|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.04.2016
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
SOLIQ TOʻLOVChILARGA NOL DARAJALI STAVKANI QOʻLLASh NATIJASIDA HOSIL BOʻLGAN QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINING ORTIQChA SUMMASINI QAYTARISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1807-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 10, 2016-06-sonli “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2775, 07.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PF-4058-sonli Farmoniga muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44-son va 2008-23-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisida”gi nizomga (2008-yil 16-may, roʻyxat raqami 1807 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 180-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
3-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 8-yanvar,
2009-1-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 8-yanvardagi 3, 2009-1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq, soliq toʻlovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish.”.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
3. 5-banddagi “oʻttiz” soʻzi “yigirma” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. 9-banddagi “besh” soʻzi “toʻrt” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. 10-bandning birinchi xatboshidagi “5 ish kunidan” soʻzlari “4 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 11-bandning birinchi xatboshidagi “5 ish kunidan” soʻzlari “4 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 12-bandning birinchi xatboshidagi “5 ish kuni” soʻzlari “4 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “10 ish kunidan” soʻzlari “8 ish kunidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “5 ish kuni” soʻzlari “4 ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. 6-son ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
|
_______________________ hujjatlar toʻplamining texnik yoʻnalish qogʻozi, | |||||||
| |
(korxona nomi) |
| | | | ||
|
nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan QQSni qaytarish uchun taqdim qilish | |||||||
| T/r | Idora (tashkilot)ning nomi | Hujjat raqami va kelib tushish sanasi | Hujjatlar toʻplamini qabul qilib oluvchi shaxsning lavozimi va F.I.Sh. | Hujjatlar toʻplamini ijrochiga berish sanasi | Hujjatlar toʻplamini olgan ijrochining F.I.Sh va imzosi | Hujjatlarni keyinchalik qayta ishlashga berish sanasi | Hujjatlarni koʻrib chiqishning kechikish sababi |
|
1. |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi (4 ish kuni) | | | | | | |
|
2. |
Davlat soliq boshqarmasi (4 ish kuni) | | | | | | |
|
3. |
Davlat soliq qoʻmitasi (4 ish kuni) |
| | | | | |
|
4. |
Moliya vazirligi (8 ish kuni), shu jumladan: |
| | | | | |
|
4.1. |
Tarmoq boshqarmasi (4 ish kuni) | | | | | | |
|
4.2. |
Davlat budjeti Bosh boshqarmasi (4 ish kuni) | | | | | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 16-modda)