Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMINI ISLOH QILISh DAVLAT DASTURINING AMALGA OShIRILIShI USTIDAN NAZORATNI TAShKIL ETISh BOʻYIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASINING YaNGILANGAN TARKIBINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika komissiyasining aʼzolari boshqa ishga oʻtishganida xuddi shu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga 11-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 3-aprel,
PF-2571-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 116-modda)