O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3269]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-iyun,
13/8-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 11-iyundagi 13/8-son qaroriga
ILOVA
Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlarini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3658, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
to‘lov layoqati — umumiy daromadlarni tahlil qilishdan kelib chiqib aniqlanadigan qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchilarning) kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati;
o‘zgarmas foiz stavkasi — kredit bo‘yicha to‘lovlarning qisman yoki butun muddati davomida, kredit summasidan foydalanganlik uchun bir xilda hisoblanadigan foiz stavkasi;
o‘zgaruvchan foiz stavkasi — kredit bo‘yicha to‘lovlarning qisman yoki butun muddati davomida, kredit summasidan foydalanganlik uchun o‘zgaruvchan omilga bog‘lab hisoblanadigan foiz stavkasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 1-band beshinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
birgalikda qarz oluvchi — qarz oluvchining ipoteka krediti asosiy summasi va kredit bo‘yicha foizlarning har oydagi to‘lovlarida qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha solidar javob beradigan jismoniy shaxslar.
2. Aholiga ipoteka krediti banklar tomonidan to‘lovlilik, qaytarishlik, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida quyidagi maqsadlarga beriladi:
qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish;
yangi qurilgan yoki ikkilamchi bozordan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uyni o‘zining mavjud uy-joyi yoki ko‘p kvartirali uyiga almashtirishga;
boshqa banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini mijozlarga qulay shartlarda qayta moliyalashtirish.
3. Ipoteka krediti:
qurilayotgan uy-joyni u joylashgan yer uchastkasi bilan birga;
ipoteka krediti hisobiga sotib olinadigan va belgilangan tartibda qarz oluvchi mulkiga o‘tadigan yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani;
qarz oluvchining mulki bo‘lgan va ipoteka krediti hisobiga rekonstruksiya qilinayotgan yakka tartibdagi uy-joyni garovga qo‘ygan holda amalga oshiriladi.
Muomaladan olib qo‘yilgan va begonalashtirilishi mumkin bo‘lmagan ko‘chmas mulk ipoteka predmeti bo‘lishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ipoteka kreditining muddati, hajmi, foiz stavkasi va boshqa shartlari bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq bank va uning mijozi o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
5. Ipoteka krediti ajratilishida quyidagilarga rioya etilishi zarur:
ipoteka krediti to‘lovida muammo yuzaga kelganida mavjud qarzdorlikni undirib olish uchun huquqiy jihatdan ta’minotga bankning talab huquqi mavjud bo‘lishi;
ipoteka kreditining foizlarini va asosiy qarzlarini so‘ndirish uchun qarzdor to‘lovga layoqatli bo‘lishi;
ta’minotga qabul qilingan ko‘chmas mulk garovi bozor narxlaridan kelib chiqib baholangan bo‘lishi;
kreditni olishga va monitoring qilishga kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlar bankning kredit siyosatiga muvofiq hujjatlashtirilgan bo‘lishi zarur.
6. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish bank tomonidan ajratiladigan boshqa kreditlarga nisbatan uzoq jarayonni tashkil etib, uning barcha bosqichlari bankning ichki kredit siyosatida ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
7. Bank ichki kredit siyosatida ipoteka kreditlarini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial qarz oluvchilarga muvofiqlik mezonlarini ishlab chiqishlari lozim.
2-bob. Qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash
8. Banklar qarz oluvchilar bilan kredit ajratish bilan bog‘liq munosabatlarga kirishishda Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 3030, 2018-yil 2-iyul) talablariga qat’iy amal qilishlari zarur.
9. Qarz oluvchi kredit olish uchun bankka murojaat qilganda, bank ipoteka kreditining asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasini kredit olish istagida bo‘lgan fuqarolarga bepul tarzda taqdim etadi.
10. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik to‘lovlar miqdori hamda qarz oluvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu to‘lovlarni to‘lash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.
11. Kredit shartnomasi imzolanmasdan oldin bank qarz oluvchiga ushbu shartnoma loyihasini tanishib chiqish uchun o‘zi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risida xabardor qilishi lozim.
12. Bank qarz oluvchiga kredit shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.
13. Bank ipoteka krediti bo‘yicha tegishli hujjatlarni qabul qilgandan so‘ng hujjatlarni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlarini ichki kredit siyosatida belgilashi va belgilangan muddatlar barcha uchun oshkor bo‘lishi zarur.
Agar, kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan so‘ng kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi o‘zgarganda, bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
14. Qarz oluvchi bank foydasiga o‘z hisobidan ko‘p kvartirali uydagi kvartiraning to‘liq qiymatini yo‘qolish va shikastlanish xavflaridan sug‘urta qilishda sug‘urta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.
3-bob. Ipoteka krediti olish uchun buyurtmanomani ko‘rib chiqish va buyurtmanoma bo‘yicha qaror qabul qilish
15. Banklar ipoteka krediti olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatini mustaqil ravishda shakllantiradi.
16. Kredit olish uchun buyurtmanoma va bankning ichki kredit siyosatida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar bank xodimlari tomonidan qabul qilib olinadi, ushbu hujjatlar o‘rganiladi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi tekshiriladi.
O‘rganish va tekshirish natijalariga ko‘ra, bank ushbu buyurtmanoma bo‘yicha ijobiy yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Zarur hollarda, bank ushbu buyurtmanomani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Bank tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddat ichida qarz oluvchiga ipoteka krediti berishning rad etilishi sabablarini aniq va tushunarli ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qilishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
18. Qarz oluvchi bank qarorida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ipoteka krediti ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan bankka qaytadan murojaat qilishga haqlidir.
19. Qarz oluvchiga ipoteka krediti ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bank tomonidan uch kun muddatda bu haqida qarz oluvchini arizada ko‘rsatilgan aloqa bog‘lash usullaridan (yozma, elektron pochta, SMS-xabar va boshqa xabarnomalardan) foydalangan holda xabardor qiladi.
20. Bank tomonidan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng:
bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) o‘rtasida kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi;
qarz oluvchi o‘z hisobiga va kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda sug‘urta tashkiloti bilan ipoteka obyektini tavakkalchiliklardan sug‘urta qilish shartnomasini tuzadi. Bunda sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotini har yili to‘lanishi nazarda tutilishi mumkin;
yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishda belgilangan tartibda uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi;
O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ipoteka shartnomasi tuziladi. Ipoteka shartnomasi, shuningdek qonun asosida vujudga kelgan ipoteka belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
21. Ipoteka krediti berishda bankning ipoteka bilan ta’minlangan majburiyati bo‘yicha huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Garov xati qarz oluvchi tomonidan tuziladi va ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin, qarz oluvchi hamda bank ishtirokida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va bankka beriladi.
22. Bankning ipoteka krediti berish bo‘yicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasini hamda sug‘urta polisini taqdim etgandan, shuningdek ipoteka vujudga kelgandan keyin paydo bo‘ladi. Ushbu shart kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, yakka tartibdagi uy-joy qurish va qayta qurish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari uchun qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilishi mumkin.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)


23. Qarz oluvchiga ajratilgan ipoteka krediti summasi (shu jumladan, qarz oluvchining bankdagi hisobvarag‘ida shakllantirilgan mablag‘lari) bank tomonidan shartnomaga muvofiq tegishli hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi.
4-bob. Qarz oluvchining to‘lovga layoqatini tahlil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 24-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 25-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Banklar kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilishda qarz oluvchining joriy qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblashlari kerak. Qarz yuki ko‘rsatkichi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 27-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 28-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 29-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
5-bob. Ipoteka kreditlari ajratishda bank tavakkalchiliklarini boshqarish
30. Bankning kuzatuv kengashi ipoteka kreditlari bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni boshqarishda quyidagilarni nazorat qilishi zarur:
ajratilayotgan ipoteka kreditlari bankning risk-appetiti doirasida, jumladan tavakkalchiliklarni boshqarish strategiyasi va biznes rejasi doirasida olib borilayotganligi;
bank boshqaruvidan ipoteka krediti ajratuvchi mutaxassisgacha bo‘ladigan ipoteka kredit ajratish jarayoni bankning ichki kredit siyosati va tegishli hujjatlarida aks ettirilganligi;
quyidagilarni qamrab olgan informatsion tizimga ega ekanligi:
ipoteka portfeli risk-appetiti doirasida ekanligini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllanganligi;
davriy ravishda hisobotlarni olish imkoniyati mavjudligi;
ipoteka portfelining tavakkalchilik darajasini va samaradorligni baholash uchun kerakli ma’lumotlarni jamlanganligi.
31. Bank ipoteka kreditlarni ajratish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida quyidagilarni hisobga olishi lozim:
ipoteka portfelini diversifikatsiyasi;
ipoteka portfelini geografik konsentratsiyasi;
qarzdorning qarz yuki darajasi;
kreditning garov qiymatiga nisbati;
ipoteka kreditini sug‘urtalash va sug‘urta tashkilotlariga konsentratsiya darajasi;
kafillarning moliyaviy holati;
ipoteka krediti portfelida maksimum kutilgan yo‘qotishlar, muammoli kreditlar ulushi va hisobdan chiqariladigan ipoteka kreditlari darajasi.
32. Foiz o‘zgarishlardan katta zarar ko‘rish ehtimolini kamaytirish maqsadida o‘zgaruvchan foiz stavkasiga jalb qilingan mablag‘larni o‘zgarmas foiz stavkasida bo‘lgan ipoteka kreditlariga yo‘naltirganda foiz tavakkalchiligi bank tomonidan xedjirlanishi lozim.
33. Banklar ipoteka krediti portfelini tahlil qilishda jalb qilingan manbalar va ipoteka kreditlarining muddatlari o‘rtasidagi tafovut, ipoteka portfelining daromadliligi hamda bank regulyativ kapitaliga bo‘lgan ta’siri kabi omillarni hisob-kitob qilib borishlari zarur.
6-bob. Ipoteka (garov) predmetini baholashga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ipoteka predmetini baholash O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 35-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Agar ipoteka predmeti bankning talablariga javob bersa, ipoteka kreditining individual parametrlarini aniqlash uchun bank kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichini hisoblaydi. Kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) talablariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 24-iyul)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 13-iyundagi 12/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3269-1, 21.07.2025-y.) asosan 37-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 24-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son)
7-bob. Ipoteka kreditini qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
38. Kreditni qaytarish va u bo‘yicha foizlarni to‘lash tartibi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz to‘lovlari belgilangan muddatlarda to‘lanmaganda bank kredit shartnomasi hamda qonunchilik hujjatlari talablari asosida kredit summasi va foiz to‘lovlarini undirish choralarini ko‘radi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
8-bob. Kredit to‘lovi bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelganda muammolarni hal qilishning alternativ usullari
40. Bank zarur bo‘lganda, maksimal uzoq va qimmat undiruv jarayoniga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, qarz oluvchining yuzaga kelgan qiyinchiliklarini yechishda yordam berish bo‘yicha maslahatlar beradi va unga ko‘maklashadi.
41. Banklar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mezonlarini hisobga olgan holda iste’molchiga muammolarni hal qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
42. Vujudga kelgan vaziyatlarni hal qilish jarayoni tamoyillari va asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
qarzdorlarning aniq qiyinchilik darajasini va muntazam to‘lovlarni tiklashga tayyorligini baholash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash;
qarz oluvchilar bilan yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam berish va qarzni to‘lashda kechikishlarning oldini olish maqsadida faol aloqa, shuningdek uning oqibatlari borasida tushuntirish berish;
kreditni qaytarishning muqobil mexanizmlarini aniqlash va muhokama qilish (masalan, kredit shartlarini o‘zgartirish, ixtiyoriy ravishda sotish yoki keyinchalik uy-joyga egalik qilish huquqini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bilan kredit bo‘yicha qarzini boshqa shaxsga o‘tkazish va h.k.).
9-bob. Yakuniy qoida
43. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3269/1113-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.07.2025-y., 10/25/3269-1/0640-son; 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)