1-ILOVA
|
Chora-tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
||
|
I. Tadbirkorlik subyektlari va investorlarning faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va liberallashtirish |
|||||
|
1. |
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi va ruxsat beruvchi koʻrinishga ega boʻlgan hujjatlarning soni, narxi va muddatlarini yanada qisqartirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil aprel |
Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, TIAISV, Davlat raqobat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP |
|
|
2. |
Tadbirkorlik faoliyati sohasida quyidagilar orqali qonunchilikni yanada liberallashtirish: vakolatli organ tomonidan ruxsat beruvchi koʻrinishga ega boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan muddatda ruxsat berish hujjatini tadbirkorlik subyektlariga bermagan yoki berishdan bosh tortgan taqdirda vakolatli organ yozma ravishda xabardor qilish bilan ruxsat etilgan hujjatsiz faoliyatni amalga oshirish uchun javobgarlik choralari qoʻllamaslik tartibini belgilash; tadbirkorlik subyektlariga turli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash sohasida qonunchilik normalarining takrorlanishiga barham berish; qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tugatish muddatini ular ishlamagan taqdirda ikki yildan uch yilgacha oshirish. |
Qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak |
Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, SSP |
|
|
3. |
Vakolatli organning ruxsat berish koʻrinishiga ega hujjatning amal qilinishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan kundan boshlab tadbirkorlik subyektiga yetkazish muddatini 1 ish kunigacha qisqartirish. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, SSP |
|
|
4. |
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini murakkablashtiradigan va tadbirkorlik subyektlariga yangi huquqiy majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining yangi huquqiy javobgarlik choralarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP |
|
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Mikromoliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mikromoliya xizmatlarini taqdim etish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish muddatini uch bank kunidan koʻp boʻlmagan muddatda cheklashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
|
6. |
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari qurilishi tugallangan qurilish obyektini qabul qilish guvohnomasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin 6 oy oʻtgandan soʻng lekin davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yildan oshmagan holda belgilangan eng kam miqdorlarni hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini (chakana savdo tashkilotlari bundan mustasno) va yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlash. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
|
|
7. |
Litsenziyalar va boshqa ruxsat berish koʻrinishiga ega hujjatlarni taqdim etishda belgilangan tartib va muddatlarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilash masalasini koʻrib chiqish va maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, SSP |
|
|
8. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish: “Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, davlat organlari faoliyatida fuqarolar, tashkilotlar, xorijiy fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlaridag axborot texnologiyalaridan foydalanish; davlat boshqaruvining samaradorligi, shaffofligi va ochiqligini yaxshilash. |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil IV-chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, SSP |
|
|
9. |
Ishlab chiqilayotgan normativ hujjatlar loyihalarini hamda qabul qilingan normalarni tadbirkorlik faoliyatida amaliy taʼsirini muhokama qilish boʻyicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) maxsus boʻlimni yaratish v doimiy ravishda texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qabul qilingan normalarni amaliy taʼsir ettirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-yil III-chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, SSP |
|
|
YIDXPda maxsus boʻlimni yuritish orqali ishbilarmonlik muhitiga qonunchilik hujjatlarini taʼsir qilish bahosi mexanizmini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil III-chorak |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, SSP, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
||
|
10. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish: Markaziy bank huzurida “Garov reyestri” davlat unitar korxonasini tashkil etish va uning shtatlar sonini belgilash; “Garov reyestri” davlat unitar korxonasi faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash; garov reyestrining doimiy domen nomi (veb-sayt manzili)ni aniqlash; garov reyestri tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga (garov reyestriga kreditorlar yozuvlari, koʻchirmalar berish va boshqalar) haq toʻlash miqdori va shartlarini belgilash; quyidagilarni nazarda tutuvchi garov reyestri yuritish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash: garov reyestriga yozuvlar kiritish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish, yozuvlar kiritganlik uchun haq toʻlash va garov reyestridan koʻchirmalar olish; kreditorlar, tergov va surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona organlari tomonidan garov reyestriga yozuvlarni kiritish, reyestrdagi yozuvlarni oʻzgartirish va oʻchirish; qarzdorning mol-mulkini undirib olish toʻgʻrisidagi sud qarorlari asosida garov reyestriga yozuvlar kiritish, reyestrdagi yozuvlarni oʻzgartirish va oʻchirish; qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish va undan foydalanish huquqini cheklash boʻyicha garov reyestriga yozuvlar kiritish, reyestrdagi yozuvlarni oʻzgartirish va oʻchirish; kiritilgan yozuvlarga qarzdorning eʼtirozlarini kiritish; garov reyestridan maʼlumotlarni izlash, garov reyestridan koʻchirmalarni rasmiylashtirish va berish va h.k. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil II-chorak |
Markaziy bank, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, IIV, Bosh prokuratura, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Banklar assotsiatsiyasi |
|
|
11. |
Shaxsiy maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, uzatish va ulardan foydalanishni huquqiy tartibga solishni, shuningdek, ularning xavfsizligini taʼminlash talablarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak |
Davlat personallashtirish markazi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
|
II. Tadbirkorlik subyektlari bilan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining munosabatlari samaradorligini oshirish hamda shaffofligini taʼminlash |
|||||
|
12. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini elektron tarzda qayta ishlash tizimini joriy etish, bunda arizachiga onlayn tarzda hujjatlar topshirishning belgilangan sanasi va vaqti toʻgʻrisida, shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun talab qilinadigan hujjatlarning batafsil roʻyxatini taqdim etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-yil II-chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, SSP |
|
|
13. |
Quyidagilarni nazarda tutgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish (kredit tashkilotlari bundan mustasno): roʻyxatga olish organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning aloqasiz shaklini taʼminlovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi tartibni joriy etish; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, tegishli maʼlumotlar bazasini yaratish va dasturiy taʼminot ishlab chiqish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil II-chorak |
SSP, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, TIAISV, IIV, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi DPM, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Markaziy bank, OʻzMAA, Davergeodezkadastr, Intellektual mulk agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
|
roʻyxatga olish organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning aloqasiz shaklini taʼminlovchi interaktiv davlat xizmatlari portali orqali real vaqt rejimida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida xabar berish tartibini joriy etish; roʻyxatga olish va boshqa vakolatli organlarning funksional va operatsion jarayonlarini tizimli ravishda qayta tashkil etish asosida barcha roʻyxatga olish tartib-qoidalarni toʻliq avtomatlashtirish; tadbirkorlik subyektlarining noyob identifikatorini joriy etish; davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat bojlarini onlayn toʻlash imkoniyatini taqdim etish; |
Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish — 2015-yil I-chorak |
||||
|
faqat ariza va taʼsis hujjatlari asosida yuridik shaxsning (tijorat tashkiloti)ning, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida esa ariza va pasport nusxasi asosida — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish. |
Mexanizmni joriy etish — 2016-yil 1-apreldan |
||||
|
14. |
Tadbirkorlik subyektlari bilan, davlat xizmatlari va boshqa turdagi xizmatlarni (tarqatilishi cheklangan va tijorat sirini oʻz ichiga olgan hujjatlardan tashqari) koʻrsatish jarayonlari, muddati va narxlarini oʻz ichiga olgan holda oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi vazirlik, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining barcha tegishli normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarini oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida majburiy joylashtirish va keyinchalik doimiy yangilab turish yoʻli bilan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari faoliyati shaffofligini oshirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori, qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil iyun |
Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP |
|
|
15. |
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlarining homiylik va xayriya koʻrinishidagi mablagʻlaridan shaffof va samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil II-chorak |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, SSP |
|
|
16. |
Tadbirkorlik subyektlariga mablagʻlar berish tartibini buzganlik, ularni hayriya va pul mablagʻlarini ajratish bilan bogʻliq boshqa faoliyatga majbur qilganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni belgilash. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak |
Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, SSP |
|
|
17. |
Yer uchastkalari ajratish, qurish uchun ruxsatnomalar berish, koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish, elektr tarmoqlariga ulanish bilan bogʻliq tartiblarni toʻliq inventarizatsiya qilish va natijasi boʻyicha elektron shaklga oʻtkazishni soddalashtirish va tezlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-yil II-chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, Davergeodezkadastr, “Oʻzbekenergo” DAK |
|
|
18. |
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilish doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish, shu jumladan: |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-yil II-chorak Amalga oshirishni yakunlash: |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davergeodezkadastr, “Oʻzkommunxizmat” agentligi |
|
|
jismoniy shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish (noyob identifikator bilan); |
2015-yil I-chorak |
||||
|
yuridik shaxslarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish (noyob identifikator bilan); |
2015-yil I-chorak |
||||
|
litsenziyalash va ruxsat berish tartibotlari sohasida interfaol xizmatlar koʻrsatish uchun “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksini yaratish; |
2015-yil I-chorak |
||||
|
soliqqa tortish sohasida interaktiv xizmatlarini taqdim etish uchun “Soliq” axborot tizimlari kompleksini integratsiya qilish; |
2015-yil I-chorak |
||||
|
tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha interaktiv xizmatlarni taqdim etish uchun “Bojxona” axborot tizimlari kompleksini integratsiyalash; |
2015-yil I-chorak |
||||
|
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida interaktiv xizmatlar koʻrsatish uchun “Kommunal” axborot tizimlari kompleksini yaratish. |
2015-yil IV-chorak |
||||
|
19. |
Tadbirkorlik subyektlariga maʼmuriy tartibotlar va davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish va qayta koʻrib chiqish, zarur hujjatlarning toʻliq roʻyxatini koʻrsatadigan, davlat boshqaruv va sohadagi boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar bundan mustasno (maʼlumotnomalar, litsenziya nusxalari va boshqalar). Tadbirkorlik subyektlaridan budjetga qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisida xulosalar, shuningdek, tegishli kommunal xizmatlarni olish va litsenziyalash tartib-qoidalarini oʻtayotganda kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni taqdim etishni talab qilish amaliyotini bartaraf etish, oʻzaro maʼlumot almashinuvi yordamida davlat organlari tomonidan tegishli maʼlumotlarni Internet tarmogʻi orqali olish. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari oʻrtasida elektron axborot almashinuv mexanizmini takomillashtirish orqali taʼsis hujjatlari va ruxsat berish xarakteriga ega hujjatlar nusxalarini taqdim etish talablari mavjud boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning inventarizatsiyasi va tahlilini hisobga olgan holda taʼsis hujjatlari va ruxsat berish xarakteriga ega hujjatlarning nusxalarini talab qilishga taqiq qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil IV-chorak |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank, SSP |
|
|
20. |
Tashqi savdo faoliyati subyektlariga kontraktlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni internet orqali elektron raqamli imzo yordamida elektron shaklda kiritish imkoniyatini berish, bu esa kiritilgan maʼlumotlarni tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) oʻtkazishga, shu bilan bir vaqtda vakolatli banklar bilan tashqi savdo shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibini bekor qilishga imkon beradi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlarini nazorat va monitoring qilish valyuta nazorat organlari va vakolatli banklar tomonidan TSOYAEAT orqali amalga oshiriladi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, interaktiv xizmatni joriy etish |
2014-yil iyun |
Markaziy bank, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
|
III. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirishning institutsional tizimini yanada takomillashtirish |
|||||
|
21. |
Tekshiruvlar sonini qisqartirish va tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish va monitoring qilish tizimini quyidagilar orqali yanada takomillashtirish: Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashining veb-saytini yaratish, unda tekshiruvlarni tayinlash toʻgʻrisidagi tekshiruv jadvallari va qarorlarini eʼlon qilish, tekshirish oʻtkazish vaqti va sababi koʻrsatilishini nazarda tutish, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish; tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashishning oldini olish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan ushbu kitobni toʻldirish tartib-qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobida (jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar bundan mustasno) onlayn elektron roʻyxatga olish tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi qarori |
2014-yil III-chorak |
Davlat soliq qoʻmitasi, SSP, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy xoʻjalik sudi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
|
22. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari asosida tuzilgan respublika va idoralararo komissiyalar va doimiy ishchi guruhlar faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan: |
Inventarizatsiyadan oʻtkazish |
2014-yil II -chorak |
Vazirlar Mahkamasining YATD, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
|
a) komissiyalar sonini quyidagilar orqali keskin qisqartirish: aniq vakolatlar va funksiyalarga ega boʻlmagan komissiyalarni tugatish; bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablari va shartlariga javob bermaydigan komissiyalarni tugatish; boshqaruv funksiyalari va topshiriqlarining takrorlanishini bajaradigan komissiyalarni birlashtirish; |
Takliflar bayon etilgan tahliliy xat |
2014-yil II-chorak |
|||
|
b) quyidagilar orqali komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish: zamonaviy voqelik va hozirgi talablarni hisobga olgan holda komissiyalarning yangilangan tarkibini tasdiqlash; komissiyani tuzish maqsadi, oʻziga xos funksiyalari, vazifalari va vakolatlari koʻrsatilgan qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash; komissiya vakolatlari doirasida tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun javob beradigan har bir komissiyasi boʻyicha ishchi organni belgilash; talab qilinadigan minimal miqdordagi tashkilotlar vakillarini kiritgan holda komissiyalar tarkiblarini optimallashtirish. |
Respublika komissiyalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha loyiha qarorlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish |
2014-yil III-chorak |
|||
|
23. |
Quyidagilar orqali nazorat qiluvchi organlar xodimlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirish qonunchiligi talablariga rioya qilishdagi javobgarligini oshirish: viloyatlardagi xalq deputatlari Kengashlari majlislarida tumanlar (shaharlar) hokimlarining tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarning koʻrib chiqilishini amaliyotga joriy etish; har chorakda davlat va nazorat organlari hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari va boshqa masʼul xodimlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining hisobotlarini koʻrib chiqish uchun Tekshiruvlarni muvofiqlashtirish boʻyicha kengashning hududiy komissiyalari maxsus yigʻilishlarini oʻtkazish; |
Kompleks chora-tadbirlar |
Har chorakda |
Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, nazorat qiluvchi organlar |
|
|
davlat va boshqaruv organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlarini va ularga nisbatan koʻrilayotgan javobgarlik choralarini televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalar orqali keng yoritish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-2015-yillar |
MTRK, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Oliy xoʻjalik sudi, SSP |
||
|
24. |
Mamlakatda eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari va ishbilarmonlik amaliyotini amalga oshirish, ilgʻor xalqaro moliyaviy tashkilotlarni jalb qilish asosida biznesni yuritish va iqtisodiy sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni doimiy ravishda takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha takliflarni ishlab chiqishda BMTTDning texnik yordamini jalb qilish, ularning uslubiy tavsiyalaridan va xorijiy mamlakat qonunchiligidan foydalanish. |
2014 — 2017-yillar uchun VMTTD va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining qoʻshma loyihasining loyiha hujjatini tasdiqlash |
2014-yil iyun |
SSP, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
|
IV. Tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmlarini takomillashtirish, bank-moliya infratuzilmasi sifatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilgan xizmatlar turini kengaytirish |
|||||
|
25. |
Tijorat banklari, sugʻurta kompaniyalari, davlat notarial idoralari, ichki ishlar organlari, davlat kadastri, davlat soliq xizmati va tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish organlarini kredit axboroti almashinuvi tizimiga kiritish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan saʼyi-harakatlarni faollashtirish orqali tadbirkorlik subyektlarini kreditlash tizimini yanada soddalashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-yil II-chorak |
Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Fermerlar kengashi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davergeodezkadastr, IIV, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, SSP, tijorat banklari |
|
|
26. |
Kichik tadbirkorlik subyektlarining joriy hisobvaraqlaridan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda bank xizmatlari uchun olinadigan toʻlovlarni bekor qilish hisobiga tijorat banklari bilan oʻzaro munosabatlarda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xarajatlarini yanada qisqartirish. |
Markaziy bank va tijorat banklari qarorlari |
2014-yil aprel |
Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi |
|
|
27. |
Kredit boʻyicha qarzdorlikni soʻndirishni hisobga olgan holda kreditlarni olishda taqdim etilgan garov taʼminotining bir qismini boʻshatish tartibini tasdiqlash yoʻli orqali tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. |
Tijorat banklari kengashi qarorlari |
2014-yil II-chorak |
Markaziy bank, tijorat banklari |
|
|
28. |
Valyuta birjasi savdolarida ishtirok etishdan oldin banklar tomonidan milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga qoʻyish boʻyicha talablarni bekor qilish. Bunda, bank va valyuta birjasi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni savdolar oʻtkazilganidan keyingi kundan kech boʻlmagan muddatda amalga oshirishni nazarda tutish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil II-chorak |
Markaziy bank, Moliya vazirligi, tijorat banklari |
|
|
29. |
Eksport qiluvchi korxonalarning kreditlari uchun garov sifatida ishlatiladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish shartnomalari bilan taʼminlangan majburiyatlarni sugʻurtalash uchun kompleks sugʻurta mahsulotini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil aprel |
“Oʻzbekinvest” EIMSK, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi, TIAISV, SSP |
|
|
V. Soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, sifatni boshqarish menejmenti standartlarini joriy etish |
|||||
|
30. |
Xalqaro moliya tashkilotlarining veb-saytlari va nashrlarida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa maʼlumotlarni joylashtirish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini ragʻbatlantirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-2015-yillar |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, TIAISV, Markaziy bank, TIV |
|
|
31. |
Yagona yer soligʻini toʻlash tartibi quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: hisobot yilining 1-sentabrigacha — yillik soliq summasining 30 foizi; hisobot yilining 1-dekabrigacha — qolgan soliq summasi. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil IV-chorak |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
|
32. |
Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddatini 12 oydan 24 oygacha uzaytirish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil II-chorak |
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
|
33. |
Investitsiyaviy takliflar va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni talab etadigan istiqbolli investitsiya loyihalarning pasportlarini kelishish va tasdiqlashda investitsiya loyihalarining yagona elektron bazasidan foydalanish majburiy boʻlgan tartibni belgilash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil II-chorak |
TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi |
|
|
34. |
Quyidagilar orqali sertifikatlash va standartlashtirish jarayonlarini yanada takomillashtirish: jismoniy va yuridik shaxslarning oʻlchov vositalarini taʼmirlash huquqini akkreditatsiya qilish tartibini bekor qilish; |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil II-chorak |
“Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar |
|
|
xalqaro standartlar, normalar va qoidalarni, shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlarning milliy standartlarini hisobga olgan holda texnik reglamentlarni ishlab chiqishni tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
||||
|
35. |
Xalqaro standartlar asosida ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish tizimlarini joriy qilish, shu jumladan “Kayzen” (Yaponiya) korxonasini boshqarish usulini joriy etish boʻyicha markaz tashkil etish va mahalliy mutaxassislarni oʻqitishni nazarda tutish orqali sinov dasturini ishlab chiqish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2014-yil II-chorak |
SSP,”Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar |
|
|
VI. Korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish va xususiy mulkdorlarning rolini oshirish |
|||||
|
36. |
Quyidagilar orqali davlat mulkini xususiylashtirish va xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi davlat aktivlarini kamaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish: |
||||
|
strategik xususiyatga ega boʻlmagan aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondida davlat ulushini sotish; |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori |
2014-yil II-chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, |
||
|
keyinchalik ustav kapitalidagi davlat ulushi sotilishi bilan davlat unitar korxonalarini tugatish yoki xususiy mulk shakliga aylantirish (AJ, MCHJ), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etilgan yoki qayta tashkil etilgan korxonalar bundan mustasno. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil II-chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar |
||
|
37. |
Boshqa manfaatdor tomonlarning aksiyadorlari (kreditorlar, potensial investorlar va boshqalar) bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarida vijdonlilik standartlarini rivojlantirishga qaratilgan korporativ boshqaruv sohasidagi etika qoidalarini ishlab chiqish, kuzatuv kengashlari aʼzolari va boshqa aksiyadorlik jamiyatlarining mansabdor shaxslarining kasbiy va axloqiy javobgarligini taʼminlash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2015-yil may |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
|
38. |
Kompaniya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni veb-saytda joylashtirishni nazarda tutuvchi korporativ veb-saytlarga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash, shu jumladan kompaniyaning ustav matnlari va korporativ boshqaruv masalalari boʻyicha kompaniyaning ichki hujjatlari, jamiyatni rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq muhim faktlar va nazorat kengashining eng muhim qarorlari, choraklik hisobotlar, qimmatli qogʻozlar emissiyalar prospekti, auditorlik xulosalari. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil may |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi |
|
|
39. |
Qonuniy asosda quyidagilarni nazarda tutuvchi normalarni belgilash: aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida jamiyatlarning oʻrta va uzoq muddatli rivojlanishining aniq strategiyasini tasdiqlash; ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashining jamiyatlarni rivojlantirish strategiyasiga erishish boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi hisobotini muntazam ravishda eshitish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati — 2014-yil III-chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
|
40. |
Investor (aksiyador) tomonidan mustaqil ravishda afillangan shaxslar bilan birgalikda bitta yoki bir nechta bitimlar natijasida ushbu jamiyatning ustav fondining 15 va undan ortiq foizini tashkil etadigan aksiyalar paketini mustaqil va (yoki) bitimlar natijasida sotib olish niyati toʻgʻrisida maʼlumotni majburiy ravishda dastlabki eʼlon qilish talabini bekor qilish. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatbaho qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish |
2014-yil aprel |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
|
41. |
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmagan va olinmagan dividendlari boʻyicha hisoblangan foizlar miqdori toʻlanmagan va olinmagan dividendlar miqdorining 50 foizidan oshmasligi lozim boʻlgan tartibni belgilash. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil aprel |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
|
42. |
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining yirik aksiyadorlariga dividendlarni toʻlash (25 foizdan ortiq egalariga) mazkur jamiyatlarning monoritar aksiyadorlari oldida dividentlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmagan holda amalga oshiriladi. |
Vazirlar Mahkamasi qarori |
2014-yil II-chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
|
43. |
Savdo tashkilotchilarining elektron savdo maydonchalarida amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlarni oldi-sotdi qilish boʻyicha bitimlarning yozma ravishda bajarilishini taʼminlaydigan normani oʻrnatish talab etilmaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori |
2014-yil aprel |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
|
44. |
Qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisi agar bunday talab qonunda belgilanmagan boʻlsa, investorlarga sotuvga qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarga dastlabki baho berishni talab qilishga, shuningdek, ularning nominal qiymatidan past boʻlgan qimmatli qogʻozlarni sotishni taqiqlashni belgilashga haqli boʻlmagan normani oʻrnatish. |
Qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish |
2014-yil II-chorak |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi |
|
|
45. |
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga sharhlar ishlab chiqish. |
Qonunga sharhlar |
2015-yil iyun |
Davlat raqobat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, SSP |
|
|
46. |
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini ingliz tiliga tarjima qilish, keyinchalik tarjima qilingan qonunlar matnini vakolatli davlat organlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirish. |
Tadbirlar rejasi |
2014-yil dekabr |
Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP, Moliya vazirligi, TIAISV |
|
2-ILOVA
| T/r | Tarmoqlar nomi | Kichik korxonalardagi xodimlarning oʻrtacha yillik cheklangan soni (nafar) |
| 1. | Qurilish materiallari sanoati | 200 |
| 2. | Yengil sanoat | 200 |
| 3. | Oziq-ovqat sanoati | 200 |
3-ILOVA