1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 29-dekabrda 1806-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 28-avgustdagi 249-son “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-dekabr,
107-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 21-dekabrdagi 107-son buyrugʻiga ILOVA
Sugʻurtalovchilar va qayta sugʻurtalovchilarning toʻlov qobiliyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori, eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish bundan mustasno, sugʻurta zaxiralari va oʻz mablagʻlari manbalari summasining 20 foizidan oshmasligi shart. Eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish yuzasidan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori sugʻurta zaxiralari va oʻz mablagʻlari manbalari summasining 15 foizidan oshmasligi shart.”.
“Umumiy sugʻurta sohasida yoki faqat qayta sugʻurta qilish faoliyatini amalga oshiradigan sugʻurtalovchilar uchun sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) majburiyatlari jamining miqdori oʻz mablagʻlari manbalari summasining 200 foizidan oshmasligi shart. Bunda eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha alohida hisoblangan sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) majburiyatlari jamining miqdori oʻz mablagʻlari manbalari summasining 150 foizidan oshmasligi shart.”.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining eng koʻp miqdori, eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish bundan mustasno
”;
quyidagi mazmundagi 11-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
11.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish yuzasidan alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining eng koʻp miqdori
”;
2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
2.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) beshta eng yirik alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining eng koʻp miqdori
”;
quyidagi mazmundagi 21-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
21.
Sugʻurtalovchining (qayta sugʻurtalovchining) eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta qilish yuzasidan beshta eng yirik alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarining eng koʻp miqdori
”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 52-son, 650-modda)