

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.09.2004
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2892373" id="-2892373">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2892374" id="-2892374">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2892375" id="-2892375">Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2892376" id="-2892376"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3022713" id="-3022713">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1455961#-1456718">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892377" id="-2892377">Sudlar qasddan odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha qonunlarni asosan toʻgʻri qoʻllamoqdalar. Shu bilan birgalikda ularning faoliyatida ish holatlarini va aybdorning shaxsini taʼrif-tavsiflovchi maʼlumotlarni yuzaki tekshirish faktlari, sodir etilgan jinoiy harakatlarni tavsiflashda va qilingan jinoyat uchun jazo tayinlashda xatoga yoʻl qoʻyish hollari uchramoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892378" id="-2892378">Jinoyatning subyektiv tomonlarini toʻgʻri aniqlamaslik, ayrim hollarda, sudlarning jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan ogʻir shikast yetkazishni yoki ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirishni qasddan odam oʻldirishdan, shuningdek qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilishni boshqa jinoyat tarkibidan farqlay olmasligiga sababchi boʻlmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892379" id="-2892379">Koʻpincha bezorilik orqasida odam oʻldirishga, juda raxmsizlik bilan odam oʻldirishga, jabrlanuvchining xizmat va fuqarolik burchini bajarishi bilan oʻldirishga, ikki yoki bir necha kishini oʻldirishga oid ishlar boʻyicha aybdorning harakatlarini tavsiflashda xatoga yoʻl qoʻyiladi. Gʻaraz niyat odam oʻldirgandan soʻng yuzaga kelgan yoki bunday maqsad boʻlmagan hollarda odam oʻldirish harakatlari, baʼzan gʻarazlik bilan odam oʻldirish deb notoʻgʻri tavsif qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892380" id="-2892380">Bir necha kishi ishtirokida odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlarni sudlar tomonidan koʻrishda ham aybdorning harakatlarini tavsif qilishdagi xatolar uchrab turadi. Sudlar har doim ham har bir sudlanuvchining jinoyatni sodir etishdagi xatti-harakatlari na tutgan oʻrnini aniqlamaydilar va ayrim hollarda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishda bevosita qatnashmagan shaxslarni, shuningdek, jabrlanuvchini oʻldirish maqsadi boʻlmagan va jinoyatning boshqa ishtirokchilarida bunday niyat boʻlganligini bilmagan shaxslarni asossiz ravishda odam oʻldirish jinoyatining birgalikda bajaruvchilari deb topadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892381" id="-2892381">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qildi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892382" id="-2892382">1. Sudlarning eʼtibori har bir jinoyat ishini koʻrishda majburiy hisoblangan sodir etilgan jinoyatning barcha holatlarini har tomonlama, toʻla va xolis ravishda tekshirish toʻgʻrisidagi qonun talabi, ayniqsa, odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha inobatga olinishi kerakligiga qaratilsin, chunki qonun aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda bu jinoyatni sodir etgan aybdorga oʻlim jazosini qoʻllashni koʻzda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892383" id="-2892383">Dastlabki tergovning toʻla oʻtkazilmaganligi va bir tomonlama yurgizilganligi natijasida ishni toʻgʻri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan odam oʻldirish jinoyatining barcha holatlari aniqlanmagan hollarda va bu kamchiliklarni sud majlisi vaqtida toʻldirish mumkin boʻlmasa ish qoʻshimcha tergovga yuborilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892386" id="-2892386">2. Sodir etilgan harakatni toʻgʻri baholash va jazo tayinlashi uchun odam oʻldirishning sabablari, maqsadi va usuli muhim ahamiyatga ega ekanligini nazarga olib, sudlar, barcha hollarda, bu holatlarni aniqlashlari zarurdir. Shuning bilan birgalikda hukmda sudlar tomonidan qilingan xulosalarni asoslovchi aniq dalillar keltirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892387" id="-2892387">3. Sudlar qasddan odam oʻldirish uchun jazo tayinlashda aybdorning ijobiy yoki salbiy tomondan taʼrif-tavsiflovchi maʼlumotlarni aniqlash jiddiy ahamiyatga ega ekanligini nazardan chetda qoldirmasliklari lozim. Shu barobar jabrlanuvchining shaxsiga oid maʼlumotlarni, uning aybdor bilan oʻzaro munosabatini, shuningdek, voqea sodir boʻlgan vaqtdagi xatti-harakatini ham tekshirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892388" id="-2892388">Sudlanuvchining ruhiy tomondan sogʻlomligiga shubha boʻlgan taqdirda sud ruhshunoslik ekspertizasi oʻtkazish, zaruriyat tugʻilganda esa shaxsni tegishli tibbiyot muassasasiga yotqizib tekshirtirish toʻgʻrisida ekspertiza tayinlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892858" id="-2892858">4. Bir necha shaxs javobgarlikka tortilayotgan qasddan odam oʻldirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda sudlar har bir sudlanuvchining jinoyatda ishtiroki xarakteri va darajasini tekshirishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892859" id="-2892859">Shuning bilan birgalikda odam oʻldirish maqsadi bilan birgalikda harakat qilgan va jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishga bevosita qatnashgan shaxslar jinoyatning bajaruvchilari deb tanilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892860" id="-2892860">Ishtirokchilar tomonidan birgalikda jinoyat sodir etilganda sudlar xavfli retsidivist, alohida xavfli retsidivist yoki ilgari qasddan odam oʻldirgan shaxslar tomonidan odam oʻldirishni koʻrsatuvi alomatlar faqat shunday holatlar tegishli boʻlgan jinoyat ishtirokchilarining harakatlarini tavsiflashda eʼtiborga olinishini koʻzda tutmoqlari darkor.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892861" id="-2892861">5. Sudlar qasddan odam oʻldirishni qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan hollardan farqlashlari shart. Qasddan odam oʻldirishda, aybdor oʻldirish niyati bilan harakat qiladi, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish oʻlimga sabab boʻlgan hollarda esa yuzaga kelgan oʻlimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik formasida boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892862" id="-2892862">Aybdorning qasdi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda sudlar sodir etilgan jinoyat holatlarini barcha tomonlari yigʻindisini inobatga olishlari va jumladan, jinoyat usuli va qurolini, jarohatlarning sonini, xarakterini, joylashishini va boshqa yetkazilgan shikastlarni, jinoiy harakatlarning toʻxtash sabablarini va h.k., shuningdek, aybdor va jabrlanuvchining voqeagacha boʻlgan feʼl-atvorini, ularning oʻzaro munosabatini, aybdorning jinoyat sodir etilgandan keyingi harakatlari xarakterini eʼtiborga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892863" id="-2892863">6. Agarda aybdor ikki yoki bir necha kishini oʻldirish yagona maqsadi bilan ikki yoki bir necha kishini oʻldirsa — bunday odam oʻldirish harakatlari 97-modda 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a” bandi </a>bilan tavsif qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892864" id="-2892864">Bir odam oʻldirilib ikkinchisining hayotiga suiqasd qilinganda, ikki yoki bir necha kishi oʻldirish jinoyatini oxiriga yetkazilgan deb baholab boʻlmaydi, chunki bu vaziyatda ikki yoki bir necha kishini oʻldirish toʻgʻrisidagi jinoiy maqsad aybdorning erkiga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelishi natijasida oxiriga yetkazilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892865" id="-2892865">Bunday hollarda jinoiy qilmishni ish holatlaridan kelib chiqib, <a href="/acts/-111453#-233850">97-moddaning </a>tegishli bandlari bilan yoki shu moddaning <a href="/acts/-111453#-233852">1-qismi </a>va <a href="/acts/-111453#-179930">25-modda </a>orqali 97-modda 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a” bandi </a>bilan tavsiflanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892866" id="-2892866">7. Jinoyat kodeksi 97-modda 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233859">“b” bandi </a>oʻldirilgan ayolning homiladorlik muddati va homilaning kelajakda yashash qobiliyatidan qatʼiy nazar qoʻllaniladi. Bunday holda javobgarlik jabrlanuvchining homilador ekanligini aybdor bilgan taqdirdagina yuzaga keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892868" id="-2892868">8. Aybdorning harakatlarini<a href="/acts/-111453#-233861"> “v” bandi </a>boʻyicha tavsif qilganda jabrlanuvchining ojiz ahvoli deb uning jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy kamchiligi, balogʻat yoshdaligi, ruhiy jihatdan nosogʻlomligi, kasal yoki hushsiz ahvoldaligi va h.k.) tufayli unga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning mohiyati va mazmunini anglab yetmagan yoki oʻzining xatti-harakatlarini boshqara olmagan holatda boʻlishi va aybdor jabrlanuvchining shu ahvolda ekanligini bilishligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892869" id="-2892869">Jabrlanuvchi oʻzining atrofidagi vaziyatni anglab yetmaydigan darajadagi alkogoldan yoki giyohvandlikdan mastligi uni ojiz ahvolda boʻlgan deb tan olinishi mumkin, bunda jabrlanuvchini kim bu ahvolga duchor etgani ahamiyatga ega emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892870" id="-2892870">9. Jabrlanuvchining xizmat yoki fuqarolik burchini amalga oshirishdagi qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida, shuningdek bunday faoliyatini bajarishi munosabati bilan oʻch olish niyatida sodir etilgan odam oʻldirish harakatlari <a href="/acts/-111453#-233862">“g” bandi </a>bilan tavsif qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892871" id="-2892871">Xizmat burchini bajarish deganda har qanday shaxsning unga xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan yuklatilgan barcha faoliyat fuqarolik burchini bajarish deganda esa fuqarolar tomonidan ularga maxsus topshirilgan jamoat majburiyatlari, shuningdek, jamoat yoki ayrim shaxslarning manfaati uchun qilingan boshqa harakatlar (qonun buzilishining oldini olish, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisida hokimiyat organlariga xabar berish va h.k.) tushunilmogʻi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892872" id="-2892872">10. Qasddan odam oʻldirishni boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli boʻlgan usullar bilan qilingan deb tavsif qilish uchun aybdorning, muayyan shaxsni oʻldirish maqsadini amalga oshirishda, yagona odam uchungina emas, balki boshqalarga nisbatan ham xavfli boʻlgan odam oʻldirish usulini qoʻllaganligini anglaganligi aniqlanishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892875" id="-2892875">Boshqa shaxslarga tan jarohatlari yetkazilgan taqdirda aybdorning harakatlari <a href="/acts/-111453#-233896">“d” bandidan </a>tashqari <a href="/acts/-111453">Jinoyat kodeksining </a>qasddan badanga shikast yetkazishni koʻzda tutuvchi moddalari bilan ham tavsif qilinishi darkor.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892880" id="-2892880">11. Aybdorning boshqa millatga, irqqa, dinga mansub shaxsni muayyan millat va irqqa mansubligi, diniy eʼtiqodi yoki boshqa millat, irq va dinga mansub shaxslar tomonidan oʻz millati va irqining urf-odatlarini, diniy eʼtiqodini amalga oshirgani uchun qasddan oʻldirish harakatlari, shuningdek, ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etgan qasddan odam oʻldirish harakatlari <a href="/acts/-111453#-233901">“k”</a>, <a href="/acts/-111453#-233903">“m”</a>, <a href="/acts/-111453#-233897">“e” bandlari </a>bilan tavsif qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892881" id="-2892881">Ommaviy tartibsizliklar jarayonida aybdor tomonidan qasddan odam oʻldirishdan tashqari qirgʻin solish, vayron qilish, oʻt qoʻyish va shu kabi boshqa jinoyatlar ham sodir etilsa, uning harakatlari jinoyatlar yigʻindisi bilan tavsif qilinmogʻi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892883" id="-2892883">12. Qasddan odam oʻldirishni 97-modda 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233898">“j” bandi </a>bilan tavsif qilishda qonun juda ham rahmsizlikni odam oʻldirishning usuli bilangina emas, balki aybdorning juda raxmsizligini namoyon etuvchi boshqa holatlar bilan ham bogʻlashligini eʼtiborga olish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892890" id="-2892890">Juda raxmsizlikning belgilari, jumladan: jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yoki odam oʻldirish jarayonida qoʻllanilgan qiynash, azoblash yoki oʻlikni taxqirlash hollarida, shuningdek, odam oʻldirish aybdor tomonidan ataylab jabrlanuvchini qattiq azoblash usuli bilan sodir etilganda (juda koʻp miqdorda jarohat yetkazish, azoblaydigan zaxar berish, insonni tirikligicha yoqib yuborish, uzoq muddat oziq-ovqat, suv bermaslik va h.k.) namoyon boʻladi. Shuningdek, aybdor oʻzining harakatlari bilan ularga azob-uqubat berayotganini anglagan holda jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining koʻz oldida oʻldirganida juda raxmsizlik alomatlari ifoda boʻlishi mumkin. Jinoyatni yashirish maqsadida oʻlikni yoʻq qilish yoki boʻlaklarga boʻlish odam oʻldirishni juda rahmsizlik bilan tavsif qilish uchun asos boʻladigan holatlar sifatida qaralishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892894" id="-2892894">Sudlar, koʻp miqdorda tan jarohatlari yetkazish, shuningdek, jabrlanuvchini juda yaqin kishilarining koʻz oldida oʻldirishdek juda raxmsizlikning alomatlari mavjud boʻlsa, jabrlanuvchi tomonidan qilingan noqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan odam oʻldirishni Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-233909">98</a> yoki <a href="/acts/-111453#-233917">100-moddasi </a>bilan tavsif qilinishi kerakligini eʼtiborga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892895" id="-2892895">13. Nosumga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq boʻlgan qasddan odam oʻldirish deb nomusga tegish yoki zoʻrlik ishlatib jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish yoki uni yashirish jarayonida, shuningdek, masalan bu jarayonda koʻrsatilgan qarshilik uchun oʻch olish maqsadida sodir etilgan qotillik tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892896" id="-2892896">Bunday hollarda bir-biridan alohida boʻlgan ikkita jinoyat sodir etilishini nazarda olib, sodir etilgan harakatlarni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233899">“z” bandi </a>va <a href="/acts/-111453#-240507">118-moddasi </a>bilan tavsif qilish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892899" id="-2892899">14. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233900">“i” bandi </a>bilan oʻzi va boshqa shaxsning qanday boʻlmasin moddiy manfaatdor boʻlishiga (pul, buyum, mulk, mulkiy huquq, uy-joyga egalik qilish huquqi) yoki moddiy javobgarlikdan qutulishiga (qarz, nafaqa toʻlash va h.k.), shuningdek, boshqa gʻaraz maqsadlarga erishish istagi bilan sodir etilgan qasddan odam oʻldirish harakatlari tavsif qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892905" id="-2892905">Agarda bosqinchilik jarayonida qasddan odam oʻldirilsa, sodir etilgan jinoiy harakatni qayd etilgan jinoyatlar yigʻindisi bilan tavsif qilmoq darkor, chunki 97-modda 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233900">“i” bandi </a>bosqinchilikni oʻz ichiga qamrab olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892910" id="-2892910">Aybdorning harakatlarini<a href="/acts/-111453#-233900"> “i” bandi </a>bilan tavsif qilishda sudlar, odam oʻldirish jinoyati faqat qanday boʻlmasin moddiy manfaatga ega boʻlish niyati aybdorda jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishdan oldin yuzaga kelgan hollardagina gʻaraz maqsadda sodir etilgan deb tanilishini eʼtiborga olishlari kerak. Agarda bunday niyat odam oʻldirilgandan soʻng paydo boʻlgan boʻlsa, uning harakatlarini tegishlicha odam oʻldirish va oʻgʻirlik deb tavsif qilish lozim boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892916" id="-2892916">15. Aybdorning atrofdagilarga oʻzini qarshi qoʻyish, ularga iltifotsizligini namoyish etish istagi bilan jamoat tartibini oshkora mensimagan holda jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilish, jamoat tartibini va axloq qoidalarini qoʻpol ravishda buzish orqasida qasddan odam oʻldirish harakatlarini <a href="/acts/-111453#-233902">“l” bandi </a>bilan tavsif qilish kerak. Tashqaridan qaraganda bezorilik tuygʻulari bilan odam oʻldirish koʻpincha sababsiz yoki odam oʻldirishga arzimas bahonani sabab qilib sodir etiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2903191" id="edi-2903191"><a href="/acts/-2892369?ONDATE=20.12.1996 00#-2892928">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2903191" id="-2903191">(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli <a href="/acts/-2507732?ONDATE=14.06.2002 00#-2508005">qaroriga </a>asosan chiqarilgan) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892930" id="-2892930">Rashk orqali, oʻch olish maqsadida va boshqa shaxsiy munosabatlar zamirida yuzaga kelgan qasddan odam oʻldirish, ularning qayerda sodir etilishidan qatʼiy nazar <a href="/acts/-111453#-233902">“l” bandi </a>bilan tavsif qilinmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892931" id="-2892931">16. Boshqa biror jinoyatni yashirish yoki sodir etilishini osonlashtirish maqsadida odam oʻldirish alohida jinoyat sifatida tavsif qilinishi lozim. Masalan, bosqinchilik jinoyatini sodir etishni osonlashtirish yoki yashirish maqsadida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining<a href="/acts/-111453#-233905"> “o” bandi </a>va <a href="/acts/-111453#-262685">164-moddasi </a>bilan tavsiflanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892932" id="-2892932">17. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233906">“p” bandi </a>dispozitsiyasida koʻrsatilgan uyushgan guruh deb uning barqarorligini, unda tashkilotchining boʻlishini, odatda, bir necha jinoyatni sodir etish maqsadida tuzilganligini, jinoyatni amalga oshirish rejasi va yoʻl-yoʻrigʻi ishlanganligini, har bir ishtirokchi oʻrtasida vazifalar taqsimlanganligini, texnika bilan taʼminlanganligini, jinoyatni yashirish choralari koʻrilganligini, umumiy intizomga va jinoiy guruh tashkilotchisining koʻrsatmalariga itoat qilinishi va h.k. tushunmoq lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892970" id="-2892970">18. Xavfli retsidivist deb shaxs tergov organi tomonidan u ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida qarorda tanilishi tushuntirilsin. Bunda Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-179972">34-moddasi </a>talabidan kelib chiqqan holda ilgari hukm qilingan jinoyatiga oʻxshash jinoyat sodir etgan, Jinoyat kodeksida alohida koʻrsatilgan hollarda esa <a href="/acts/-111453#-202233">maxsus qismning </a>boshqa moddalari bilan ham hukm qilingan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi tushunilishi taʼkidlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892971" id="-2892971">Agarda aybdordan muqaddam sodir etgan qasddan odam oʻldirganligi uchun sudlanganligi amnistiya yoki afv etish yoʻli bilan olib tashlansa, yoxud qonunda belgilangan tartibda bekor qilinsa yoki olib tashlansa, shuningdek odam oʻldirish jinoyatini sodir etgan vaqtga kelib Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-195690">78-moddasida</a> koʻrsatilgan muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish muhlatlari oʻtgan boʻlsa, odam oʻldirish <a href="/acts/-111453#-233907">“r” bandi </a>bilan, yaʼni xavfli retsidivist belgisi bilan tavsif qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892972" id="-2892972">19. Jinoyat kodeksi 97-moddasi <a href="/acts/-111453#-233855">2-qismining </a>ikki yoki undan ortiq bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan qasddan odam oʻldirish harakatlari shu holatlarni koʻzda tutgan barcha bandlar bilan tavsif qilinishi lozim. Bunday holatlarda jazo har bir band boʻyicha alohida tayinlanmasligi kerak, ammo jazo tayinlashda aybni ogʻirlashtiradigan bir necha holatlar borligi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892973" id="-2892973">20. Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining <a href="/acts/-111453#-233858">“a”</a>, <a href="/acts/-111453#-233859">“b”</a>, <a href="/acts/-111453#-233896">“d”</a>, <a href="/acts/-111453#-233907">“r”</a>, <a href="/acts/-111453#-233908">“s” bandlarida </a>koʻrsatilgan holatlarda, toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida odam oʻldirish, shuningdek, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib odam oʻldirish, javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda odam oʻldirish deb tavsif qilinmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892974" id="-2892974">21. Aybdorning hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqib sodir etgan qasddan odam oʻldirish harakatlari qasddan odam oʻldirish uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddalar va Jinoyat kodeksi <a href="/acts/-111453#-266285">206-moddasining </a>tegishli qismlari bilan tavsif qilinishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892975" id="-2892975">22. Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan shaxs tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlari bilan bogʻliq holda qasddan odam oʻldirishini, Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-266633">220-modda </a>dispozitsiyasi jabrlanuvchini hayotidan mahrum etishni oʻz ichiga qamrab olmasligi sababli, <a href="/acts/-111453">Jinoyat kodeksining </a>qasddan odam oʻldirish va ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqargan harakatlari uchun javobgarlikni koʻzda tutuvchi moddalari bilan tavsif qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892976" id="-2892976">23. Sudlarning eʼtibori qasddan odam oʻldirishda aybdor boʻlgan shaxslarga jazo tayinlashda alohida yondoshish tartibiga qattiq rioya qilishga qaratilsin. Shu bilan birgalikda sudlar oʻlim jazosi favqulotda jazo chorasi ekanligini va aybni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish uchun ham qonun uni tadbiq etishga yoʻl qoʻyishini, ammo bu jazoni albatta qoʻllashlikni talab etmasligini inobatga olishlari lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2903192" id="-2903192"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2903193" id="-2903193">24. Qasddan odam oʻldirish toʻgʻrisidagi jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudlarida koʻrilishi ustidan apellatsiya, kassatsiya va nazorat bosqichi sudlari tegishli nazoratni taʼminlashlari, qabul qilingan hukmlarning qonuniyligini va asoslantirilganligini sinchiklab tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etishlari zarur.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2903194" id="-2903194">(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli <a href="/acts/-2507732?ONDATE=14.06.2002 00#-2508006">qarori </a>tahririda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2892978" id="-2892978">25. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “<a href="/acts/-2638720">Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida</a>”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2892979" id="-2892979">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi U. MINGBOYEV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2892980" id="-2892980">Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. MUHAMMADIYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2892981" id="-2892981">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2892982" id="-2892982">1996-yil 20-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2892983" id="-2892983">40-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
