‘quv jarayoni grafigi

O‘qish muddati: 3 yil

‎‎
Kurs ‎ ‎ ‎

H a f t a l a r ‎‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

I‎

T

T

II‎ ‎

T

T

III‎

T

T

‎‎

‎‎‎‎‎Jadvalning davomi

Kurs ‎ ‎ ‎

H a f t a l a r ‎‎

20‎ 21‎ 22‎ 23‎ 24‎ 25‎ 26‎ 27‎ 28‎ 29‎ 30‎ 31‎ 32‎ 33‎ 34‎ 35‎ 36‎ 37‎ 38‎ 39‎ 40‎

I‎ ‎

II‎ ‎

‎A

A‎

‎A

A‎

‎A

A‎

A‎

‎A

A‎

A‎

III‎ ‎

A‎

A‎

A‎

A‎

A‎

A‎

A‎

A‎

D‎

D‎

‎‎
‎‎Nazariy va amaliy ta’lim

T‎ ‎

‎‎Ta’til

A‎

‎‎Ishlab chiqarish amaliyoti

D‎ ‎

‎‎Davlat attestatsiyasi
‎‎

O‘quv jarayoni
‎REJASI

Bo‘limlar nomi

Soatlar
‎miqdori

Soatlarning kurslar
‎bo‘yicha taqsimoti

1

2 ‎

3

I.‎

Umumta’lim fanlari‎

1.‎

Nutq madaniyati va davlat tilida ish
‎yuritish‎

40

40‎

2.‎

Ona tili va adabiyot‎

120

120‎

—‎

3.‎

Xorijiy tillar

250

‎100

70‎ ‎

80‎

4.‎

Rus(o‘zbek) tili

120

‎80

‎40‎

5.‎

Tarix

160

‎80

‎60‎

20‎

6.‎

Matematika

190

‎120

‎50

20‎

7.‎

Informatika va axborot texnologiyalari

130

‎80

‎50

8.‎

Fizika. Astronomiya

190

‎140

‎50

‎—

9.‎

Kimyo

80

80‎

—‎

10.‎

Biologiya

80

‎80

11.‎

Amaliy geografiya

40

‎40

12.‎

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik

140

—‎

‎60

80‎

13.‎

Jismoniy tarbiya‎

160‎

80‎

40‎

40‎

14.‎

Ma’naviyat asoslari

40

‎40

-

15.‎

Falsafiy fanlar:

80

— Shaxs va jamiyat‎

30‎

— Dinshunoslik‎

20‎

—‎

— Estetika‎

30‎

16.‎

Oila psixologiyasi

30

‎30

17.‎

Huquqshunoslik

40

‎40

—‎

18.‎

O‘zbekiston Konstitutsiyasi

40

‎40

19.‎

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar

40

40‎

20‎

Iqtisodiyot asoslari

40

‎40

Jami:‎

2010‎

1190

480

340

II.‎

Kasbiy ta’lim fanlari (umumkasbiy va maxsus fanlar)

1000‎

150‎

350‎

500‎

III.‎

O‘quv amaliyoti‎

660‎ 120‎ 280‎ 260‎
‎IV.

‎Ishlab chiqarish amaliyoti

‎648 ‎360 ‎288
Davlat attestatsiyasi‎

72‎

72‎

Jami:‎

4390‎ 1460‎ 1470‎ 1460‎
‎Haftalik yuklama

‎36 — 38

‎36 — 38

36 — 38‎

Ta’lim muassasasi ixtiyoridagi soat‎

‎80

‎30

20‎

30‎

Hammasi:‎

4470‎ 1490 1490‎ 1490‎
Izoh: Namunaviy o‘quv rejalarini ishlab chiqishda tayyorlov yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, haftalik o‘quv yuklamasi soatlarini moslashtirish uchun umumta’lim fanlariga ajratilgan soatlar miqdorini 10 soatgacha o‘zgartirish mumkin.
(2.5.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
2.6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish
2.6.1. O‘MKHT sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
Ichki nazorat — O‘MKHT muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
o‘qitish sifatining ichki nazorati ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tasdiqlagan “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida reyting-nazorat shaklida o‘tkaziladi. Nazoratning reyting tizimi quyidagi nazorat tadbirlari o‘tkazilishini ko‘zda tutadi:
joriy nazorat — og‘zaki so‘rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni o‘qituvchi o‘z amaliyotida qo‘llaydigan barcha so‘rov turlarini o‘z ichiga oladi.
oraliq nazorat — fanning ma’lum bir qismi, bo‘limi yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
yakuniy nazorat — semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
(2.6.1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqaruvchi vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda jamoat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
Yakuniy davlat attestatsiyasi — davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni himoya qilish bilan yakunlanadi.
2.6.2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitiruvchilarga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi, unda:
akademik litseylar uchun fanlar bo‘yicha o‘qitilgan soha;
kasb-hunar kollejlari uchun O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi (O‘MKXTTYKIUT)ga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha berilgan malaka ko‘rsatiladi.
Diplomlarga o‘zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasb-hunar) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo‘yicha baholar (reytinglar), shuningdek, bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasining natijalari ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaq ilova qilinadi.
Akademik litseyni tugatganlik to‘g‘risidagi diplom oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish hamda olingan bilimlarni mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarish huquqini beradi.
Kasb-hunar kollejini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom olingan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish huquqini beradi.
III. O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMIDAGI TAYYORLOV YO‘NALIShLARI, KASBLAR VA IXTISOSLIKLARNING UMUMDAVLAT TASNIFLAGIChINI IShLAB ChIQIShGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
3.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichining maqsad va vazifalari
3.1.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat tasniflagichi (O‘MKXTTYKIUT)ning maqsadi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha malakali kichik mutaxassislarni tayyorlashning tizimlashtirilgan ro‘yxatini belgilashdir.
3.1.2. O‘MKXTTYKIUTning asosiy vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi hududida kasb faoliyati sohalari bo‘yicha bir xil tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarga ega bo‘lgan kichik mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlash;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, foydalanishlari majburiyligini ta’minlash;
O‘MKXTTYKIUTni ta’lim haqidagi me’yoriy hujjatlar (ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) va Oliy ta’limning yo‘nalishlar va ixtisosliklar tasniflagichi)ni indeksatsiyalash maqsadida boshqa ta’lim turlari bilan muvofiqlashtirish.
3.2. Kichik mutaxassislarning kasb faoliyati sohalari
3.2.1. O‘MKXT muassasalarida kichik mutaxassislarni tayyorlash quyidagi sohalar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Sanoat (mashinasozlik, energetika, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, metallurgiya, geologiya va foydali qazilmalarni ishlab chiqish, kimyo sanoati, yengil sanoat, matbaa, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish)
Transport
Aloqa
Qurilish
Uy-joy va kommunal xo‘jaligi
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
Sog‘liqni saqlash
Ta’lim
Madaniyat va san’at
Ijtimoiy va iqtisodiy soha
Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohalari.
3.2.2. O‘MKXTTYKIUTning tasniflash obyektlari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar hisoblanadi.
3.3. O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklari umumdavlat tasniflagichining kodlari
3.3.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarni tasniflash olti raqamli sonlar bilan kodlanadi.
Koddagi birinchi uchta raqam ixtisosliklarning kasbiy sohalari; to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi raqamlar tayyorlov yo‘nalishlari hamda kasblarning tartib raqamini ifodalaydi.
3.3.2. O‘MKHT tayyorlov yo‘nalishlari kasblar va ixtisosliklar kodi kasb faoliyati sohalariga muvofiq kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlov yo‘nalishlari ro‘yxatining raqamli belgisi.
3.3.3. Uzluksiz ta’lim tizimidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim (bakalavriat) orasidagi uzviylikni aniqlash va uni ta’minlash maqsadida O‘MKHTTYKIUTda oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari kodlari ham qavs ichida keltiriladi.
3.3.4. O‘MKHTTYKIUTda tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning kodlariga mos keladigan “Ta’limning xalqaro standartlashtirish tasniflagichi” (MSKO) kodlari ham keltirilishi lozim.
3.3.5. Tasniflagichni tuzishda davlat, jamiyat va mehnat bozori talablari, kasbiy tayyorgarlikdagi tajribalar, ijtimoiy hamkorlar, ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar talablari hisobga olinishi lozim.
3.5.O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning umumdavlat tasniflagichiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi
3.5.1. Tasniflagich tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklarning asos bo‘luvchi ro‘yxati bo‘lib, u qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish uchun ochiqdir.
3.5.2. Tasniflagichga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishga oid takliflar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organiga taqdim etiladi.
3.5.3. Tasniflagichga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
2-ILOVA
O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTI
O‘zbekiston uzluksiz ta’lim standartlari davlat tizimi
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI
UMUMTA’LIM FANLARI
GOSUDARSTVENNIY STANDART UZBEKISTANA
Gosudarstvennaya sistema standartov neprerivnogo obrazovaniya v Uzbekistane
SREDNEE SPETSIALNOYE, PROFESSIONALNOYE OBRAZOVANIYE
OBShEOBRAZOVATELNIE PREDMETI
STATE STANDARD OF UZBEKISTAN
State system of standards of continuous education of Uzbekistan
SECONDARY SPESIALIZED, VOCATIONAL EDUCATION GENERAL SUBJECTS
1. Qo‘llanish sohasi
Ushbu davlat ta’lim standarti akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha majburiy o‘quv yuklamasi hajmini, bitiruvchilar saviyasiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi.
Davlat ta’lim standarti o‘zining idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta’limni boshqarish davlat organlari va ta’lim faoliyati subyektlari tomonidan tatbiq etilishi majburiydir. Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasidagi barcha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga joriy etiladi.
Davlat ta’lim standarti akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha turdagi o‘quv-me’yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos hisoblanadi.
2. Me’yoriy hujjatlar
1. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
2. “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
3. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori.
5. OZ DST 1.0-98 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar”.
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlarini standartlashtirishning maqsad va vazifalari
3.1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (O‘MKHT) umumta’lim fanlarini standartlashtirishdan maqsad o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim berishda ushbu fanlar mazmunini tanlash, o‘quv yuklamalari ko‘lamini hamda o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun zaruriy asoslarni aniqlash, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim standartining mohiyatini belgilashdan iborat.
3.2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari davlat ta’lim standartining vazifalari:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida umumta’lim fanlarini o‘rganish bo‘yicha ta’lim mazmunini belgilash;
ta’lim oluvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakalari darajasini davriy ravishda baholash tartibiga, shuningdek, ta’lim faoliyati sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy negizni yaratish;
xalqning boy aql-zakovat merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
O‘MKHT o‘quv-tarbiya va ta’lim jarayonini, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlashga, ta’lim darajasini nazorat qilishga, ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar va ularni bitiruvchilarning malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash;
ta’lim oluvchilarga fundamental bilimlarni o‘zlashtirishning faol usullarini joriy qilish, ijodiy fikrlash va keng tafakkurga ega bo‘lish malakasini shakllantirish;
kasb-hunar kollejlarida kasb va ixtisoslik olish hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha zaruriy bilimlar darajasini belgilashdan iborat.
4. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilariga umumta’lim fanlari bo‘yicha qo‘yiladigan umumiy talablar
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga umumta’lim fanlari bo‘yicha qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:
fundamental bilimlarni o‘zlashtira olish, o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotga, boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni kundalik hayotga, mehnat faoliyatiga tatbiq eta olish;
akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tayyorlov yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha chuqurlashtirilgan, yo‘naltirilgan, maxsus fanlar asoslarini egallashlari uchun zarur bo‘ladigan asosiy bilimlarga ega bo‘lish;
mustaqil va ijodiy fikrlash, o‘z fikrlarini yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalarini egallash;
bilimlarni muntazam oshirib, yangilab borishga intilish, o‘quv va mehnat faoliyatiga ijodiy, mustaqil yondashish sifatlariga ega bo‘lish;
mantiqiy fikrlashning uslublari va usullarini bilish, ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lish;
kompyuterlar va boshqa telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish;
zamonaviy axborot vositalari bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarini mustahkam egallash;
turli vaziyatlarni tanqidiy baholash, yangiliklarga doimiy intilish;
ma’naviy-axloqiy madaniyatga ega bo‘lish;
siyosiy madaniyatga, fuqarolik burchlari va javobgarligi hislariga egalik;
ekologik madaniyatga egalik;
davlatning tuzilishi, uning ijtimoiy va siyosiy rivojlanishi haqida aniq bilimlarga ega bo‘lish, xalqaro voqea, hodisa va muammolarni tushuna olish;
umuminsoniy fazilatlariga ega bo‘lish, o‘z millatini va vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
jismoniy baquvvat, sog‘lom bo‘lish, harbiy xizmatga va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga layoqatli, ma’naviy sog‘lom, ruhiy, jismoniy jihatdan o‘zini o‘zi doimo takomillashtirishga intilish;
oliy ta’lim muassasalarida (bakalavriat) ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bilimlar majmuiga ega bo‘lish.
5. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan umumta’lim fanlari mazmuniga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Fanning nomi ‎ O‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar‎
1.1. Ona tili va adabiyoti ‎ Ona tili:‎




















ona tilining ijtimoiy-madaniy hayotdagi mavqeyini, o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini bilish;‎
o‘zbek adabiy tilining talaffuz me’yorlari, asosiy imlo qoidalarini bilish va nutqiy faoliyatda qo‘llash;‎
ona tilidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash va boyitish;‎
ona tilining lisoniy boyligi va xususiyatiga oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirish, o‘zbek adabiy tilida so‘zlash va yozish malakalarini egallash;‎
ona tili ifoda vositalarining imkoniyatlarini bilish va amalda ulardan to‘g‘ri foydalanish;‎
nutq uslublarining xususiyatlarini farqlash va nutqiy vaziyat talabiga ko‘ra til vositalarini o‘rinli qo‘llay olish;‎
so‘z tarkibi, ma’nosi, yasalishi va morfologik qurilishini tahlil qilish ko‘nikmasi hamda malakasiga ega bo‘lish;‎
mustaqil fikrlash asosida turli tuzilish va mazmundagi gaplarni tuza olish va ularni sintaktik tahlil qilish;‎
ona tilida o‘z fikrlarini lo‘nda va ravon ifodalay bilish, nutq mavzusining mazmuni va maqsadini asosli dalillar bilan bayon eta olish;‎
turli nutq mavzularida mustaqil ravishda matn yarata olish, matnni kengaytirish, qisqartirish va ijodiy o‘zgartirish yo‘llarini bilish;‎
yozma ishlar va ish qog‘ozlarini yozishda ona tilining imlo va punktuatsion me’yorlariga amal qilish.‎
Adabiyot:‎
milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulug‘lashda badiiy adabiyotning ijtimoiy vazifasini anglash;‎
o‘zbek adabiy-badiiy merosining jahon adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini bilish;‎
badiiy asarni g‘oyaviy-badiiy jihatdan baholay bilish, yozuvchining hayotga munosabatini, uni ifodalashda tilning badiiy tasviriy vositalaridan foydalanish mahoratini farqlay olish;‎
o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini ifodali o‘qish, sharhlash, janr xususiyatlarini bilish;‎
XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanishi va rivojlanish tamoyillarini bilish;‎
o‘rganilayotgan asarning badiiy-estetik ahamiyatini tushunish va tahlil qila olish;‎
asar qahramonlari haqida mustaqil va ijodiy fikrlay olish, ularga tavsif bera bilish, badiiy asarning mohiyati va badiiyatini yorituvchi referat, insho yoza olish;‎
asar qahramonlarini umuminsoniy va milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan mustaqil baholay olish;‎
o‘zbek adabiyotining jahon adabiyotlari bilan o‘zaro aloqasini bilish. ‎
1.2. Rus tili
‎va adabiyoti:‎
Rus adabiyoti:‎
















znat i razlichat xudojestvennie proizvedeniya i ix mesto v obщem razvitii mirovoy literaturi;‎
znat obщestvennuyu rol xudojestvennoy literaturi, eye znacheniye, svyaz s xarakternimi osobennostyami epoxi;‎
znat kriterii ideyno-xudojestvennoy otsenki literaturnix proizve�eniy, svoyeobraziye ispolzovaniya pisatelem raznoobraznix xudojestvenno-izobrazitelnix sredstv yazika;‎
znat osobennosti kompozitsii i sistemi obrazov izuchayemix proizvedeniy;‎
znat tematicheskoye, konkretno-istoricheskoye i obщechelovecheskoye znacheniye xarakterov glavnix deystvuyuщix lits proizvedeniy;‎
znat priznaki ponyatiy: xudojestvennogo obraza, literaturniy xarakter, tip, narodnost literaturi, literaturnie napravleniya;‎
znat vzaimodeystviye russkoy i uzbekskoy literatur, russkoy literaturi s drugimi vidami iskusstv, rod, janr, osnovnie sistemi stixoslojeniya.‎
Rus tili:‎
znat teoreticheskiye osnovi shkolnogo kursa russkogo yazika;‎
znat i aktivno vladet leksiko-grammaticheskim materialom, sootnesennim s osnovnimi temami;‎
razlichat i ispolzovat v rechi yazikovie sredstva, otrajayuщiye spetsifiku kajdogo funksionalnogo stilya, vladet razgovornim literaturnim yazikom;‎
umet ispolzovat virazitelnie sredstva russkogo yazika;‎
vladet umeniyami i navikami morfologicheskogo razbora chastey rechi i sintaksicheskogo razbora predlojeniy razlichnogo urovnya;‎
vladet vsemi urovnyami rechevoy deyatelnosti, otbirat naiboleye suщestvennie fakti i svedeniya dlya raskritiya temi i osnovnoy idei viskazivaniya;‎
stroit viskazivaniya v opredelennom stile;‎
umet pravilno sformulirovat svoyu misl, privodit neobxodimie dokazatelstva, delat vivodi, obobщeniya;‎
umet oformlyat pismennie raboti s soblyudeniyem orfograficheskix i punktuatsionnix norm. ‎
2. Rus (o‘zbek)
‎tili ‎
Rus tili:‎















imet kommunikativno-rechevie znaniya i naviki po osnovnim vidam rechevoy deyatelnosti (audirovaniye, govoreniye, chteniye, pismo) i naviki deyatelnosti s yazikovim materialom (fonetika, orfoepiya, leksika, grammatika, orfografiya, sintaksis);‎
vladet bazovimi kommunikativno-rechevimi znaniyami, umeniyami i navikami v sootvetstvii s osnovnimi sferami obщeniya (obixodno-bitovaya, uchebnaya, obщestvenno-politicheskaya, sotsialno-kulturnaya professionalno-oriyentirovannaya), tipovimi jiznennimi situatsiyami;‎
vladet dialogicheskoy i monologicheskoy formami obщeniya;‎
znat osobennosti ofitsialno-delovogo, nauchnogo, publitsisticheskogo i xudojestvennogo stiley rechi;‎
znat i vladet yazikovimi sredstvami virajeniya obobщennix tipov semantiki viskazivaniya, a takje formulami rechevogo obщeniya;‎
usvoit i umet pravilno ispolzovat dopolnitelniy (potensialniy) slovar, dovesti leksicheskiy bagaj do 1200 edinits.‎
O‘zbek tili Davlat tili:‎
turli nutqiy vaziyatlarda davlat tilida erkin muloqotga kirisha olish;‎
o‘z oilasi, o‘qishi, turar joyi, qiziqishlari to‘g‘risida mustaqil fikrlash asosida suhbatlasha olish;‎
nutqiy faoliyatga kirishish uchun zarur bo‘lgan fonetik, leksik, grammatik bilimlarni mustahkamlash va ulardan o‘rinli foydalanish;‎
O‘zbekiston, uning boyliklari, tabiati, milliy qadriyatlari to‘g‘risida savol-javob qila olish;‎
nutq mavzulariga oid matnlarni rus tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan rus tiliga erkin tarjima qilish;‎
o‘qilgan va tinglangan matn, ko‘rilgan rasm, tasvir asosida kichik hikoya tuzish va bayon yoza olish;‎
Davlat tilini �ukammal bilish va unda hujjat yuritish malakalariga ega bo‘lish;‎
O‘zbekiston tarixi, milliy adabiyot namunalaridan parchalarni o‘qish, mazmunini so‘zlab berish, yodlash;‎
kundalik turmush va o‘qish faoliyatida qo‘llanadigan ish qog‘ozlarini yoza olish;‎
3. Xorijiy tillar Lingvistik kompetensiya
a) nutqiy kompetensiya (V1 va V1+)
Tinglab tushunish:
(V1) ommabop tanish mavzulardagi aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushuna oladi;
kasb-hunarga oid mavzulardagi aniq normativ nutqning asosiy ma’nolarini tushuna oladi;
shaxsiy qiziqish yoki kasbga oid kundalik voqealar va dasturlar haqidagi teleradio yangiliklar sekin, ravon gapirilganda ularning asosiy mazmuni va g‘oyasini tushuna oladi;
batafsil yozilgan yo‘riqnomalar yoki ko‘rsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
tanish mavzudagi muhokamaga kirisha oladi.
(V1+) o‘z mutaxassisligi doirasidagi yaxshi tuzilgan ma’ruza yoki suhbatni tushuna oladi;
o‘z qiziqishlari doirasidagi tele yoki radio dasturlar Internet manbalarni tinglab, asosiy ma’lumotlarni tushuna oladi;
shaxsiy, o‘qish yoki kasbga oid sohalardagi og‘zaki manbalarni tinglab, ham asosiy mazmuni, ham maxsus ma’lumotlarni anglay oladi;
til egasi bilan tanish va maxsus mavzuda muloqotga kirishganda uning aksariyat jihatlarini tushuna oladi.
Gapirish:
Dialog:
(V1) sayohat mobaynida yoki ish joyida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aksariyat vaziyatlarda muloqot qila oladi; ‎
tanish, shaxsiy qiziqishlariga oid yoki kundalik mavzularda suhbatga tayyorgarliksiz kirisha oladi; ‎
ham omma�op, ham kasb-hunarga oid masalalar bo‘yicha ma’lumot oladi va beradi hamda fikr almasha oladi; ‎
keng miqyosdagi his-tuyg‘ular va hissiyotlar, masalan g‘amginlik, baxtiyorlik, dilxiralik, mamnuniyat, hayratlanishni ifoda qila oladi va ularga javob qaytara oladi; ‎
yetarli darajada tushunarli tarzda suhbat yoki muhokamada qatnasha oladi; ‎
sayohat, xarid, bank va boshqa umumiy kundalik yoki mehnat faoliyatiga oid vaziyatlardagi yumushlarni samarali uddalay oladi; ‎
batafsil yo‘riqlar yoki ko‘rsatmalar oladi va ularga amal qila oladi; ‎
rasmiy intervyuda, masalan ishga joylashish yoki stependiya olish uchun bo‘ladigan intervyuda oldindan kutsa bo‘ladigan savollarga javob bera oladi; ‎
yuzma-yuz muloqotda yoki telefon orqali uchrashuv yoki tadbir vaqti va joyini rejalashtira oladi; ‎
kasb-hunarga oid vaziyatlarda savol-javob qila oladi. ‎
(V1+) Tanish kundalik va boshqa umumiy mavzularda ma’lum darajada o‘zida ishonch bilan ma’lumot almashina oladi, ma’lumotni tekshira oladi va tasdiqlay oladi; ‎
muammoni tushuntirib bera oladi va uni hal qilish yo‘llarini taklif qila oladi; ‎
kutilmagan muloqot vaziyatlarida ishtirok eta oladi; ‎
tayyorgarliksiz suhbat va muhokamalarni olib bora oladi; ‎
tanish mavzularda debatlar va muhokamalarda ishtirok eta oladi; ‎
muhokamalar jarayonida mavhum mavzular va masalalarda o‘z fikrini ifoda qila oladi; ‎
muhokama yoki suhbat mobaynida o‘zgalar fikrini sharhlay oladi; ‎
batafsil ko‘rsatmalarga oid savollarga javob bera oladi; ‎
savollar berib, tegishli sharhlar keltirib, intervyu olib bora oladi; ‎
intervyu yoki maslahat berish mobaynida kerakli ma’lumotlarni bera oladi. ‎
Monolog: ‎
(V1) ixtisoslikka oid yoki boshqa tanish mavzularda qisqa, fikrlarni mantiqiy bog‘langan holda taqdimot qila oladi; ‎
tanish vaziyatlar va mavzularni sodda tasvirlay oladi va ular haqida bevosita axborot bera oladi; ‎
voqea-hodisalar va tadbirlar tafsilotlarini bog‘lay oladi; ‎
orzu-umidlar, xohish-istak va rejalarni tasvirlay oladi; ‎
ommaga e’lon yoki taqdim qilish jarayonida rejalar yoki chora-tadbirlarni tasvirlay oladi; ‎
sodda iboralar yordamida masala yoki dalil va sabablarini keltira oladi. ‎
(V1+) Ommabop yoki ixtisoslikka oid mavzuda yaxshi tuzilgan taqdimot qila oladi; ‎
qisqa hikoya, maqola yoki muhokamaning mazmunini qisqacha bayon qila oladi; ‎
o‘z qarashlarini tushunarli va aniq ifodalay oladi. ‎
O‘qish: ‎
(V1) ixtisoslik sohalarida faktlarga asoslangan murakkab bo‘lmagan matnlarni to‘liq tushuna oladi; ‎
kundalik va asosiy kasb-hunarga oid hujjatlardagi, masalan xabarlar, qisqa rasmiy hujjatlardagi tegishli ma’lumotlarni topa oladi va tushuna oladi; ‎
gazeta va Internet matnlari va manbalarning tegishli fikrlarini tushuna oladi; ‎
asbob-uskunalar va qurilmalarni ishlatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yozma yo‘riqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi; ‎
ommaviy matnlarning muhokama qilishni nazarda tutgan holda asosiy fikrlarini tushuna oladi. ‎
(V1+) Kattaroq matnlarni o‘qiy oladi, matnning turli qismlaridan tegishli ma’lumot yig‘a oladi; ‎
munozarali matnning xulosalarini aniqlay oladi; ‎
matn mazmunining asosiy g‘oyasini ajrata oladi; ‎
maxsus ma’lumot olish uchun nisbatan katta hajmdagi matnlarni o‘qiy oladi; ‎
maxsus ma’lumot olish, to‘liq tushunish uchun qisqa gazeta maqolalarini va internet matnlari va boshqalarni o‘qiy oladi. ‎
Yozish: ‎
(V1) shaxsiy va kasb-hunarga oid kontekstlarda qaydlar va xabarlar yozib, ularning shoshilinchligi, muhimligi yoki zarurligini ifodalay oladi; ‎
normativ formatga asoslangan qisqa kasb-hunarga oid hisobotlar yoza oladi; ‎
o‘z tajribasiga asoslangan mehnat amaliyotini o‘tagan holda oddiy hisobotlar yoza oladi; ‎
ish joyi bilan bog‘liq masalalar va vujudga keladigan vaziyatlar bo‘yicha oddiy hisobotlar yoza oladi; ‎
rezyume va tavsiya xatlarini yoza oladi. ‎
(V1+) Ma’ruza paytida o‘zi foydalanishi uchun yetarli darajada aniq bo‘lgan qaydlar qila oladi; ‎
o‘z qiziqishlariga taalluqli mavzuda qisqa, sodda esse yoza oladi; ‎
rasmiy xat, ish yuritish qog‘ozlarini (ariza, rozilik xatlari, rezyume) yoza oladi; ‎
tajriba, faoliyat va tadbirlar haqida talabga javob bera oladigan hisobotlarni yoza oladi; ‎
loyiha ishi haqida qisqacha hisobot yoza oladi; ‎
hikoya yoza oladi. ‎
b) Til kompetensiyasi (V1 va V1+) ‎
Fonetik kompetensiya: ‎
(V1) taqdimotlar va muhokamalarda ta’kidlash maqsadida urg‘u va intonatsiyadan to‘g‘ri foydalana oladi. ‎
(V1+) Darak, so‘roq, bo‘lishsiz, buyruq gaplarda ritm va intonatsiyadan foydalana oladi; ‎
gapni ma’no bo‘laklariga ajrata oladi; ‎
taqdimotlar va muhokamalarda ta’kid maqsadida urg‘u va intonatsiyadan foydalana oladi; ‎
chet tilining asosiy variantlarini ajrata oladi. ‎
Leksik kompetensiya: ‎
(V1) Kasb-hunarga oid lug‘at boyligidan faol foydalana oladi; ‎
o‘z sohalarida keng tarqalgan xalqaro va turdosh so‘zlarni taniy oladi va ishlata oladi ‎
o‘z ixtisosligi doirasi va undan tashqarida so‘z tuzilishi elementlarini (qo‘shma so‘zlar, prefikslar, suffikslar, so‘z o‘zagi) taniy oladi va tushuna oladi. ‎
(V1+) o‘z mutaxassisli���iga oid leksikani ajrata oladi va qo‘llay oladi; ‎
o‘z ixtisosligi doirasi va boshqa sohalarda so‘z tuzilishi unsurlarini (qo‘shma so‘zlar, prefikslar, suffikslar, so‘z o‘zagi) taniy oladi va tushuna oladi. ‎
Grammatik kompetensiya: ‎
(V1) kommunikativ maqsadlarda zarur bo‘ladigan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlarini taniy oladi va ulardan to‘g‘ri foydalana oladi. ‎
(V1+) Kommunikativ maqsadlarda kerak bo‘ladigan chet tili grammatikasining barcha asosiy elementlarini ajrata oladi va ulardan to‘g‘ri foydalana oladi. ‎
4. Tarix‎ Jahon tarixi (1914—2000-yy.):‎















































XX asr tarixini davrlashtirish, qismlarga ajratish va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bilish;‎
birinchi jahon urushi va davlat to‘ntarishlari haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
ikkinchi jahon urushi haqida bilimga ega bo‘lish, uning mohiyatini anglash;‎
1918—1939-yillardagi G‘arb va Sharqning asosiy davlatlari taraqqiyotini bilish;‎
1945—2000-yillardagi dunyo tarixini bilish va oldingi davr bilan solishtirib, o‘zgarishlar haqida xulosalar chiqarish;‎
ikki siyosiy sistema o‘rtasida kechgan kurash, “sovuq urush”ning mohiyatini anglash;‎
mustabid, totalitar tuzum halokatining qonuniyatli ekanligi haqida tushunchaga ega bo‘lish;‎
demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanish qonuniyatlari va turli mafkuralar kurashini bilish;‎
jahon tarixida O‘zbekistonning o‘ziga xos, o‘ziga mos o‘rni haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
G‘arb va Sharqdagi ozodlik harakatlari haqida bilimlarga ega bo‘lish va ulardan tegishli xulosalar chiqarish;‎
mamlakatlar tarixini davrlarga bo‘lib o‘rganishni bilish hamda ularni taqqoslash;‎
g‘arb mamlakatlari tarixining o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bera olish;‎
tarix faniga tegishli har qanday xarita, ko‘rgazmali qurollar, kinofilm va diafilmlar mazmunini tahlil qila olish;‎
mavzularni mustaqil o‘rganish va ularni yozib olish malakasiga ega bo‘lish;‎
ilmiy-ommabop adabiyotlarni mustaqil o‘qish va xulosalar chiqara olish;‎
ijtimoiy voqealarning rivojlanish jarayonlarini tahlil qila olish va erkin fikr yuritish;‎
turli ilmiy-ommabop maqolalarga, o‘z qarashlarini yozma ravishda erkin bayon qilish;‎
rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotini o‘rganib, ularning tajribasini mahalliy sharoitga taqqoslay olish;‎
Sharq davlatlari tarixini davrlashtirish, voqealarni bir-biriga bog‘lab tushuntira olish;‎
turli xil hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntira olish;‎
mavzuni o‘rganishda turli xil qo‘shimcha arxiv materiallaridan foydalanishni bilish;‎
xaritalarni, sxemalarni sharhlash, mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlashni bilish;‎
mavzular bo‘yicha munozaralar o‘tkazish malakasiga ega bo‘lish;‎
mavzularni o‘rganishda, muammoli masalalarni hal qilishda to‘g‘ri yo‘nalishlar topa olish;‎
voqea va hodisalarni bayon qilishda dialektik bog‘liqlikni va tarixiy jarayonning bir butunligini ajrata olish;‎
insoniyat oldidagi umumbashariy muammolar haqida bilimlarga ega bo‘lish.‎
O‘zbekiston tarixi (1917—2000-yy.):‎
Turkistonda sho‘rolar istibdodining o‘rnatilishi, Turkiston muxtoriyati haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
istiqlolchilik, milliy ozodlik harakatlari, ularning namoyandalari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;‎
sho‘ro hokimiyatining 20—30-yillarda O‘zbekistonda yuritgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy siyosatini qiyosiy tahlil qila olish va uning mustamlakachilik mohiyatini anglash;‎
sho‘ro hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosiy qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlarini bilish;‎
O‘zbekistonning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning fashizmga qarshi janglarda va mehnat sohasidagi jasorati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
O‘zbekiston xalqlarining sho‘rolar mustamlakachiligi davridagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi uchun kurash, mustaqillik Deklaratsiyasi va uning mohiyati haqidagi bilimlarni egallash;‎
O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyatini bilish;‎
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bilish;‎
O‘zbekistonning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir ma’lumotlarni to‘la egallash;‎
tarixiy voqea va hodisalarni milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasi mezonlarida tahlil eta olish;‎
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot, siyosat, mafkuraga oid asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;‎
bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining umumiy xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;‎
dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
hozirgi davrda O‘zbekistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
O‘zbekistonda demokratik davlat qurish, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish tamoyillarini bilish;‎
xaritalar ustida ishlash, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yuritish, munozara va bahslarda fikr bildira olish;‎
darslik, qo‘llanma, tarixiy hujjat, matn ustida hamda ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;‎
o‘z maktabi, ko‘chasi, qishlog‘i, tumani, shahrining o‘tmishi, bugungi hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
egallagan bilimlarini erkin bayon etish, o‘z kursdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish;‎
tarixiy bilim, ko‘nikma va egallangan malakalardan o‘z hayotida va jamiyat muammolarini hal qilishda foydalana olish.‎
5. Matematika‎ Algebra va analiz asoslari:‎
























to‘plamlar haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘lish;‎
to‘plamlarning berilish usullarini, bo‘sh to‘plam, qism to‘plam, to‘plamlar birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi, chekli, cheksiz to‘plamlarni bilish;‎
ixtiyoriy va mavjudlik kvantorlarini bilish va ularni matemati� fikrlarni yozishda qo‘llay olish;‎
chekli o‘nli, cheksiz o‘nli, davriy, davrsiz kasrlar, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
asosiy sonli to‘plamlar (natural, butun, ratsional, irratsional, haqiqiy sonlar)ni bilish;‎
sonli kesmalar, ochiq, yopiq intervallar haqida tushunchalarga ega bo‘lish, haqiqiy sonlar ustida amallar bajarishni, haqiqiy sonning moduli, uning asosiy xossalarini bilish;‎
kompleks sonning ta’rifi, mavhum birlik, kompleks sonlarning tengligi, kompleks sonlar ustida amallar bajarishni, kompleks sonning geometrik ma’nosini, kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarishni bilish;‎
butun ratsional ifodalarning kanonik ko‘rinishini, Bezu teoremasi, ko‘phadni ikki hadga bo‘lishni (Gorner sxemasi), ratsional algebraik ifodalarni aynan almashtirishni bir o‘zgaruvchili ratsional tenglama va tengsizliklarni echishni, tenglama va tengsizliklarni echishning asosiy usullarini bilish;‎
Al Xorazmiyning “Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida”gi kitobining qisqacha mazmunini bilish;‎
ikki o‘zgaruvchili tenglamaning geometrik ma’nosini bilish, tenglamalar sistemasiga oid misollarni echa olish;‎
matematik induksiya haqida tushunchaga ega bo‘lish, matematik induksiya usulidan foydalanib, ba’zi ayniyat va tengsizliklarni isbotlay olish;‎
funktsiyaga oid terminlardan to‘g‘ri foydalanish va tushunish, funksiyaning aniqlanish, o‘zgarish (o‘sish va kamayish) sohalarini topa olish;‎
funksiyaning berilish usullarini bilish, funksiyalar grafiklari haqida ma’lumotga ega bo‘lish, funksiyaning juft-toqligi, davriyligini, funksiyaning eng kichik musbat davrini aniqlash, funksiyaning nollarini topa olish, elementar funksiyalar, ularning asosiy xossalarini bilish, o‘zaro teskari funksiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
logarifmik va ko‘rsatkichli funksiyalarning asosiy xossalarini bilish;‎
funksiyalar grafiklarini sxematik tasvirlay olish;‎
biri ikkinchisiga, u = x ga nisbatan simmetrik ekanligini tasvirda ko‘rsatish, funksiya grafiklarini almashtira olish malakalariga ega bo‘lish;‎
modul bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarning grafiklarini tekislikda tasvirlay olish;‎
murakkab bo‘lmagan logarifmik, ko‘rsatkichli, darajali tenglama va tengsizliklarni echish usullarini bilish;‎
sonli ketma-ketliklar, ularning limiti haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, ba’zi sodda ketma-ketliklar limitini hisoblashni, nuqtaning atrofini, funksiya limitini, bir tomonlama limitlar, cheksiz limitlar, funksiyaning uzluksizligi, uzluksiz funksiyaning asosiy xossalarini, elementar funksiyalar uzluksizligini bilish;‎
funksiya orttirmasi, hosilasi, hosilaning geometrik va mexanik ma’nosini bilish;‎
ba’zi funksiyalar hosilasi, hosilalarni hisoblash, ikkinchi tartibli hosila, funksiyaning o‘sish, kamayish oralig‘ini, funksiya ekstremumlari, kesmada funksiyaning eng katta va eng kichik qiymatlarini topish, funksiyani to‘la tekshirish, grafigini chizish, hosilaning ba’zi tatbiqlarini bilish;‎
asosiy trigonometrik funksiyalar va ularning asosiy xossalari, garmonik tebranish haqida tushunchaga ega bo‘lish, asosiy trigonometrik funksiyalar yig‘indisini va ayirmasini ko‘paytmaga aylantirishni, bu funksiyalar ko‘paytmasini yig‘indiga almashtirishni, trigonomet�ik tenglama va tengsizliklarni echishni, trigonometrik funksiyalar hosilasini bilish;‎
boshlang‘ich funksiya va uning xossalari, boshlang‘ich funksiyani topish qoidalarini bilish, aniqmas integral, egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash, aniq integral, Nyuton-Leybnits formulasi, aniq integral yordamida geometrik figuralar yuzini, hajmini hisoblashni bilish;‎
birlashmalar, o‘rinlashtirish, o‘rin almashtirish va gruppalashlar sonini hisoblashni, Nyuton formulasiga oid misollarni echish, kombinatorik masalalarni echishni bilish;‎
tasodifiy, muqarrar va ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisalarni, hodisalar birlashmasi va kesishmasini topa olish, hodisalarning ehtimolliklarini hisoblashni bilish, chastota, poligon, gistogramma tushunchalarini bilish va ularga oid masalalarni echa olish.‎









Geometriya:‎
planimetriyaning boshlang‘ich tushunchalarini, kesmalarni taqqoslash, aylana yoyining gradus o‘lchovini aniqlash, burchaklarni o‘lchashni bilish;‎
siniq chiziq uzunligini hisoblash, uchburchakning asosiy elementlarini hisoblashga oid masalalarni echish, uchburchaklarning tenglik alomatlari va ularga oid masalalar echish, eng sodda geometrik yasashlarni bajara olish;‎
uchburchak, to‘rtburchak, doira yuzini hisoblashga oid masalalarni, Pifagor teoremasi va unga doir masalalarni, perpendikulyar va og‘maga oid masalalarni, sinuslar va kosinuslar teoremalariga doir masalalarni echishni bilish;‎
tekislik va to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuviga oid masalalar echishni bilish;‎
uch perpendikulyarlik haqidagi teoremani masalalar echishda qo‘llash, ko‘pyoqlarga oid masalalar, ko‘pyoq elementlarini, ko‘pyoqlarning yon va to‘la sirtlarini hisoblashni bilish;‎
aylanma jismlarning yon va to‘la sirtlariga, prizma, piramida va kesik piramidal�rning hajmlarini hisoblashga, aylanish jismlarining hajmlarini hisoblashga doir masalalarni echishni bilish;‎
almashtirishlarga ta’rif bera olish, parallel ko‘chirishning ta’rifini va uning xossalarini bilish, harakatning ta’rifini, nuqtaga, to‘g‘ri chiziqqa, tekislikka nisbatan simmetrik nuqtalarni bilish, o‘xshash almashtirishning ta’rifi va uning xossalari, almashtirishlar yordamida geometrik masalalar echishni bilish;‎
parallel proyeksiyalashning ta’rifi va uning xossalarini, prizma va piramidaning tekislikdagi tasvirini yasashni, aylanish jismlarining turlarini va ularni tekislikda tasvirlashni, ko‘pburchak ortogonal proyeksiyasining yuzi haqidagi teoremani bilish;‎
vektorning ta’rifi, moduli, qarama-qarshi vektorlar, nol vektor tushunchalarini, vektorlarni qo‘shish va songa ko‘paytirish amallarini, vektorning koordinatalari ta’rifini va komplanarlik shartini, bazis vektorlar tushunchasini, vektorning uchta bazis vektorlar bo‘yicha yoyilmasini, vektorlarning skalyar ko‘paytmasi va uning xossalarini bilish.‎
6. Informatika‎ informatsiya, o‘lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti, algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari, EHM umumiy tuzilishini bilish;‎






MS DOS operatsion tizimi, Norton Commander (NC) operatsion qobig‘i va Norton Utilities (NU) dasturlari haqida tushuncha, fayl tushunchasi, fayllarning turlari va nomlanishi, NSda fayllar ustida bajariladigan amallar, funksional tugmachalar va ulardan foydalanish, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlarini bilish;‎
Windows nima, Windows dasturining afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish;‎
kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlari va ularda tasvir hosil qilish, grafik muharrirlarning matnlar muharrirlaridan farqi va o‘xshashliklarini bilish;‎
matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va x�tirada saqlash, xotiradan o‘qish, ularni tahrir qilish usullari, matnlarni shakllantirish, bosmaga chiqarish usullarini bilish;‎
elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarni ishga tushirish va ulardan chiqish tartibi, elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish;‎
ma’lumotlar bazasi, ularning turlari va hosil qilish usullari, ma’lumotlar bazasini ishga tushirish va undan foydalanish tartibi, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;‎
axborot jamiyati tushunchasi, mamlakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish.‎
7. Fizika‎ fizikaning rivojlanish tarixini, unga Sharqning buyuk allomalari q�shgan hissalarini, jamiyat rivojlanishida fizika va texnikaning ahamiyatini, O‘zbekistonda fizika va texnika sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy ma’lumotlarni bilish;‎










fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi(SI)ni tushuntira olish;‎
mexanika: kinematika, dinamika, Nyuton va mexanikada saqlanish qonunlari, statika elementlari, suyuqliklar va gazlar mexanikasiga oid qonuniyatlarni bilish va misollar yordamida tushuntira olish;‎
molekulyar fizika va termodinamika asoslari: molekulyar-kinetik nazariya asoslari, gaz va termodinamika qonunlari, suyuqlik va gazlarning o‘zaro aylanishi, qattiq jismlar fizikasiga oid qonuniyatlarni bilish;‎
elektrodinamika: elektrostatika, o‘zgarmas tok, turli muhitlarda elektr toki, magnit maydon, moddalarning magnit xossalari, elektromagnit induksiya qonuniyatlarini bilish;‎
tebranish va to‘lqinlar. Optika. Atom va yadro fizikasi: mexanik va elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar, tovush, geometrik optika, nisbiylik nazariyasi elementlari, kvant, atom va elementar zarralar fizikalariga oid qonunlarini bilish hamda olamning fizik manzarasi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish;‎
tabiat hodisalarini fizik qonuniyatlar asosida tushuntira olish malakasiga ega bo‘lish;‎
fizik formulalar yordamida masalalar echa olish;‎
fizik qonuniyatlarni amalda qo‘llay olish;‎
o‘lchov asboblaridan foydalana bilish, o‘lchash xatoligini baholay olish;‎
tajribalarni o‘tkaza olish, natijalarni jadval, grafik, diagramma ko‘rinishida tasvirlash va tahlil qila olish;‎
fizik asboblar bilan ishlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.‎
8. Astronomiya‎ O‘rta asr Sharq (jumladan O‘rta Osiyo) olimlarining astronomiya tarixida tutgan o‘rinlari, asosiy ilmiy meroslari haqida tasavvurga ega bo‘lish;‎









olamning astronomik manzarasi haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish;‎
asosiy astronomik hodisalarni ilmiy asosda tahlil qila olish;‎
olamning moddiy birligini anglash;‎
osmon sferasining asosiy nuqta, chiziq va aylanalari, asosiy yulduz turkumlari haqida tasavvurga ega bo‘lish;‎
astronomik hodisalarning kechishi, tabiatning universal qonunlari (birinchi navbatda fizik qonunlari) asosida ro‘y berishini anglash;‎
osmon jismlari va bu tizimlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi (kosmogoniya) haqida tasavvurga ega bo‘lish;‎
o‘quv-astronomik kuzatish asboblarining ishlash tamoyillarini bilish;‎
astronomiyada ishlatiladigan asosiy uzunlik o‘lchov birliklarini bilish;‎
o‘quv-astronomik kuzatish asboblarini ishlata olish malakasini egallash;‎
astronomiyadan masalalar echish malakasiga ega bo‘lish.‎
9. Shaxs va
‎ jamiyat‎
shaxs va jamiyat tushunchasi va mohiyatini bilish;‎




















O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini mustahkamlashda vatanparvar, fidoyi va bilimdon shaxslarga ehtiyojning kuchayishi va uning mohiyatini bilish;‎
dunyoning paydo bo‘lishi, insonning dunyoga kelishi va jamiyatning qaror topishi to‘g‘risidagi turli konsepsiyalarning mazmunini anglay bilish;‎
jamiyat va shaxs to‘g‘risidagi qadimgi dunyodan hozirgi kungacha bo‘lgan qarashlar, shu jumladan, O‘rta Osiyo mutafakkirlarining meroslari haqida tushunchalarga ega bo‘lish;‎
sivilizatsiyalar, ularning mazmuni, turlari va o‘zaro aloqasini bilish;‎
jamiyatning tarkibiy tuzilishini bilish;‎
jamiyat iqtisodiy hayoti, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos modeli va uning xususiyatlarini bilish;‎
yuksak rivojlangan sanoat va qudratli texnologiya ishlab chiqarishning asosi ekanligi, O‘zbekistonda mulkchilikning turli shakllari va xususiy mulkchilikka alohida e’tibor haqida tushunchalarga ega bo‘lish;‎
ijtimoiy guruhlar va ularning tasnifini bilish;‎
insoniy munosabatlarning rang-barangligini tushunish, ularning ijobiy va salbiy oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish;‎
o‘zaro tushunmovchiliklar va mojarolarning oldini olish usullarini bilish;‎
jamiyatning siyosiy va huquqiy tizimini, shu jumladan, O‘zbekistonda huquqiy demokratik jamiyat qurilishining asosiy yo‘nalishlarini bilish;‎
boshqaruvning huquqiy davlatchilik va o‘zini o‘zi boshqaruv shakllari haqidagi tushunchalarga ega bo‘lish;‎
ma’naviyat jamiyat va shaxs hayotining muhim jihati ekanligini anglay bilish;‎
qadriyatlar tizimini, ularning jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rnini bilish;‎
mafkura, milliy istiqlol mafkurasi haqida mustahkam tushunchaga ega bo‘lish;‎
xalqaro munosabatlar haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining bir bo‘lagi ekanligi, xalqaro huquq va shartnomalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
Xalqaro insonparvarlik huquqining vujudga kelishi, mazmuni, tarkibiy qismlari va taraqqiyotini bilish;‎
Xalqaro tashkilot va harakatlar, shu jumladan, “Xalqaro Qizil Xoch” va “Qizil Yarim oy” harakati, BMT, ularning insonparvarlik tamoyillari va vazifalarini bilish;‎
hozirgi zamonning umumbashariy muammolarini bilish, ularning asosiy belgilari, turlari va hal qilish yo‘llari haqida tushunchalarga ega bo‘lish;‎
insonparvarlikka asoslangan jahon sivilizatsiyasining qaror topishi haqidagi asosiy bilimlarga ega bo‘lish.‎
10. Kimyo‎ kimyoning asosiy qonunlarini, atom molekulyar ta’limot mohiyatini bilish;‎























nisbiy atom va molekulyar massa tushunchalarini bilgan holda kimyoviy belgilar va formulalar yordamida tenglamalar tuza olishni bilish;‎
massaning saqlanish qonunini, gaz qonunlarini va Mendeleyev davriy qonunini bilish;‎
atom tuzilishining yadro modeli, kimyoviy bog‘lanish turlari, tuzilish formulalari va valentlikni bilish;‎
kimyoviy reaksiyalarning tezligi, tezlikka ta’sir etuvchi omillar, aktivlanish energiyasi, qaytar va qaytmas jarayonlar, kataliz, kimyoviy muvozanat, Le-Shatelye tamoyili tushunchalarini bilish;‎
eritmalar, erish jarayonining mohiyati, dissotsiatsiya, eritma konsentratsiyalarining turlari, suvli eritmalarda vodorod ko‘rsatkichi va uning ahamiyati, suvning ion ko‘paytmasini bilish;‎
anorganik moddalarning eng muhim sinflari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar haqidagi ma’lumotlarni bilish;‎
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, ularning tenglamalarini tuzishni bilish, elektroliz, elektrolizning amaliy ahamiyati, qo‘llanishini bilish;‎
metallmaslar, azot va kislorod gruppachasi elementlarini, galogenlar, inert gazlar va ularning umumiy xossalarini bilish;‎
metallar, ularning umumiy xossalari, bosh va yon guruhchalardagi ayrim metallarning birikmalari, lantanoidlar va aktinoidlar haqidagi muhim ma’lumotlar, metallar korroziyasi, suvning qattiqligi, cho‘yan, po‘lat, shisha va sement olish jarayonlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
kimyoviy texnologiyada reaksiya muvozanati va unga ta’sir etuvchi omillarni bilish;‎
organik moddalar kimyoviy tuzilishi nazariyasining mohiyati, moddalar xossalarining tuzilishiga bog‘liqligini aniq misollar yordamida ko‘rsatib bera olish;‎
kimyoviy izomeriya turlari, organik moddalarning asosiy sinflari haqidagi ma’lumotlar, organik moddalar nomenklaturasi, organik reaksiyalarning turlarini bilish;‎
to‘yingan uglevodorodlar, ularning umumiy xossalari, metan va uning gomologlari, yopiq halqalar, uglevodorodlar, to‘yinmagan uglevodorodlar, ularning vakillari, eti�en olinishi va ishlatilishi, etilenning polimerlanish reaksiyasiga kirishishi, polietelen olish jarayoni, atsetilen, uning xossalari, olinishi, ishlatilishini bilish;‎
diyen uglevodorodlar, ularning kimyoviy xossalari, tabiiy va sintetik kauchuklar olinishi. Aromatik uglevodorodlar, benzol, ularning xossalari, gomologlar. Neft va neftdan mahsulotlar olish kimyoviy jarayoni. Tabiiy gazlar, ularni qayta ishlash kimyoviy jarayonlari mahsulotlari va ulardan foydalanishni bilish;‎
kislorodli organik birikmalar, to‘yingan spirtlar, ularning tuzilishi, izomeriyasi, xossalari. Metanol, etanol, ularning olinishi va ishlatilishi, glitserin xossalarini bilish;‎
fenollar, ularning tuzilishi va kimyoviy xossalarini bilish;‎
aldegidlar, formaldegid, ularning olinishi, xossalari, atsefaldegid, polikondensatlash reaksiyalarini bilish;‎
ketonlar, organik kislotalar, ularning eng muhim vakillari, xossalari, olinishi va ishlatilishini bilish;‎
efirlar, murakkab efirlar, eterifikatsiya va sovunlanish reaksiyalarini bilish;‎
yog‘lar, sovunlar, sintetik yuvish vositalari va ularning olinishiga xos jarayonlarini bilish;‎
uglevodorodlar, ularning xossalari, mono va disaxaridlar, polisaxaridlar va ularning xossalarini bilish;‎
azotli organik birikmalarning vakillari va ularning xossalarini bilish;‎
aminokislotalar, ularning tuzilishi, umumiy xossalarini bilish;‎
tabiiy va sun’iy kauchuklar, kimyoviy tolalar to‘g‘risida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish.‎
11. Biologiya‎ Markaziy Osiyo tabiyotshunoslarining tabiat va uning paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi to‘g‘risidagi fikrlarini bilish;‎


















organik olam evolyutsiyasi, hayotning biologik evolyutsiyasi, odam faoliyatining organik olam rivojlanishiga ko‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’siri to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;‎
organizmlardagi irsiy o‘zgaruvchanlik, sun’iy tanlash, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, o‘simlik va hayvonlarning muhitga moslashuvi va uning shart-sharoitlarini bilish;‎
tur mezonlari, tur populatsiyasi ta’rifi, turlarning tabiatda paydo bo‘lish yo‘llarini bilish;‎
mikro va makroevolyutsiya to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish;‎
evolyutsiyaning boshlang‘ich materiali, birligi va omillarini bilish;‎
evolyutsiyaning solishtirma anatomiya, paleontologiya, embriologiya, biogeografiya, biokimyoviy dalillarni bilish;‎
biologik progress, uning shakllari (aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya) ni bilish;‎
odam va yuksak hayvonlar gavda tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni bilish;‎
odam paleontologik ajdodlarining antropogenezini harakatlantiruvchi omillarni bilish;‎
ekologiya, asosiy ekologik tushunchalar, abiotik va biotik omillar, fotoperiodizm hodisasi, bioritmlarni bilish;‎
populatsiya va turning ekologik ta’rifini bilish;‎
biogeotsenozlar, agrotsenozlar, biosfera, sayyoramizda biomassaning tarqalishi va uning sabablarini bilish;‎
biosfera evolyutsiyasining asosiy bosqichlarini bilish;‎
gen va hujayra injeneriyasi haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning asosiy obyektlari, tadqiqot uslublarini bilish;‎
transformatsiya, transduksiya hodisalari va ularning ahamiyatini tushunish;‎
ko‘chib yuruvchi genetik elementlar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;‎
genetik injeneriya uslublari yordamida organizmlar irsiyatini o‘zgartirish mumkinligini bilish;‎
biotexnologiya va uning yordamida olinadigan dorilar, oziq-ovqat mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;‎
biologik bilimlardan qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik, baliqchilik, sanoatning turli sohalarida, shuningdek, tibbiyotda, tabiatni muhofaza qilish ishlarida foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qilish va unda faol qatnashish kerakligini tushunish.‎
12. Iqtisodiy
‎geografiya‎
iqtisodiy geografiyaning ilmiy-amaliy ahamiyatini bilish;‎






iqtisodiy geografiyaning tarmoqlari va iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaga aylanish jarayonlarini bilish;‎
geografik, ratsional, hududiy va akvatorial mehnat taqsimoti tushunchalarini bilish;‎
ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish shakllarini, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishning asosiy omillarini bilish;‎
tabiiy resurslardan foydalanishni va ekologiya muammolarini, iqtisodiy hududlarga ajratish, uning nazariy va amaliy ahamiyatini bilish;‎
aholining o‘sishi va rivojlanishini, demografik muammolarni bilish;‎
urbanizatsiya jarayonini va uning asosiy muammolarini, siyosiy-geografik tushunchalarni bilish;‎
jahon mamlakatlari, ular o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishlarini bilish.‎
13. Yoshlarni
‎chaqiriqqa
‎tayyorlash‎
jismoniy barkamollik, chidamlilik, chaqqonlik, tez harakat qilish sifatlarini muntazam o‘zlashtirib borish;‎


















mardlik, haqqoniylik, g‘alabaga intilish, yuqori intizomlilik va boshqa sifatlarga ega bo‘lish;‎
to‘siqlardan o‘tish, qurollardan otish va qo‘l jangi usullarini bilish;‎
tanani chiniqtirish, sog‘lomlashtirish va tashqi muhit qarshiliklariga chidamlilikni oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;‎
biron bir xavf tug‘ilganda aholini ogohlantirish tartibi, favqulodda vaziyatlar sharoitida o‘zini tutish qoidalari va himoyalanish usullarini bilish;‎
avtomat, parchalanuvchi qo‘l va tankka qarshi granatalarning jangovar xususiyatlari, tuzilishi, ishlash tamoyillarini bilish;‎
qo‘zg‘almas va paydo bo‘luvchi nishonlarga otish qoidalarini bilish;‎
avtomatni otishga tayyorlash, undan nishonlarga otish usullarini bilish;‎
kichik kalibrli va pnevmatik miltiqlardan o‘q otishni bilish;‎
granatalarni har xil holatda uzoqlikka aniq uloqtirish texnikasini bilish (700 grammlik granatani eng kamida 30 metrga uloqtirish);‎
xlq xo‘jaligida qo‘llaniladigan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, radioaktiv va zaharlovchi moddalar, vositalarning shikastlovchi ta’sirini bilish;‎
shaxsiy va ommaviy himoya vositalaridan foydalana bilish;‎
umumqo‘shin jangi asoslari, askarning jangdagi burchlari, o‘t ochish va manyovr turlari va razvedka o‘tkazish asoslarini bilish;‎
chet el armiyalarining asosiy tanklari, zirhli mashinalari, jangovar samolyotlari va vertolyotlarining tavsifnomalarini bilish;‎
askarning jangdagi harakat usullari va amallarini to‘g‘ri, tez, aniq bajara olish;‎
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunining, harbiy xizmatdan bosh tortish va harbiy jinoyatlar uchun nazarda tutilgan ma’muriy va jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi asosiy moddalarini bilish;‎
harbiy xizmatchi majburiyatlarining mohiyatini tushuntira olish, kattalarga murojaat qilishni, buyruq olganda harakat qilishni, rota bo‘yicha posbon vazifasini bajarishni va safda komandalarni (buyruqlarni) bajarishni bilish;‎
harbiy intizom asoslarini va uning Qurolli kuchlar uchun ahamiyatini, harbiy Nizomning asosiy talablarini, harbiy xushmuomalalik qoidalarini, o‘zini tutish va harbiycha salomlashishni, askarning safga turishdan oldingi, safdagi majburiyatlarini bilish;‎
fuqarolik himoyasi, tibbiy xizmatni tashkil etish asoslari va uning vazifalarini, zararlanish o‘chog‘ida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiy muolajalarni bajarish qoidalarini bilish;‎
tibbiy muassasalarda ishlayotgan kichik tibbiy xodimlarning vazifalarini amalda bajara olish.‎
14. Jismoniy
‎tarbiya ‎
asosiy turkum harakatlar ko‘nikmalariga ega bo‘lish;‎






‎‏





turnikka tortilish (o‘smirlar uchun 11 ta) qo‘llarni gimnastik o‘tirg‘ichga qo‘ygan holda bukish va yozish (qizlar uchun 10 ta), va boshqa gimnastika mashqlarini bajara olish;‎
saflanish, yugurish, uzunlikka (o‘smirlar uchun 4,2 m qizlar uchun 3,4 m), balandlikka (o‘smirlar uchun 1,25 m qizlar uchun 1,1 m) sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajarish malakalariga ega bo‘lish;‎
harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlaridan biror turini bilish;‎
milliy kurash qoidalarini bilish;‎
100 m masofaga (o‘smirlar uchun 14,5 sekund, qizlar uchun 17,1 sekund) yugurish, 60 m (o‘smirlar uchun 8,6 sekund, qizlar uchun 10,3 sekund) 100 m (o‘smirlar uchun 14,8 sekund, qizlar uchun 17,3 sekund) masofaga bosqich bilan estafetali yugurish;‎
3-2 km masofaga notekis joylar bo‘ylab bir me’yord� sekin yugurish mashqlarini bajara olish;‎
50 metrga suzish (o‘smirlar uchun 1,2 min., qizlar uchun 1,3 min.)‎
gimnastikaga oid umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish;‎
jismoniy tarbiya bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zaruriy bilimga ega bo‘lish;‎
sport va boshqa mashg‘ulotlar jarayonida jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsata olish;‎
jismoniy tarbiya vositalaridan mustaqil foydalana olishni bilish;‎
kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta olish, o‘zini o‘zi nazorat qilishda obyektiv va subyektiv ma’lumotlardan foydalanishni bilish;‎
tanlab olingan mutaxassislikka bog‘liq holda ishlab chiqarish gimnastikasi vositasida charchashning oldini olishni bilish.‎
15. Davlat va
‎huquq
‎asoslari‎
davlat va huquqqa oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish;‎




















davlat shakllari haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
huquq va axloqning o‘zaro bog‘liqligi va tafovutlarini bilish;‎
huquq me’yorlarini bilish, hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatlarini ana shu me’yorlarga monand ravishda boshqara olish malakasiga ega bo‘lish;‎
huquqni qo‘llash, huquqni muhofaza qiluvchi funksiyalarini bilish hamda o‘z huquqlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lish;‎
huquqiy davlatning tushunchasi, tamoyillarini, maqsad va afzalliklarini bilish;‎
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridagi davlat va huquqqa oid g‘oyalarni bilish va ular asosida mushohada yurita olish malakasiga ega bo‘lish;‎
o‘zbek milliy davlatchiligi va uning tarixiy taraqqiyoti haqida bilimlarga ega bo‘lish;‎
Konstitutsiyaviy huquq mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish;‎
inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari tizimlarini va ulardan foydalanish kafolatlarini bilish;‎
Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy rioya qilish;‎
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini bilish;‎
O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati tizimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linishini, ularning tuzilishi va vazifalarini bilish;‎
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, ma’rifiy sohalarga oid qonunlarning asoslarini bilish va ulardan hayotda foydalana olish;‎
huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi, turlarini va ularni qo‘llash tartiblarini bilish;‎
mehnat huquqi mazmuni, uning shaxsni tarbiyalashdagi o‘rni, mehnat huquqi manbalarini, mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish asoslarini, ishga qabul qilish tartibini, mehnatni huquqiy muhofaza qilish asoslarini, mehnat intizomi tushunchasini va uni mustahkamlash choralarini bilish;‎
oila huquqi mazmuni, nikohdan o‘tish shartlarini, ota-ona va farzandlarning mulkiy, shaxsiy huquq va burchlari, farzandlikka olish shartnomalari haqida tushunchaga ega bo‘lish;‎
vasiylik va homiylik haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;‎
ekologiya huquqi mazmuni va tabiat qanday qonunlar asosida muhofaza qilinishini bilish;‎
erdan, suvdan, atmosfera havosidan qonunga muvofiq foydalanish, ekologik qonunlarni buzganliklari uchun javobgarlik turlarini bilish;‎
jinoyat huquqi mazmunini, jinoyat tushunchasini, jinoyatni keltirib chi�aruvchi omillarni, jinoyatda ishtirokchilikni, ularning turlarini, voyaga yetmaganlar jinoyatini, ularning javobgarligini, jinoyatning oldini olish yo‘llarini bilish;‎
jazo tushunchasi, jazo turlari, jazodan ozod qilish, jazoni yengillashtirish, og‘irlashtirish sabablarini, ayb va uning shakllarini, qasddan jinoyat qilish sabablarini, har xil turdagi jinoyatlar va ular uchun qo‘llaniladigan jazo choralarini bilish. ‎
16. Ma’naviyat
‎asoslari‎
Ma’naviyat tushunchasini, uning tarkibiy qismlarini, inson hayotida ma’naviyatning o‘rni va ahamiyatini bilish;‎











“Ma’naviyat asoslari” fanining ijtimoiy, ilmiy-nazariy, badiiy-estetik, amaliy manbalarini bilish;‎
Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining yozma yodgorliklari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;‎
ma’naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning shakllanish va mavjudlik tamoyillarini bilish;‎
barkamol shaxs ma’naviyatida milliy marosimlar, urf-odat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rni va rolini bilish;‎
ma’naviy barkamollikda milliylik va umumins�niylik birligini tushunish;‎
insonga, vatanga muhabbat, fidoiylik, bunyodkorlik, adolatlilik, huquqqa hurmat ma’naviy shaxsning fazilatlari ekanligini bilish;‎
insonparvarlik, vatanparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, birodarlik yuksak axloqlilik barkamol shaxs ma’naviyatining muhim jihatlari ekanligini bilish;‎
kasb-hunarli bo‘lish, ilm-fanni ishtiyoq bilan o‘rganish vatanga fidoiylik namunasi ekanligini bilish;‎
mahalla muhiti va oila ma’naviyati milliy taraqqiyotimiz kafolatlari ekanligini bilish;‎
milliy ma’naviyatimiz boyliklari�i jahonga tanitishda fidoiy bo‘lish;‎
milliy istiqlol mafkurasiga yot g‘oyalar va oqimlar ta’siridan himoyalanish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lish;‎
ekologik madaniyat va ma’naviyatni takomillashtirishda fidoiy bo‘lishni anglash.‎
17. Axborot texnologiyalari ‎ axborot texnologiyalari (AT) vositalaridan o‘qish davomida va o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanishni bilish;‎














axborotni tashkil qilish va izlab topish, ajratib olingan axborotni tizimlashtirish, tarkiblashtirish, umumlashtirish va tushunarli shaklga keltirishni bilish;‎
zamonaviy AT yordamida axborot va bilimlarni ayirboshlay olish;‎
kompyuterlarga xizmat qilishning asosiy qoidalarini bilish;‎
kompyuter viruslaridan saqlanish usullari va dastur vositalarini bilish;‎
arxiv fayllar yaratish usullari va arxivator dasturlar bilan ishlashni bilish;‎
umumta’lim fanlaridagi sodda masalalarning matematik modellarini yaratishni bilish;‎
multimedia texnologiyasi va telekommunikatsiyadan foydalana olish;‎
axborotning matn, grafik, rangli tasvir, tovush, odam ovozi, musiqa, animatsiya, videoklip kabi turlarini bilish;‎
axborot jarayonlarining zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati, yalpi (global) axborotlashtirish jarayonining jamiyat va insonning rivojlanishiga ta’sirini bilish;‎
axborot manbalari, infratuzilma, axborot muhiti, jamiyatning axborot salohiyati, axborot xavfsizligini bilish;‎
kompyuterlarga xizmat qiluvchi dasturlar va ulardan foydalanishni bilish;‎
talab qilingan axborotni topish va uning ishonchliligini aniqlash yo‘llarini bilish;‎
kompyuterlashgan axborot manbalariga kirish yo‘llari va usullarini bilish;‎
yangi axborot texnologiyalari, internet va lokal kompyuter tarmoqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;‎
antivirus dasturlari imkoniyatlarini bilish.‎
18. Oila
‎psixologiyasi ‎
oila psixologiyasi fani predmeti, maqsad va vazifalarini bilish;‎










insoniyat taraqqiyotining nikoh-oila munosabatlariga hamda oilaning jamiyatga ta’siri haqida ilmiy tasavvurlarga ega bo‘lish;‎
oila turlari va vazifalarini bilish;‎
shaxs ma’naviyatining shakllanishida oilaning o‘rni va vazifalarini bilish;‎
o‘smir yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yosh-psixologik xususiyatlari, ular orasidagi muloqot malakalariga ega bo‘lish;‎
muhabbat psixologiyasi, nikoh oldi omillari, xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta’sirini bilish;‎
erta oila qurishning salbiy asoratlarini (nasliy, psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) bilish;‎
oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi, oilaviy nizolar psixologiyasi;‎
jinsiy hayotning psixofiziologik xususiyatlarini va oila mustahkamligiga ta’sirini bilish;‎
OITS (SPID) va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimlari, oila psixodiagnostikasini bilish;‎
oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini bilish;‎
ajralishning sabab va oqibatlarini hamda ularning oldini olish choralarini bilish.‎
19. Estetika‎ estetika fanining mazmuni, maqsad va vazifalarini bilish;‎













Sharq xalqlari estetikasi va O‘rta Osiyoda estetik tarbiya tarixi va o‘ziga xosligini farqlay bilish;‎
mustaqillik ma’naviyatini, estetik madaniyat mohiyatini bilish;‎
estetik ong, estetik faoliyatni tarkib toptirish haqidagi bilimlarga ega bo‘lish;‎
estetik did va uni shakllantirish omillari va me’yorlarini bilish;‎
estetikaning asosiy mohiyati bo‘lgan go‘zallikni idrok etish;‎
nafosatning inson ijtimoiy faoliyatidagi o‘rnini, shaxsni shakllantirishda ma’naviy madaniyatning estetik asoslarini bilish;‎
milliy an’analarda nafosat tarbiyasi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish;‎
oilada nafosat tarbiyasi va uning ahamiyatini bilish;‎
insonlarning estetik ongini shakllantirish ma’naviy tarbiyaning asosi ekanligini bilish;‎
asosiy estetik kategoriyalarni bilish;‎
badiiy asar va uning obrazlarida ifodalangan hayotiy voqealarni badiiy-estetik jihatdan baholay olish;‎
badiiy asarlar, sahna asarlari, teleko‘rsatuv, kinofilm, ashula, musiqa va bolalar musiqaviy tomoshalarini estetik nuqtai nazardan tahlil qila bilish;‎
san’atning estetik mohiyatini anglab yetish;‎
borliqqa, adabiyot va san’atga nisbatan estetik munosabatda bo‘lish hamda tevarak-atrofdagi tabiat go‘zalligini his eta olish.‎
20. Nutq
‎madaniyati
‎va Davlat
‎ tilida ish
‎yuritish ‎
Nutq madaniyati:‎
































o‘zbek tili bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lish, uning ifoda vositalari hamda nutqdagi vazifasini chuqur bilish;‎
yozma va og‘zaki nutqni to‘g‘ri tuza olish;‎
namunali nutq tuza olish va hujjatlar matnlarini tuzata olish;‎
o‘z ona tiliga muhabbatni his etish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda to‘g‘ri va namunali, yaxshi nutq (yozma va og‘zaki) tuza olish;‎
so‘zlar, affikslarning ma’no xususiyatlari, uslubiy jihatlari, so‘zlar bilan birikish imkoniyatlarini, ko‘makchi fe’llarni kuchaytiruvchi shakllarini bilish;‎
o‘z fikrlarini erkin, qisqa, mantiqli, ta’sirchan, to‘g‘ri shaklda bayon eta olish;‎
nutq madaniyati bo‘yicha olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilish;‎
o‘z ona tilining targ‘ibotchisi bo‘la olish.‎
Davlat tilida ish yuritish:‎
tilning ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini tushuntirib bera olish;‎
til bilan nutq tushunchalari o‘rtasidagi farqni bilish;‎
nutq odobi tushunchasini bilish;‎
nutq madaniyati bilan adabiy til me’yorlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bilish;‎
nutqiy faoliyatning shakl va ko‘rinishlarini bilish;‎
monologik nutqning asosiy belgilarini, matnning shakllarini bilish;‎
nutq uslublarining farqini, rasmiy-idoraviy uslubning leksik xususiyatlarini bilish;‎
matn mazmunining tuzilishini, matn tuzilishida nimalarga asoslanish kerakligini bilish;‎
atamalarning lug‘aviy farqini bilish;‎
so‘z tanlash tamoyillari va so‘z qo‘llash me’yorlarini bilish;‎
o‘zbek hujjatchilik tarixini bilish;‎
rasmiy xatning shaxsiy xatdan farqini bilish;‎
telefon orqali so‘zlashuvda nimalarga rioya qilish kerakligini bilish;‎
telegramma va faksogramma matnining zaruriy qismlarini bilish;‎
shaxsiy hujjatlarning leksik-grammatik belgilarini bilish;‎
shaxsiy hujjatlar tarkibini bilish;‎
tavsifiy matnning leksik-uslubiy belgilarini va qismlarini bilish;‎
farmoyish va buyruq tarzidagi hujjatlarni bilish;‎
ma’lumot va axborot tarzidagi matnlarni bilish;‎
majlis bayonnomasi qismlarini va undan olingan ko‘chirma o‘rtasidagi farqlarni bilish;‎
ta’rif, mulohaza, hujjat turlarini bilish;‎
taqriz, annotatsiya tarzidagi matnlarning asosiy xususiyatlarini bilish;‎
iqtiboslar (tsitatalar)dan matnlarda o‘rinli foydalanishni bilish;‎
kompyuterda hujjat matnini tayyorlash, tahrir qilish, o‘zgartirish va yangilashni bilish.‎
(5-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
7. Ctandartning joriy etilishini nazorat qilish
O‘MKHT muassasalari o‘quvchilarning umumta’lim fanlaridan olgan bilimlari ustidan nazorat olib boradilar. Shu maqsadda quyidagi nazorat amallarini kiritish nazarda tutiladi:
kirish nazoratiabituriyentlarning qobiliyatlarini, kasb-hunarga ishtiyoqini va qiziqishini hisobga olgan holda kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari tomonidan beriladigan tavsiyanomalar asosida ta’lim muassasasiga kirishida amalga oshiriladi (suhbat orqali va boshqa turdagi tadbirlar asosida).
joriy nazorat — og‘zaki so‘rov, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar, laboratoriya ishlari, texnikaviy diktant, kurs loyihalari, uy vazifasi va hokazo, ya’ni o‘qituvchi o‘z amaliyotida qo‘llaydigan barcha so‘rov turlarini o‘z ichiga oladi.
oraliq nazorat — fanning ma’lum bir qismi, bo‘limi yakunlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Oraliq nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
yakuniy nazorat — semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
Akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida davlat ta’lim standartini joriy etish ishini nazorat qilish umumta’lim fanlari kursi tugagandan so‘ng davlat imtihon komissiyalari, o‘quvchilarning reyting ko‘rsatkichlari natijalari va davlat attestatsiya komissiyasi belgilagan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Umumta’lim fanlaridan ta’lim mazmunining o‘rnatilgan minimumiga erishish barcha o‘quvchilar uchun majburiydir. O‘quvchining umumta’lim fanlaridan olgan bilimlari akademik litsey yoki kasb-hunar kollejini tugatgandan so‘nggi amaliy faoliyatida hamda uning oliy ta’lim muassasasida davom ettiradigan keyingi o‘qish faoliyatida ham ishonchli vosita bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVA

‎‎

‎‎
‎‎

‎‎AKADEMIK LITSEY

‎‎‎‎‎DIPLOMI



















Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi
O‘RTA MAXSUS, KASB-XUNAR TA’LIMI TO‘G‘RISIDAGI
DAVLAT NAMUNASIDAGI DIPLOMLAR
(tavsifi)
I. Akademik litseyni bitirganlik to‘g‘risida diplom
Akademik litseyni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom 111x151 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan to‘q-ko‘k rangli lederindan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushiriladi va undan pastroqda o‘zbek tilida DIPLOM so‘zi yoziladi.
Diplomning ichki qismi qalin qog‘ozda ofset bosma usulida besh rangda: matn qismi uchun qora, och qizg‘ish, moviy, yashil va qizil rangda tasviriy elementlar bosiladi.
Diplom markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi oq sathda moviy rangda bosilgan (sath diametri 60 mm bo‘lgan aylanaga 450 burchak ostida 55 mm bo‘lgan kvadrat tushirish orqali hosil qilinadi). Atrofida rozetka rastrdan iborat och zarg‘aldoq tusdagi fon bor. Fon ustida yo‘l-yo‘l chiziqning yuqori va quyi qismlarida ikkitadan moviy rangli 3 mm kenglikda milliy naqsh sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishda aks ettiriladi. Yulduzlar 23 mm kvadratlarni ustma-ust qo‘yib chizish yo‘li bilan yasaladi. Ramka ham rozetkali rastrda bosiladi. To‘rtta yulduzning har birining ichida kichikroq o‘lchamda:
4 mm kenglikda yashil rangda rozetkali rastr bilan yulduz bosiladi (kvadratning o‘lchami 14 mm);
yulduz markazida qizil rangda 1 mm kenglikda sakkiz qirrali yulduz ichiga (kvadratning o‘lchami 5 mm) yarim oy va besh qirrali yulduz joylashtiriladi.
Matn qismi ikki tilda so‘l tomonda o‘zbek tilida, o‘ng tomonda ingliz tilida qora rangda bosiladi.
Imtiyozli diplomlar uchun “OZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” “REPUBLIK OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF AKADEMIK LYCEUM” so‘zlaridan quyida qizil rangda “imtiyozli” so‘zi o‘zbek va ingliz tillarida yoziladi.
Diplomning har ikki varag‘ida yettita pozitsiyada: L harfi va oltita raqamli tartib nomeri yoziladi.
Diplom 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan zaif bo‘yoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastrli setkalarni tushirish natijasida yangi ranglar hosil qilish;
5) maxsus qog‘oz ishlatish;
6) Davlat Gerbini moviy rangda tavsirlash;
7) olti shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
Akademik litseyni tamomlagan shaxslarga diplom bilan birga o‘zlashtirishning yakuniy baholari (reyting ballari)dan ko‘chirma beriladi. Ko‘chirmada akademik litsey nomi, o‘quv rejasidagi fanlar va ulardan olingan reyting ballari hamda Davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi


‎‎‎‎

‎‎O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI‎

‎‎
‎‎AKADEMIK LITSEY DIPLOMI

‎‎
‎‎L № 000000

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(ismi, otasining ismi, familiyasi)

‎‎___________ yil “____” ________________da _____________________________________
‎‎___________________________________________________________________ akademik
‎‎litseyni ______________________________________________________________yonalishi

(yonalish nomi)‎

boyicha tamomladi.‎

M.O` ‎

Davlat attestatsiya
‎komissiyasi raisi ‎

Direktor
‎Kotib‎


‎____________ yil “_____” _________________da berildi‎


‎‎‎Ro'yxatga olish raqami ______________‎‎

Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi


‎‎‎‎

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

DIPLOMA

OF ACADEMIK LYCEUM‎‎

‎‎
‎‎L № 000000

‎‎__________________________________________________________________

(full name)

and in ___________ completed __________________________________________________

(name of academik lyceum)

__________________________________________________________________
‎‎having spesialiized in ___________________________________________________________
(Seal) Chairman of the State
‎ Attestation Commission

Direktor
‎ Sekretary



‎‎Quven ______________________________
Regisrtation №________________________
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi

‎‎

‎‎
‎‎

‎‎AKADEMIK LITSEY

DIRLOMIGA ILOVA




















Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi

‎‎
‎‎…………………………. RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA
‎(dirlomsiz kuchga ega emas) ‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(ismi, otasining ismi, familiyasi)‎

‎‎______________________________________________________________________ yildan‎
‎‎__________ yilgacha __________________________________________________________

‎‎‎‎(akademik litsey)‎

‎‎
‎‎____________________________________________________________________ akademik‎‎
‎‎litseyda oqish davrida quyidagi fanlarni organdi va ushbu baholarni oldi:

T/r‎

Fanlar nomi‎

O’quv rejasida belgilangan soatlar miqdori‎

To’plangan reyting ballari‎

1‎

2‎

3‎

4‎

‎‎I. UMUMTA' LIM FANLARI

1.‎ Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish‎
2. Ona tili va adabiyot‎
3.‎ Rus (o’zbek) tili‎
4.‎ Xorijiy til ( )‎
5.‎ Tarix‎
6.‎ Matematika‎
7.‎ Informatika‎
8.‎ Fizika‎
9.‎ Shaxs va jamiyat‎
10.‎ Astronomiya‎
11.‎ Kimyo‎
12.‎ Biologiya‎
13.‎ lqtisodiy geografiya‎
14.‎ Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash‎
15.‎ Jismoniy tarbiya‎
16.‎ Davlat va huquq asoslari‎
17.‎ Ma'naviyat asoslari‎
18.‎ Axborot texnologiyalari‎
19.‎ Estetika‎
20.‎ Oila psixologiyasi‎
21.‎
22.‎
23.‎
24.‎
25.‎
26.‎

‎‎
‎‎II. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI‎‎

1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎

‎‎
‎Direktor
‎‎

‎‎Oquv ishlari boyicha direktor orinbosari
‎‎

‎‎200__ yil “_____” ______________da berildi

‎‎Ro’yxatga olish raqami _________________‎

Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi

‎‎

‎‎
‎‎

KASB-HUNAR KOLLEJI

DIPLOMI



















Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi
II. KASB-HUNAR KOLLEJINI BITIRGANLIK TO‘G‘RISIDA DIPLOM
Kasb-hunar kollejini bitirganlik to‘g‘risidagi diplom 111x151 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan yashil rangli lederindan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuz tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi tasviri tushiriladi va undan pastroqda o‘zbek tilida DIPLOM so‘zi yoziladi.
Diplomning ichki qismi qalin qog‘ozda ofset bosma usulida besh rangda: matn qismi uchun qora, och qizg‘ish, moviy, yashil va qizil rangda tasviriy elementlar bosiladi.
Diplom markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi oq sathda moviy rangda bosilgan (sath diametri 60 mm bo‘lgan aylanaga 450 burchak ostida 55 mm bo‘lgan kvadrat tushirish orqali hosil qilinadi). Atrofida rozetka rastrdan iborat och zarg‘aldoq tusdagi fon bor. Fon ustida yo‘l-yo‘l chiziqning yuqori va quyi qismlarida ikkitadan moviy rangli 3 mm kenglikda milliy naqsh sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishda aks ettiriladi. Yulduzlar 23 mm kvadratlarni ustma-ust qo‘yib chizish yo‘li bilan yasaladi. Ramka ham rozetkali rastrda bosiladi. To‘rtta yulduzning har birining ichida kichikroq o‘lchamda:
4 mm kenglikda yashil rangda rozetkali rastr bilan yulduz bosiladi (kvadratning o‘lchami 14 mm);
yulduz markazida qizil rangda 1 mm kenglikda sakkiz qirrali yulduz ichiga (kvadratning o‘lchami 5 mm) yarim oy va besh qirrali yulduz joylashtiriladi.
Matn qismi ikki tilda so‘l tomonda o‘zbek tilida, o‘ng tomonda ingliz tilida qora rangda bosiladi.
Imtiyozli diplomlar uchun “OZBEKISTON RESPUBLIKASI KASB-HUNAR KOLLEJI DIPLOMI” “REPUBLIK OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF PROFESSIONAL COLLEGE” so‘zlaridan quyida qizil rangda “imtiyozli” so‘zi o‘zbek va ingliz tillarida yoziladi.
Diplomning har ikki varag‘ida yettita pozitsiyada: K harfi va oltita raqamli tartib nomeri yoziladi.
Diplom 7 darajali himoyaga ega:
1) ikki xil usuldagi chop etishdan foydalanish: asosiy qism uchun ofset bosma usuli, raqamlarni chop etish uchun yuqori usul;
2) mashinada nusxa ko‘chirishni qiyinlashtiradigan zaif bo‘yoqlardan foydalanish;
3) har xil shakldagi rastrli setkalardan foydalanish;
4) har xil shakldagi rastrli setkalarni tushirish natijasida yangi ranglar hosil qilish;
5) maxsus qog‘oz ishlatish;
6) Davlat Gerbini moviy rangda tavsirlash;
7) olti shaklli o‘zgaradigan raqamdan foydalanish.
Kasb-hunar kollejini tamomlagan shaxslarga diplom bilan birga o‘zlashtirishning yakuniy baholari (reyting ballari)dan ko‘chirma beriladi. Ko‘chirmada kasb-hunar kolleji nomi; o‘quv rejasiga muvofiq ravishda kasb-hunar yo‘nalishining nomi; o‘tilgan fanlar va ulardan olingan reyting ballari, shuningdek bajarilgan diplom loyihasi hamda Davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi


‎‎‎‎

‎‎O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI‎

‎‎
KASB-HUNAR KOLLEJI DIPLOMI

‎‎
‎‎L № 000000

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(ismi, otasining ismi, familiyasi)

__________ yilda ________________________________________________ning tola kursini

(kasb-hynar kolleji nomi)

________________________________________________________kasbi boyicha tamomladi.
‎‎Davlat komissiyasining _______ yil “___” __________________________dagi qaroriga binoan
‎‎_________________________________________________________________________ ga

‎‎(ismi, otasining ismi, familiyasi)

__________________________________________________________________kasbi berildi.

M.O` ‎

Davlat attestatsiya
‎komissiyasi raisi ‎

Direktor
‎Kotib‎

_______ shahri, _______ yil “___” _________________________


‎‎‎Ro'yxatga olish raqami ___________________________________‎‎

Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi


‎‎‎‎

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

DIPLOMA
‎‎‎

OF PROFESSIONAL COLLEGE‎‎‎‎

‎‎
‎‎L № 000000

‎‎__________________________________________________________________

(full name)

in __________ completed the full course offered by the________________________________

‎___________________________________________________________________________

‎and having profession in _______________________________________________________

‎By the decision of the State Attestation Commission of
___________________he/she has qualified as ______________________________________

‎___________________________________________________________________________

(Seal)

Chairman of the State
‎Attestation Commission
Direktor
‎Sekretary
City of __________________________________________________
Regisrtation № ____________________________________________
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi

‎‎

‎‎
‎‎

KASB-HUNAR KOLLEJI

DIRLOMIGA ILOVA



















Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 16-oktabrdagi
400-son qaroriga
3-ILOVANING davomi

‎‎
‎‎…………………………. RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA
‎(dirlomsiz kuchga ega emas) ‎

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(ismi, otasining ismi, familiyasi)‎

‎‎______________________________________________________________________ yildan‎
‎‎__________ yilgacha __________________________________________________________
(kasb-hunar kolleji nomi)

‎‎
‎‎_________________________________________________________________________ da


‎oqish davrida quyidagi fanlarni organdi va ushbu baholarni oldi:

T/r‎

Fanlar nomi‎

O’quv rejasida
‎belgilangan
‎soatlar miqdori‎

To’plangan
‎reyting ballari‎

1‎

2‎

3‎

4‎

‎‎I. UMUMTA' LIM FANLARI

1.‎ Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish‎
2. Ona tili va adabiyot‎
3.‎ Rus (o’zbek) tili‎
4.‎ Xorijiy til ( )‎
5.‎ Tarix‎
6.‎ Matematika‎
7.‎ Informatika‎
8.‎ Fizika‎
9.‎ Shaxs va jamiyat‎
10.‎ Astronomiya‎
11.‎ Kimyo‎
12.‎ Biologiya‎
13.‎ lqtisodiy geografiya‎
14.‎ Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash‎
15.‎ Jismoniy larbiya‎
16.‎ Davlat va huquq asoslari‎
17.‎ Ma'naviyat asoslari‎
18.‎ Axborot texnologiyalari‎
19.‎ Estetika‎
20.‎ Oila psixologiyasi‎
‎‎ II. MAXSUS FANLAR‎
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

12.‎

13.‎

14.‎

‎‎‎III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎


‎Kollej direktori

Kasb-hunar talimi bo’yicha direktor o’rinbosari

‎‎200__ yil “_____” ______________da berildi

‎‎Ro’yxatga olish raqami _________________‎