1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.03.00 Banklar jamgʻarmalari va zaxiralari. Kapitallashtirish]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyulda 2693-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-oktabrdagi 21/6-sonli “Banklar kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3697, 28.10.2025-y.) asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ–2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 13-iyun,
14/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 13-iyundagi 14/3–son qaroriga ILOVA
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
nizom
Mazkur Nizom tijorat banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom talablari tijorat banklari kapitalining monandligini aniqlashga nisbatan tatbiq qilinadi.
2. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bank talablari — bank oldidagi barcha majburiyatlar;
kapital zaxiralar — soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan soʻng sof foyda yoki avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan zaxiralar. Ulardan bank faoliyatida vujudga keladigan har qanday zararlarni ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalanilishi mumkin;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — bank faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-8, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son)
maxsus zaxiralar — “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” sifatida tasniflangan aktivlar boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxiralar;
nomoddiy aktivlar — moddiy-ashyoviy koʻrinishga ega boʻlmagan, bir yildan ortiq foydali xizmat muddatiga ega boʻlgan va bank xizmatlarini koʻrsatishda yoki maʼmuriy maqsadlarda foydalaniladigan nomonetar, identifikatsiyalanadigan aktivlardir (dasturiy taʼminot, foydalanish huquqi, marketing va texnik maʼlumotlari, gudvill, muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari va boshqalar);
gudvill — xaridor tomonidan bank sotib olinishida uning sof aktivlari (barcha aktivlarning bozor bahosi va barcha majburiyatlarning bozor bahosi oʻrtasidagi farq) qiymatidan ortiq toʻlanadigan summa;
leveraj — bank jami aktivlarining kapital bilan taʼminlanganlik darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkich;
regulyativ kapital — bank faoliyatini tartibga solish va prudensial normativlar hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida hisob-kitob qilish yoʻli bilan aniqlanadigan bank kapitali;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-6, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son)
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
muddati uzaytirilgan soliq majburiyatlari — kelgusida toʻlanishi lozim boʻlgan soliqqa tortish davridagi farqiga taalluqli boʻlgan daromad soligʻi summasi;
muddati uzaytirilgan soliq talablari — kelgusida toʻlanadigan daromad soligʻi summasi;
kreditning qayta hisoblash omili — bu balansdan tashqari aktivlarni tavakkalchilik darajasini hisoblashda ularga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyent (foiz).
21. Mamlakat, bank yoki korxona “Standard & Poor`s”, “Fitch Ratings”, “Moody`s Investors Service” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining bir nechtasi tomonidan berilgan reyting baholariga ega boʻlganda, ushbu nizom hisob-kitoblarida eng past reyting bahosi hisobga olinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
2–bob. Kapitalning eng kam darajasiga qoʻyiladigan talablar
3. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori:
2023-yil 1-sentabrga qadar yuz milliard soʻmni;
2023-yil 1-sentabrdan eʼtiboran ikki yuz milliard soʻmni;
2024-yil 1-apreldan eʼtiboran uch yuz ellik milliard soʻmni;
2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran besh yuz milliard soʻmni tashkil etishi kerak.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 6-iyundagi 14/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-11, 18.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son)
4. Bank I darajali kapitalining miqdori bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi lozim. Bunda bank I darajali kapitalining miqdorini aniqlash uchun bank ustav kapitalining milliy valyutadagi ekvivalenti Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hisobot oyining oxirgi kuniga valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish maqsadida belgilangan valyutalar kursi boʻyicha aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 23-sentabrdagi 26/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-2 23.10.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2693-2/0167-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi hollarda banklarga nisbatan regulyativ kapital miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi talablarni qoʻyishga haqli:
xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan qoniqarsiz moliyaviy holat;
bank foydasining qoniqarsiz prognozi;
yuqori darajadagi bank tavakkalchiligi va balansdan tashqari moddalar mavjudligi holatlari aniqlanganda.
6. Har bir bankning regulyativ kapitali uning monandligini aniqlash maqsadida mazkur Nizom talablariga muvofiq hisoblab chiqilishi lozim.
3-bob. Kapital tarkibi
7. Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yigʻindisidan iborat.
8. Regulyativ kapital tarkibiga xavfsiz boʻlmagan va nosogʻlom bank faoliyatining yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin boʻlgan shartlar (tashkil qilinadigan jamgʻarmalar/zaxiralardan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish, qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari va boshqalar) bilan cheklangan kapital elementlari kiritilishi mumkin emas.
9. I darajali kapital regulyativ kapitalning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim. II darajali kapital miqdori I darajali kapital miqdorining 100 foizidan oshib ketsa, oshgan summa regulyativ kapital tarkibiga kiritilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
10. I darajali kapital I darajali asosiy kapital va I darajali qoʻshimcha kapitalni oʻz ichiga oladi.
11. I darajali asosiy kapital bank regulyativ kapitalining 60 foizidan kam boʻlmasligi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi zarur:
a) bankning toʻliq toʻlangan oddiy aksiyalari yoki bank aksiyadorlik jamiyatidan boshqa shaklda tashkil etilganda oddiy aksiyaga tenglashtirilgan vositalar. Bunday aksiyalar yoki vositalar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
bank tugatilganda ular boʻyicha talablar bankning barcha talablaridan (depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari, subordinar qarz, imtiyozli aksiyalar va boshqalar) soʻng qondirilishi;
egalari bank tugatilganda barcha talablar qondirilgandan soʻng bank ixtiyorida qoladigan aktivlarning oʻzlariga tegishli ulushga muvofiq qismini olish huquqiga ega boʻlishi;
muddatsiz va bankni tugatilishidan boshqa holatlarda toʻlab berilmasligi, bundan qonunchilik hujjatlarida belgilangan qayta sotib olish holatlari mustasno;
(11-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
chiqarilishida bank uni qayta sotib olish yoki bekor qilish boʻyicha harakat qilmasligi hamda qonuniy va shartnomaviy talablar bunday holatni keltirib chiqarish xususiyatlariga ega boʻlmasligi;
emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va taʼminlanmagan, shuningdek bank tugatilgan taqdirda hech qanday shartnoma bilan uning toʻlash navbati (subordinatsiyasi) oʻzgartirilmagan boʻlishi;
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
b) qoʻshilgan kapital — oddiy aksiyalarni birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori toʻlangan summa;
v) taqsimlanmagan foyda (zarar):
(11-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
bank balansidagi avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan shakllangan kapital zaxiralar va boshqa zaxiralar (tekinga olingan mulklar (30905) va asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi (30908) bundan mustasno);
(11-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
toʻlanmagan dividend summasidan tashqari oʻtgan yillardan qolgan taqsimlanmagan foyda;
oʻtgan yillardagi qoplanmagan zararlar va joriy yil zararlari;
(11-bandning “v” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
g) ozchilik ulush egalarining bank yigʻma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari. Bu ulush shuʼba korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. Bunda ushbu ulushlar mazkur bandning “a” kichik bandi ikkinchi-oltinchi xatboshilarida belgilangan talablarga javob berishi lozim;
(11-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
d) devalvatsiya zaxirasi. Bu zaxira sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning oʻz majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablagʻlardan shakllanadi.
(11-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
12. I darajali qoʻshimcha kapital oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
a) mazkur Nizom 12-1-bandida belgilangan talablarga javob beruvchi toʻliq toʻlangan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalari;
b) qoʻshilgan kapital — nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalarini birinchi marta joylashtirilishida ularning nominal narxidan yuqori toʻlangan summa;
v) I darajali qoʻshimcha kapitalga qoʻshilish shartlariga javob beruvchi shuʼba korxonalari tomonidan chiqarilgan va uchinchi shaxslar ixtiyorida boʻlgan kapitalga tenglashtirilgan vositalar, shuningdek mazkur Nizomning 11-bandi “g” kichik bandiga kiritilmagan ozchilik ulush egalarining bank yigʻma balansiga birlashadigan korxonalardagi ulushlari.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
12-1. I darajali qoʻshimcha kapitalga kiritilgan toʻliq toʻlangan nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalari quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim:
muayyan sotib olish sanasi yoki shartlariga ega boʻlmasligi;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari, kreditorlari va subordinar qarzlar boʻyicha talablari bajarilgandan soʻng qondirilishi;
emitent yoki unga aloqador shaxslar tomonidan kafolatlanmagan va taʼminlanmagan boʻlishi;
ular chiqarilgan sanadan kamida besh yildan soʻng emitent tashabbusi bilan qaytarib sotib olinishi mumkinligi, bunda Markaziy bankning eʼtirozi mavjud boʻlmasligi, shuningdek oʻxshash turdagi muddatsiz imtiyozli aksiyalar va (yoki) boshqa nokumulyativ muddatsiz kapital vositalariga yoxud boshqa ulardan yuqoriroq turiga almashtirilishi yoki qaytarib sotib olinishi natijasida bank I darajali kapitalining monandlik koeffitsiyenti mazkur Nizom talablariga muvofiq oʻrnatilgan minimal talabdan kamida ikki foiz bandga yuqori boʻlishi;
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq ularga doir dividendlar (foizlar) toʻlanmasligi mumkinligi;
ular boʻyicha toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar (foizlar) jamgʻarib borilmasligi va keyinchalik toʻlanmasligi;
ular boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlanmaganligi bank tomonidan majburiyatlarning bajarilmasligi (toʻlovga qobiliyatsizlik) holati deb baholanmasligi;
ular boʻyicha toʻlanmagan dividendlar (foizlar) hisobidan shakllangan mablagʻlardan bank hech qanday cheklovlarsiz foydalanish huquqiga egaligi;
ular boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlanmasligi bank uchun hech qanday cheklovlarni keltirib chiqarmasligi;
ular boʻyicha dividendlar (foizlar) miqdorlari (stavkalari) bankning moliyaviy holati va (yoki) kredit reytingi oʻzgarishi natijasida oʻzgarmasligi;
bank ular qaytarib sotib olinishiga oid shartlarni shakllantirmasligi, shu jumladan shartnoma shartlariga bunday shartlarni kiritilmasligi;
bank toʻlovga qobiliyatsizlikka uchraganini baholashda bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketish holatiga olib kelmasligi;
buxgalteriya hisobi maqsadlarida majburiyat sifatida tasniflangan kapital vositalari bank I darajali asosiy kapitalining monandlik koeffitsiyentini kamida mazkur nizomga muvofiq talabdan (kapitalning konservatsiya buferi hisobga olinmagan holda) bir foiz bandga balandroq darajaga yetkazish maqsadida bankning oddiy aksiyalariga toʻliq miqdorda yoki qisman konvertatsiya qilinishi va (yoki) hisobdan chiqarilishi;
bankni qayta kapitallashtirishga toʻsqinlik qiluvchi shartlar, shu jumladan kelgusida ushbu kapital vositalari avvalgilariga nisbatan pastroq narxda chiqarilganda avval joylashtirilgan kapital vositalariga egalik qiluvchi shaxslarga kompensatsiya toʻlanishini nazarda tutuvchi shartlarning mavjud emasligi.
(12-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) asosan 13-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 23-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son)
14. II darajali kapital quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) joriy yildagi sof foydasi;
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
b) chegirmalardan soʻng tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizidan yuqori boʻlmagan miqdordagi standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar;
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 19-noyabrdagi 27/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-8, 10.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son)
v) chegirmalardan soʻng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali xususiyatlariga ega boʻlgan vositalar). Aralash turdagi majburiyatlar, shuningdek I darajali kapitalga kiritilmagan imtiyozli aksiyalar, agar ular quyidagi shartlarga javob bersa, II darajali kapitalga kiritiladi:
toʻliq toʻlangan;
garov bilan taʼminlanmagan;
bank tugatilganda ularga doir talablar bank depozitorlari va bank boshqa kreditorlari talablari bajarilgandan soʻng qondiriladigan;
aksiya egasining tashabbusi bilan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan berilgan roziligisiz toʻlanishi mumkin boʻlmagan;
bankning barcha zaxiralarini qoplashi va bankni toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilish huquqini bermaydigan;
agar bank oxirgi 3 ta chorak mobaynida foyda olmagan boʻlsa yoxud oddiy yoki imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar (foizlar) toʻlamaslik toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda ushbu majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar)ni toʻlash muddati emitent xohishiga koʻra kechiktirilishi mumkin boʻlgan aksiyalar;
g) subordinar qarz — bu bankning qarz majburiyatlari shakli boʻlib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan soʻng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmasligi kerak. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim:
yuridik shaxslardan jalb qilingan boʻlishi;
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
garov taʼminotiga ega boʻlmasligi;
bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar boʻyicha talablar depozitorlar va bankning boshqa kreditorlari talablari qondirilganidan soʻng amalga oshirilishi;
boshlangʻich toʻlov muddati 5 yildan keyin boʻlishi;
qarzdor bank yoki unga aloqador shaxslar tomonidan boshqa aktivlarga kafolat va taʼminot sifatida qoʻyilmagan, shuningdek bank tugatilgan taqdirda hech qanday shartnoma bilan uning toʻlash navbati (subordinatsiyasi) oʻzgartirilmagan, yaʼni bank depozitorlari va kreditorlari talablariga tenglashtirilmagan boʻlishi;
muddatidan avval Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan qaytarilishi.
Subordinar qarzni bankning II darajali kapitali sifatida tan olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
boshlangʻich toʻlov muddati yetib kelgunga qadar 5 yildan oshgan muddatda — toʻliq hajmda;
boshlangʻich toʻlov muddatidan oldingi 5 yil davomida:
1-yilda — subordinar qarz qoldigʻining 80 foizi;
2-yilda — subordinar qarz qoldigʻining 60 foizi;
3-yilda — subordinar qarz qoldigʻining 40 foizi;
4-yilda — subordinar qarz qoldigʻining 20 foizi;
5-yilda — 0.
(14-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
d) aktivlarning boshlangʻich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasining 45 foizi miqdori.
15. Kapitaldan chegirmalar kapital monandligi koeffitsiyentlari hisoblangunga qadar I darajali kapitaldan chegiriladi.
16. I darajali asosiy kapitaldan quyidagilar chegiriladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
nomoddiy aktivlar, bundan bankning dasturiy taʼminotlari mustasno;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
birlashmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlar kapitaliga barcha investitsiyalar summasi, shu jumladan bunday xoʻjalik yurituvchi subyektlar kapitalini tashkil qiluvchi qarz majburiyatlari. Bundan, qayta tiklanadigan (energiya tejovchi) energiya manbalarini, jumladan yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, quyosh panellari hamda kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirishni moliyalashtirish uchun 2023-yilning 1-dekabriga qadar qilingan investitsiyalar mustasno;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 2-martdagi 4/12-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-9, 17.03.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2023-y., 10/23/2693-9/0155-son)
boshqa banklarning kapitaliga qilingan investitsiyalar.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
4-bob. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
18. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar summasi har bir aktivning jami qiymatini unga tegishli boʻlgan tavakkalchilik darajasiga koʻpaytirish va tavakkalchilik boʻyicha aniqlangan aktivlar yigʻindisi orqali topiladi.
Bunda, aktivning jami qiymati deganda — aktivning bank balansida aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining ular boʻyicha yaratilgan zaxira ayrilgan miqdori tushuniladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
181. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlar hisob-kitobi mazkur Nizomning 1 — 6-ilovalarida belgilangan tavakkalchilik darajalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlarning yillik foiz stavkasidan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida amalga oshiriladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-12, 27.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son — 2024-yil 29-martdan kuchga kiradi)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(241-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(242-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
5-bob. Balansdan tashqari vositalar
25. Tavakkalchilik darajasi hisobga olingan aktivlar summasi hisob-kitob qilinganda, balansdan tashqari barcha moddalar hisobga olinadi, ichki bozorda tuzilgan xosilaviy (derevativ) vositalar (forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bundan mustasno.
26. Balansdan tashqari moddalarning tavakkalchilik toifasi balansdan tashqari moddaning toʻlanmagan qoldigʻi kreditni hisoblash omiliga koʻpaytiriladi va olingan natija balansdan tashqari moddaning balans ekvivalenti boʻlib, unga balans hisob raqamlari qoidalariga muvofiq tegishli tavakkalchilik darajasi belgilanadi.
Agar balansdan tashqari modda yoki uning qismi mazkur Nizomning 4-bobida nazarda tutilgan tartibda kafolatlangan yoki garov bilan taʼminlangan boʻlsa, tavakkalchilik darajasini belgilash kontrpartnyorga emas, balki kafolatchi turi va kafolat tavsifiga bogʻliq boʻladi. Past tavakkalchilik omili balansdan tashqari moddaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun maqbul garov yoki kafolat bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan maʼlum bir qismiga qoʻllanishi mumkin.
27. 100 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari moddalarga quyidagilar kiradi:
nomidan kafolatlar yoki zaxira akkreditivi berilgan bank mijozi bitim va boshqa majburiyatlarga muvofiq holda uchinchi tomon majburiyatlarni qoplashga layoqatsiz boʻlsa, bankning uchinchi tomonga toʻlovlar toʻgʻrisidagi yuridik jihatdan chaqirib olinmaydigan majburiyatlarini oʻzida aks etgan bevosita kredit oʻrnini bosuvchilar, jumladan, umumiy kafolatlar, zaxira akkreditivlari va boshqa shunga oʻxshash bitimlar;
qayta sotib olish haqidagi kelishuv yoki belgilangan shartlarda aktivlarni bankka qaytarish haqidagi kelishuvga muvofiq sotilgan aktivlar;
aktivlarni kelajakda maʼlum bir muddatga sotib olish majburiyati.
28. 50 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qoʻllanadigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:
bitim kafolatlari yoki muayyan bitimga nisbatan akkreditivlar singari bitimlar bilan bogʻliq majburiyatlar. Bu majburiyatlar, agar uning nomidan majburiyatlar chiqarilgan bank mijozi nomoliyaviy tijorat majburiyatlarini amalga oshira olmagan boʻlsa, bankning uchinchi shaxsga kompensatsiya toʻlash boʻyicha chaqirib olinmaydigan majburiyatlari hisoblanadi;
boshlangʻich toʻlov muddati bir yildan ortiq boʻlgan kredit liniyasi yoki shunga oʻxshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
29. 20 foizli kreditni (aktivni) hisoblash omili qoʻllaniladigan balansdan tashqari moddalar quyidagilardan iborat:
tovarlarni yetkazib berish bilan taʼminlangan hujjatli akkreditiv singari savdo bilan bogʻliq qisqa muddatli yoki oʻzini-oʻzi tugatuvchi majburiyatlar;
boshlangʻich toʻlov muddati bir yil va undan kam boʻlgan kredit liniyasi yoki shunga oʻxshash kelishuv singari kredit berishga doir majburiyatlarning ishlatilmagan qismi.
6-bob. Hosilaviy (derevativ) vositalar
30. Bank tomonidan forvard kelishuvlari, svoplar, opsionlar va shunga oʻxshash hosilaviy shartnomalar amalga oshirilganda, u bitimlar toʻliq nominal qiymatida kredit tavakkalchiligiga uchramaydi. Shartnoma majburiyatlari kontragent tomonidan bajarilmaganligi, bank uchun pul oqimini almashtirishning potensial qiymati tavakkalchilik hisoblanadi.
31. Hosilaviy (derevativ) vositaning balans ekvivalenti hisoblash omilini har bir vositaning nominal qiymatiga koʻpaytirish orqali quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi.
Toʻlov muddatlari
Hosilaviy vositalar (%)
Foiz stavkasi asoslangan
Valyuta almashuv kurslariga asoslangan
Bir yilgacha
0,5
2,0
Bir yildan ikki yilgacha
1,0
5,0 (masalan 2+3)
Keyingi yil uchun
1,0
3,0
Hisoblash omili miqdori vosita tavsifi va barcha vositalar boʻyicha qolgan qoplash muddatiga bogʻliq, boshlangʻich qoplash muddati qoʻllaniladigan valyutaviy shartnomalar va oltin bundan mustasno. Yuqoridagi usul boʻyicha hisoblangan ekvivalentlarga qarzdor turi, kafolat tabiati va taʼminotiga qarab balans vositalari singari tavakkalchilik qoʻllaniladi.
7-bob. Kapitalning monandligining hisoblanishi
32. Tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasi (TAUS) chegirmalar ajratilgan holda tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
33. 2015-yil 1-sentabridan boshlab tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy miqdori (TAUS) quyidagi tarzda hisoblanadi:
TAUS = Chegirmalar chiqarilgan tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi balans va balansdan tashqari aktivlar summasi + Operatsion tavakkalchiliklar summasi (OT) + Bozor tavakkalchiliklari summasi (BT);
OT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Bankning oxirgi uch yildagi yalpi daromadining oʻrtacha summasi X 15 foiz);
Yalpi daromad = (foizli daromadlar — foizli xarajatlar) + (foizsiz daromadlar — foizsiz xarajatlar).
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Agar yalpi daromad qaysidir yilda nolga teng yoki salbiy koʻrinishda boʻlganda, oʻrtacha koʻrsatkichni hisoblashda u maxrajdan va suratdan chiqarib tashlanishi lozim.
BT = (100 / belgilangan K1 ning eng kichik darajasi) X (Ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori X 10 foiz).
Ochiq valyuta pozitsiyalarining umumiy summasini hisoblashda xorijiy valyutalarning umumiy uzun yoki umumiy qisqa koʻrsatkichlari yigʻindisining mutloq koʻrsatkichining eng kattasi olinadi.
34. Regulyativ kapitalning tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning umumiy summasiga nisbati 13 foizdan kam boʻlmasligi kerak. Regulyativ kapitalning monandlik koeffitsiyenti K1 quyidagi tarzda hisoblanadi:
K1 = RK / TAUS.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
35. I darajali kapitalning monandlik koeffitsiyenti K2 = I darajali kapital/TAUS sifatida aniqlanadi.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi barcha aktivlarning 3,0 foizi sifatli I darajali kapital boʻlishini hisobga olgan holda K2 koeffitsiyenti 0,10 (10,0 foiz) miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
Kapitalning konservatsiya buferi tavakkalchilikni hisobga olgan holdagi aktivlarning 3,0 foizi miqdoridagi qoʻshimcha zaxiradan iborat. Bunday zaxiradan maqsad banklar tomonidan moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik davrlarida zararlarni qoplash uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan kapital zaxirasining taʼminlanishini kafolatlash hisoblanadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
36. I darajali asosiy kapitalning monandlik koeffitsiyenti K3 = I darajali asosiy kapital/TAUS sifatida aniqlanib, uning eng kichik darajasi 0,08 (8,0 foiz) miqdoridan kam boʻlmasligi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
38. Kapitalning monandlik darajasi talablari bilan bir qatorda banklar I darajali kapitalni nomoddiy aktivlarni chegirib tashlangan holda mazkur Nizomning 5 va 6-boblarda nazarda tutilgan aktivlar qoʻshilgan umumiy aktivlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan leveraj koeffitsiyentiga rioya etishlari kerak:
K4 = I darajali kapital / (Umumiy aktivlar + mazkur Nizomning 5 va 6-boblaridagi aktivlar — mazkur Nizomning 16-bandida keltirilgan aktivlar). Leveraj koeffitsiyentining eng kichik darajasi 0,06 (6 foiz)ga teng.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 31-martdagi 12/21-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-3, 25.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son — 2018-yil 27-maydan kuchga kiradi)
Leveraj koeffitsiyentini hisoblashda kelgusida balans aktivlarida aks etishi ehtimoli boʻlgan bank balansining “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi aktivlar ham hisobga olinadi. Bularga kapitalni monandligini hisoblashda qoʻllaniladigan aktivlar kiradi.
Balansdan tashqari aktivlar leverajning asosiy manbasi hisoblanadi. Shuning uchun banklar leveraj koeffitsiyentini hisoblashda yuqorida qayd etilgan balansdan tashqari aktivlarni, kreditning qayta hisoblash omilini (100 foiz) qoʻllagan holda, quyidagi ikki holatdan tashqari, hisoblashlari lozim:
xosilaviy (derevativ) operatsiyalar kapital monandligini hisoblashda foydalaniladigan “tavakkalchilikka dastlabki moyillik”ka muvofiq oʻtkazilishi;
bank har doim oʻzi tomonidan soʻzsiz bekor qiladigan barcha majburiyatlar uchun 10 foizlik kreditning qayta hisoblash omilini qoʻllashi lozim.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki banklardan ularning faoliyatiga xos tavakkalchilik, iqtisodiy shart-sharoit va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, kapital monandligining yanada yuqori koeffitsiyenti taʼminlanishini talab qilishi mumkin. Bunday tavakkalchiliklar muammoli kreditlarning katta hajmi, sof zararlar, aktivlarning yuqori darajada oʻsishi, foiz stavkalari boʻyicha yuqori darajali tavakkalchilikning yuzaga kelishi yoki tavakkalchilikka asosalangan faoliyatga jalb qilinish kabilarni oʻz ichiga oladi, biroq ular bilan cheklanib qolmaydi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
40. Bank moliyaviy yil natijalari boʻyicha va oraliq dividend toʻlanayotgan davr uchun moliyaviy hisobotning toʻgʻriligi haqida auditorlik xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda hamda kapitalni oshirishga ajratmalar amalga oshirilgandan soʻng aksiyadorlariga dividendlar toʻlanadi.
41. Dividendlar ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq tuzatishlar amalga oshirilgandan soʻng toʻlanishi mumkin.
Banklar quyidagi hollarda dividend toʻlash (eʼlon qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega emas:
dividendlar toʻlash paytida bank iqtisodiy nochorlik (toʻlovga qobiliyatsizlik) alomatlariga ega boʻlsa yoki koʻrsatilgan alomatlar bankda dividendlar toʻlash natijasida paydo boʻlsa;
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-maydagi 14/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3442, 09.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son)
bank sof aktivlari qiymati uning ustav va zaxira kapitali summasidan kam boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzish, shuningdek agar dividendlar toʻlash natijasida iqtisodiy normativlar buzilib, buning oqibatida omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga jiddiy xavf tugʻilishi mumkin boʻlsa;
bankka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining dividendlar toʻlashni toʻxtatish toʻgʻrisida talabi mavjud boʻlsa.
42. Bank Kengashi har yili bankning kredit va investitsiya siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va tasdiqlash chogʻida foydadan kapitalni oshirishga yoʻnaltiriladigan ajratmalar miqdorini eʼtiborga olishi lozim.
43. Kapitali mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan banklar quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi kapitalga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishlari kerak:
bank kapitalini monandlik darajasigacha koʻtarish uchun zarur boʻlgan strategiya va xatti-harakatlar;
rejaning amal qilish davri mobaynida belgilanadigan kapitalning cheklangan miqdorlari;
bankning faoliyatiga belgilangan cheklovlar taʼsiri ostida reja bilan qamrab olinadigan davr uchun tadbirlar rejasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki talablariga muvofiq boshqa axborot.
44. Chora-tadbirlar rejasi ijro muddatlari koʻrsatilgan holda, kapitalning monandligiga qoʻyiladigan talablarda nomuvofiqlik yuzaga kelgan va u bankning moliyaviy hisobotida aks ettirilgan paytdan boshlab 30 kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi kerak.
45. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qoʻllashga haqli.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-6, 25.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Bank aktivlarining bir qismi boʻyicha tavakkalchilik darajalari
T/r
Tavsifi
Tavakkalchilik darajasi
1.
Bankda va uning filiallarida naqd pul koʻrinishida saqlanayotgan milliy va chet el valyutasi (jumladan, bank omborlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki omborlarida saqlanayotgan tijorat banklariga tegishli oltin quymalar)
0%
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlar
0%
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankiga toʻgʻridan-toʻgʻri talablar va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan taʼminlangan qarz munosabatlarini tasdiqlovchi qimmatli qogʻozlar
0%
4.
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki va Yevropa Kengashining taraqqiyot bankiga nisbatan talablar, ularning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Shu bilan birga, mazkur tashkilotlar tomonidan tavakkalchiliklarni toʻliq qoplash majburiyati bilan ularning mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari qismi. Bunda:
taʼminotga qabul qilingan qimmatli qogʻozlar bank tasarrufida boʻlishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni toʻliq qoplash majburiyati toʻgʻridan-toʻgʻri va hech qanday shartlarsiz, yaʼni ularni qoʻllashni cheklovchi biron-bir qoʻshimcha shartlarni oʻzida qamrab olmagan boʻlishi kerak.
0%
5.
Taʼminotiga depozit qabul qilingan hamda taʼminot valyutasi oʻzaro mos boʻlgan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi. Bunda taʼminot uchun qabul qilingan depozit mazkur bankda shakllantirilgan boʻlishi, shuningdek mijoz shartnoma shartlarini oʻz vaqtida bajarmaganda bank depozitni hech qanday shartlarsiz ishlatishi mumkin ekanligi belgilab qoʻyilishi lozim.
0%
51.
Qayta tiklanadigan (energiya tejovchi) energiya manbalarini, jumladan yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, quyosh panellari hamda kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga 2023-yilning 1-dekabriga qadar ajratilgan kreditlar
0%
6.
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 16-bandida keltirilgan aktivlar
0%
7.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakillik va zaxira hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi mablagʻlar
20%
8.
Joriy bozor qiymatida baholangan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan emissiya qilingan yoki kafolatlangan qimmatli qogʻozlar koʻrinishidagi garov bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Bunda:
taʼminotga qabul qilingan qimmatli qogʻozlar bank tasarrufida boʻlishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni toʻliq qoplash majburiyati toʻgʻridan-toʻgʻri va hech qanday shartlarsiz, yaʼni ularni qoʻllashni cheklovchi biron-bir qoʻshimcha shartlarni oʻzida qamrab olmagan boʻlishi kerak.
0%
9.
Oʻtkazish jarayonidagi pul hujjatlari (jumladan, yoʻldagi naqd pullar)
20%
10.
Taʼminotiga depozit qabul qilingan hamda taʼminot valyutasi oʻzaro mos boʻlmagan aktivlarning yoki balansdan tashqari moddalarning qismi. Bunda taʼminot uchun qabul qilingan depozit mazkur bankda shakllantirilgan boʻlishi, shuningdek mijoz shartnoma shartlarini oʻz vaqtida bajarmaganda bank depozitni hech qanday shartlarsiz ishlatishi mumkin ekanligi belgilab qoʻyilishi lozim.
20%
101.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari tomonidan chiqarilgan korporativ obligatsiyalar
20%
102.
2024-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-iyunga qadar doimiy daromadga ega boʻlgan, shuningdek kamida olti oy davomida bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyalashtirish faoliyati doirasida koʻrsatilgan xizmatlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno
75%
103.
2024-yil 1-apreldan boshlab 2025-yil 1-iyunga qadar doimiy daromadga ega boʻlgan, shuningdek kamida olti oy davomida bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga va kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyalashtirish faoliyati doirasida xizmatlar koʻrsatish maqsadida banklar tomonidan mikromoliya tashkilotlariga ajratilgan kreditlar
75%
104.
2025-yil 1-iyundan boshlab doimiy daromadga ega boʻlgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan hamda qarz yuki koʻrsatkichi 50 foiz va undan past boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ajratilgan 300 million soʻm va undan kam miqdordagi kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno.
Bunda:
doimiy daromadga ega boʻlgan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlgan hamda qarz yuki koʻrsatkichi 50 foiz va undan past boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga ajratilgan 300 million soʻmdan oshadigan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar doimiy daromadga ega boʻlmagan yoki kamida oxirgi uzluksiz olti oy davomida har oy bank hisobvaragʻida, shu jumladan bank kartasida mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlmagan yoki qarz yuki koʻrsatkichi 50 foizdan oshgan boʻlsa yoxud mazkur koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmagan boʻlsa, mazkur qarz oluvchilarga ajratilgan kreditlar ushbu ilovaning 13-2-pozitsiyasiga muvofiq tavakkalchilikka tortiladi.
75%
105.
2025-yil 1-iyundan boshlab kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan oshmagan, biroq eng koʻpi bilan 15 mlrd. soʻmgacha kreditlar, bundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar mustasno.
Bunda, kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan jami qoldiq summasi bank regulyativ kapitalining 0,2 foizidan yoki 15 mlrd. soʻmdan oshgan kreditlar yillik foiz stavkasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan tavakkalchilik darajalari asosida tavakkalchilikka tortiladi.
75%
11.
Bankning asosiy vositalari va boshqa xususiy mulklari
100%
12.
Dastlabki garov huquqi bankka tegishli boʻlmagan kreditlar
100%
13.
Milliy valyutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar
100%
131.
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxsning qarz yuki koʻrsatkichi 60 foiz (ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foiz) va undan past holda jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va taʼlim dasturlari asosida ajratilgan kreditlar mustasno
100%
132.
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxsning qarz yuki koʻrsatkichi 60 foizdan (ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foiz) yuqori boʻlgan holda yoki ushbu koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmagan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar (mikroqarzlar), bundan jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan va ipoteka kreditlari hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va taʼlim dasturlari asosida ajratilgan kreditlar mustasno
150%
14.
Qarzini toʻliq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan koʻchmas mulk
150%
15.
Ikki yildan koʻp boʻlgan muddatda foydalanilmayotgan bankning koʻchmas mulklari
150%
16.
Sifati “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar (mazkur ilovaning boshqa pozitsiyalaridagi shartlarni bajarishidan qatʼiy nazar)
200%
17.
Boshqa barcha aktivlar, bundan Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 2 — 6-ilovalarida koʻrsatilgan hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqib tavakkalchilikka tortilgan aktivlar mustasno
100%
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 1-apreldagi 7/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-13, 21.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 23-may)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Kontragentlarning reyting baholari asosida tavakkalchilik darajalari*
T/r
Tavsifi
Reyting baholari asosida tavakkalchilik darajasi boʻyicha ajratilgan guruhlar
“Standard & Poorʼs” va “Fitch Ratings” reyting kompaniyalarining reyting baholari**
AAA dan AA-gacha
A+ dan A-gacha
VVV+ dan VVV-gacha
VV+ dan V-gacha
V-dan past
Reyting baholariga ega emas
“Moodyʼs Investors Service” reyting kompaniyasining reyting baholari**
Aaa dan Aa3 gacha
A1 dan A3 gacha
Baa1 dan Baa3 gacha
Ba1 dan B3 gacha
B3 dan past
Reyting baholariga ega emas
1.
Xorijiy davlatlarning hukumatlari va Markaziy banklariga nisbatan talablar, ularning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Bunda:
taʼminotga qabul qilingan qimmatli qogʻozlar bank tasarrufida boʻlishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar toʻgʻridan-toʻgʻri va hech qanday shartlarsiz, yaʼni ularni qoʻllashni cheklovchi biron-bir qoʻshimcha shartlarni oʻzida qamrab olmagan boʻlishi kerak.
0%
20%
50%
100%
150%
100%
2.
Xorijiy mamlakatlardagi davlat sektori tashkilotlari (Hukumat va Markaziy bankdan tashqari)ga nisbatan talablar, ularning qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, shuningdek ular tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlar bilan taʼminlangan yoki kafolatlangan bank aktivlari va balansdan tashqari moddalari. Bunda:
taʼminotga qabul qilingan qimmatli qogʻozlar bank tasarrufida boʻlishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni toʻliq qoplash majburiyati toʻgʻridan-toʻgʻri va hech qanday shartlarsiz, yaʼni ularni qoʻllashni cheklovchi biron-bir qoʻshimcha shartlarni oʻzida qamrab olmagan boʻlishi kerak.
20%
50%
50%
100%
150%
150%
3.
Banklar bilan bogʻliq tavakkalchiliklar: banklarga qoʻyilgan barcha talablar, shu jumladan qarzlar va pul bozori vositalari, shuningdek ushbu banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar va bank kafolati bilan taʼminlangan boshqa barcha aktivlar:
90 kun yoki undan kam
20%
20%
20%
50%
150%
150%
90 kundan yuqori
20%
50%
50%
100%
150%
150%
4.
Xorijiy mamlakatlardagi kompaniyalarning qimmatli qogʻozlari, ularga nisbatan talablar va ularning kafolatlari. Bunda:
taʼminotga qabul qilingan qimmatli qogʻozlar bank tasarrufida boʻlishi va belgilangan tartibga muvofiq unga berilishi lozim;
kafolatlar va tavakkalchiliklarni toʻliq qoplash majburiyati toʻgʻridan-toʻgʻri va hech qanday shartlarsiz, yaʼni ularni qoʻllashni cheklovchi biron-bir qoʻshimcha shartlarni oʻzida qamrab olmagan boʻlishi kerak.
20%
50%
100%
100%
150%
150%
* Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1-ilovasida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlganda, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu baho darajasiga teng boʻlgan reyting baholari.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 11-yanvardagi 28/22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-7, 13.02.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
2024-yil 1-iyulga qadar aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-12, 27.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son — 2024-yil 29-martdan kuchga kiradi)
*Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
**Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3269, 2020-yil 30-iyun) 6-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son — 2023-yil 6-maydan kuchga kiradi)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
2023-yil 20-avgustdan 2024-yil 1-iyulga qadar jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 31-yanvardagi 42/14-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-12, 27.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son — 2024-yil 29-martdan kuchga kiradi)
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul):
1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi;
mazkur ilova hamda yillik foiz stavkasidan kelib chiqqan holda tavakkalchilik darajalariga tortilganda, chiqqan natijaning eng yuqorisi hisobga olinadi.
** Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning garovga nisbati koeffitsiyenti kredit summasining garov qiymatiga nisbati orqali hisob-kitob qilinadi, bunda:
kredit summasi — jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning soʻndirilmagan qoldigʻini oʻz ichiga oladi;
avtomobil garov qiymati — garov shartnomasida kelishilgan narx.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 6-iyundagi 14/7-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-11, 18.07.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 28-martdagi 8/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-10, 05.04.2023-y.) asosan 2023-yil 6-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlarining tavakkalchilik darajalari*
Tavsifi
Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi (QYUK)**
QYUK ≤ 60%***
60%***< QYUK yoki QYUKni aniqlash imkoni boʻlmasa
Kredit summasini garov summasiga nisbati**** (KGN)
KGN<50%
35%
50%
50%≤KGN<75%
50%
100%
75%≤KGN<100%
100%
150%
100%≤KGN
150%
150%
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
*** Ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizni tashkil etadi.
**** Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 3-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
2024-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajalari*
Tavsifi
Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi (QYUK)**
QYUK ≤ 60%***
60%*** < QYUK yoki QYUKni aniqlash imkoni boʻlmasa
Kredit summasini garov summasiga nisbati (KGN)****
KGN ≤ 75%
100%
150%
75% < KGN
150%
200%
* Agar Tijorat banklari kapitalining monandligiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2693, 2015-yil 6-iyul) 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiq boʻlsa, mazkur talablar qoʻllanilmaydi, bundan 1-ilova 102 va 103-pozitsiyalarida koʻrsatilgan mezonlar mustasno.
** Jismoniy shaxslarning qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
*** Ushbu koʻrsatkich 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizni tashkil etadi.
** Jismoniy shaxslarga avtomobil sotib olish uchun ajratilgan kreditning garovga nisbati koeffitsiyenti Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) 3-bobiga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(izohning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) asosan izoh qismi beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2693-14, 21.07.2025-y.) asosan izoh qismi oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 360-modda; 2017-y., 27-son, 632-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2693-2/0167-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 10/18/2693-3/1099-son, 28.12.2018-y., 10/18/2693-4/2387-son, 07.03.2019-y., 10/19/2693-5/2722-son, 25.12.2019-y., 10/19/2693-6/4195-son; 13.02.2021-y., 10/21/2693-7/0116-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 10.12.2021-y., 10/21/2693-8/1151-son; 18.03.2023-y., 10/23/2693-9/0155-son; 05.04.2023-y., 10/23/2693-10/0196-son; 12.06.2023-y., 10/23/3442/0359-son; 19.07.2023-y., 10/23/2693-11/0493-son; 28.02.2024-y., 10/24/2693-12/0162-son; 22.04.2025-y., 10/25/2693-13/0369-son; 22.07.2025-y., 10/25/2693-14/0639-son)