O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-son Qonuni)
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-372-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-sentabr,
259-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-sentabrdagi 259-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish (II bosqich) uchun Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasining imtiyozli kreditiga xizmat ko‘rsatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1999-yil 6-iyuldagi 331-son qarorida:
a) 5-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” so‘zlari “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Yaponiya xorijiy iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi doirasida amalga oshiriladigan O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish (II bosqich) loyihasini amalga oshirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga yuklansin. Ushbu maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank vakillaridan tender komissiyasi tuzilsin.
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin”;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi buyurtmanomalari bo‘yicha loyihaning xorijiy qatnashchilariga, konsullik yig‘imlarini va boshqa yig‘imlarni undirmagan holda, ko‘p martalik vizalar berilishini ta’minlasin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-martdagi 128-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida fuqarolar tomonidan muqobil xizmat o‘tiladigan vazirliklar va idoralar ro‘yxatining 7-bandidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlari maqomi to‘g‘risida” 2004-yil 12-apreldagi 170-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlari maqomi to‘g‘risidagi Nizomda:
2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
42-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 233-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 28-iyundagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida bosma va kitob, teleradio-, audiovizual mahsulotlar va Internet tarmog‘i axborot resurslarini ishlab chiqarish va tarqatish sohasida qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan”;
b) 2-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 13-iyuldagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan berilgan institutsional kreditga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) kirish qismining ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi (O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi) tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yig‘ish va jo‘natish, ularni harbiy qismlarda qabul qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni yashash joylariga qaytarishni tashkil etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 14-yanvardagi 10-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 3-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “(I.Ibragimov), O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga (A.Aripov)” so‘zlari “(R.Iminjanov), O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga (X.Mirzaxidov)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga”, 7-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining”, 19-banddagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligidan” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga”, “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar davrida O‘zbekistonda BMT ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi 15-pozitsiyasining “Mas’ul bajaruvchilar va sheriklar” ustunidagi “O‘zAAA” so‘zi “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 37-son, 473-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2018-y., 09/18/322/1172-son; 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; 07.06.2023-y., 09/23/233/0344-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)