

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-247300" id="onLBC-247300">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6564"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari;</span></div><div id="LBC7376"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-247300" id="onLS-247300">[<b>TSZ:</b><div id="LS3700"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;</span></div><div id="LS4112"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-273739" id="-273739">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-273740" id="-273740">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-273741" id="-273741">AHOLIGA ShOShILINCh TIBBIY YORDAM XIZMATINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-273743" id="-273743"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273744" id="-273744">Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son <a href="/acts/-221286">Farmoniga </a>muvofiq respublikada zamonaviy, yuksak jahon talablariga javob beradigan tashhis qoʻyish va davolash tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimlari bilan taʼminlangan shoshilinch tibbiy yordamning yaxlit tizimi yaratilgan va samarali faoliyat koʻrsatmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-933661" id="-933661">Aholiga shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273746" id="-273746">1. Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini, ayniqsa respublika mintaqalarida yanada rivojlantirish, tizimda ishlayotgan kadrlarni ragʻbatlantirishni kuchaytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalaridan malakali foydalanishni va ularga servis xizmati koʻrsatishni taʼminlash sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish hozirgi bosqichining ustuvor vazifasi hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273747" id="-273747">Aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirishni amaliy qoʻllab-quvvatlash uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273748" id="-273748">Quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273749" id="-273749">davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273750" id="-273750">yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963217" id="edi-5963217"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273751">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963217" id="-5963217"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963220" id="-5963220">qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari etib belgilansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963236" id="-5963236">(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938175">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6025607" id="edi-6025607"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273752">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6025607" id="-6025607">(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli <a href="/acts/-6008267?ONDATE=13.05.2022 00#-6014358">qaroriga</a> asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273753" id="-273753">2. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-247300#-273783">nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273754" id="-273754">3. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasining Homiylik kengashi 2-ilovaga<a href="/acts/-247300#-1035090">*</a> muvofiq tarkibda tuzilsin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1035090" id="-1035090">* 2-ilova berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273755" id="-273755">Homiylik kengashiga quyidagi vazifalar yuklansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273756" id="-273756">shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlash boʻyicha vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273757" id="-273757">shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining malakasini oshirishga, xizmatning tibbiyot muhandis-texnik va yordamchi xodimlari mehnatini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273758" id="-273758">shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarning, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarning keng jalb etilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273759" id="-273759">shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273760" id="-273760">4. 2004-yil 1-yanvardan boshlab shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining, shu jumladan muhandis-texnik xodimlarining lavozim maoshlari Mehnatga haq toʻlash yagona <a href="/acts/-1019191?ONDATE=20.06.2006 00#-1019226">tarif setkasi </a>boʻyicha tarif razryadini oshirish hisobiga 15 foizga oshirilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963248" id="edi-5963248"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273761">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963248" id="-5963248"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963252" id="-5963252">Belgilab qoʻyilsinki, amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan ikki yoki undan koʻp asoslar boʻyicha maoshlarni oshirish huquqiga ega boʻlgan boʻlinmalar va lavozimlar uchun maoshlarni oshirish miqdori 30 foizdan oshmasligi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963255" id="-5963255">(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938175">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273762" id="-273762">5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi 2004-yil 1-yanvargacha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273763" id="-273763">Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida yuqori malakali muhandis-mutaxassislardan noyob, yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha 20 kishidan iborat koʻchma xizmat tashkil etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273764" id="-273764">servis xizmati koʻrsatish muhandis-texnik xodimlarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish, shu jumladan yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi xorijiy firmalarda bevosita tajriba orttirishi boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273765" id="-273765">Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazidagi, viloyatlar va tumanlar filiallaridagi hamda servis xizmati koʻrsatilishi va taʼmirlanishi kerak boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar va texnikalar roʻyxatini tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273766" id="-273766">6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273767" id="-273767">yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish uchun masʼul boʻlgan muhandis-texnik xodimlar lavozimlari roʻyxatini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273768" id="-273768">shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlari uchun ular ishining tezkorlik va tigʻizlik xarakterini hisobga oluvchi shtat normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273769" id="-273769">7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2004-2005 oʻquv yilidan boshlab:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273770" id="-273770">tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining davolash fakultetlari talabalarining, tibbiyot kollejlari va oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish boʻyicha oʻquv yurtlari oʻquvchilarining oʻquv dasturiga shoshilinch tibbiy yordam masalalarini majburiy ravishda chuqur oʻrganishni kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273771" id="-273771">“Shoshilinch tibbiy yordam” ixtisosi boʻyicha magistratura ochishni nazarda tutsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273772" id="-273772">“Shoshilinch tibbiyot vrachi” mutaxassisiga nisbatan malaka tavsifnomalari va talablarini ishlab chiqsin va uni vrachlik ixtisoslari klassifikatoriga kiritsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273773" id="-273773">Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzurida shoshilinch tibbiy yordam kafedrasini tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273774" id="-273774">8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273775" id="-273775">Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2003-yilda 50.0 mln soʻm va 2004-yilda 150,0 mln soʻm ajratsin, bu mablagʻlarni budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasiga maqsadli oʻtkazsin;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-2955963" id="edi-2955963"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273776">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2955963" id="-2955963"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2955965" id="-2955965">Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti loyihasini tuzishda shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun asbob-uskunalar, anjomlar, tibbiyot buyumlari, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallar xarid qilish xarajatlarining alohida satrda ajratib koʻrsatilishini nazarda tutsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2955967" id="-2955967">(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli <a href="/acts/-2939512?ONDATE=02.05.2016 00#-2939865">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273777" id="-273777">9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan, ularni zamonaviy, yuqori texnologiyali tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash, mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi klinikalar hamda tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilar bazasida tibbiy va muhandis-texnik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273778" id="-273778">10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-273779" id="-273779">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-273780" id="-273780">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-273781" id="-273781">2003-yil 2-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-273782" id="-273782">537-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-273783" id="-273783"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-273784" id="-273784">Vazirlar Mahkamasining 2003-yil <br />2-dekabrdagi 537-son <a href="/acts/-247300#-273739">qaroriga </a><br />1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-273785" id="-273785">Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-273786" id="-273786">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-273787" id="-273787"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273788" id="-273788">1. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi huzurida, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash va ular mehnatini ragʻbatlantirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasida islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273789" id="-273789">2. Quyidagilar: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273790" id="-273790">davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish hisobiga tejalgan mablagʻlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273791" id="-273791">yuridik va jismoniy shaxslarning, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining homiylik mablagʻlari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963256" id="edi-5963256"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273792">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963256" id="-5963256"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963257" id="-5963257">qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Jamgʻarmani shakllantirish manbalari hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963260" id="-5963260">(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938176">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273793" id="-273793">3. Budjetdan tashqari Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarishni shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Homiylik kengashi amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273794" id="-273794">4. Jamgʻarma mablagʻlaridan: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273795" id="-273795">Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) boʻlinmalarining, uning viloyatlardagi filiallarining, markaziy tuman shifoxonalari va markaziy shahar shifoxonalari huzuridagi boʻlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda, ularni zamonaviy tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlashda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273796" id="-273796">yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va tibbiyot asbob-uskunalariga servis xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash koʻchma xizmatini tashkil etishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273797" id="-273797">mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi tibbiyot markazlarida hamda yuqori texnologiyali tashhis qoʻyish va davolash asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda oʻqitishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan tibbiyot xodimlari va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273798" id="-273798">shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashda va ular mehnatini ragʻbatlantirishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273799" id="-273799">shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish va koʻrsatishning ustuvor vazifalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni ragʻbatlantirishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273800" id="-273800">kadrlar potensialini, aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatida ishlaydigan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273801" id="-273801">shoshilinch tibbiy yordam xizmati faoliyatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan, Homiylik kengashi bilan kelishilgan boshqa tadbirlarda foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273802" id="-273802">5. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari budjetga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273803" id="-273803">6. Fond mablagʻlaridan foydalanish daromadlar va xarajatlarning har yilgi smetasini tuzish orqali amalga oshiriladi, ushbu smeta Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining taqdimnomasiga koʻra Homiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963263" id="edi-5963263"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273804">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963263" id="-5963263"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963264" id="-5963264">Markaz direktori qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda Jamgʻarma faoliyatining tezkor tahlilini va buxgalteriya hisobini, shuningdek hisobot maʼlumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini taʼminlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963268" id="-5963268">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938176">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273805" id="-273805">7. Homiylik kengashini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan rais boshqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273806" id="-273806">Jamgʻarmaning Homiylik kengashi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273807" id="-273807">Jamgʻarmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga butun choralar bilan koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273808" id="-273808">shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal etish uchun manfaatdor davlat va jamoat tuzilmalarini, xalqaro tashkilotlarni, mamlakatimizdagi va xorijiy investorlarni keng jalb etishni taʼminlaydi; </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963272" id="edi-5963272"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273809">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963272" id="-5963272"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963276" id="-5963276">Jamgʻarma faoliyati, uning qonunchilikka va ushbu Nizomga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963280" id="-5963280">(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938176">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273810" id="-273810">Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining har yilgi smetasini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273811" id="-273811">Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273812" id="-273812">oʻz majlislarida Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarma ishlarining ahvoli va uning mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273813" id="-273813">Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning yillik moliyaviy hisobotini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963284" id="edi-5963284"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273814">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963284" id="-5963284"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963287" id="-5963287">Jamgʻarma faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni qonunchilikka muvofiq hal qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963293" id="-5963293">(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938176">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5963295" id="edi-5963295"><a href="/acts/-247300?ONDATE=02.12.2003 00#-273815">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5963295" id="-5963295"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5963298" id="-5963298">Jamgʻarmaning Homiylik kengashi Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktorining Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalariga, amaldagi qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bajarishni toʻxtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5963301" id="-5963301">(7-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938176">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273816" id="-273816">8. Jamgʻarmaning Homiylik kengashi majlislari muntazam ravishda, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273817" id="-273817">Majlis agar unda Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining kamida 2/3 qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273818" id="-273818">Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha qaror Jamgʻarma Homiylik kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273819" id="-273819">Homiylik kengashi majlisi protokoli Homiylik kengashi raisi tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273820" id="-273820">9. Jamgʻarma mablagʻlarining jamgʻarilishi va tasdiqlangan smeta doirasida sarflanishi masalalari boʻyicha tezkor, joriy boshqaruv Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273821" id="-273821">Markaz direktori Jamgʻarma mablagʻlaridan xarajatlarning tasdiqlangan smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda maqsadli va samarali foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273822" id="-273822">10. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273823" id="-273823">Jamgʻarma Homiylik kengashining koʻrib chiqishi uchun materiallarni tayyorlashni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273824" id="-273824">Homiylik kengashi qarorlarini Shoshilinch tibbiy yordam respublika markaziga, uning filiallari va boʻlimlariga yetkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273825" id="-273825">Homiylik kengashi qarorlarini oʻz vaqtida bajarish, Jamgʻarmaning ajratilgan mablagʻlaridan foydalanishni nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273826" id="-273826">Homiylik kengashi majlislarida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetalari loyihalarini tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273827" id="-273827">Homiylik kengashi majlislarida Jamgʻarma ishlarining ahvoli va mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida hisobot berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273828" id="-273828">Homiylik kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha yillik va choraklik moliya hisobotlarini taqdim etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273829" id="-273829">11. Shoshilinch tibbiy yordam respublika markazi direktori quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273830" id="-273830">Homiylik kengashida koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni shakllantirish va kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273831" id="-273831">Homiylik kengashi qarorlari asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tibbiy, muhandis-texnik va yordamchi xodimlari ish haqini Jamgʻarmada toʻplangan mablagʻlar hisobiga 100 foizgacha koʻpaytirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-273832" id="-273832">12. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot har chorakda Jamgʻarmaning Homiylik kengashida koʻrib chiqiladi va Homiylik kengashi raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-273742" id="-273742">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 23-son, 232-modda; 2005-y., 51-son, 380-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
