1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.10.00 (Кучини йукотган) Soliq imtiyozlarini qoʻllashning umumiy shartlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 7-aprelda 2775-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 17-noyabrdagi 51-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 9-noyabrdagi 2020-39-sonli ““Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775-3, 30.11.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-mart,
10-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 3-mart,
2016-06-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qaroriga 1-ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining (bundan buyon matnda QQS deb yuritiladi) ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi yozma arizani koʻrib chiqish, qaytarilishi lozim boʻlgan ortiqcha summani aniqlash va mablagʻlarni soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibini belgilaydi.
1. Ushbu Nizomda QQSning ortiqcha summasi deganda hisoblab chiqarilgan soliq summasidan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborotda foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hisobga olinadigan, toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) QQS summasining ortishi tushuniladi.
2. QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchiga quyidagi ketma-ketlikda qaytariladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi (Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan taqdim qilingan ishlar va xizmatlar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi) qoplanadi;
soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud soliq qarzi qoplanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi.
3. QQSning ortiqcha summasini Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini, shuningdek boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplashdan keyin saqlanib qolingan QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchining yozma arizasiga asosan uning bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladi.
QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma ariza soliq toʻlovchi tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan QQSning ortiqcha summasi hosil boʻlgan hisobot davri tugaganidan keyin oʻn ikki oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilishi lozim.
QQSning ortiqcha summasini bank hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisida ariza belgilangan muddat tugagandan keyin taqdim qilingan taqdirda, QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilmaydi, balki ushbu Nizomning 3-bandiga asosan boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish, tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq toʻlovchining QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasi olingan vaqtdan boshlab yigirma kun mobaynida bir yoʻla amalga oshiriladi.
2-bob. QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
6. Ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi ariza soliq toʻlovchi tomonidan u roʻyxatga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasiga (bundan buyon matnda DSI deb yuritiladi) quyidagi hujjatlar toʻrt nusxada ilova qilingan holda taqdim etiladi:
a) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxs qarzlarining solishtiruv dalolatnomasi soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning turlari boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar tuziladi va bir kalendar oy mobaynida amal qiladi;
b) Soliq hisobotining shakllari (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) boʻyicha QQS hisob-kitobi;
v) yuridik shaxsga ilgari QQSning ortiqcha summasi qaytarilgan boʻlsa, ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda qaytarilgan summalar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etiladi;
a) tovarlarni eksport qilish natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun:
kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari;
tovarlarni eksport qilish rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyalarining koʻchirma nusxalari;
kontraktlar (tovarlarning yuklab joʻnatilgan turkumi) boʻyicha chet el valyutasida tushum summasi tushganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmalaridan nusxalar;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayin etilgan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi qayd belgisi qoʻyilgan tovarga ilova qilinadigan hujjatlarning koʻchirma nusxalari.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
soliq toʻlovchi bilan vositachi (ishonchli vakil) oʻrtasidagi vositachilik (topshiriq) shartnomalarining koʻchirma nusxalari;
soliq toʻlovchining topshirigʻiga koʻra (vositachalik (topshiriq) shartnomasiga muvofiq) eksportga tovarlar yetkazib berishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga yetkazib berish uchun chet ellik shaxs bilan tuzilgan kontraktlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari;
tovarlarni eksport rejimiga chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyalarining koʻchirma nusxasi;
kontrakt (tovarlarning yuklab joʻnatilgan turkumi) boʻyicha chet el valyutasida realizatsiya qilingan tovarlar uchun tushum vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmalarining nusxalari;
b) chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga rasmiy foydalanish uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinishi natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun — belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning koʻchirma nusxalari;
v) “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek chet el yuklarini Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tashish (tranzit tashish) boʻyicha xizmatlar koʻrsatish natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun:
ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun tuzilgan kontraktning koʻchirma nusxalari;
bajarilgan ishlarga, koʻrsatilgan xizmatlarga chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank koʻchirmalaridan nusxalar;
ishlar (xizmatlar) sotuvchisi va xaridori tomonidan imzolangan, ishlar bajarilganligini, xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarning koʻchirma nusxalari;
g) ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarni (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) erkin muomaladagi valyutaga QQSni nol darajali stavkasini qoʻllash bilan sotilishi natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun:
toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni yetkazib berishga oid kontraktlar (shartnomalar) koʻchirma nusxalari;
toʻqimachilik yarim tayyor mahsulotlarni sotib oluvchiga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning koʻchirma nusxalari;
d) aholiga suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va sanitariya tozalash boʻyicha kommunal xizmatlar koʻrsatish natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun — nol darajali stavkani qoʻllanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari;
e) yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha xizmatlar realizatsiya qilish natijasida hosil boʻlgan QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun — ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari reyestri.
8. Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish uchun, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan, haqiqatda realizatsiya qilingan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) kelib chiqqan holda, chet el valyutasida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha esa, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan haqiqatda realizatsiya qilingan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) va chet el valyutasida kelib tushgan tushumdan kelib chiqqan holda hisobga olinadigan QQSning summasidan kelib chiqqan holda qaytariladigan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori summasi hisoblab chiqiladi.
Arizada koʻrsatilgan, bankdagi hisobvaraqqa qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasining asosliligini tasdiqlash uchun soliq toʻlovchi DSIga toʻrt nusxada ushbu Nizomning 4 yoki 5-ilovalariga muvofiq shaklda soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasi boʻyicha hisob-kitob (hisob-kitobni toʻldirish boʻyicha shartli misol ushbu Nizomning 4a va 4b-ilovalarida keltirilgan).
9. QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisidagi yozma ariza va ilova qilinadigan hujjatlar (bundan buyon matnda hujjatlar toʻplami deb yuritiladi) DSIning devonxonasi tomonidan hujjatlar toʻplamini qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda masʼul xodimning imzosi bilan qabul qilinadi.
Kelib tushgan hujjatlar toʻplamiga DSI ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Texnik yoʻnalish qogʻozini rasmiylashtiradi. Texnik yoʻnalish qogʻozi tegishli davlat soliq xizmati organi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan hujjatlar toʻplamining barcha oʻtish bosqichlarida toʻldiriladi.
Bunda tegishli bosqichda toʻldirilgan Texnik yoʻnalish qogʻozining koʻchirma nusxasi davlat soliq xizmati organlari va Moliya vazirligida saqlanishi lozim.
10. Hujjatlar toʻplami olinganidan keyin DSI QQS boʻyicha nol darajali stavkani qoʻllashning asosliligini, ushbu Nizomning 6 —8-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi va ishonchliligini tekshiradi.
11. Hujjatlarni davlat soliq boshqarmasiga berishga qaror qabul qilinganda DSI soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan boshlab 4 ish kunidan kechiktirmay:
soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi hisob-kitobining barcha nusxalarini tasdiqlaydi;
ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi xulosani (bundan buyon matnda Xulosa deb yuritiladi) rasmiylashtiradi va uni keyinchalik koʻrib chiqish uchun yuqori turuvchi davlat soliq boshqarmasiga taqdim etadi.
Yuqori turuvchi davlat soliq boshqarmasiga yuborilayotgan Xulosaga soliq toʻlovchi taqdim etgan hujjatlarning uch nusxasi tegishli roʻyxat bilan birgalikda ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi DSIda saqlash uchun qoldiriladi.
Bunda soliq toʻlovchidan hujjatlar toʻplamini qabul qilgan DSI Xulosaga ilova qilinayotgan hujjatlarning barcha nusxalarining aynan bir xilligi, shuningdek ularning butligi uchun javobgar hisoblanadi.
12. Davlat soliq boshqarmasi Xulosa olingan kundan keyin 4 ish kunidan kechiktirmay Xulosaning asosliligini tekshiradi va hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (bundan buyon matnda Davlat soliq qoʻmitasi deb yuritiladi) berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Xulosani kelishadi va uni tasdiqlash uchun Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etadi.
Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilayotgan Xulosaga DSI tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning ikki nusxasi tegishli roʻyxat bilan birgalikda ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi davlat soliq boshqarmasida saqlash uchun qoldiriladi.
Bunda davlat soliq boshqarmasi Xulosaga ilova qilinayotgan hujjatlar barcha nusxalarining aynan bir xilligi, shuningdek ularning butligi uchun javobgar hisoblanadi.
13. Davlat soliq qoʻmitasi davlat soliq boshqarmasi tomonidan kelishilgan Xulosa olingan kundan boshlab 4 ish kunidan kechiktirmay Xulosaning asosliligini tekshiradi va hujjatlarni Moliya vazirligiga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Xulosani tasdiqlaydi va uni Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Moliya vazirligiga yuborilayotgan Xulosaga davlat soliq boshqarmasi taqdim etgan hujjatlarning bir nusxasi tegishli roʻyxat bilan birgalikda ilova qilinadi. Hujjatlarning bir nusxasi Davlat soliq qoʻmitasida saqlash uchun qoldiriladi.
14. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan Xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlarning taqdim etilishi feldyegerlik xizmatlari boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
15. Xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlar qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda Moliya vazirligining devonxonasi tomonidan qabul qilinadi.
Moliya vazirligining tegishli tarmoq boshqarmasi Xulosa va unga ilova qilinadigan hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 6 ish kunidan kechiktirmay Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Xulosani koʻrib chiqadi va QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisida soʻrovnomani (bundan buyon matnda Soʻrovnoma deb yuritiladi) tayyorlaydi. Soʻrovnoma Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Soʻrovnomaning imzolangan asli va bir koʻchirma nusxasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Xulosa bilan birgalikda Moliya vazirligi oʻaznachiligiga (bundan buyon matnda oʻaznachilik deb yuritiladi) Yagona gʻazna hisobvaragʻidan (bundan buyon matnda YaGʻH deb yuritiladi) soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga toʻlovni amalga oshirish uchun topshiriladi.
Gʻaznachilik xodimi Soʻrovnomaning koʻchirma nusxasiga qabul qilib olingan sana, vaqtni va familiyasi, ismi va otasining ismini koʻrsatgan holda imzo qoʻyadi hamda uni Tarmoq boshqarmasiga qaytaradi. Soʻrovnomaning asli Gʻaznachilikda saqlanadi.
Gʻaznachilik Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining mutasaddi oʻrinbosari tomonidan imzolangan Soʻrovnoma va Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlagan Xulosani olgan kundan soʻng 2 ish kunidan kechiktirmay YaGʻHdan soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga QQSning ortiqcha summasi toʻlovini amalga oshiradi.
3-bob. QQSning ortiqcha summasini qaytarishni rad etish
16. Davlat soliq xizmati organlari va Moliya vazirligi quyidagi holatlarda QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror (bundan buyon matnda rad etish toʻgʻrisida qaror deb yuritiladi) qabul qilishga haqli:
hisobga olinadigan QQS summasi notoʻgʻri aniqlanganda, shu jumladan hisobga olinadigan QQS summasiga tuzatish kiritilmaganda, shuningdek qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori summasi notoʻgʻri aniqlanganda;
hujjatlar toʻplami toʻliq boʻlmagan yoki hujjatlarni ushbu Nizomning 6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan talablar buzilgan holda rasmiylashtirilib taqdim qilinganda.
17. Rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soliq toʻlovchiga rad etish sabablari va asoslari koʻrsatilgan holda yozma xabarnoma (bundan buyon matnda rad etish toʻgʻrisida xabarnoma deb yuritiladi) taqdim etilishi lozim.
18. Agarda rad etish toʻgʻrisidagi qaror DSI tomonidan qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma soliq toʻlovchiga rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yuboriladi.
Agarda rad etish toʻgʻrisidagi qaror davlat soliq boshqarmasi tomonidan qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan DSIga yuboriladi.
DSI davlat soliq boshqarmasidan rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchiga yuboradi.
Agarda rad etish toʻgʻrisidagi qaror Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida davlat soliq boshqarmasiga yuboriladi.
Davlat soliq boshqarmasi Davlat soliq qoʻmitasidan rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan DSIga yuboradi.
DSI davlat soliq boshqarmasidan Davlat soliq qoʻmitasining rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomasining koʻchirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchiga yuboradi.
Agarda rad etish toʻgʻrisidagi qaror Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qoʻmitasiga yuboriladi.
Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligidan rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini Davlat soliq boshqarmasiga yuboradi.
Davlat soliq boshqarmasi Davlat soliq qoʻmitasidan Moliya vazirligining rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan DSIga yuboradi.
DSI davlat soliq boshqarmasidan Moliya vazirligining rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomaning koʻchirma nusxasini olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida uning koʻchirma nusxasini soliq toʻlovchiga yuboradi.
20. Gʻaznachilik YaGʻHdan QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazganidan soʻng gʻaznachilik ushbu toʻgʻrisida Tarmoq boshqarmasini, shuningdek gʻaznachilik va Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazalarining oʻzaro elektron aloqasi yoʻli orqali Davlat soliq qoʻmitasini xabardor qiladi.
Davlat soliq qoʻmitasi oʻaznachilik tomonidan YaGʻH dan QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli davlat soliq boshqarmasi va DSIni xabardor qiladi.
21. Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalariga QQS xabarnomalarda koʻrsatilgan summalarga kamaytirilganligi toʻgʻrisida yozuvlar kiritadi.
22. Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchilarni qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning ortiqcha summasini toʻgʻri hisoblanganligi masalasi yuzasidan birgalikda tekshirishlar oʻtkazadi.
QQSning ortiqcha summasi ortiqcha qaytarilganligi dalillari aniqlangan taqdirda soliq toʻlovchidan haqiqatda qaytarishning hisob-kitob qilingan va aniqlangan summalari oʻrtasidagi farq olib qoʻyiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadiga, budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga yoʻnaltiriladi, aybdor mansabdor shaxslar esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Soliq toʻlovchilarning oʻzlari tomonidan qayta hisob-kitoblar taqdim etishi natijasida ortiqcha qaytarish summasi olinganligi dalillari aniqlangan taqdirda, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi yozma ravishda xabardor etish bilan birga, haqiqatda qaytarishning hisob-kitob qilingan va aniqlangan summalari oʻrtasidagi farq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadiga, budjet tizimi budjetlari daromadlar tasnifining 3 450 721 “Respublika budjeti xarajatlarini qoplash” kodiga yoʻnaltiriladi. Soliq toʻlovchining yozma bildirishnomasi va unga ilova qilingan toʻlov topshiriqnomasining koʻchirma nusxalari davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkasiga tegishli yozuvlarni qayd qilishga asos boʻlib xizmat qiladi.
23. Taqdim etilayotgan hisob-kitoblar, birlamchi hujjatlar va boshqa materiallar, shuningdek ularning koʻchirma nusxalarini ishonchliligi va asosliligi, toʻlov hujjatlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi, ularni toʻlashga oʻz vaqtida taqdim etilishi, maqsadli toʻlov boʻyicha mablagʻlarni oʻtkazish va qayd etish uchun shaxsan javobgarlik soliq toʻlovchilarning rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) zimmasiga yuklanadi.
24. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan Xulosani oʻz vaqtida va toʻgʻri taqdim qilinishi boʻyicha javobgarlik tegishli davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
25. Xulosada koʻrsatilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻtkazilishi, shuningdek hujjatlar toʻplamini Moliya vazirligidan oʻtishi boʻyicha Texnik yoʻnalish qogʻozini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun javobgarlik Moliya vazirligining tegishli mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Qaytarilgan QQS summalari toʻgʻrisida MAʼLUMOT ___________________________________________________oyi uchun (hisobot davri) _________________________________________________________________ boʻyicha (hudud (tuman, shahar) va korxona nomi)
(ming soʻm)
T/r
Davr va sana
Qaytarish uchun taqdim qilingan
Qaytarilgan summa
Hisobot davrining oxirida QQSning qaytarilmagan qoldiq summasi (3-ust. – 5-ust.)
jami (6-ust. + 7-ust. + 8-ust.)
shu jumladan:
jami
shu jumladan, avvalgi hisobot davrida qaytarilmagan summa
korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga
Soliq kodeksining 207- moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan qarzdorlikni qoplash hisobiga
boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
20___ yilda yoʻlovchilar, bagajlar, yuklar va pochtani xalqaro yoʻnalishda tashish boʻyicha yagona xalqaro tashish hujjatlari REESTRI
T/r
Reys raqami
Tashish sanasi
Yoʻnalish
Miqdori
Xizmatlar qiymati
qayerdan
qayerga
tashilgan yoʻlovchilar
tashilgan bagajlar
tashilgan yuklar
tashilgan pochta
yoʻlovchilarni tashish boʻyicha
bagajlarni tashish boʻyicha
yuklarni tashish boʻyicha
pochtani tashish boʻyicha
Rahbar _________________________ Bosh buxgalter ________________________________
20___ y. “___” _____________ M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining HISOB-KITOBI
(ming. soʻm)
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Soliq davri boshiga QQSning ortiqcha summasining qoldigʻi*
QQS summasi qaytarilgan
Haqiqatda kelib tushgan toʻlovdan kelib chiqib hisoblangan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori miqdori (summasi) (9 ust. 0401-satri + 7 ust. 020-satri + 9 ust. 060-satri)* 20/100
QQS summasi qaytarilgan
Hisob-kitob boʻyicha korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim
Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQSning ortiqcha summasi
Soliq davrining oxiriga QQSning ortiqcha summasining qoldigʻi
jami
shu jumladan:
Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan qarzdorlikni qoplash hisobiga
boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga
korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga
20 foizli stavka boʻyicha
eksportdan tashqari nol darajali stavka boʻyicha
nol darajali stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
101
11
12
13
14
15
16
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborot
010
x
x
x
x
x
x
x
x
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasidan sof tushum
020
x
x
x
x
x
x
x
x
Tovarlarni eksportga chet el valyutasida realizatsiya qilish
021
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Valyuta tushumining tushishi (chet el valyutasida)
030
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Chet el valyutasida tushgan tushumning ulushi (030-satr/ 021-satr x 100)
040
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Valyuta tushumining hisob-kitob tushumi (milliy valyutada) (040-satr 9-ust. x 020-satr 9 ust.)
0401
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Hisobot davrida hisobga olish uchun qabul qilinadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi
050
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Joriy soliq davrida tushumi kelib tushgan, avvalgi soliq davrining eksport mahsulot�ning realizatsiyasi oboroti boʻyicha hisobga olinadigan QQS summasi
060
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Hisobga olinadigan QQSning umumiy summasi (050-satr+060-satr)
070
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
x
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi 6-ust.boʻyicha: 010-satr-070-satr 8-ust.boʻyicha: 070-satr x (-1) 10-ust. boʻyicha: 070-satr x (-1) 4-ust. boʻyicha: 10-ust. + 8-ust. + 6-ust. (agarda ijobiy koʻrsatkich bilan boʻlsa, agarda manfiy koʻrsatkich bilan boʻlsa unda bu koʻrsatkich hisob-kitobda ishtirok etmaydi)
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: (2 ust. + 4 ust.) — 101-ust.
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan katta boʻlsa: 16-ust. toʻldirilmaydi.
* — avvalgi soliq davrining 16-ustunidan koʻchiriladi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori kamaygan taqdirda, soliq toʻlovchi korxonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan ortiqcha summaning tuzatish kiritilgan hisob-kitobini taqdim etadi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori koʻpaygan taqdirda, soliq toʻlovchi oʻtgan soliq davri uchun Arizadan tashqari mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
5) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun chet el valyutasidagi tushum turli chet el valyutalarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning hisob-kitobi mazkur Hisob-kitobning ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining hisob-kitobiga ILOVA
Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning HISOB-KITOBI
T/r
Chet ellik hamkorning nomi
Kontrakt (shartnoma) raqami
Kontrakt (shartnoma) sanasi
Bojxona yuk deklaratsiyasi raqami va sanasi
Yuklab joʻnatishning sanasi
Tovarning chet el valyutasidagi qiymati
Valyuta turi
Yuklab joʻnatish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan valyuta kursi
Tovarning milliy valyuta ekvivalentidagi qiymati
Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning oxirgi kunidagi valyuta kursi
Milliy valyutadagi ekvivalenti
Chet el valyutasidagi tushumning kelib tushish sanasi
Chet el valyutasidagi tushum summasi
Yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning oxirgi kunidagi kurs boʻyicha milliy valyutadagi ekvivalenti
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4a-ILOVA
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining hisob-kitobiga ShARTLI MISOL
(ming. soʻm)
Koʻrsatkichla
Satr kodi
Soliq davri boshiga QQSning ortiqcha summasining qoldigʻi*
QQS summasi qaytarilgan
Haqiqatda kelib tushgan toʻlovdan kelib chiqib hisoblangan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori miqdori (summasi) (9 ust. 0401-satri + 7 ust. 020-satri + 9 ust. 060-satri)* 20/100
QQS summasi qaytarilgan
Hisob-kitob boʻyicha korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim
Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQSning ortiqcha summasi
Soliq davrining oxiriga QQSning ortiqcha summasining qoldigʻi
jami
shu jumladan:
Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan qarzdorlikni qoplash hisobiga
boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga
korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga
20 foizli stavka boʻyicha
eksportdan tashqari nol darajali stavka boʻyicha
nol darajali stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
101
11
12
13
14
15
16
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborot
010
x
370
24
120
24
50
0
200
0
x
x
x
x
x
x
x
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasidan sof tushum
020
x
350
20
100
20
50
0
200
0
x
x
x
x
x
x
x
Tovarlarni eksportga chet el valyutasida realizatsiya qilish
021
x
x
x
x
x
x
x
160
x
x
x
x
x
x
x
x
Valyuta tushumining tushishi (chet el valyutasida)
030
x
x
x
x
x
x
x
140
x
x
x
x
x
x
x
x
Chet el valyutasida tushgan tushumning ulushi (030-satr/ 021-satr x 100)
040
x
x
x
x
x
x
x
87,5%
x
x
x
x
x
x
x
x
Valyuta tushumi�ing hisob-kitob tushumi (milliy valyutada) (040-satr 9-ust. x 020-satr 9 ust.)
0401
x
x
x
x
x
x
x
175,0
x
x
x
x
x
x
x
x
Hisobot davrida hisobga olish uchun qabul qilinadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi
050
x
x
65,7
x
14,3
x
11,4
x
40
x
x
x
x
x
x
x
Joriy soliq davrida tushumi kelib tu�gan, avvalgi soliq davrining eksport mahsulotining realizatsiyasi oboroti boʻyicha hisobga olinadigan QQS summasi
060
x
x
30
x
x
x
x
120
30
x
x
x
x
x
x
x
Hisobga olinadigan QQSning umumiy summasi (050-satr+060-satr)
070
x
x
95,7
x
14,3
x
11,4
x
70
x
x
x
x
x
x
x
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi 6-ust.boʻyicha: 010-satr-070-satr 8-ust.boʻyicha: 070-satr x (-1) 10-ust. boʻyicha: 070-satr x (-1) 4-ust. boʻyicha: 10-ust. + 8-ust. + 6-ust. (agarda ijobiy koʻrsatkich bilan boʻlsa, agarda manfiy koʻrsatkich bilan boʻlsa unda bu koʻrsatkich hisob-kitobda ishtirok etmaydi)
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: (2 ust. + 4 ust.) — 101-ust.
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan katta boʻlsa: 16-ust. toʻldirilmaydi.
* — avvalgi soliq davrining 16-ustunidan koʻchiriladi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori kamaygan taqdirda, soliq toʻlovchi korxonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan ortiqcha summaning tuzatish kiritilgan hisob-kitobini taqdim etadi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori koʻpaygan taqdirda, soliq toʻlovchi oʻtgan soliq davri uchun Arizadan tashqari mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
5) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun chet el valyutasidagi tushum turli chet el valyutalarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning hisob-kitobi mazkur Hisob-kitobning ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4b-ILOVA
Soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining hisob-kitobiga ShARTLI MISOL
(ming. soʻm)
Koʻrsatkichla
Satr kodi
Soliq davri boshiga QQSning ortiqcha summasining qoldigʻi*
QQS summasi qaytarilgan
Haqiqatda kelib tushgan toʻlovdan kelib chiqib hisoblangan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasining eng yuqori miqdori (summasi) (9 ust. 0401-satri + 7 ust. 020-satri + 9 ust. 060-satri)* 20/100
QQS summasi qaytarilgan
Hisob-kitob boʻyicha korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim
Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQSning ortiqcha summasi
Soliq davrining oxiriga QQSning ortiqcha summasining qoldigʻi
jami
shu jumladan:
Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan qarzdorlikni qoplash hisobiga
boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga
korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga
20 foizli stavka boʻyicha
eksportdan tashqari nol darajali stavka boʻyicha
nol darajali stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
101
11
12
13
14
15
16
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi boʻyicha oborot
010
x
320
14
70
14
50
0
200
0
x
x
x
x
x
x
x
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiyasidan sof tushum
020
x
350
20
100
20
50
0
200
0
x
x
x
x
x
x
x
Tovarlarni eksportga chet el valyutasida realizatsiya qilish
021
x
x
x
x
x
x
x
160
x
x
x
x
x
x
x
x
Valyuta tushumining tushishi (chet el valyutasida)
030
x
x
x
x
x
x
x
140
x
x
x
x
x
x
x
x
Chet el valyutasida tushgan tushumning ulushi (030-satr/ 021-satr x 100)
040
x
x
x
x
x
x
x
87,5%
x
x
x
x
x
x
x
x
Valyuta tushumining hisob-kitob tushumi (milliy valyutada) (040-satr 9-ust. x 020-satr 9 ust.)
0401
x
x
x
x
x
x
x
175,0
x
x
x
x
x
x
x
x
Hisobot davrida hisobga olish uchun qabul qilinadigan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha QQS summasi
050
x
x
65,7
x
14,3
x
11,4
x
40
x
x
x
x
x
x
x
Joriy soliq davrida tushumi kelib tushgan, avvalgi soliq davrining eksport mahsulotining realizatsiyasi oboroti boʻyicha hisobga olinadigan QQS summasi
060
x
x
30
x
x
x
x
120
30
x
x
x
x
x
x
x
Hisobga olinadigan QQSning umumiy summasi (050-satr+060-satr)
070
x
x
95,7
x
14,3
x
11,4
x
70
x
x
x
x
x
x
x
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi 6-ust.�oʻyicha: 010-satr-070-satr 8-ust.boʻyicha: 070-satr x (-1) 10-ust. boʻyicha: 070-satr x (-1) 4-ust. boʻyicha: 10-ust. + 8-ust. + 6-ust. (agarda ijobiy koʻrsatkich bilan boʻlsa, agarda manfiy koʻrsatkich bilan boʻlsa unda bu koʻrsatkich hisob-kitobda ishtirok etmaydi)
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan kichik yoki teng boʻlsa: (2 ust. + 4 ust.) — 101-ust.
agarda (2-ust. + 4-ust.) qiymati 101-ust. qiymatidan katta boʻlsa: 16-ust. toʻldirilmaydi.
* — avvalgi soliq davrining 16-ustunidan koʻchiriladi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori kamaygan taqdirda, soliq toʻlovchi korxonaning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan ortiqcha summaning tuzatish kiritilgan hisob-kitobini taqdim etadi.
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan ortiqcha summaning miqdori koʻpaygan taqdirda, soliq toʻlovchi oʻtgan soliq davri uchun Arizadan tashqari mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻplamini taqdim etadi.
5) agarda yuklab joʻnatilgan tovar uchun chet el valyutasidagi tushum turli chet el valyutalarida amalga oshirilayotgan boʻlsa, yuklab joʻnatish amalga oshirilgan oyning soʻnggi kunidagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada (soʻmda) qayta hisoblab chiqishning hisob-kitobi mazkur Hisob-kitobning ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va sanitariya tozalash boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi kommunal korxonalarning bank hisobvaragʻiga qaytariladigan QQS ortiqcha summasining HISOB-KITOBI
Koʻrsatkichlar
Satr kodi
Soliq solinadigan oborot
QQS summasi qaytarildi
Hisob-kitob boʻyicha korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim
Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQSning ortiqcha summasi
jami
shu jumladan:
Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan qarzdorlikni qoplash hisobiga
boshqa soliqlar boʻyicha qarzdorlikni qoplash hisobiga
korxonaning bankdagi hisobvaragʻiga
amaldagi stavka boʻyicha
nol darajali stavka boʻyicha chet el valyutasiga eksport qilingan tovarlar
summa
QQS
summa
QQS
summa
QQS
A
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Korxonaning shaxsiy kartochkasida keltirilgan QQSning ortiqcha summasi
10
x
x
x
x
x
Olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobot davrida hisobga olinadigan QQS summasi
20
x
x
x
x
x
x
x
x
Hisob-kitob boʻyicha bank hisobvaragʻiga qaytarilishi lozim boʻlgan QQSning jami summasi (010- ust. — 020-ust.)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 6-ILOVA
Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan QQSni qaytarish uchun __________________________________ taqdim qilingan hujjatlar toʻplamining
(korxona nomi)
--------------TEXNIK YOʻNALISh QOGʻOZI
T/r
Idora (tashkilot)ning nomi
Hujjat raqami va kelib tushish sanasi
Hujjatlar toʻplamini qabul qilib oluvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.
Hujjatlar toʻplamini ijrochiga berish sanasi
Hujjatlar toʻplamini olgan ijrochining F.I.O. va imzosi
Hujjatlarni keyinchalik qayta ishlashga berish sanasi
Hujjatlarni koʻrib chiqishning kechikish sababi
1.
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi (4 ish kuni)
2.
Davlat soliq boshqarmasi (4 ish kuni)
3.
Davlat soliq qoʻmitasi (4 ish kuni)
4.
Moliya vazirligi (8 ish kuni), shu jumladan:
4.1.
Tarmoq boshqarmasi (6 ish kuni)
4.2.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (2 ish kuni)
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ILOVA
“KELIShILGAN” Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi __________________________________ (hudud nomi) __________________________________ __________________________________ 20___ y. “___” ________________
“TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari __________________________________ __________________________________ 20___ y. “___” ________________
_____ -son X U L O S A
_________________________________________________________________________________ (xulosa bergan DSI nomi) ____________________________________________________________________ arizasi boʻyicha (korxona nomi)
nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan, qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi _____________________________________________________________________________ uchun (davr)
taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish asosida toʻlovchida 20__ y. ______________ holatiga qaytariladigan QQSning ortiqcha summasi ___________________________ soʻm.
(raqam bilan)
_________________________________________________________________________ soʻm hosil (soʻz bilan)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44, 2008-23-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-1, 2009-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 16-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-iyundagi 57, 2013-31-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-2, 2013-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 330-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 21, 2014-11-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-3, 2014-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 151-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2015-yil 8-iyundagi 51, 2015-18-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1807-4, 2015-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 322-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 14-son, 135-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2018-y., 10/18/2775-1/0915-son, 27.05.2019-y., 10/19/2775-2/3188-son)