|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.03.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 22-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2095-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-son qarori (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
48-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
2014-28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddima quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga qurilishi yakunlangan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlanganidan keyin 6 oy davomida, biroq ularning davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlmagan davrda. Mazkur norma 2014-yilning ikkinchi choragidan eʼtiboran amal qiladi.”.
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 23, 2013-8-son qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Maʼlumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.”.
3. 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 375-modda)