

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2454004" id="onLBC-2454004">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7122"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.01.00 Xoʻjalik faoliyatida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash (shuningdek, 16.04.09.00ga qarang) / 11.02.01.01 Sanoatda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2454004" id="onLS-2454004">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2454023" id="-2454023">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2454024" id="-2454024">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2454025" id="-2454025">Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-2454026" id="-2454026">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2612] </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2454027" id="-2454027"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454028" id="-2454028">Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-97243">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “<a href="/acts/-323963">Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida</a>”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “<a href="/acts/-1656642">Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida</a>”gi qarorlariga asosan buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454029" id="-2454029">1. Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalari <a href="/acts/-2454004#-2454036">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454030" id="-2454030">2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454031" id="-2454031">Boshliq B. GULYAMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454032" id="-2454032">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454033" id="-2454033">2014-yil 6-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2454034" id="-2454034">108-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2454035" id="-2454035"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2454036" id="-2454036">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 6-avgustdagi 108-son<a href="/acts/-2454004"> buyrugʻiga<br /></a> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2454037" id="-2454037">Yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2454038" id="-2454038">QOIDALARI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2454039" id="-2454039"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135810" id="edi-8135810"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454040">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135810" id="-8135810"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135811" id="-8135811">Mazkur Qoidalar yadro fizikasi korxonalarida ishlar xavfsizligi qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135812" id="-8135812">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117107">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454041" id="-2454041">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454042" id="-2454042">1. Ushbu Qoidalar yadro fizikasi korxonalariga — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454043" id="-2454043">2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454044" id="-2454044">3. Ushbu Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454045" id="-2454045">2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454046" id="-2454046">1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8198885" id="edi-8198885"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=04.04.2026 00#-8135813">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8198885" id="-8198885"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8198886" id="-8198886">4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-7942768#-7958383">nizom</a> talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8198887" id="-8198887">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli <a href="/acts/8180674?ONDATE=07.05.2026 00#8185535">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454051" id="-2454051">5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454052" id="-2454052">mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454054" id="-2454054">tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454055" id="-2454055">mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454064" id="-2454064">xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454065" id="-2454065">mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454066" id="-2454066">xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454067" id="-2454067">har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5857823" id="edi-5857823"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454069">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5857823" id="-5857823"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5857828" id="-5857828">6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/acts/-3031427#-3031574">12-moddasiga</a> muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5857839" id="-5857839">Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5857840" id="-5857840">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli <a href="/acts/-5853810?ONDATE=10.02.2022 00#-5854717">qarori </a>(roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135836" id="edi-8135836"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454070">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135836" id="-8135836"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135837" id="-8135837">7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135838" id="-8135838">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117110">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454071" id="-2454071">8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5857841" id="edi-5857841"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454073">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5857841" id="-5857841"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5857843" id="-5857843">9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-545128#-4179192">nizomga</a> muvofiq amalga oshirilishi lozim. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5857849" id="-5857849">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli <a href="/acts/-5853810?ONDATE=10.02.2022 00#-5854723">qarori </a>(roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454074" id="-2454074">2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454075" id="-2454075">10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8198888" id="edi-8198888"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=04.04.2026 00#-8135839">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8198888" id="-8198888"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8198889" id="-8198889">11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-7942768#-7958942">nizom</a> talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8198890" id="-8198890">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli <a href="/acts/8180674?ONDATE=07.05.2026 00#8185537">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8198891" id="edi-8198891"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=04.04.2026 00#-8135842">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8198891" id="-8198891"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8198892" id="-8198892">12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-7942768#-7959342">nizom</a> talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8198893" id="-8198893">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli <a href="/acts/8180674?ONDATE=07.05.2026 00#8185537">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454080" id="-2454080">3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454081" id="-2454081">13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454082" id="-2454082">14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454083" id="-2454083">15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454084" id="-2454084">4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454085" id="-2454085">16. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454086" id="-2454086">17. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan rezervuarlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454087" id="-2454087">18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454088" id="-2454088">19. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454089" id="-2454089">20. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454090" id="-2454090">5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454091" id="-2454091">21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454092" id="-2454092">22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454093" id="-2454093">23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454094" id="-2454094">ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454095" id="-2454095">ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454096" id="-2454096">shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454098" id="-2454098">mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454099" id="-2454099">24. Xodimlar Yadro xavfsizligi xizmatlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning <a href="/acts/-1918252#-1922532">namunaviy normalariga </a>(roʻyxat raqami 2302, 2011-yil 21-dekabr) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454100" id="-2454100">25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454101" id="-2454101">26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454102" id="-2454102">jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454103" id="-2454103">yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454104" id="-2454104">yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454105" id="-2454105">xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454106" id="-2454106">27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454107" id="-2454107">6-§. Kasbiy tanlov</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454108" id="-2454108">28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454109" id="-2454109">29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454110" id="-2454110">30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8198894" id="edi-8198894"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=04.04.2026 00#-8135845">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8198894" id="-8198894"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8198895" id="-8198895">31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning <a href="/acts/-6533020#-6533976">roʻyxatiga</a> muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud boʻlgan ishlarga qabul qilinmasligi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8198896" id="-8198896">(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 6-maydagi 16-mh-sonli <a href="/acts/8180674?ONDATE=07.05.2026 00#8185540">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3831, 06.05.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5857853" id="edi-5857853"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454112">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5857853" id="-5857853">(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli <a href="/acts/-5853810?ONDATE=10.02.2022 00#-5854727">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454113" id="-2454113">7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454114" id="-2454114">33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454115" id="-2454115">ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454116" id="-2454116">xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454117" id="-2454117">texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454118" id="-2454118">jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454119" id="-2454119">8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454120" id="-2454120">34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135848" id="edi-8135848"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=10.02.2022 00#-5857854">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135848" id="-8135848"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135849" id="-8135849">35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135850" id="-8135850">(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117116">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135851" id="edi-8135851"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454122">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135851" id="-8135851"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135852" id="-8135852">36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135853" id="-8135853">(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117116">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135854" id="edi-8135854"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454123">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135854" id="-8135854"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135855" id="-8135855">37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135856" id="-8135856">(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117116">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454124" id="-2454124">38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454125" id="-2454125">39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454126" id="-2454126">9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454127" id="-2454127">40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454128" id="-2454128">41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454129" id="-2454129">havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454130" id="-2454130">ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454131" id="-2454131">yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135857" id="edi-8135857"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454132">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135857" id="-8135857"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135858" id="-8135858">42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135859" id="-8135859">(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117120">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454133" id="-2454133">43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454134" id="-2454134">10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135860" id="edi-8135860"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454135">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135860" id="-8135860"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135861" id="-8135861">44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135862" id="-8135862">(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117121">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454136" id="-2454136">45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454137" id="-2454137">46. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454138" id="-2454138">47. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454139" id="-2454139">48. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454140" id="-2454140">49. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454141" id="-2454141">50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454142" id="-2454142">51. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454143" id="-2454143">11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135863" id="edi-8135863"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454144">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135863" id="-8135863"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135864" id="-8135864">52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135865" id="-8135865">(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117122">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454145" id="-2454145">53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454146" id="-2454146">54. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454147" id="-2454147">55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454148" id="-2454148">56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454149" id="-2454149">57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454150" id="-2454150">58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454151" id="-2454151">59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454152" id="-2454152">60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454153" id="-2454153">61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454154" id="-2454154">62. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454155" id="-2454155">12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454156" id="-2454156">63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-2004 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454157" id="-2454157">64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454158" id="-2454158">detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454159" id="-2454159">shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454160" id="-2454160">agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454161" id="-2454161">shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454162" id="-2454162">tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454163" id="-2454163">65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454164" id="-2454164">13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135866" id="edi-8135866"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454165">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135866" id="-8135866"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135867" id="-8135867">66. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135868" id="-8135868">(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117123">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454166" id="-2454166">67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454167" id="-2454167">68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454168" id="-2454168">69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 21<sup>0</sup> S, oʻrtacha ogʻir ishda 17<sup>0</sup> S va ogʻir ishda 16<sup>0</sup> S dan past boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454169" id="-2454169">70. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 22<sup>0</sup> S dan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454170" id="-2454170">71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2454171" id="-2454171"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135870" id="edi-8135870"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-8135869">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135870" id="-8135870"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-8135871" id="-8135871">14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135872" id="-8135872">(14-paragrafning nomi  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117124">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135873" id="edi-8135873"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454172">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135873" id="-8135873"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135874" id="-8135874">72. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135875" id="-8135875">(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117125">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454173" id="-2454173">73. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 8 S dan 2<sup>0</sup> S gacha boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454174" id="-2454174">74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454175" id="-2454175">15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135876" id="edi-8135876"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454176">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135876" id="-8135876"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135877" id="-8135877">75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135878" id="-8135878">(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117127">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454177" id="-2454177">76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454178" id="-2454178">77. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454179" id="-2454179">78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454180" id="-2454180">79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454181" id="-2454181">80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454182" id="-2454182">81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454183" id="-2454183">82. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454185" id="-2454185">83.Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454186" id="-2454186">84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454187" id="-2454187">85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454188" id="-2454188">16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135879" id="edi-8135879"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454189">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135879" id="-8135879"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135880" id="-8135880">86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135881" id="-8135881">(86-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117128">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454190" id="-2454190">87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454191" id="-2454191">88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454192" id="-2454192">89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454193" id="-2454193">17-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5641723" id="edi-5641723"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454194">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5641723" id="-5641723"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5641725" id="-5641725">90. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5641730" id="-5641730">(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli <a href="/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5553467">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7315959" id="-7315959"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining </em><a href="/acts/-6257288#-6262086">13</a>, <a href="/acts/-6257288#-6262086">14-boblari</a><em>.</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454195" id="-2454195">3-bob. Tashkilotlarda ish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454196" id="-2454196">1-§. Ish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlikning umumiy talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454197" id="-2454197">91. Yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan laboratoriyalarni foydalanishga qabul qilib olish SHNQ 3.01.04.04 “Yangi qurilgan obyektlarni foydalanish uchun qabul qilish”ga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454198" id="-2454198">92. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan va xodimlar sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan laboratoriyalarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454199" id="-2454199">93. Tashkilotlar ishni tashkil qilish uchun uning faoliyat yoʻnalishiga bogʻliq ravishda kerakli miqdorda xonalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454200" id="-2454200">94. Laboratoriyalarda yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar bilan ish olib boriladigan xonalar alohida binoda yoki binoning ajratib olingan qismida joylashtirilishi va unda kamida ikkita kirish joyi boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454201" id="-2454201">95. Zaharli moddalar bilan ishlash uchun moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratib olingan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454202" id="-2454202">96. Laboratoriyalarda pollar metall plitkalari yoki boshqa suv oʻtkazmaydigan va kislotaga bardoshli material bilan qoplanishi kerak. Maxsus laboratoriyalarda ishning xususiyatlariga qarab pol qoplamasi sifatida boshqa materiallar ham ishlatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454203" id="-2454203">97. Laboratoriyaga kirmasdan laboratoriyani koʻzdan kechirish uchun uning eshiklari (oʻrta qismida) shaffof oynali boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454204" id="-2454204">98. Laboratoriya ishchi xonalarining eshiklari undan chiqish tomoniga (laborant xonasiga, preparatlar tayyorlanadigan xonaga, koridorga) ochiladigan boʻlishi kerak. Qolgan xonalarning eshiklari ham iloji boricha tashqariga (koridorga) ochiladigan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454205" id="-2454205">99. Yongʻin jihatidan xavfli va portlovchi moddalar bilan ish olib boriladigan laboratoriyalarning ishchi xonalarida ikkita chiqish yoʻli boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454206" id="-2454206">100. Deraza oynalarini boʻyoq bilan boʻyash mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454207" id="-2454207">101. Laboratoriyalarning ishchi xonalari toza havo beruvchi va havoni soʻrib oluvchi shamollatish tizimidan tashqari, havoni tortuvchi (ventilyatsiyali) alohida shkaflar boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454208" id="-2454208">102. Korroziyalovchi moddalar bilan ish olib boriladigan xonalardagi shamollatish uskunalari korroziyaga qarshi materiallardan tayyorlangan yoki korroziyadan himoya qiluvchi qoplamali boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454209" id="-2454209">103. Yongʻin jihatidan xavfli va portlovchi moddalar bilan ish olib boriladigan xonalarda barcha shamollatish uskunalarining kanallari yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454210" id="-2454210">104. Yongʻin jihatidan xavfli va portlovchi moddalar bilan ish olib borish uchun moʻljallangan ish stollari va havoni tortuvchi (ventilyatsiyali) shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplanishi, kislota va ishqorlar bilan ishlash uchun esa, korroziyaga qarshi materiallar bilan qoplanishi va yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454211" id="-2454211">105. Laboratoriyalar elektr energiyasi (oʻzgaruvchan va doimiy tok), gaz, sovuq va issiq suv, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari, zarurat tugʻilganda esa, radiatsiyadan, elektromagnit maydonlaridan, tebranishlardan va shovqindan himoya qilish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Bunda elektr asbob-uskunalar yerga ulanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454212" id="-2454212">106. Har bir laboratoriyada quyidagilar boʻlishi kerak: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454213" id="-2454213">pasport (xonalar, asbob-uskunalar, kommunikatsiyalarning tavsifi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454214" id="-2454214">birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun ichida kerakli tibbiy preparatlar, bogʻlash vositalari va asboblari toʻplami boʻlgan shkaf, tibbiyot qutisi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454215" id="-2454215">yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454216" id="-2454216">yongʻin va texnika xavfsizligi hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454217" id="-2454217">yongʻin va texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarni qayd etish jurnali.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454218" id="-2454218">107. Laboratoriyalar xonalari tahlillar oʻtkazilishi jarayoniga koʻra joylashtirilishi va texnologik jarayonning asosiy oqimlari jihatidan ratsional joylashtirish bilan taʼminlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454219" id="-2454219">108. Boks xonasi oynaband toʻsiq bilan ajratilgan ikki boʻlinmadan (boks xonasining oʻzi va boks xonasining old (kirish) xonasidan) iborat boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454220" id="-2454220">109. Boks xonasining old (kirish) xonasi kiyim kiyish va yordamchi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454221" id="-2454221">110. Laboratoriyalarning bino, qurilma, inshootlarga, omborxonalarga, yongʻin vaqtida foydalanishi mumkin boʻlgan suv havzalariga, yongʻin xavfsizligi anjomlariga olib boruvchi yoʻllari va yoʻlaklari toʻsib qoʻyilmasligi kerak hamda qish kunlari qor va muzlardan tozalab turilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454222" id="-2454222">111. Laboratoriyalarda xodimlar uchun xona, kiyim almashtiradigan xona va xodimlar ovqatlanadigan xona boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454223" id="-2454223">112. Laboratoriyaning har bir xodimi oʻziga biriktirilgan ish joyiga ega boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454224" id="-2454224">113. Xodim ish boshlashdan oldin shaxsiy shkaflarda saqlanadigan maxsus himoya kiyimini kiyishi kerak, himoya kiyimining turi va uni almashtirish shartlari bajarayotgan ishning xususiyatlariga koʻra belgilanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454225" id="-2454225">114. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni 100<sup>0</sup>S haroratgacha qizdirilishini maxsus sigʻimlarda amalga oshirish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454226" id="-2454226">115. Spirt lampasi yoki yengil alangalanuvchi suyuqliklar bilan ishlashda alangani tez oʻchirish va avariya holatlarining oldini olish uchun qoʻl ostida jun adyol yoki qalin mato boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454227" id="-2454227">2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454228" id="-2454228">116. Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda yongʻin va portlash xavfsizligi GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454229" id="-2454229">117. Sinovdan oʻtkazilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllash taqiqlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135882" id="edi-8135882"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454230">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135882" id="-8135882"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135883" id="-8135883">118. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik darajalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135884" id="-8135884">(118-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117129">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454231" id="-2454231">119. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454232" id="-2454232">120. Ishlab chiqarish binolari va xonalari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454233" id="-2454233">121. Shamollatish tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454234" id="-2454234">122. Suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻinni oʻchirish vositalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454235" id="-2454235">123. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan uskunalar va ish joylarida ochiq olovdan foydalanishni taqiqlovchi hamda alangalanuvchi va portlovchi moddalar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgilar boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454236" id="-2454236">124. Aralashganda portlovchi modda hosil qilishi mumkin boʻlgan gazlarni umumiy kollektorga chiqarish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454237" id="-2454237">125. Ishlab chiqarish amalga oshiriladigan boʻlimlarda tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454238" id="-2454238">126. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va ularga yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454239" id="-2454239">3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5857865" id="edi-5857865"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454240">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5857865" id="-5857865"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5857867" id="-5857867">127. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish <a href="/acts/-5091758#-5092449">qoidalari </a>va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi <a href="/acts/-5091758#-5095465">qoidalari </a>talablariga rioya qilinishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5857880" id="-5857880">(127-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 31-yanvardagi 03/YUB-17-sonli <a href="/acts/-5853810?ONDATE=10.02.2022 00#-5854729">qarori </a>(roʻyxat raqami 2612-1, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454241" id="-2454241">128. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454242" id="-2454242">129. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa, IV malaka guruhiga ega boʻlishi kerak. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454243" id="-2454243">130. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454244" id="-2454244">elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454245" id="-2454245">elektr qurilma va tarmoqlarida rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454246" id="-2454246">elektr energiyasi sarfining hisobi olib borilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454247" id="-2454247">himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454248" id="-2454248">131. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va ishga tushiruvchi boshqa apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454249" id="-2454249">132. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa, suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454250" id="-2454250">133. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454251" id="-2454251">134. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454252" id="-2454252">135. Kabellar va elektr simlarining izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari yordamida tekshirib turilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454253" id="-2454253">136. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlarining butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454254" id="-2454254">137. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454255" id="-2454255">kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454256" id="-2454256">nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454257" id="-2454257">138. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalari, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454258" id="-2454258">139. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454259" id="-2454259">140. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454260" id="-2454260">141. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454261" id="-2454261">142. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454262" id="-2454262">4-§. Laboratoriyalarda oʻyuvchi, zaharli, yongʻin va portlash jihatidan xavfli moddalarning qoʻllanilishiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454263" id="-2454263">143. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik talablariga rioya qilishlari shart. Moddalar va materiallar laboratoriyada turlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454264" id="-2454264">144. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarning chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda joylashtirilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454265" id="-2454265">145. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo tortuvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454266" id="-2454266">146. Zararli va yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va quyi soʻrmalar, shuningdek suyuqlikning polga oqib tushishining oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454267" id="-2454267">Shkafning 15 — 20 sm ga ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/s atrofida boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454268" id="-2454268">Oʻta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda laboratoriyada havoning tezligi 1 dan 1,2 m/s oraligʻida boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454269" id="-2454269">147. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning ulagichlari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa, ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454270" id="-2454270">148. Olov hamda yonish va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari hamda shkaflari esa, zanglamaydigan material bilan qoplanib, yon devori yonmaydigan materialdan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454271" id="-2454271">149. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454272" id="-2454272">150. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak. Ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa, sodali va toza suv bilan yuvish uchun moslangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454273" id="-2454273">151. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454274" id="-2454274">152. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454275" id="-2454275">153. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanishi hamda toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar tomon qiyalikda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454276" id="-2454276">154. Kimyoviy moddalar alohida ventilyatsiyaga ega boʻlgan xonada saqlanib, roʻyxatga olingan boʻlishi shart. Bunda kimyoviy moddalarning amal qilish muddatlariga alohida eʼtibor berilishi, muddati oʻtgan kimyoviy moddalar oʻrnatilgan tartibda utilizatsiya qilinishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454277" id="-2454277">155. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454278" id="-2454278">156. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454279" id="-2454279">157. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 m masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454280" id="-2454280">Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454281" id="-2454281">158. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, zarur hollarda esa, rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim. Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454282" id="-2454282">159. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoki qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454283" id="-2454283">160. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454284" id="-2454284">161. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻl-yoʻriq olgan tajribali xodimlar tomonidan ochilishi kerak. Bunda temir iskana va bolgʻa ishlatish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454285" id="-2454285">162. Boʻshagan baraban natriyning kristalli qattiq qoldiqlaridan tozalanishi lozim. Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga oʻrnatish koʻtarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454286" id="-2454286">Boʻshagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarish kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454287" id="-2454287">163. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini asta-sekin qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash lozim. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454288" id="-2454288">164. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi lozim. Shisha siniqlarini choʻtka va xokandoz yordamida yigʻib olish zarur. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-8135885" id="edi-8135885"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454289">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8135885" id="-8135885"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8135886" id="-8135886">165. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va neytrallanganidan soʻng oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga, loyli oʻraga yoki sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga moʻljallangan boshqa joyga toʻkilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8135887" id="-8135887">(165-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli <a href="/acts/-8116717?ONDATE=04.04.2026 00#-8117130">qarori </a>(roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454290" id="-2454290">166. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454291" id="-2454291">5-§. Qozonxonaga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454292" id="-2454292">167. Qozonxonaning isitish va shamollatish tizimi QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talablariga muvofiq boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454293" id="-2454293">168. Qozonxona qurilmasi qismlarini koʻrikdan oʻtkazish, tartibga solish, sozlash paytida foydalaniladigan yechib olinadigan uskunalarini jips oʻrnatish uchun ularga boʻyoq yoki lak surtish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454294" id="-2454294">169. Qozonxona binosidagi birinchi qavat polining balandligi bino atrofidagi hudud balandligidan past boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454295" id="-2454295">170. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar tashqariga ochilishi lozim. Eshiklarda ichkaridan berkitiladigan moslama boʻlmasligi kerak. Qozonxonadan chiqadigan eshiklar qozonlar ishlab turganda berkitilmasligi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454296" id="-2454296">171. Qozonxona qurilmasining konstruksiyasi uni montaj qilishda, sinash va taʼmirlashda hamda xizmat muddati davomida ishlatishda xavfsizlikni taʼminlashi lozim. Toʻsiqlarning gʻilof va eshiklarida ularning ishonchli berk holatda turishini taʼminlaydigan moslamalar boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454297" id="-2454297">172. Qozondagi suvning sathini koʻrsatuvchi uskuna yassi, silliq yoki qoʻtir shaffof shisha plastinkadan iborat boʻlib, kamida 8 mm li koʻrish tirqishiga ega boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454298" id="-2454298">173. Mazkur toʻgʻri harakatlanuvchi koʻrsatish moslamasi koʻpi bilan 2 m balandlikda, old tomonga koʻpi bilan 30<sup>0</sup> qiya qilib, tik holatda oʻrnatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454299" id="-2454299">174. Qozonga umumiy bugʻ oʻtkazish qobiliyati qozonning bir soatlik unumdorligidan past boʻlmagan kamida ikkita bugʻ saqlagich klapanlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454300" id="-2454300">175. Saqlagich klapanlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning tegib ketishidan himoyalovchi toʻsiqlarga (gʻilof) ega boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454301" id="-2454301">176. Qozon oʻrnatilgan binoda tez alangalanadigan yoqilgʻi solingan idishlar hamda yonuvchi moylash materiallarining zaxirasini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454302" id="-2454302">177. Suyuq yoqilgʻini yondirishda forsunkalardan tomadigan yoqilgʻini qozonxona poliga tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454303" id="-2454303">178. Suyuq yoqilgʻi keladigan oʻtkazgich quvurlariga zarur hollarda qozonlarga borishini toʻxtatadigan, berkitish joʻmraklari oʻrnatilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454304" id="-2454304">179. Qozonxonada soat favqulodda vaziyatlar uchun ovozli signalizatsiya tizimi, tashkilot rahbariyati va bugʻ isteʼmolchilari bilan aloqa oʻrnatish uchun aloqa vositalari boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454305" id="-2454305">180. Xodimga qozon ichida ishlash uchun naryad-ruxsatnoma qozon ichidagi harorat 60<sup>0</sup> S dan ortiq boʻlmaganda berilib, ushbu naryad-ruxsatnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454306" id="-2454306">181. Gaz yurish yoʻllarida ishlashga undagi harorat 60<sup>0</sup> S dan ortiq boʻlmaganda ruxsat beriladi. Ish boshlashdan oldin mazkur joylar shamollatilishi, ishlab turgan qozonlar gaz va changlar kirmaydigan qilib zaslonkalar zichlanib qulflab qoʻyilishi hamda vaqtinchalik gʻisht devor bilan ajratib qoʻyilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454307" id="-2454307">Gaz yurish yoʻllaridagi harorat 50<sup>0</sup> — 60<sup>0 </sup>S boʻlganda, xodimlar uning ichida 20 daqiqadan ortiq boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454308" id="-2454308">182. Zulfinlar orqali uzib qoʻyilgan oʻtkazgich quvurlari, bugʻ oʻtkazgichlari va gaz oʻtkazgichlari uchastkalarida hamda qozon qurilmasining gaz yurish yoʻllarini ajratilgan qismida ishlar olib borilayotganda, ularning tegishli zulfinlariga va qopqoqlariga hamda tutun soʻrgichni, havo haydovchi shamollatgichni va yoqilgʻi taʼminlagichni ishga tushirish qurilmalariga “Ulamang, odamlar ishlamoqda!” degan yozuv osib qoʻyish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454309" id="-2454309">183. Qozonxona binosida qozon qurilmasi va ekonomayzerlariga xizmat koʻrsatishga, qozonxona uskunalarini taʼmirlashga yoki bugʻ va issiq suv olish texnologiyasiga bevosita aloqasi boʻlmagan mashina va asboblarni oʻrnatish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454310" id="-2454310">184. Qozonlar ishlab turganda quyidagilar taqiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454311" id="-2454311">oʻchoqda yonish jarayoni tugab, bosim atmosfera bosimi darajasiga tushmaguncha qozonni qarovsiz qoldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454312" id="-2454312">qozonning bosim ostidagi elementlarida taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454313" id="-2454313">navbatchilikda turgan mashinistga (oʻt yoquvchi) uning ishlab chiqarish yoʻriqnomasida koʻzda tutilmagan ishni bajarishni topshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454314" id="-2454314">185. Armaturasi, taʼminot asboblari, avtomatikasi, yongʻinni oʻchirish vositalari va signalizatsiyasi nosoz qozonlarni ishga tushirish va ishlatish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454315" id="-2454315">186. Qozon ishini avariyali toʻxtatishda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi chora-tadbirlar qoʻllanishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454316" id="-2454316">yoqilgʻi va havo kelishini toʻxtatib, tutun yoʻlini tortish kuchini tezda sustlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454317" id="-2454317">zudlik bilan oʻchoqdagi yoqilgʻini olib tashlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454318" id="-2454318">oʻchoqda oʻt yonishi toʻxtagandan keyin tutun zaslonkasini, qoʻl bilan yoqish oʻchoqlarida esa, uning eshikchalarini ochib qoʻyish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454319" id="-2454319">saqlagich klapanlarini sal koʻtarib qoʻyish yoki avariya joʻmragi orqali bugʻlarni chiqarish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454320" id="-2454320">187. Qozonning ishlashi toʻxtatilganda, zudlik bilan oʻchoqqa yoqilgʻi va havo berishni toʻxtatish, moʻrilar va shamollatgichlarni berkitish orqali tutun soʻrilishini toʻxtatish hamda barcha havo va gaz zaslonkalarini berkitish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454321" id="-2454321">188. Qozonxonada yongʻin sodir boʻlganda, yongʻindan saqlash xizmatini tezda chaqirib, qozon holatining nazoratini davom ettirish va yongʻinni oʻchirish tadbirlarini qoʻllash lozim. Qozonxonada yongʻin roʻy berganda, qozonxona binosining tashqarisidagi zulfin yordamida gaz kelishi toʻxtatilishi kerak. Yongʻin qozonlarga xavf solayotgan boʻlsa va uni oʻchirishning iloji boʻlmasa, qozonlarni avariya tartibida tezda toʻxtatish, unga suv yuborib, ichidagi bugʻni atmosferaga (bino tashqarisi) chiqarib yuborish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454322" id="-2454322">189. Qozonxonalarda uskunalar, armaturalar, nazorat va sozlash asboblarini joriy taʼmirlash uchun taʼmirlash uchastkasi yoki xonasi ajratilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454323" id="-2454323">190. Qozonlarga va qozonxona qurilmasi ishiga bevosita aloqasi boʻlmagan shaxslarni qozonxonaga kirishi mumkin emas.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454324" id="-2454324">4-bob. Laboratoriyalarda asbob-uskunalarni taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454325" id="-2454325">1-§. Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirishda xavfsizlikning umumiy talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454326" id="-2454326">191. Asbob-uskunalarni taʼmirlash xizmati asbob-uskunalarni mehnat xavfsizligi talablari, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlari talablariga mosligini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454327" id="-2454327">192. Asbob-uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy taʼmirlash ishlarining bajarilishi va ularning sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454328" id="-2454328">193. Taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi va usullari bu ishlarga masʼul rahbar bilan kelishilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454329" id="-2454329">194. Asbob-uskunalarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454330" id="-2454330">tok manbaidan oʻchirilgan boʻlishi hamda ehtiyotsizlik tufayli yoki oʻz-oʻzidan ishlab ketishining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454331" id="-2454331">boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi belgilarni osib qoʻyish va zarurat boʻlganda toʻsiqlar qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454332" id="-2454332">ish boshlash oldidan tok oʻtuvchi qismlarda kuchlanishning yoʻqligini kuchlanishni koʻrsatuvchi asbob yoki olib yuriladigan voltmetr yordamida tekshirib koʻrish kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454333" id="-2454333">195. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval tashkilot rahbariyati tomonidan taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlarni ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishini taʼminlashi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454334" id="-2454334">196. Taʼmirlashda band boʻlgan xodimlar belgilangan meʼyorlar boʻyicha maxsus kiyim, poyabzal va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454335" id="-2454335">197. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454336" id="-2454336">198. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454337" id="-2454337">199. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454338" id="-2454338">200. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454339" id="-2454339">201. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda, havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar kamarlar va arqonlardan foydalanishlari shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454340" id="-2454340">202. Barcha taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454341" id="-2454341">203. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar olib ketilishi hamda toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454342" id="-2454342">204. Asbob-uskunalarni davriy texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari tashkilotning taʼmirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454343" id="-2454343">205. Texnik koʻrikdan oʻtkazish paytida asbob-uskunalarning ishlashida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun darhol toʻxtatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454344" id="-2454344">206. Yangi ishga tushirilayotgan asbob-uskunalarning xavfsizlik talablariga mosligini taʼminlash boʻyicha quyidagilar amalga oshirilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454345" id="-2454345">ishga tushirish-sozlash ishlaridan soʻng, tashkilot rahbari (rahbar oʻrinbosari), mehnat muhofazasi xizmati vakili, bosh mutaxassislardan iborat komissiya tomonidan uskunaning mehnat xavfsizligi standartlari va ushbu laboratoriya asbob-uskunalariga taalluqli boshqa normativ texnik hujjatlarning talablariga mosligini tekshirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454346" id="-2454346">aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgach, texnika takroran komissiyaga qabul qilish uchun taqdim etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454347" id="-2454347">qabul qilish tugagach, texnikani foydalanishga topshirish dalolatnomasi tuzilishi lozim. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454348" id="-2454348">2-§. Laboratoriyalarning asbob-uskunalarini sozlashda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454349" id="-2454349">207. Asbob-uskunalarning ishga yaroqliligini taʼminlash ishlarining xavfsizligi uchun javobgarlik tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tegishli kasb malakasiga ega boʻlgan injener-texnik xodimlarga yuklatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454350" id="-2454350">208. Asbob-uskunalar bilan ishlash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454351" id="-2454351">209. Laboratoriyalarda ishlatiladigan barcha mashinalar, mexanizmlar va moslamalar bajarilayotgan ishning xarakteriga mos va hamisha soz holda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454352" id="-2454352">210. Yuqori kuchlanishda boʻlgan elektr laboratoriya asbob-uskunalarini sozlashda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454353" id="-2454353">kuchlanishda boʻlgan elektr toki oʻtgan qismlari sozlovchining roʻparasida yoki faqat bir yonbosh tomonida joylashtirilgan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454354" id="-2454354">ishlash jarayonida apparaturani sozlovchi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454355" id="-2454355">211. Asbob-uskunalarni boshqarish ishlari boshlangunga qadar, ishlash uchun quyidagi zarur boʻlgan asboblarning mavjudligi va himoya vositalarining yaroqliligi tekshirib koʻrilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454356" id="-2454356">elektr kavsharlagichning korpusida qisqa tutashish yoʻqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454357" id="-2454357">izolyatsiyalangan dastalarning mavjudligi va izolyatsiya holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454358" id="-2454358">dielektrik qoʻlqoplardan foydalanishdan uning yaroqliligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454406" id="-2454406">dielektrik rezina gilamchadagi shtamp boʻyicha yaroqlilik muddati va mexanik nuqsonlarning yoʻqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454359" id="-2454359">tok oʻtkazuvchi simlarda izolyatsiya nuqsonlarining yoʻqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454360" id="-2454360">212. Asbob-uskunalarni sozlovchini yuqori kuchlanishda boʻlgan va izolyatsiyalanmagan elektr toki qismiga toʻsatdan tegib ketishining oldini olish maqsadida himoyalovchi, izolyatsiyalangan vositalardan va moslamalardan foydalanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454361" id="-2454361">213. Asbob-uskunalardagi nosozliklarni aniqlashda nazorat-oʻlchov asboblarining (bundan buyon matnda NOʻA deb yuritiladi) barcha turdagi oʻchirish-yoqish ishlari (jihozlar tarkibiy qismlari rejimini oʻlchash) elektr kuchlanishdan toʻliq uzilgan holda amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454362" id="-2454362">214. Kuchlanishda boʻlgan apparatlarni tekshirish va sozlash taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454363" id="-2454363">215. Asbob-uskunalarni elektr manbaidan oʻchirmasdan turib, shuningdek apparat korpuslarini ochib qoʻygan holda elektr toki oʻtuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454364" id="-2454364">216. Elektr asbob-uskunalarni sozlashda, texnik xizmat koʻrsatishda va boshqa ishlarda kuchlanish berilishidan oldin uning metall korpuslari yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454365" id="-2454365">217. Asbob-uskunalarni rozetkaga vilkasiz, ochiq simlar yordamida ulash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454366" id="-2454366">218. Elektr asbob-uskunalarda kuchlanishni oʻchirmasdan turib ishlarni amalga oshirishning iloji boʻlmagan hollarda (sozlash, rejimlarni oʻlchash, oʻchirib-yoqish uskunasida yaxshi kontakt boʻlmasligi, tokning yoʻqolib qolishini oʻlchash) kuchlanish ostida ishlashga ruxsat beriladi. Bunday hollarda, xodim kuchlanish ostidagi qismga tegib ketishdan ehtiyot boʻlishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454367" id="-2454367">3-§. NOʻA avtomatika vositalarini taʼmirlashda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454368" id="-2454368">219. NOʻAni taʼmirlash ishlatuvchi tashkilot yoki ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454369" id="-2454369">220. NOʻAlarning bino ichiga kirgan, chiqqan yoki tambur va koridor devorlari orqali oʻtgan kabellari doimo soz holatda boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454370" id="-2454370">221. NOʻAlarni montaj, demontaj qilish va taʼmirlash ularni texnologik, impulsli tarmoqlardan ajratgan va elektr kuchlanishini uzib qoʻygan holda amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454371" id="-2454371">222. Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan binolarning bevosita oʻzida NOʻAlarni taʼmirlash ishlarini payvandlash, kavsharlash, boshqa ochiq olov va yuqori harorat qoʻllamasdan oʻtkazish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454372" id="-2454372">223. NOʻAlarni taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladigan, yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududlardagi ochiq holda (konstruksiyalar, devorlar, shiftlar, kanallar va tonnellarda) yotqizilgan (joylashtirilgan) kabellarning ustki qoplamasi yonuvchi materiallardan (kanop, bitum, paxta-qogʻozli oʻramlar) boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454373" id="-2454373">224. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududga joylashtirilgan, kuchlanishi 1 kW dan ortiq boʻlgan kabellarning uzunligi imkon darajasida qisqartirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454374" id="-2454374">225. Yongʻin va portlash xavfi mavjud boʻlgan hududlarda taʼmirlash ishlari olib borilganda, ulovchi va taqsimlovchi kabel muftalarining qoʻllanilishi taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454375" id="-2454375">4-§. Favqulodda vaziyatlarda xavfsiz ishlashga qoʻyiladigan talab</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454376" id="-2454376">226. Tashkilotlarda ehtimol tutilgan avariyalarni bartaraf etish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Unda mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda avariyalarning oldini olish va avariya vaziyatlarini bartaraf etish, avariya sodir boʻlganda esa, uning oqibatlarini chegaralash va yengillashtirish, alangalanish va portlashning oldini olish, avariyani bartaraf etishda band boʻlmagan odamlarni evakuatsiya qilish yuzasidan xodimlarning tezkor vazifalari nazarda tutilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454377" id="-2454377">5-bob. Mehnat muhofazasi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454378" id="-2454378">227. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5641733" id="edi-5641733"><a href="/acts/-2454004?ONDATE=02.09.2014 00#-2454379">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5641733" id="-5641733"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5641735" id="-5641735">228. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5641738" id="-5641738">(228-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli <a href="/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5553467">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7315966" id="-7315966"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining </em><a href="/acts/-97664#-5451089">49-moddasi</a><em>.</em></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2454380" id="-2454380">6-bob. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2454381" id="-2454381">229. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454382" id="-2454382">Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454383" id="-2454383"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454384" id="-2454384">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454385" id="-2454385">Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454386" id="-2454386"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454387" id="-2454387">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454388" id="-2454388">Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454389" id="-2454389"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454390" id="-2454390">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454401" id="-2454401">Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454402" id="-2454402"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454403" id="-2454403">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454391" id="-2454391">Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454392" id="-2454392"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454393" id="-2454393">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454394" id="-2454394">Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454395" id="-2454395"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454396" id="-2454396">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454397" id="-2454397">Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454398" id="-2454398"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454399" id="-2454399">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2454400" id="-2454400">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454404" id="-2454404"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2454405" id="-2454405">2014-yil 4-avgust</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2454865" id="-2454865">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 35-son, 448-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2612-1/0121-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son; 07.05.2026-y., 10/26/3831/0463-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
