Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrug‘i
Akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 4-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2681]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-avgustdagi 418-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlari akkreditatsiya kartochkasining shaklini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3055, 15.08.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Akkreditatsiya kartochkasining shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
akkreditatsiya kartochkasiga akkreditatsiyadan o‘tkazilgan shaxsning Nodavlat notijorat tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar bo‘lgan xodimlari, shuningdek ularning oila a’zolari davlat reyestridagi tartib raqamiga muvofiq raqam beriladi;
akkreditatsiya kartochkasi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi;
yozuvlari o‘chirilgan, rasmi ko‘chirilgan, yirtilgan yoki boshqacha tarzda yaroqsiz holga keltirilgan akkreditatsiya kartochkalari haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-iyun,
179-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 179-mh-sonli buyrug‘iga
ILOVA

(orqa tomoni)‎

‎‎Akkreditatsiya kartochkasi chet el fuqarosining shaxsiy akkreditatsiyasini tasdiqlaydi va unga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish huquqini beradi.
‎Akkreditatsiya kartochkasi NNTning chet el xodimiga mehnat faoliyatini faqat qabul qilgan NNTda amalga oshirish huquqini beradi.
‎Akkreditatsiya kartochkasini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.

‎The Accreditation Card confirms individual accreditation of the foreign citizen and gives him right to be in the territory of the Republic of Uzbekistan by determined rules.
‎The Accreditation Card gives the right to realize activity of foreign employee only in received NGO.
‎It is prohibited to take the Accreditation Card outside the territory of the Republic of Uzbekistan.

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 22-son, 299-modda)