1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.01 (Кучини йўқотган) Umumiy qoidalar / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
“Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
“Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek kreditorlar huquqlari toʻgʻrisidagi axborotning yagona reyestrini shakllantirish, tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda garov munosabatlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
2. Belgilansinki, garov reyestrini yuritish himoyalangan bogʻlanish protokolini qoʻllagan holda Internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida maʼlumotlarning yagona elektron axborot bazasi sifatida “Garov reyestri” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
3. Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda u 2014-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2014-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda garov reyestrining dasturiy platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tashkilotlar mutaxassislari va garov reyestriga yozuvlarni kiritish bilan shugʻullanuvchi boshqa shaxslar uchun seminarlar hamda amaliy treninglar tashkil etish va oʻtkazish ishlarini amalga oshirish tavsiya etilsin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
garov reyestriga yozuv kiritilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.01.00 Umumiy qoidalar. Davlat boji toʻlovchilar va undiriladigan obyektlar]
garov reyestridan koʻchirmalar berilganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining besh foizi miqdorida toʻlov undiriladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
sudlar, tergov va dastlabki tergov organlari, soliq va bojxona xizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar tomonidan garov reyestriga yozuvlar kiritish, shuningdek, ularga garov reyestridan koʻchirmalar berish bepul asosda amalga oshiriladi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
tovarlarni boʻlib toʻlash sharti bilan sotish, faktoring va kafolat berish amaliyotlari boʻyicha garov reyestriga yozuvlar kiritish, shuningdek, koʻchirmalar taqdim etilishi bilan bogʻliq xizmatlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan miqdorning ellik foizi miqdorida haq undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va mazmuni keng yoritilishini taʼminlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 12-iyun,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-iyundagi 155-son qaroriga ILOVA
Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
1. Ushbu Nizom “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq garov reyestriga yozuvlarni kiritish, ularni oʻzgartirish va chiqarib tashlash, shuningdek garov reyestridagi yozuvlarni izlash shartlari va tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar foydalaniladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
boshqaruvchi(maʼmur) — foydalanuvchi — yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan, ushbu yuridik shaxs nomidan faoliyat yurituvchi, roʻyxatga oluvchilarni (registratorlarni) belgilaydigan jismoniy shaxs. Boshqaruvchi, shuningdek roʻyxatga oluvchining vazifalarini amalga oshirishi mumkin;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
garov reyestri — majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida qarzdorlarning berib qoʻyilgan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini taʼminlashi bilan bogʻliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni (bundan buyon matnda yozuvlar deb yuritiladi) oʻz ichiga olgan maʼlumotlarning yagona axborot bazasi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
foydalanuvchining shaxsiy kabineti — foydalanuvchi toʻgʻrisida, shuningdek uning garov reyestri bilan oʻzaro faoliyati uchun shaxsiy maʼlumotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan garov reyestridagi elektron resurs. Foydalanuvchilar uchun shaxsiy kabinet ular tomonidan tegishli yakka tartibdagi loginlar va parollar kiritilganda ochiq boʻladi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.14.00 Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi (faktoring)]
foydalanuvchilar — garov reyestrini yurituvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida garov reyestriga yozuv kiritish huquqiga ega boʻlgan kreditor, qarzdor yoki pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs (keyingi oʻrinlarda pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs deb yuritiladi) sifatida qatnashayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, qonunga muvofiq mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishni cheklab qoʻyish huquqiga ega boʻlgan tergov hamda surishtiruv organlari, davlat soliq va bojxona xizmati organlari, shu bilan birga, sudlar, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, notarial idoralar;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
roʻyxatga oluvchi — yuridik shaxs nomidan garov reyestriga yozuv kiritish, oʻzgartirish, chiqarib tashlash va yozuvlarni izlashga boshqaruvchi (maʼmur) tomonidan belgilanadigan yoki foydalanuvchi — yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan jismoniy shaxs.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi]
3. Garov reyestridan yozuvlarni izlashga cheklovlarsiz barcha shaxslar haqlidir.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
Bunda garov reyestrining qolgan funksiyalariga kirishga, shu jumladan izlash natijalariga koʻra garov reyestridan koʻchirma berishga ruxsat ushbu Nizomga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazish va avtorizatsiya tartibotidan oʻtgan shaxslarga beriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
4. Garov reyestri davlat tilida yuritiladi. Shuningdek rus va ingliz tillarida garov reyestrini yuritishga ruxsat beriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
5. Garov reyestrini yuritish “Garov reyestri” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda “Garov reyestri” MCHJ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
6. “Garov reyestri” MCHJ ushbu Nizomga muvofiq Internet tarmogʻi orqali garov reyestrining uzluksiz kecha-kunduz faoliyat yuritishini taʼminlaydi. “Garov reyestri” MCHJ sayti TAS-IX zonasida joylashtiriladi va “garov.uz” domen nomiga ega boʻladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
Garov reyestriga yozuv kiritish, yozuvni izlash va izlash natijalari toʻgʻrisida koʻchirmalar olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Foydalanuvchilarni roʻyxatga olish va avtorizatsiya qilish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]
7. Garov reyestriga kirish garov reyestridagi yozuvni izlash funksiyasidan tashqari faqat foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
8. Shaxsiy kabinetni yaratish uchun foydalanuvchi tomonidan garov reyestri saytiga elektron ariza beriladi.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
“Garov.uz” elektron platformasida shaxsiy kabinet ochish boʻyicha ariza beruvchining shaxsiga oid maʼlumotlari ONE-ID identifikatsiyalashning yagona tizimi integratsiyasi asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.07 Oʻzining huquq va manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish huquqi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Foydalanuvchi garov reyestriga yozuvlar kiritish boʻyicha shartnoma bilan tanishish huquqiga ega hamda ariza berishda ushbu shartnomaning shartlarini belgilangan tartibda qabul qiladi. Bunda foydalanuvchi tomonidan shartnomaning shartlari qabul qilingan vaqtdan boshlab shartnoma tuzilgan deb hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
9. Shaxsiy kabinetni ochishga elektron ariza garov reyestri tomonidan avtomatik ravishda real vaqt rejimida quyidagi yoʻllar bilan ishlanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan foydalanuvchilarning ariza bergan bir-biriga oʻxshash shaxslarning mavjudligi (mavjud emasligi)ni tekshirish;
shaxsning arizasini reyestr xizmatlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻlanmaganligi sababli ilgari yopib qoʻyilgan shaxsiy kabinet boʻyicha tekshirish;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
Markaziy bank, Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek Xalq bankining Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi va boshqa tashkilotlarning tegishli elektron resurslarini qoʻllagan holda foydalanuvchini identifikatsiyalash, zaruriyatga koʻra foydalanuvchini garov reyestrida shaxsiy kabinet ochish bilan roʻyxatdan oʻtkazish.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Garov reyestrida shaxsiy kabinet ochish hamda reyestr xizmatlaridan foydalanish jarayonlarida foydalanuvchilar tomonidan kiritilayotgan maʼlumotlar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli tashkilotlar axborot tizimlari bilan real vaqt rejimida avtomatik ravishda identifikatsiya qilinadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
10. Shaxsiy kabinet foydalanuvchi — jismoniy shaxsga, foydalanuvchi — yuridik shaxsning boshqaruvchisi (maʼmuri) va roʻyxatga oluvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
garov reyestriga yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlash;
garov reyestridagi yozuvlarni izlash;
yozuvlarni izlash natijalariga koʻra garov reyestridan koʻchirmalar olish;
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan yozuvlar toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan yozuvlar kiritilgan hisobotlarni hamda yozuvlarni oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarlarni qarab chiqish;
qonunda nazarda tutilgan holatlarda foydalanuvchining mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi kiritilgan yozuvlarga eʼtirozlar bildirish;
oʻz kirish parolini oʻzgartirish.
Ushbu funksiyalarga qoʻshimcha ravishda foydalanuvchi — jismoniy shaxs yoki foydalanuvchi — yuridik shaxsning boshqaruvchisi (maʼmuri) shaxsiy kabinet orqali quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
foydalanuvchining (toʻlovlarni amalga oshirish tafsilotlari, manzil, telefon, elektron pochta, identifikatsiya maʼlumotlari), boshqaruvchilar va roʻyxatga oluvchilarning hisobga olish maʼlumotlarini oʻzgartirish;
foydalanuvchi — yuridik shaxsning roʻyxatga oluvchilarini (maʼmurlarini) qoʻshish yoki ularni chiqarib tashlash;
reyestrdan foydalanganlik uchun foydalanuvchining toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish.
Shaxsiy kabinet ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.04 Masʼuliyati cheklangan jamiyat. Qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat]
11. “Garov reyestri” MCHJ ixtisoslashtirilgan elektron forumi orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
“Garov reyestri” MCHJdan garov reyestri xizmatlaridan foydalanish, reyestrga yozuvlar kiritish oqibatlari boʻyicha maslahatlar soʻrash va olish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
boshqa foydalanuvchilar va roʻyxatga oluvchilar bilan xabarlarni almashish;
“Garov reyestri” MCHJ dasturiy platformasi va xizmatlarini modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish masalalarini muhokama qilish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
“Garov reyestri” MCHJ faoliyatiga tegishli boshqa masalalarni muhokama qilish.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
12. Foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga foydalanuvchi (boshqaruvchi, roʻyxatga oluvchi)ning noyob logini va paroli asosida avtorizatsiya qilingandan keyin kirishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Login foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda tanlanadi va garov reyestri tomonidan uning noyobligi tekshiriladi. Garov reyestrida boshqa foydalanuvchining shunga oʻxshash logini mavjud boʻlgan taqdirda foydalanuvchi boshqa loginni tanlashi shart.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Dastlabki parol garov reyestri tomonidan avtomatik ravishda beriladi hamda tizimga birinchi kirishda foydalanuvchi (boshqaruvchi (maʼmur), roʻyxatga oluvchi) tomonidan oʻzgartirilishi lozim.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
Foydalanuvchi tomonidan parol yoʻqotilganda, garov reyestri foydalanuvchi (boshqaruvchi (maʼmur), roʻyxatga oluvchi) identifikatsiya qilingandan keyin uni qayta tiklash tizimiga ega boʻlishi kerak.
III. Yozuvlarni kiritish, oʻzgartirish va chiqarib tashlash
13. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda foydalanuvchi — yuridik shaxs nomidan garov reyestriga yozuv uning boshqaruvchisi (maʼmuri), boshqaruvchi yordamchisi (maʼmur yordamchisi) va (yoki) roʻyxatga oluvchisi (roʻyxatga oluvchilari) tomonidan kiritiladi. Foydalanuvchi — yuridik shaxs bitta boshqaruvchi (maʼmur)ga, cheklanmagan boshqaruvchi yordamchisi (maʼmur yordamchisi) va roʻyxatga oluvchilar soniga ega boʻlishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Jismoniy shaxsni foydalanuvchi — yuridik shaxsning roʻyxatga oluvchisi sifatida tayinlash uning shaxsiy kabinetida quyidagilarni koʻrsatgan holda buyurtmani toʻldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, JSHSHIRi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
bogʻlanish maʼlumotlari (manzili, telefoni);
logini.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.03.00 Axborot xavfsizligi (shuningdek, 12.08.00.00 ga qarang)]
14. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish uchun foydalanuvchi quyidagilarni koʻrsatadi:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
a) qarzdor va kreditor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
(14-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.06.00 Shaxsga doir maʼlumotlar va ularning himoyasi]
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, JSHSHIR;
(14-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
yuridik shaxslar uchun — nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR va KTUT;
b) yozuv kiritiladigan mol-mulkka nisbatan uning tavsifi. Tavsif mol-mulkni identifikatsiya qilish imkonini berishi kerak va quyidagi yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.01.00 Umumiy qoidalar]
kreditorning huquqi boʻlgan mol-mulkka umumiy tavsif (masalan, barcha asbob-uskunalar, barcha debitorlik qarzlar va boshqalar), yoki har bir obyektning identifikatsiya belgilarini koʻrsatgan holda mol-mulkning batafsil tavsifi (masalan, seriya va kadastr tartib raqami, hisob-faktura maʼlumotlari). Binolar va inshootlar, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻladigan avtomototransport vositalari, qoidaga koʻra, batafsil tavsiflanadi. Koʻchmas mulkni ajratib boʻlmaydigan yaxshilashlar ularga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektining identifikatsiya belgilari koʻrsatilgan holda tavsiflanadi;
(14-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
v) qarzdorning mol-mulkiga kreditorning huquqlari tavsifi: garov, ushlab qolish, lizing yoki boshqa taʼminot, qarzdor tomonidan mol-mulkka toʻlov toʻlangunga qadar yoki muayyan voqea yuz berganga qadar mulkchilik huquqi, servitut, mol-mulkni xatlash, bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish, qarzdorning mol-mulki hisobiga talablarni qondirish huquqi va boshqalar.
15. Foydalanuvchi ishonchnoma asosida yoki qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa shaklda oʻzining ishonchli shaxslariga uning manfaatlarini koʻzlab ish koʻrishni va uning nomidan garov reyestriga yozuv kiritishni topshirishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Agar ishonchli shaxs boshqa kreditorlar, jumladan xorijiy kreditorlar manfaatlaridan kelib chiqib (ishonchnoma asosida yoki boshqa shaklda) ish koʻrgan taqdirda, foydalanuvchi huquqlarni tavsif etishda yozuv kiritishdan manfaatdor kreditorlarni ham koʻrsatib oʻtadi.
16. Ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda yozuvga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
a) tergov va dastlabki tergov organlari tomonidan — jinoiy ish qoʻzgʻatish sanasi va tartib raqami, uning doirasida qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanish boʻyicha huquqlarini cheklash boʻyicha qaror qabul qilinganda;
b) davlat soliq xizmati organlari tomonidan — sud yoki davlat soliq xizmati organining (bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish uchun) tegishli qarori qabul qilingan sana va tartib raqami yoki soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomalarning sanasi va raqami;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
v) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan — bojxona va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni toʻlash yuzasidan davlat bojxona xizmati organining tegishli qarori qabul qilingan sana va uning raqami yoki talabnomalar qoʻyilgan sana va ularning raqami;
g) foydasiga qarzdorning mol-mulkini undirish qaratilganligi toʻgʻrisida sudning qarori chiqarilgan shaxs tomonidan — sudning tegishli qarori qabul qilingan sana va tartib raqami;
qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning yozuv kiritishga roziligining mavjudligi;
(16-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
taʼminot sifatida berilayotgan qarzdor mol-mulkining dastlabki bahosi;
faktoring amaliyoti doirasida hisob-faktura(lar)ning qamrab olingan summasi;
(16-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
yozuv kiritilayotgan qarzdorning mol-mulki bilan bajarilishi taʼminlanadigan majburiyatning miqdori yoki eng koʻp miqdori (mavjud boʻlganda);
(16-band “d” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
qarzdorning turi (jismoniy shaxs va uning jinsi, xoʻjalik yurituvchi subyekt — yakka tartibdagi tadbirkor, xoʻjalik yurituvchi subyekt — kichik biznes vakili, xoʻjalik yurituvchi subyekt — boshqalar, boshqa yuridik shaxslar) va uning faoliyatining asosiy sohasi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.07.00 Boshqa ruxsat beruvchi va roʻyxatga olish tartiblari]
17. Ushbu Nizomning 14 — 16-bandlarida nazarda tutilgan barcha maʼlumotlar koʻrsatilgandan keyin har bir yozuv garov reyestrida belgilangan tartibda avtomatik ravishda sanasi va vaqti (soat, minut va sekund) koʻrsatilgan holda va noyob roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda avtorizatsiya kodi berilgan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Yozuvlar garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin foydalanuvchiga bir vaqtning oʻzida tegishli hisobot beriladi.
Ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan maʼlumot garov reyestri monitoringini olib borish maqsadlari uchun foydalaniladi hamda boshqa foydalanuvchilar uchun ochiq emas.
18. Garov, ushlab qolish va boshqa turdagi taʼminotlar, shuningdek ularga boʻlgan huquqlar boʻyicha bitta shartnoma uchun bitta yozuv kiritishga ruxsat beriladi.
19. Yozuvga oʻzgartirish kiritish, chiqarib tashlash va bekor qilish uchun foydalanuvchi oldindan ushbu amallarni bajarishni tasdiqlashi lozim.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
20. Garov reyestridagi yozuv roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab garov reyestridan chiqarib tashlangunga qadar amal qiladi. Qoʻshimcha mol-mulk yoxud qarzdor kiritiladigan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi yozuv faqat tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan oʻz kuchini tatbiq etadi.
21. Kreditor mol-mulkka va qarzdorga yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsga tegishli boʻlgan yozuvga noxolis va notoʻgʻri maʼlumot kiritgan deb hisoblaydigan foydalanuvchi — qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs shaxsiy kabinet orqali yozuvga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni talab qilgan holda kreditorga murojaat qilishga haqli. Agar murojaat berilgan sanadan boshlab bir hafta mobaynida foydalanuvchi — qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning murojaati qondirilmasa, ular noxolis va notoʻgʻri maʼlumot deb hisoblaydigan yozuvga eʼtiroz kiritishga haqlidirlar.
Foydalanuvchi — qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning eʼtirozi yozuvni tushuntirish sifatida toʻldiradi. Yozuvdagi noxolis va notoʻgʻri maʼlumot tuzatilgan taqdirda qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxs oʻz eʼtirozini olib tashlashi shart.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
22. Foydalanuvchilar tomonidan garov reyestridagi axborotni izlash qarzdorning yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi shaxsning STIRi, JSHSHIRi, yozuvning noyob roʻyxatdan oʻtkazish raqami, shuningdek, garov reyestridagi yozuvning boshqa muhim sahifasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Garov reyestridagi maʼlumotni izlayotgan foydalanuvchining talabiga koʻra “Garov reyestri” MCHJ izlash natijalarini koʻchirma sifatida qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
23. “Garov reyestri” MCHJ garov reyestridagi yozuvni faqat sudning tegishli qarori asosida oʻzgartirish yoki chiqarib tashlash huquqiga ega. Bunda sudning ushbu qarori oldindan skanerlab olingan va “Garov reyestri” MCHJ oʻzgartirgan va chiqarib tashlagan yozuvga ilova qilingan boʻlishi lozim.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
24. Garov reyestriga yozuvlarni kiritish va garov reyestridan izlash natijalari boʻyicha koʻchirmalar olish qonunchilikka muvofiq pulli asosda amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob]
25. Jismoniy shaxslar bevosita reyestrda yozuvni roʻyxatdan oʻtkazish yoki koʻchirmalar berishga qadar oʻz toʻlov kartalari vositasida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan toʻlovlarning boshqa turlari orqali toʻlovlarni amalga oshiradilar.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yuridik shaxslar garov reyestriga yozuv kiritilgan va koʻchirmalar olingan oy mobaynida ushbu oy tugagandan keyin oʻn kun mobaynida toʻlovlarni amalga oshiradilar. Yuridik shaxslar tomonidan oʻz vaqtida tegishli toʻlovlar amalga oshirilmagan taqdirda “Garov reyestri” MCHJ ular uchun kelgusida yozuvlar kiritish va koʻchirmalar olish uchun hisob-kitoblarning oldindan toʻlash tartibini belgilashga haqlidir.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
26. “Garov reyestri” MCHJ tomonidan garov reyestri faoliyati natijalaridan olingan mablagʻlar uni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va yangilashga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
27. Garov reyestri faoliyatini nazorat qilish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash “Garov reyestri” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
28. Foydalanuvchini roʻyxatga olishda va shaxsiy kabinetni ochishda notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan taqdirda, “Garov reyestri” MCHJ foydalanuvchining tegishli murojaati asosida roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga (KTUT kodi, STIR, nomi va boshqalar) zarur tuzatishlar kiritishga haqli. Bunday holatda foydalanuvchi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
29. “Garov reyestri” MCHJ barcha yozuvlar, shu jumladan ularni kiritish, oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisidagi yozuvlar yozuvlar garov reyestridan chiqarib tashlangandan keyin besh yil mobaynida saqlanishini taʼminlaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
30. “Garov reyestri” MCHJ faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi yillik hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechikmasdan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
31. Foydalanuvchi notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Garov reyestriga yozuvlarni kiritish, garov reyestridan yozuvlarni izlash va koʻchirmalar olish
Garov reyestrining saytiga elektron ariza berish va shartnoma tuzish.
xohishga koʻra
2-bosqich
“Garov reyestri” MCHJ
1. Elektron ariza bilan ishlash.
2. Foydalanuvchini shaxsiy kabinet ochgan holda roʻyxatdan oʻtkazish.
3. Avtorizatsiya qilish va shaxsiy kabinetga kirishga ruxsat berish.
bir kun muddatda (identifikatsiyalashdan keyin)
3-bosqich
Foydalanuvchi
Garov reyestriga yozuv kiritish.
foydalanuvchining xohishiga koʻra
4-bosqich
“Garov reyestri” MCHJ
1. Garov reyestridagi yozuvni avtomatik ravishda sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish.
2. Kiritilgan yozuv toʻgʻrisida bir martalik hisobotni taqdim qilish.
yozuv kiritilgandan keyin
5-bosqich
Foydalanuvchi*
1. Garov reyestridan axborotni izlash.
2. Izlash natijalari toʻgʻrisida koʻchirmalar berishni talab qilish.
foydalanuvchining xohishiga koʻra
6-bosqich
“Garov reyestri” MCHJ
Izlash natijalari toʻgʻrisida koʻchirmalar taqdim etish.
bir kun muddatda
7-bosqich
Foydalanuvchi - qarzdor
1. Foydalanuvchi - kreditorga shaxsiy kabinet orqali yozuv oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida murojaat qilish (agar ushbu yozuv qarzdor tomonidan noxolis va toʻgʻri emas deb hisoblansa).
2. Kreditor yozuviga qarzdorning eʼtiroz (sharh berish) kiritishi (agar uning murojaati kreditor tomonidan qoniqtirilmasa).
Foydalanuvchi - qarzdorning xohishiga koʻra
murojaat qilingan sanadan bir hafta oʻtgandan soʻng
* Garov reyestridagi yozuvni cheklovsiz barcha shaxslar izlashga haqli. Bunda izlash natijalariga koʻra garov reyestridan koʻchirmalar berish roʻyxatdan oʻtkazish va avtorizatsiyalash tartibotidan oʻtgan shaxslarga (foydalanuvchilarga) beriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 25-son, 305-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2018-y., 09/18/1058/2411-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)