Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.10.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli “Rasmiy statistika faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek respublika statistika organlari faoliyatini tashkiliy ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi vazir maqomiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzurida rasmiy statistikani rivojlantirish, uning faoliyat ko‘rsatishi va uni muvofiqlashtirish muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organi — Statistika kengashi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ikki hafta muddatda Statistika kengashi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Statistika kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi 690-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/686/3579-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga statistika uslubiyotlarini va statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish yuklansin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat statistikasi to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, statistika axboroti o‘z vaqtida taqdim etilishi, uning to‘liqligi va ishonchliligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bir oy muddatda mintaqaviy statistika boshqarmalari hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari va boshqa o‘ziga qarashli tashkilotlar to‘g‘risidagi Namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. Davlat statistika qo‘mitasi organlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
9. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi:
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistikaga oid vakolatlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika davlat departamentining vakolatlari, majburiyatlari va mulkiy huquqlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-fevraldagi 61-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining buyurtmalariga muvofiq davlat statistika organlari uchun mutaxassislar tayyorlanishini ta’minlasin.
13. Qonunga muvofiq mansabdor shaxslarga davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganligi uchun solinadigan ma’muriy jarimalardan tushumlar hisobiga shakllantiriladigan Maxsus jamg‘armani yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga berilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlariga foydadan va davlat statistika organlari ixtiyorida qoladigan boshqa tushumlardan davlat statistika organlari tizimi xodimlarining yuqori malakasi uchun ularga oylik lavozim maoshi miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda ustama belgilash uchun foydalanish huquqi berilsin.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
15. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda davlat statistika ishlarini amalga oshirish, davlat statistika organlarining ta’minoti va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablag‘larni nazarda tutsin.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga beshta yengil avtomobil xarajatlari uchun limit ajratsin.
16. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 63-uyga;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko‘chasi 42a-uyga joylashtirilsin.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 686-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/686/3579-son)
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Statistika davlat departamenti va unga qarashli tashkilotlar egallab turgan xizmat binolari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va unga qarashli tashkilotlar ixtiyorida qoldirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bir nusxadan majburiy tartibda yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 8-yanvar,
8-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-fevraldagi 36-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 7-son, 86-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Nizom Maxsus jamg‘armaning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uning shakllantirilishi va foydalanilishi tartibini nazarda tutadi.
II. Maxsus jamg‘armaning maqsadi va vazifalari
3. Quyidagilar:
davlat statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
davlat statistika organlari mutaxassislarining malakasini oshirish;
xodimlarning kasb mahoratini oshirishga va yuqori unumli mehnat qilishga intilishini kuchaytirish orqali statistika ma’lumotlari va hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligini, ishonchliligini va xolisonaligini ta’minlashga ko‘maklashish O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi maxsus jamg‘armasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
III. Maxsus jamg‘armani shakllantirish tartibi
4. Maxsus jamg‘arma qonunga muvofiq mansabdor shaxslarga davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganligi uchun solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lardan shakllantiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
5. Jarimalardan olingan mablag‘larning:
15 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi jamg‘armasiga;
15 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalari jamg‘armalariga yo‘naltiriladi;
70 foizi — jarima sanksiyasini belgilagan davlat statistika organiga yo‘naltiriladi.
6. Maxsus jamg‘armaga tushgan mablag‘lar davlat statistika organlarining maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
7. Mablag‘larning Maxsus jamg‘armalarga to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mablag‘larni Maxsus jamg‘armaga o‘tkazish tartibi buzilganligi va o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205 — 209-moddalari.
IV. Maxsus jamg‘armadan foydalanish
8. Maxsus jamg‘armadan:
davlat statistika organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
davlat statistika organlari kadrlari malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash;
davlat statistika organlari mutaxassislarini moddiy rag‘batlantirish;
vakillik xarajatlari uchun foydalaniladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari boshliqlari tegishli ravishda Maxsus jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etadilar.
10. Maxsus jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va qonuniy foydalanilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklanadi.
11. Maxsus jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmagan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
V. Maxsus jamg‘armaning hisob va hisobot tartibi
12. Maxsus jamg‘armaning moliyaviy resurslari alohida joriy hisob raqamida hisobga olib boriladi.
Maxsus jamg‘arma xarajatlari bo‘yicha joriy hisob Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq order-daftar tizimi bo‘yicha yuritiladi.
Mintaqaviy davlat statistikasi organlari chorakdan keyingi oyning 15-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga, hisob va hisobotni yuritishning to‘g‘riligini nazorat qilish uchun Maxsus jamg‘armaning shakllantirilishi va foydalanilishi to‘g‘risida chorak hisobotlari taqdim etishadi.
Maxsus jamg‘armaning moliyalashtirilishi va foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot ortib boruvchi yakun bo‘yicha tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda; 2005-y., 32-33-son, 252-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2012-y., 26-27-son, 293-modda; 2013-y., 7-son, 86-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 23-son, 269-modda; 2017-y., 36-son, 955-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/686/3579-son; 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/61/0105-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)