OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2592]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 26-maydagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-3, 03.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2022-y., 10/22/2592-3/0475-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-may,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 26-maydagi 1-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan
MALAKA TALABLARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, sport turi boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 26-maydagi 4-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-3, 03.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2022-y., 10/22/2592-3/0475-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur malaka talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shugʻullanadigan, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
trener — sportchilarni tayyorlash hamda ularning musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishini tashkil etish, ularga nazariy va amaliy bilimlarni berish, shuningdek ularni jismoniy jihatdan kamol toptirishni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport hakami — sport turi qoidalariga va sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur malaka talablari sportchi, trener va sport hakami kasblarida ishlashga talabgor yoki ishlayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sport turi boʻyicha sportchi (terma jamoa aʼzosi boʻlgan sportchi), trener (trener-oʻqituvchi, trener-instruktor, ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner, terma jamoa treneri, terma jamoa katta treneri, terma jamoa bosh treneri) va sport hakami (musobaqa bosh kotibi va uning oʻrinbosari, musobaqa bosh hakami va uning oʻrinbosari) hamda ushbu lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagilarni bilishi kerak:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hujjatlarni;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
sport mashgʻuloti va faoliyati uslubiyotini;
pedagogika, psixologiya, sport tibbiyoti, mehnatni muhofaza qilish, tegishli sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
2-bob. Sport turi boʻyicha sportchi kasbiga qoʻyiladigan malaka talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sport turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoasi aʼzosi boʻladigan sportchi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
kattalar — “Sport ustaligiga nomzod” toifasi yoki “Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi” yoxud “Oʻzbekiston sport ustasi” sport unvoniga;
yoshlar — kamida birinchi sport razryadiga;
oʻsmirlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari oʻsmirlari ham) — kamida oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadiga ega boʻlishi lozim.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sport turi boʻyicha sportchiga, paralimpiya hamda surdlimpiya, maxsus olimpiya, koʻzi ojizlar sporti va boshqa adaptiv sport turlari boʻyicha terma jamoalar sportchilariga malaka talablari qoʻyilmaydi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
3-bob. Sport turi boʻyicha trener kasbiga qoʻyiladigan malaka talablari
6. Quyidagilar sport turi boʻyicha terma jamoa bosh treneriga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oliy toifali trener” malaka toifasiga ega boʻlishi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yillik yoki terma jamoaning katta treneri lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
7. Quyidagilar sport turi boʻyicha terma jamoa katta treneriga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oliy toifali trener” malaka toifasiga ega boʻlishi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi yoki terma jamoaning treneri lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
8. Quyidagilar sport turi boʻyicha terma jamoa treneriga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Birinchi toifali trener” malaka toifasiga ega boʻlishi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Sport turi boʻyicha trener, trener-oʻqituvchi va ommaviy sport boʻyicha trener-seleksioner jismoniy tarbiya boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotiga, trener-instruktor esa, jismoniy-tarbiya va sport sohasi boʻyicha yetarli bilim va amaliy tajribaga ega boʻlishi lozim. Trener, trener-oʻqituvchi va ommaviy sport boʻyicha trener-seleksionerlarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxatida (roʻyxat raqami 2559, 2014-yil 5-fevral) belgilangan sport turlari boʻyicha trener va trener-oʻqituvchilar bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi, trener-instruktor hamda ommaviy sport boʻyicha trener-seleksionerlik hamda trener-instruktorlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga ish stajiga ega boʻlish talab etilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Sport turi boʻyicha sport hakami kasbiga qoʻyiladigan malaka talablari
Oldingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh hakamiga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 5 ta musobaqada sport hakami sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh hakami oʻrinbosariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 5 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
13. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh kotibiga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 3 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
14. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh kotibi oʻrinbosariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport hakami” yoki “Milliy toifali sport hakami” yoxud “Birinchi toifali sport hakami” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 2 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
15. Quyidagilar sport turi boʻyicha sport hakamiga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan Sport hakamlariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sport turlari boʻyicha sport hakamlariga beriladigan malaka toifalaridan biriga ega boʻlishi lozim.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 23-iyundagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-4, 08.07.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)
16. Sport turi boʻyicha sport hakami lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga ish stajiga ega boʻlish talab etilmaydi.
(4-bob Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 18-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2592-2, 27.10.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 43-son, 552-modda)
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur malaka talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
18. Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 23-may
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 23-may
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2014-yil 23-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 280-modda, 31-son, 389-modda: 2015-y., 43-son, 552-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 03.06.2022-y., 10/22/2592-3/0475-son; 08.07.2026-y., 10/26/2592-4/0707-son)