|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.05.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-maydagi 288-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2016-yil 15-oktabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar (shaharlar) hokimliklari takliflariga koʻra bir oy muddatda:
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining hududiy boʻlinmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishilgan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning roʻyxatini;
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishilgan har bir tuman (shahar) boʻyicha koʻchma savdo obyektlarining joylashish sxemasini oʻrinlar sonini, sotiladigan tovarlar roʻyxatini va koʻchma savdo davrini koʻrsatgan holda tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 13-iyul,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-iyuldagi 233-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchma savdoga ruxsat berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga:
shartnomada koʻchma savdoga qoʻyiladigan tovarlarning turlari va miqdori koʻrsatilgan holda bayram va bayramoldi kunlarida savdo xizmati koʻrsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida koʻchma savdoni amalga oshirishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida koʻrgazma va yarmarka savdosi oʻtkazishga;
meva-sabzavot mahsulotlarini va kartoshkani ushbu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda chakana sotishga, shuningdek tovarlarni bozorlar hududida sotishga;
maxsus ajratilgan joylarda umumiy ovqatlanish mahsulotlarini sotishga;
amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan hollarga tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchma savdo qilish huquqi ushbu nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha koʻchma savdoga beriladigan ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) asosida, koʻchma savdo obyektining joylashish sxemasi tasdiqlangan holda, yuridik shaxslarga beriladi.
4. Ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
koʻchma savdo — koʻchma savdo obyektlaridan foydalangan holda turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish;
koʻchma savdo obyektlari — vaqtinchalik asosda joylashtirilgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek ish kuni tamom boʻlgandan keyin obyektni qismlarga ajratish va koʻchirish talab etiladigan koʻchma savdo obyektlari (lotoklar, peshtaxtalar, palatkalar, avtodoʻkonlar va boshqalar);
koʻchma savdo qilinadigan joy — ruxsatnomada koʻrsatilgan koʻchma savdo obyekti hududiy joylashgan joy;
ariza beruvchi — ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza bergan yuridik shaxs.
6. Koʻchma savdo obyektining tasdiqlangan joylashish sxemasi ilova qilingan ruxsatnoma tuman (shahar) hokimligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markaz deb ataladi) orqali beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
7. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari har yili 1-noyabrgacha:
tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxati;
oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan holda tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo obyektlarining joylashishi boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Tayyorlangan takliflar har yili 10-noyabrgacha koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari taqdim etilgan:
tegishli tuman (shahar) hududida koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlar roʻyxatini — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining hududiy boʻlinmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan;
oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemasini — tegishli ravishda davlat soliq xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari bilan kelishadi.
Kelishilgan takliflar har yili 1-dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalariga, sotiladigan tovarlar roʻyxatiga tuzatishlar kiritish va koʻchma savdo davrini oʻzgartirish ushbu Nizomning 7 va 8-bandlari bilan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning tasdiqlangan roʻyxatlari, shuningdek koʻchma savdo obyektlari joylashishi sxemalari (oʻrinlar soni, sotiladigan tovarlar roʻyxati va koʻchma savdo davri koʻrsatilgan holda) har yili tasdiqlangandan keyin uch kun mobaynida tegishli tuman (shahar)ning markazlarida, Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida va mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
10. Koʻchma savdo obyektlarini davlat organlari binolariga tutashib ketgan hududlarda, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududida, aeroportlarda, metropolitenda, maydonlarda, jamoat transporti bekatlarida, avtomobil toʻxtash joylarida hamda yoʻlovchilar va avtomobil transporti harakatiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan joylarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Ruxsatnoma uni berish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan muddatga, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
12. Unga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgan koʻchma savdo joyini yoki uning bir qismini foydalanish uchun boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
II bob. Ruxsat beruvchi talablar va shartlar
13. Koʻchma savdoni amalga oshirishda quyidagilar ruxsat beruvchi talablar va shartlarga tegishlidir:
qonun hujjatlariga, shu jumladan chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash;
bank plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminali mavjudligi;
koʻchma savdo joyini va atrof hududni zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;
sotuvchilarda koʻchma savdo obyekti ruxsatnomasining va uning joylashishining tasdiqlangan sxemasining va sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlarning asl nusxalari boʻlishi kerak, shuningdek ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga koʻra koʻrsatilishi kerak;
ish kuni tamom boʻlgandan keyin koʻchma savdo obyektlarini qismlarga ajratish yoki koʻchirish va koʻchma savdo joyini zarur tarzdagi sanitariya holatiga keltirish;
tovarlarni ruxsatnomaga muvofiq obyektlar orqali va koʻchma savdo joyi boʻyicha sotish.
14. Tovarlarning quyidagi turlari bilan koʻchma savdo qilish taqiqlanadi:
maishiy maqsadlaridagi texnik jihatdan murakkab tovarlar;
tez buziladigan tovarlar va bolalar ovqati mahsulotlari;
hayvonlar;
aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar;
ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tasdiqlanadigan tovarlar roʻyxatiga kiritilmagan tovarlar.
III bob. Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
15. Ruxsatnoma olish uchun ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usullar bilan koʻchma savdo obyekti joylashgan joy boʻyicha markazga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida ariza beradi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
tuman (shahar) hududida koʻchma savdoning tasdiqlangan joylashish sxemasiga muvofiq koʻchma savdo obyekti joylashishi sxemasi;
koʻchma savdo davri koʻrsatilgan holda koʻchma savdo obyektlari orqali sotilishi mumkin boʻlgan tovarlarning tasdiqlangan roʻyxati asosida sotiladigan tovarlar roʻyxati;
xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan berilgan bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminali mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vakolatli organ oʻzaro axborot hamkorligi, shu jumladan elektron shakldagi axborot hamkorligi vositasida belgilangan tartibda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasini mustaqil oladi.
16. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisida berilgan ariza koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda vakolatli organning markaziga yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
17. Vakolatli organga:
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani bevosita ariza beruvchilardan qabul qilish taqiqlanadi, oʻz-oʻzidan bevosita vakolatli organga yuboriladigan Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali berilgan arizalar bundan mustasno;
qoʻshimcha hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek davlat xizmatlari koʻrsatish uchun markazlarga murojaat qilgan ariza beruvchilarni ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ularning arizalarini koʻrib chiqish jarayonida taklif etish taqiqlanadi.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
IV bob. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
18. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi.
19. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
20. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organ tomonidan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
21. Koʻchma savdo qilinadigan ayni bir joyga ruxsatnoma berish toʻgʻrisida bir nechta ariza tushgan taqdirda ruxsatnoma berish toʻgʻrisida birinchi boʻlib ariza bergan ariza beruvchi uni olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi.
22. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilgandan keyin ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda markazga yoxud ariza beruvchiga yuboriladi (Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali murojaat qilinganda).
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
23. Agar vakolatli organ ruxsatnomani berish, uni berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati mobaynida ariza beruvchiga ruxsatnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi bu haqda vakolatli organni yozma ravishda xabardor qilgan holda koʻchma savdoni amalga oshirish huquqiga ega boʻladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli organ ariza beruvchining yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga ruxsat etish tusidagi hujjatni berishi shart. Ruxsat etish tusidagi hujjat olinguniga qadar taqdim etilgan hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qoʻyilgan hujjatlar roʻyxati va ariza beruvchi tomonidan vakolatli organga yuborilgan yozma bildirishnoma ruxsat etish tusidagi hujjatga tenglashtiriladi va koʻchma savdoni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Bunda shaxs ruxsat etish tusidagi hujjatsiz faoliyat bilan shugʻullanganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
24. Ruxsatnoma berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida — Toshkent shahrida koʻchma savdo qilishda;
bazaviy hisoblash miqdorining 75 foizi miqdorida — Nukus shahrida, viloyatlar markazlarida va viloyat boʻysunishidagi shaharlarda koʻchma savdo qilishda;
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida — tumanlarning maʼmuriy markazlarida va tuman boʻysunishidagi shaharlarda koʻchma savdo qilishda.
(24-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Boshqa aholi punktlarida koʻchma savdo qilishda ruxsatnoma berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Yigʻim summasi tuman (shahar) hokimliklari uchun maxsus ochilgan gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi, shundan 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(24-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
25. Quyidagi hollarda ruxsatnomani berish rad etilishi mumkin:
ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmasligi;
ariza beruvchining ruxsat beruvchi talablar va shartlarga nomuvofiqligi;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi;
agar koʻchma savdoning ariza berilgan joyiga boshqa yuridik shaxsga ruxsatnoma berilgan boʻlsa.
Boshqa asoslar boʻyicha, shu jumladan maqsadga muvofiq emaslik sababi bilan ruxsatnomani berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisida bildirishnoma rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda markazga yoxud ariza beruvchiga yuboriladi (Oʻzbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali murojaat qilingan taqdirda). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
27. Ruxsatnomani berish rad etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uni berishni rad etish vakolatli organ tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlaydigan tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza beruvchining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
28. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada oldin bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi, shuningdek, agar koʻchma savdoning ariza berilgan joyiga boshqa yuridik shaxsga ruxsatnoma berilgan taqdirda rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
29. Ariza beruvchi tomonidan ruxsatnomani berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
30. Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilishi, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining va markazning xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
V bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
31. Yuridik shaxs qayta oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda ariza beruvchi (uning huquqiy vorisi) qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oʻtilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usullarda markazga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilingan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ruxsatnomaga ega boʻlgan ariza beruvchilar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ruxsatnomadagi mavjud maʼlumotlar mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan hollarda oʻzgartirilgan taqdirda, ruxsatnoma ariza beruvchining tegishli hujjatlar ilova qilingan arizasi boʻyicha qayta rasmiylashtiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
32. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi koʻchma savdoni markazning ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan arizaning nusxasi asosida amalga oshiradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
33. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
34. Vakolatli organ tegishli hujjatlar ilova qilingan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda ruxsatnomani rasmiylashtiradi va markazga yuboradi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
35. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ariza beruvchining arizasiga koʻra amalga oshiriladi, biroq ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq tasdiqlangan koʻchma savdo davrlaridan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytiriladi.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va usullarda ruxsatnomaning amal qilish muddati tamom boʻlguniga qadar markazga berilishi kerak.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
36. Ruxsatnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda ariza beruvchining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
37. Ruxsatnomaning dublikati vakolatli organ tomonidan markazdan ariza, shuningdek ruxsatnoma yaroqsiz holda kelib qolgan taqdirda uning asl nusxasi olingan kundan boshlab ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda beriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
38. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganligi, uning amal qilish muddati uzaytirilganligi va dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
VI bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
39. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
40. Koʻchma savdoni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining amaliy xavfini yaratish ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish uchun asos boʻladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishiga tegishlidir.
VII bob. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
41. Vakolatli organ berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
42. Berilgan ruxsatnomalar reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
koʻchma savdo joyi;
sotiladigan tovarlar roʻyxati;
ruxsatnoma berilgan sana va raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatilishining asosi va sanasi;
ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
43. Berilgan ruxsatnomalar reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning tanishishi uchun ochiq boʻladi.
VIII bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Har bir berilgan ruxsatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻn kun muddatda vakolatli organ tomonidan koʻchma savdo joylashgan joy boʻyicha tegishli davlat tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga elektron tarzda taqdim etiladi.
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Koʻchma savdoga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
|
Koʻchma savdoga | |||||||
| | | |
|
| | | |
| | | | | | | ||
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI | |||||||
|
| |||||||
|
Koʻchma savdoga | |||||||
| ___________ tumanid� (shahrida) ________________________________________ manzili boʻyicha (vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan koʻchma savdo obyekti joylashishi sxemasiga muvofiq) umumiy maydoni ________ kv.m. boʻlgan joyda tovarlarni chakana sotish uchun___________________________________________________ ___________________________________ga koʻchma savdo obyektini joylashtirish huquqi berilgan. | |||||||
|
(yuridik shaxsning nomi) |
| | | | | ||
| Pochta manzili________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ | |||||||
| STIR_______________________________________________________________________________________ | |||||||
| 20 _____ yil “______” ______________gacha berilgan. Ish rejimi soat “_______” dan soat “________” gacha. |
| | | | |||
| Sotiladigan tovarlar roʻyxati:___________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________ | |||||||
| Ilova: Vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan koʻchma savdo obyekti joylashishi sxemasi. | |||||||
| F.I.O.___________________________________________________ | | | | ||||
| Imzo_______________________ | | | | | | ||
| MOʻ | | | | | | | |
Koʻchma savdoga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Koʻchma savdoga ruxsatnoma berish
SXEMAsI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 339-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)