Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 23-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning ikkinchi qismi “rezervatlari” degan soʻzdan keyin “milliy bogʻlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 10-modda:
birinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “va bekor qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bekor qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;
moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini taʼminlash”;
4) 31-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31-modda. Ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish
Ekologik nazoratni amalga oshirish, ekologik nazorat subyektlarining vakolatlarini roʻyobga chiqarishi munosabati bilan yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
5) 32-modda chiqarib tashlansin;
6) 44-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat sanitariya nazoratining” degan soʻzlar “davlat sanitariya nazorati organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi OʻRQ-1076-sonli Qonuniga asosan 3-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi 841-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan 556-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 330-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning beshinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 10-modda ikkinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3) 16-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 37-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan joriy etiladi. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
uchinchi qismidagi “Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 39-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi”;
3) 44-modda beshinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin”;
4) 45-moddaning matnidagi “Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 46-moddaning:
ikkinchi qismidagi “yoxud ekspluatant sertifikatining amal qilishini toʻxtatib qoʻyishga yoki uni olib qoʻyishga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 62-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud qamoqda saqlangan shaxsga jarima tayinlashda qamoqda saqlangan har bir kunini eng kam oylik ish haqining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisoblaydi”;
2) quyidagi mazmundagi 1811-modda bilan toʻldirilsin:
“1811-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi”;
3) 2281-modda birinchi qismi sanksiyasining oʻzbekcha matnidagi “ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “qamoq” degan soʻz bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 29-moddaning birinchi qismidagi “qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish masalalari bilan bogʻliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda koʻrib chiqish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 36-moddaning:
birinchi qismidagi “qamoqqa olish bundan mustasno” va “qamoqqa olish tarzidagi” degan soʻzlar tegishincha “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi bundan mustasno” va “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “qamoqqa olish tarzidagi” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 53-moddaning ikkinchi qismidagi “qamoqda boʻlsa” degan soʻzlar “qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamogʻida boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 217-moddaning:
birinchi qismidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “qamoqqa olish, uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qamoqda saqlanayotgan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan” degan soʻzlar “qamoqqa olingan, uy qamogʻiga yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 227-moddaning ikkinchi qismidagi “ayblanuvchini qamoqda saqlash” degan soʻzlar “ayblanuvchini qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 237-moddaning matnidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “uy qamogʻi; qamoqqa olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 239-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Qamoqqa olish tarzidagi” degan soʻzlar “Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 240-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qoʻllanilgan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsni bundan keyin qamoqda saqlash yoki uning uy qamogʻida boʻlishi uchun asoslar mavjud boʻlmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan ehtiyot choralari toʻgʻrisida qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan oʻsha shaxsga nisbatan qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoxud oʻzgartirilgan taqdirda, qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan shaxs darhol ozod qilinishi kerak”;
9) 241-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish, uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash, uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin”;
10) quyidagi mazmundagi 2421-modda bilan toʻldirilsin:
“2421-modda. Uy qamogʻi
Uy qamogʻi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshini, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Uy qamogʻi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining jamiyatdan toʻliq yoxud qisman ajratib qoʻyilib, oʻzi mulkdor, ijaraga oluvchi sifatida yoki boshqa qonuniy asoslarda yashab turgan turar joyda taqiqlar (cheklovlar) yuklatilgan, shuningdek uning ustidan nazorat amalga oshirilgan holda boʻlishidan iborat boʻladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda tibbiy muassasa uy qamogʻida saqlash joyi etib belgilanishi mumkin.
Uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisidagi qarorda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi duchor qilinadigan ozodlik boʻyicha aniq taqiqlar (cheklovlar), shuningdek oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilayotgan organ koʻrsatiladi.
Oʻziga nisbatan uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxsga quyidagi taqiqlar (cheklovlar) oʻrnatilishi mumkin:
1) muayyan shaxslar bilan aloqada boʻlish;
2) xat-xabar olish va joʻnatish;
3) har qanday aloqa vositalaridan foydalanish va ular yordamida soʻzlashuvlar olib borish;
4) uy-joyni tark etish.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi barcha taqiqlarga (cheklovlarga) yoxud ulardan ayrimlariga duchor etilishi mumkin.
Qamoqqa olinganning yashash joyi qoʻriqlanishi mumkin. Zarur hollarda uning xulq-atvori ustidan nazorat oʻrnatiladi.
Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining uy-joyidan chiqishi boʻyicha oʻrnatilgan taqiqlarga (cheklovlarga) rioya etishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganda ichki ishlar organi uning yashash joyida boʻlishini sutkaning istalgan vaqtida tekshirishga haqli.
Tekshirish kunduzgi vaqtda koʻpi bilan bir marta va tungi vaqtda koʻpi bilan bir marta oʻtkaziladi.
Zarur hollarda, uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxsga nisbatan elektron kuzatish vositalari qoʻllanilishi mumkin.
Uy qamogʻini ijro etish gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining yashash joyidagi ichki ishlar organi zimmasiga yuklatiladi.
Agar tibbiy koʻrsatuvlarga koʻra gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi sogʻliqni saqlash muassasasiga olib kelingan va yotqizilgan boʻlsa, sud oʻrnatgan taqiqlarning (cheklovlarning) amal qilishi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish yoxud bekor qilish masalasi sud tomonidan hal etilguniga qadar davom etadi. Tegishli sogʻliqni saqlash muassasasining hududi uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini ijro etish joyi hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi surishtiruv organiga yoki dastlabki tergov organiga, shuningdek sudga nazorat qiluvchi organning transport vositasida olib boriladi.
Uy qamogʻida jamiyatdan toʻliq ajratib qoʻyilgan sharoitda boʻlgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachi, qonuniy vakil bilan uchrashuvlari ushbu ehtiyot chorasi ijro etilayotgan joyda oʻtkaziladi.
Uy qamogʻining muddati, uni uzaytirish va uning ustidan shikoyat qilish tartibi ushbu Kodeksning 241, 243, 245 — 248-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar bilan belgilanadi.
Oʻrnatilgan taqiqlar (cheklovlar) uy qamogʻida boʻlgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin”;
11) 243-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“243-modda. Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash tartibi
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxsga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda va dastlabki tergov davomida qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uni uy qamogʻiga joylashtirish zaruratini keltirib chiqargan asoslar bayon qilinadi.
Prokuror qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, iltimosnoma qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qoʻzgʻatilayotgan boʻlsa, qaror va koʻrsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida oʻn ikki soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmaganida esa yoxud qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn ikki soat ichida, lekin ushlab turishning eng koʻp muddatidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma prokuror, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. Qidiruv eʼlon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror maʼruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash zarurligini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida;
2) qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisida;
3) taraflar qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qoʻshimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish toʻgʻrisida.
Sudyaning qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki uni qoʻllashni rad qilish toʻgʻrisidagi ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, maʼlumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:
1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan, uy qamogʻidan ozod qilish yoxud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga haqli.
Qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni yoki uy qamogʻini qoʻllashni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi”;
12) 245-moddaning:
nomi “Qamoqda” degan soʻzdan keyin “va uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismidagi “qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar “qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “Qamoqda saqlab turishning” degan soʻzlar “Qamoqda saqlab turishning yoki uy qamogʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar “qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 246-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“246-modda. Jinoyat ishi qoʻshimcha tergovga qaytarilganida qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini hisoblab chiqish
Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻida boʻlish muddati tugagan jinoyat ishini sud qoʻshimcha tergovga qaytargan va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmasa, qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini bir oygacha uzaytirish jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytargan sud tomonidan amalga oshiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda yoki uy qamogʻida boʻlgan vaqt hisobga olingan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan tartibda va doirada amalga oshiriladi”;
14) 247-moddaning:
nomidagi “Qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar “Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning yoki u uy qamogʻida boʻlishining belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma qoʻzgʻatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi”;
ikkinchi — sakkizinchi qismlaridagi “Qamoqda saqlab turish” va “qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar tegishincha “Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” va “qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishni rad etishga yoxud qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak”;
15) 248-moddaning:
nomidagi “Qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish” degan soʻzlar “Qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “qamoqda qonunga xilof ravishda saqlab turish” degan soʻzlar “qonunga xilof ravishda qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻiga joylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 302-moddaning birinchi qismidagi “qamoqda saqlangani” degan soʻzlar “qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 303-modda birinchi qismining 4-bandidagi “qamoqda saqlash” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 310-moddaning:
birinchi qismidagi “qamoqqa olingani” degan soʻzlar “qamoqqa olingani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qamoqda saqlangan” degan soʻzlar “qamoqda saqlangan yoki uy qamogʻida boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “qamoqda saqlangani” degan soʻzlar “qamoqda saqlangani yoki uy qamogʻiga joylashtirilgani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 314-moddaning uchinchi qismidagi “qamoqda saqlash” degan soʻzlar “qamoqda saqlash yoki uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20) 315-moddaning birinchi qismidagi “qamoqda saqlash” degan soʻzlar “qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
21) 345-moddaning:
oltinchi qismidagi “176 — 181” raqamlari “176 — 1811” raqamlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi qismining 3-bandidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22) quyidagi mazmundagi 3481-modda bilan toʻldirilsin:
“3481-modda. Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash
Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra amalga oshiriladi.
Yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusxalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamogʻi muddatlari ushbu Kodeksning 245, 341 va 351-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
Agar yoʻqolgan jinoyat ishi boʻyicha qamoqda saqlashning yoki uy qamogʻining oxirgi muddati tugagan boʻlsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak”;
23) 355-modda ikkinchi qismining 3-bandidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 380-moddaning birinchi qismidagi “qamoqda saqlanganligi” degan soʻzlar “qamoqda saqlanganligi yoki u uy qamogʻida boʻlganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 382-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisidagi “qamoqqa olish” va “qamoqda saqlab turish” degan soʻzlar tegishincha “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi” va “qamoqda saqlab turish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
26) 537-moddaning toʻrtinchi qismidagi “yigirma yoshga” degan soʻzlar “yigirma bir yoshga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 558-moddaning:
nomidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻiga joylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “qamoqqa olish” degan soʻzlar “qamoqqa olish yoki uy qamogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
28) 572-moddaning uchinchi qismidagi “qamoqda” degan soʻz “qamoqda, uy qamogʻida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi V1 bob bilan toʻldirilsin:
“V1 bob. Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik
512-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga toʻsiqlarni yuzaga keltirish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
513-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning qarorlarini ijro etmaslik, xuddi shuningdek ularning murojaatlarini koʻrib chiqishni gʻayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
514-modda. Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish
Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
515-modda. Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish
Saylovoldi tashviqotini, referendumga qoʻyilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini nomzod, ishonchli vakil, siyosiy partiya vakili, mansabdor shaxs tomonidan buzish, —
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
516-modda. Nomzodlar, siyosiy partiyalar toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatish
Saylov natijalariga taʼsir koʻrsatish maqsadida nomzod, siyosiy partiya toʻgʻrisida ataylab yolgʻon maʼlumotlarni eʼlon qilish yoki boshqa usullar orqali tarqatish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
517-modda. Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish
Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, —
eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
518-modda. Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish
Saylovni yoki referendumni moliyalashtirish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
519-modda. Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (eʼlon qilish) tartibini buzish
Jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini, shuningdek saylov yoki referendum bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni chop etish (eʼlon qilish) tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1795-modda bilan toʻldirilsin:
“1795-modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi (ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, yaʼni toʻlovga qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 245-moddaning birinchi qismi “511” va “1794” raqamlaridan keyin tegishincha “512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519” va “1795” raqamlari bilan toʻldirilsin;
4) 305-moddaning ikkinchi qismidagi “170” raqami “512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519 , 170” raqamlari bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi 113-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda) 11-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi va ikkinchi qismidagi “import” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 52-moddaning matnidagi “turma qamogʻiga” degan soʻzlar “turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 86-moddaning matnidagi “Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar” degan soʻzlar “Ozodlikdan mahrum etishga hukm etilgan shaxslar, jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 113-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Manzil-koloniyalarda:
mazkur muassasalarga sud hukmiga binoan kelgan voyaga yetgan mahkumlar;
umumiy, qattiq tartibli koloniyalardan va tarbiya koloniyalaridan sudning ajrimi asosida oʻtkazilgan voyaga yetgan mahkumlar;
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan sodir etgan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tarzida sudning ajrimi asosida yuborilgan voyaga yetgan mahkumlar jazoni oʻtaydi”;
ikkinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilarining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ogʻir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan boʻlsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan mahkumlar;
oʻta ogʻir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilgan va jazoning oʻtalmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtagan mahkumlar oʻtkaziladi”;
4) 116-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“qasddan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar;
ragʻbatlantirish tarzida yoki sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan keyin turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar oʻtaydi”;
5) 118-modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sud tomonidan tayinlangan turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish muddatini oʻtaganidan soʻng turmalardan oʻtkazilgan mahkumlar;
sud tomonidan manzil-koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ilgari oʻtagan va qasddan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga qayta hukm qilinib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish tartibida sudning ajrimi asosida yuborilgan mahkumlar oʻtaydi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi 415-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 9, 336-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) 5-moddasi birinchi qismining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan, soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmagan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar koʻrish (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan hollar bundan mustasno)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 27-moddasining birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda) 10 moddasining birinchi qismidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 6-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sugʻoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni” degan soʻzlar “shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sugʻoriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlardan, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlardan tashqari yerlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 72-modda:
birinchi qismi “rezervatlarining” degan soʻzdan keyin “milliy bogʻlarning” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Milliy bogʻlarning yerlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi 678-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “guvohnoma” degan soʻz “sertifikatlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning birinchi qismidagi “guvohnoma” degan soʻz “sertifikat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 10-moddaning:
birinchi qismidagi “Madaniyat va sport ishlari vazirligi beradigan guvohnoma” degan soʻzlar “Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladigan sertifikat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “olib chiqilishi huquqini beruvchi guvohnomani” degan soʻzlar “vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 11-moddaning:
nomidagi “guvohnomani” degan soʻz “sertifikatni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismi birinchi xatboshisidagi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “guvohnomani” degan soʻz “sertifikatni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5) 12-moddaning:
nomidagi “guvohnoma” degan soʻz “sertifikat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “guvohnoma” degan soʻz “sertifikat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Madaniy boyliklarning vaqtincha olib chiqilishi toʻgʻrisida sertifikat berish haqidagi arizani takroran koʻrib chiqishda mazkur sertifikatni berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha uni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-avgustdagi OʻRQ-710-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 25-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrdagi OʻRQ-730-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 25-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son)
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi 560-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 10-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bloger — Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs”;
2) quyidagi mazmundagi 121-modda bilan toʻldirilsin:
“121-modda. Hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifasidan:
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etish;
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish;
davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish;
pornografiyani targʻib qilish;
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadlarida foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.
Veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shart.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan majburiyatlar veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger tomonidan bajarilmagan taqdirda mazkur veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan talablarni buzganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 14-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 5-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Qonun hujjatlarida davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin”;
2) 7-moddaning oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarning (ovchilik xoʻjaliklarida tashkil etilgan buyurtma qoʻriqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning yer uchastkalariga yer soligʻi solinmaydi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda xoʻjalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer soligʻi undiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bogʻlarning yer uchastkalaridan tashqari) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi. Milliy bogʻlar yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
3) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanishini tashkil etish
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari va davlat biosfera rezervatlarini qoʻriqlash qoʻriqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qoʻriqlov xodimlari davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi.
Milliy bogʻlarni qoʻriqlash bunday bogʻlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Davlat buyurtma qoʻriqxonalari va tabiiy pitomniklarni qoʻriqlash bunday qoʻriqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tabiat yodgorliklarini qoʻriqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Agar davlat buyurtma qoʻriqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan boʻlsa, ularning qoʻriqlanishini taʼminlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalarini qoʻriqlash ular qaysi qishloq va suv xoʻjaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan boʻlsa, shu qishloq va suv xoʻjaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qoʻriqlanadi.
Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qoʻriqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taʼminlanadi.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlar oʻrmon qoʻriqchilari va ovchilik xoʻjaliklarining yegerlik xizmati tomonidan qoʻriqlanadi.
Baliq xoʻjaligi zonalarini qoʻriqlash baliqchilik bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan taʼminlanadi.
Xususiy buyurtma qoʻriqxonalar va tabiiy pitomniklarni qoʻriqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taʼminlanadi.
Qoʻriqlanma zonalar davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qoʻriqlanadi”;
4) X boʻlim quyidagi mazmundagi X va XI boʻlimlar bilan almashtirilsin:
“X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bogʻlar va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
44-modda. Davlat biosfera rezervatlari
Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari — biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun moʻljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmogʻiga qoʻshilishi va atrof tabiiy muhitning global monitoringida ishtirok etishi mumkin.
Davlat biosfera rezervatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qoʻyiladi:
tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun moʻljallangan, davlat qoʻriqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qoʻriqxonaga aylantirilgan zona;
tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun moʻljallangan, qoʻriqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;
davlat biosfera rezervatlarining tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan xoʻjalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan zona.
Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
45-modda. Milliy bogʻlar
Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega boʻlgan, oʻsimliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga moʻljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bogʻlardir. Milliy bogʻlar yer uchastkalarida oʻsimlik dunyosini qayta tiklash va takror koʻpaytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan tuzilishi mumkin. Milliy bogʻ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir.
Milliy bogʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Milliy bogʻni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy bogʻlar bunday bogʻlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
Yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga xoʻjalik foydalanuvidan olib qoʻyiladi va milliy bogʻlarga doimiy foydalanish uchun beriladi.
Milliy bogʻning oʻsimlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini taʼminlash uchun unga tutash hududlarda milliy bogʻ toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq qoʻriqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.
Milliy bogʻ toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq milliy bogʻ hududida undan maqsadli foydalanishga zid boʻladigan va oʻsimlik obyektlarining saqlanishi, koʻpaytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Milliy bogʻlar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin.
46-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.
Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
XI. Yakunlovchi qoidalar
47-modda. Qoʻriqlanma zonalar
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bogʻlar bilan chegaradosh hududlar qoʻriqlanma zonalardir. Qoʻriqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy taʼsirning oldini olish maqsadida xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Qoʻriqlanma zonalarning oʻlchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Davlat qoʻriqxonasi qoʻriqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos boʻlgan kamyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimliklar va hayvonlarning turlarini koʻpaytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qoʻriqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qoʻriqxonaning oʻziga topshirilishi mumkin.
48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish
Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
tabiatni muhofaza qilish fondlari mablagʻlari;
ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va maʼrifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga qaratilgan tushumlar;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritilgan oʻlja mahsulotni sotishdan tushgan pullar;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari, tabiat bogʻlari va davlat biosfera rezervatlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yoʻnalishidagi va qonun hujjatlarida yoʻl qoʻyiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi.
Milliy bogʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat buyurtma qoʻriqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablagʻlar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida boʻlsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi.
Xususiy buyurtma qoʻriqxonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida boʻlsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablagʻlardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yoʻnalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash uchun foydalaniladi.
49-modda. Nizolarni hal qilish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
50-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi OʻRQ-765-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrda qabul qilingan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-57-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 499-modda) 15-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda) 49-moddasining toʻrtinchi qismidagi “Markaziy banki tomonidan” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova) 70-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini”;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish boʻyicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish”.
30-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2014-yil 5-sentabrdagi 172 (6102)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 4-sentabr,
OʻRQ-373-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 03/21/710/0815-son, 24.11.2021-y., 03/21/730/1089-son, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)