Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAMDA AYRIMLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qonun hujjatlarini ichki valyuta bozorini erkinlashtirishga oid qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 7-oktabr,
434-son
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 7-oktabrdagi
434-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashuvini taʼminlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 21-iyuldagi 379-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirishga doir cheklashlarni bekor qilish toʻgʻrisida” 1995-yil 12-iyundagi 217-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish va valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 250-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2000-yil 13-iyuldagi 269-son qarori.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-dekabrdagi 467-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta almashtirish operatsiyalarini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 34-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 3-modda).
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 7-oktabrdagi
434-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda):
2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
5-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 29-martdagi 91-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 14-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 181-modda; 2013-y., 14-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)