O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 4-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2570]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 21-fevral,
4/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 21-fevraldagi 4/4-sonli qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi (bundan buyon matnda Kliring tizimi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
kliring — to‘lov tizimi ishtirokchilarining pulga doir o‘zaro talablari va majburiyatlarini yig‘ish, taqqoslash hamda hisobga o‘tkazish jarayoni;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
kliring sessiyasi — Kliring tizimida kliring amalga oshirilishi uchun o‘rnatilgan vaqt;
yakuniy hisob-kitob — tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali Kliring tizimida amalga oshirilgan hisob-kitob;
Oldingi tahrirga qarang.
Kliring tizimi foydalanuvchilari — mablag‘larni to‘lovchi, shuningdek billing tizimi operatorlari va mablag‘larni oluvchilar;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
elektron to‘lov — Kliring tizimi orqali naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan to‘lov;
elektron to‘lov bo‘yicha xabar — Kliring tizimidagi hisob-kitoblarga oid elektron axborot;
sof pozitsiya — Kliring tizimi ishtirokchisining kliring sessiyasi davrida to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlar va talablarning farqi (ishtirokchining boshqa barcha ishtirokchilardan olgan to‘lovlari yig‘indisidan ushbu ishtirokchining boshqa barcha ishtirokchilarga yuborgan to‘lovlari yig‘indisining ayirmasi);
billing tizimi — iste’molchilarning rekvizitlari va yetkazib berilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha tarifikatsiyalashning hisobini yurituvchi axborot tizimi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
billing tizimi operatori — billing tizimi faoliyat yuritishi uchun javobgar bo‘lgan, billing tizimining Kliring tizimi bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvini shartnoma (bosh kelishuv) va texnik hujjatlar talablari asosida tashkil qilishga mas’ul bo‘lgan tashkilot.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom talablari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Kliring tizimi orqali naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kliring tizimining maqsadi — elektron to‘lov hujjatlari (bundan buyon matnda ETH deb yuritiladi) va elektron to‘lov bo‘yicha xabarlarni ishonchli, xavfsiz, samarali ravishda real vaqt rejimida almashish va to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida moliyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etilishini ta’minlashdan iborat.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Kliring tizimida ishtirok etish va undan chiqish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh markazi (bundan buyon matnda ABM deb yuritiladi) bilan Kliring tizimida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan tijorat banklari Kliring tizimi ishtirokchilari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan 4-band ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 6-sentabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kliring tizimiga ulanish uchun billing tizimi operatori (bundan buyon matnda BTO deb yuritiladi) ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan shakl asosida to‘ldirilgan arizani ilova qilgan holda Markaziy bankka murojaat qilishi kerak.
BTO va Markaziy bank o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida hamda ma’lumot almashinuvi texnik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
42. BTOning arizasi Markaziy bank tomonidan o‘n bank ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
BTOning arizasini o‘rganish jarayonida Kliring tizimiga ulanishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, ABM BTOning arizasida keltirilgan ma’lumotlar asosida Kliring tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun ushbu BTOning billing tizimi va Kliring tizimi o‘rtasida qo‘llaniladigan ma’lumotnomalar tavsifi hujjati loyihasini tayyorlaydi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Quyidagilar BTOning Kliring tizimiga ulanish haqidagi arizasini rad etish asoslari hisoblanadi:
1) BTOning arizasida nazarda tutilgan to‘lovlarni qabul qilishning qonunchilik hujjatlariga zid ekanligi;
2) BTOning arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida Kliring tizimi bilan ma’lumot almashinuvini ta’minlashning texnik imkoniyati mavjud emasligi;
3) BTOning arizasida nazarda tutilgan to‘lovlarning amalga oshirilishi banklarning likvidligiga jiddiy salbiy ta’sir etishi yoki moliyaviy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi.
BTOning arizasida keltirilgan ma’lumotlarning va BTOning billing tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirishning qonunchilikka muvofiqligi BTO zimmasiga yuklatiladi.
43. BTOning Kliring tizimiga ulanishini rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, Markaziy bank tomonidan BTOga quyidagi hujjatlar yuboriladi:
1) Kliring tizimi va BTO billing tizimi o‘rtasida ma’lumot almashinuvini amalga oshirish tartibi belgilangan texnik hujjat;
2) Kliring tizimiga BTO billing tizimining ulanishi, ushbu billing tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilishi shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa tashkiliy-huquqiy masalalarni o‘z ichiga oladigan shartnoma (bosh kelishuv) loyihasi;
3) BTOning billing tizimi va Kliring tizimi o‘rtasida qo‘llaniladigan ma’lumotnomalar tavsifi hujjati loyihasi.
44. BTO Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni olganidan keyin o‘zining billing tizimi va Kliring tizimi o‘rtasida aloqani ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi.
BTOning billing tizimi ishlashga tayyor bo‘lganda, BTO Kliring tizimi bilan ma’lumot almashinuvini boshlash sanasi haqida Markaziy bankni kamida besh bank ish kuni oldin xabardor qiladi.
(41 — 44-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kliring tizimi ishtirokchilari va BTOlar Kliring tizimi orqali ma’lumot almashinuvi shartlari belgilangan shartnomani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish orqali tizim ishtirokchiligidan chiqishlari va (yoki) to‘lovlarni o‘tkazish bo‘yicha ma’lumot almashinuvini yakunlashlari mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Kliring tizimi ishtirokchilari, to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilar hamda ABMning huquq va majburiyatlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kliring tizimi ishtirokchilari elektron to‘lovlarni amalga oshirganlik uchun haq olishga va qonunchilikda belgilangan hollarda to‘lov tizimidan foydalanuvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishga haqlidir.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Kliring tizimi ishtirokchisi:
to‘lov tizimidan foydalanuvchining hisobvarag‘iga tushadigan pul mablag‘larini qabul qilishi va hisobga kiritishi, uning tegishli summalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarishi;
to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchi to‘lov xizmatlarini faqat to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq ko‘rsatishi;
to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishi shartlari va u taqdim etgan rekvizitlarga o‘zgartirish kiritmasligi;
to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan farmoyishga muvofiq holda to‘lovlarni amalga oshirishi;
o‘zining aybi bilan noto‘g‘ri amalga oshirilgan operatsiyalarni tiklashi yoki tuzatishi;
to‘lov tizimidan foydalanuvchiga uning hisobvarag‘iga oid axborotni shartnomada belgilangan muddatlarda qog‘ozdagi yoki elektron shaklda taqdim etishi;
to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchi to‘lov xizmati ko‘rsatilganidan so‘ng to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga to‘lov xizmati ko‘rsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatni qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etishi;
yakuniy hisob-kitob qilish uchun vakillik hisobvarag‘ining likvidligini ta’minlashi;
ETH va elektron to‘lov bo‘yicha xabarlarni shakllantirishi hamda Kliring markaziga uzatishi shart.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
8. Kliring tizimidan foydalanuvchilar o‘z hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘larini mustaqil tasarruf etishga va o‘z hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida axborot olishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan 81-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 6-sentabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)
9. Kliring tizimi foydalanuvchisi:
Kliring tizimining qoidalari bilan belgilangan axborotni muhofaza qilish tartibiga rioya etishi;
elektron to‘lov vositalarining va identifikatsiya ma’lumotlarining saqlanishini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Kliring tizimining ishtirokchisiga elektron to‘lov vositalari yoki identifikatsiya ma’lumotlari yo‘qolganligi to‘g‘risida shartnomada belgilangan muddatlarda xabar qilishi shart.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. ABM Markaziy bank bilan shartnoma asosida Kliring tizimi faoliyat yuritishi bo‘yicha texnik, dasturiy va ekspluatatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.
Kliring tizimining uzluksiz ishlashi, ETH va xabarlariga o‘z vaqtida ishlov berilishi, axborotning to‘liqligi, xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash ABM zimmasiga yuklatiladi. ABM ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Kliring tizimi ishtirokchilaridan shartnomada belgilangan miqdorda haq olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
11. ABM, Kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari o‘rtasidagi munosabatlar tegishli qonunchilik hujjatlari va shartnomalar bilan tartibga solinadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kliring tizimi qoidalari Markaziy bank tomonidan ABM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(10 va 11-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Kliring tizimiga ulangan bankning vakillik hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa yoki likvidlilik ko‘rsatkichining keskin tushib ketishi kuzatilsa, ABM Markaziy bankning ko‘rsatmasiga asosan mazkur bank va ushbu bank orqali yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradigan to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan Kliring tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilishini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklashi mumkin.
112. Kliring tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilishga taalluqli texnik hujjat yoki dasturiy ta’minotga o‘zgartirish kiritilsa, Kliring tizimi foydalanuvchilari bu haqda uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
(111 va 112-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
4-bob. Kliring tizimi tarkibi
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kliring tizimi ABM Kliring markazi hamda ishtirokchilarning axborot tizimlari va telekommunikatsiya tarmoqlaridan tashkil topgan.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kliring tizimi ishtirokchilarining axborot tizimlari avtomatlashtirilgan ish joyi shaklida bo‘lib, ETH va xabarlarini olish, tayyorlash va Kliring tizimiga uzatish hamda monitoring olib borish uchun mo‘ljallangan.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. ABM Kliring markazi va Kliring tizimi ishtirokchilarining axborot tizimlari o‘rtasidagi aloqa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank telekommunikatsiya tarmog‘i orqali ta’minlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari Kliring tizimi orqali ma’lumot almashinuvini amalga oshirishda axborot xavfsizligini ta’minlashga doir qonunchilik talablarini bajarishlari shart.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. ABM Kliring markazi Kliring tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish, ETH va elektron to‘lov bo‘yicha xabarlarni markazlashgan tarzda yig‘ish va ishlov berish, sof pozitsiyalarni hisoblash va yakuniy hisob-kitob qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markaziga uzatish bo‘yicha funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Kliring tizimida texnik, dasturiy va ekspluatatsiya xizmatlari ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ABM tomonidan ta’minlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
5-bob. Kliring tizimi faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kliring tizimida elektron to‘lovlar uzluksiz (dam olish kunlarisiz) tunu kun (24/7) rejimida onlayn tarzda amalga oshiriladi.
19. Kliring sessiyasi boshlanishidan oldin Kliring tizimi ishtirokchisining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i ijobiy qoldiqqa ega bo‘lishi shart. Banklar Kliring tizimida to‘lovlar uzluksizligini ta’minlash maqsadida o‘z vakillik hisobvaraqlaridagi likvidlikka javobgar hisoblanadi.
20. Kliring tizimida to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining rekvizitlariga aniqlik kiritish uchun ABM Kliring markazi tomonidan billing tizimlariga so‘rovnoma yuborilishi va olingan ma’lumotlar asosida ETHga o‘zgartirish kiritish uchun tizim ishtirokchilari va to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilarga taqdim qilinishi mumkin.
(18 — 20-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
201. O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida keltirilgan to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilar to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchining rekvizitlari to‘g‘risidagi Kliring tizimi orqali olingan ma’lumotlarning ETHda to‘liq aks ettirilishi uchun javobgardir.
202. Kliring tizimi ishtirokchilari tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida uzatiladigan ETH Markaziy bankdan olingan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
203. Kliring tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun shakllantirilgan ETHning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
1) to‘lov amalga oshirilgan sana va vaqt (soat, daqiqa, soniya);
2) ETH raqami;
3) to‘lovchining nomi;
4) to‘lovchining bank hisobvarag‘iga oid ma’lumotlar;
5) elektron to‘lov blankasining tartib raqami;
6) to‘lovning Kliring tizimidagi tartib raqami;
7) ETHga Kliring tizimi a’zosining (to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchining) axborot tizimida biriktirilgan ro‘yxat raqami;
8) to‘lov summasi;
9) oluvchining nomi;
10) oluvchining hisobvarag‘iga oid ma’lumotlar;
11) to‘lov maqsadi;
12) xizmatlar yetkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) Kliring tizimidagi kodi;
13) xizmatlar yetkazib beruvchi foydasiga qabul qilinadigan to‘lov turi kodi.
204. Kliring tizimi foydalanuvchilari – mablag‘larni oluvchilar foydasiga shakllantiriladigan ETH rekvizitlari tarkibiga tegishli mablag‘ oluvchi bilan kelishilgan holda qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
205. Kliring tizimi orqali to‘lovni amalga oshirish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslar Kliring tizimi ishtirokchilariga to‘lovni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan, mablag‘larni oluvchi tomonidan berilgan rekvizitlarni bevosita murojaat qilganda qog‘oz shaklida yoki masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali elektron shaklda taqdim qiladilar.
206. To‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida, ETHning qog‘oz yoki elektron shakldagi nusxasi to‘lovchiga taqdim etilishi yohud ETHning rekvizitlariga oid ma’lumotlar mijoz taqdim etgan hujjatga chop etib berilishi shart.
(201 — 206-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Bank amaliyot kuni davomida kliring tizimida bir necha marta kliring sessiyalari amalga oshirilishi mumkin. Bank amaliyot kunidagi so‘nggi kliring sessiyasidan keyin ETH bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar keyingi bank amaliyot kunining dastlabki kliring sessiyasida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. ABM Kliring markazi tomonidan ETH va xabarlari bo‘yicha tasdiqnoma yuboriladi. Tasdiqnoma olingan vaqtdan boshlab, to‘lov yakuniy va chaqirilmas hisoblanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Kliring tizimida belgilangan texnik talablarga mos kelmagan elektron to‘lovlar rad etiladi va ishlovga qabul qilinmaydi. Bunda to‘lovlarni rad etish sabablari kod orqali Kliring tizimi ishtirokchilariga yuboriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
24. Sof pozitsiya ma’lumotlari ABM Kliring markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markaziga uzatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bank amaliyot kuni davomida amalga oshirilgan kliring sessiyalari yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobotlar Kliring tizimi ishtirokchilariga yuboriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. To‘lovlar bo‘yicha mablag‘larni bank hisobvarag‘iga o‘tkazish tartibi hamda vositachilik haqlari miqdori Kliring tizimi ishtirokchilari va pul mablag‘larini oluvchilar o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi.
Kliring tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan xizmat haqini o‘zgartirish haqida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank o‘zining rasmiy veb-saytida uch ish kunidan kechikmay e’lon joylashtiradi va bu o‘zgartirish Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinganidan o‘n besh kun o‘tgach to‘lov tizimi operatori va ishtirokchilari tomonidan qo‘llaniladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
6-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Billing tizimi operatoridan Kliring tizimiga ulanish to‘g‘risida
ARIZA
Billing tizimi operatori haqidagi quyidagi ma’lumotlar asosida Kliring tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilishiga ruxsat berishingizni so‘raymiz:
1. BTOning yuridik rekvizitlari:
a) to‘liq nomi: ________________________
b) qisqartirilgan nomi: ________________________
d) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR): _ _ _-_ _ _-_ _ _
e) joylashgan joyi: ______________________
f) pochta indeksi: ___________
g) elektron pochta manzili (e-xat, *.uz): ___________________
h) telefon raqamlari: __________________________________
2. Mablag‘lar o‘tkaziladigan bank rekvizitlari (ortiqchasi chiqarib tashlanadi):
tijorat bankidagi bank hisobvarag‘i;
yagona g‘azna hisobvarag‘i (budjet tizimi shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari).
3. Faoliyat sohasi:
a) ko‘rsatiladigan xizmat turi (ortiqchasi chiqarib tashlanadi):
kommunal xizmatlar;
budjet tashkiloti xizmatlari;
telefon aloqasi;
mahsulotlar yetkazib berish;
internet;
televideniye;
bank operatsiyalari;
elektron pullarni sotish;
transport;
davlat xizmatlari;
ta’lim;
nodavlat tashkilotlar xizmatlari;
QR-online to‘lovlari;
jismoniy shaxslar uchun to‘lovlar;
boshqa: _______________________
b) ko‘rsatiladigan xizmat haqida izohlar: ________________________
d) hududiy qamrovi (ortiqchasi chiqarib tashlanadi):
butun Respublika bo‘ylab;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati;
boshqa: ___ (hududlar nomi ko‘rsatiladi) ___
1) e) abonent soni: ____ ming ta f) o‘rtacha bir oylik to‘lov summasi: ______ mln so‘m
4. Billing tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
a) billing tizimining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
b) abonentlar ma’lumotlari yagona bazasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
d) ma’lumot almashinuvi uchun yagona veb-ilovaning mavjudligi: mavjud / mavjud emas
e) billing tizimi zahira ma’lumotlar bazasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
f) billing tizimi zaxira serverining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
g) billing tizimining asosiy serverdan zaxira serveriga ulanish imkoniyatining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
h) billing tizimi ilova serverining manzili: ___________________
i) billing tizimi dasturiy ta’minotini yaratgan tashkilot nomi: ______________________
j) dasturiy ta’minotni takomillashtirish imkoniyati: mavjud / mavjud emas
5. Dastur yaratuvchining ma’lumotlari:
F.I.O: _________________________________________________________
elektron manzil: ____________________________
telefon raqamlari: _______________________________
6. Ma’lumot almashinuvi shartlari:
a) to‘lov turlari bo‘yicha qisman to‘lovni amalga oshirish imkoniyati bormi?: ha / yo‘q
b) sana bo‘yicha to‘lovga nisbatan cheklov bormi?: ha (cheklov shartlarini izohlash kerak) / yo‘q
d) to‘lov summasiga nisbatan cheklov: minimal summa ____ so‘m, maksimal summa ____ so‘m, to‘lov summasiga nisbatan cheklov belgilangan normativ-huquqiy hujjat normasi
e) billing tizimining qisqacha nomlanishi: ______________________
f) ___(billing tizimi nomi)___ billing tizimidagi to‘lov turlari ro‘yxati:

To‘lov turi kodi

To‘lov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

01

02

nn

g) billing tizimida abonentni identifikatsiyalash uchun talab etiladigan rekvizitlar ro‘yxati, har bir to‘lov turi uchun alohida ko‘rsatiladi:
M — rekvizit qiymatini ko‘rsatishning majburiyligi (“+” yoki “-”)
R — rekvizit qiymatini billing tizimiga yuboriladigan to‘lovlar ro‘yxatida uzatishning talab etilishi (“+” yoki “-”)

01 (to‘lov turi kodi)

01-to‘lov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Ma’lumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

nn (to‘lov turi kodi)

nn-to‘lov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Ma’lumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

h) abonentni billing tizimida identifikatsiyalashda billing tizimidan qaytariladigan rekvizitlar ro‘yxati, har bir to‘lov turi uchun alohida ko‘rsatiladi:
M — rekvizit qiymatini ko‘rsatishning majburiyligi (“+” yoki “-”)
R — rekvizit qiymatini billing tizimiga yuboriladigan to‘lovlar ro‘yxatida uzatishning talab etilishi (“+” yoki “-”)

01 (to‘lov turi kodi)

01-to‘lov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Ma’lumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

nn (to‘lov turi kodi)

nn-to‘lov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

Rekvizit tartib raqami

Rekvizit nomi

Rekvizit belgisi

M

Ma’lumot turi

(konstanta)

Rekvizit uzunligi

Izoh

R

1

FIELD_1

+

C

N

+

2

FIELD_2

-

C

N

-

C

n

FIELD_n

-

C

N

-

i) billing tizimi bilan ma’lumot almashinuvi natijalari ro‘yxati:

Kod

Xabar matni

Izoh

0

Muvaffaqiyatli

Konstanta

1

Xatolik haqida xabar

Xatolik turlarini raqamlash 1 dan boshlanib o‘sib borish tartibida davom etishi kerak

2

Xatolik haqida xabar

7. Telekommunikatsiya vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
a) billing tizimini aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash imkoniyatining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
b) billing tizimi binosiga yaqin joylashgan avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tarmog‘ining raqami: _________
d) billing tizimidan avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tarmog‘igacha optik tolali aloqa liniyasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
8. Qo‘shimcha ma’lumotlar: ___________________________________________________________.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 14-son, 160-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)