Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.10.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYuTASINING IChKI ERKIN ALMAShUVINI TAʼMINLAShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta—soʻmning xarid qobiliyatini oshirish va ichki erkin muomalada boʻlishini bosqichma-bosqich taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar qoʻlidagi naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish taʼminlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan )
Markaziy bank ikki hafta muddatda vakil qilingan tijorat banklariga naqd soʻmlarni oʻzlarining valyuta resurslari hisobidan erkin muomaladagi valyuta (EMV)ga almashtirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — taqdim etiladigan naqd soʻmlargina EMVga almashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bir jismoniy shaxsga (yoki unga tenglashtirilgan rezidentlarga) almashtirish 1994-yilning oxirigacha 250 AQSh dollariga qadar miqdorni tashkil etishi mumkin;
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-iyundagi 217-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga va ularga tenglashtirilgan rezidentlarga naqd soʻmlarni almashtirish punktlari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga almashtirishning chegaralangan summasiga doir mavjud cheklashlar 1995-yil 1-iyuldan boshlab bekor qilingan.
rezident boʻlmagan shaxslarga soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ulardan ilgari sotib olingan almashtirilgan EMV miqdori doirasida, almashtirish punktining tegishli maʼlumotnomasi taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda naqd pul muomalasini tartibga solish chogʻida ehtiyoj va taklifni hisobga olgan holda soʻm bilan EMV miqdori oʻrtasidagi eng maqbul nisbatni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-oktabrdagi 499-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar:
Oʻzbekiston Respublikasining vakil qilingan banklarida chet el valyutasi uchun schyotlar ochish;
oʻzlarining valyuta schyotlaridan mablagʻ, shuningdek, ular yuzasidan foizlarni belgilangan tartibda chet el valyutasida yoki operatsiya bajarilgan kuni amalda boʻlgan kurs boʻyicha soʻmlarda olish huquqiga egadirlar.
7. Belgilab qoʻyilsinki,
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
davlatlararo hisob-kitoblar kliring asosida tovarlar va xizmatlarni erkin muomaladagi valyutada baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ichki ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan almashtirish punktlarining tegishlicha ishlashlarini, ularning zarur uskunalar bilan jihozlanishi va qoʻriqlanishini, malakali kadrlar bilan butlanishini, almashtirish operatsiyalari qoidalariga rioya etish qattiq nazorat qilinishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 25-yanvardagi 53-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Prokuraturasi valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan, tartibga ogʻishmay rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar, qoidabuzarlarni amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan qatʼi javobgarlikka tortsinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining valyuta qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
13. Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 21-iyul,
379-son